A. Oripov hayoti va ijodi “O’zbekiston” qasidasi mavzusida dars ishlanma

A. Oripov hayoti vaijodi “O’zbekiston” qasidasi mavzusida dars ishlanma

Sinf :  V

Fan : Adabiyot

Mavzu :  A. Oripov hayoti vaijodi      “ O’zbekiston ”  qasidasi

Maqsad :   O’quvchilarni shoir   hayoti va ijodiyoti bilan yaqindan

                  tanishtirish

a) Ta’limiy : A. Oripovning hayoti va ijodi haqida ma’lumot berish

b) Tarbiyaviy : Shiorning “ O’zbekiston ” she’ri orqali o’quvchilarni

                       mehrli  buyuk ajdodlarimozga  hurmat , vatanparvarlik

                        ruhida tarbiyalash

s) Rivojlantiruvchi : O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish ,

                                savodxonligini o’stirish , ifodali o’qishga o’rgatish

d) O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish , ularni o’zlari tanlagan

                                kasblarini    ustasi bo’lishga halol va vijdonan

                                ishlashga o’rgatish

e) Milliy istiqlol g’oyasi: O’tiladigan mavzudan kelib chiqib mustaqil

                             O’zbekiston haqida buyuk siymolarimiz , vatanimiz

                             ramzlari va madhiyasi haqida ma’lumot berish .

Dars tipi : O’quvchilarga yangi bilim berish

Dars uslubi : og’zaki

Dars usuli : o’yin tarzida savol – javob

Dars jihozi :  darslik ,  shoir rasmlari , kitoblari ,  “gul terish “

                      ko’rgazmasi , tarqatma katochkalar , buklet

Darsning borishi :

Tashkiliy qism

2. O’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun o’yin tarzida savol – javob

Yangi mavzuni o’quvchilar ongiga singdirish , shu bo’yicha bilim berish

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun tarqatma materillardan foydalanish


  Darsimiz reja asosida bo’lib o’tadi . Tashkiliy qismda o’quvchilar adabiyot haqidagi she’rlar bilan boshlaydilar . Bugungi darsimiz

      Adabiyot yuragimning bir parchasi

      Go’zalligi nafosatning debochasi

      Sen borsanki umid qilar , zavqqa  to’lar

      Adabiyot sen qalbimning shoh supasi

                Shoirimiz :

Yoshlikda olingan bilim , toshga o’yilgan  naqsh kabidir .


O’quvchilar bilan o’tilgan mavzu yuzsidan o’yin tarzida savol – javob o’tkaziladi .  “ Gul terish ”  musoboqa o’yinida ikkita guruhga bo’linib savollarga javob berishadi . Savollar quyidagilar :

H . H. Niyoziy qachon va qayerda tug’ilgan  ?

Hamza she’rlari mavzulari haqida gapirib bering ?

H. H. Niyoziy she’rlaridan birini yod aytib bering ?

E. Vohidov hayoti va ijodi haqida gapirib bering ?

E. Vohidovning “ O’zbegim ” qasidasi  nima   haqida ?

Qasida janri haqida ma’lumot bering ?

E. Vohidovning “ O’zbegim ”  qasidasidan parcha ayting ?

H. H. Niyoziy asarlaridan ayting va  hokozo ….


O’yin tugagach savatdagi gullar  sanaladi  va g’olib guruhlar aniqlanadi . Savollarga to’liq javob bergan guruhlar  baholanadi .

Kasbga yo’naltirish maqsadida bo’sh o’zlashtiruvchi  o’quvchilarga mehnat va hunar haqida tarqatma maqollar tarqatiladi   va o’quvchilar tomonidan izohlanadi .

              Maqollar  quyidagilar :

Yozgi mehnat , qishki rohat

Hunaring bo’lsa qo’lingda , non topilar yo’lingda

Hunari borning davlati bor , hunari yo’qning hayoti xor

Hunar , hunardan rizqing unar

Mehnatdan kelsa boylik , turmush bo’lar chiroylik

Mehnat baxt keltirar


O’quvchilarga yangi mavzu  bayoni bilan tanishtiriladi va ularga savollar   beriladi .

Vatanimiz madhiyasi muallifi kim ?

  O’quvchilar madhiyadan parcha aytishadi

Vatan haqida qaday she’rlar bilasiz ?

