«Bobur va Humoyun (Pirimqul Qodirov)» mavzusida ochiq dars ishlanma

Mavzu: Bobur va Humoyun (Pirimqul Qodirov)

Darsning maqsadi:

Ta`limiy maqsad: «Bobur va Humoyun»   hikoyasi bilan tanishtirish, ravon va ifodali o`qishga,  matn ustida ishlashga o`rgatish.

Tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarni ilm olishga qiziqtirish, buyuk ajdodlarimizdan o`rnak olish,madaniy ma`naviy meroslarimizni o`rganish, qadrlashni o`rgatish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.Kasblarni sevishga o`rgatish

Rivojlantiruvchi maqsad: o`quvchilarni ijodiy fikrlash qobiliyatlarini, bog`lanishli nutqini  rivojlantirish.

Darsning uslubi: savol-javob, tushuntirish, ko’rsatmalilik, muammoli vaziyatlar hosil qilish,.

Darsning jihozi: darslik, ko’rgazma, tarqatma materiallar, sahna, testlar, boshqotirmalar, rasmlar. slaydlar.

Darsning borishi.




Darsning bosqichi


Vaqti


1


Tashkiliy qism.


2 daqiqa


2


O`tgan mavzuni mustahkamlash.


14 daqiqa


3


Yangi mavzuni bayoni


18 daqiqa


4


Yangi mavzuni mustahkamlash.


8 daqiqa


5


Dars yakuni


3 daqiqa


 

        Tashkiliy davr:

Tashkiliy qism. Salomlashish.  O’quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning «Oltin qoida»larini eslatib o’tish.

Intizom. 2. Ahillik. 3. O’zaro hurmat.

Faollik. 5. Aniqlik. 6. «0’ng qo’l» qoidasi.

        Ma’naviyat daqiqasi.

Bolalar biz qanday davlatda yashaymiz?

Mustaqil O`zbеkistonda.

O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti kim?

Sh. M. Mirziyoyev.

O`zbеkiston qachon mustaqil bo`lgan?

1991 yil 31 avgustda mustaqil dеb e’lon qilingan.

Bu yil qanday yil dеb e’lon qilingan?

 Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Vatan nima?

Vatan bu biz tug`ilib o`sgan joy, makondir.

Sizning Vataningiz qayеr?

O`zbеkiston.

        Bolalar darsimiz – o`qish.

        Shiorimiz: A’lo o`qish – bizning burchimiz.

        Maqsadimiz: Vatanga loyiq farzand bo`lish.

    -O’qituvchi: Aziz bolajonlar, biz I.A.Karimovning «Yuksak maniaviyat — yengilmas kuch» asari bilan tanishib kelmoqdamiz. Biz odatda maniaviyat haqida uning ma`no-mazmunini, hayotimizdagi o`rni va ahamiyati haqida ko’p gapiramiz. Lekin negadir aksariyat hollarda ko’pchilik «Maniaviyat o’zi nima?», degan savolga aniq va lo’nda javob berishga qiynaladi.

«Ma’naviyat so`zi – arabcha  ma`no fe`lidan olingan bo`lib,  «ma`ni» va «ma’no» degan ma’noni anglatadi. Ma’naviyat insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishiga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan kuch.

Hozir sizlar bilan birgalikda  « Sirli raqamlar o`yinini»  o`ynaymiz. Buning uchun sizlarni 3 ta guruhga ajrataman va sizlarni bahor gullari bo`lmish «Boychechak», «Binafsha», «Lolaqizg`aldoq»  nomlari bilan atayman. Har bir guruhga raqamlar  aytaman. Siz bu raqamlarni  biz uchun qanday tarixiy ahamiyatga ega ekanligini aytib berasiz.

Navbatchi axboroti:

Otilgan mavzuni so`rash

Hamkorlikda hikoya qilish mashqidan foydalanish orqali so`raladi.

Buning uchun o`quvchilar  belgilangan qismgacha hikoyani  ifodali o`qib , og`zaki bayon qiladilar.

Tez top o`yini o`tkaziladi (Savollar o`tilgan mavzu yuzasidan bo`lib « Hikmat» daraxtiga ilib qo`yiladi.

1.Ota-onani hurmatlash haqida qaysi asarda  yozilgan ?                ( Qobusnomada )

«Qobusnoma» asarining muallifi kim? ( Kaykovus)

«Qobusnoma» qaysi asrda yozilgan? (11-asrda )

4.Bir kishi Rasulullohdan  — Men yaxshiligimni kimga qilsam bo`ladi ? deb 4-bor so`raganlarida  Rasululloh qanday javob qildilar?  ( otangga va boshqa yaqin bo`lgan qarindoshlaringga deb javob  qildilar.)

