Assalomu alaykum,tadbirimizni tomosha qilgani tashrif buyurgan mehmonlar!
1-boshlovchi.
Ayolini asragan,ulug’lagan xalq—buyuk xalq.Ayollari baxtli elning farzandlari esa barkamol,kelajagi nurafshondir.
2-boshlovchi.
O’zingiz umrning avvali-boshi
Farzandlar qalbining porloq quyoshi
Jannat chamanining mohir naqqoshi
Yolg’iz siz o’zingiz,aziz ayollar!
1-boshlovchi.
Bahor asli sizning ko’nglingizdadur,
Sadoqat va vafo yo’lingizdadur.
Dunyoning beshigi qo’lingizdadur,
O’zingiz azizsiz,aziz ayollar.
2-boshlovchi.
Biz bejizga so’zimizni ayollar ta’rifidan boshlamadik.«Nafa-qat o’z she’rlari,balki butun hayoti bilan o’zbek ayolining ma’naviy qiyofasini namoyon etgan atoqli shoiramiz Zulfiyaxonimni ham men ana shunday fidoyi insonlar qa-
toriga qo’shgan bo’lardim.Uning jahon minbarlaridan yangragan she’rlari Sharq ayolining aql-u zakosi,fazl-u kamolining yorqin ifodasi sifatida millionlab she’riyat muxlislariga odamiylik,muhabbat va sadoqatdan saboq bergan,desak,mubolag’a bo’lmaydi«degan edi hurmatli Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov
1-boshlovchi.
Prezidentimiz Islom Karimovning 2014-yil 31-oktabrdagi «O’zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligini
nishonlash to’g’risida« gi qarorini xalqimiz,keng jamoatchilik ayol zotiga,adabiyotimiz hamda ajdodlarimizga
yuksak ehtirom namunasi sifatida kutib oldi.
2-boshlovchi.
Bugun mamlakatimiz ahli har bahorni shoira Zulfiya tavallud topgan kunni nishonlash bilan kutib olishni an’anaga aylantirdi.Shoira kitoblarini yurtimizdagi ko’plab oilaviy kutubxonalar javonida ko’rish mumkin.Prezidentimizning 1999-yil 10-iyundagi qaroridan so’ng har yili yurtimizdagi iste’dodli qizlardan bir guruhi
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlanmoqda.
1-boshlovchi.
Bizning maktabimizda ham o’zining a’lo o’qishlari,ijodkorligi,iste’dod va qobiliyatlari bilan Zulfiyaxonim qizlaridan qolishmaydigan o’quvchi qizlarimiz
ta’lim oladilar.Zulfiya,tavalludining 100 yilligiga bag’ishlab
mana shu qizlarimiz o’rtasida belllashuv tashkil etganmiz.
2-boshlovchi.
Bellashuvimiz shartlari bilan tanishtirib o’tamiz.Birinchi shart—tanishtiruv sharti bo’lib,bu shartda qizlarimiz o’z jamoalarini tanishtiradilar.
1-boshlovchi.
Ikkinchi shart—savol-javob sharti bo’lib,bunda qizlarimizning
Zulfiya hayoti va ijodini qanchalik o’zlashtirganliklarini
2-boshlovchi.
Uchinchi shartda Zulfiyaxonim she’rlari asosida qizlarimizning badiiy o’qish mahoratlarini sinab ko’ramiz.
1-boshlovchi.
To’rtinchi shartimiz «Arzanda bo’lmang,pazanda bo’ling« deb nomlanib, qizlarning vitaminlarga boy salatlar tayyorlash sirlarini qanchalik egalliklarining guvohi
2-boshlovchi.
Beshinchi shartimiz erkin mavzu bo’lib,bu shartda guruhlarning bo’sh vaqtlarini qanday mazmunli tashkil etishlari haqida ma’lumotga ega bo’lamiz.
1-boshlovchi.
Bundan tashqari o’quvchilarning tadbir uchun tayyorlab kelgan ijodiy ishlari baholanadi.Shartlarni baholash uchun
1.Hakamlar hay’ati raisi28-maktab-internat direktori Rahmonova Feruzaxon Sultanovna.
2.Hakamlar hay’ati a’zolari:
1.O’rinova Hamidaxon Tursunboyevna-ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi.
2.Xaitova Dilnozaxon — ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi.
3.Arslonova Gulbadanxon- matematika fani o’qituvchisi.
4.Qo’yilgan ballarni hisoblab boruvchi- Abdullajonova Zilolaxon- matematika fani o’qituvchisi.
Endi tadbirimiz ishtirokchilari bo’lgan 7-«A«;7-«D« sinf qizlari jamoalarini davraga taklif etamiz va jamoalar navbat o’zlarini tanishtirib o’tadilar.
Tanishtirib bo’lgan jamoalar davradan ajratilgan joylariga borib o’tiradilar.
1-boshlovchi.
Gul bo’lib,gul-gul yonib
Gulshan aro Gulchehralar,
Gul bo’lib, o’ynar qo’yib
Qo’lga hino Gulchehralar
Hakamlar hay’ati tanishtiruv shartini baholagunga qadar
7-«B«sinf qizlari ijrosida go’zal bir raqsni tomosha qilamiz.
«SHUKRONA«raqsi
1-shart bo’yicha ballar e’lon qilinadi.
2-boshlovchi.
Marhabo:ey,aziz qalbim xumori,
Ulug’ mujdalaringmana,qo’limda.
Kuchga to’l!Guvilla,yurtim bahori!
Chechaklar porlasin yurgan yo’lingda.
1-boshlovchi.
Bahor-olam va odam yangilanadigan faslning boshlanish
arafasida tavallud topgan Zulfiya Isroilova hayoti va ijodi
haqidagi qizlarimiz bilimlarini sinab ko’ramiz.
Guruhlar navbatma-navbat tezkor savollarga javob beradilar
2-boshlovchi.
«Men elimning tilagida yashayman,
Erk deganning yuragida yashayman«
deganida Hamid Olimjon tamomila haq edi.Shoira Zulfiya ham o’zining yoniq she’rlari bilan qalblarimizdan
mustahkam o’rin olgan.
Jamoalar tayyorlab kelgan she’rlarini ifodali yod aytadilar.
1-boshlovchi.
Hakamlarimiz «Ifodali o’qish« shartini baholagunga qadar 5-«B« sinf qizlari ijrosidagi raqsni e’tiboringizga havola etamiz.
«Begim demang,begoyim«
Ifodali o’qish sharti bo’yicha guruhlarning ballari e’lon qilamiz.
2-boshlovchi.
«Bu xonim kim?«—deya tashlansa savol,
Bilgan javob aytar tildan to’kib bol;
—«Tinchlik—Birdamlik!-deb mushoirada
Jahonga jar solgan g’oliba ayol.
etamiz.Ular hammamizning ko’z o’ngimizda pazandalik mahoratlarini namoyish etadilar.
1-boshlovchiYulduz olar dam,
Jo’shqin mushoira etadi davom,
Do’stim,kel sen ham.
Maktabimizda she’r yozishni mashq qilayotgan ijodkor o’quvchilarimizning she’riy mashqlari bilan tanishamiz,marhamat!