Mashg’ulot Ishlanmasi

Mavzu : Mustahkamlash.

D. T. : Bolalarning musiqiy tafakkurini rivojlantirish, idroki va hissiyotlarini tarbiyalash, kuy va qo‘shiqlarni tinglashga odatlantirish, qo‘shiqlarni aytishga o‘rgatish, musiqiy faoliyatini rivojlantirish.

Maqsad : Chorak davomida bolalar tomonidan Davlat talabining bajarilishini taxlil etish.

Kerakli jihozlar : Rangli rasmlar, kompozitorlar portretlari, testlar, didaktik materiallar, rangli har-xil shakllar, audio magnitafon, qo‘lda yasalgan cholg‘u asboblari, atributlar.

Foydalanilgan usullar : O‘yin, she’riy uslub,interfaol (aqliy hujum),guruhlarga bo‘linish.


Mashg‘ulotning borishi.

Kirish : Bolalar tantanali “ Marsh “ musiqasi ostida qarsaklar bilan zalga kirib yarim doira hosil qiladilar.

Bola : Tashrif buyuribsiz bizning bog‘chaga,

Mamnun bo‘ldik biz bolalar xam.

Bahra oling bizning bilimimizdan,

Xamma: Xush kelibsiz aziz ustozlar!

Musiqa rahbari: /musiqa ostida / Assalomu- alaykum.

Bolalar : /musiqa ostida / Va alaykum assalom.

1 . Musiqaviy ritmik harakat. Marsh,yugurish, sakrash, salmoqli qadam, polka kuyiga moslab qadam tashlash, depsinib yurish, nafas olish mashqlari va yana marsh musiqasi bilan yakunlab o‘z joylarini egallaydilar.

Musiqa rahbari : Qani bolalar aytinglar-chi, musiqa olami bizga nimani o‘rgatadi ?

Bola : Mashg‘ulotlar ichida, musiqa quvnoq fandir.

Ohanglar olamining, barcha sirlari jamdir.

Bu mashg‘ulot bizlarga o‘yin, raqs, qo‘shiqlar ,

Sirlarin o‘rgatadi, nazariy bilimlarni,

Jamlashni o‘rgatadi.

— 1 —

Musiqa rahbari : Raxmat sizga bolalar, dono zukko lolalar.

Musiqada bolalar yetti nota mavjuddir.

Yettita notalardan quvnoq kuylar taralur.

Qani notalar chiqing o‘zni bir tanishtiring.

/ Musiqa ostida notalar chiqadilar./

“ DO “ nota : Biz yetti aka- uka yashaymiz birgalikda.

Tovushqator uyimiz do, re , mi, fa,

Sol, lya , sidur nomimiz!

Dorboz, doira, donlarda, uchrayman men so‘zlarda.

Menda boshlanur ohang, “ do “man doim hamohang.

Necha asrdan buyon , biz do‘stimiz insonning,

Qutlamoq uchun keldik, bugun jami mehmonni.

“ RЕ “ nota : Mening nomim “re” bo‘lur,”do” kuchiga kuch qo‘shur.

Kuychangman dovyurakman, hamma bilan inoqman.

Biz yetti paxlavonmiz, sir asrorga makonmiz.

Necha- necha jumboqni, hal etgan qahramonmiz

“ MI “ nota : “Mi” dur mening ismim, o‘zimga tushgan jismim.

Sanoqda men uchunchi, kuylarningdir tayanchi.

Sanab hisob qiladi musiqada tirik jon.

Qadim zamondan beri, ishlaymiz tezu oson.

“ FA “ nota : “ Fa” notasi men o‘zim, derlar meni to‘rtbonu.

O‘zbekiston madhiyasi, boshlanur mendan doim.

Qancha bastakor bizga, atab asar yaratdi.

Shu asar dong‘imizni bor olamga taratdi.

“ SOL “ nota: Mening nomim “sol” nota, notalar sardoriman.

Musiqa olamining, kalit debochasiman.

Sanab ilm boyitar, bu yetti mashhur nota.

Musiqa bilan qiziq, manolidir bu olam.

“ LYA “ nota : Tovushqator oltinchisi “lya” notasi bo‘laman.

Chaqqonlik bilan tezda, kuylarga aylanaman.

Bo‘lmasa gar musiqa, ne bo‘lur edi dunyo.

Xatto musiqa bilan, yengilgandir har- bir yov.

“ SI “ nota : Men esa “si” notasi, yetti polvon bo‘laman.

Menda tugar masofa, eng kenjasi bo‘laman.

Bu merosni o‘rganing,quvnoq kuylar yarating

Musiqa bo‘stonini, yashnating, obod eting.

— 2 —

Musiqa rahbari : Rahmat sizga notalar ! Aziz bolajonlar, mana notalarni ham esga olib oldik. Mana shu notachalar hozirgi o‘yinlarimizda ko‘z oldilaringda namoyon bo‘lib turadilar.

/ Musiqa ostida notalar joylarini egallaydilar./

2 . Musiqa tinglash.

1. “Bahor valsi “ M. Mirzayev musiqasi.

2. “Dutor bayoti “ o‘zbek xalq kuyi .

3. “ Munojaat “ o‘zbek xalq kuyi.

4. “Polka “ M. I . Glinka musiqasi.

/ Shakllardan, portretlardan, rangli rasmlardan foydalanish./

3. Ovoz sozlash mashqlari.


1.” Zinacha !

2 .”Xo‘roz va kakku “

/ Testlardan foydalanish./

5. Qo‘shiq ijodkorligi.

“ Qizgina lapari “

/qo‘shiq na’munasidan foydalanib, raqs xarakterini ifodalagan oddiy kuy va she’rlarni mustaqil ijod qilish./

6. Raqs laparlar.


1. “Binafsha” N. Norxo‘jayev musiqasi.

2. “Qizgina” lapari M. Ikromova musiqasi.

3. “Gullar” A. Mansrov musiqasi.

4. “Taxmina” K. Kenjayev musiqasi.

5. “Qo‘g‘irchoq sol quloq” M. Ikromova musiqasi.

6. “Yablochka” R. Glier musiqasi.

/rasmli kubokdan foidalanish/.

7. O‘yinlar:

— 3 —

1. “Jo‘ja va mushuk”.

2. “Qopqon va sichqon” .


3. “Kakku”.

4. “Qalpoqni ur”.


/Rasm va atributlardan foidalanish./ .

8. Bolalarni bilimini cholg‘u asboblari bilan aniqlash.


O‘zbek milliy asboblarini takrorlashni mustaxkamlash.

Dutor, doira, qashqar rubob, karnay, surnay, nog‘ora, chang, nay.

/Manit tasmasi yordamida cholg‘u asboblar nomini aniqlash va ko‘rvatib berish/


9. Bolalarni cholg‘u ijrochiligi .

1. “Jo‘jalarim” ansambl.

2. “Yomg‘ir yog‘aloq” ansambl.

/Qo‘lda yasalgan va boshqa musiqa asboblaridan foidalanish/.

— 4 –

Yozyovon tuman XTB ga qarashli

3 — son maktabgacha ta’lim

muassasasining maktabga

tayyorlov guruxi bolalarining

musiqa mashg‘ulotidan

nazorat mashg‘ulot

Musiqa raxbari: Ro‘ziyeva. Sh.J.