Uchquduq tuman 20-maktab ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Tursunova Dilafro`zning “Alisher Navoiy – g`azal mulkining sultoni ” mavzusida tadbir ishlanmasi
Sahna Alisher Navoiyning surati va g‘azal mulkining sultoni
yashagan davr ruhini aks ettiruvchi osori atiqalar bilan bezatilishi, bir yonda shoirning asarlarni ko‘rgazmasi tashkil etilishi mumkin. Tadbir qatnashchilari ham milliy liboslarda, sahnaning bir tomonida hazratning ijodxonasi, sham va shamdon, qog‘oz va qalam… Mumtoz kuy taraladi.
Parda orqasidan: “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida Prezidentimizning A. Navoiy haqidagi fikrlari:
Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixidabutun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimizning g‘ururi , sha’nu sharafini dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san’atkoridir. Ta’bir joiz bo‘lsa, olamda turkiy va forsiy tilda so‘zlovchi biron-bir inson yo‘qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa. Agar bu ulug‘ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning shoiridir.
Inson qalbining quvonchu qayg‘usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-kam topiladi. Biz bu bebaho merosdan xalqimizni ayniqsa , yoshlarimizni qanchalik ko‘p bahramand etsak, Milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni toptirishda shunchalik qudratli ma’rifiy qurolga ega bo‘lamiz.
1-boshlovchi: Assalomu-alaykum jamiyat ma’naviyatining ziyobonlari, ilmu fan gulshani bog‘bonlari.
2-boshlovchi: Assalomu-alaykum poklik va adolat timsoli bo‘lgan ziyokor ustozlar.
1-boshlovchi: “Alisher Navoiy – g‘azal mulkining sultoni” mavzusidagi, nazm va navo shukuhi ufurib turgan tarovatli davramizga xush kelibsiz!
2-boshlovchi: 9-fevral. Bu kun barcha taraqqiyparvar mamlakatlarda o‘zgacha shukuh, o‘zgacha fayz, o‘zgacha quvonch bilan o‘tadigan kun. Bundan 576 yil muqaddam Hazrat Alisher Navoiy dunyoga kelgan edi. Oradan 5 asrdan ko‘proq vaqt o‘tibdiki, bu tabarruk nom tillardan tushmay, hamon ahli-adab dilidan chuqur joy olib kelmoqda.
.
1-boshlovchi:
Assalom, Navoiy, g‘azal sultoni
Yetubdur suhbatingiz olmoq mahali.
Siz-la diydorlashmoq so‘z istak edi,
Muborak yoshingiz bir imkon berdi.
2-boshlovchi:
Buyuk tog‘lar ishra bo‘lib buyukroq,
Suyuk tog‘lar ishra bo‘lib suyukroq
Navoiy ko‘rinar ko‘zimga mening,
Nafasi urilar yuzimga mening.
Shundan keyin davraga Navoiy siymosi kirib keladi.
1-o‘quvchi :
Emas bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy oanjasiga panja urmoq.
Kerak she’r oldida hamki she’r jangi,
She’r bo‘lmasa bo‘lg‘ay bori palangi.
Men turkcha boshlabon rivoyat,
Qildim bu fasonani hikoyat.
Yo‘ldasa bu yo‘li Nizomiy yo‘lim,
Qo‘ldasa Xusrav bila Jomiy qo‘lim.
Navoiy o‘tirib ijod qila boshlaydi, shu payt sahna ortidan Abdurahmon Jomiyning Navoiyga ta’rifi aytiladi:
Parda ortida: “Bu qalamga falakdin ofarinlar yog‘ilsin, chunki bu muloyim naqshlarni o‘sha qalam yaratdi. Navoiy forsiy tilda ijod qilganlarga rahm-shavqat qildi va o‘z asarlarini turkiy tilda bitdi. Navoiy asarlarini forsiyda bitganda edi, boshqa shoirlarning ijod qilishiga majoli qolmasdi.
Navoiy: Ne vajdin fuqaro ajib bir majlis qurmish?
Ushbu anjumanning boisi nedur?
2- o‘quvchi: Sizdek doni ruhini shod etmak maqsadi,
Bizning yurtda harbir o‘zbek navoiyxon
Navoiy: Kimyo kursi tinglovchisi Dilshod
Nahotki shul damgacha xotirim yod etular?
3- o‘quvchi: Navoiy nazmi bilan tili chiqar farzandin,
Bobosidan faxr etmas topilmas qiz-o‘g‘lon
Navoiy:
A’sholarimni hozir ham yod eturlarmi?
