Biologiya fanidan to’garak hujjatlari. Konspekti va rejasi

OQDARYO  TUMANI XALQ TA’LIMI BO`LIMIGA  QARASHLI    2-UMUMIY O`RTA TA’LIM MAKTABI     BIOLOGIYA    fani  o`qItuvchisi  Sharipova  Barnoning

“Yosh BIOLOG “ To`garagi hujjatlar jildi


OQDARYO  TUMANI XALQ TA’LIMI BO`LIMIGA  QARASHLI    2-UMUMIY O`RTA TA’LIM MAKTABI     BIOLOGIYA    fani  o`qItuvchisi  Sharipova  Barnoning


“Yosh biolog” To`garagi rejasi



T/R

 Mashg`ulot mavzusi.


Soati


O`tkazilgan sana


1.


Biologiya fani, o`rganish obyektlari.Biologiya fanlar sistemasi.


2




2.

Bilogiya faniga oid topishmoqlar bilan ishlash


2




3.

Botanika fani haqida . O`zbekistonda botanika fanini g rivojlanish tarixi


2




4.

O`simliklarning hayotiy shakllari


2




5.

Kuzda o`simliklar hayotida ro`y beradigan o`zgarishlar


2




6.

O`rganilgan bilimlar bo`yicha testlar yechish va ularning tahlili


2




7.

Hujayra va uning organoidlari. To`qima va uning xillari.


2




8.

Hujayra da boradigan hayotiy jarayonlar. Nafas olishi


2




9.

Ildiz turlari va tizimlari.Ildizmevalar.


2




10.

Kurtak.poya.novda.Poyaning eniga va bo`yiga o`sishi


2




11.

Poyada oziq moddalarning harakatlanishi.Poyaning ichki tuzulishi.


2




12.

Shakli o`zgargan yer osti poyalar.Tugunak.Ildizpoya. Piyozbosh


2




13.

Barglarning ichki va tashqi tuzulishi


2




14.

Novdada barglarning joylashuvi.Oddiy va murakkab burglar


2




15.

Fotosintez. Barglarning nafas olishiva suv bug`latishi


2




16.

O`simliklarni vegetative yo`llar bilan ko`payishi


2




17.

Gulning tuzilishi. Gullarning xilma-xilligi


2




18.

To`pgullar va ularning xillari.


2




19.

Gullarning changlanishi . Urug`lanish


2




20.

O`rganilgan bilimlar asosida test o`tkazish va uni tahlil qilish


2




21.

Meva xillari.Mevalarning tabiatdagi ahamiyati


2




22.

Urug`. Urug`ning tarkibi.Urug`ning nafas olishi.


2




23.

Uru`glarning unib chiqishi.O`simta


2




24.

O`simliklar sistematikasi.


2




25.

Bakteriyalar tuzilishi,xillari,ahamiyati


2




26.

Kasallik paydo qiluvchi bakteriyalar


2




27

Zamburug`larning tuzulshi.Mog`or zamburug`i.Achitqi zamburug`lari


2




28.

Qalpoqchali zamburug`lar.Parazit zamburug`lar


2




29.

Lishayniklarning tuzulishi va ahamiyati


2




30.

Bir hujayrali , ko`p hujayrali va dengiz suvo`tlari.


2




31.

Test o`tkazish va uni tahlil qilish


2




32.

Yo`sinlarnig hayot kechirishi.Funariya yo`sini


2




33.

Dala qirqbo`gimi.zuhrasoch va suv qirqqulog`i


2




34.

Archa.Qarag`ay.


2




35.

Yopiq urug`li o`simliklar.


2




36.

Bir va ikki urug`pallali o`simliklar sinflari


2





Mavzu:Biologiya fanining o`rganish obyektlari.. Biologiya fanlar sistemasi.

Darsning maqsadi:Biologiya fani, uning o`rganish usullari va biologiya fanlar sistemasini o`rganish.Botanika, zoolosiya, anatomiya , fiziologiya, ekologiya, sitologiya va boshqa biologiya fanlar sistemalarini o`rganish.

Darsning borishi:Biologiya so`zi “Bios” –hayot, “logos” –fan degan ma’noni bildiradi. Biologiya fani yer yuzidagi barcha tirik organizmlarni, ularnnig tuzulishi, yashash tarsi, hayot jarayonlari va boshqalarni o`rganadi. Tirik organizmlar to`rtta katta  guruhga bo`lish mumkin. 1. Bakteriyalar. 2. Zamburug`lar . 3. O`simliklar  .4.hayvonlar .Biologiya fani juda yirik fan bo`lib , bir qancha fanlar sistemasidan tashkil topgan.Bular quyidagilar:

Botanika-O`simliklarni o`rganuvchi fan.

Mikrobiologiya- mikroorganizmlarni o`rganuvchi fan

Mikologiya-Zamburug`larni o`rganuvchi fan

Zoologiya-hayvonlarni o`rganuvchi fan

Sitologiya- hujayra va uning qismlarini o`rganadi

Anatomiya-organizmlarnig ichki tuzulishini o`rganadi

Fiziologiya- organizmlarda boradigan hayotiy jarayonlarni o`rganadi

Morfologiya-organizmlarning tashqi tuzulishini o`rganadi

Ekologiya- organizmlarni tarqalishini o`rganadi

Ixtiologiya-baliqlarni o`ganadi

Briologiya-yo`sinlarni o`rganadi  va hokazolar.Biologiya fanining o`rganish obyektlari barcha tirik organizmlardir .Ular yer yuzining barcha joylarida bir necha kilometr baladlikdagi havo qobig`ida ham , bir necha metr chuqurlikdagi suv tubida ham , bir necha qavat tuoroq qatlamlari orasida ham, muzliklarda yoki jazirama cho`llrda ham uchraydi. Shuning bilan birga  ularning o`lchami ham turli xil. Ular orasida oddiy ko`z bilan ko`rib bo`lmaydigan mikroorganizmlardan tortib , juda bahaybat o`simliklar  va bir necha tonnalik hayvonlargacha mavjud. Ularning barchasi o`z yashash muhitiga turlicha yashashga moslashgan. Biologiya fanlar sistemasi ularning ichki va tashqi tuzulishi bilan birga,ularda kechadigan hayotiy jarayonlar, ularning yashash muhitiga turlicha moslashish belgilarini ham o`rganadi.Hozirgi kunda biologiya fani oldida turgan muhim vazifalardan biri insoniyatni  farovon kelajagini ta’minlash maqsadida barcha tirik organizmlardan unumli foydalanish. Insoniyatni turli xil kasalliklardan asrash.Vujudga kelishi mumkin bo`lgan oziq-ovqat tanqisligini oldini olishdan iborat.Qiziqarli biologiya darslariga xush kelibsiz!

Uyga vazifa berish: Mavzuni o`rganib kelish.Biologiya faniga oid qiziqarli ma’lumotlar dan topib kelish.


Mavzu: Bilogiya faniga oid topishmoqlar bilan ishlash.

Darsning maqsadi: Biologiya faniga oid topishmoqlar bilan ishlash orqali o`quvchilarni fanga qiziqishini oshirish.

Darsning borishi: 1.  Onasidan    kiyim – boshim,

Bolasidan     moyli    oshim.   (  Paxta )

Bir nechtadan    ko`zi   bor,

Olma    kabi    yuzi    bor.  (  Kartoshka  )

O`zi pillaga   o`xshar,

Ichi   tillaga   o`xshar.    (  Yeryong`oq  )

Suv tubida     bor    ekan    tomchi,

Qanday     tirik     jon    ekan – topchi.    (  Amyoba  )

5.Maysa    rangli    mitti    ko`zi,

Bor    xivchini,    bordir     ko`zi.   (  Yashil   evglena  )

Suvga biroz     pichan    soldik ,

O`sha     suvdan     tomchi     oldik.

Unda     tirik     jonni      ko`rib,

Biz     hammamiz    hayron      qoldik.   (  Tufelka  )

Bir ozig`ga   o`n     xizmatkor,

Qanday     o`lja    unga    darkor?    (  Gidra   )

8.Soyabonga    o`xshar   tanasi,

Gar    teginsang,      chaqar    ninasi.    (  Meduza  )

Beli qilday,

Boshi    xumday.   (  Chumoli  )

Tangasi bor,    pul     emas,

Qanoti    bor,   ucholmas.   (   Baliq   )

Boshida bor    baq – baqasi,

Tinim    bermas   vaq – vaqasi.  (  Qurbaqa  )

Uzun – uzun iz    qolgan

Zar    ko`ylakli    kim    o`tgan.     (  Ilon  )

Emaklagan toshni   ko`rdim,

Toshdan    chiqqan    boshni     ko`rdim.   (  Toshbaqa  )

Uyga vazifa berish:Biologiya faniga oid topishmoqlardan yana topib kelish.




Mavzu: Botanika fani haqida . O`zbekistonda botanika fanini g rivojlanish tarixi

Darsning maqsadi:Botanika fanining maqsadi va vazifalari, rivojlanish tarixini o`rganish.

Darsning borishi:

“Botanika” yunoncha “botane”-ko`kat, o`t, o`simlik degan ma’noni bildiradi. Bu fan o`simliklarning paydo bo`lishi, hayoti, tashqi tuzulishi, rivojlanishi, yer yuzida tarqalishi, tabiat bilan bog`liqligi, ulardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish usullarini o`rganadi. O`zbekistonda tabiiy holda o`sadigan yuksak o`simliklarning 4500, O`rta Osiyoda 8000, yer yuzida 500000dan ortiq turi borligi aniqlangan.O`simliklarning odamlar hayotida tutgan o`rni benihoya katta. Ulardan odamlar uchun oziq-ovqat, kiyim-kechak, qurulish materiallari, uy-ro`zgor buyumlari va boshqa narsalar tayyorlanadi.

