Informatika fanidan darsdan tashqari tadbir ssenariysi

Informatika fanidan darsdan tashqari o’tkazilgan tadbir ssenariysi               

Zal bayramona bezatilgan. Sahnada kompyuter va uning qurilmalari, Gerb rasmi osilgan, hurmatli Prezidentimizning aygan so’zlari “Farzandlarimiz bizdan ko’ra bilimli, aqlli va dono bo’lishlari kerak” degan iborasi devorga katta qilib osib qo’yilgan. Guruhlarning nomlari va plakatlar osilgan. Sahnada gullar, sharlar qo’yilgan.

Assalom Ona yurt tonglar o’lkasi,

Ta’rif tasnifingni yo’q nihoyasi.

Senga bag’ishlanur muqaddas qo’shiq,

Bu o’zbek elining o’z madhiyasi.

(O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qo’yiladi va zaldagi barcha  unga hurmat bilan ta’zim qiladilar.)

Boshlovchi:

Vatan mening onamsan, issiq quchog’ing,

Olamda yagonamsan, aziz tuprog’ing.

Tarixing juda uzoq, mashhur jahonsan,

Amir Temur Vatani- Buyuk Turonsan!

Assalomu alaykum mehri daryo ustozlar,qalbi qaynoq bilmga chanqoq o’quvchilar. Hozirgi kunda mamlakatimizda o’zgarib va rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat haqidagi turli xil ko’rinishdagi ko’plab axborotlar dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida yig’ilib bormoqda.Bu ma’lumotlardan zamonaviy texnologiya vositalari orqali xabardor bo’lishimiz mumkin. Shunday ekan, informatika fanini chuqur o’rganishimiz va kompyuterni sir-sarorlarini chuqur o’rganmog’imiz zarur. Biz bugun maktabning 8-sinf o’quvchilari ishtirokida kompyuter savodimizni oshirish maqsadida bu bellashuvni uyushtirdik. Bugun bellshuvda “Yosh kompyuterchi” va “ Elektronika” guruhlari o’zaro bellashadilar.

Bellashuvimizning asosiy shartlari bilan tanishtirib o’taman:

1-shart: Tanishtiruv

2-shart:Savol-javob.

3-shart: Operatorlarning lug’aviy ma’nosini bilasizmi?

4-shart: Kim tez va aniq hisoblaydi?

5-shart:Sardorlar  bellashuvi.

Bugungi shartlarimizni baholash uchun hakamlar ha’yati bilan tanishtirib o’taman. Maktab direktori, maktabning-ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosari, maktab psixologi, matematika-informatika fani o’qituvchisi,til va adabiyot fani o’qituvchisi.

Endi sahnaga 1-shart bo’yicha “Yosh kompyuterchi” guruhini taklif qilamiz. Marhamat!

(Sahnaga 1-guruh o’quvchilari tashrif buyuradilar)

1-shart: Tanishtiruv sharti bo’yicha.

1-o’quvchi:

Assalom ey davramizning eng aziz mehmonlari!

Assalom, ey ilmu-fanning sohibu davronlari!

assalom, ey aziz do’stlar, ham fikrdosh o’rtoqlar.

Bellashuvga xush kelibsiz, barcha tengdosh o’rtoqlar!

2-o’quvchi:

Ruhsat bering boshlamoqqa informatika bahsini,

Turli-tuman savol bilan o’ylatamiz barchani.

3-o’quvchi:

            Shukurkim,  sendayin  bir  jahonim  bor

            Onamday  mehribon   jonajonim  bor.

            Seni  kuylayman,  sendek  yashayman,

            Toki  qalbda  qonim,  tanda  jonim  bor,

            Ey  mening  shuurim, so’nmas  iymonim.

            Sadqadir  senga  jon,  O’zbekistonim

4-o’quvchi:

Informatika fani yuksalmoqda kun sayin,

Dasturlari xilma-xil, qay birini aytayin.

Qancha-qancha muammo hal etilgan chunon.

Kompyuter savodi quloch yoymoqda chunon.

5-o’quvchi:

Masala yechish uchun

Algoritm tuzamiz

Algoritmdan sekin

Dasturlashga o’tamiz.

6-‘o’quvchi:

Operator dasturlarni o’rganamiz tez,oson

Lekin qiyin testlar bizni o’ylatadi har qachon.

Satrlar ketma-ketligin yodimizda saqlaymiz,

A’lo o’qib ustozlar ishonchini oqlaymiz.

Biz hammamiz kompyuterni sevamiz.   (hamma birgalkikda)

Navbat 2 guruh “Elektronika” guruhiga beriladi.

1-o’quvchi:

Har bir chiqishimizning ma’nosi keng bir jahon.

Sovg’a salomlar olgaysiz, masalani echgan on!

2-‘quvchi:

Qiziq topishmoqlar bilan sinaymiz kuchingizni

Sofizm, bilan aldaymiz boplab sizni.

3-o’quvchi:

Oddiy yerning yuzidan to  kosmik  fazogacha

Kundalik, turmush hayot,quyosh,suv, havogacha

Hisob kitobsiz aslo yashab bo’lmas hech qachon.

