Adabiyot fanidan dars ishlanma
Sinf: 5 Fan: adabiyot Dars — muqaddas
Mavzu:
|
O`tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidan berilgan parchani o`rganish
|
Maqsad va
vazifalar
|
Maqsad:
1.Ta’limiy: O`tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidagi hikoyalarni o`rganish, hikoyalar matni ustida ishlash.
2.Tarbiyaviy: o’quvchilarning e’tiborini onaga bo`lgan mehr hissiga qaratish, insonni avaylashga o`rgatish. O`quvchilarni badiiy ijodga muhabbat ruhida tarbiyalash;
3.Rivojlantiruvchi: og’zaki va yozma nutqni, aktyorlik mahoratini hamda eng ezgu insoniy fazilatlarni rivojlantirish.
Vazifalar: o`quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg`otish,ularda mavzu asosida bilim va ko`nikmalarni shakllantirish.Mustaqil ishlashga undash.
Mavzuga oid berilgan topshiriqlar qay darajada bajarilganini nazorat qilish va ularning bilimini baholash.
Shakllantiriladigan kompetensiyalar: kommunikativ, axborot bilan ishlash, umummadaniy, adabiy bilimlarni amaliyotda qo`llash kompetensiyalari
|
O`quv jarayonining mazmuni
|
O`tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asaridan berilgan hikoyalarini o`rganish va tahlil qilish
|
O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
|
Dars turi: bilm, ko`nikma, malaka va layoqat hosil qiluvchi
Dars uslubi: aralash
Dars usuli: noan’anaviy:”Tilsim”,”Rolli o`yinlar”, “Sirli sandiq” , “Assisiment”
Dars shakli: individual va kichik guruhlarda ishlash.
Dars jihozi: darslik, elektron darslik, videoproyektor, kompyuter, ekran, slayd tushirilgan disk, audiomatnlar, rag’bat kartochkalari, adib surati va asarlari.
Nazorat: og’zaki nazorat va savol-javob.
Baholash: 5 balli tizim asosida.
|
Kutiladigan
natija
|
O`qituvchi:
Mavzuning qisqa vaqt davomida barcha o`quvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishadi. O`quvchi faolligini oshiradi.Fanga nisbatan qiziqish uyg`otadi.Bir darsda barcha o`quvchi baholanadi. O`quvchilarni mavzuni mustaqil o`rganishga, xotirada saqlashga undaydi.Oldiga qo`yilgan muammolarni yechishga o`rgatadi.
|
O`quvchi:
Yangi bilimlarni tezlik bilan egallaydi. Mustaqil ijodiy ishlashni o`rganadi va nutqi rivojlanadi. O`z-o`zini nazorat qiladi. Savollar ustida ishlaydi. Qisqa vaqt ichida ko’p ma’lumotga ega bo`ladi.
|
Kelgusidagi
rejalar
|
O`qituvchi:
Pedagogik texnologiyalarni o’zlashtiradi, yangi metod va usullarni tatbiq etadi. O’z ustida ishlashga undaydi. Pedagogik mahoratini oshiradi.
|
O`quvchi:
Mavzu yuzasidan qo`shimcha ma’lumotlar to`playdi. O`z fikrini ravon bayon qilishga harakat qiladi. Xulosa chiqarish malakasi oshadi.Asarning to`liq matnini o`qib chiqishga intiladi.
|
Darsning blok-chizmasi:
T/r
|
Dars bosqichlari
|
Reglament
|
Jami
|
1
|
Tashkiliy qism: “Ma’naviyat ”daqiqasi
|
3
|
45 daqiqa
|
2
|
O’tilgan mavzularni takrorlash:
“Tilsim” bilan ishlash
|
10
|
3
|
Yangi mavzu bayoni:
a) slayd namoyishi;
b) “Rolli o`yinlar” (sahna)
c) “O`yla,izla,top!”(lug’at bilan ishlash)
|
20
|
4
|
Mustahkamlash
a)”Sirli sandiq” (savol-javob)
b) “Topqirlik bahsi”
d) “Onaga ehtirom”
|
10
|
5
|
Dars yakuni: baholash va uyga vazifa
|
2
|
Darsning borishi:
I .Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash.
