Muhammad Yusuf qalbimizda.Tarbiyaviy soat ishlanmasi.
Mavzu:Muhammad Yusuf qalbimizda.
Maqsad:O’quvchilarga xalqimiz ardog’idagi shoir Muhammad Yusuf hayoti va ijodi haqida tushuncha berish orqali ularni ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash.
Darsning turi:Yangi bilim beruvchi
Darsning metodi:”Moychechak”,”Minora”,”Rasmlar tilga kirganda”,”Raqamlar so’zlaydi”,”Ortiqchasini top”,”Men kimman”
Darsning jihozi:AKT.magnitofon,ko’rgazma Jahon banki,tarqatmalar,Muhammad Yusuf portreti,sham,gullar,Muhammad Yusuf kitoblari
Darsning borishi:Tashkiliy
Mehmon ulug’,mehmon aziz.
Deydi ulug’ xalqimiz.
Xush kelibsiz ustozlar.
Sizga mushtoq darsimiz.
1-o’quvchi:
Mo’tabar ustozlarim.
Kelishgan mehmonlarim.
Sizgadir ulug’ kalom.
Assalomu alaykum.
2-o’quvchi:
O’zbekona lutf bilan.
Unga qo’shib mehr bilan.
Sizga yo’llaymiz yana.
Assalomu alaykum.
O’qituvchi:Aziz bolajonlarim
Sabog’imiz nimadur
O’tgan mavzuga hamma
Balki tayyor turgandir?
O’quvchilar:Tarbiyaviy soatdan
Ko’p odob o’rganamiz
Ko’hna obidalarning
Tarix guvohin ekanligin
Yodda saqlab qolamiz.
O’qituvchi:Bugungi darsimizni o’zgacha tarzda olib boramiz,qatorlarni nomlaymiz.
qator:Donolar
qator:Bilimdonlar
qator:Zukkolar
qator:Bahor fasli tabiati haqida “Davomli matn” tuzishadi
qator:Odob-axloq qoidalarini esga olishadi
qator:Hadis va maqollardan yod aytishadi.
Unga qadar uch o’quvchi ”Minora” usulidan foydalanib qadimiy obidalar nomini yozishadi.
”Raqamlar so’zlaydi” metodi.Bunda 1,2,8,9,18,21,22,26 raqamlari va muhim sanalar yozilgan tarqatmalar tarqatiladi.O’quvchilar raqamlarga oid sanalarni topib uni yonida turishlari kerak bo’ladi.
qator:Ko’hna obidalar haqida
qator:Minorai kalon haqida
qator:Ark majmuasi haqida ma’lumot berishadi.
”Rasmlar tilga kirganda” metodi.Bunda o’quvchilarning qo’liga tarixiy obidalar tarqatiladi va o’quvchilar bu tarixiy obida haqida ma’lumot beradi.
”Ortiqchasini top” metodi.Bunda tarixiy obidalarning joylashuviga qarab ortiqchasini topishi kerak bo’ladi.
Yangi mavzu bayoni. Muhammad Yusuf qalbimizda
”Men kimman” metodi.Bunda Muhammad Yusuf rasmi o’girilgan holda o’quvchilarga savollar bilan murojaat etiladi.
-Men 1954-yilda tavallud topganman.
-Mening she’rlarimni bolalar sevib o’rganishadi.
-Mening she’rlarim qo’shiqqa ham aylangan.
-Men Matematika darsini yoqtirmayman.
Demak men- Muhammad Yusufman.Muhammad Yusuf garchand hozir bizning oramizda bo’lmasalar ham,u kishi bizning qalbimizda,biz u kishini hamisha eslaymiz,xotirlaymiz.Kelinglar bugun u kishining ruhlarini shod etish maqsadida sham yoqib u kishi haqidagi bilimlarimizni yangilab olaylik.
(Hamma o’rnidan turib sukut saqlaydi,bir o’quvchi chiqib shamni yoqadi)
O’quvchilarga yangi mavzu aytiladi va daftarlariga sana,yil,mavzu yozdiriladi.
2016-yil haqida ma’lumot so’rab olinadi.
Muhammad Yusuf haqida elektron ko’rgazma orqali ma’lumot beriladi.
O’quvchilar Muhammad Yusuf haqida ma’lumot aytishadi.
So’g’diyona:Hozirgi o’zbek adabiyotining ko’zga ko’ringan iste’dodli shoirlardan biri Muhammad Yusufdir.U 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanida tavvallud topdi.
Shahrizoda :U o’nga yaqin she’riy to’plamlar o’nlab qo’shiqlarning muallifi sifatida keng kitobxonlar qalbiga kirib ulgurgan.Uning dastlabki she’rlari ,,O’zbekiston adabiyoti va san’ati’’gazetasida 1976-yilda e’lon qilingan.Shundan so’ng ,,Tanish teraklar’’,”Bulbulga bir gapim bor”,”Iltijo”,”Uyqudagi qiz”,”Halima enam allalari”,”Ko’nglimda bir yor”,”Erka kiyik” kabi she’riy to’plamlari nashr etiladi.
