Kimyo o`rgatar sehrlar sirin tadbir senariy Kogon shahar1-umumta`lim maktab9”A”-9”B” sinf o`quvchilari o`rtasidao`tkazilgan kimyo fanidan“Kimyo o`rgatar sehirlar sirin “deb nomlangantadbir senarisi “Kimyo o’rgatar sehrlar sirin” nomli tadbir senariysi.1-boshlovchi Salomdan boshlanar so’zlarning boshi,Salomdan boshlanar asrlar toshi.Salomdan boshlanar ilk qadamimiz,Salomdan boshlanar bellashuvmiz.2-boshlovchiBu dunyoning ziynati,Kimyogarlar assalom.Dunyoning soz naqshi bu,Hur-u hidoyat assalom.1-boshlovchi Assalom kechamiz qatnashchilari2-boshlovchiAssalom hurmatli ustozlar va o`quvchilar1 boshlovchi: Do’stlar, fikrimizcha, etishdi fursat Kechani ochishga etingiz ruhsat.2 boshlovchi: Kimyo fani yutuqlarin etaylik targ`ib, Bo’lsinlar xabardor mashriqu – mag`rib.1-boshlovchi:Bugungi kechamizIkkala boshlovchi birgalikda “Kimyo o’rgatar sehrlar sirin” 2-boshlovchiDeya nomladik.1-boshlovchiTadbir quyidagi shartlar asosida bo’lib o’tadi.1-shart. Tanishtiruv.2-shart.Qora quti3-shat. Mo’jizakor kimyo.4-shart. Sardorlar bellashuvi5-shart. Erkin mavzu2-boshlovchi Shartlar 5 ballik sistema asosida baholanadi.1-boshlovchiShogirdlar kamolin o’ylab tun-u kun,Halovat bilmasdan bag’rin etib xun,Kelajak avlodning taqdiri uchun,Jonin ayamagan bo’lganda lozim,Baxtimga bor bo’ling, aziz ustozim.2-boshlovchi Kim uchun dunyoda shuhrati aziz,Kimgadir haq yo’lda zahmati aziz,Sizgachi el-yurtning raxmati aziz,Mudom baland erur sizga e’zozim,Baxtimga sog’ bo’ling, aziz ustozim.1-boshlovchiBaholash uchun hakamlar hayati azolari bilan tanishing.1.Ma`naviyat ishlari bo`yicha direktor o`rin bosari Yoqubova Feruza Ko`klamovna2.Biologiya fan o`qituvchisi Qayimova Maqsuda Junaydullayevna3.1- shart “Tanishtiruv”1-boshlovchiIkkala guruhga omad tilab 1-shartimiz “tanishuv” shartini boshlaymiz.1-boshlovchi shartni 9”A” sinf o`quvchilari boshlab beradi.Guruh ishtirokchilari musiqa ostida davraga kirib keladilar:2-boshlovchi navbat 9”B”sinf ishtirokchilariga.Guruh ishtirokchilari musiqa ostida davraga kirib keladilar:Shu bilan ishtirokchilar 1-shartni tugatib musiqa ostida chiqib ketishadi.1-boshlovchi1-shart baholanguncha …….“MENDELEEV UYI” haqidaUshbu bino Mendeleev – Tarhi — la bo’ldi barpo,Ming sakkiz yuz oltmish to’qqiz – Nomerli uy bo’ldi paydo.YEtti qavat, sakkiz podezd, Yuz o’n sakkiz xona bor,Xonalarning egalari Yashar yakka, xona tor.Umrbod shu xona ichra – Turishga erur mahkum.Ko’ngil so’rab ular boshqa – Xonaga o’tmas hech ham.Yashamayman, deb bosh olib – Ketishning yo’q imkoni,Binodagi qavatlarda, Tengmas xonalar soni.Ba’zi bir xonalar bo’sh, Yo’qdir ichida “joni”[1].Qavatlarda yashovchilar, Tabiatan har xildir,Qavatlarni almashtirish – Juda ham nomaqbuldur.Lekin ettinchi qavatda, Yigirma bir oila bor,Qolgan o’n bir xona esa – Egasin kutadi zor.Ushbu uyning “odamlar”i – Hulqbo’yicha – ko’p turli,Ba’zilari – havo kabi[2], Ba’zilari – zalvorli.Ba’zilari – o’ta hushfe’l, Hech qachon toq turmaydi!Ba’zilari – o’ta badfe’l, Hech kimni yoqtirmaydi.Ba’zilari – tajovuzkor, Duch kelganni yemirar.Ba’zilari – juda hamkor, Undan ko’plar semirar.Ko’p qo’shnilar qo’l ushlashsa – Basharga naf kattadir.Ba’zilari qo’l tutishsa – Basharga ҳavf kattadir.Xullas har bir “fuqaro”ning, Bordir sir – sinoati,Suhbat qurmoq bo’lsang agar O’rgan ularning odatin2-boshlovchi1-shart bo’yicha guruhlarning to’plagan ballarini bilish uchun hakamlar hayati a’zolariga yuzlanami1-boshlovchi”Mendeleyev izdoshlari” guruhining to’plagan ballari2-boshlovchi”Yosh kimyogarlar” guruhining to’plagan ballari 2- shart “Qora