Ethernet, FDDI lokal tarmoq texnologiyalar
Reja:
Kirish………………………………………………………………………………………………
Lokal tarmoqni paydo bo’lishi……………………………………………………….
BlueTooth –kabelsiz tarmoq……………………………………………………………
Kompyuterning ichki portlari bilan ishlash…………………………………………..
Xulosa……………………………………………………………………………………………..
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati…………………………………………………..
Kirish
Axborot texnologiyalarining maqsadi inson taxlil kilishi uchun axborotni ishlab chiqarish va uning asosida biror bir xatti-harakatni bajarish bo‘yicha qaror qabul qilishdir. Axborot texnologiyasi obekt, jarayon yoki hodisa (axborot mahsuloti)ning holati haqidagi yangi sifat axborotini olish uchun ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va uzatishning vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanuvchi jarayondir.
Bundan tashqari, axborot texnologiyasining asosiy maqsadi — axborotni saqlash va uzatishni tashkil etish.
Axborot tizimi axborotni qayta ishlashning axborot-kompyuter tizimini o‘zida ifodalaydi. Axborot tizimi – o‘z tarkibida kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, axborot va dasturiy ta’minot hamda odamlarning birgalikdagi faoliyat yuritish jarayonini aks ettirib, u iste’molchi uchun axborot ishlab chiqarishni o‘z zimmasiga oladi.
Axborot tizimlarining asosiy vazifasi hodisa va jarayonlar kechishini boshqarish imkoniyatlarini yaratishdan iborat. Shuningdek, axborotlarga asoslangan, maqsadi oldindan belgilangan va shu maqsadga erishish dasturi ishlab chiqarilgan boshqariluvchi jarayonga maqsadli ta’sir ko‘rsatadi.
Ta’lim – tarbiyada axborot tizimlarining asosiy vazifalari – bu o‘rganilayotgan ob’ektga tegishli barcha axborot resurslarini eng maqbul boshqarish usullari yordamida iste’molchiga kerakli bo‘lgan axborotlarni ishlab chiqish va ulardan ta’lim ob’ektni boshqarishda foydalanish uchun axborotli va texnikaviy ta’minot muhitini yaratishdir.
Axborotlarni avloddan – avlodga uzatishning ahamiyati ta’lim – tarbiya ishining ahamiyati bilan hamohangdir.
Axborot texnologiyalari (AT) – bu tizim masalalar yechimini topish maqsadida axborotlarni yig‘ish, qayta yig‘ish, qayta tiklash, saqlash, ifodalash, tizimlash, uzatish va uni iste’molchiga foydalanishga qulay holga keltirish jarayonini kompyuter va telekommunikatsiya vositalari yordamida amalga oshiriladigan, tartibga solingan amaliy dasturlar majmuasidir.
Axborot texnologiyalari – jarayonlarni boshqarishdagi asosiy manba bo‘lib hisoblanadi. Tayyorlangan ma’lumotlarni tizimga ajratish va qayta ishlash hamda kerakli maqsadlar bo‘yicha qayta ishlangan ma’lumotlarni uzatishni o‘z ichiga oladi.
Axborotlashtirish faqatgina fan va texnika yutug‘i bo‘lmasdan, balki ular ta’lim, tarbiya, san’at, tibbiyot, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, sanoat va shu kabi sohalarning rivojlanishida ham doimo muhim omil bo‘la oladi.
Zamonaviy hisoblash texnikasi va aloqa vositalari asosida axborotlarni to‘plash, saqlash va kerakli manbalarga uzatishning zamonaviy usullari, ya’ni kompyuterlashtirilgan usullarigacha rivojlanib boraveradi.
Axborot texnologiyalarining paydo bo‘lishi, bu sohadagi ishlarni jonlantirib yubordi, ya’ni endigi hayot nafaqat axborotlar, axborot texnologiyalari, balki axborot tizimlarini yaratishni taqozo etib qoladi va ulardan bilim bazalari, vazifalar, mantiqiy xulosalarni yechuvchi mashina kabi xizmat tizimlarini ham o‘zichiga olishini talab qilmoqda. Bu talablarni hal qilish esa ijtimoiy islohotlarga bog‘liqdir.