O`rta Osiyo hududida ham tabiiy o`simliklar juda qadimdan o`rganib kelinmoqda. Abu Rayhon Beruniy tabobatga bag`ishlangan “Kitob as-Saydana fit-tibb”, Abu Ali ibn Sino “Tib qonunlari”, “Kitob ush-shifo” kitoblarida, Mahmud Qoshg`ariyning “Devoni lug`atit turk “ kitoblarida bir qancha dorivor o`simliklar haqda ma’lumotlar uchraydi. O`zbekistonning tabiatdagi o`simliklarini har tomonlama o`rganish ustida O`zRFA Botanika institutining xodimlari tomonidan nazariy va amaliy ahamiyatga ega ilmiy izlanishlar olib brogan va  ularning natijalarini aks ettiruvchi ko`p tomli asarlar nashr etilgan.Bu ishda olimlarimizdan akademiklardan Zokirov, Muzaffarov, Korovin, Granitov, Rusanov, proffessorlardan Orifxonova, Saxobiddinov, Pratov va boshqalar ilmiy izlanishlar bilan bir qatorda darslik va boshqa asarlar yozgani bilan hissa qo`shmoqda. O`zbekistonda yo`qolish xavfi ostida bo`lgan o`simlik turlari O`zbekiston Respublikasining “Qizil kitobi”ga kiritilgan.

Uyga vazifa berish:Mavzuni o`qib , o`rganib kelish,mavzuga doir qo`shimcha ma’lumotlarni topib kelish.


    Mavzu: O`simliklarning hayotiy shakllari.

Darsning maqsadi: Daraxtlar, butalar, yarimbutalar, ko`p yillik o`tlar, ikki yillik o`tlar, bir yillik o`tlar haqida, ularning yashash sharoiti va xususiyatlarini o`rganish.

Darsning borishi:

Daraxtlar –tanasi yog`ochlashgan , asosan, bitta yo`g`on tanali,  baquvvat ildizi va keng shox-shabbali, baland bo`yli ko`p yillik o`tlardir. M:olma, shaftoli,yong`oq, qarag`ay, terak, shamshod kabilar. Afrikada o`sadigan baobab daraxti 4000-5000 yil, archa, sarv-1000 yil, soxta kshtan 2000 yil, chinor 800 yil va boshqa muddat umr kechiradi.

Butalar –poyasi yog`ochlagan, bo`yi 2-3m dan oshmaydigan bitta yoki bir nechta poya hosil qiladigan sershox ko`p yillik o`simlik. Bularga, ayniqsa, tog`lar yonbag`rida keng tarqalgan irg`ay, singirtak, na’matak, zirk, bodomcha,  uchqat, madaniy o`simliklardan anor, limon, qoraqat, ligustrum, nastarin kabi o`simliklarni misol qilib keltirish mumkin.

Yarimbutalarga izen, keyreuk, teresken, sarsazan va shuvoq kabilar shular jumlasidandir.

Ko`p yillik o`tlarga beda, ajriq, g`umay, sachratqi, piskom piyozi, kiyiko`t, sallagul, qoqio`t, shirinmeva, iloq, lola, qamish, andiz, yalpiz, kovrak, gulsafsar singari o`simliklar kiradi.

Ikki yillik o`tlar – bularga lavlagi, sabzi, sholg`om, sigirquyruq va boshqalar kiradi.

Bir yillik o`tlarga g`o`za , bug`doy, arpa, zig`ir, yeryong`oq, mosh, no`xat, sholi, pomidor, qalampir, qovun, tarvuz, rayhon va boshqalar kiradi.

 Shunday qilib, gulli o`simliklar hayotiy shakllariga ko`ra daraxt, buta, yarimbuta, ko`p yillik, ikki va bir yillik o`tlardan tashkil topgan.

Uyga vazifa berish:Mavzuni o`rganib kelish.Biologiya faniga oid qiziqarli ma’lumotlar topib kelish.


Mavzu: Kuzda o`simliklar hayotida ro`y beradigan o`zgarishlar

Darsning maqsadi: Kuz faslida o`simliklarda bo`ladigan o`zgarishlar haqida o`rganish

Darsning borishi:

Kuz ko`p o`simliklar hosili pishib yetiladigan fasl. Olimlarning hisobiga ko`ra, kuzgi kun bilan tunning tengligi sentabr oyining 23-kuniga to`g’ri keladi. Kuz kelishi bilan kunlar asta-sekin soviy boshlaydi.

Kuz kelganini hamma o`simliklarga qarab ham bilib bo`lmaydi, chunki ba’zi gulli o`simliklar kuz oylarida ham gullayveradi. Masalan: yovvoyi o`simliklardan zubturum, qoqio`t, sachratqi, qo`ypechak; madaniy o`simliklardan atirgul, xrizantema, kartoshkagul va boshqalar havo harorati iliq kelgan kuz oylarida ham gullashda davom etadi.

Kuzda o`simliklarda sodir bo`ladigan muhim biologik o`zgarishlardan biri xazonrezgilikdir. Ba’zi o`simliklarda xazonrezgilik sovuq tushmasdan oldin boshlanadi. Ayrim daraxt va butalarning barglari kuz kelishi bilan , ayrimlarniki esa birinchi sovuqdan keyin to`kila boshlaydi. Masalan, jiyda, zarang, bodom, terak, ataksiya, tikan daraxt va aylantning barglari ancha barvaqt to`kiladi.

Kuz kelishi bilan kunlar qisqarib, quyoshdan yerga keladigan yorug`lik va harorat kamayadi. Yorug`lik va harorat yetishmasligi tufayli hujayrada jiddiy fiziologik jarayonlar sodir bo`ladi. Natijada barglarga yashil rang beruvchi xloroplastlar yemirilib, xromoplaslarga aylanadi, hujayralarda esa rang beruvchi moddalar to`planib, yashil barglar asta-sekin sarg`ish, sarg`ish-qizg`ish, qo`ng`ir-qizg`ish ranglarga kiradi. Kuzda juda ko`p yovvoyi va madaniy o`simliklarning mevasi pishib yetiladi. Lekin bular orasida ituzumga o`xshab mevasining asosiy qismi pishib , uchki qismidagi gullar ochilib turadigan o`simliklar ham ko`p uchraydi.

Kuz kelishi bilan kunlar qisqarib, quyoshdan keladigan yorug`lik va harorat kamayadi. Yorug`lik  va harort kamayishi billan hujayralarda jiddiy fiziologik jarayonlar sodir bo`ladi.Natijada barglarda yashil rang beruvchi xloroplastlar yemirilib , xromoplastlarga aylanadi, hujayralarda esa rang beruvchi moddalar to`planib , yashil bargalar asta-sekin sarg`ish .

Uyga vazifa berish: Mavzuni o`rganib kelish.Biologiya faniga oid qiziqarli ma’lumotlar topib kelish


Mavzu: Hujayra va uning organoidlari. To`qima va uning xillari.

Darsning maqsadi: hujayra , uning tuzulishi .To`qima va ularning xillari, ularning vazifalarini o`rganish.

Darsning borishi:

Tabiatdagi tirik  mavjudodlarga xos eng muhim umumiy belgilardan biri ularning hujayralardan tuzilganligidir.

Hujayraning tuzilishini o`rganadigan va u haqida to`liq ta’limot beradigan fan sitologiya (yunoncha ’’ sitos’’ – hujayra, logos- ta’limot ) deyiladi.

Hujayra qobig`I tiniq va mustahkam bo`ladi.  Kletchatka unga mustahkamlik beradi. Hujayra qobig`i uning ichidagi tirik qismni tashqi tomondan o`rab turadi.

Sitloplazma- hujayraning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. U rangsiz, tiniq, suyuq yoki shilmshiq holda  bo`lib, doimo harakatlanib turadigan elastik modda.

Mag`iz- hujayraning deyarli o`rtasida joylashgan eng muhim tarkibiy qismdir. U hujayralar bo`linishida katta rol o`ynaydi.

Plastidalar –hujayraning asosiy tirik qismlaridan biri. Zamburug`lar, baktiyeralar, shilimshiqlar hamda ko`k-yashil suvo`tlarda plastidalar bo`lmaydi. Plastidalar uch xil bo`ladi: leykoplastlar, xromoplastlar, xloroplastlar.  Keyingi 2 plastida o`simliklarga (barg , poya, gul, mevaga)rang beradi.

Vakuol-sitoplazmaichidagi shira bilan to`lgan bo`shliq. U turli shaklda bo`ladi.Hujayra shirasi tarkibida 70-95% suv va unda erigan ko`pgina mineral va oqsil , moy, shaker kabi organik moddalar bo`ladi. Bu shira tarkibiga ko`ra mevalarning ta’mi shirin, nordon, achchiq bo`ladi.

Kelib chiqishi shakli o`xshash, muayyan vazifani bajaruvchi hujayralar to`plami to`qima deyiladi.o`simliklarda hosil qiluvchi, qoplovchi, asosiy, ajratuvchi, jamg`aruvchi, o`tkazuvchi to`qimalar mavjud.

Uyga vazifa berish: Mavzuni o`rganib kelish. Biologiya faniga oid qiziqarli ma’lumotlar topib kelish.