   3 ta qator o’zlari  yodlagan  “ O’zbekiston ”  she’rini aytishadi

      Bu dunyoda chamanlar ko’p ,

     Bu dunyoda vatanlar  ko’p

     Barchasida yashnar  gullar

     Barchasida yashnar  dillar

     Mening uchun aziz   bo’ston

     O’zbekiston  o’zbekiston

 

                 Mavzu  bayoni :

      Shoir  A. Oripov  1941 yilning  21martida Qashaqadaryo  viloyati Koson tumanining Neko’z  qishlog’ida tug’ilgan . A. Oripov 1958 yilda o’rta maktabni oltin medalbilan bitirib Toshkentga keladi va o’zbekiston milliy unerverstitutining Filologiya fakultetiga o’qishga kiradi . 1963 – yilda ushbu fakultetning jurnalistika bo’limini tamomlaydi va nashriyotlarda ishlaydi . Birinchi kitobi 1965 – yilda  “ Mitti yulduz ”  nomi bilan bosib chiqadi . Bu mitti kitobcha adabiyotimizga katta iste’dod kirib kelayotganini ma’lum qiladi . Yosh shoir she’rlaridagi hech kimnikiga o’xshamagan dard va ohanglar kutilmagan o’xshatish manzaralar dadil xulosalar birdan hammaning diqqatini o’ziga qaratib oladi . Unga o’z davrining eng mashhur adiblari masalan Abdulla Qahhor e’tibori bilan qaragan  va salohiyatiga yuksak baho ergan edi . So’ng o’nlab kitoblari bosildi . Buyuk italyan shoiri  Dantening  “ Lohiy komediya ”  asarining juda katta mahorat bilan o’zbek tiliga tarjima qildi . Amur Temur haqida  “ Sohibqiron ” nomli drama yozdi . O’z asarlari bilan xalqimizning atoqli va ardoqli shoiriga aylandi . Ayni paytda , qanchadan qancha she’rlari  xorijiy tillarga tarjima qilindi . Uni XX asr jahon adabiyotining ko’pgina vakillari tan oldilar .

    Bugun  Abdullar   Oripov  davrimizning   eng  mashhur  ijodkorlaridan  “ O’zbekiton REspublikasi  Davlat  Madhiyasi

 Matni muallifi ,  O’zbekiston  Xalq shoiri , O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi , Oliy Majlis deputati , A. navoiy nomidagi  Respublika Davlat Mukofoti laureate .  1998 – yilda shoir  va yozuvchilarimiz  orasida 1 – bo’lib  “ O’zbekiston Qahramoni   faxriy unvoni bilan taqdirlangan .

Oripovning “ O’zbekiston ”  qasidasi  ona yurttarixining  g’oyat  ta’sirli va millat tarixi  bilan esh holda tasvirlanganligi asar buyuk ajdodlarning ulug’lanishidagi samimiyat va iftixor , shoirning vatanini shunchaki tuproq emas , balki millatning taqdiri kechadigan maskan tarzida tasvirlanganligi haqidadir .

   O’quvchilar  A. Oripov  ijodidan  mustaqil ravishda  yodlagan  she’rlaridan  parchalar aytishadi . “ Alisherning onasi ” ,   “ Mitti yulduz” ,  “ O’zbekiston qasidasi ”     va   boshqa  hokozolar .

Darsda  “ O’zbekiston  “  qasidasi o’qiladi .

                 “ O’zbekiston ”

      Yurtim senga she’r bitdim bu ku ,

      Qiyosingni  topmadim  also

      Shoirlar bor , o’z yurtin butun –

      Olam aro atagan tanho .

     Ular she’ri bitdi ko’p yiroq

     Qanotida kumush diyori  .

     Bir o’lka bor dunyoda biroq ,

     Bitilmagan dostondir  bori .

     Faqat ojiz qalamim  manim ,

     O’zbekiston  , Vatanim  manim .


Darsni mustahkamlash maqsadida tarqatma kartochkalari orqali

                savol- javob mashqini o’tkazaman

O’zbekiston qachon mustaqil davlat deb e’lon qilindi ?

Mustaqillik nima ?

Davlatimiz ramzlarini ayting ?

A. Oripov qachon va qayerda tug’ilgan ?

A. Oripovning 1 – she’riy to’plamining nomini ayting ?

A. Oripov Dantening qaysi asarini o’zbek tiliga  tarjima qilgan ?

A. Oripov A. Temur haqida qanday drama  yozgan ?

A. Oripov “ O’zbekiston ” she’rida  qanday  mavzuni  bayon etgan ?

A. Oripov qanday mukofotlar sovrindori bo’lgan ?



Uyga  vazifa :  A. Oripovning   “ O’zbekiton ”   she’ridan  parcha

                               yodlash