4- o‘quvchi: Qur’ondek tavof etsa arzir sizning “Xamsa”ngiz
«Choe devon» kirmagan topilmas xonadon
Navoiy:
Turk nazmida chu men tortib alam
Ayladim ul mamlakatni qakqalam (Navoiy siymosi baytni aytib sahnadan chiqadi).
4 – 5 — o‘quvchilar: 5-“D”
Besh yarim asrdan o‘tsada ustoz
Siz tergan gavharga biz hanuz muhtoj
Siz tuzgan devonga yetmaydi quloch
Siz turkiy tiliga qo‘ydirdingiz toj
Naqorat:
O‘tsada necha yil necha bir zamon
Shoirlar bo‘ynida siz bergan tumor
Besh yarim asrdan o‘tsada zamon
Adolatga chorlar siz qurgan minor
O‘tsada necha yil necha bir zamon
Shoirlar bo‘ynida siz bergan tumor
Naqorat:
O‘tsada necha yil necha bir zamon
Shoirlar bo‘ynida siz bergan tumor
Nizomiy qoliga qo‘liga urdingiz
So‘ng bu maydon ichra surdingiz
Go‘yoki besh doston besh haykal bo‘lib
She’riyat ko‘ksiga qasr qurdingiz
Naqorat:
O‘tsada necha yil necha bir zamon
Shoirlar bo‘ynida siz bergan tumor
1-boshlovchi: “Xamsa” Navoiy merosining buyuk sayqali, xalqimiz ma’naviy taraqqiyotining ko‘zgusi
2-boshlovchi: “Xamsa” jami 51 ming misradan iborat besh dostondir. “Xamsa”ning birinchi dostoni “Hayrat ul-abror” bo‘lib, yaxshi kishilarning hayratlanishi demakdir. Asar 7976 misra 3988 bayt bo‘lib, 64 bob, 20 maqolatdan tashkil topgan.
(“Shoh G‘oziy” hikoyati qo‘yiladi).
Boshlovchi: Kunlarning birida Shoh G‘oziy saylga chiqadilar. Yo‘lda ketayotganda yonidan bir telbanoma kampir uning yo‘lini to‘sdi.
Kampir: Sen mening yakka-yu yagona jigarbardimni, merosxo‘rimni o‘ldirding, sen qotilsan, qotil. Yur, sen bilan shariat mahkamasiga boramiz.
Shoh: Ey ona, agar talabing sha’riy bo‘lsa, jonimni talab qilsang ham aybimga iqror bo‘lurmen.
Shoh: (mulozimga) Mulozim!
Mulozim: Xo‘p bo‘ladi, shohim.
Qozi: Shohim, bir qoshiq qonimdan keching. Huzurungizga ne vajdin chorladingiz.
Kampir: Taxt uchun kurash bo‘lganda yakka-yu yagona o‘g‘im
Qozi: Shariat qonuni bo‘yicha har qanday qilinayotgan da’voga ikki guvoh keltiring, guvohingiz bormi?
Kampir: Menda ikkita guvoh bor. U shohning adolati va insofi.
Qozi: Yo shoh qotilligi uchun qatl etilishi kerak. Yoki xun to‘lashi kerak.
Boshlovchi: Butun boshli bir mamlakat va uning aholisi taqdiri o‘z ixtiyorida bo‘lgan shohning bu hukmga munosabatiga e’tibor qarating.
Boshlovchi: Shoh kampirning bir qo‘liga qilichni, bir qo‘liga bir patnisga to‘la oltin berdi va dedi:
— Ey ona, agar boylik kerak bo‘lsa, mana oltin to‘la hamyonimni ol. Agar qasos tilasang, mana qilich bilan boshimni ol,
Kampir: yo‘q menga joning ham, oltinning ham kerak emas. Men bir o‘g‘limni yo‘qotdim, ikkinchisini topdim. Sen o‘z xalqingga ana shunday adolatli va insofli bo‘lgin.
Boshlovchi: shundan so‘ng bu kampirni tilla Kampir deb aytishadi. Bunday adolatli va insofli podshoh o‘z yuritining boslig‘i bo‘la oladi. Alisher Navoiy “Shoh G‘oziy” hikoyasi asosida Husayn Boyqaroni tasvirlagan. “G‘oziy” so‘zi “G‘olib” degan ma’noni beradi.
Parda ortidan: “Farhod va Shirin”, “Hamsa”ning ikkinchi dostoni bo`lib,asar 1484- yilda yozilgan. 59 bob, 5782 baytdan iborat.
(Sahnaga Farhod va Shirin chiqadi).
Shirin: Nedur ahvoling eyzor-u g‘aribim
Visolim davlatidin benasibim
Bu yukdin jism-u chun nola nechundir?