Mavzu: O`rganilgan bilimlar bo`yicha testlar yechish va ularning tahlili

Darsning maqsadi:O`rganilgan bilimlarni nazorat qilish va korreksiya qilish.

Darsning borishi. Test savollari.

1.Botanika so`zining ma’nosi nima?   A)o`t, ko`kat  B)yer shari   C) tabiatni o`rganish  D)Ava B

2.Mevasi o`n yillar davomida pishib yetiladigan , o`g`irligi 10 kg gacha yetadigan yong`oqlar qayerda o`sadi?   A)Kanar orollari  B) Seyshel oroli  C)O`rta  Osiyo   D)Kanada

3.Yovvoyi yem-xashak o`simliklarini belgilang.

A)silen , iloq, keyreuk   B)beda , g`umoy  ,ajriq  C)tugmachagul, sho`ra  , sallagul  D) A,B, C

4.O`zbekiston  “Qizil kitobi”ga kiritilgan o`simliklarni belgilang.

A)ituzum, salamalaykum , yalpiz  B)gultojixo`roz, xrizantema , shivit  C)lola, shirach , sallagul  D)A,C

5.O`rta Osiyoda gulli o`simliklarning qancha turi uchraydi?

A)1000  B)2000   C)3000  D)4000

6.O` zbekistonda gulli o`simliklarning qancha turi uchraydi?

A)10000  B)8000   C)6000  D)4000

7.Gulli o`simliklarning organlarini sanab bering. A)gul,urug`, meva  B)ildiz, ildizmeva , tugunak

C)poya, novda, barg, kurtak  D)ildiz, poya, barg, gul, meva

8.Baquvvat ildizli, bitta yo`g`on poyali, keng shox-shabbali ko`p yillik o`simliklar o`simliklarning qaysi hayotiy shaklidir.  A)daraxt  B)buta  C)ko`pyillik o`t  D)bir yillik o`t

9.Madaniy butalarni belgilang. 1.na’matak  2.irg`ay  3.do`lana  4.anor  5.qorAqat  6.malina  7.maymunjon

A)1,2,3,  B)4, 5, 6   C)1, 3, 5, 7    D)2, 4, 6, 8

10.O`zbekistonda o`suvchi eng uzun daraxt. A)majnuntol  B)chinor  C)mirzaterak  D) na’matak

11.Ikki yillik o`tlarni belgilang.  1.sholg`om, 2.o`sma  3.olma  4.pomidor  5.turp  6.jag`-jag`  7.rediska

A) 1, 3, 5, 7 B)1,2,3,4  C)2,4,6, 7   D)1, 2, 5, 7

12.Qishda o`simlikning yer ustki qismi qurib qoladigan,yerosti qismi o`sishda davom  etadigan o`simliklarni belgilang.

A)Sholg`om, rediska  B)jiyda, yulg`un  C)yalpiz, g`umoy  D)pomidor bodiring

13.Daraxtlarni belgilang . 1.olma  2. Anor  3.chinor  4.na’matak  5.terak  6.izen  7.tol  8.ligistrum

A)1, 3, 5, 7   B)2, 4, 6, 8    C)1, 2, 3, 4     D)5, 6, 7, 8

14.Yarim butalarni belgilang. 1.olma  2. Anor  3.chinor  4.na’matak  5.izen  6.keyreuk  7.sarsazan

A)1, 3, 5,    B)2, 4, 6,     C)1, 2, 3, 4     D)5, 6, 7,

15.pomidor, bodiring, kartoshka, qovoq kabi o`simliklar qanday hayotiy shaklga misol bo`ladi?

A)daraxt  B) buta  C)ikki yillik o`t   D)bir yillik o`t

16.Shativli lupa biyumlarni necha martagacha kattalashtirib ko`rsatadi? A)3-5  B)10-25 C)1000  D)100000

17.Qishda qor tagida ham o`sishda davom etadigan o`simliklarni belgilang.  1.sho`ra  2.pomidor

3.bug`doy  4.ituzum  5.piyoz  .6.g`o`za  A)1.2  B)3,4  C)5,6  D)2,5

18.Kattalashtirib ko`rsatuvchi asboblarni belgilang.

A) teleskop, mikroskop B)lupa,mikroskop C)shtativli lupa, qo`l lupa   D)B va C

19.Kech kuzda ham ochilib turadigan madaniy o`simliklarni belgilang.

A)Xrizantema , atirgul  B)boychechak, binafsha  C)lola.yorongul   D)barchasi.

Yashil rangdagi plastida. A xromoplast) B) xloroplast   C)leykoplast  D) barchasi

Uyga vazifa berish: Mavzuni o`rganib kelish.Biologiya faniga oid qiziqarli ma’lumotlar topib kelish


Mavzu: Hujayrada boradigan hayotiy jarayonlar. Nafas olishi

Darsning maqsadi: hujayraning hayotiy faoliyati, hujayraning o`sishi va bo`linishi haqidagi bilimlarni o`rganish.

Darsning borishi: tirik hujayralar ichidagi harakatni kuzatish uchun elodiya suvo`tidan tayyorlangan preparatda ko`rish mumkin. Uning hujayralarida sitoplazmaning uzluksiz harakati aniq ko`rinadi.Hujayralar qobig`ida teshikchalar bo`lib , sitoplazmaning harakati davomida bir hujayradagi oziq moddalar va kislorod ikkinchi hujayraga shu teshikchalar orqali o`tadi.o`simliklarning har bir hujayrasi yashash uchun nafas oladi va oziqlanadi.bu jarayon hujayralarda quyosh nuri ta’sirida , suv va unda erigan turli moddalar hamda kislorod bo`lgan holdagina amalga oshadi. Hujayralarning o`ziga xos muhim xususiyatlaridan biri ularning o`sishi va bo`linishidir.Yosh hujayralar ancha kichik bo`lib, o`sgan sari kattalasha boradi. Shuni aytish kerakki, har bir hujayra  ma’lum o`lchamgacha o`sadi. Hujayralarning qobig`i yoshiga qarab qalinlashadi.Qari hujayralarda vakuol sitoplazmaga qaraganda ko`proq joy egallaydi.  Vaqt o`tishi bilan qari hujayralarda sitoplazma va mag`iz butunlay yo`qolib , ularning o`rnini suv yoki havo egallaydi. Natijada ular nobud buladi. Hujayralar bo`linish yo`li bilan ko`payadi. Shuni ham aytish kerakki, hamma hujayralar ham bo`linavermaydi. Faqat o`sish nuqtasidagi hujayralar bo`linadi. Hujayralar bo`linishida mag`iz katta rol o`ynaydi. Hujayra asosan uch xil yo`l bilan bo`linadi: amitoz, mitoz, va meyoz yo`llari bilan. Bo`linadigan hujayralarda dastlab mag`iz kattalashadi, so`ngra ikkiga bo`linadi va ular maxsus parda bilan qoplanadi. Bu davrda sitoplazmada ham to`siq paydo bo`ladi, ona hujayrani ikkita yosh hujayraga ajratadi.hujayra bo`linishi bilan undagi plastidalar ham teng ikkiga ajralib, yosh hujayralarga o`tadi. Hosil bo`lgan yosh hujayralar o`zidagi oziq moddalar hisobiga o`sishda davom etadi.Ular ona hujayra o`lchamiga yetgach, yana yosh hujayralarga bo`linadi.

Uyga vazifa berish: Mavzuni o`rganib kelish.Biologiya faniga oid qiziqarli ma’lumotlar topib kelish.


Mavzu: Ildiz turlari va tizimlari.Ildizmevalar.

Darsning maqsadi:Ildiz, uning tuzulishi, turlari va tizimlarini o`rganish.

Darsning borishi: Ildiz o`simlikning poya yoki tanasini yer bilan birlashtirib, tuproqdagi suv va unda erigan oziq moddalarni shimib oladigan va ularni o`simlikning yer usti qismiga yetkazib beradigan organi. Uning muhim xususiyati u barg hosil qilmaydi. Ildizlar odatda asosiy, yon va qo`shimcha ildizlarga bo`linadi. Murtakdagi boshlang`ich ildizning o`sishidan asosiy ildiz hosil bo`ladi. Asosiy ildiz shoxlanib yon ildizlar hosil qiladi. Bir tup o`simlikdagi asosiy, yon va qo`shimcha ildizlar yig`indisi ildiz tizimi(sistemasi) deyiladi. Ildiz tizimi tuzulishiga ko`ra o` q ildiz, va popuk ildizga bo`linadi.

Murtakdagi boshlang`ich ildiz rivojlanishi jarayonida o`sishda davom etsa, undan o`q ildiz tizimi hosil bo`ladi. Bunday moslashish ko`pchilik ikki urug`pallali o`simliklarga xos.

O`q ildiz tizimi uzun va yo`g`onroq bo`lib, undan yon ildizlar o`sib chiqadi. Bu ildiz tizimi ikki urug`pallali o`simliklarga xos bo`lib, uni do`lana, na’matak, saksovul va madaniy o`simliklar misolida ko`rish mumkin.

Popuk ildiz tizimi bir-biriga o`xshash bo`lgan bir to`da mayda ildizlardan tashkil topadi. Uning asosiy ildizi yaxshi rivojlanmaydi.Bunday ildizlar asosan bir urug`pallalilarda uchraydi.

