Ilk qadam maktabgacha ta`lim muassasasining davlat o`quv dasturi

O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI

MAKTABGACHA TA’LIM VAZIRLIGI

“Ilk qadam”

Maktabgacha ta’lim muassasasining

Davlat o‘quv dasturi

Toshkent – 2018 yil

Mualliflardan: Dastur mualliflari YUNISЕFning O‘zbekistondagi Xalqaro bolalar jamg‘armasiga va, shu jumladan, mazkur dasturni ishlab chiqishda o‘z fikr-mulohazalari va tavsiyalarini taqdim etgan hamda uni qo‘llab-quvvatlagan barcha insonlarga samimiy minnatdorchilik bildiradilar:

Anna Golubeva YUNISЕF xalqaro konsultanti

Dipa Shankar YUNISЕF ta’lim seksiyasi rahbari

Vazira Nazarova YUNISЕF maslahatchisi

Yuliya Narolskaya YUNISЕF maslahatchisi

Muazzam Ismailova YUNISЕF konsultanti

Li Dong Vuk Puchon (Janubiy Koreya) universiteti professori

Mualliflar:

I.V. Grosheva, L.G.Yevstafeva, D.T.Maxmudova, Sh.B.Nabixanova, S.V.Pak, G.E.Djanpeisova

Taqrizchilar:

A.Golubeva YUNISЕF xalqaro eksperti

N.N.Djamilova Pedagogika fanlari nomzodi, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetining maktabgacha ta’lim uslubiyoti kafedrasi dotsenti

L.R. Mirdjalalova

Pedagogika fanlari nomzodi, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti qoshidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish mintaqaviy markazining maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim uslubiyoti kafedrasi dotsenti

M.A. Ismailova Tibbiyot fanlari nomzodi, Toshkent pediatriya tibbiyot institutining neonatologiya kafedrasi dotsenti

Ye.G. Kayalova Toshkent shahridagi 247-sonli maktabgacha ta’lim davlat muassasasi mudiri

Mas’uliyatni cheklash

Mazkur hujjatdan joy olgan fikr va mulohazalar faqat uning mualliflarigagina tegishli va aslo Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (YUNISЕF), u bilan bog‘liq bo‘lgan tashkilotlar yoki uning boshqaruv a’zolari hamda ular nomidan ish yuritadigan mamlakatlarga berilishi mumkin emas.

Dastur O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 7 iyuldagi 4-sonli hay’at yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlangan va nashr qilish uchun tavsiya etilgan.

Mundarija

1-bob. Umumiy qoidalar 4

1.2. MTMning maqsad va vazifalari 4

2-bob. MTM ta’lim jarayonining maqsad va tamoyillari 5

2.1. MTM ta’lim jarayonining maqsadlari 5

2.2. MTMda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari 5

2. 3. Qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil qilish 5

2.4. Alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim faoliyati 6

2.5. Ota-onalar bilan hamkorlik 6

3-bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuv 6

3.1. Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari 7

3.2. Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari 7

3.2.1. «Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish» sohasi kompetensiyalari 7

3.2.2. «Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari 8

3.2.3. «Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari» sohasi kompetensiyalari 8

3.2.4. «Bilish jarayonining rivojlanishi» sohasi kompetensiyalari 8

3.2.5. «Ijodiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari 9

4-bob. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat 9

4.1. O‘quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish 9

6-bob. Rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish 12

7-bob. Ilovalar 13

Ilova 1 13

MTM ta’lim dasturini tuzish bo‘yicha tavsiyalar 13

Ilova 2 17

Bolalar to‘liq kun mobaynida bo‘ladigan guruhning namunaviy kun tartibi 17

Qisqa muddatli guruhlarning namunaviy kun tartibi 18

Ilova 3 19

Ilova 4 23

Yillik mavzuviy (tematik) reja 23

Ilova 5 26

Ilova 6 28

3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan bolaning rivojlanish xaritasi 28

5 dan 7 yoshgacha bo‘lgan bolaning rivojlanish sohalari bo‘yicha yutuqlari xaritasi 42

Ilova 7 57

6-7 yoshdagi bolaning maktabga tayyorlik kartasi 57


1-bob. Umumiy qoidalar

Maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o‘quv dasturi (quyida: «MTM davlat o‘quv dasturi») O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari ifodalangan, shuningdek, bolaning ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilangan.

Davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim muassasalarida qo‘llash uchun majburiy:

• davlat maktabgacha ta’lim muassasalari;

• maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat muassasalari;

• maktabgacha guruhlarga ega bo‘lgan «Mehribonlik» bolalar uylari;

• maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlari.

1.1. MTMda davlat o‘quv dasturini qo‘llash

Davlat o‘quv dasturi variativ o‘quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi.

Ta’lim muassasalari Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ o‘quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega.

Ta’lim muassasasi Davlat o‘quv dasturi asosida o‘zining MTM ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta’lim muassasasining ishchi o‘quv dasturi muassasa pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi .

1.2. MTMning maqsad va vazifalari

MTMning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

• bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga oid Davlat talablari asosida hamda Davlat o‘quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

• maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘quv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish;

• bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish;

• bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish.

2-bob. MTM ta’lim jarayonining maqsad va tamoyillari

2.1. MTM ta’lim jarayonining maqsadlari

O‘quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iboratdir.

2.2. MTMda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari

MTM ta’lim jarayonining tamoyillari quyidagilardan iborat:

• bola huquqlari, o‘ziga xos rivojlanish xususiyat va salohiyatlarini hisobga olish;

• ta’lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi;

• bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish;

• bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash;

• o‘yin orqali ta’lim berish va rivojlantirish;

• bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish;

• bola uchun xavfsiz muhitni ta’minlash;

• MTMning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi;

• milliy madaniy an’analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish;

Bolaning maktabgacha ta’lim muassasasidagi rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uning amalga oshirilishi uchun maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari javobgar bo‘ladi.

2. 3. Qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil qilish

Qo‘shimcha ta’lim xizmatlari maktabgacha ta’lim muassasasi tomonidan imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bolalar va aholi ehtiyojlariga mos ravishda tashkil etiladi.

Qo‘shimcha ta’lim xizmatlari fakultativ hisoblanadi va ularni tashkil qilishda ko‘ngillilar (volontyorlar), ota-onalar va homiylar ishtirok etishi mumkin.

2.4. Alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim faoliyati

Maktabgacha ta’lim muassasasida alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga oshirish uchun maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari javobgar bo‘ladi.

Zarurat tug‘ilganda, pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta’lim muassasasi rahbariyati, tor ixtisosdagi mutaxassislarni jalb etgan holda, bola (uning rivojlanishi) uchun o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning individual rejasini tuzadi.

2.5. Ota-onalar bilan hamkorlik

Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun maktabgacha ta’lim muassasasi ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikning quyidagi shakllarini tashkil qilishi mumkin:

• ota-onalarning maktabgacha ta’lim muassasasi borasidagi fikrlarini hisobga olish;

• ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish;

• ota-onalarni o‘quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish;

• ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash.

3-bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuv

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuv o‘sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan, axloqiy me’yor va qadriyatlarni o‘zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, «Men» obrazini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni ko‘zda tutadi.

Boshlang‘ich muhim kompetensiyalar bolaning faoliyat va axloq subyekti sifatidagi yaxlit rivojlanishini talab etadi.

Kompetensiya bolaning bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir. Boshlang‘ich kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qat’i nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

3.1. Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari

Kommunikativ kompetensiya – muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko‘nikmasi.

O‘yin kompetensiyasi – bolaning o‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat uchun asos hisoblanadi.

Ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tutish mahorati.

Bilish kompetensiyasi – atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish.

3.2. Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari

Bolaning kompetensiyalari bola rivojining quyidagi sohalarida belgilanadi:

• jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi;

• ijtimoiy-hissiy rivojlanish;

• nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari;

• bilish jarayonining rivojlanishi;

• ijodiy rivojlanish.

3.2.1. «Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish» sohasi kompetensiyalari

«Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi» sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakunlanganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:

• o‘z imkoniyatlari va yoshi bilan bog‘liq jismoniy rivojlanish me’yorlariga mos ravishda jismoniy faollik ko‘rsatadi;

• turli harakatchanlik faolligini uyg‘un ravishda va maqsadli bajarishni biladi;

• turli hayotiy va o‘quv vaziyatlarida mayda motorika ko‘nikmalaridan foydalanadi;

• o‘z harakatlarini hissiyot va sezgi organlari yordamida boshqaradi;

• shaxsiy gigiyena malakalarini qo‘llaydi;

• sog‘lom turmush tarzi va ovqatlanish asoslarini biladi;

• xavfsiz hayotiy faoliyat asoslari qoidalariga rioya qiladi.

3.2.2. «Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari

«Ijtimoiy-emotsional rivojlanish» sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:

• o‘z «Men»i va boshqa insonlarning hayotiy faoliyat muhitidagi roli to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladi;

• o‘z hissiyotlarini boshqaradi va ularni vaziyatga mos ravishda ifodalaydi;

• o‘zgalarning hissiyotlarini farqlaydi va ularga mos ravishda javob beradi;

• kattalar va tengdoshlar bilan vaziyatga mos ravishda muloqot qiladi;

• murakkab vaziyatlardan konstruktiv chiqish yo‘llarini topadi.

3.2.3. «Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari» sohasi kompetensiyalari

«Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari» sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:

• nutqni eshitadi va tushunadi;

• o‘z nutqida to‘g‘ri talaffuz, qulay grammatik shakllar va xilma-xil gap konstruksiyalaridan foydalanadi;

• ikkinchi tilni o‘rganishga qiziqish namoyon qiladi;

• ikkinchi tilni egallash bo‘yicha dastlabki bilimlarini ko‘rsatadi;

• badiiy adabiyot asarlariga qiziqish namoyon qiladi;

• so‘zning lug‘aviy, bo‘g‘inli va fonetik tuzilishi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladi;

• turli ma’no shakllarini mustaqil ravishda tuzish va so‘zlab berishni biladi;

• yozishning dastlabki malakalari va vositalaridan foydalanishni biladi.

3.2.4. «Bilish jarayonining rivojlanishi» sohasi kompetensiyalari

Bilish jarayonining rivojlanishi sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:

• bilim olishga faol qiziqishni namoyon etadi;

• o‘quv va hayotiy faoliyat uchun axborotni mustaqil ravishda topadi va undan foydalanadi;

• predmetlar, voqealar va ko‘rinishlar o‘rtasidagi oddiy aloqalarni tushunadi va ularni yaxlit bir butunlik sifatida idrok qiladi;

• raqamlar, hisob-kitobni biladi va ularni hayotda qo‘llaydi;

• makon, shakl va vaqtga mos ravishda ish tutadi;

• elementar matematik hisoblashlarni amalga oshiradi;

• atrof-muhitdagi voqea-hodisalar va ko‘rinishlarni kuzatadi hamda tadqiq qiladi;

• atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona va g‘amxo‘r munosabatni namoyon etadi.

3.2.5. «Ijodiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari

«Ijodkorlik» sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:

• san’at va madaniyatga qiziqish namoyon qiladi;

• milliy an’analarni qadrlaydi va ularni kundalik hayotning bir qismi sifatida idrok etadi;

• san’atning muayyan turini afzal ko‘rishini mustaqil ravishda ifodalaydi;

• olingan bilim va ko‘nikmalardan turli hayotiy vaziyatlarda o‘z ijodiy rejalarini tuzish va tatbiq qilish uchun foydalanadi;

• insonning dunyoni o‘zgartirishdagi yaratuvchanlik rolini tushunadi.

4-bob. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat

O‘quv-tarbiyaviy faoliyat «O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktab yoshidagi bolalarni rivojlantirishga oid davlat talablari» asosida amalga oshiriladi.

Maktabgacha ta’lim muassasasi o‘quv va tarbiyaviy faoliyatni o‘quv yillari bo‘yicha tashkil qiladi.

O‘quv yili 2 sentyabrda boshlanadi va 31 maygacha davom etadi.

1 iyundan 31 avgustgacha MTMda yozgi sog‘lomlashtirish davri tashkil etiladi.