Qattiq g‘urbar aro holing ne erkin?
Achchiq furqatda ahvoling ne erkin?
Farhod:Nigoro, ahvollo iffatpanoho,
Jahon mahbashlarig‘a podshoho.
G‘amingdur manga tob-u tavon ham
Erur darding quit jon ham.
Parda ortidan: “Layli va Majnun” “Xamsa”ning uchinchi dostoni bo‘lib, 1484- yilda yozilgan, 36 bob, 3622 baytdan iborat. Mazkur doston sevgi haqidagi dostonlari orasida eng g‘amgin va dardlisidir.
(Sahnaga “Layli va Majnun” chiqadi).
Majnun: Yo‘q seni malak desam g‘aribi,
Kim yo‘q senga ishdin nasibi.
Mandekni erur malak demak rev
Kim ko‘rsa meni quroq mutar der.
Ishq o‘rtadi ul sifat vujudim.
Kim o‘ldi nobud barcha budum.
Layli:
Ishqingda menga bu erdi maqsud,
Kim ko‘rsam o‘zimni anda novud.
Davron bu murodima yeturdi
Ne istagim, olima keturdi.
Ishqingda ne orzuki ettim
Ul nav’ki komil erdi ettim.
Tushti mening olima ajab yo‘l,
Sen yaxshi qol emdi-yu, tirik bo‘l.
Parda ortidan: “Xamsa”ning 38 bob, 5000 baytdan iborat to‘rttinchi dostoni “Sabbayi sayyo”dir. Bu asar “Hikoya ichida hikoya” usulida yozilgan.
“Etti go‘zal” sahna ko‘rinishi:
1-go‘zal: (qora libosda)
Tig‘i chiqarsa kishvargil
Olibon to Xitoy bal Kashmir
2-go‘zal: (sariq libosda)
Rum aro zargare edi mohir
Ishi elga quyosh kibi zohir
3-go‘zal: (ko‘k libosda)
Misr shohicha naqdumol ichra,
Yusufi Misrcha jamol ichra.
4-go‘zal: (qizil libosda)
Chun duo birla bo‘ldi nuktasaro,
Dedikim: ertaga chog‘da Dehli aro
5-go‘zal: (yashil libosda)
Bor ekandur Adanda javr fane,
Javr qilmoq fanida saf shikane.
6-go‘zal: (pushti libosda)
Forig‘ o‘lgach bu dur nisoridin,
Dedikim: Boxtar diyoridin.
Bahrom: (mulozimga) bugun oq qasrda dam olmoqchiman. Olti kun mobaynida olti iqlim yo‘lidan kelgan musofirlarning hikoyatini tingladim, lekin birortasidan malikam Dilorom xabarini topmadim. Yettinchi iqlim yo‘lidan kelgan musofirni olib keling.
Bahrom: (musofirga) hikoyat so‘zla. Toki shu hikoyat dilimga orom, dardimga darmon, hasratimga taskin bo‘la olsin.
Musofirning hikoyati: Men bazmlar doston navozi edim, shu tufayli ishim kasodga uchradi. Kanizak huzuriga borib arz qildim, so‘zini tinglab, lol qoldim, ta’lim so‘radim. O‘zimni mahram etdim. Ko‘nglimdagi boshqa har qanday tuyg‘uni qochirdim. Sezdimki, uning kuy ohangida juda katta dard, pinhoniy ishq bor edi. Kimningdir hajrida o‘rtanardi. Bilmoqchi bo‘ldim. “Taftishni bas qil” dedi u. Yana so‘radi. “Mayli aytaman, shartim shuki bu yerda turmaysan. Ketasan”, dedi. Darhaqiqat, uning hikoyasi dardli edi:
Parda ortidan Dilorom: chin mulkidanman. Ikki xon qirg‘iniga asir tushdim. Xoja meni kanizak qilib sotib oldi. U farzandsiz edi. Meni farzandidek tarbiya qildi. Shuhratim yoyildi. Bir naqqosh suratimni pinhona chizib, bir shahanshohga ko‘rsatibdi. Sevildim, sevdim. Bir kuni ovda bir hol bo‘ldi. U men aytganday otdi. U sharobdan mast edi. Men o‘zimdan mast edim. Qadriga yetmadim. U odamzod qilolmagan ishni qildi. Men unga jonimni fido etmog‘im lozim edi. Meni yuz pora qildirsa ham haqli edi. Sahroga tashlatdi. Meni ko‘rgani kelayotgan hojam yo‘lda topib oldi. Men shohimiz huzuriga bormoqchi, uzr so‘ramoqchi edim. Hojam ruxsat bermadi. Shu tariqa men tirik hijronda qoldim. Endi ket! – deb hikoyasini tugatdi kanizak.