Poyaning yerga yaqin qismidan yoki yerga tegib turgan joyidan o`sib chiqadigan ildizlar qo`shimcha ildizlarlarni hosil qiladi. Bularga makkajo`xori, kartoshka, ajriq, qulupnay kabi o`simliklarning ildizi misol bo`ladi.Ildizlar bajaradigan vazifasiga ko`ra turlicha shakllarda bo`ladi. Bunday ildizlar shakli o`zgargan , ya’ni metamorfozlashgan ildizlar deyiladi. Bularga qizil lavlagi, sabzi, rediska, turp, sholg`om va boshqalar misol bo`la oladi. Ular ovqatga ishlatilgani uchun ildizmevalar deyiladi.

Uyga vazifa berish: Mavzuni o`rganib kelish.Biologiya faniga oid qiziqarli ma’lumotlar topib kelish.




Mavzu: Kurtak.poya.novda.Poyaning eniga va bo`yiga o`sishi

Darsning maqsadi:Poya va uning tuzilishi,kurtak va uning xillari, novdalarning tuzilishi va  xillarini o`rganish

Darsning borishi:Poya – o`simlikning barcha yerusti organlarini o`zaro bog`lab, ularni ildiz bil`n bog`lab turadigan markaziy tayanch organi.daraxt poyasi odatda tana, barcha o`tlarniki esa poya deb ataladi.Novda- daraxt buta va yarimbutalarning o`zida kurtak va barg hosil qiladigan bir yillik soxi.novdalarda barg birikan joy bo`g`im, ikkita barg oralig`idagi qismi bo`g`im or`lig`I deyiladi. Barglar qo`ltig`ida bittadan yoki bir nechtadan bo`lib kurtak joylashadi.Kurtak bu boshlng`ich novda. Vegetativ kurtak o`simliklarning boshlang`ich bargli novdasi.generativ kurtak esa gulli yki to`pgulidir.Kurtaklar mayda, yirik va turli shaklda bo`ladi.Terak, chinor, soxta akatsiya, nastarin kabilarning kurtagi yirik, tut, tol, qayrag`och, o`rik, olma kabilarning kurtagi mayda bo`ladi.Novdaning uchida joylashgan kurtaklar uchki kurtak, yonida joylashgan kurtaklar yon kurtaklar deyiladi.Terakning kurtaklaritashqi tomondan pishiq qobiq (tangacha barg) bilan qoplangan.Kurtaklar uzunasiga kesib qaralsa, qobig`I ostida joylashgan boshlang`ich poyani va zich bo`lib joylashgan boshlang`ich barglarni korish mumkin.Olimlarning ta’kidlashicha kurtaklar qishki tinim davrini o`tsa yaxshi o`sadi.Poya uning uchida joylashgan uchki kurtakdagi hujayralarning bo`linishi hisobiga o`sadi va uzayadi.Poyaning uchki qismidagi hujayralar oziq moddalarga qancha boy bo`lsa, ular shuncha tez o`sadi.Shuning uchun ham bahorda quyosh nuri ta’sirida havo isishi bilan birga o`simliklar tez o`sa boshlaydi. Bahor kelib , shira harakati boshlanishi bilan oziq moddalar barcha organlar qatori kambiyga ham yetib keladi.Kambiy hujayralari bo`lina boshlaydi.har bir hujayra uzunasiga ikkiga bo`linadi.Yosh hujayralar o`sib yetilgach, ularning har biri yan a ikkiga bo`linadi.Bo`linish shu tariqa davom etadi. Bo`linish shu tariqa davom etadadi va poya eniga yo`g`onlashadi.

Uyga vazifa berish: Mavzuni o`rganib kelish.Biologiya faniga oid qiziqarli ma’lumotlar topib kelish.




Mavzu: Poyada oziq moddalarning harakatlanishi.Poyaning ichki tuzulishi.

Darsning maqsadi:Poyada oziq moddalar, mineral moddalar va organic moddalarning harakatlanishini , poyaning ichki tuzulishini o`rganish.

Darsning borishi:Barcha tirik mavjudotlar singari, o`simliklar ham ozuq moddalar bilan tirik.Tarkibida mineral tuzlar bo`lgan suv yog`ochlik orqali ildizdan barglar tomon harakatlanadi.Oziq moddalar lubdagi elaksimon naylar bo`ylab harakatlanadi.Shakar suvda oson erib , lubning elaksimon naychalari orqali o`simlikning turli qismlariga to`planadi.Shakar ayrim o`simliklarning , masalan, sabzi va lavlagining ildizmevasida, boshqalarning esa mevasi va urug`ida to`planadi.Kartoshka tugunagida esa kraxmalga aylanadi.

Poyaning yuzasi bir qavat hujayralardan tashkil topgan epiderma bilan qoplanadi.Epiderma ostida ko`p qavatli tirik hujayralardan hosil bo`lgan po`st parenxemasi(asosiy to`qima) joylashgan.

Po`st ostidagi qavat-lub-(floema), undan ichkarida kambiy, kambiydan keyin esa yog`ochlik(kselima), uning o`rtasida o`zak joylashgan.

Tanada va eski shoxlarda po`stloq qavati qalin bo`ladi.Qalin po`stloq ichkaridagi tirik hujayralarni qishki sovuqdan, yozgi issiqdan va turli zararli kasalliklar ta’siridan himoya qiladi.

Lub tolalari kanop va zig`ir poyasida yaxshi rivojlangan bo`lib, ulardan ip tayyorlanadi, arqon, qop, gazlama to`qishda foydalaniladi.lub tolalari orasida teshikli to`siqlar bilan bo`lingan cho`ziq, ingichka naychalar bo`ladi.Ular elaksimon naychalar deyiladi.Yog`ochlik qavati shakli, o`lchami har xil bo`lgan hujayralardan tashkil topgan. Yog`ochlikda uzun naylar bo`lib, ular orqali suv va unda erigan tuzlar ildizdan o`simlikning barcha organlariga tarqaladi.Novdadan ajratib olingan po`stloqning ichki silliq, nam va yopishqoq qismida hujayra shirasi (sitoplazma) bo`ladi.po`stloq va yog`ochlik orasida yosh, nozik hujayralar kambiy qavatini hosil qiladi.

Uyga vazifa berish: Mavzuni o`rganib kelish.Biologiya faniga oid qiziqarli ma’lumotlar topib kelish.



Mavzu: Shakli o`zgargan yer osti poyalar.Tugunak.Ildizpoya. Piyozbosh

Darsning maqsadi:Shakli o`zgargan yerosti novdalari, tugunak, ildizpoya, piyozbosh va ularning tuzulishini o`rganish.

Darsning borishi: Shakli o`zgargan yerosti novdalar muhim biologic ahamiyatga ega.Shakli o`zgargan yerosti novdalar yer ostida shakllanadi.va ularda novdalardagi singari kurtaklar hosil bo`ladi. Bunday novdalarga piyozbosh, tugunak va ildizpoyalar kiradi.Shakli o`zgargan yerosti novdali o`simliklarga bosh piyoz, sarimsoq piyoz, anzur piyoz, lola, va boychechak kabilar kiradi.Tuproq orasida piyoz hosil qiladigan o`simliklar piyozboshli o`simliklar deyiladi.O`rta Osiyoda, xususan O`zbekistonda tog`li rayonlarida yovvoyi piyozning juda ko`p turi o`sadi.Ulardan ayrimlari O`zbekiston Respublikasining “Qizil kitobi”ga kiritilgan.Tugunak o`simliklarga kartoshka, shoyigul, batat kabilar kiradi.ildizpoyali o`simliklarga esa g`umoy, ajiriq, qamish, yalpiz, gulsafsar, shirinmiyaga o`xshash o`simliklar kiradi.Agar kartoshka tugunagi kesib ko`rilsa, uning ichki tuzulishi poyanikidan farq qilmasligini ko`rish mumkin.bahorda kartoshka tugunagi yerga ekilganda ulardagi kraxmal qaytadan shakarga aylanadi.Ularning kurtaklari ana shu shakar eritmasi bilan oziqlanadi va o`sadi.

Ildizpoyalarda qo`shimcha ildiz, shakli o`zgargan barg va kurtaklar bo`ladi.Bu kurtaklardan qulay sharoitda yangi yerusti poya o`sib chiqadi.Ildizpoyali o`simliklardan g`umoy ko`p yillik yo`g`on ildizpoyali o`t. Poyasi 50-150 sm balandlikda.Barglari qalami nashtarsimon. Ildizpoyasi va urug`idan ko`payadi.Ildizpoya o`simliklarning vegetativ ko`payishi uchun xizmat qiladi.Ildizpoyalarda ham ko`p miqdorda oziq moddalar top`lanadi.Shuni ham aytish kerakki, ildizpoyada novdaga xos qo`shimcha ildizlar,shakli o`zgargan barg va kurtaklar bo`ladi.

Shunday qilib, tuganak, ildizpoya va piyozbosh yerosti novdalarining shaklining o`zgarishidan hosil bo`ladi.

Uyga vazifa berish: Mavzuni o`rganib kelish.Biologiya faniga oid qiziqarli ma’lumotlar topib kelish.



