Matn va lug’at ustida ishlash

Matn va lug’at ustida ishlash

Nurmatova Zilola Ravshanovna

 Kogon tuman 1-IDUM

 ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi


MATN VA LUG‘AT USTIDA ISHLASH

Darsning maqsadi:

a) o‘quvchilarning tovush o’zgarishlari, bo’g’in va uning ahamiyati yuzasidan olgan bilimlarini matn va lug’at ustida ishlash orqali mustahkamlash;

b) tarbiyaviy maqsad: fan sohasida buyuk  kashfiyotlar  qilgan olimlarning ibratomuz hayoti, fan rivojlanishiga qo’shgan hissalarini singdirish orqali kashfiyotlar yaratish hissini shakllantirish;

d) rivojlantiruvchi maqsad:tinglab tushunish,o‘qish;gapirish va yozish kabi nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish.

Dars tipi:Yangi bilim beruvchi.

Dars turi:No’ananaviy.

Dars metodi:Aqliy hujum, amaliy ,tarqatmalar,savol-javob,guruhlar bilan ishlash “Qayta hikoya”,”Xatosini  top”,”Ortiqchasini top” metodlari

Dars jihozi:Komputer, proyektor,darslik, tarqatmalar,rasmlar.


T/r


Darsning  bosqichlari


Ajratilgan vaqt


1


Tashkiliy qism


2 daqiqa


2


Uy vazifasi


3 daqiqa


3


O’tgan mavzuni mustahkamlash


10 daqiqa


4


Yangi mavzu bayoni


10daqiqa


5


Yangi mavzuni mustahkamlash


15 daqiqa


6


Darsni xulosalash


2 daqiqa


7


Uyga vazifa


1 daqiqa


 

8


Baholash


1 daqiqa



Darsning borishi:Darsning tashkiliy qismida navbatchi axbaroti tinglanib,kuz faslida nishonlanadigan bayramlar so’raldi va til haqida she’rlar ,o’tilgan mavzuning nomi, darsning shiori so’raldi.Sinf 3 guruhga oldindan bo’lib qo’yilgan va ular  o’zlariga nom tanlashlari uy vazifasi qilib berilgan.

Guruh nomlari:

1-guruh –“Zuhro”yulduzi

2-guruh-“Mushtariy”yulduzi

3-guruh-“Cho’lpon” yulduzi

O’qituvchi har bir guruh a’zolarini baholab bordi.

                           “5”  baho(Katta yulduz)

                             “ 4” baho(O’rtacha yulduz)


                              “3” baho (Kichik yulduz)

   Guruhlar a’zolariga har bir javoblari uchun  yuqoridagi kartochkalardan taqdim etildi, qaysi guruh o’z osmonida ko’proq yulduz  to’plasa o’sha guruh g’olib.Shu orqali har bir o’quvchi ham baholandi.

Topshiriq.  Matnni O‘QING. O’QIB YOKI TINGLAB TUSHUNISH VA GAPIRISH ko’nikmalarini rivojlantiradi. Matn  audio shaklda o’qib eshittiriladi. “Qayta hikoya” metodi qo’llaniladi.Dastlab o’quvchilarga yulduzlar haqida ma’lumot beriladi.Yulduz ilmini o’rgangan olim Mirzo Ulug’bek ekanligi aytib o’tiladi.

                                          

 Qutb yulduzi.

Qadimda dengizchilar yoki sahrodagi karvonlar yulduzlarning joylashishiga qarab yo‘lni aniqlashgan. Yulduzlarni o‘rganib, ularning

xaritasini chizib beradigan kishilarni esa munajjim deb atashgan.

Bilasizmi, yulduzlarning ham “yulduzi“, ya’ni mashhurlari bo‘ladi.

Qutb yulduzi ana shundaylardan biri. Chunki u o‘tgan davrlar

Mobaynida ko‘plab adashganlarga yo‘l ko‘rsatib, o‘z manzillariga eson-omon yetib olishlarida ko‘makchi bo‘lgan. Qutb yulduzi osmondagi eng yorqin yulduzlardan biri bo‘lgani uchun uni topib olish qiyin emas. Olimlarning aytishicha, kunlar, oylar, ba’zan yillar o‘tishi bilan yulduzlarning samodagi o‘rni o‘zgarib turar ekan. Faqatgina Qutb yulduzi o‘z joyidan hech qachon jilmaydi, doim osmonning shimoliy qismida yaraqlab turadi. Shunday o‘ziga xos xususiyati tufayli sayyohlar Qutb yulduziga qarab shimol, janub, sharq va g‘arbni aniqlay olishgan.

Qutb yulduzi Katta ayiq yulduzi turkumiga kiradi. U Quyosh dan 120

marta katta bo‘lib, o‘n ming marta kuchliroq nur taratadi. Odamlarga

yo‘l ko‘rsatib turgani uchun “Yo‘lchi yulduz“ deb ham atashgan. Juda

olisda bo‘lgani bois ushbu yulduz nurlari Yergacha 472 yilda yetib

keladi. (“Jajji akademik” jurnalidan)

Shundan so’ng matn asosida savollar beriladi.

1.Qadimda kimlar yulduzlar joylashuviga qarab yo’lni aniqlashgan?