4.1. O‘quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish

O‘quv-tarbiyaviy faoliyat guruhning kundalik ish tartibiga tayanadi va unda pedagog tomonidan rejalashtirilgan kundalik harakatlar, bolalar o‘yinlari, bo‘sh vaqt va o‘quv-tarbiyaviy faoliyat turlari navbatma-navbat amalga oshiriladi .

O‘quv-tarbiyaviy faoliyat ta’lim va ijtimoiy ehtiyojlar (salomatlik, ovqatlanish va xavfsizlik)ni qondirish maqsadida bolaning yoshi va individual rivojiga asoslanuvchi o‘quv rejasiga muvofiq olib boriladi. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat bola hayoti va uning atrofidagi muhitdan kelib chiquvchi yagona bir butun mavzuga birlashtiriladi .

O‘quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish ta’lim sharoitlariga bog‘liq holda integratsiya, xilma-xillik va moslashuvchanlik tamoyillaridan tarkib topadi.

O‘quv-tarbiyaviy faoliyatda quyidagi rejalashtirish turlari mavjud:

• yillik mavzuviy;

• haftalik.

Rejalashtirishda faoliyatning maqsadlari, mavzusi, mazmuni va turlari ifodalanadi. Faoliyat turini tanlashda nafaqat o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning umumiy maqsadlari, balki rivojlanish sohalari bo‘yicha maqsadlar, faoliyat mazmuni va turlarini integratsiyalash ham hisobga olinadi.

Rejalashtirishda kun tartibini hisobga olish zarur. Kun tartibi ish sur’atini belgilaydi va bolaga bir faoliyatdan boshqasiga oson o‘tishda yordam berishi lozim. Shuni yodda tutish joizki, o‘yin maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyati hisoblanadi. Kun tartibini tuzishda kunduzgi uyqu, dam olish vaqti va sayrga chiqish vaqti hisobga olinadi.

Yillik mavzuviy reja.

Yillik mavzuviy rejada har bir yosh guruhi uchun oy mavzulari va hafta mavzulari aks ettiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasasi hudud yoki boshqa xususiyatlarni hisobga olgan holda o‘zining yillik mavzuviy rejasini tuzishga haqli. Mazkur mavzuviy reja maktabgacha ta’lim muassasasining Pedagogika kengashida tasdiqlanadi .

Haftalik reja

Haftalik reja yillik mavzuviy rejaga asoslanadi va haftaning kichik mavzulari, shuningdek, mazkur mavzu bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

Haftalik reja barcha rivojlanish sohalari bo‘yicha maqsadlarni belgilash, tegishli markazlarni tayyorlash, mashg‘ulotlarni hafta mavzusiga mos ravishda taqsimlashga yo‘naltirilgan. Hafta mavzusi barcha erkin faoliyat markazlari orqali o‘tishi lozim. Haftalik rejada guruhdagi va sayr vaqtidagi didaktik va harakatli o‘yinlar rejalashtiriladi . Bolalar bilan olib boriladigan ishning mazmuni va izchilligi faoliyat turi (faol faoliyat / passiv faoliyat; individual faoliyat / kichik guruhda, katta guruhda; tarbiyachi rahbarligi ostida o‘tadigan faoliyat / bola rahbarligi ostida o‘tadigan faoliyat) va uni o‘tkazish joyi (xona ichidagi faoliyat / ko‘chadagi faoliyat)ni hisobga olgan holda rejalashtirilishi kerak.

Haftalik reja xilma-xil va moslashuvchan bo‘lishi lozim. Boshqacha aytganda, ob-havo o‘zgarishi va bolaning qiziquvchanligini hisobga olgan holda, rejalashtirilayotgan faoliyat boshqasiga almashtirilishi yoki faollik vaqti biroz ko‘proq yoxud kamroq vaqtga mo‘ljallanishi mumkin. Masalan, agar tarbiyachi bahorgi gullagan bog‘ga borishni rejalashtirgan bo‘lsa-yu, ob-havo juda yomg‘irli bo‘lsa, bu tadbirni xonada o‘tkazishning imkoni bo‘lgan boshqa tadbirga almashtirishi mumkin.

Haftalik reja – bu tarbiyachining ish jurnali va mashg‘ulotlar konspekti. Tarbiyachining ish jurnali quyidagi bo‘limlardan tashkil topadi:

• titul varag‘i;

• guruhning iliq va sovuq davrdagi kun tartibi;

• ertalabki badantarbiya kompleksi;

• guruhda sentyabrdan avgustgacha bo‘lgan ta’lim jarayonini rejalashtirish tarkibiga ertalabki suhbat, sayr, kunning ikkinchi yarmi kiradi;

• haftalik ish tahlili;

• ilovalar.

Mashg‘ulotlar konspektlarida maqsadlar, faoliyatning qisqacha ta’rifi, zaruriy jihozlar ifodalanadi. Mazkur konspektlar tavsiyaviy xarakterga ega va tarbiyachi tomonidan ijodiy o‘zgartirilishi mumkin.

5-bob. Bolaning rivojlanish sohalari bo‘yicha yutuqlari

Mazkur dastur bola rivojiga individual yondashuv, uning shaxsini hurmat qilish, uning manfaatlari ehtiyojlari va rivojlanish darajasini hisobga olish, hissiy qulaylik borasida g‘amxo‘rlik qilish, erkin ijodiy o‘z-o‘zini ko‘rsatishi uchun sharoitlar yaratishga intilishni ko‘zda tutadi. Shu sababli, rejalashtirish bilan bir qatorda, bola rivojlanishini kuzatib borish pedagog faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagog bolani va uning o‘zini tutishi sabablarini yaxshiroq tushunish, bola rivojini, uning ichki dunyosini ko‘rish, qo‘llab-quvvatlash, rivojlanish yo‘llarini belgilash, ehtiyoj va manfaatlarini aniqlash uchun bola hayotini sistematik kuzatib boradi. Pedagogik kuzatuvlar asosida ta’lim faoliyatini rejalashtirish ishlab chiqiladi va takomillashtirib boriladi. Bolaning individual rivojlanishini kuzatish uchun O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktab yoshidagi bolalar rivojlanishiga oid Davlat talablarida aks ettirilgan sohalar va soha ostilari hamda kutilayotgan natijalar olingan (malaka va ko‘nikmalar).

Bolaning rivojlanish xaritasi 3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi, har bir bola uchun individual tarzda yiliga uch marta to‘ldiriladi . Maktabgacha ta’lim muassasasidan chiqishda 6-7 yoshdagi bolaning maktabga tayyorlik xaaritasi to‘ldiriladi (faqat maktabgacha muassasa bitiruvchilari uchun6). Maktabga tayyorlik deganda bolada umumiy kompetensiyalarni va rivojlanish sohalari kompetensiyalarining shakllanganligi tushuniladi. Bu xarita maktabgacha ta’lim muassasasining har bir bitiruvchisi uchun to‘ldiriladi. Unda Davlat dasturiga muvofiq rivojlanishning beshta sohasi (bola kompetensiyalari) bo‘yicha kutilayotgan natijalar ifodalanadi.

Tarbiyachiga u yoki bu natija qanday darajada aks etayotganini belgilash taklif etiladi. Rivojlanishning beshta sohasi (bola kompetensiyalari) umumlashtiriladi va tavsiya hamda takliflar ko‘rinishida ota-onalarga e’tiboriga havola etiladi.

6-bob. Rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish

Maktabgacha ta’lim muassasasida rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishda bolalarning o‘ziga xos belgilarga ega bo‘lgan yoshga doir xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga olish muhim ahmiyat kasb etadi.

Rivojlantiruvchi muhit mazmuni:

maktabgacha ta’lim muassasasining ko‘rgazmali-rivojlantiruvchi muhiti mazmuni madaniy-tarixiy qadriyatlar: milliy va mintaqaviy an’analar; tabiat, iqlimdan kelib chiquvchi xususiyatlarga mos bo‘lishi lozim;

muhit mazmuni birlamchi dunyoqarash asoslarini shakllantirish, bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiy moslashuviga yordam berishi lozim.




7-bob. Ilovalar

Ilova 1

MTM ta’lim dasturini tuzish bo‘yicha tavsiyalar

Ta’lim dasturi (quyida – Dastur) – MTM Davlat o‘quv dasturiga asosan muayyan yosh guruhida tashkil etiladigan ta’lim jarayonini amalga oshirishga xizmat qiluvchi muhim hujjat bo‘lib, u qo‘yilgan maqsadlarga erishishni ta’minlashi lozim.

Dastur – muhim vosita bo‘lib, uning yordamida tarbiyachilar (mutaxassislar) O‘zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojiga oid Davlat talablariga muvofiq muayyan yosh guruhidagi bolalar uchun eng maqbul va samarali shakllar, metodlar va ta’lim jarayonini tashkil qilish yo‘llarini belgilaydilar.

Dastur majburiy qism va ta’lim jarayoni ishtirokchilari tomonidan shakllantiriladigan qismdan tashkil topadi. Har ikki qism ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojiga oid Davlat talablarini amalga oshirish nuqtai nazaridan o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi hamda zaruriy hisoblanadi.

Dasturning majburiy qismi barcha beshta ta’lim sohasi: jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish; nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalari; bilish jarayonining rivojlanishi; ijtimoiy-hissiy rivojlanish hamda ijodiy rivojlanishni amalga oshirishga kompleks yondashuvni ko‘zda tutadi.

Dastur tarbiyachi (mutaxassis) ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojiga oid Davlat talablari asosida bolalar rivojlanishining muayyan sharoitlari, ehtiyojlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’limning individual pedagogik modelini qanday yaratayotganini ko‘rsatib berishi lozim.

Dastur uchta asosiy bo‘limni qamrab oladi:

• maqsadli – bu tushuntirish xati hamda dastur o‘zlashtirilishining rejalashtirilayotgan natijalarini o‘z ichiga oladigan bo‘lim;

• mazmunli – bu Dasturning umumiy mazmunini ifodalovchi va bolalar shaxsining to‘laqonli rivojlanishini ta’minlovchi bo‘lim;

• tashkiliy – bu Dasturning moddiy-texnik ta’minoti ta’rifini, ta’lim va tarbiyaning metodik materiallar va vositalar bilan ta’minlanganligini, kun tartibini, shuningdek, tadbirlar, bayramlar, rivojlantiruvchi muhitni o‘z ichiga oluvchi bo‘lim.

Dastur MTMning pedagogik kengashida muhokama qilinadi va mudir buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.


O‘quv dasturining namunaviy tuzilmaviy elementlari:

1. . Titul varag‘i

Maktabgacha ta’lim muassasasi nomi


Pedagogik kengash tomonidan

qabul qilindi:

Bayon №___ sana_______________ Tasdiqlandi:

MTM mudiri: №___ «____»

F.I.Sh


№ maktabgacha ta’lim muassasi

DASTURI


Tuzuvchi

Familiya, ism, sharifi_________

Toifasi ________________

Pedagogik staji __________

Lavozimi ___________________

20___y.




2. Mundarija sahifalar ko‘rsatilgan holda Dasturning barcha qismlari, paragraflar, bo‘limlar nomi, adabiyotlar va ilovalar ro‘yxati, matnda mavjud bo‘lgan barcha sarlavhalarni o‘z ichiga oladi. Ularning ta’rifi ish mazmuniga to‘liq mos kelishi, qisqa, aniq va izchil bo‘lishi hamda uning ichki mantiqiy qonuniyatlarini aniq ifodalashi lozim.

3. Maqsadli bo‘lim tarkibiga tushuntirish xati kiradi va unda Dastur ishlab chiqilishiga asos bo‘lgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar, shuningdek, ta’lim jarayonini tashkil qilishning turli shakllari, metodlari va yo‘llari ko‘rsatilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, quyidagilar ham ta’riflanishi lozim:

• dastur bo‘yicha ta’lim olayotgan tarbiyalanuvchilarning yoshga oid, ruhiy va individual xususiyatlari;

• dasturning maqsadi;

• dasturning vazifalari;

• dasturni amalga oshirish muddati;

• asosiy tamoyillar;

• bola shaxsining asosiy tavsiflari.

Dasturning maqsadli yo‘nalishlari ta’rifi maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojiga oid Davlat talablarining maqsadli yo‘nalishlariga mos kelishi lozim.