Mavzu: Barglarning ichki va tashqi tuzulishi

Darsning maqsadi: Barglarnig tashqi va ichki tuzulishini o`rganish

Darsning borishi:Barg- novdaning bir qismi bo`lib,o`simliklardagi muhim hayotiy jarayonlar (fotosintez) asosida organic moddalar hosil qiluvchi, suvni bug`latuvchi va nafas oluvchi asosiy vegetativ organi.barg asosan ikki qismdan: barg yaprog`i va barg bandidan tashkil topgan.Ayrim o`simliklar barg bandining pastki qismida  yon bargchalar ham bo`ladi. Ba’zi o`simliklarning bargi bandsiz bo`ladi.Bandsiz barglar poyada yaprog`ining pastki qismi(ostki) bilan birikadi.Bandsiz barglarga lola, shirach, makkajo`xori, arpa, sholi kabilar kiradi.Bandli barglar tabiatda ko`p tarqalgan.Masalan:olma, o`rik, nok, terak, yong`oq, anjir, tok, bodring, qovun kabi mevali va poliz ekinlari, manzarali o`simliklarning bargi kiradi. Barglar ham, o`simlikning barcha organlari kabi hujayralardan tuzilgan. Barglarning qanday hujayra va to`qimalardan tuzilganligini faqat mikroskopda ko`rish mumkin. Barg po`stining ustki va orqa tomoni po`st bilan qoplangan.Uning hujayralari bir-biriga zich joylashgan Barg po`stining deyarli barcha hujayralari shaffof bo`lib, ular orqali yorug`lik barg ichiga o`tadi. Barg po`stida yana loviyasimon juft hujayralar bo`lib,ularda yashil tusdagi plastidalar ham bo`ladi.Ular barg og`izchalari deyiladi. Bargning po`sti oralig`ida barg eti hujayralari joylashgan.Ular qobiq, sitoplazma, mag`iz, xlorofill donachalaridan  tashkil topgan.barg eti hujayralari bir necha qavat bo`lib joylashadi.ustki po`st tagidagi qavat ustunchalarga o`xshash cho`ziq hujayralardan tashkil topgan. Uning tagida ovalsimon va yumoloq shakldagi hujayralar joylashgan.Barglarni ko`ndalang kesmasida tomirlarni ko`rish mumkin.  Ular ichida qalin devorli o`lik hujayralardan tashkil topgan naychalar joylashgan. Shuningdek tomirlarda naychalardan tashqari , cho`ziq bir-biri bilan zanjir shaklida ulangan hujayralar ham bor.Bu hujayralar to`rga o`xshab , bir-biri bilan ko`p sonli teshikchalar orqali tutashgan elaksimon naychalarni hosil qiladi. Bargdagi tomirlarda suv va unda erigan oziq moddalar harakatlanadi.

Uyga vazifa berish: Mavzuni o`rganib kelish.Biologiya faniga oid qiziqarli ma’lumotlar topib kelish.

       Mavzu: Novdada barglarning joylashuvi.Oddiy va murakkab barglar

Darsning maqsadi:Novdada barglarning ketma-ket, qarama-qarshi xalqa hosil qilib joylashishini, barglarning xillarini o`rganish.

Darsning borishi:O`simliklar bargi novdada ma’lum tartibda joylashadi.Ular asosan, navbat bilan, qarama-qarshi, va xalqa hosil qilib joylashadi.Barglari novdada navbat bilan joylashadigan o`simliklarga g`o`za,tok, pomidorm olma, o`rik, terak, tut, atirgul, oqqurqay, do`lana kabilar kiradi.

Poya yoki novdada har bir bo`g`imning ikki tomonida barglar bir-biriga qarama-qarshi joylashsa , bunday barglar qarama-qarshi joylashgan barglar deyiladi.Bularga rayhon, yalpiz, chinnigul, kiyiko`t, mavrak, gazanda, kampirchopon kabilar kiradi.Novdaning har bir bo`g`imida bir nechtada barg chiqib halqa hosil qilsa, bunga halqasimon joylashish deyiladi.Sambitgul, qirqbo`g`im. Qumrio`t kabilar kiradi.

O`simliklarning barglari tuzulishiga ko`ra oddiy va murakkab barglarga bo`linadi.barg bandida bitta barg joylashsa oddiy barg deyiladi.Bularga olma, nok, o`rik, shaftoli, tut, tok, g`o`za , terak, ravoch, yantoq kabilarning bargi kiradi.Bitta barg bandida bir necha bargchalar bandchalari bilan joylashsa , bunday barglar murakkab barg deyiladi. Bularga shirinmiya, beda, soxta kashtan, yong`oq, na’matak, qulupnay , loviya, no`xat yeryong`oq, kabilar kiradi.Barglar yaprog`inig shakliga ko`ra yumaloq, panjasimon, tuxumsimon, ovalsimon, yuraksimon, nashtarsimon, qalami, rombsimon, uchburchak va boshqa shakllarda bo`ladi. Oddiy barglar yaprog`ining tuzulishiga ko`ra patsimon, panjasimon va uch bo`lakli bo`ladi. Murakkab barglar uch bargchali panjasimon, toq vq juft patsimon bo`ladi. Uch bargchali murakkab bargga sebarga , beda, loviya, mosh, panjasimon bargchaliga esa soxta kashtan barglari kiradi.Murakkab barglar o`z navbatida yana bo`laklarga bo`linib, ikki yoki uch karra bo`lingan patsimon barglar hosil qiladi.

Uyga vazifa berish: Mavzuni o`rganib kelish.Biologiya faniga oid qiziqarli ma’lumotlar topib kelish.


Mavzu: Fotosintez. Barglarning nafas olishi va suv bug`latishi

Darsning maqsadi:O`simliklarda organic moddalarning hosil bo`lishi,barglarning nafas olishi va suv bug`latishini o`rganish.

Darsning borishi:O`simliklarning quyosh nuri ta’sirida va xlorofill donachalari ishtirokida anorganik moddalardan organic moddalar hosil bo`lishi va havoga kislorod ajralib chiqish jarayoni fotosintez deyiladi.Fotosintez – yunoncha so`zdan olingan bo`lib, “fotoz” yorug`lik, va “sintez”- qo`shish , birlashtirish degan ma’noni bildiradi. Rus olimi Temiryazyev o`zining “Quyosh, hayot va xlorofill”nomli kitobida fotosintez jarayonini asoslab bergan. O`simliklar suv va unda erigan mineral moddalarni tuproqdan ildiz tukchalari orqali so`rib olishi ma’lum. Barg hujayralarida suv bilan bir vaqtda og`izchalar orqali havodan karbonat angidrid gazi kiradi. Barg eti hujayralaridagi xlorofill donachalari ishtirokida va yorug`lik ta’sirida organic moddalar hosil bo`ladi. Bu jarayonda xlorofill donachalarida karbonat angidrid suv bilan birikadi. Natijada dastlab shakar, so`ngra kraxmal hosil bo`ladi. Xlorofill donachalari ishtirokida hosil bo`lgan organic moddalar suvda eriydi. Ular barg eti hujayralaridan tomirlarning elaksimon naylariga o`tadi ular orqali hamma organlarga –gul, urug`, meva, va ildizlarga tarqaladi.Yashil barglarda fotosintez jarayonida organic moddalar hosil bo`lishi bilan bir qatorda nafas olish jarayoni ham boradi. Bunda ular xuddi hayvonlar singari havodan kislorod yutib, karbonat angidrid gazini ajratib chiqaradi. O`simlik- bu bir butun organizm. Uning hamma tirik hujayralari nafas oladi va o`sib rivojlanadi. O`simliklar hayotidagi muhim jarayonlardan biri suv bug`latishdir.Suv bug`lanishi tufayli ildiz orqali suv va mineral tuzlarning so`rilishi tezlashadi Bu moddalar poya bo`ylab harakat qiladi.Suv bug`latish o`simlik organlarini qizib ketishdan saqlaydi. Suv barglardagi og`izchalar orqali bug`lanib chiqadi. O`simliklar turiga va qayerda o`sishiga qarab tuproqdan oladigan suvni turli darajada bug`latadi. Chunki ayrim cho`l o`simliklarining barglari juda maydalashib ketgan.(saksovulda) yoki shaklini o`zgartirib , tikanga aylangan(kaktuslarda)aylangan.

Uyga vazifa berish: Mavzuni o`rganib kelish.Biologiya faniga oid qiziqarli ma’lumotlar topib kelish.


Mavzu: O`simliklarni vegetativ yo`llar bilan ko`payishi

Darsning maqsadi:tabiiy va madaniy o`simliklarning vegetativ yo`llar bilan ko`payishini o`rganish.

Darsning borishi:Gulli o`simliklarning vegetativ organlariga ildiz, poya, barglar kiradi. Bu organlar o`simliklarning oziqlanishida katta rol o`ynaydi. Ularning yana bir xususiyati shundaki, ayrim o`simliklar shu organlari hisobiga ko`payadi. O`simliklarning ildiz, poya, tugunak , piyozbosh, novda va barglari orqali ko`payishiga vegetativ ko`payish deyiladi. Ajriq, g`umay, salomalaykum, bug`doyiq kabi o`simliklar ildizpoyasi orqali ko`payadi. Lola , gladiolus, boychechaklar piyozboshdan ko`payadi. Qoraqat, terak, na’matak, olvoli, shirinmiya, yantoq kabi o`simliklarning ildizidagi kurtaklardan yangi novdalar hosil bo`ladi. Bu novdalar ildiz bachkisi deyiladi. Madaniy o`simliklarni vegetativ yo`llar bilan ko`paytirishga odamlar qadim zamonlardan qiziqib kelishgan. Juda ko`p madaniy o`simliklar tuganagi, novdalari, va barglaridan ko`paytiriladi. Masalan, anjir , anor, tok, terak, qoraqat, malina , jiyda, atirgul, hamda issiqxonalarda o`stiriladigan o`stiriladigan gullarning aksariyat qismi qalamchalaridan ko`paytiriladi.