O`qituvchi: (“O`. Hoshimovning “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” kitobidan)
Odamzod nima uchun kaftdek hovlisiga gul ekadi? Undan ko`ra sholg’om eksa, qozoniga tushadi-ku!
Odamzod nima uchun kitob o`qiyotib, suyukli qahramoni o`lib qolsa yig’laydi? Uni yozuvchi ichidan to`qib chiqarganini biladi-ku!
Odamzod nima uchun o`zga yurtlarga borib behisob mol-dunyo orttirsa-yu, ittifoqo bolaligi kechgan kulbasi tushiga kirib qolsa, tuni bilan yig’lab chiqadi? Axir u shohona qasrda yashaydi-ku!
Odamzod nima uchun bolasining boshida alla aytadi? Go`dak alla eshitmasa uxlamaydimi?
Gap shundaki, Odamzodni hayvonotdan ajratib turadigan chegara bor. Bu chegaraning nomi Ma’naviyat deb ataladi!
Qadrli o`quvchilarim! Sizning ana shunday yuksak ma’naviyat sohibi bo`lishingizni tilab ,bugungi darsimizni boshlayman!
Dars shiori: Ona- bitta! Vatan- yagona ! (O`tkir Hoshimov)
Sinf o`quvchilari 3 guruhga bo`linadi hamda I guruh “Mehr”, II guruh “Muruvvat”, III guruh “Oqibat” deb nomlanadi. O`quvchilarning dars davomidagi ishtiroki “Ofarin”,” Barakalla ”, “ Intiling ” kartochkalari yordamida baholab boriladi.
O’tilgan mavzuni takrorlash.
O`tilgan mavzuni takrorlash “Tilsim” ko`rgazmasi orqali amalga oshiriladi.
O`qituvchi: “TILSIM“ ko`rgazmasi umumiy o`rta ta’limning DTS talablari bilan belgilab berilgan adabiyot ta’limidan ko`zlangan maqsadni amalga oshiradi. Adabiyot olamidagi har bir adib ijodi — misoli tilsim. Bu tilsim sehrini ochish uchun siz shu adib haqida to`liq ma’lumotga ega bo`lishingiz, uning mashhur asarlarini bilishingiz lozim.
Aziz o`quvchilar! Ko’rgazmamizning pastki qismida arxiv-uyachalar bo’lib, unda bir nechta shoir va yozuvchining tug’ilgan yili, joyi, ilk asari, ish faoliyati, asarlari, mukofotlari, eng mashshur asari, vafot etgan sanasi aks etgan tarqatmalar aralash holda joylashtirilgan. Siz o`rganayotgan sevimli adibimiz ijodiga oid ma’lumotlarni arxiv-uyachalardan olib, ko`rgazmaning asosiy qismiga joylashtirishingiz kerak bo`ladi.
Guruhlar baholab olingach, o’qituvchi yangi mavzuni e’lon qiladi.
III. Mavzu jarayoni:
O’quvchilarga O’tkir Hoshimov hayoti va ijodi, «Dunyoning ishlari” qissasini o`rganish bo’yicha tayyorlangan slayd namoyish etiladi.
(Magnitofon orqali mumtoz musiqa yangrab turadi)
O`qituvchi internetdan olingan ma’lumotlar asosida mavzuni tushuntiradi:
O‘tkir Hoshimov 1982-yilda go‘zal asarni — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Oybek mukofoti bilan taqdirlangan «Dunyoning ishlari» qissasini yaratib, ma’naviyat haqidagi bahsni davom ettirdi.