quti”1-boshlovchiIlm istasangiz izingizdan ibodat yog’sin,Ixlosingiz shaxtingizdan shiddat yog’sin.Ortingizdan mag’rur-mag’rur millatlar yog’sin,Mulki turon najotlari ilm istang.Endigi navbat 2-shart “Qora quti”gaQORA QUTTI: (qora qutti savoli o’qib beriladi quttida so’ralgan modda solingan bo’ladi va u hakamlar hayati azolari oldiga keltirib qo’yiladi) 1-guruh.Binafsha rangli kiristall modda,tibbiyotda foydalaniladi,tartib raqami 25 bo`lgan kimyoviy elementning muhim birikmasi 2-guruh. Agregat holati gaz,og`irligi 29ga teng,tarkibining 78% azot,21%kislorod1-boshlovchi :Navbat 7”A” sinf o`quvchilarigaBOShGINAM OG`RIYDI – YoQimmatoy: Oyijon, oyijon – ey Boshginam og`riydi – yo.Onasi: Boshginangdin o’zim o’rgilay, Nimalarga og`riydi — yo?Qimmatoy: Kimyo degan Fan bor ekan, Sir – jumbog`i bisyor ekan, Uquvsizlarga dor ekan, O’shalarga og`riydi – yo.Onasi: Kimyo xolangni bilmasang,Qiz — o’g`lini tanimasang, Dugona bo’b ketolmasang, Alam – o, alam – o!Qimmatoy: Yuzdan ortiq modda bormish, Goho xush bo’y, goh ishqormish, Erkatoylarga no yormish, O’shalarga og`riydi – yo.Onasi: Modasiga balo bormi, Ishqoriga hamma zormi, Senga ular yov – ag`yormi, Alam – o, alam – o!Qimmatoy: Biri metall, biri havo,Biri zahar, biri davo, Farqlolmayman, men bedavo, O’shalarga og`riydi – yo.Onasi: Havo olishni bilmasang,Davo olishni bilmasang,Ilm tomonga jilmasang, Alam – o, alam – o!Qimmatoy: Oyijon, oyijon – ey, Boshginam og`riydi – yo.Onasi: Boshginang og`risa – yo,Alam – o, alam – o!2-boshlovchi:So`zni hakamlar hayatiga beramiz3-shart. ” Mo’jizakor kimyo”1-boshlovchiYildan yilga o’sar hosil Sababi kimyogardir.Egnimiz but muttasilSababi kimyogardir.2-boshlovchiEndiki novbatni 3-shartimiz mo’jizakor kimyo shartiga beramiz.bunda turli xil qiziqarli tajribalar namoyish etiladi. Marhamat tomosha qiling. Bu shart mo’jizakor kimyo deya nomlanadi.4- shart. “Sardorlar bellashuvi”1-guruh sardori2-guruh sardori2-boshlovchiKimyo fanidir ko’zimiz ochganIlmga samoga birga yo’l ochgan.Ma’rifat olamin quyoshin sochganYashar zamonlar o’tsada bu fan.1-boshlovchi4-shartimizda guruh sardorlariga tezkor savol-javob orqali bilimlarini sinaymiz1-boshlovchi4-shart baxolanguncha …….2-boshlovchiHaq yo’lida siz ilmning ummatlariHaq yo’lida hidoyatli hikmatlari.Madad bo’lsin Yassaviyning hikmatlariBobo Mashrab bayotlari ilm istang.1-boshlovchi5-Erkin mavzu1 boshlovchi: Azizlar, bo’lishib bir tanu, bir jonKimyoviy ilmlarni keltirdik yodga. Davriy sistemani bildik baimkon, Nelar qolganini – elga, avlodga.2 boshlovchi: Kimyoviy ilmlarni eslab bir nafas, Zora solgan bo’lsak qalblarga uchqun. Zoraki uyg`onsa sizlarda havas, Kimyoni chin dildan urganmoq uchun.1 boshlovchi: Shoyadki etishsa yangi Rezerford, Beruniy, Farobiy, Roziy, Sinolar. Shoyad paydo bo’lsa Plank, Kyurilar, Kurchatov, Lomonosov kabi siymolar.2 boshlovchi: Elimiz deydiki, orzuga ayb yo’q, O’sing, ulg`aying deb bildirdik tilak. Ilm cho’qqisini aylagaysiz zabt, Ijod zahmatidan tolmasa bilak!jami to’plangan ballar. Mendeleyev izdoshlari guruh jami 20 ballYosh kimyogarlari guruhi 24 ballDemak bugungi tadbirimizda Yosh kimyogarlar g’olib bo’ldi. E’tiborlaringiz uchun katta rahmat.So`zni Yoqubova Feruza Ko`klamovnaga beramiz”Bugungi tadbirni o`tqazib bergan 9”A” 9”B” sinf o`quvchilariga katta rahmat bularning kelgusi o`qishlariga omad tilaymiz1-boshlovchi: Misol, she’r o’qishdan to’xtab nixoyat,Chin dildan etamiz sizlarga ta’zim.Azizlar, shu bilan topdi nihoya –Kimyoga atalgan tantana, bazm. Darsliklar 0 1 2 3 4 5 Жалоба 93 0 11-10-2023, 21:29