Payvandlash deganda bir o`simlikning ma’lum qismini ikkinchi o`simlikka turli yo`llar bilan o`rnatish tushuniladi.Payvandlashning juda ko`p usullari bor.(kurtak payvand, iskana, payvand, naycha)Eng ko`p tarqalgan turi kurtak payvanddir. Payvandlash uchun kesib olinadigan kurtakli qalamcha payvanddust deyiladi.Payvand uchun o`stiriladigan urug`ko`chat payvandtag deyiladi.Payvandlash uchun kurtaklari tinim davrida bo`lgan, bir yillik , quyoshda toblangan novdalar kesib olinadi.Payvandlash uchun dastlab payvandtag po`stlog`I o`tkir pichoq bilan”T” harfi shaklida kesiladi.Kesilgan joy po`stlog`I asta-sekin keriladi.Ulanadigan kurtak biroz po`stloq va yog`ochligi bilan birga kesib olinadi va payvandtagdagi ochilgan po`stloq orasiga joylanadi.Payvand qilingan kuraklarning bitgan-bitmaganligi 6-10 kunda bilinadi.bu payvandlash asosan avgust oyida qilinadi.

Uyga vazifa berish: Mavzuni o`rganib kelish.Biologiya faniga oid qiziqarli ma’lumotlar topib kelish.


Mavzu: Gulning tuzilishi. Gullarning xilma-xilligi

Darsning maqsadi:Gulning tuzulishi.Bir va ikki jinsli, bir va ikki uyli gullar haqida bilim berish ularni,tabiiy holda ko`rib o`rganish

Darsning borishi:Gul yopiq urug`li o`simliklarning jinsiy ko`payish organi bo`lib, shakli o`zgargan novdadir. U gulo`rni, gulqo`rg`on, changchi va urug`chidan tashkil topgan. O`simlikning guli novdasiga bandi bilan birikib turadi va u gulband deyiladi. Gulbandning yuqori qismida biroz kengaygan joy- gulo`rni bor. Unda gulning hamma qismlari joylashadi.tabiatda gulbandi rivojlanmagan o`troq gullar ham uchraydi.

Gul quyidagi 4 qismdan tashkil topgan.

Gulkosacha-gulni tashqi tomondan o`rab turadigan qavat. U gulkosachabarglardan tashkil topgan. Gulkosacha yashil va boshqa ranglarda bo`ladi.

Gultoj- guldagi gulkosachadan ichkarida joylashgan gulqo`rg`on qavati.U gultojbarglar yig`indisidan tashkil topgan.Gultoj turli rangda bo`ladi.

Changchi- changdon va changchi ipidan tashkil topgan.

Urug`chi-gulning o`rtasida joylashganeng muhim qismi. U tuguncha, ustuncha, tumshuqchadan iborat.

Gullar bir jinsli yoki ikki jinsli bo`ladi. Gulda faqat urug`chi yoki changchining o`zi bo`lsa, bunday gul bir jinsli gul deyiladi. Agar gulda faqat changchi bo`lsa, changchili gul, faqat urug`chi bo`lsa urug`chili gul deyiladi.Bitta gulda ham changchi , ham urug`chi bo`lsa, bunday gul ikki jinsli gul deyiladi. Juda ko`pchilik o`simliklarning guli ikki jinsli bo`ladi.Ayrim o`simliklarning bir tupida ham changchi ham urug`chi gullar alohida joylashadi. Bunday o`simliklar bir uyli o`simliklar deyiladi. Bir turdagi o`simlikning changchili gullari boshqa tupda, urug`chili gullari alohida tupda bo`lsa bunday o`simliklar ikki uyli o`simliklar deyiladi.

Gullar to`g`ri va qiyshiq gullarga bo`linadi.agar gul ikkitadan ortiq teng bo`lakka bo`linsa, u to`g`ri gul deyiladi. Gul faqat teng ikki bo`lakka ajralsa yoki umuman ajralmasa u qiyshiq gul deyiladi.

Uyga vazifa berish: Mavzuni o`rganib kelish.Biologiya faniga oid qiziqarli ma’lumotlar topib kelish.


Mavzu: To`pgullar va ularning xillari.

Darsning maqsadi:To`pgullar va ularni xillarini o`rganish . Tabiiy holda o`suvchi o`simlik to`pgullarini bir-biridan farqlay olishni o`rganish.

Darsning borishi:Agar bitta umumiy bandda (gulpoyada) bir nechta gul joylashgan bo`lsa, unga to`pgul deyiladi. To`pgullar xilma-xil bo`ladi. Masalan, so`ta, shingil, kuchala, soyabon, ro`vak, savatcha, kallak va boshqalar. Gulning changlanishi ko`p jihatdan to`pgulga bog`liq.ular oddiy gullarga nisbatan yaxshi changlanadi. To`pgullar oddiy va murakkab bo`ladi.Oddiy to`pgulda gulpoya shoxlanmaydi, murakkab to`pgulda esa shoxlanadi. Olma, nok, gilos, olchaning to`pguli oddiy qalqonsimon bo`ladi.Zubturumning mayda gullari uzun gulpoyada bandsiz joylashadi, Bunday to`pgul oddiy boshoq deb ataladi.

Karam ,rediska, jag`-jag` va qurttananing gullari, to`pgul gulpoyada uzun bandi bilan ketma-ket birlashgan. Buni oddiy shingil deyiladi.

Sabzi, ukrop, petrushka, shashir va bodiyon shoxlangan murakkab soyabonga ega. Boshoqli o`simliklarning ko`pchiligi( bug`doy, arpa,javdar, bug`doyiq)da  ikki uchta gul birlashib, oddiy boshoqcha hosil qiladi. Bunday boshoqchalardan bir nechtasi umumiy gulpoyaga birikib , murakkab boshoq hosil qiladi. Tok sholi, qamish, nastarin, kelin supurgi, otquloq, rovoch kabi o`simliklar murakkab shingil ro`vak hosil qiladi.

Yong`oq, oqqayin, va tolning changchili top`guli –kuchalasi boshoqqa ham o`xshaydi. Lekin asosan, gulpoyasining osilib turishi bilan ulardan farq qiladi.

Kungaboqar, kartoshkagul, shuvoq, bo`tako`z, sachratqi . ermon, karrak kabi o`simliklarning guli asosan gulpoyasi ichidagi savatchada joylashgan.Savatchalarning atrofi o`rama bargchalar bilan o`ralgan.

Ulardan tashqari guli uncha ko`zga tashlanmaydigan anjir o`simligi ham bor.

Uyga vazifa berish: Mavzuni o`rganib kelish.Biologiya faniga oid qiziqarli ma’lumotlar topib kelish.

Mavzu: Gullarning changlanishi . Urug`lanish

Darsning maqsadi: Gullarning changlanishi va urug`lanishi jarayonlarining borishi, ularning o`simliklar hayotidagi ahamiyatini o`rganish.

Darsning borishi: Changdonda yetilgan changlarning urug`chi tumshuqchasiga tushushi changlanish deyiladi. Changlar asosan, hasharotlar, shamol va boshqa yo`llar bilan urug`chi tumshuqchasiga kelib tushadi.Changlanish chetdan changlanish, o`z-o`zidan changlanish, va sun’iy changlanishlarga bo`linadi.hasharotlar yordamida changlanuvchi o`simliklarga olma, o`rik, nok, beda, oqquray, g`o`za kabilar kiradi. Shamol yordamida changlanuvchi o`simliklarning guli ko`rimsiz, mayda va hidsiz bo`ladi.Bularga, bug`doy, arpa, sholi, suli, tol, terak, yong`oq va boshqalar kiradi. Shamol yordamida changlanadigan o`simliklar avval gullab keyin barg chiqaradi.

Changchi va urug`chidagi jinsiy hujayralarning qo`shilish jarayoni urug`lanish deyiladi. Chang o`simliklarning turiga qarab har xil shaklda va kattalikda bo`ladi.Har bir chang donachasi yirik(vegetativ), mayda (generativ) hujayralardan tuzilgan bo`ladi. Tumshuqchada ushlanib qolgan chang asta-sekin o`sa boshlaydi. Uning vegetativ hujayrasi o`sib, uzun va ingichka naycha hosil qiladi. Ikkinchisi bo`linib, ikkita sperma hosil qiladi. Chang naychasi tez o`sib urug`chi tugunchasiga boradi. Hosil bo`lgan ikkita sperma chang naychasi orqali borib urug`kurtak ichiga kiradi. Shu vaqtda urug`kurtakda tuxum hujayra va markaziy hujayra yetilgan bo`ladi. Spermalardan biri tuxum hujayra bilan , ikkinchisi markaziy hujayra bilan qo`shiladi.Bu jarayon gulli o`simliklarda qo`sh urug`lanish deb ataladi.

Urug`langan hujayralar ko`p marta bo`lina boshlaydi. Urug`langan tuxum hujayradan murtak, urug`langan markaziy hujayradan esa endosperm rivojlanadi. Agar tugunchada faqat bitta urug`kurtak bo`lsa, u urug`langandan keyin bitta urug`li meva hosil bo`ladi.Ko`p urug`kurtak bo`lsa , kop` urug`li meva hosil bo`ladi.

Uyga vazifa berish: Mavzuni o`rganib kelish.Biologiya faniga oid qiziqarli ma’lumotlar topib kelish.


Mavzu: O`rganilgan bilimlar asosida test o`tkazish va uni tahlil qilish

Darsning maqsadi; To`garak faoliyati davomida o`rganilgan bilimlarni takrorlash, tekshirish va korreksiya qilish.

Darsning borishi:Testlar.

1.O`simliklar yaxshi o`sishi va ko`p hosil berishi uchun nima qilish kerak?