Bahrom: Bas. Axir bu mening Diloromim-ku.
7-go‘zal: (oq libosda)
Menki tushmish buyon gulzor manga,
Mulki Xorazm erur diyor manga.
Bahrom: (Diloromga): yo‘q-yo‘q bu mag‘rurlik menda ham bor. Sizni yo‘qotib qanchalik qiynalganimni bilsangiz edi. Hasratim ko‘pligidan dengiz-u daryolar to‘fon ko‘tardi. Falak bo‘ron boshladi. Jismim o‘zimda-yu, ko‘nglim, ruhim, o‘y-xayolim sizda malikam. Qani endi Xorazm eliga aytgan qo‘shiqlaringizdan men ham tinglasam.
(Dilorom dutorda musiqa chalib, qo‘shiq aytib beradi).
Bahrom: endi sizning sharafingizga bazm.
Parda ortidan: “Saddi Iskandariy” (“Iskandar devori”) doston 1485 yilda yozilgan bo‘lib, 89 bob, 7215 baytdan iborat. U “Xamsa” dostonlari ichidagi hajm jihatidan eng kattasidir.
Saddi Iskandariy.
(Iskandarning onasiga maktubi parda ortidan o‘qiladi).
“Bu xat mendin, joni azobda qolg‘an. Ajal qo‘lida pajmurda holiga kelgan Iskandandur. Buzilgan tanamning joni, vujudim bebaho la’lisining koni bo‘lmish onamga so‘zim shuki, men siz ko‘pdan ayriliqlarga tashlab yurdim, sizdan yiroq kelib, sizni qiynadim. Men sizning amr farmoninggizga bo‘ysinmagan bo‘lsam ham, lekin siz mening bu iltimosimni qabul eting, ey, ona… mening tanimni tobut ichiga solib, kecha-kunduz demay, jang-u jadal bilan yurib, Iskandariya shahriga olib boring va lekin men tobutga yotqizgan paytingizda, yoqut teshigidan ip chiqazib qo‘ygan kabi albatta, mening bir qo‘limni tobutdan chiqazib qo‘ying. Toki xaloyiq bu qo‘lga hayrat ko‘zi bilan emas, ibrat ko‘zi bilan boqsin”.
Raqs (Mustahzod)
1-boshlovchi: Navoiy ijodini o‘rganish o‘z davridayoq boshlandi. Bu izlanishlar XX asrda ayniqsa yaxshi olib borildi. Atoqli ijodkorimiz Oybek “Navoiy” poemasi, “Navoiy” romanini, M.Jo‘rayev “El desa Navoiy” ni to‘plamini, Uyg‘un va Izzat Sulton hamkorlikda “Alisher Navoiy” dramasini yaratdilar. (Sahnaga Guli va Navoiy chiqadi).
2-boshlovchi:
Tarix zulmatining uzun yo‘lida
Uchrashdi muzaffar ustozu tolib
Armon masha’lasi birin qo‘lida
Biriga qalam bor orzuday g‘olib.
Uchqur asrlarning shiddati nurab,
Tonglar talvasasi kelar halqumga,
Oybek Navoiyga yetishdi teran
Navoiy Oybekni berdi xalqimga.
SAHNA KO‘RINISHI:
Xammol: Hazratim
Navoiy:
Yana ko‘z yoshimu, ko‘nglimni buzma,
Bu yosh daryosida behuda suzma.
Bu daryo xavflidir, g‘arq aylagay bot.
Dil o‘tin o‘chirmas ko‘z yoshi hayhot.
Xammol: Hazratim, zamona zulmidan dod.
Navoiy:
Hayhot, biror osuda dam yo‘q,
Ko‘ngil yig‘laydi-yu, ko‘zlarda nam yo‘q.
Guli:
Faqat bir iltimos, ko‘rkam chamanda,
Ochib gul g‘unchalar etganda xanda.
Juvonmarg g‘unchani ham, esla yod et,
Unutma, ruhimni doimo shod et.
Navoiy:
Unutmasman, seni toki tirik tan.
Hamon qalbimga sen ilhom solursan,
Mening she’rim bilan mangu qolursan.
Senga besh bebaho hayhal qururman,
Gahi Layli, gahi shirin bo‘lib sen.
Yasharsen doimo dostonlarimda,
Xazonsiz gul bo‘lib bo‘stonlarimda.
Men ersam g‘am bilan yig‘lab keturman,
Sening ishqing bilan tanho o‘turman.
Qo‘shiq: (Alisher Navoiyning “Fido” g‘azali.)
