Asosiy qism: a) shoir she`riyatining qudrati – yuksak darajadagi badiiyligidadir.
b) O`zbek xalqi qaddini yana bir rpog`ona ko`targan qasida.
d) Shoir yangilagan ko`hna muhabbat.
3. Xulosa. Abdulla Oripov ijodini o`rganib kamol topamiz!
Temur kabi sohibi zamonlar qilichi yetmagan yerlarni qalam bilan
olishga Alisherni qodir qilgan qudrat she`riyatdir. She`riyatni
“Onajonim” deb ulug`lagan va chindan ham she`riyatga fidoiy
Farzand bo`lgan Abdulla Oripovning she`ri kirib kelmagan birorta
xonadon O`zbekistonda topilmasa kerak.
Maqsuda Ergasheva.
O`zbek xalqi azaldan shoirtabiat xalq, uning tuprog`idan tortib yaprog`igacha shoirdir. Shuning uchun ham u farzandlariga she`riyat kabi teran, she`riyat kabi serma`no, bir-biriga uyqash ismlar qo`yadi. U to`y qilsa, shodliklarini she`rga solib “Yor-Yor” aytadi. Hattoki, azada ham hasratlarini she`rga aylantirib bo`zlaydi…
Besh asrkim nazmiy saroyni
Tiratadi zanjirband bir sher.
Temur tig`I yetmagan joyni
Qalam bilan oldi Alisher…
deb yozgan edi, o`zbek xalqining sevimli farzandi, shoir Abdulla Oripov. Abdulla Oripov she`riyatining qudrati yuksak darajadagi badiiyligidadir. Lekin uning she`rlarida sun`iy badiiylik, zo`rma-zo`raki o`xshatishlar, mantiqqa zid bo`lgan jonlantirishlar orqali badiiyat yaratilmaydi. Uning har bir iborasi, har bir tashbehi ayni haqiqatdir. Abdulla Oripov dono xalqimiz yaratgan maqol va matallardan, iboralardan juda oqilona va san`atkorlik bilan foydalanadiki, natijada shoir tilga olgan maqollaridan qayta boshdan she`riy umrini boshlaydi. Abdulla Oripovning har bir se`ri, har bir misrasining o`z ohangi bor, uni sira boshqa ohangda aytib bo`lmaydi. Shoir she`riyatining o`ziga xosligi shundaki, u behad o`ziga xos shoir. U sevsa yonib, o`rtanib sevadi, agar nafratlansa, sevgisi darajasidagi kuchli dard, armon bilan nafratlanadi. U har bir mavzuda o`rtanib, qalamni taroshlab, avaylab, yonib ishga soladi, ayniqsa, bu mavzu Vatan mavzusi bo`lsa…
Abdulla Oripov – o`zbek xalqi qalbida sermazmun she`rlari bilan chuqur iz qoldirgan, o`z ijodida Vatanga bo`lgan muhabbatni tarannum etgan vatanparvar shoirdir. Shoir she`rlarida vatanparvarlik, Vatanga sadoqat ruhi ufurib turadi. Xalq ruhida ozodlik, vatanparvarlik tuyg`ularini singdirishda she`riyatning roli va o`rni beqiyosdir. She`riyat o`ziga xos, timsollar, ramz va istioralar, ohanglar orqali kishi ruhida shunday buyuk tuyg`ular uyg`otadiki, ularni qilich va qurol kuchi bilan ham yo`q qilib bo`lmaydi. Sevimli shoirimizning “Yurtim” she`ri xuddi shunday ijod mahsulidir. Ushbu qasida o`zbek xalqining buyuk tarixini, o`zligini, milliy g`ururini o`zida mujassam etganyuksak ijod namunalaridanbiridir. She`rning ilk satridanoqVatanga, o`zbek xalqiga, uning buyuk tarixiga bo`lgan muhabbat, hurmat, ehtirom, g`urur va iftixor tuyg`ulari yaqqol sezilib turadi:
Yurtim, senga she`r bittim bu kun,
Qiyosingni topmadim, also…
O`zbek xalqi qaddini yana bir pog`ona ko`targan, mashhur qilgan bu she`r barcha o`zbekning or-nomusiga aylandi. Chindan ham Abdulla Oripovning she`rlari mohiyat e`tibori bilan voqe` bo`lgan she`rlardir… Xulosa o`rnida aytish mumkinki, qalbida Vatanga bo`lgan muhabbati cheksiz bo`lgan insonning farovon hayotini har narsadan ustun ko`radigan, shuningdek, muhabbat borasida dengizday qaysar, ummondek cheksiz, tog`lardek ulug`vor bo`lgan insonni o`z umrining qahramoni deyish mumkin. Abdulla Oripov ham ana shunday insonlardan desak, yanglishmagan bo`lamiz. Mustaqillikka erishibo`zligini, o`zbegini yaratayotgan xalqimiz bunday insonlarni ulug`lashi tabiiy. Abdulla Oripovning hayot yo`li, yaratayotgan asarlari va ulardagi yetakchi g`oyalar harbir inson qalbida ezgu fikrlarga yondosh tarzda yashshiga ishonamiz.biz uchun shoir bir yurt bo`lgan. O`zbekiston uchun shoir ham, she`rlari ham hamisha ardoqlidir!