A)kuzda yerga ishlov berish  B)tuproqqa o`g`it solish

 C)o`simlikning tagini yumshatib turish  D)barchasi

2.O`g`itlar necha xil bo`ladi.A)2 xil:organic va mineral  B)3 xil :azotli,kaliyli, fosfarli

C) 2 xil:go`ng va selitra D) A va B

3.Qaysi mineral o`g`it o`simlikning hosilini ko`payishiga va tez yetilishiga yordam beradi?

A)azotli  B)fosforli C)kaliyli  D)selitra

Ildizmevalarni belgilang. A)kartoshka , sabzi, sholg`om

B)piyoz, rediska , karam   C)makkajo`xori, turp , sholg`om   D)turp, rediska, sabzi

5.Idizmevalarning ko`pchiligi qanday hayotiy shaklga kiradi?

A)bir yillik o`t  B)ikki yillik o`t  C)buta  D)daraxt

6.O`simliklarning bir yillik shoxchasi qanday ataladi?

A) kurtak B)novda C)gul D)barchasi

7.Qaysi o`simliklarning kurtagi yirik bo`ladi? A)tol,terak  B)chinor, tut

 C)atirgul,rayxo n   D)barchasi

8.Novdada kurtaklar joylashgan joy nima deb ataladi?  A)bo`gim   B)bo`g`im or`lig`I

C)shoxcha  D)novda

9.Poyada nima joylashmaydi?

A)ildiz   B)barg  C)novda  D)gul

10.Ilashuvchi poyali o`simlik.  A)tok  B)tol  C)terak  D) qulupnoy

11.Eng uzun poyali o`simlikni belgilang.A)terak  B)evkalipt  C)sekvoyadendron

D)Rotang palmasi

12.Qaysi o`simlikning poyasi o`rmalab o`suvchi? A)tok  B)tol  C)terak  D) qulupnoy

Ildizdagi hujayralar qaerdagi xavo xisobidan nafas oladi?

A) tuproqdagi.B) suvdagi.S) hujayralar orasiga havo bilan to‘la oraliq bo‘lib, ildizdagi hujayralar ana shu havo bilan nafas oladi. D) atmosferadan .

Poyasi suv tagida,guli suv yuzida ochiladigan o‘simlik?

A) G‘umay.B) Suv sumbuli.S) Viktoriya regiya.D) Nilufar.

Mevasining asosiy qismi pishib, uchki qismidagi gullari ochilib turadigan

o‘simlik nomi qaysi qatorda berilgan? A) ituzum.B) gumay S) sholi.D) bug’doy

16.Poya nima hisobiga eniga o`sadI?A)uchki kurtak  B)kAmbiy  C)naylar  D) A,B,C

17.Saksovul o`simligining yillik xalqalari soniga qarab  nimani aniqlash mumkin?

A)yoshini  B)bahorning issiq yoki sovuq kelganini C)shimol tomonni D)yillk yog`in sonini

18.Shakli o`zgargan yerosti novdalariga nima kiradi? 1.piyoz  2.kartoshka  3.ajiriq  4.g`umoy  5,lavlagi  6.turp  7.sabzi     A)1,2,3  B)4,5,6   C)1,3,5,  D)5,6,7

19.Qaysi o`simliklar tugunak hosil qiladi?  A)salomalaykum, kartoshka,batat  B)piyoz,turp,shlg`om

C)ajiriq, g`umoy, makkajo`xori  D)barchasi

20.Lub tolalari qaysi o`simliklarda yaxshi rivojlangan?  A)tol,terak   B)chinor, tut  C)ajiriq, g`umoy

D)kanop, zig`ir

Uyga vazifa berish: Mavzuni o`rganib kelish.Biologiya faniga oid qiziqarli ma’lumotlar topib kelish.

Mavzu: Meva xillari.Mevalarning tabiatdagi ahamiyati

Darsning maqsadi:Mevalarning turli-tumanligi, xillari va ahamiyatini  o`rganish.

Darsning borishi:Gulli o`simliklarda urug`langandan so`ng meva hosil bo`ladi.asosan urug`chi tugunchasidan hosil bo`ladi. Mevalar asosan ikki xil bo`ladi.1.Agar u tugunchaning o`zidan hosil bo`lsa chin meva (o`rik, olcha, shaftoli, olxo`ri, gilos) deyiladi. 2.Agar mening shakllanishida tugunchadan tashqari gulning boshqa qismlari ham ishtirok etsa soxta meva deyiladi.(olma, nok, behi). Mevaning oraliq qismi seret va qalin bo`lsa, bunday mevalar ho`l meva deyiladi. Agar oraliq qismi yupqa, etsiz, quruq bo`lsa, bunday mevalar quruq meva deyiladi.meva xillari turli tuman.

Rezavor mevalar:uzum, pomidor, qoraqat, ituzum.Qovoq mevalar:qovoq, qovun, tarvuz, handalak.Danakli mevalar:o`rik, olxo`ri, gilos,olcha.

Chatnamaydigan mevalar:bug`doy, arpa, suli makkajo`xori. Chatnaydiganlar:mosh, loviya, turp, rediska, jag`-jag`.Ko`sak mevalar:g`oza, lola, bangidevona chuchmoma.dukkak meva:no`xat, loviya, mosh.qo`zoqmeva va qo`zoqcha, qanotchali, va uchma mevalar tarqalgan.

Mevalar birinchi navbatda o`simliklarning ko`payishi uchun, tarqalishi, nasl qoldirishi uchun kerak. Qadimdan mevalardan bevosita oziq-ovqat va dori darmonlar tayyorlashda foydalangan.har qanday taomni tayyorlashda ziravor o`simliklarning mevasidan foydalaniladi.Zira , alqor, kashnich, sedana va murchlar. Ularning ayrimlaridan zeb-ziynat buyumlari tayyorlashda ishlatiladi.M:tasbehmunchoq, yersovun, qalampirmunchoq.Mevalarni faqat pishganda terib olish kerak.Masalan, urug`I pishib yetilmagan zira tupi bilan o`rib olinadi. Yem –xashak o`simliklari har yili, ayni gullagan vaqtda yem-xashak uchun o`rib olinadi.O`simliklarning yer ustki qismidan ajralishi, gulining urug` bermay nobud bo`lishi tabiatda o`simliklarning kamayib ketishiga sabab bo`ladi. Tabiatda har bir tur o`simlikning urug`I pishib yerga to`kilishi va o`z-o`zidan ko`payishi kerak.

Uyga vazifa berish: Mavzuni o`rganib kelish.Biologiya faniga oid qiziqarli ma’lumotlar topib kelish.

Mavzu: Urug`. Urug`ning tarkibi.Urug`ning nafas olishi.

Darsning maqsadi:Bir va ikki urug`pallali o`simliklar urug`ining tuzulishi, tarkibi va nafas olishini o`rganish.

Darsning borishi:Urug` -o`simliklarning ko`payish organi. U murtak, uru`gpalla va endospermdan iborat. Har bir o`simlikning urug`I o`ziga xos.O`simliklar urug`pallasiga qarab bir va ikki urug`pllalilarga bo`linadi.Ikki urug`pallali o`simliklarning urug`ida ikkita urug`palla va murtak joylashgan . Murtak ildizcha , poyacha va ikkita bargchadan tashkil topgan.Ikki urug`pallali o`simliklarning urug`i yer yuziga ikkita urug`palla barg bilan chiqadi. Bir urug`pallalilarning urug`I bitta urug`palla, murtakdagi boshlang`ich ildizcha, poyacha, kurtakchadan iborat.O`simliklar turiga qarab urug`ning tarkibi har xil bo`ladi.U quruq ko`rinishiga qaramay uning tarkibida oz miqdorda bo`lsayam suv bo`ladi.hamda organic moddalar va mineral moddalar bo`ladi. Urug` tarkibidagi organic moddalar turli birikmalar shaklida bo`ladi.Bularga kraxmal, oqsil va moylar kiradi.Bug`doy , makkajo`xori va boshqa donli ekinlar urug`ida kraxmal ko`p bo`ladi.loviya, mosh, no`xatda oqsil kop` bo`ladi.Yong`oq , bodom, o`rik, shaftoli, yeryong`oq mag`izida moy ko`p bo`ladi. Urug`lar tarkibidagi moddalar urug`palla va endospermda ko`p bo`ladi.Ayrim urug`larda efir moylari (zira, rayhon, shivitda) va zaharli moddalar (mastak, achchiq bodom, kampirchoponda)saqlanadi.

Yashil o`simlikning har bir hujayrasi kabi urug` ham nafas oladi.Urug`larning nafas olishi turlicha kechadi.Bir xil urug`lar nafas olish xususiyatini bir yil saqlasa, yantoq kabi o`simliklar urug`I yuz yilgacha saqlaydi.Urug`lar nafas olgan da kislorod yutib, karbonat angidrid chiqarishi bilan birga, suv va issiqlik ajratadi. Shuning uchun saqlashga mo`ljallangan urug`lar maxsus qurulgan quruq va maxsus shamollatiladigan binolarda saqlanadi.

Uyga vazifa berish: Mavzuni o`rganib kelish.Biologiya faniga oid qiziqarli ma’lumotlar topib kelish.


Mavzu: Uru`glarning unib chiqishi.O`simta

Darsning maqsadi:Urug`ning unib chiqishi shartlari, kerak bo`ladigan sharoitlar, o`simta va uning rivojlanishini o`rganish.