4. Mazmunli bo‘limga bola rivojining beshta ta’lim sohasi yo‘nalishlariga mos ravishdagi ta’lim faoliyatining ta’rifi kiradi: ta’lim sohasining vazifalari, ta’lim faoliyatining mazmuni, ta’lim faoliyatining natijalari, mintaqaviy tarkibiy qism (komponent), ta’lim sohasini amalga oshirish bo‘yicha ta’lim faoliyatini tashkil qilish shakllari.

Kompleks-mavzuviy rejalashtirish (barcha beshta ta’lim sohasini amalga oshirishni hisobga olgan holda). Mazkur kichik bo‘limning ta’rifi integrativ modelni ko‘zda tutadi va u hafta mavzusini faoliyatning turli ko‘rinishlarida, shakllarida, ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari bilan birgalikda ochib beradi. Dasturda ifodalangan kompleks-mavzuviy rejalashtirishning tarkibiy qismi jadvallar ko‘rinishida taqdim etilishi mumkin. Kompleks-mavzuviy rejada dasturdagi bo‘limlar va mavzularni o‘rganish ketma-ketligi ochib beriladi. Ta’lim faoliyatining taqsimoti, bolalar bilan ishlash shakllari va yakuniy tadbirlar ko‘rsatiladi.

5. Tashkiliy bo‘lim. Mazkur bo‘limda kun tartibi, o‘quv yili tuzilmasi, ta’lim faoliyati jadvali (me’yoriy hujjatlarga muvofiq), yoshni hisobga olgan holda rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish, tarbiyalanuvchilarning yoshi va individual xususiyatlari, ularning ta’lim ehtiyojlari va qiziqishlarini hisobga olgan ravishda Dasturni amalga oshirishining turli shakllari, metod va vositalarining qisqacha ta’rifi beriladi. Shuningdek, turli xildagi faoliyatning o‘ziga xos ruhiy-pedagogik xususiyatlari, tarbiyalanuvchilarning oilalari bilan o‘zaro hamkorlik turlari ifodalanishi mumkin.

6. Dasturni amalga oshirish shartlari:

• moddiy-texnik ta’minot;

• o‘quv-metodik ta’minot (dasturlar, texnologiyalar, o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy-metodik va o‘quv-metodik adabiyot, bolalar, ota-onalar uchun mo‘ljallangan adabiyot, internet-resurslar, ta’limiy CD-disklar, didaktik material, hujjatlar).

7. Foydalanilayotgan adabiyotlar ro‘yxati.

8. Dasturga ilovalar, ularda quyidagi materiallar berilishi mumkin:

• mashg‘ulotlar ishlanmalari, xordiq, bayramlar ssenariylari va h.k;

• tarbiyachi ishining chuqurlashtirilgan yo‘nalishi bo‘yicha ish dasturi (rejasi);

• o‘yinlar va o‘yinli mashqlar ta’rifi;

• pedagoglar va ota-onalar uchun mahorat maktabi ssenariylari;

• har bir yosh bo‘yicha ilova qilib yuboriladigan metodik jild-to‘plamlar;

• ota-onalar uchun tarbiyalanuvchilarning oilalari bilan hamkorlikning turli shakllari ssenariylari (maslahatlar, davra suhbatlari, treninglar, praktikumlar, seminarlar).

Ilova 2

Bolalar to‘liq kun mobaynida bo‘ladigan guruhning namunaviy kun tartibi

1 Kun tartibi 3-4 yosh 4-5 yosh 5-6 yosh 6-7 yosh

2 Bolalarni qabul qilish, mustaqil faoliyat, o‘yinlar, ertalabki badantarbiya 7.00 – 8.20 7.00 – 8.25 7.00 – 8.30 7.00 – 8.30

3 Nonushtaga tayyorgarlik, nonushta 8.20- 8.50 8.25 – 8.50 8.30 -8.50 8.30 – 8.50

4. Mustaqil faoliyat, o‘yinlar 8.50 – 9.00 8.50 – 9.00 8.50 – 9.00 8.50 – 9.00

5. O‘yinli ta’lim faoliyati 9.00-9.40 9.00-9.50 9.00- 10.00 9.00 – 10.50

6. Didaktik o‘yinlar, mustaqil faoliyat 9.40-10.00 9.50 – 10.00 10.00 — 10.35 ————

7. Sayrga tayyorgarlik, sayr 10.00 –12.00 10.00 –12.10 10.35 –12.25 10.50 –12.35

8. Sayrdan qaytish, o‘yinlar 12.00 –12.20 12.10 –12.30 12.25 –12.40 12.35 –12.45

9. Tushlikka tayyorgarlik, tushlik 12.20 -12.50 12.30-13.00 12.40-13.10 12.45-13.10

10 Uxlashga tayyorgarlik, kunduzgi uyqu 12.50-15.00 13.00-15.00 13.10-15.10 13.10-15.10

11. Tetiklashtiruvchi gimnastika, havo va suv muolajalari 15.00-15.10 15.00-15.10 15.00-15.10 15.00-15.10

12. Uyqusiz vaqt Erkin faoliyat

13.00-15.10 Erkin faoliyat

13.00-15.10 Erkin faoliyat

13.00-15.10 Erkin faoliyat

13.00-15.10

13. Ikkinchi tushlikka (poldnik) tayyorgarlik, ikkinchi tushlik 15.15-15.30 15.15-15.30 15.20-15.30 15.20-15.30

14. Qo‘shimcha ta’lim, badiiy adabiyot o‘qish, mustaqil o‘yin faoliyati 15.30-16.30

15.30-16.30

15.30-16.30 15.30-16.30

15. Sayr, mustaqil o‘yin faoliyati 16.30-17.45 16.30-17.45 16.30-17.45 16.30-17.45

16. Bolalarning uyga ketishi 17.45-18.00 17.45-18.00 17.45-18.00 17.45-18.00

Izoh:har bir MTM bolalarning muassasada bo‘lish soatlari miqdoridan kelib chiqqan holda va Sanitariya-gigiyena talablariga muvofiq ravishda o‘z kun tartibini ishlab chiqishi mumkin. Shuni yodda tutish lozimki, o‘yin-ta’lim faoliyati kunduzgi uyquni hisobga olmaganda kamida 38%ni, bolalarning ochiq havoda bo‘lishi kamida 38%ni, mustaqil o‘yin faoliyati kamida 24%ni, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish(sanitariya-gigiyena ko‘nikmalari) kamida 20ni, ota-onalarni bolalar rivoji taraqqiyoti to‘g‘risida xabardor qilish kamida 3%ni tashkil etadi.

Qisqa muddatli guruhlarning namunaviy kun tartibi

8:30-12:00 (3,5 soat)

1-smena

1. Qabul qilish, nazorat o‘tkazish, ertalabki gimnastika 8:00-8:40

2. Ertalabki uchrashuv 8:40-9:00

3. O‘yinli ta’lim faoliyati 9:00-10:30

4. O‘yin, mustaqil mashg‘ulotlar, loyihaviy faoliyat 10:30-11:00

5. Ikkinchi nonushta 11:00-11:15

6. Sayr, bolalarning uyga ketishi 11:35-12:00

7. Pedagoglar uchun tushlik tanaffus 12:00-13:00

8. Pedagoglarning ikkinchi smenaga tayyorgarligi 13:00-13:30

13:30-17:00 (3,5 soat)

2-smena

1. Qabul qilish, nazorat o‘tkazish, 13:40-14:00

2. Bolalarni kutib olish 14:00-15:30

3. O‘yinli ta’lim faoliyati 15:30-16:00

4. O‘yin, mustaqil mashg‘ulotlar, loyihaviy faoliyat 16:00-16:20

5. Ikkinchi tushlik 16:20:16:35

6. Sayrga tayyorgarlik 16:35-17:00

7. Sayr, bolalarning uyga ketishi 17:30-17:40

Izoh: o‘yinli ta’lim faoliyati kamida 43%, kommunikativ mustaqil faoliyat, ochiq havoda bo‘lish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish(sanitariya-gigiyena ko‘nikmalari) 49%, ota-onalarning bolalar rivoji taraqqiyoti to‘g‘risida xabardor qilish 8%ni tashkil etiladi.

Ilova 3

3 dan 4 yoshgacha bo‘lgan guruhlarda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarning taxminiy soni

T/r

Mashg‘ulotlar nomi O‘quv yili mobaynida Sog‘lomlashtirish davri mobaynida

hafta mobay -nida oy mobay- nida o‘quv yili mobaynida hafta mobaynida oy mobay- nida Sog‘lomlashtirish davri mobaynida

1. Atrofdagi olam bilan tanishtirish 1 4 36 1 4 12

eksperimentlar – amaliy tajriba

2. Tabiat bilan tanishtirish 1 4

36

o‘yinlar- viktorinalar 1 3

3. Badiiy adabiyot

4. Nutqni rivojlantirish 1 4 36 1 4 12

5. Sensor tarbiya 1 4 36

o‘yinlar

1

3

6. Elementar matematika

7. Rasm chizish 2 8 72 1 4 12

8. Applikatsiya 1

navbatma-navbat 2 36

1

4

12

9. Konstruksiyalar tuzish 2

10. Plastilin, loydan yasash 1 4 36 1 4 12

11. Jismoniy tarbiya

(undan bittasi toza havoda) 2 8 72 xordiq 1 3

12. Musiqa 2 8 72 hordiq 1 3

Jami: 12 48 432 5 24 72

4 dan 5 yoshgacha bo‘lgan guruhlarda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarning taxminiy soni


T/r

Mashg‘ulotlar nomi O‘quv yili mobaynida Sog‘lomlashtirish davri mobaynida

hafta mobay- nida oy mobay -nida o‘quv yili mobayni-da hafta mobaynida oy mobay- nida Sog‘lomlashtirish davri mobaynida

1. Atrofdagi olam bilan tanishish 1 4 36 1 4 12

eksperimentlar – amaliy tajriba

2. Tabiat bilan tanishish 1 4 36 1 4 12

3. Nutqni rivojlantirish 2 8 72 1 4 12

4. Badiiy adabiyot 1 4 36 viktorinalar 1 3

5. Elementar matematika 1 4 36 mantiqiy o‘yinlar

1

3

mantiqiy fikrlash

6. Rasm chizish 2 8 72 1 4 12

7. Applikatsiya 1 navbatma-navbat 2 36 1 4 12

8. Konstruksiyalar tuzish 2

9. Plastilin, loydan yasash 1 4 36 1 4 12

10. Jismoniy tarbiya

(undan bittasi toza havoda) 2 8 72 sport o‘yinlari 1 3

11. Musiqa 2 8 72 hordiq 1 3

Jami: 14 56 504 6 28 84


5 dan 6 yoshgacha bo‘lgan guruhlarda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarning taxminiy soni


T/r

Mashg‘ulotlar nomi O‘quv yili mobaynida Sog‘lomlashtirish davri mobaynida

hafta mobay- nida oy mobay- nida o‘quv yili mobay- nida hafta mobaynida oy mobay- nida sog‘lomlashtirish davri mobaynida

1. Atrofdagi olam bilan tanishish 2 8 72 1 4 12

eksperimentlar – ilm-fan

2. Tabiat bilan tanishish 1 4 36 1 4 12

3. Nutqni rivojlantirish 2

8 72 1 4 12

4. Badiiy adabiyot 1 4 36 viktorinalar 1 3

5. Ikkinchi tilni o‘rganish 2 4 36 o‘yinlar o‘yinlar o‘yinlar

6. Elementar matematika 1 4 36 mantiqiy o‘yinlar

1 3

mantiqiy fikrlash

7. Rasm chizish 2

8 72 1 4 12

8. Applikatsiya 1 navbatma-navbat 2 36 1 4 12

9. Konstruksiyalar tuzish 2

10. Plastilin, loydan yasash 1 4 36 1 4 12

11. Jismoniy tarbiya

(undan bittasi toza havoda) 2 8 72 sport o‘yinlari 1 3

12. Musiqa 2 8 72 hordiq 1 3

Jami: 17 64 576 6 28 84

6 dan 7 yoshgacha bo‘lgan guruhlarda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarning taxminiy soni


T/r

Mashg‘ulotlar nomi O‘quv yili mobaynida Sog‘lomlashtirish davri mobaynida

hafta mobay- nida oy mobay- nida o‘quv yili mobay- nida hafta mobay- nida oy mobay- nida sog‘lomlashtirish davri mobaynida