5.Maqolni  davom ettiring. Jannat onalar … (oyog`i ostidadir.)

6.To`maris kim? (Massagetlar malikasi va fors podshohi.)

Boshqa ota – ona qaramog`iga farzandlikka olib tarbiya qilish ( Asrandi )

Farzandning ota-ona onalari oldidagi burchlari qaysi qonunda ko`rsatilgan (O`z. Res.kons. 64-modda )

Boychechak guruhi ota-onalar haqida hikmatli so`zlar  va maqollar aytadilar.

Davomini top  o`yini     Binafsha guruhiga tarqatmalar tarqatiladi.

Ota – onang …( Davlating)

Ota –bola bir … (bog`)

 Biri — … (gul ), biri – Bog`bon

3.Bola aziz, odobi undan … (aziz)

Otalar so`zi, aqlning … ( ko`zi.)

Ota rozi, xudo rozi.

Osmondagi oftobday …..

Tarmoqlash texnologiyasi  lolaqizg`aldoq guruhiga topshiriladi.

1.Oqituvchi:  -Ekranda nimani ko`ryapsiz?

O`quvchilar: -O’zbekiston xaritaisni.

O`qituvchi: Mana shu go`zal, jannat makon o`lka O`zbekiston.

Agar jannat ko`kda  bo`lsa,ostidadir O`zbekiston.

Agar jannat yerda bo`lsa, ustidadir O`zbekiston.

 -Biz kimmiz?  O`quvchilar: -Buyuk yurt farzandlarimiz.

 -Yurtimizni buyukligi qayerda ko`rinadi? O`quvchi: -Ushbu yurtda tug`ilgan buyuk avlodlarlarimizda ko`rinadi. (Ekranda rasmlar namoyish qilinadi )

O`qituvchi: -Avlodlarimizdan kimlarni bilasiz?   -Muso al Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Amir Temur, Mirzo Ulug`bek, Zahiriddin Muhammad Bobur.

 — Suhbatimizni ana shu oxirda keltirgan siymo ,  qalam va  qilich sohibi, Yevropada «Baber», aslida «Bobur»  ya`ni                      («Yo`lbars ) nomi bilan tarixga kirgan , Amir Temur  naslining to`rtinchi avlodi, aniqroq qilib aytganda Amir Temur bobomiz o`g`li Mironshohning chevarasi bo`lmish Andijon hukmdori Umar Shayxning o`g`li shoh Zahiriddin  Muhammad Bobur haqida fikr yuritamiz.

Bobur bobosi Amir Temur kabi buyuk saltanat bunyod etdi. Bobur tufayli Hindistonda 300 yil hukmronlik qilgan sulola tomirlarida ulug` amir qoni gupurib turardi.Buyuk boburiylardan ko`pchiligi ajoyib hukmdorlar bo`lib tarixga kirdilar.Masalan Boburning nabirasi Buyuk Akbar saltanat sarhadlarini ancha kengaytirishga muvaffaq bo`ldi. Boburning evarasi   bo`lmish  Shoh Jahon yer yuzidagi barcha mamlakatlar va zamonlar odamlariga tuhfa bo`lgan – sevikli rafiqasi xotirasiga oppoq marmardan bunyod etilgan hashamatli maqbara –Toj Mahalni hadya etdi. (Dunyoning yetti mo`jizasi ekranda namoyish  qilinadi.) Buyuk boburiylar ya`ni temuriylar san`at va adabiyotni sevar,o`zlari ham yaxshigina ijod qilishar edi.Bunga misol tariqasida Boburning o`lmas asari  «Boburnoma» asaridir. ( Ekranda namoyish etiladi.) O`zbek adabiyoti  namoyondalaridan Pirimqul Qodirov qalamiga mansub bo`lgan «Yulduzli Tunlar»  romani hamda  ushbu roman davomi  «Avlodlar dovoni» (Ekranda namoyish qilinadi.)  Bobur va uning o`g`li Humoyun  haqidadir. Darslikning 163-164-sahifalarida romandan parcha keltirilgan

Yangi mavzuni o`tish

Bugungi mavzu « Bobur va Humoyun» deb ataladi.O`tiladigan  mavzudan siz shoh Bobur Mirzoning qanday go`zal insoniy fazilat egasi ekanligini bilib olasiz.

                                        Bobur va Humoyn

      Bobur dovyurak, epchil ,kuchli,o`ta idrokli inson bo`lgan.U ona yurti Andijonni, oilasini qadrlagan, farzandlarini sevgan.Farzandi uchun o`z jonini berishga tayyor turgan otadir.

       Bir kuni  Humoyun betob bo`lib qoldi.U tuni bo`yi alahlab behush yotdi.

