«Odam savdosi — davr muammosi» mavzusida bir soatlik dars ishlanma
Mavzu: “ Odam savdosi- davr muammosi” mavzusida bir soatlik dars ishlanma.
Dars maqsadlari:
Ta’limiy: O’quvchilar ongida ushbu jinoyatga bo’lgan nafrat va osoyishta turmushga bo’lgan qiziqishni
Tarbiyaviy: Odam savdosi va uning oldini olish omillari haqida tushunchalar berib
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning dunyoqarashini
Oqituvchi: Odam savdosi inson, uning sha’ni, qadr – qimmati, osoyishta turmushi hamda kelajagiga tahdid soluvchi uyushgan jinoyatchilik ko’rinishlaridan biri bo’lib, o’z chegarasiga asosan yoshlarni, ayollarni tortayotganligi bilan dunyo hamjamiyatida katta tashvish va xavotir uyg’otmoqda.
O’quvchi: Hanuzgacha odam savdosi jinoyatchilar uchun serdaromad manba bo’lib Xalqaro ekspertlarning baholashicha har yili dunyo bo’yicha odam savdosidan tushadigan daromad 7 milliard AQSH dollaridan oshmoqda.
O’quvchi: Achinarlisi jabrlanganlarning 80% ni ayollar va bolalar tashkil Ayrim kishilarning ishonuvchanligi, yetarli bilmga ega emasligi , bu jinoyatning ommalashuviga sabab bo’lmoqda.
O’quvchi : Yer yuzidagi barcha insonlar qadr- qimmati va huquqi teng bo’lib tug’iladilar, ushbu qoida BMT ning 1948 yilda qabul qilingan “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”da belgilab qo’yilgan.
Endi navbat sinifimiz o’quvchilari tomonidan : “ Beozor ona, jabrlangan qiz” mavzusidagi sahna ko’rinishiga.
O’quvchi: 2015- 2017 yillarda olib borilgan monitoring ko’rsatishicha Rossiya va Qozog’iston odam savdosi holatlari ko’proq kuzatiladigan asosiy mamlakatlar Sababi avvalombor ushbu davlatlar O’zbekiston bilan vizasiz munosabatga ega. Qolaversa bu mamlakatlarda muloqot qilish uchun til imkoniyatlari yaxshiroq sanaladi.Afsuski odamfurushlar bundan o’z g’arazli maqsadlari yo’lida foydalanishyapti, fuqarolarimizni aldash, yollash yo’li bilan “to’r”ga ilintirmoqda.So’rovda qatnashganlarning 6,8 % BAA da 9,2 % AQSH, Turkiyada yaqinlari eksplatatsiya qurboni bo’lganini ma’lum qilishgan.
O’quvchi: Tadqiqotlarning ko’rsatishicha butunlay notanish shaxslar fuqarolarning zamonaviy qullikga tushib qolishida asosiy omil bo’lmoqda.
O’quvchi: So’rov tahlilariga ko’ra 2017 yilda odam savdosi qurboniga aylangan qarindoshini ozod qilishga intilganlar soni 2015 yil bilan qiyoslaganda 12,6 % kamaygan. Bundan ko’rinib turibdiki odam savdosi bo’yicha mamlakatimizda ko’rilayotgan chora- tadbirlar
O’quvchi: Fuqarolar buni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari institutining joriy qilinishi, odamfurushlarni jazolash va javobgarlikka tortish bo’yicha choralarning izchil ta’minlanayotganligi bilan bog’lashmoqda.
Endi navbatni sinfimiz o’quvchilari tomonidan Vatanni madh etuvchi sh’erlarga beramiz.
8-O’quvchi: Respondentlarning 37,5% o’z qarindoshini ozod etishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar yordamidan to’la darajada qoniqmoqda. So’rovda qatnashganlarning bildirishicha ularning yaqin qarindoshlari mazkur tashkilotlar xodimlarining faol harakatlari tufayli uylariga qaytgan.
—O’quvchi: Fuqarolarning qarindoshlari, tanishlari, hamqishloqlari, qo’shnilari odamfurushlar to’riga tushib qolganligi haqida o’zlariga ma’lum bo’lgan hodisalardan hokimiyat organlarini o’z vaqtida xabardor qilishlari
O’qituvchi so’zi: Aziz o’quvchilar har birimiz shunday tinch , osoyishta , qo’lini qayga cho’zsa yetadigan, xalqining tinchligini, yoshlarining taqdiri uchun barcha imkoniyatlarni yaratib qo’ygan, hozirgi kunda butun jahon tan olayotgan “ O’zbekiston” degan yurtda yashayotganligimizdan ma’grurlanishimiz kerak. Har birimiz o’zimizning teran fikrimizga ega bo’lmog’imiz , turli aldovlarga uchib hayotda o’z yolimizdan adashmasligimiz lozim
Biz birgalikda “O’dam savdosiga qarshi” kurashamiz.
O’quvchilar tomonidan Yulduz Usmonovaning “ Hech kimga bermaymiz seni O’zbekiston” qo’shig’i yangraydi.