«Dunyoning ishlari» qissasi eng ezgu, eng samimiy tuyg’ular haqida , eng e’zozli zot- ona to`g’risida hikoya qiladi. Ona insonga hayot beradi, yuvib taraydi, tarbiyalaydi. Ona uchun eng to`tiyo narsa, o`g’ilmi-qizmi, uning farzandi. O`tkir Hoshimovning bu asari mustaqil sujetli hikoyalardan tashkil topgan.Undagi “Gilam paypoq”, “Tush”, “Alla”, “Oltin baldoq”, “O`ris bolaning oyisi”,”Oq marmar, qora marmar”, “Iltijo” kabi hikoyalar kishini befarq qoldirmaydi, ularda o`g’li uchun har qanday mashaqqatga, jon fido etishga tayyor, sharqona axloq-odob qoidalarini o`zida mujassam etgan Ona madh etiladi.Barcha hikoyalar mazmuni ona timsoli tufayli yaxlitlik kasb etadi.Asar ortiqcha tafsilotlar, jimjimadorlikdan xoli.Shu sabab ham katta qiziqish va hayajon bilan o`qiladi. Bu qissa O`zbekiston Qahramoni Said Ahmad aytganidek,”…dostondek o`qiladi. Uni o`qib o`z onalarimizni o`ylab ketamiz…”
O`tgan darsimizda qissadagi hikoyalarni o`qish va sahnalashtirishni vazifa qilib bergan edik. Bugun siz bilan “Alla”, “Qarz”, “Gilam paypoq”, “Iltijo” hikoyalari haqida gaplashamiz .
Asardagi “Alla” deb nomlangan bob nihoyatda ta’sirchanligi bilan kishini rom etadi. Alla inson bolasi hayotda tinglaydigan ilk qo`shiq, u vujudimizga ona suti bilan singgan va umrbod unutilmasdir.Yozuvchi bu ezgu qo`shiqni ilohiy kuchga ega bo`lgan, ko`ngilni eritadigan ohang sifatida ta’riflaydi. Ushbu bobni hayajonsiz, entikmasdan o`qish qiyin.
Proyektor orqali “Alla” qo`shig’i hamda alla haqidagi videolavha o`quvchilar e’tiboriga havola etiladi.
Shundan so’ng “Gilam paypoq” hikoyasining audiomatni eshittiriladi.
“Rolli o`yinlar” usuli asosida I guruh “Qarz”, II guruh “Gilam paypoq”, III guruh esa “Iltijo” hikoyalarini sahnalashtirib ko’rsatadi.
O’quvchilar sahna ko’rinishini ijro etgandan so’ng ularning mazmunini yoritib beradi.
I guruh: “Qarz” hikoyasida qissaning bosh qahramoni Hakima ayaning insoniy fazilati qalamga olingan.Hakima aya kamtargina nafaqasini ham qo`shni farzandlar xursandchiligiga sarflaydi. O`tgan yili ularga tufli olib bergan bo`lsa, bu yil uch oyoqli velosiped, ko`ylak sovg’a qiladi. O`g’illariga esa “qarz oluvdim, qarzimni uzyapman” deb bahona qiladi. Hikoya oxirida o`g’il onasining nega bunday qilganini anglab yetadi va chuqur o`yga cho`madi.
II guruh: “Gilam paypoq” hikoyasida ona o`z jigarbandini kasallik xavfidan tezroq xalos qilish uchun hatto jonini berishga ham tayyor. Ona qattiq shamollagan o`g’ilchasini “Voy, endi nima qilaman! Voy, bolam o`lib qoladi!” degan tahlika bilan halloslagancha tabib Hoji buvining uyiga yuguradi.Bola darddan biroz yengil tortgach, o`z sog’lig’ini xavf ostiga qo`ygani- oyog’ini sovuqqa oldirgani ma’lum bo`ladi. Shu sabab ham o`g’il har yili onasiga gilam paypoq sovg’a qiladi.