1. Atrofdagi olam bilan tanishish 2 8 72 1 4 12

eksperimentlar – ilm-fan

2. Tabiat bilan tanishish 1 4 36 1 4 12

3. Nutqni rivojlantirish 1 4 36 1 4 12

4. Savodxonlikka o‘rgatish 1 4 36 o‘yinlar

1 3

5. Badiiy adabiyot 1 4 36 viktorinalar 1 3

7. Ikkinchi tilni o‘rganish 2 4 36 1 4 12

8. Elementar matematika 2 8 72 mantiqiy o‘yinlar

1 3

mantiqiy fikrlash

9. Rasm chizish 2 8 72 1 4 12

10. Applikatsiya 1 navbatma-navbat 2

36 1 4 12

11. Konstruksiyalar tuzish va qo‘l mehnati

2

12. Plastilin, loydan yasash 1 4 36 1 4 12

13. Jismoniy tarbiya

(undan bittasi toza havoda) 2 8 72 sport o‘yinlari 1 3

14. Musiqa 2 8 72 hordiq 1 3

Jami: 18 68 612 7 33 99

Bolalar bilan qisqa muddatli guruhlarda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarning taxminiy soni

№ Faoliyat turlari O‘tkazish davriyligi

1. Bolalarning erkin, mustaqil faoliyati Har kuni

4. O‘yin faoliyati Har kuni

5. Tasviriy faoliyat Haftasiga ikki marta

6. O‘rganuvchi tadqiqiy faoliyat (atrofdagi olamni anglash) Haftasiga ikki marta

7. Tabiat bilan tanishuv Haftasiga 1 marta

8. Matematika Haftasiga ikki marta

9. Musiqa Haftasiga ikki marta

10. Jismoniy madaniyat Haftasiga ikki marta

11. Nutqni rivojlantirish Haftasiga 1 marta

12. Savodxonlikka o‘rgatish Haftasiga 1 marta

Jami 15 soat


Ilova 4

Yillik mavzuviy (tematik) reja

Oylar Oy mavzusi Oy haftalari Hafta mavzulari

Yosh guruhlari

Kichik guruh O‘rta guruh Katta guruh Tayyorlov guruhi

Sentyabr O‘zbekiston – mening Vatanim 1-hafta Men va bolalar bog‘chasi Men va bolalar bog‘chasi Mening qadrdon O‘zbekistonim Mening qadrdon O‘zbekistonim

2- hafta Mening shahrim Mening shahrim – mening mahallam Mening shahrim – mening mahallam Mening shahrim – mening mahallam

3- hafta Men va mening oilam Men va mening oilam Men va mening oilam Men va mening oilam

4- hafta Men va mening do‘stlarim Men va mening do‘stlarim Men va mening do‘stlarim Men va mening do‘stlarim

Oktyabr Kuz bo‘yoqlari 1- hafta Oltin kuz Oltin kuz Mavsumiy o‘zgarishlar. Ko‘chmanchi qushlar. Mavsumiy o‘zgarishlar. Ko‘chmanchi qushlar.

2- hafta Sabzavot va mevalar Tabiat omborxonasi: sabzavotlar, mevalar, rezavor mevalar Tabiat omborxonasi: sabzavotlar, mevalar, rezavor mevalar Tabiat omborxonasi: sabzavotlar, mevalar, rezavor mevalar

3- hafta Non hammasiga sarkor Non hammasiga sarkor Non hammasiga sarkor Non hammasiga sarkor

4- hafta O‘zbekistonning oq oltini O‘zbekistonning oq oltini O‘zbekistonning oq oltini O‘zbekistonning oq oltini

Noyabr Transport, ko‘cha harakati qoidalari (KHQ)

Hayotiy faoliyat xavfsizligi asoslari

(HFXA) 1- hafta Transporbilan tanishuv Yer usti transporti Havo, suv va yer usti transporti Havo, suv va yer usti transporti

2- hafta Rangli svetofor Rangli svetofor Ehtiyotkor piyoda haftasi Ehtiyotkor piyoda haftasi

3- hafta Tez yordam va o‘t o‘chirish yordami Shoshilinch (tezkor) harakat xizmatlari Shoshilinch (tezkor) harakat xizmatlari Shoshilinch (tezkor) harakat xizmatlari

4- hafta Bizning yaxshi ishlarimiz Barcha kasblar muhim Bizning yaxshi ishlarimiz Bizning yaxshi ishlarimiz

Dekabr Qish 1- hafta Qish Qish. Qish. Konstitutsiya kuni Qish. Konstitutsiya kuni

2- hafta Sog‘lom tanda – sog‘lom ruh Sog‘lom tanda – sog‘lom ruh Sog‘lom tanda – sog‘lom ruh Sog‘lom tanda – sog‘lom ruh

3- hafta Kiyim-bosh Mavsumiy kiyim-bosh va poyafzal Mavsumiy kiyim-bosh va poyafzal Mavsumiy kiyim-bosh va poyafzal

4- hafta Yangi yil nima? Yangi yil nima? Yangi yil nima? Yangi yil nima?

Yanvar Bolalar bog‘chasi 1- hafta Qishki o‘yin-kulgilar Qishki o‘yin-kulgilar Qishki o‘yin-kulgilar Qishki o‘yin-kulgilar

2- hafta Vatan himoyachilari kuni Vatan himoyachilari kuni Vatan himoyachilari kuni Vatan himoyachilari kuni

3- hafta Men va mening badanim Men va mening badanim Men va mening badanim Men va mening badanim

4- hafta Xushmuomalalik alifbosi Xushmuomalalik alifbosi Xushmuomalalik alifbosi Xushmuomalalik alifbosi

Fevral G‘aroyib dunyo 1- hafta Bizning inoq mamlakatimiz Bizning mamlakatimiz – do‘stlik va tinchlik mamlakati Qo‘shni mamlakatlar Qo‘shni mamlakatlar

2- hafta Hayvonlar va qushlar bilan do‘stlashamiz Hayvonlar va qushlar bilan do‘stlashamiz Dunyo mamlakatlari Dunyo mamlakatlari

3- hafta O‘simlik-lar bilan do‘stlasha-miz O‘simliklar bilan do‘stlashamiz O‘zbekistonning buyuk arboblari O‘zbekistonning buyuk arboblari

4- hafta Kitob bilan do‘stlasha-miz Kitob bilan do‘stlashamiz Kitob tarixi Kitob tarixi va inson

Mart Go‘zal bahor 1- hafta Onamning kuni Onamning kuni Onamning kuni Onamning kuni

2- hafta Mavsumiy o‘zgarishlar. Mavsumiy o‘zgarishlar. Mavsumiy o‘zgarishlar. Mavsumiy o‘zgarishlar.

3- hafta Navro‘z bayrami Navro‘z bayrami Xalq manbalari. Navro‘z bayrami Xalq manbalari. Navro‘z bayrami

4- hafta Hasharotlar Hasharotlar Hasharotlar Hasharotlar

Aprel Yer sayyorasi – umumiy uyimiz 1- hafta Gullab-yashnayotgan bahor Gullab-yashnayotgan bahor Gullab-yashnayotgan bahor Gullab-yashnayotgan bahor

2- hafta Koinot sirlari Koinot sirlari Koinot sirlari Koinot sirlari

3- hafta Yer sayyorasi kuni Qushlar hovlisi Yer sayyorasi kuni Yer sayyorasi kuni

4- hafta O‘yinchoqlarga g‘amxo‘r munosabat Shaharga g‘amxo‘r munosabat Sayyorani saqla! Sayyorani saqla!

May Asboblar va anjomlar 1- hafta Men va mening uyim Men va mening uyim Men va mening uyim. Xotira kuni Men va mening uyim. Xotira kuni

2- hafta Mebel Mebel Mebel Mebel. Milliy hunarmandchilik

3- hafta Idishlar Maishiy asboblar Idishlar. Milliy naqshlar Idishlar. Milliy naqshlar

4- hafta Bizning yordamchilarimiz maishiy asboblar Bizning yordamchilarimiz maishiy asboblar Bizning yordamchilarimiz maishiy asboblar Bizning yordamchilarimiz maishiy asboblar


Ilova 5

Haftalik ish rejasi

Tema mesyatsa: «Uzbekistan – moy kray rodnoy»

Guruh Tayyorlov guruhi ___________________ (nomi)

Mavzu MЕNING SHAHRIM. MЕNING MAHALLAM

Davr Sentyabrning 2-haftasi

Rivojlanish sohalari bo‘yicha maqsadlar jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish Kolonnada bir, ikki, to‘rt kishi bo‘lib yurish

ijtimoiy-hissiy (emotsional) rivojlanish O‘z hissiyotlarini nazorat qilishni o‘rganish

nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalari Bolaning og‘zaki nutqini yoshiga muvofiq mustahkamlash

bilish (anglash) orqali rivojlanish Vatan, mahalla to‘g‘risidagi bilimlarni mustahkamlash

ijodiy rivojlanish Hamkorlikdagi faoliyatga ijobiy munosabatni shakllantirish, ritm hissini, musiqani his etish fazilatini, harakatlarda ritmik ifodalilikni tarbiyalash

Rivojlanish markazlari O‘quv-tarbiyaviy faoliyat

Dushanba Seshanba Chorshanba Payshanba Juma Resurslar, izoh

Ertalabki doira Dam olish kunlarini qanday o‘tkazgani haqida suhbat Qanday kayfiyatda kelding? Ob-havo haqida suhbat

Markazlarda erkin faoliyat Qurilish va konstruksiyalash markazi Mening bo‘lajak uyim Zamonaviy shahar Mahalla ko‘chalari (uzun-qisqa) Qurilish bloklari, lego, konstruktor

Syujet-rolli o‘yinlar va dramalashtirish markazi «Buvijonimnikida mehmonda» «Sartaroshxona» Niqoblar, kiyim-bosh, atributlar

Til va nutq «Mening shahrim, mening mahallam» nomli syujetli rasm bo‘yicha suhbat Shahar parklariga ekskursiya (AKT – slaydlar yordamida Syujetli rasmlar,AKT materiallar

Ilm-fan va tabiat markazi Loy, tosh va qumning xususiyatlari «Kimning uyi mustahkamroq?» Loy, qum, tosh, maxsus idishlar, sharlar

San’at markazi

Ochiq havoda o‘z fikri bo‘yicha rasm chizish

«Obod mahalla» mavzusida origami va applikatsiya

A-4 qog‘oz, rangli qog‘oz, bo‘yoqlar, tabiiy materiallar

Musiqa va ritmika markazi «Shahrisabz» qo‘shig‘ini tinglash «Salom nima degani» qo‘shig‘i sadolari ostida kuylash va ritmik harakatlanish «Dunyo rang-barang yaylovga o‘xshaydi» qo‘shig‘ini kuylash Musiqa markazi, musiqali disklar

Katta guruhlarda ishlash

Ilova 6

3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan bolaning rivojlanish xaritasi

Bolaning rivojlanish xaritasini to‘ldirish uchun uch sikldan iborat bo‘lgan kuzatuv olib boriladi: dastlabki (o‘quv yili boshida), oraliq va yakuniy.

Dastlabki kuzatuv o‘quv yili boshida o‘tkaziladi (taxminan sentyabr oyi mobaynida). Bu bosqichda har bir bolaning boshlang‘ich imkoniyatlari aniqlanadi, uning shu davrgacha erishgan yutuqlari belgilanadi. Tarbiyachi ta’lim sohalarini o‘zlashtirish bo‘yicha mavjud bo‘lgan muammolarga ham e’tibor qaratadi, bolaning qanday sifatlari qo‘llab-quvvatlashni talab etishini, har bir bola uchun qanday vazifalar dolzarbligini aniqlaydi. Keyin Bolaning ayni davrdagi yoshini hisobga olgan holda uning rivojlanish sohalari bo‘yicha yutuqlari xaritasi to‘ldiriladi.

Oraliq kuzatuv birinchi yarim yillik oxirida (dekabr, yanvar) o‘tkaziladi. Bu monitoringni o‘tkazishdan maqsad bolaga nisbatan tanlangan metodikaning to‘g‘riligini aniqlash, rivojlanish dinamikasini belgilashdan iborat. Mazkur kuzatuv natijalariga ko‘ra, tarbiyachi, boshqa mutaxassislar bilan hamkorlikda, zarurat tug‘ilgan holatlarda pedagogika jarayoniga tuzatishlar kiritishi mumkin.