Oliy ta’lim o‘quv jarayonini tashkil etishda innovatsion texnologiyalarning roli kun sayin ortib bormoqda. Masofaviy texnologiyalardan foydalanish zamonaviy ta’limning imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Bugungi kunda Yer kurrasining istalgan joyidan turib, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) imkoniyatidan foydalangan holda ta’lim olish mumkin. Zero an’anaviy ta’lim o‘z mavqeini saqlab tursa ham, keyingi paytlarda masofaviy o‘qitish texnologiyalari kundan-kun ommaviylashib bormoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda yangi jahon axborot-ta’lim muhitiga integrallashishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimi barpo etilmoqda. Bu ta’lim jarayonini tashkil etishda zamonaviy texnik imkoniyatlarga javob beradigan sezilarli o‘zgarishlar bilan kuzatilmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’lim sohasiga kirib kelishi ta’lim usullari va o‘qitish jarayonini yangicha yondashuv asosida tashkil etish shakllarini sifatli ravishda qulaylashtirib, o‘zgartirish imkonini bermoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim tizimini modernizatsiyalashtirish jarayonining eng muhim qismidir. AKT — bu turli texnik va dasturiy qurilmalar bilan axborotga ishlov berish usullaridir. U birinchi navbatda, zarur dasturiy ta’minotga ega bo‘lgan kompyuterlar va ma’lumotlar joylashtirilgan telekommunikatsiya vositalaridir.
1997-yil 29-avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risidagi» Qonunining 1-moddasida fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslari belgilab berildi hamda har kimning bilim olishdek konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilganligi ta’kidlandi. Hozirgi davr ta’lim bosqichining yangi talablariga ehtiyoj yuqoriligini ko‘rsatmoqda. Bunda masofaviy ta’lim texnologiyalarini ta’lim jarayonida qo‘llash va uni boshqarish ham muhim o‘rin tutadi. Bu borada, Respublikamizda qator dolzarb ishlar olib borilmoqda.
2012-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi barcha oliy ta’lim muassasalari (OTM) o‘rtasida yagona videokonferensiya ta’lim texnologiyasi amalga oshirildi va hozirgi kunda bu borada elektron ta’limga katta e’tibor qaratilmoqda. Bunda OTM’larga yangi imkoniyatlar va istiqbollar ochib berish borasida rejali ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, hududlardagi kadrlar malakasini masofadan boshqarish bunga misol bo‘la oladi. Elektron yoki masofaviy ta’limning yangi bosqichida nafaqat axborot texnologiyalarini qo‘llash, balki elektron shakldagi ta’lim manbalarini bilan ta’minlashni ko‘zda tutiladi.
“O‘zbekenergo” AJda Axborot kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etishni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish uchun keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Davlatimiz rahbarining 2018 yil 23 oktyabrdagi qaroriga muvofiq, o‘tgan yil 30 noyabrda Toshkent shahrida Janubiy Koreyaning «KT Corporation» kompaniyasi bilan elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan “O‘zbekenergo” AJda Axborot kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etishni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish uchun keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Davlatimiz rahbarining 2018 yil 23 oktyabrdagi qaroriga muvofiq, o‘tgan yil 30 noyabrda Toshkent shahrida Janubiy Koreyaning «KT Corporation» kompaniyasi bilan elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimni, SCADA – avtomatlashtirilgan dispetcherlik tizimi hamda axborot boshqaruv tizimlari (ERP) boshqariladigan yagona respublika ma’lumotlarni qayta ishlash markazini tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolangan edi. Ushbu Markazda yetakchi ishlab chiqaruvchilarning eng zamonaviy uskunalaridan foydalanish ko‘zda tutilgan. Hozirda elektr energiyasini ishlab chiqarish, tashish va taqsimlash bo‘yicha energetika tizimining barcha korxonalarini, jumladan, barcha elektr energiyasi iste’molchilarini qamrab oladigan elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini, shuningdek, SCADA – avtomatlashtirilgan dispetcherlik tizimini joriy etish bo‘yicha ishlari boshlandi. Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi loyihasining 1 bosqichi (Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyati)da amalga oshirish davomida Osiyo taraqqiyot bankining iqtisod qilingan mablag‘lari hisobidan tashkil etiladi va 2019 yil 1 sentyabrgacha ishga tushirilishi mo‘ljallangan. Bundan tashqari, SCADA – avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi tizimini yaratishni moliyalashtirish masalalarini hal qilish maqsadida joriy yilning 11 yanvar kuni “Eximbank”ning Seuldagi bosh ofisida “O‘zbekenergo” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Jahongir Obidjonov va “Eximbank” direktori Von Suk Xa o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish yakunida tegishli tadqiqotlar o‘tkazish va yuqori malakali xorijiy maslahatchilar yordamida loyihaning texnik-iqtisodiy asosini tayyorlash uchun grant ajratish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Ushbu loyihaning texnik-iqtisodiy asosi ma’qullanganidan so‘ng, “Eximbank” loyihaga 20 yil muddatga imtiyozli kredit ajratadi. E’tiborli jihati, SCADA – avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi tizimining joriy etilishi elektr qurilmalari ish rejimining optimallashtirilishi va inson omili tufayli yuz beradigan avariyaviy o‘chishlar oldi olinishi orqali iste’molchilarning elektr energiyasi bilan ta’minlash ishonchliligini oshirishga yordam beradi.
1.1Lokal tarmoqning paydo bo`lishi
Kompyuter tarmoqlarining paydo bo’lish sabablaridan biri resurslaridan hamkorlikda foydalanish, alohida kompyuter imkoniyatini kengaytirishdir. Tarmoq orqali foydalanuvchilar bir vaqtning o’zida bir xil ma’lumot va fayl nusxalari, amaliy dasturlar bilan ishlashi mumkin. Bu holat axborot tashuvchilardagi joyni tejaydi. Bundan tashqari, printer, skaner, modem, lazer disklar majmuining birgalikda ishlatilishi qo’shimcha mablag’ni asraydi.
Tarmoqdan foydalanganda axborotni saqlash ishonchliligi ortadi, chunki juda oddiy usulda qimmatli axborotlarni qayta nusxalash mumkin va alohida foydalanuvchilar o’rtasida axborot almashish engillashtiriladi. Tarmoq foydalanuvchilar so’rovini mujassamlashtiradi, bir vaqtning o’zida axborotdan ko’plab mijozlar foydalanish imkonini beradi.
Apparat qurilmalari va tarmoq dastur ta’minoti orqali o’zaro bir-birlari bilan hamohang ishlay oladigan kompyuterlar majmuiga tarmoq deyiladi.
Tarmoqlarni turli me’yorlarga ko’ra sinflarga ajratish mumkin. Bular:
1) o’tkazish qobiliyati, ya’ni ma’lumotlarni tarmoqqa uzatish tezligiga muvofiq:
— past 100 Kbit/ s gacha;
— o’rta 0,5-10 Mbit/s gacha;
— yuqori 10 Mbit/s dan ortiq.
2) uzoq kommunikatsiya tarmoqlari bilan ishlash tezligi, ularning fizik o’lchoviga muvofiq:
— LAN ( Local-Area Network) lokal tarmoq (bir ofis, bino ichidagi aloqa);
— CAN (Campus-Area Network) — kampus tarmoq, bir-biri bilan telefon yoki modemlar bilan ulanish, ammo etarlicha bir-birlaridan uzoqda joylashgan kompyuter lokal tarmoq;
— MAN (Metropolitan-Area Network) katta tezlik bilan aloqa uzatish (100 Mbit/s) imkoniyatiga, katta radiusga (bir necha o’n km) axborot uzatuvchi kengaytirilgan tarmoq;
— WAN (Wide-Area Network) keng masshtabli (mintaqaviy) maxsus qurilma va dasturlar bilan ta’minlangan alohida tarmoqlarni birlashtiruvchi yirik tarmoq;
— GAN (Global-Agea Network) global (xalqaro, qit’alararo) tarmoq;
3) tarmoq tugunlari turi bo’yicha (tugun — hisoblash tarmoqlari va ularning alohida elementlari ulangan joyi). Boshqacha aytganda, tugunga shaxsiy, mini- va katta kompyuterlar, alohida tarmoq ham kiradi. Masalan, umumiy foydalanish tarmoqlaridagi alohida kompyuterlar (boshqachasiga ularni stantsiyalar deb ham yuritishadi) tugunlarga misol bo’la oladi. Unchalik katta bo’lmagan alohida tarmoqlar kampus tarmog’i uchun tugun bo’ladi.