Qudratli bu fanga bosh element “Kompyuter”

4-o’quvchi:

Asrlar ortidan kelar asrlar,

Unitilar o’tmish,zamon ko’p sirlar.

Ammo yaratilgan fan asoslarin,

Asrdan asrga eltar nasllar.

5-o’quvchi:

Xalqimiz faxridir

Necha buyuk siymolar

Al-Xorazmiy, Farobiy

Beruniy, Ibn-Sinolar.

6-‘quvchi:

Hisoblash texnikasin,

O’rganib asta-sekin

Dastur tuzish yo’llarin

O’rganamiz qunt bilan.

Boshllovchi:

Hurmatli aziz ustozlar va o’quvchilar. Endi navbatni 2-shartga bersak. Marhamat 1-guruh “Yosh kompyuterchi” guruhi.

2-shart: Savollarga javob berish. ( Konvertga solingan savollar hakamlar hay’ati tomonidan ochiladi va stol ustiga teskari qilib qo’yiladi. Har bir guruhdan bittadan o’quvchi chiqib savollarni oladi va unga javob beradi. Savollarga 1 daqiqa vaqt beriladi)

Informatika faniga qachon asos solingan?

Birinchi hisoblash vositalari nimalar bo’lgan?

Birinchi EHM lar qachon qayerda yaratilgan?

EHM ning 1-avlodi nechanchi yilga to’g’ri keladi va uning elementi nimadan iborat?

Birinchi shaxsiy kompyuterlar qachon va qayerda yaratilgan?

Birinchi kalkulyator –“Arifmometr” qachon va kim tomonidan yaratilgan?

3-avlod EHM larning asosiy elementi nimadan iborat?

Hisoblash texkikasi necha davrni o’z ichiga oladi?

EHM larning avlodlarini sanab bering. (Yillari bilan)

Birinchi dasturchi kim bo’lgan?

Navbat musiqaga  beriladi.

Boshlovchi:

Ikkinchi shartni baholash uchun hakamlar hay’atiga beramiz.

Navbat 3-shartga. Bu shartda plakatga yozilgan operatorlarning lug’aviy ma’nosini aytib berish kerak.

REM, PRINT,END,STOP,LET.

IF,THEN,ELSE,STEP,FOR,NEXT,TO

Ushbu shart o’quvchilarga uyga vazifa qilib  beriladi. Guruh a’zolari bu operatorlarning ma’nolarini tushuntirib berishlari kerak.Bu operatorlarni qatnashtirib dastur tuzib berishlari kerak bo’ladi.

Boshlovchi:

3-shart bo’yicha hay’atimizni qo’ygan ballarini e’lon qiladi.

Navbat 4-shartga: Bu shartda chaqqonlik, bilimdonlik va faollikni namoyish qilishlari kerak bo’ladi. Bunda misollar doskaga yozib qo’yilgan bo’ladi. Har guruhdan bittadan o’quvchi chiqib, berilgan misollarni ya’ni sanoq sistemalariga doir misollarni ishlashlari kerak. Har bir guruhga 3 tadan misol beriladi va 3 o’quvchi misolni yechadilar.

Misollar:                                                   Javoblar:

3910=X2 1. 1001112

2.100112=X8                                                          2. 1910

3.1012+1012                                                            3. 10112

 

1.32610=X16                                                            1. 10112

102*1012 2. 10102

456718+520378= 3.1177308

Navbat musiqaga beriladi.

Boshlovchi: 4-shart ballarini e’lon qilamiz.

Endi navbat sardorlar bellashuviga beriladi. Davraga ikkala guruhning sardorlari chiqadi. Plakatga yozilgan jadvaldagi harflarni o’z o’rniga qo’yib, informatikaga doir so’zni hosil qiladi. Hosil bo’lgan so’zga ta’rif berishadi.1 daqiqa vaqt beriladi.

1-guruh sardoriga:


A


T


R


M


I


O


L


G


Javob: Algoritm


2-guruh sardoriga:


B


A


R


T


O


X


O


Javob: Axborot.

Sardorlarni bergan javoblari uchun ballar e’lon qilinadi.Umumiy ballar hisoblanib, g’olib guruh aniqlanadi. Hakamlar hay’ati tomonidan g’olib guruh rag’batlantiriladi.

Bellashuv oxirida “Xorazm lazgisi” kuyiga hamma raqsga tushadi.

(Tadbir so’nggida  maktab ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosariga so’z beriladi,fikrlari tinglanadi)

Boshlovchi:

Hurmatli bugungi kechning aziz mehmonlari. Mana bugun 8-sinf o’quvchilarimizning o’zaro bellashuvini tomosha qildik. Bu bellashuvdan siz yaxshi xulosa chiqarasiz degan umiddamiz. Bu bellashuv orqali bir oz bo’lsa ham kompyuter haqida tushuncha olgan bo’lsangiz va qiziqshingiz ortgan bo’lsa, biz bundan mamnunmiz. Sizlarga yana bir bor tashakkur deb qolamiz. Xayr omon  bo’ling. E’tiboringiz uchun rahmat!