O‘quv yili oxirida (odatda may oyida) tarbiyachi yakuniy kuzatuv o‘tkazadi. Mazkur kuzatuv asosida yil boshida qo‘yilgan vazifalar qanday hal qilingani baholanadi, mazkur bola rivojida kutilayotgan yangi natijalarni hisobga olgan holda keyingi pedagogik jarayondan ko‘zda tutiladigan maqsadlar belgilanadi.

Kuzatuv o‘tkazishda quyidagi tamoyillarga tayanish lozim:

• kuzatuv bola uchun odatiy sharoitda amalga oshiriladi va bolaga yordam berishga yo‘naltirilgan bo‘ladi;

• bola rivoji borasida yanada xolis tasavvur hosil qilish uchun kuzatuv kamida ikki hafta (yoki oy) mobaynida olib boriladi;

• tarbiyachi bola to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ota-onalar yoki muassasaning boshqa xodimlari bilan suhbatlar jarayonida olishi mumkin;

• tarbiyachi bolaning moyilliklari, qiziqishlariga, uning muloqot qilish va bilim olish xususiyatlariga e’tibor qaratishi lozim.

O‘quv yili oxirida tarbiyachi yakuniy pedagogika kengashiga bolalar tomonidan o‘quv dasturi o‘zlashtirilishining sifat darajasi to‘g‘risida hisobot yozadi va unda bolalar tomonidan tegishli natijalarga erishilmagan bandlar hamda ular nega bajarilmaganligi sabablariga to‘xtalib o‘tadi (ba’zi metodikalar o‘zlashtirilmagani, tarqatma materiallar, adabiyotlarning yetarli bo‘lmagani, guruh texnika vositalari bilan yetarli darajada ta’minlanmagani, bolaning betob bo‘lgani va darslarni o‘tkazib yuborgani, ota-onalarning faol bo‘magani va h.k.). Ushbu natijalar asosida sabablarni bartaraf etish borasidagi ishlar rejalashtiriladi va mazkur guruh uchun kelasi yilga mo‘ljallangan vazifalar belgilanadi.

Keyinchalik pedagog (tarbiyachi) bola yutuqlari xaritasini yiliga kamida 3 marta to‘ldiradi va erishilgan natijani tegishli belgi (✔) bilan belgilaydi. Kuzatuv rivojlanishning barcha sohalari bo‘yicha olib boriladi. Agar u yoki bu bilim olish sohasida indikator «ishlamasa», pedagog (tarbiyachi) daftar hoshiyalariga tegishli belgilar qo‘yishi lozim. Bu bola rivojlanishini kuzatish kundaligini yuritishda yordam beradi. Mazkur tashxis (diagnostika) asosida pedagog (tarbiyachi) ruhshunos (psixolog), logoped, jismoniy tarbiya bo‘yicha yo‘riqchi va boshqalar bilan hamkorlikda bolaning yutuqlarini ajratadi, shuningdek, ta’lim sohalarini o‘zlashtirishning salbiy tomonlarini aniqlaydi. Olingan natijalarga mos ravishda ta’lim jarayoniga tuzatishlar kiritiladi, shuningdek, individual ish rejalashtiriladi va uni amalga oshirish borasidagi vazifalar belgilanadi. O‘quv yili oxirida (odatda may oyida) ushbu xarita bo‘yicha yakuniy kuzatuv o‘tkaziladi.


3 dan 5 yoshgacha bo‘lgan bolaning rivojlanish xaritasi

Bolaning familiyasi, ismi ________________________________________________

Tug‘ilgan sanasi ________________________________________________

MTMga qabul qilingan sana ________________________________________________

Kuzatuv boshlangan sana _________________________________________________

Kuzatuv boshidagi yoshi _________________________________________________

Kuzatuv yakuni sanasi _________________________________________________

Yoshi

4-yil 5-yil

3 yoshu 3 oy 3 yoshu 6 oy 3 yoshu 9 oy 4 yosh 4 yoshu 3 oy 4 yoshu 6 oy 4 yoshu 9 oy 5 yosh

1 Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish

1.1 Yirik motorika

1 Turli usullarda yuradi (to‘g‘ri, erkin, ko‘rsatilgan yo‘nalishda) 

2 Muvozanatni saqlagan holda chopadi 

3 O‘z joyida ikki oyoqda sakraydi 

4 Oldinga harakatlangan holda sakraydi 

5 Yoy ostidan emaklab o‘tadi 

6 Badantarbiya vaqtidagi mashqlarni qaytaradi 

7 Uch g‘ildirakli velosipedda uchadi 

8 Sport narvoni bo‘ylab yuqoriga va pastga 

9 Kolonna, doiraga to‘g‘rilanishi mumkin 

10 Oyoq uchida, tovonda, orqa bilan, oyoq kaftining tashqi tomonida va tizzasini baland ko‘targan holda yuradi

11 Arqonda harakatlanish vaqtida muvozanatni saqlaydi

12 Tizzalarini baland ko‘targan holda chopadi

13 Uncha baland bo‘lmagan to‘siqlardan sakrab o‘tadi 

14 Sakramachoq (skakalka) orqali sakrashga harakat qiladi 

15 Gimnastika skameykasida qo‘li bilan tortilgan holda qorinda emaklaydi

16 Gimnastika devoriga tirmashib chiqadi

17 Samokatda uchadi

1.2 Mayda motorika

1 Arqonni halqaga kiritadi 

2 Mayda predmetlarni muayyan tartibda taxlaydi

3 O‘yinchoqlarni mustaqil tarzda qutiga soladi va ularni qutidan oladi 

4 Kattalar yordamida yirik munchoqlarni ipga o‘tkazadi 

5 Predmetlarni bir idishdan boshqa idishga soladi

6 Tugmalar, kiyim va poyafzal ilgaklarini mustaqil ravishda taqadi va yechadi

7 Mayda, o‘rta va yirik munchoqlarni namunaga muvofiq ipga o‘tkazadi

8 Qulf, ilgaklarni ochadi va yopadi, kalitdan foydalanadi

9 Mayda predmetlar (konstruktor detallari)ni buraydi va teskari burab oladi

10 Konstruktorning katta va mayda qismlaridan turli predmetlar yasaydi

11 Namuna bo‘yicha to‘g‘ri chiziq va doira chizadi

12 Belgilangan chiziqlar bo‘yicha qog‘oz, mato, salfetkalarni taxlaydi

13 Belgilangan chiziqlar bo‘ylab qog‘ozni qaychi bilan kesadi

1.3 Sensomotorika

1 Katta koptoklarni o‘tirgan va turgan holda ikki qo‘li bilan masofaga dumalatadi 

2 Predmetni belgilangan nishonga qarata otadi 

3 Koptokni boshqa bolaga dumalatadi yoki otadi 

4 Silliq va g‘adir-budur tekstura (tuzilish)ni ajrata oladi 

5 Ta’mni aniqlaydi 

6 Qo‘g‘irchoqlar solingan kolyaskani uchiradi 

7 O‘ng va chap qo‘li bilan koptokni galma-gal yerga uradi

8 Galma-gal o‘ng va chap tomonga aylanadi

9 Turli tuzilishlar va yuzaliklarni ajratadi

10 Uchayotgan, suzayotgan mayda predmetlarni matrap bilan ushlaydi.

11 Sovun pufakchalarini chiqaradi

1.4 Sog‘lom turmush tarzi va xavfsizlik

1 Mustaqil tarzda yuz-qo‘llarini yuvadi, sochiqdan foydalanadi 

2 Taroq va dastro‘mol yoki salfetkadan foydalanadi 

3 Ovqatlanish vaqtida mustaqil tarzda qoshiqdan foydalanadi, ovqatlanishdan keyin og‘zini chayadi 

4 O‘yinchoqlarni yig‘ishtiradi, xonada tarib saqlaydi 

5 Hojatxonadan mustaqil foydalanadi 

6 Tishlarini tozalaydi

7 Vitaminlarning foydaliligi va sog‘lom ovqatlanish haqida biladi

8 Ovqatlanishdan oldin qo‘llarini yuvadi

9 Sanchqi (vilka)dan to‘g‘ri foydalanadi

10 Tashqi ko‘rinishini tartibga keltiradi

11 O‘ziga yaxshi qaraydi

12 Yordam ko‘rsatishni iltimos qila oladi

2 IJTIMOIY-HISSIY RIVOJLANISH

2.1. Men-konsepsiyasi

4-yil 5-yil

3 yoshu 3 oy 3 yoshu 6 oy 3 yoshu 9 oy 4 yosh 4 yoshu 3 oy 4 yoshu 6 oy 4 yoshu 9 oy 5 yosh

1 O‘zi haqida birinchi shaxsda gapiradi – «men» 

2 O‘zi haqida gapiradi (ismi, familiyasi, yoshi, jinsi va h.k. biladi) 

3 O‘ziga yaqin insonlarga murojaat qiladi va ulardan yordam so‘raydi 

4 O‘ziga do‘st tanlaydi va u bilan o‘ynaydi 

5 O‘z oilasi va qarindoshlik aloqalariga qiziqish bildiradi

6 O‘z ehtiyojlarini bildiradi

7 Oshib borayotgan ishonchni namoyon etadi

8 O‘z istaklari, qiziqishlarini ifodalaydi 

9 O‘z his-tuyg‘ulari va kechinmalarini ifodalaydi 

10 O‘yinlarda o‘ziga rol olishi mumkin 

11 O‘z xatti-harakatlariga baho berishga qodir («buni men qildim»)

12 Kattalarning iltimosi (topshirig‘i)ni bajaradi

13 Mashg‘ulotlar vaqtida e’tiborni saqlashga qodir

14 Muvaffaqiyat sari harakatni namoyon etadi

15 Omadsizlik, mag‘lubiyatdan qayg‘uga tushadi

16 Turli hissiyotlar va kayfiyatni namoyon etadi

2.2 Hissiyotlar va ularni boshqarish

1 Ertak, hikoya va multfilmlar qahramonlariga qayg‘udosh bo‘ladi

2 Xursandchilik, g‘am-tashvish singari hissiy holatlarni tushunadi

3 O‘z hissiyotlari va tashvishlarini ifodalaydi («menga yoqadi», «men yoqtirmayman»)

4 Boshqa bolaning hissiyotlarini so‘z bilan ifodalaydi

5 Boshqalaraga nisbatan hamdardlik ko‘rsatadi

6 Syujet-rolli o‘yinlarda ishtirok etadi

7 O‘z oilasi haqida gapira turib, unga nima yoqishi yoki yoqmasligini aytib o‘tadi

8 O‘yin faoliyati vaqtida muloqotga kirishadi

9 O‘yinda hamkorlik qiladi, o‘ziga ijtimoiy rolni oladi

10 O‘yin vaqtida bolalar bilan samimiy munosabatda bo‘ladi va o‘yinchoqlari bilan o‘rtoqlashadi

11 Eslatishsiz kattalar bilan salomlashadi va xayrlashadi

12 O‘z xatti-harakatlariga baho beradi

13 Kattalarga murjaat qiladi va o‘z fikrini bildiradi

14 Sovg‘alar, bayramlardan shodlanadi

2.3 Ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot

1 Oila a’zolarini biladi

2 Kattalar harakatiga taqlid qiladi

3 O‘z harakatlarida natijaga erishish yo‘lida qat’iylik ko‘rsatadi

4 Kattalar va bolalar bilan hamkorlikda o‘ynaydi

5 Bolalarning salbiy xatti-harakatlariga nisbatan o‘z munosabatini bildiradi

6 Jamoaviy o‘yin faoliyatida qatnashadai

7 Tengdoshlarga nisbatan xayrixohlik bildiradi

8 O‘z mashg‘ulotlari uchun joy tayyorlaydi

9 Guruh qoidalarini bajaradi (o‘yinchoqlarni yig‘ishtiradi, kiyimlarni taxlaydi va h.k.)

10 O‘z oilasi a’zolariga samimiy munosabat ko‘rsatadi va uyga bog‘liq muayyan qoidalarni bajaradi

11 O‘z do‘sti (dugonasi) haqida gapirib berishi mumkin

12 Kattalarning xatti-harakatlari va yurish-turishlarini o‘xshatgan holda, ularga taqlid qiladi

13 Topshiriqlarni kattalar nazoratisiz bajarishni biladi

3 NUTQ, MULOQOT, O‘QISH VA YOZISH KO‘NIKMALARI

3.1. Nutq va til

4-yil 5-yil

3 yoshu 3 oy 3 yoshu 6 oy 3 yoshu 9 oy 4 yosh 4 yoshu 3 oy 4 yoshu 6 oy 4 yoshu 9 oy 5 yosh