4) tugunlar munosabatiga ko’ra:
— bir xil rangli (peer-to-peer), uncha katta bo’lmagan, bir xil mavqega ega kompyuterlar (bu erda hamma kompyuterlar ham «mijoz», ya’ni tarmoqning oddiy foydalanuvchisi, ham «server», ya’ni tarmoq foydalanuvchilariga xizmat ko’rsatishni ta’minlovchi bo’lishi mumkin). Macalan, WINDOWS 95 OS tarmog’i tarqatilgan (Distributed) tarmoqlar. Bunda serverlar tarmoq foydalanuvchilariga xizmat ko’rsatadi, biroq tarmoqni boshqarmaydi;
-server (Server based) yoki markazlashgan boshqarishga ega tarmoqlar. Bu erda tarmoqning bosh elementi serverdir. Qolgan tugunlar serverning resurslaridan foydalanishi mumkin (masalan, Novell NetWare, Microsoft LAN Mananger va boshqalar).
5) tarmoq operatsion sistemalarini ishlatish bo’yicha (tarmoq OS):
gomogenli — hamma tugunlarda bir xil yoki yaqin operatsion sistemalardan foydalaniladi (masalan, WINDOWS OS tarmog’i);
geterogenli — bir vaqtning o’zida bir nechta tarmoq operatsion sistemalari ishlatiladi (masalan, Novell NetWare va WINDOWS).
Tarmoq servisi
Tarmoqda bir necha xil serverlar bo’lishi mumkin. Kompyuter tarmog’i o’z mijozlariga qanday xizmatlar turkumini taklif etishi, ularning servisi qanday bo’lishi juda muhimdir. Ular bilan tanishamiz:
-fayl — server — mijozga axborot saqlash qurilmalarida saqlanuvchi fayllardan foydalanish imkonini beradi. Bunda server barcha ishchi stantsiyalaridan fayllarga kirish imkonini berishi zarur. Shunigdek, axborotlarni himoya qila olish vazifasi ijobiy hal etiladi;
— print — server umumiy holda ko’pgina mijozlarga bir nechta printer orqali xizmat ko’rsatishni ta’minlaydi. Bunda server chop etiluvchi axborotlarni qabul qila olishi va ularni navbati bilan chop etishga chiqarishi kerak;
—faks – server-mijozlarga faks-modem telefon tarmoqlari bilan mujassam tarmoqli xizmat ko’rsatishni ta’minlaydi. Bu go’yo axborot chiqarishga o’xshaydi (printer kabi). Faks-server olgan faksimal xabarlar alohida tarmoqda qayta ishlanadi.
-elektron pochta (E-mail) — mijozlar o’rtasida, ular bir-birlaridan qancha uzoqlikda joylashganligidan qat’iy nazar, axborot almashishni ta’minlaydi. Bu erda jarayon xuddi oddiy pochta kabi kechadi. Elektron xat o’z adresiga ega. Uni jo’natuvchi desak, qabul qiluvchi xam o’z adresiga ega. «Xat» pochta qutisiga tashlanadi (ya’ni pochta serveri) va pochta serverlar sistemasi yordamida qabul qiluvchi pochta qutisiga etkaziladi, ya’ni bu erda uzatuvchi va qabul qiluvchining maxsus kataloglari mijozga xizmat qiluvchi kompyuterda joylashtirilgan bo’ladi. Shu tariqa xatlar fayllar sifatida uzatiladi.