Mehriniso :1989-yilda “Uyqudagi qiz” nomli she’riy to’plami uchun unga Respublika yoshlar mukofoti beriladi.Shoirning ,,Yolg’onchi yor” va ,,Osmonimga olib ketaman” she’riy to’plamlari keyingi yillardagi eng sara asarlaridan tashkil topgan.
Muhammad Yusuf Vatanni kuylab nima deganlar?
“O’zbekiston”
O, ota makonim
Onajon o’lkam,
O’zbekiston, jonim to’shay soyangga.
Senday mehribon yo’q,
Seningdek ko’rkam,
Rimni alishmasman bedapoyangga……….
O’quvchilar she’rni to’liq aytishadi.Xuddi shunday Amir Temur,Posbonlar,Ko’klamoyim,Tushimga kiradi Qodiriy bobom.Onamdan xat she’rlari so’raladi,ularning ma’nosi ochiladi.
MuhammadYusufMuhammadYusufzamondoshlarxotirasida….Bunda o’quvchilar rasmlar orqali zamondoshlar fikrlaridan aytishadi va Muhammad Yusuf portreti yoniga gullar qo’yishadi.
Muhammad Yusuf o’z zamondoshlar xotirasida abadiy yashaydi.Muhammad Yusuf qo’shiqlari bilan emas balki avvalo xalq dardini baralla aytgan yurt muhabbatini hech kimda yo’q misralarda ta’riflagan.She’rlari bilan tanildi shuhrat qozondi.O’zbekiston shoiri:Ozod Sharafiddinov.
Muhammad Yusuf baxtli omadli shoir unga mustaqil yurtini ozod xalqini ko’rish nasib etdi.Yurtining eng ulug’ bayramlarda uning qo’shiqlari barilla yangraydigan bo’ldi.O’zbekiston xalq shoirasi:Halima Xudoyberdiyvaning e’tirofi.
O’zbekiston yuksalar yurtni
Ganjch xazina tuproq qatlari
Ko’tarmoqda qodir avlodni
Uxlab yotgan Muhammadlari.
Muhammad Yusuf turmushning ikir chikirlariga berilmadi o’tkinchi tuyg’ularga o’ralashib qolmadi.Kuylaganda bor ovozi bilan ro’y rost baland pardalarda kuyladi.
Iqbol Mirzo.
Shoir Mahmud Toirov Muhammad Yusufning bevaqt o’limiga iztirob chekib nima deganlar? IZTIROB
Millatning dardiga darmon shoirim,
Endi o’z halqiga armon shoirim,
Yo’q, sening o’lganing yolg’on shoirim
Naxot ajal yo’lin bo’lmaydi to’sib,
Hamma:Qandoq ketib qolding, Muhammad Yusuf?
Balqib turgan baxtning jarangiday xush,
She’r o’qib elingni qilarding sarxush,
Kayga shoshding, inim, tobutingdan tush,
Onang yo’llaringga turgandir chiqib,
Hamma:Qandoq ketib qolding, Muhammad Yusuf?
Demagin sen bilan bitta jon ketdi,
Qancha yozilmagan she’r, doston ketdi,
Tangri senga bergan zo’r imkon ketdi,
Nolamdan tikonlar chiqmoqda o’sib,
Hamma:Qandoq ketib qolding, Muhammad Yusuf?
Xar nafas ko’zlarim o’ngidadirsan,
Mexring bilan mexrim rangidadirsan,
Ox, endi oxlarning oxangidasan,
Qizlaring turishar sochlari to’zib,
Hamma:Qandoq ketib qolding, Muhammad Yusuf?
Yulduz yo’lga chiqdi seni axtarib,
G’ulomjon, G’iyoslar g’aribdan g’arib,
Xofizlar bir kunda qoldilar qarib,
Naxot seni boshqa ko’rmaslar qaytib,
Hamma:Qandoq ketib qolding, Muhammad Yusuf?
Muhammadi bilan baxtli Andijon,
Muhammadsiz qoldi axli Andijon,
Yig’lasang arziydi, yig’la Andijon,
Bobur ham Afg’onda yotibdi o’ksib,
Hamma:Qandoq ketib qolding, Muhammad Yusuf?
Bexisht bolish bersin, bulbul shoirim,
Izingdan intizor ming gul shoirim,
Yo’q, sen o’lganing yo’q butkul shoirim,
O’zbek olib yurar joniga qo’shib,
Hamma:Qandoq ketib qolding, Muhammad Yusuf?
“Kubiklar” metodi.Kubiklarda misollar yozilgan bo’ladi,o’quvchilar misolning javobini aytadi va ularga o’sib borish tartibida joylashing deb buyruq beriladi.
Unga qadar uch o’quvchi chiqib Muhammad Yusufning qalamiga mansub she’rlar nomini “Moychechak” guliga yozishadi.
Xotira-abadiy,demak biz Muhammad Yusufni xotirlaymiz,eslaymiz u kishi doim bizning qalbimizda.