1 O‘zining ba’zi harakatlarini so‘zlar bilan birgalikda olib boradi

2 Suratda ko‘rayotgan narsalar haqida gapiradi

3 Kattalarning turli savollariga javob beradi

4 Muloqotda faollik ko‘rsatadi

5 Tanish asardan parcha eshitib, uning nomini aytadi

6 Kichik she’rni yoddan aytib beradi

7 Kattalar tomonidan boshlab berilgan tanish ertak, hikoyani davom ettiradi yoki yakunlab beradi

8 didaktik o‘yinlar o‘ynaydi

9 Boshlangan hikoyani davom ettirishga qodir

10 Voqealarni muhokama qilish vaqtida o‘z fikrini bildiradi va savollar beradi

11 Berilgan savollarni tushunadi va ularga javob beradi

12 Suhbatda fe’llar va sifatlardan faol foydalanadi

13 Otlar va fe’llardan foydalangan holda uncha murakkab bo‘lmagan gaplar tuzadi (doktor bemorlarni davolaydi, sotuvchi sabzavotlar sotadi)

14 So‘zlardan «ko‘p», «bitta» ma’nosida foydalanadi

15 Nutqda turli ohang (intonatsiya)lar, mimika va imo-ishoralardan foydalanadi

16 Didaktik va og‘zaki o‘yinlar o‘ynaydi

3.2 O‘qish ko‘nikmalari

1 Kitob haqida tushunchaga ega

2 Kattalardan kitob o‘qib berishni iltimos qiladi

3 O‘z yoshiga mos kitoblarni ko‘rib chiqadi

4 Kitobdagi matn va rasmlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rnatadi

5 Tanish ertak qahramonlarini suratlar bo‘yicha taniydi

6 Eshitgan hikoyalariga munosabat bildiradi va kattalarga savollar beradi

7 Eshitgan hikoyasining asosiy onlarini suratlar bo‘yicha aytib berishi mumkin

8 Badiiy asardan parcha tinglaganidan so‘ng uning nomini aytib beradi

9 O‘z yoshiga mos she’rni yoddan biladi

10 Kitob bilan batartib munosabatda bo‘ladi

3.3 Qo‘l panjasining mayda motorikasi

1 Varaq yuzasiga to‘g‘ri chiziqlar chizadi

2 2-3 ta obyektdan suratlar yaratadi

3 Harflarga qiziqish bildiradi, ba’zi harflarning yozilishini biladi va farqlaydi

4 Yirik munchoqlarni chilvirga tizadi

5 Yozishga harakat qiladi

6 Chiziqlar, belgilar, ilgaklarning oddiy nusxalarini oladi

7 Uncha murakkab bo‘lmagan shakldagi predmetlar rasmini chizadi

8 Suratlarni kontur bo‘yicha aylantiradi va bo‘yaydi

9 Shablonlarni shtrixlaydi

10 Mayda detallardan konstruktor yig‘adi

11 O‘rtacha munchoqlarni ipga tizadi

12 Qog‘ozni qat’iy ravishda belgilangan chiziqlar bo‘yicha kesadi

13 Qog‘ozni belgilangan chiziqlar bo‘yicha tartib bilan yirtadi

14 Qog‘ozni ikki qo‘li bilan aylantirib buraydi

4 Bilish jarayonining rivojlanishi

4.1 Intellektual-anglash ko‘nikmalari

4-yil 5-yil

3 yoshu 3 oy 3 yoshu 6 oy 3 yoshu 9 oy 4 yosh 4 yoshu 3 oy 4 yoshu 6 oy 4 yoshu 9 oy 5 yosh

1 Predmetlarni bir belgi bo‘yicha saralaydi

2 Oltita rangni farqlaydi va ajratadi

3 O‘xshash juftlikni tanlay oladi

4 Suratlardagi predmetlarni taniydi va ularning nomini aytadi

5 Jonli obyektlarga qiziqish ko‘rsatadi

6 Predmetlar tayyorlangan materiallarni ajratadi (qog‘ozdan, yog‘ochdan, metalldan)

7 Xonani o‘rganadi va makondagi o‘z joyini aniqlay oladi

8 Atrofdagi olamga qiziqish bildiradi

9 Suratlarni taqqoslaydi

10 2-3 ta belgi bo‘yicha guruhlarga ajratishi mumkin

11 opisivayet i sravnivayet osnovnie potrebnosti jivix sushestv (jivotnie: pitayutsya, dishat, dvigayutsya i t.d.)

12 Suv va havoning hayot uchun ahamiyatini ta’riflaydi

13 Kunning turli davrlari (tong, kun, oqshom, tun)ni biladi va o‘z nutqida to‘g‘ri foydalanadi

14 Yil fasllari tavsifini biladi

15 Yangilikka faol qiziqadi

4.2 Elementar matematik ko‘nikmalar

1 Predmetlarni 1-2 ta belgi bo‘yicha guruhlarga ajratadi

2 Atrofdagi muhitdan «bitta» va «ko‘p»ni topadi

3 Predmetlarni ularning kattaligi bo‘yicha joylashtiradi

4 Geometrik figuralar (doira, to‘rtburchak, uchburchak) va shakllar (kub, shar)ni farqlaydi

5 Ko‘pliklarni taqqoslaydi

6 Qisqaroq – uzunroq tushunchalari ma’nosini tushunadi

7 «Tong», «oqshom», «kun», «tun» so‘zlari ma’nosini tushunadi

8 «Yarim», «yarimta» tushunchalarini biladi

9 Hisob va hisob qatoridagi aloqalarni tushunadi

10 Mexanik tarzda 5 gacha sanaydi

11 O‘xshash geometrik figuralarga ega bo‘lgan predmetlarni topadi

12 Geometrik figuralar va shakllarni biladi

13 Miqdoriy aloqalarni o‘rnatadi

14 Sonning miqdoriy tarkibini biladi

15 Matematik tushunchalardan (ko‘p, kam, jami, shuncha) foydalanadi

16 Tartib bo‘yicha sanaydi

17 «Ko‘proq», «kamroq», «teng» tushunchalarini taqqoslaydi

18 Makonda o‘z joyini aniqlay oladi (oldinda, orqada, yuqorida, pastda, yaqinda, uzoqda)

19 Yaxlit va uning qismlari ma’nosini tushunadi

4.3 Anglash-tadqiq qilish va samarali (amaliy) faoliyatni rivojlantirish

1 Eksperimentlarda kattalar bilan birgalikda ishtirok etadi (qorish, bo‘yash, cho‘kadi – cho‘kmaydi va h.k.)

2 Tabiatdagi alohida o‘zgarishlarni farqlaydi (qor, yomg‘ir, do‘l, issiq, shamol va h.k.)

3 Ba’zi hasharotlar va qushlarni biladi va nomini aytadi

4 Ba’zi hayvonlarning bolalarini to‘g‘ri aytib beradi

5 «Syujet bo‘yicha» qurilmalar yaratadi

6 Suv va qum bilan o‘ynaydi

7 Jonli obyektlarni kuzatadi

8 Eksperimentlarda kattalar bilan birgalikda ishtirok etadi (qorish, bo‘yash, isitish, qaynatish, magnetizm va h.k.)

9 Yil fasllari uchun xarakterli bo‘lgan tabiat hodisalarini aytib beradi

10 Nima uchun ovqatlanish, nafas olish, o‘qish kerakligini biladi

11 Organizmdagi ba’zi a’zolarning vazifalarini biladi

12 Ba’zi fizik jarayonlarning ahamiyatini biladi

13 Konstruktlar, puzzle, mozaika, Lego yaratadi

5. IJODKORLIK

5.1 Dunyoni badiiy his etish

4-yil 5-yil

3 yoshu 3 oy 3 yoshu 6 oy 3 yoshu 3 oy 4 yosh 4 yoshu 3 oy 4 yoshu 6 oy 4 yoshu 9 oy 5 yosh

1 Rasm-suratlar, xalq amaliy san’ati asarlari, o‘yinchoqlar, obyektlarni idrok qilishda hissiy (emotsional) kuyinchaklik ko‘rsatadi

2 Tabiat ko‘rinishlari, o‘yinchoqlar, bolalarning kiyimlaridagi ranglar go‘zalligini sezadi

3 Tanish qo‘shiqlarni ajratadi

4 Tovushlar, ohanglarni diqqat bilan eshitadi

5 Tasviriy san’at elementlaridan foydalanadi

6 Amaliy-dekorativ san’at borasida boshlang‘ich tushunchaga ega

7 San’at bilan bog‘liq ba’zi kasblar (rassom, bastakor, aktyor) haqida tushunchaga ega

8 San’atning ba’zi turlari va janrlarini farqlaydi (qo‘shiq, raqs, musiqa, she’riyat, topishmoq, rasm, haykal)

9 Ba’zi me’moriy qurilmalar haqida tushunchaga ega

10 Ohang va qo‘shiqlardagi yuqori va past tovushlarni farqlaydi

11 Ba’zi musiqa asboblarining sadosini ajratadi (pianino, dutor, childirma)

12 Musiqa ohangiga mos ravishda raqsga tusha oladi

5.2 Badiiy-ijodiy qobiliyatlar

1 Tasviriy materiallarni biladi va ulardan to‘g‘ri foydalanadi

2 Alohida predmetlar, oddiy kompozitsiyalarni chizadi

3 Tasvirlanayotgan predmetlarga mos keladigan ranglarni tanlaydi va bo‘yaydi

4 Bolalar musiqa asboblarida chaladi (childirma, naycha, yog‘och chang (ksilofon)

5 Bolalar guruhi bilan birgalikda qo‘shiq aytadi

6 Raqsga tushadi (juftlikda aylanadi, depsinadi, musiqa ostida predmetlar bilan harakatlanadi)

7 Plastilindan oddiy shakllar yasaydi

8 Tayyor figuralardan predmetlar tasvirini yaratadi, qog‘ozdan tayyorlangan turli bezaklar bilan bezatadi

9 Qumdan turli shakllar va piramidalar quradi

10 Predmetlar shaklini aniq ifodalagan ravishda detallarga boy tasvirlar chizadi

11 Syujetga oid rasm, personajlar va predmetlar tasvirini chizadi

12 Shakllarni turli texnikalar yordamida bo‘yaydi

13 Loy, xamir yoki plastilindan narsalar yasaydi

14 O‘z faoliyatini boshlashdan oldin niyatini amalga oshiradi

15 Xorda qo‘shiq kuylaydi

16 Milliy raqs harakatlarini musiqaga mos ravishda bajaradi

17 Musiqa asbobini chaladi (qo‘ng‘iroqcha, childirma, metallofon, treugolnik)

18 Kattalar yordamida barmoqli teatr inssenirovkasini tayyorlashda ishtirok etadi

5 dan 7 yoshgacha bo‘lgan bolaning rivojlanish sohalari bo‘yicha yutuqlari xaritasi

Yoshi (oylarda)

6-yil 7-yil

5 yoshu 3 oy 5 yoshu 6 oy 5 yoshu 9 oy 6 yosh 6 yoshu 3 oy 5 yoshu 6 oy 5 yoshu 9 oy 7 yosh