2.Yulduzlarning ham mashhuri bo’ladimi?

3.Nega Qutb yulduzini topish qiyin emas?

4.Qutb yulduzi qaysi yulduzlar turkumiga kiradi?

5.U quyoshdan qancha katta?

6.Quyoshdan necha ming marotoba  kuchliroq nur taratadi?

7.Nega uni yo’lchi yulduz deb atashadi?

8.Qutb yulduzining nurlari yerga necha yilda yetib keladi?

 98-mashq. Qo’yilgan muammo: Matn asosida test topshiriqlarini

yeching.TINGLAB TUSHUNISH VA GAPIRISH ko’ nikmalarini

rivojlantiradi.

Masalan:

Qutb yulduzi osmondagi eng yorqin yulduzlardan biri bo‘lgani

uchun uni topib olish qiyin emas.

a) Qutb yulduzi falakdagi eng yorqin yulduzlardan biri bo‘lgani

uchun uni topib olish qiyin emas.

b) Qutb yulduzi koinotdagi eng yorqin yulduzlardan biri bo‘lgani

uchun uni topib olish qiyin emas.

c) Qutb yulduzi samodagi eng yorqin yulduzlardan biri bo‘lgani

uchun uni topib olish qiyin emas.

d) Qutb yulduzi fazodagi eng yorqin yulduzlardan biri bo‘lgani

uchun uni topib olish qiyin emas.

Yechim:

Yulduzlarni o‘rganib, uning xaritasini chizib beruvchilarni

qadimda qanday atashgan?

a) munaqqid; b) mudarris; c) folbin; d) munajjim.

Qutb yulduzining qaysi xususiyati tufayli sayyohlar dunyo ning 4

tomonini aniqlay olishgan?

a) eng yorqin yulduz bo‘lgani uchun;

b) odamlarga yo‘l ko‘rsatib turgani uchun;

c) juda olisda bo‘lgani uchun;

d) joyi o‘zgarmay, osmonning shimolida turgani uchun.

Qutb yulduzi yulduzlarning “yulduz”i hisoblanadi, chunki u …

a) adashganlarga yo‘l ko‘rsatadi;

b) eng yorqin va go‘zal yulduz hisoblanadi;

c) quyoshdan ham katta;

d) qutbda joylashgan.

99-mashq. Qo’yilgan muammo: Quyidagi gaplarni YOZING.

Ajratilgan so‘zlarni ma’nodoshlari bilan almashtiring. Nechta

gap hosil qila olasiz? “Ortiqchasini top” o’yini orqali mashqni

bajaramiz.Mashq ma’nodosh so’zlar qatorini hosil qilishga qaratilgan. Ma’nodoshlik qatorida o’qituvchi tomonidan maxsus begona so’z qo’shib qo’yiladi. O’quvchi ortiqsa so’zni  topishi  va  fikrini  dalillashi  kerak. TINGLAB TUSHUNISH VA GAPIRISH VA YOZISH ko’nikmalarini rivojlantiradi. Masalan,

Vatan, yurt, diyor, qish  loq, o’lka

Yechim:

Odamlarga yo‘l ko‘rsatib turgani uchun uni “Yo‘lchi yulduz“ deb

ham atashgan.

Odam-inson-kishi-shaxs-odamzod-kimsa-bashar;

Atamoq-nomlamoq-nom bermoq

Olimlarning aytishicha, kunlar, oylar, ba’zan yillar o‘tishi bilan

yulduzlarning samodagi o‘rni o‘zgarib turar ekan.

O’rni-joyi-makon-manzil

Faqatgina Qutb yulduzi o‘z joyidan hech qachon jilmaydi,doim

osmonning shimoliy qismida yaraqlab turadi.

Jilmaydi-siljimoq-qo’zg’almoq- surilmoq

100-mashq.  Qo’yilgan muammo: “Buni o‘qing – bu qiziq!”

Ma’lumotlar bilan tanishing. Xato yozilgan so‘zlarni toping.

TINGLAB TUSHUNISH VA GAPIRISH ko’nikmalarini rivojlantiradi.

Mashqni “Xatosini toping” metodi orqali bajariladi. Bu

metodda o’qituvchi ataylab xato qiladi. Avval o’quvchilar bu haqda

oldindan ogohlantirilgan bo’ladi.

Yechim:

Bilasizmi?

Kometalardan biri vatandoshimiz Mirzo Ulug‘bek nomi bilan

otaladi( ataladi)

Insoniyat tarixidagi eng ulkan maymun (primat) – bundan 100 ming

yil avval yoshagan (yashagan) “King-Kong”. Uning bo‘yi 3 metr, vazni

1,58 tona (tonna) bo‘lgan.

“Titanik” kemasining cho‘kish vaqtida omon qolgan eng keksa

inson 104 yosh-u 72 kun umr ko‘rgan. 1912-yil kema cho‘kgan ( 76

cho’kkan) paytda u 28 yoshda bo‘lgan.

101-mashq.Uyga vazifa.Koinot haqida 5 ta qiziqarli ma’lumot

toping va daftaringizga YOZING. Topgan ma’lu motlar asosida

savollar tuzing.