Ko‘zingga tanu notovonim fido,
Ravonbaxsh baxshi la’lingga jonim fido.
Labing rangin olinda qonim sabil,
Qading jilvasiga ravonim fido.
Junun birla aqlim g‘aming sadqasi,
Ki olinda yaxshi-yomonim fido.
Fano dashtida qani ovoralig‘,
Kim, ul sayrga xonimonim fido.
Navoiydin olding ko‘ngil jonni ham,
Sanga bo‘lsin, ey dilistonim fido.
Mushoira (Navoiy g‘azal va ruboylaridan namunalari aytiladi)
“O‘n sakkiz yosh hayratlari” g‘azali.
O‘n sakkiz ming olam oshubi agar boshindadur,
Ne ajab, chun sarvinozim o‘n sakkiz yoshundadir.
Desa bo‘lg‘aykim, yana ham o‘n sakkiz husni bor,
O‘n sakkiz yoshinda muncha fitnakim boshindadur.
O‘n sakkiz yil dema, yuz sakson yil, o‘lsa o‘ldurur,
Husn shohi, ul balolarkim ko‘zi qoshindadur.
Hayrat etmon husni naqshindaki, har hayratki bor,
Barchasi ezid taolo sun’i naqqoshindadur.
“Kelmadi” g‘azali.
Kecha kelgumdir debon ul sarvi gulro‘ kelmadi,
Ko‘zlarimga kecha tong otguncha uyqu kelmadi.
Lahza-lahza chiqdimu, chekdim yo‘lida intizor,
Keli jon og‘zimg‘a-vu, ul sho‘xi bad‘xo kelmadi.
Orazidek oydin erkanda gar etti ehtiyot,
Ro‘zg‘orimdek ham o‘lg‘onda qorong‘u kelmadi.
Ul parivash hajridinkim, yig‘ladim devonavor,
Kimsa bormikim, anga ko‘rganda kulgu kelmadi.
Ko‘zlaringdin necha suv kelgay, dev o‘turmang meni,
Kim bori qon erdi kelgan, bu kecha suv kelmadi.
Tolibi sodiq topilmas, yo‘sa kim qo‘yi qadam,
Yo‘ldakim, avval qadam mashuqe o‘tru kelmadi.
Ey, Navoiy, boda birla xurram et ko‘ngling o‘yin,
Ne uchunkim, boda kelgan uyga qayg‘u kelmadi.
“Topmadim” g‘azali.
Mehr ko‘p ko‘rgizdim, ammo mehribone topmadim,
Jon base qildim fido, oromi jone topmadim.
G‘am bila jonimg‘a yetdim, g‘amguzore ko‘rmadim,
Hajr ila dilxasta bo‘ldim, dilistone topmadim.
Ishq aro yuz ming malomat o‘qig‘a bo‘ldim nishon,
Bir kamon abro‘da tuzlikdin nishone topmadim.
Ko‘nglim ichra savr o‘qdir, g‘uncha paykon, gul tikon,
Dahr bog‘i ichra bundoq dilistone topmadim.
O‘z ishimdin bo‘lajabroq dostone topmadim,
Bir zamon ishqida mehnatdin amone topmadim.
Taob ganjidin Navoiy xo‘rdasin yuz qatla hayf,
Kim nisor etmakka shohi xurdadone topmadim.
So‘z guharig‘a erur oncha sharaf –
Kim, bo‘la olmas anga gavhar sadaf.
To‘rt sadaf gavharining durji ul,
Yetti falak axtarining burji ul.
Tangriki, insonni qilib ganji roz,
So‘z bila hayvondin anga imtiyoz.
Dona-i dur so‘zini afsona bil,
so‘zni jahon bahrida durdona bil.
Raqs (Navoiy g‘azaliga)
She’r “Sulton Navoiy”
Dil mulkidin dur tutgan sulton Navoiy,
Hikmat otliq nur tutgan osmon Navoiy.
Tafakkurning tog‘iga chiqmoq istasang,
Umring tilab qo‘l cho‘zgan imkon Navoiy.
Go‘zallikning mevasi ko‘kdan tushmagay,
Turkiy tilda bol bergan bog‘bon Navoiy.
O‘qinga ming rahmat uqganlar aytsin,
So‘z ila el qadriga qalqon Navoiy.
Besh yuz yillar besh ming bob kelgaydir illo,
Asrlarni qotirgan davron Navoiy.
2-boshlovchi: Shuning bilan bugungi kechamizga yakun yasaymiz. Navoiyning nazmiy javohir bo‘stoni hamisha ma’naviy olamimini munavvar aylasin!