1 Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish

1.1 Yirik motorika

1 Tovondan oyoq uchiga o‘tgan tarzda yuradi 

2 To‘siqlardan hatlaydi yoki aylanib o‘tadi 

3 Gimnastika skameykasi bo‘ylab muvozanatni saqlagan holda yuradi 

4 Turlicha yugurish usullarini bajaradi (ilonizi, egri-bugri, mokisimon, to‘siqlarni yengib o‘tgan ravishda)

5 Turli usullarda sakraydi

6 Qorinda yotgan holda, qo‘li bilan tortilib emaklaydi

7 Gimnastika devori bo‘ylab tirmashadi

8 Kolonnada bittalab, ikkitalab, to‘rttalab yuradi; doirada, sherengada yuradi

9 Yurish vaqtida turli buyruqlarni bajaradi

10 Yengil, tezkorlik bilan, to‘siqlardan hatlab o‘tgan holda, yo‘nalish va muvozanatni saqlab yuguradi

11 Turgan joyida burilib, oyoqlarini o‘ngga-chapga qo‘yib sakraydi

12 Sakramachoqda turli usullarda sakraydi

13 Arg‘amchi zina, arqon bo‘ylab tirmashadi

1.2 Mayda motorika

1 Yuzalikda (asfaltda) turli chiziqlar chizadi

2 Katta, o‘rtacha va kichik o‘yinchoqlarni hajmi bo‘yicha mos keladigan qutilarga taqsimlaydi

3 Murakkab konstruksiyalarni yig‘adi

4 Qopchadagi o‘yinchoqlarni paypaslab aytib berishi mumkin

5 Qog‘ozni chiziq bo‘yicha qirqadi

6 Taqlid qilinayotgan predmetlar (gul, qush, kapalak, qulf)ni qo‘llari, barmoqlari bilan ko‘rsatadi

7 Arqonlardan turli bog‘lamalar bog‘laydi

8 O‘yin faoliyati mobaynida uncha katta bo‘lmagan o‘yinchoqlar bilan o‘ynaydi

9 Qog‘ozni belgilangan chiziq bo‘ylab tartib bilan yirtadi

10 Mayda qismlardan iborat bo‘lgan mozaika va pazllar yig‘adi

1.3 Sensomotorika

1 To‘pni yuqoriga otadi va uni qayta ilib oladi

2 Uzatilgan to‘pni turli usullar bilan ilib oladi

3 To‘siqni aylanib o‘tgan holda to‘pni klyushka bilan yerda aylantiradi

4 Qum solingan qopchani nishonga irg‘itadi

5 Asosiy holatda turib, ko‘krak balandligida to‘pni ikki qo‘li bilan boshqa bolaga uzatadi

6 Turli analizatorlar (yopiq ko‘zlar, paypaslash, ta’miga qarab aniqlash) yordamida predmetlarni tekshiradi

7 To‘pni pastdan, bosh ortidan otadi

8 To‘pni yer bo‘ylab ilonizi shaklida aylantiradi

9 Chang‘i, rolik, ikki g‘ildirakli velosipedda uchadi

10 Nishonni to‘p bilan ag‘daradi (bouling)

11 Chambarak (obruch)ni qo‘llari, oyoqlari, beli bilan aylantiradi

12 Halqalarni belgilangan joyga otadi

1.4 Sog‘lom turmush tarzi va xavfsizlik

1 Shaxsiy gigiyenaga rioya qiladi

2 Stol atrofida ovqatlanish madaniyatiga rioya qiladi

3 Vitaminlarning ovqatlanishdagi ahamiyati va rolini biladi

4 Salomatlik haqida g‘amxo‘rlik qilishning muhimligini anglaydi

5 Tananing asosiy qismlari va ularning vazifalarini biladi

6 Piyodalar uchun mo‘ljallangan asosiy ko‘cha harakati qoidalarini biladi

7 Suv iste’mol qilishning muhimligini tushunadi va mustaqil ravishda suv ichish rejimiga rioya qiladi.

8 Xavfsiz axloq qoidalarini biladi va ularga rioya qiladi

9 Tashqi ko‘rinishini nazorat qilib boradi

10 Jismoniy mashqlar bajaradi

11 Tabiat burchagidagi o‘simliklar va hayvonlarni parvarish qiladi

12 Salomatlik uchun zararli bo‘lgan odatlarni (chekish, spirtli ichimliklar, olov bilan o‘ynash va h.k.) tushunadi va farqlaydi

13 Bolalar bog‘chasida, kzchada, transportda o‘zini tutish qoidalariga rioya qiladi

14 Piyodalar va velosipedchilar uchun mo‘ljallangan ko‘cha harakati qoidalarini biladi

2 IJTIMOIY-XISSIY RIVOJLANISH

2.1. Men-konsepsiyasi

6-yil 7-yil

5 yoshu 3 oy 5 yoshu 6oy 5 yoshu 9 oy 6 yosh 6 yoshu 3 oy 6 yoshu 6 oy 6 yoshu 9 oy 7 yosh

1 Unga yuklanayotgan majburiyatlarni qabul qiladi va ularga rioya etadi

2 O‘zining milliy mansubligini biladi

3 O‘z istaklari, manfaatlarini aniq ifodalaydi

4 O‘z hissiyotlarini ifodalaydi

5 O‘z-o‘zini baholash qobiliyatini namoyon etadi

6 Mustaqil ravishda o‘zi uchun mashg‘ulot turini tanlaydi

7 G‘oyalar taklif etadi, tashabbuskorlik ko‘rsatadi

8 Samimiy va ochiq

9 O‘z his-tuyg‘ulari va kayfiyatini ifodalaydi

10 Mutaqillikka intiladi

11 O‘zining gender, oilaviy mansubligi borasida ijobiy hissiyotlarni boshdan kechiradi

12 O‘z millati, tili va madaniyatini biladi

13 Yuklanayotgan majburiyatlarni qabul qiladi va faollikka tashabbus ko‘rsatishi mumkin

14 Shaxsiy qarorlar qabul qilish qobiliyatini namoyon etadi

15 Boshqalar uchun namuna bo‘lishga intilish ko‘rsatadi

2.2 Hissiyotlar va ularni boshqarish

1 Asosiy hissiyotlar sabablarini tushunadi

2 Agar kimnidir xafa qilsa, aybdorlik hissini ko‘rsatadi

3 Yaxshi yoki yomon xatti-harakatga baho berishga qodir

4 O‘yindagi g‘alaba onlarida umeyet shodlanishni biladi

5 O‘z hissiyotlari hamda kechinmalarini Do‘stlari va yaqin kishilari bilan o‘rtoqlashadi

6 Qo‘rquv va xavf nimaligini tushunadi

7 Hammabop asarlarni mamnuniyat bilan tinglaydi va ular borasida o‘z hissiy munosabatini bildiradi

8 O‘z hissiyotlari ifodalanishini nazorat qiladi

9 O‘z kechinmalarini ifodalaydi

10 Turli ijtimoiy vaziyatlarda bola hissiy munosabat bildiradi

11 O‘z hissiy holatini so‘z bilan ifodalashi mumkin

12 Boshqa insonlar yoki adabiy asarlar qahramonlarining hissiyotlari borasida fikr bildiradi

13 O‘zini yomon his qilayotganlarga hamdardlik qiladi va ularga tasalli beradi

2.3 Ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot

1 Muloqotda o‘z fikri, hissiyotlari va tasavvurlarini namoyon eatid

2 Guruhda va oilada tashkil etiladigan ishlarda qatnashadi

3 Iltimos yoki xabarni suhbatdoshga yetkazishni biladi

4 Mustaqil, kattalardan nisbiy mustaqilligini namoyon etadi

5 Yordam ko‘rsatishga tayyor

6 Tanish insonlar bilan suhbatga oson kirishadi

7 Ijtimoiy axloq qoidalari va me’yorlariga bo‘ysunadi

8 Boshqa bolalar bilan barqaror do‘stona aloqalar o‘rnatadi

9 Kattalar va tengdoshlari bilan oson muloqot qiladi

10 Boshqalarning xatti-harakatlari borasidagi o‘z taassurotlarini namoyon etadi

11 Boshqalarning muvaffaqiyatidan shodlanish qobiliyatini ko‘rsatadi

12 Mojarolarni hal qilish uchun bir qancha usullardan foydalanadi (yupatadi, o‘z o‘yinchog‘ini beradi, samimiy so‘zlar aytadi)

13 O‘yinlar o‘ylab topadi, syujet-rolli o‘yinlarda ishtirok etadi, turli ertaklarni sahnalashtirishda qatnashadi

3 NUTQ, MULOQOT, O‘QISH VA YOZISH KO‘NIKMALARI

3.1. Nutq va til

6-yil 7-yil

5 yoshu 3 oy 5 yoshu 6 oy 5 yoshu 9 oy 6 yosh 6 yoshu 3 oy 6 yoshu 6 oy 6 yoshu 9 oy 7 yosh

1 Kuzatilayotgan voqea va hodislarni tushuntiradi

2 Umumlashtiruvchi so‘zlardan to‘g‘ri foydalanadi (mevalar, sabzavotlar, daraxtlar, qushlar, idishlar)

3 Predmetlarning o‘ziga nisbatan joylashgan holatini tasvirlaydi (mening oldimda, stolda)

4 So‘zlardan belgilanishiga ko‘ra to‘g‘ri foydalanadi

5 Nutqda mazmuniga ko‘ra asosiy nutq qismlaridan foydalanadi

6 Bir o‘zakli so‘zlarni (namuna bo‘yicha) hosil qiladi (mushuk-mushukcha-mushukvoy)

7 Grammatik jihatdan oddiy va qo‘shma gaplar tuzadi

8 Suhbatni quvvatlaydi

9 Kattalar yordamida istak bo‘yicha ijodiy hikoya tuzadi

10 Barcha tovushlarni to‘g‘ri va aniq talaffuz qiladi

11 Ona tilida erkin, grammatik jihatdan to‘g‘ri suhbatlashadi, so‘z turkumlaridan to‘g‘ri foydalanadi

12 Gaplarda sinonim va antonimlarni topadi hamda ularni berilgan topshiriqqa ko‘ra tegishlicha tanlay oladi

13 Ko‘p ma’noli so‘zlarning turli ma’nolarini tushunadi

14 Xilma-xil ko‘rinishdagi gaplar tuzadi

15 Rasm bo‘yicha mustaqil ravishda ta’rifiy hikoya tuzadi

16 Turli janrdagi adabiy asarlarni ifodali so‘zlab beradi

17 Guruh doirasidagi muhokamalarda ishtirok etadi, eshitadi va suhbatga kirishadi

18 Topishmoqlar topadi, qofiyalar tuzadi

3.2 O‘qish ko‘nikmalari

1 So‘zdagi birinchi tovushni taniydi

2 Kitobni mustaqil tarzda ko‘rib chiqadi

3 Tovushlar farqini biladi

4 So‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘ladi

5 So‘zlarga qofiyalar tanlaydi

6 Nutqning dialogik shaklidan foydalanadi, savollar beradi

7 She’rlarni yodlaydi va ifodali aytib beradi

8 Ba’zi adabiy asarlar, ertaklar, hikoyalarning nomi va mualliflarini biladi

9 Ifodalilikning intonatsion vositalaridan to‘g‘ri foydalanadi

10 Harflarga mos keladigan so‘zlarni tanlaydi

11 Boshqa bolalarga kitob mazmuni haqida yodida qolganlarni hikoya qilib beradi

12 Bo‘g‘inlar ifodalangan kartochkalar yordamida bo‘g‘inlardan so‘zlar tuzadi

13 So‘z, tovush, bo‘g‘in, gap to‘g‘risida tasavvurga ega

14 Viveskalar, kitoblar nomi, surat ostidagi yozuvlar va h.k.ni o‘qiydi

15 Ba’zi adabiy janrlar nomini biladi

16 Taniqli bolalar yozuvchilari va shoirlarining ism-shariflarini biladi

3.3 Qo‘l panjalarining mayda motorikasi

1 Chiziqlar, tayoqchalar, gajaklar chizadi

2 Qog‘oz varag‘ini turli usullarda taxlaydi (origami)

3 Bosma harflarni namunaga ko‘ra yoza boshlaydi

4 Bosma harflar bilan yozadi

5 Barmoqchalar yordamida turli mashqlar bajaradi

6 Bo‘yaladigan naqshlarni batartib shtrixlaydi

7 Turli yuzaliklar (nam qum, asfalt, taxta)ga chizadi va yozadi

8 Sochlarini o‘rib qo‘yadi

9 Mozaika yig‘adi

10 So‘zlar va qisqa gaplar yozadi

11 Daftar chiziqlarini tushunadi

12 Rasmlarni to‘g‘ri joylashtiradi

13 Nuqtali punktir rasmlarni qo‘lini olmasdan birlashtiradi

14 Matoga rasmlar tikadi

15 Harakatning «o‘ziga» va «o‘zidan» yo‘nalishlarida to‘g‘ri harakatlanadi

16 Turli materiallardan murakkab namunalar kesadi

17 Pistoletli yelimdan foydalanadi


4 Bilish jarayonining rivojlanishi

4.1 Intellektual-bilish ko‘nikmalari

6-yil 7-yil

5 yoshu 3 oy 5 yoshu 6 oy 5 yoshu 9 oy 6 yosh 6 yoshu 3 oy 6 yoshu 6 oy 6 yoshu 9 oy 7 yosh