       Saroy tabiblari bu og`ir dardga hech bir davo  topolmadilar.Humoyunning onasi Mohimbegim yum-yum yig`laydi. Bobur o`rtanadi. Og`ir paytlarda Boburdan yordam olishga o`rgangan odamlar hozir ham biron chora topishni undan kutadilar. Lekin Boburning o`zi ham chorasizlikdan qiynalardi. Bobur o`ziga umid bilan qarab turgan odamlarning orasidan o`tib, Humoyunning to`shagi yoniga keldi.

       –Humoyun, jigarbandim. Sening shu ogir dardingni xudo sendan olib menga bersin… Gulbadanbegimning yozishicha, o`sha kuniyoq Humoyunning ahvoli yaxshilana boshlabdi. Boburning esa mazasi qochib, yotib qolibdi.

Lug`at ishi: Humoyun –                  Hukmdor-            Alahlab-

                     Evara-                          Chevara-                Betob-

1.Savol – javob o`yini.

Test savollar

1.Bobur va Humoyun hikoyasi muallifi kim?

Habib Rahmat b) Safo Ochil d) Pirimqul Qodirov

   2.Boburning ona  yurtini aniqlang.

a) Samarqand b) Afg`oniston d) Andijon

3.Boburning qaysi farzandi betob bo`lib qoldi?

a) Akbarshoh b) Humoyun d) Mohimbegim

4.Boburning otasi  berilgan qatorni ko`rsating.

a) Umar Shayx b) Mironshoh d) Shohjahon

Boburiylar tomonidan Hindistonda qaysi maqbara bunyod etilgan?

a) Registon b) Shohi Zinda c) Toj Mahal

Boburiylar Hindistonda necha yil hukmdorlik qilganlar?

a)500 yil b)200 yil d) 300 yil

         O`qituvchi —  Biz kimmiz?    O`quvchilar  — Buyuk yurt farzandlarimiz.

Yurtimiz buyukligi qayerda ko`rinadi?   – ushbu yurtda asrlar osha  moziydan darak beruvchi obidalardan (Ekranda tarixiy obidalar namoyish qilinadi.)

Dam olish daqiqasi. Tez aytishlar mehnat haqida

1.Daraxt yaprog`i bilan ko`rkam,… (odam mehnati bilan)

Halol mehnat – yaxshi odat … ( Berur senga saodat )

Daryo suvini bahor toshirar ,… (Odam qadrini mehnat oshirar)

                                    O`yla izla top

Quyidagi tariflar qaysi faslga tegishli?

Dov –daraxtlar mizg`igan, Daraxt bargi tilla rang

Izg`irin yel izg`igan                              Mevalardan tomar bol

Ko`chalar yaraqlaydi                           Dalalarga bir qarang

Yulduzlar charaqlaydi                          Oq gullardan chamanzor

Tong nurida cho`milib,

Kulib chiqar boychechak

Olqishlarga ko`milib.

  «Boshqotirma» O`quvchilar ushbu rasmlardagi kasb egalarini topadilar .Boshqotirmadagi kalit so`zini aniqlaydilar. ( Sahna  ) so`zi kelib chiqadi.

                         Rassom

                       Sartarosh

                         Muhandis

                  Bog`bon

                         Duradgor



«Yosh  aktyor» o`yini  o`quvchilar tomonidan ijro etiladi.

O`qituvchi: Hozir siz-u biz texnika taraqqiyoti davrida  yashayapmiz.Kompyutersiz   taraqqiyotimizni  tasavvur qila olmaymiz.  Internet so`zlari  turmushimizgacha kirib keldi. Shuning uchun undan  to`g`ri, keragida   foydalanishingiz tarafdoriman.  Har doim ota – onangiz nasihatlariga itoat qiling eng go`zal fazilatlaringiz bilan hammaga o`rnak bo`ling.  Yoshlikdan Ilm olish, hunar o`rganishga har doim shay turing. Dono xalqimizda shunday ibratli maqol bor.

Vaqting ketdi , naqding ketdi.  (U. Rahmatullayevning  qo`shig`i eshitiriladi )

   Faol qatnashgan  o`quvchilar  rag`batlantiriladi.

Uy ishi: 1. (Yozish uchun ) Lug`atdagi so`zlarga gap yozish

               2.Hikoyani o`qib ,og`zaki aytib berishga tayyorgarlik ko`rish.


 TOSHKENT  SHAHAR

SHAYXONTOHUR TUMANI 59-SONLI DIUM

BOSHLANG`ICH  TA`LIM O`QITUVCHISI

KARIMOVA SANOBARNING

2017-O`QUV YILIDA O`QISH FANIDAN

«BOBUR VA HUMOYUN» MAVZUSIDA

YOZGAN OCHIQ DARS ISHLANMASI