-bevosita muloqot (Chat), bunda aniq vaqtda maxsus dastur ta’minoti yordamida ikki yoki undan ortiq mijozlar o’zaro axborot (matnli, tovush, video) almashinishi tushuniladi. Raqamli videokameralar, tovushli kartalar, mikrofonlar, multimedia vositalarini qo’llaganda, videokonferentsiyalar o’tkazish imkoniyati tug’iladi. Bunday holatlarda kompyuterlar yuksak unumdor va tarmoqning o’tkazish qobiliyati kuchli bo’lishi lozim. MS Net Meeting – dasturi orqali bevosita muloqotni amalga oshirish mumkin.
Lokal kompyuter tarmoqlari
Global tarmoqlar, ma’lumki, yirik shaharlar, mamlakat, qit’alarni qamrab oladi. Lokal tarmoqlar esa etarlicha kichik maydonni o’z ichiga oladi. Ular 10, 100, 1000 metr chamasi radiusda 1000 nafarga etar-etmas mijozlarga xizmat qilishga mo’ljallanadi. Bunday hajm LKT 10 Mbayt/s va undan ortiq tezlanishda ishlash imkonini beradi. Odatda LKT ishchi stantsiyalar (IS) va maxsus kompyuterlarni (fayl, print serverlari va boshqalar) o’zaro kabel bilan bog’lashdan iborat. Ular o’z navbatida tarmoq adapterlari yordamida (tarmoq kartalari) ulanadi.
Alohida tugunlarni tarmoqda ulash usullari tarmoq topologiyasi deyiladi. Odatda uchta topologiya qo’llaniladi:
Umumiy shina. Bu holda lokal tarmoqdagi barcha kompyuterlar bitta aloqa chizig’iga parallel bog’lanadi. Bunday shinalarni boshqarish ham alohida, ham markazlashgan bo’lishi mumkin. Markazlashgan boshqaruvda tarmoqqa maxsus kompyuter-server ulanadi, uning vazifasi tarmoqda axborotni uzatishni boshqarishdir. Alohida boshqaruvda hamma kompyuterlar bir xil maqomga ega, ular mustaqil ma’lumotlarni uzatish imkoniyatiga ega.
Xalqa. Bu holatda barcha kompyuterlar yopiq xalqasimon, ketma-ket bog’lanadilar. Bunda xabar birin-ketin kompyuterdan-kompyuterga uzatiladi. Xabarni uzatgan kompyuter yana o’sha xabarni qayta qabul qilmaguncha, jarayon davom etaveradi.
Yulduzcha. Yulduzcha topologiyaga ega tarmoqlar markaziy tugunga ega (kommutator yoki kontsentrator). Mazkur markaziy tugunga barcha qolgan kompyuterlar ulanadi. Dastlab uzatilgan xabar ana shu qurilmaga kelib tushadi, so’ng boshqa kompyuterlarga uzatiladi.
Bog’lash uchun qo’llaniladigan kabellar uzatish muhiti deb yuritiladi.
Kabellar asosan uchga bo’linadi:
-koaksial kabellar (coaxial cable), ular televizion antennaga juda o’xshash. O’tkazish tezligi: 10 Mbit/sek. Asosan bino ichidagi tarmoqni hosil qilishda foydalaniladi.
-juftli o’ram kabellari (tvisted pair) telefon simini eslatadi. O’tkazish tezligi: 100 Mbit/sek. Asosan bino ichidagi tarmoqni hosil qilishda foydalaniladi
.
-optiktolali kabel (fider-optic cable). Eng ishonchli va tez, shu bilan birga juda qimmat kabel turi. Oralig’i 100 km masofadagi tarmoq uchun qo’llaniladi. O’tkazish tezligi: 2 Gbit/sek.
Tarmoq kabellarini texnik ko’rsatkichi
Kabel turi | O’tkazish tezligi,Mbit/sek | Tarmoqni hosil qiluvchi nuqtalar orasidagi masofa | Kabel uzilganda tiklash mukinligi | Narxi |
Koaksial kabellar | 10 Mbit/sek | 500 m | Past | 100 so’m/metr |
Juftli o’ram kabellari | 100 Mbit/sek | 100 m | yaxshi | 200 so’m/metr |
Optiktolali kabellar | 1-2 Gbit/sek | 100 km | Maxsus qurilmalar talab qilinadi | 1000-3600 so’m/metr |