III guruh: Qissaning “Iltijo” bobida ham insonning ona oldidagi farzandlik burchi hech qachon to`lab bo`lmas qarz ekani nihoyatda ta’sirchan ifodalangan.Chunki onalarimizning hayotdagi o`rni beiyos. Ular bizni dunyoga keltiradi, oq sut berib boqadi, uzoq tunlar beshigimizni tebratib, atrofimizda parvona bo`ladi, parvarishlab voyaga yetkazadi. Buni teran idrok etgan yozuvchi onani qo`msash, uning beqiyos mehri oldidagi qarzdorlik tuyg’ularini g’oyat samimiy tasvirlay olgan.
“O`yla, izla, top!” usuli orqali o`quvchilarning adabiyot daftarlariga darslikdagi lug’at so`zlar yozdiriladi. O`quvchilar bu so`zlarning ma’nolarini yozishlari kerak bo`ladi. Shundan so`ng lug’at so`zlar ma’nolari elektron doskada aks ettiriladi va o`quvchilar o`z-o`zini baholash asosida tekshiradilar.
Lug`at bilan ishlash:
Tancha — sandal
Kavshandoz — uyning oyoq kiyim yechib kiriladigan joy
Kuchala — terak, tolning to`p guli
Qimiz — ot sutidan tayyorlanadigan ichimlik
Namat — yungdan bosib ishlangan palos, kigiz
Mustahkamlash
Mavzuni mustahkamlash uchun adabiyot darsligidagi savol-topshiriqlar yuzasidan “Sirli sandiq” o`yini o’tkaziladi.Har bir guruhdan navbat bilan ikkitadan ishtirokchi chiqib, sandiqchadan savolni oladi va unga javob beradi.
Agar o`quvchi javob berolmay qolsa, o`z guruhidan yordam olishi mumkin.
“Gilam paypoq” hikoyasida onaning bolasiga fidoyiligi nimalarda ko`rinadi?
2.Iltijo deganda nimani tushanasiz?
3.“Qarz” bobi so`ngida qo`shnining qizchasi Nilufar bilan suhbat chog’ida nega adibning qo`lidan konfetlar tushib ketdi?
4.“Haqqush” hikoyasida noahil aka-ukalar qanday jazoga tortildi?
5.“Alla” bobidagi ona allasining nima sababdan barcha uchun tushunarli ekanligini sharhlang.
6.Asarda tasvirlangan ona timsoli bilan barchamizning onalarimiz o`rtasida qanday o`xshashliklarni ko`ramiz?
T/r
|
Berilgan gaplar
|
Hikoya nomi
|
1
|
Vahima qilmang, poshsha, dardini bergan xudo davosiniyam beradi.
|
“Gilam paypoq”
|
2
|
…Onalar farzandlari hamisha birga bo`lishini istaydilar.
|
“Haqqush”
|
3
|
Bahoga uch oyoqli velosiped, Baxtiga kuylak…
|
“Qarz”
|
4
|
Negadir shu ohang bilan qalbimga orom kirganday bo`ldi-yu, o`z-o`zidan ko`zlarim yumilib keta boshladi.
|
“Alla”
|
5
|
Ertalab-chi, oyi, yomg’ir yog’di.
|
“Iltijo”
|
Navbatdagi mashqimiz “Topqirlik bahsi“ deb nomlanadi. Bunda oquvchilar ekranda aks etgan quyidagi gaplar qaysi hikoyaga tegishli ekanligini aniqlaydilar.
Yakuniy bosqich “ONAGA EHTIROM” deb nomlanadi.
O`qituvchi: Ona farzandi uchun hamma narsaga,hatto jonini qurbon qilishga ham tayyor. Shuning uchun bo`lsa kerak, ona haqida behisob she’rlar to`qilgan, dostonlar, yirik asarlar bitilgan.Kichik maqollardan tortib muqaddas hadislarimizgacha ona madh etiladi, e’zozlanadi.
Bu bosqichda har bir guruh a’zolari “Onaga ehtirom” mavzusida taqdimot o`tkazishadi. 1-guruh ona haqida she’r o`qiydi, 2-guruh maqol va hikmatlardan yod aytadi, 3-guruh esa ona haqida matn tuzadi.