Darsning borishi:Urug`lar biologic xususiyatiga ko`ra turli muddatda yetiladi va turli sharoitda unib chiqadi.Urug`ning unib chiqish xususiyati ba’zi o`simliklarda bir yil saqlansa, ba’zilarida 10-100 yil ham saqlanishi mumkin.har bir urug`ning unib chiqishi uchun ma’lum sharoit zarur.  Birinchidan, ular ma’lum muddatli tinim davrini o`tishlari zarur. Urug`lar suvni o`ziga shimib olib, bo`rta boshlaydi va katta bosim ostida o`sadi.Ana shu bosim ostida urug`lar po`stini yorib yuboradi.Suv faqat urug`larning bo`rtishi uchun emas, balki rivojlanayotgan maysalarning oziqlanishi uchun ham zarur. Chunki unda urug`dagi oziq moddalar eriydi, ya’ni kraxmal shakarga aylanadi.Urug`ning unishi uchun havo ham juda zarur.Urug`lar tekis va tez unib chiqishi uchun tuproq yumshoq va o`rtacha namlikda bo`lishi kerak.urug`lar o`lchamiga qarab turli chuqurlikda ekiladi.Masalan sabzi0,5-2 sm, shivit 1-3 sm, turp 2-3 sm, bug`doy 3-5 sm,g`o`za 6-7 sm, makkajo`xori 6-10 sm  chuqurlikda ekiladi.Urug`ning unib chiqishi uchun zarur omillardan yana biri haroratdir.Turli o`simliklar unib chiqishi uchun turli xil haroratni talab qiladi.

Nish-urug`dan endigina o`sib chiqqan kalta va nozik o`simta. Nishning o`sishi uchun oziq moddalar zarur. Bu moddalar nishga urug`pallalar va endospermadan o`tadi. Urug`da oziq moddalar qancha ko`p bo`lsa, nish shuncha yaxshi rivojlanadi. Urug`larni saralab ekishning mohiyati ham shunda. O`sish davomida nishda o`simlikning organlari shakllana boshlaydi. Uning yosh ildizchasi tuproq  ichiga kirib, yon ildizchalar o`sib chiqadi. Nish o`sib chiqib asta-sekin maysaga aylanadi. Maysalar fotosintez natijasida hosil bo`lgan moddalardan oziqlana boshlaydi.bir urug`pallali o`simliklarning urug`I o`sib chiqishi bilan endospermada to`plangan oziq moddalar sarflanib ketadi va u bo`sh xaltachaga o`xshab qoladi. Ularda pallabarg nishi bilan tuproq yuzasiga chiqmaydi,tuproq orasida qolib ketadi.

Uyga vazifa berish: Mavzuni o`rganib kelish.Biologiya faniga oid qiziqarli ma’lumotlar topib kelish.


Mavzu: O`simliklar sistematikasi.

Darsning maqsadi:O`simliklar sistematikasi haqida bilimlarga ega bo`lish.

Darsning borishi:Yer sharida o`simlik turlari shunchalik ko`pki, ulardan hozirgacha faqat 500 mingdan ortig`I fanga fanga ma’lum. O`simliklarni bir-iriga yaqinlashtiruvchi belgilarning o`xshashlik darajasiga qarab o`simliklar dunyosini ma’lum tartibga –sistema (tizim)ga solish o`simliklar sistematikasi deyiladi.O`simliklar sistematikasida quyidagi sistematik birliklar qabul qilingan: tur, turkum, oila, sinf (ajdod) , bo`lim, va o`simliklar dunyosi.

O`simliklar sistematikasida eng kichik birlik bu turdir.

Tur-hamma organlari bir-biriga o`xshash, ma’lum maydonda uchraydigan o`simliklarni o`z ichiga oladi.

Turkum- bir-biriga yaqin turlardan tashkil topgan.

Fanda o`simliklarni qo`shaloq(ikki) nom bilan nomlash-tur va turkumning nomi bilan nomlash (binar nomenklatura) qabul qilingan.Turni ikki nom bilan atashni birinchi bo`lib shved tabiatshunosi Karl Linney (1707-1778) fanga kiritgan.

Fanda har bir turning mahalliy nomlaridan tashqari yana “ilmiy” nomi ham bor.Istalgan o`simlikning ilmiy nomini maxsus kitoblardan (floradan yoki o`simliklar aniqlagichidan)topish mumkin. Bir-biriga yaqin turkumlar qo`shilib oilani, tashkil qiladi. Masalan, bodom, olma, o`rik, na’matak, do`lana kabi turkumlar qo`shilib ra’nodoshlar oilasini tashkil qiladi Ayrim belgilari bilan bir-biriga juda o`xshash va kelib chiqishi jihatidan yaqin bo`lgan oilalar birlashib sinfni tashkil qiladi. Bir urug`pallalilar va ikki urug`pallalilar sinfiga oid o`simliklarning hammasi ham gulli o`simliklar bo`lganligi uchun bu ikkala sinf qo`shilib gulli o`simliklar yoki yopiq urug`lilar bo`limini vujudga keltiradi.

Uyga vazifa berish: Mavzuni o`rganib kelish.Biologiya faniga oid qiziqarli ma’lumotlar topib kelish.



Mavzu: Bakteriyalar tuzilishi,xillari,ahamiyati

Darsning maqsadi:Bakteriyalar bo`limi, ularning tuzulishi va hayotini o`rganish.

Darsning borishi:Ko`zga ko`rinmaydigan kichik mavjudotlar mikroblar deb atalib “mikros” kichik degan ma’noni anglatadi. Mikroblarni birinchi bo`lib, 300 yil muqaddam A. Levenguk mikroskop ostida ko`rgan.Mikroblar juda xilma-xil bo`ladi. Ular orasidagi  eng katta guruh bakteriyalardir.Bakteriyalarni o`rganuvchi fan mikrobiologiya deb ataladi.Bakteriya bitta hujayradan iborat bo`lib, hujayrasi faqat yupqa qobiq, va uning ichidagi yarim suyuq sitoplazmadan iborat.Bakteriyalar hujayrasida mag`iz aniq ko`rinmaydi. Bakteriyalar hujayra shakliga qarab , asosan uch guruhga bo`linadi.1. sharsimon bakteriyalar-kokklar, 2. Tayoqchasimon bakteriyalar- spirellalar.3.Bukilgan bakteriyalar-spirillalar.Bakteriyalar asosan tayyor organic moddalar hisobig a oziqlanadi.Bakteriyalarning ko`payishi bakteriya hujayrasning qoq o`rtasidan ikkiga bo`linishi bilan sodir bo`ladi.Bakteriyalar organic moddalar bilan oziqlanadi va ularni parchalab mineral moddalarga aylantiradi.tabiatdagi bu jarayon moddalar aylanishi deb ataladi.

Chirish jarayonini vujudga keltiruvchi bakteriyalar chirituvchi bakteriyalar deyiladi.Tuproqda yashaydigan chirituvchi bakteriyalar tuproq bakteriyalari deyiladi.Azotsiz organic moddalarning bakteriyalarning yordamida parchalanishiga achish deb ataladi.Oziqlanish usuliga ko`ra achituvchi bakteriyalar saprofit hisoblanadi. Sut kislotali achish pomidor, bodring va karamlarni konservalashda , yem-xashak o`simliklaridan silos bostirishda, qatiq pishloq, suzma tayyorlashda foydalaniladi.Bundan tashqari tuproq yoki o`simliklar ildizida yashab, havodagi erkin azotni o`zlashtiradigan bakteriyalar ham bor.Ularga burchoqdoshlar ildizida yashaydigan tuganak bakteriyalarni misol qilib keltirish mumkin.

Uyga vazifa berish: Mavzuni o`rganib kelish.Biologiya faniga oid qiziqarli ma’lumotlar topib kelish.

 

 

 

Mavzu: Kasallik paydo qiluvchi bakteriyalar

Darsning maqsadi:O`simliklarda, hayvonlarda va odamlarda kasallik paydo qiliuvchi bakteriyalar va ularga qarshi kurashish usullarini o`rganish.

Darsning borishi: Ayrim bakteriyalar tirik o`simlik, hayvon va odam organizmida, ular hujayrasida yashab , oziqlanadi.Bunday bakteriyalar parazit bakteriyalar deb ataladi. Ularning faoliyati natijasida o`simlik, hayvon va odam organizmida turli kasalliklar paydo qiladi, shu bois parazit bakteriyalar kasallik paydo qiluvchi bakteriyalar deb ham yuritiladi.Parazit yoki kasallik paydo qiluvchi bakteriyalar (yoki ularning sporalari) o`simlik, hayvon, va odam organizmida havo, ovqat, suv, teridagi jarohatlar orqali kirib, tirik hujayralar hisobiga yashaydi, tez ko`payadi va uning faoliyati natijasida hosil bo`lgan zaharli moddalar qonga o`tadi.Natijada organizm zaharlanadi va kasal bo`ladi.Abu Ali Ibn sino yuqumli kasalliklarning suv va havo orqali tarqalishini bundan ming yilcha oldin aytib o`tgan edi.Kasallik paydo qiluvchi bakteriyalarga qarshi kurashishda  shahar va qishloqlarni ozoda saqlash katta ahamiyatga ega.Gledichiya, archa, yong`oq, teraklar havoga maxsus moddalar (fitonsidlar)ajratib turadi, va bu moddalarning havodagi kasallik tug`diruvchi bakteriyalarni kuchsizlantirishi olimlar tomonidan aniqlangan.

Tirik o`simliklarda yashaydigan bakteriyalar orasida g`o`za gommozi deb nomlanadigan kasall