1 Surat bo‘yicha syujetlarni eslab qoladi va hikoya qiladi

2 Izchil xulosalar chiqaradi, fikr yuritadi

3 Hayvonlar yashaydigan muhit nomlarini aytadi (baliq suvda, bo‘ri o‘rmonda yashaydi va h.k.)

4 Jo‘g‘rofiy (geografik) tushunchalarni biladi

5 Oddiy sabab-oqibat aloqalarini tushunadi (yomg‘ir yog‘ayapti – berkinish kerak)

6 Sinash va xatolar orqali amaliy vazifalar yechimini topishga harakat qiladi (kichik mashinani yurgizish uchun kalit bilan burash kerak)

7 Obyektlarni tizimlashtiradi

8 Mustaqil tarzda atrof-muhit haqida axborot izlaydi

9 Kuzatuvlar asosida umumlashtirish va xulosalar qiladi

10 Yil fasllari va voqealarni ketma-ketlikda aytib beradi

11 Suratlar bo‘yicha izchil xulosalar chiqaradi

12 O‘z mamlakati va uning ramzlari to‘g‘risida tasvvurga ega

13 O‘z xalqining ba’zi milliy an’analari va urf-odatlarini biladi

14 Bolalar ensiklopediyasidan foydalana oladi

15 Predmetlarni tashqi va ichki belgilar bo‘yicha tasniflaydi

4.2 Elementar matematik ko‘nikmalar

1 Geometrik figuralarni biladi va predmetlarda ularni ajratadi

2 Predmetlarni uzunligi, eni, qalinligi, balandligi bo‘yicha taqqoslaydi

3 Predmetlar guruhini taqqoslaydi

4 Muloqot vaqtida matematik terminologiyadan foydalanadi

5 1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlar doirasida matematik harakatlarni amalga oshiradi

6 Predmetlarni soni va umumiy miqdori bo‘yicha taqqoslaydi

7 Predmetlar guruhlarining tengligi va tengsizligini aniqlaydi va ularni o‘zaro taqqoslaydi

8 Vaqt haqida tasavvurga ega imeyet (tong, oqshom, kun va tun)

9 Raqamlar va sonlarning hayotdagi ahamiyatini tushunadi

10 1 dan 100 gacha bo‘lgan tartibda o‘nlik sonlar bilan to‘g‘ri va aksincha sanaydi (10,20,30,40,50 va h.k.)

11 Geometrik figuralar va shakllarni biladi

12 20 gacha bo‘lgan sonlar doirasida ba’zi matematik harakatlarni amalga oshiradi

13 Matematik vazifalarni yechadi

14 Son tartibi haqida tushunchaga ega

15 Guruhlarning tengligi va tengsizligini tahlil qiladi (qancha ko‘p? Qancha kam?)

16 Predmetlarni hajmi, balandligi, qalinligi bo‘yicha ketma-ket taxlaydi

17 Shartli o‘lchov yordamida suyuq, sochiluvchan va qattiq jismlarni o‘lchaydi

4.3 Anglash-tadqiq qilish va samarali (amaliy) faoliyatni rivojlantirish

1 Tabiat hodisalarining turli omillarga bog‘liqligini tushunadi

2 Tabiatdagi o‘zgarishlar sababini tushuntrib berishi mumkin (m-n, qorning erishi)

3 Odamlarning atrofdagi tabiatga ta’sirini tushunadi (ekish, hosilni yig‘ishtirish)

4 Tabiiy materialdan rasm bo‘yicha turli buyumlar yasashni biladi, ish bosqichlarini rejalashtiradi

5 Mustaqil ravishda modellar yaratish va konstruksiyalashni amalga oshirish mumkin

6 Jonli va jonsiz olamni farqlaydi

7 Tabiatning insonlar hayotidagi ahamiyatini anglaydi

8 O‘z qiziqish va kuzatuvlari bilan bog‘liq savollar beradi

9 O‘z taxminlarini bildiradi, tushuntiradi va oldingi hamda hozirgi tajriba borasida umumlashmalar qiladi

10 Tadqiqotdagi hal qilinishi zarur bo‘lgan muammoni ajratadi va qo‘yadi

11 Turli resurslardan foydalangan holda, o‘z kuzatuvlarini ifodalaydi va tasdiqlaydi

12 Atorf-muhitni yaxshilashda ishtirok etish muhimligini tushunadi (m-n, axlatni to‘plash, uni saralash, daraxtlar va gullar ekish, elektr toki, suv va qog‘ozni tejash)

5. IJODKORLIK

5.1 Dunyoni badiiy his etish

6-yil 7-yil

5 yoshu 3 oy 5 yoshu 6 oy 5 yoshu 9 oy 6 yosh 6 yoshu 3 oy 6 yoshu 6 oy 6 yoshu 9 oy 7 yosh

1 Musiqa asariga hissiy munosabat bildiradi

2 Musiqa ohangiga mos ravishda turli harakatlar o‘ylab topishi mumkin

3 Badiiy asarlar qahramonlari rolini o‘ynashi mumkin

4 Amaliy san’at turlari borasida dastlabki tushunchalarga ega

5 O‘z loyihalarini yaratish g‘oyalarini bildiradi

6 Musiqiy uslublarni ajrata biladi

7 Kichik ssenariylar o‘ylab topishi va kichik sahnalar tashkil etishi mumkin

8 Tabiiy materiallardan buyumlar yasaydi

9 Kostyumlarni bezatishi, guldastalar yasashi, oddiy retseptlar bo‘yicha ovqat tayyorlashi mumkin

10 She’rlarni ifodali o‘qib berishga qodir

11 Tanish asarlarni mustaqil ravishda hikoya qilib beradi, ularni sahnalashtirishda ishtirok etadi

12 Nazmiy va nasriy badiiy asarlarga hissiy munosabat bildiradi

13 Musiqa asarining kayfiyati va xarakterini aniqlashga qodir

14 O‘zbekistondagi bolalar shoirlari va yozuvchilarini hamda ularning asarlarini biladi

15 Tasviriy san’at turlarini farqlaydi

16 Estetik mulohazalar yuritadi

17 Ijodiy g‘oyalar tuzadi

5.2 Badiiy-ijodiy qobiliyatlar

1 Murakkab predmetlar rasmini chizadi va ularni bezakli naqshlar bilan bezatadi (choynak, gilam, ro‘molcha, lagan)

2 Xotira yoki tasavvur bo‘yicha syujet yaratadi

3 Qog‘oz va tabiiy materiallardan applikativ aranjirovkalar yaratadi (otkritkalar, xatcho‘plar)

4 Muhit yoki o‘z loyihalarini bezatadi

5 Kesish, yirtish, taxlash yo‘li bilan figuralarning turishi, o‘rni va harakatlarini ifodalagan tarzda kichik syujetlar yaratadi

6 Tengdoshlari bilan ijodiy o‘yinlar tuzishi mumkin

7 O‘z ishlarida turli ifodalash vositalaridan foydalanadi

8 Turli predmetlardan kompozitsiyalar yaratadi

9 Yakka va jamoaviy tarzda qo‘shiqlar kuylashi mumkin

10 Harakatlarga go‘zallik baxsh etgan ravishda raqsning o‘z qarashidagi ko‘rinishini o‘ylab topishga qodir

11 Musiqa asboblarini yakka (solo) holda yoki orkestr tarkibida chalishi mumkin

12 O‘z g‘oyasini yaratadi va tatbiq etadi

13 Maqsadga erishish uchun o‘rnini bosuvchi sifatida turli predmetlardan foydalanadi

14 O‘ziga rol olgan holda spektallar qo‘yishda qatnashadi

15 Insonning dunyoni o‘zgartirishdagi yaratuvchanlik rolini tushunadi

16 Narsalardan ikkilamchi foydalanish borasida g‘oyalar taklif etishi mumkin


Ilova 7

6-7 yoshdagi bolaning maktabga tayyorlik kartasi

№ Rivojlanishning kutilayotgan natijasi Bajaradi

doimo

ko‘pincha

ba’zan

Hech qachon

1 Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish

1.1 o‘z imkoniyatlari va yoshi bilan bog‘liq jismoniy rivojlanish me’yorlariga mos ravishda jismoniy faollik ko‘rsatadi

1.2 turli harakatchanlik faolligini uyg‘un ravishda va maqsadli bajarishni biladi

1.3 turli hayotiy va o‘quv vaziyatlarida mayda motorika ko‘nikmalaridan foydalanadi

1.4 o‘z harakatlarini hissiyot va sezgi organlari yordamida boshqaradi

1.5 shaxsiy gigiyena ko‘nikmalarini qo‘llaydi

1.6 xavfsiz hayotiy faoliyat asoslari qoidalariga rioya qiladi

2 Ijtimoiy-hissiy rivojlanish

2.1 o‘z «Men»i va boshqa insonlarning hayotiy faoliyat muhitidagi roli to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladi

2.2 o‘z hissiyotlarini boshqaradi va ularni vaziyatga mos ravishda ifodalaydi

2.3 o‘zgalarning hissiyotlarini farqlaydi va ularga mos ravishda javob beradi

2.4 kattalar va tengdoshlar bilan vaziyatga mos ravishda muloqot qiladi

2.5 murakkab vaziyatlardan amaliy chiqish yo‘llarini topadi

3 Nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalari

3.1 nutqni eshitadi va tushunadi

3.2 o‘z nutqida to‘g‘ri talaffuz, qulay grammatik shakllar va xilma-xil gap konstruksiyalaridan foydalanadi

3.3 ikkinchi tilni o‘rganishga qiziqish namoyon qiladi

3.4 ikkinchi tilni egallash bo‘yicha dastlabki bilimlarini ko‘rsatadi

3.5 badiiy adabiyot asarlariga qiziqish namoyon qiladi

3.6 so‘zning lug‘aviy, bo‘g‘inli va fonetik tuzilishi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladi

3.7 turli ma’no shakllarini mustaqil ravishda tuzish va so‘zlab berishni biladi

3.8 yozishning dastlabki ko‘nikmalari va vositalaridan foydalanishni biladi

4 Bilim olish jarayonining rivojlanishi

4.1 bilim olishga faol qiziqishni namoyon etadi

4.2 o‘quv va hayotiy faoliyat uchun axborotni mustaqil ravishda topadi va undan foydalanadi

4.3 predmetlar, voqealar va ko‘rinishlar o‘rtasidagi oddiy aloqalarni tushunadi va ularni yaxlit bir butunlik sifatida idrok qiladi

4.4 raqamlar, hisob-kitobni biladi va ularni hayotda qo‘llaydi

4.5 makon, shakl va vaqtga mos ravishda ish tutadi

4.6 elementar matematik hisoblashlarni amalga oshiradi

4.7 atrof-muhitdagi voqea-hodisalar va ko‘rinishlarni kuzatadi hamda tadqiq qiladi

4.8 atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona va g‘amxo‘r munosabatni namoyon etadi

5 Ijodkorlik

5.1 san’at va madaniyatga qiziqish bildiradi

5.2 milliy an’analarni qadrlaydi va ularni kundalik hayotning bir qismi sifatida idrok etadi

5.3 milliy an’analarni qadrlaydi va ularni kundalik hayotning bir qismi sifatida idrok etadi

5.4 olingan bilim va ko‘nikmalardan turli hayotiy vaziyatlarda o‘z ijodiy rejalarini tuzish va tatbiq qilish uchun foydalanadi

5.5 insonning dunyoni o‘zgartirishdagi yaratuvchanlik rolini tushunadi

MTMdagi bolalarning maktabga tayyorligiga oid mazkur xarita ta’lim jarayonining muvaffaqiyatliligi va samaradorligini aniqlash, pedagoglarning professional malakasini oshirish, ta’lim jarayoni holati sifatini boshqarish imkonini beradi.

O‘quv yili yakuniga yetganidan so‘ng maktabga tayyorlov guruhi bo‘yicha o‘tkazilgan monitoringga asosan amalga oshirilgan ishlar samaradorligi aniqlanadi, kutilayotgan natijalar bilan taqqoslash ishlari o‘tkaziladi, muammolar, ularni hal qilish yo‘llari hamda maktabgacha ta’lim muassasasining keyingi o‘quv yiliga mo‘ljallangan ustuvor vazifalari belgilanadi.