1-guruh: “Onajon” she’ri (Madina Xoliqova)
Izladim dunyodan mehr-oqibat,
Topmadim sizdan-da bir bag’ri kuyuk.
Onajon, izladim, lek topolmadim,
Sizdan-da ulug’ zot, sizdan-da buyuk …
Kerak emas menga hech narsa,
Siz baxtim, borlig’im,davlatim onam.
Hatto chumoliga ozor bermagan,
Oyog’i ostida jannatim onam!
2-guruh: Hikmatlar
Ona bilan bola, gul bilan (maqol)
Onalarning oyog’i ostidadur
Ravzai jannati jinon bog’i.
Ravza bog’in visolin istar esang,
Bo`l onaning oyog’in tufrog’i… (A.Navoiy)
3-guruh: ONA MEHRI (Matn)
Ona. Mehri quyoshga teng ona. O`z shafqati, nuri bilan bolaga qalb bergan, sevgi baxsh etgan- ona! Uning inoyat qilgan yuragi va muhabbati eng avval , onaning o`ziga qaratilib, bola uni sevdi, ardoqladi…
Ona – murabbiya. U kelajakka zo`r ishonch bilan qaraydi. Ona po`lat iroda sohibi: bolasi yo`lida hamma qiyinchiliklarni yengadi. Uning madhi hamisha kuylarda.
(Guruh a’zolari matnni tuzib, ketma ketlikda gaplarni o`qiydilar. Bu topshiriq orqali o`quvchilarda kommunikativ hamda adabiy bilimlarni amaliyotda qo`llash kompetensiyalari shakllantiriladi).
O`qituvchi: Darhaqiqat, «Dunyoning ishlari» qissasini o`qiganda qalbimizni ikki xil iliq his chulg’aydi — u ham bo`lsa, o`z onamizga va umuman, onalarga bo`lgan mehr hissi. Zero, adibning o`zi e’tirof etganidek, asar uning o`z onasi haqida emas, “…umuman, o`zbek ayoli haqida va umuman onalar to`g’risida”.Qissada bir-biridan qiziqarli voqealar juda ko`p. Shu tufayli sizga bu asarni to`liq o`qib chiqishni maslahat beraman.
Yurtboshimiz tashabbuslari bilan 2016-yil – “Sog’lom ona va bola yili” deb e’lon qilindi. Har bir ona jondan aziz farzandining baxtini, kamolini o`ylab, hamisha ezgu orzu-intilishlar bilan yashaydi. Yurtboshimiz shunday deydilar: ”Yer yuzida hayot paydo bo`libdiki, odamzod mo`tabar ona siymosi oldida hamisha ta’zim qiladi. Eng muhimi, ona va bola sog’lom bo`lsa, oila baxtli, oila baxtli bo`lsa, jamiyat mustahkam bo`ladi”. Jamiyatimizda ona va bolaga berilayotgan imkoniyatlar, yaratilayotgan shart-sharoitlarning poyoni yo`q. Onalarimiz — bizning baxtimiz. Ularni faqatgina tilimizda emas, chin dilimizdan e’zozlaylik. Purma’no o`gitlariga amal qilib, baxt manzili tomon dadil odimlaylik. Biz onalarimizni ezgu ishlarimiz, muvaffaqiyatlarimiz, a’lo o`qishimiz va namunali xulqimiz bilan baxtiyor qilaylik. Zero, bu bizning chin farzandlik burchimizdir.
Baholash uchun o’quvchilarning darsdagi ishtiroki inobatga olinadi va har bir guruhning hamda ishtirokchining bali e’lon qilinadi.
Uyga vazifa: O’tkir Hoshimov ijodiga mansub “Dunyoning ishlari” qissasidagi hikoyalar mazmunini o’rganish. “Mening onam hammadan yaxshi” mavzusida ijodiy ish yozish.