Ona tili fanidan dars ishlanma

Ona tili fanidan dars ishlanma
            Mavzu:“OTLARNI ANIQLASH”

Darsning mavzusi: Otlarni aniqlash

Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: o‟quvchilarga ot so‟z turkuni, uning so‟roqlari,

gapdagi vazifasi haqida tushuncha berish;

b) tarbiyaviy: ota-ona va vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash;

c) rivojlantiruvchi: chiroyli yozish malakasini rivojlantirish

rivojlantirish

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism. O‟quvchilar bilan salomlashish.

Navbatchi o„quvchining axboroti tinglanadi, o„quvchihiming

darsga tayyorgarligi aniqlanadi. Kun fasl, oy haqida so‟raladi.

O‟quvchilarning siyosiy bilimlarini aniqlash. Vatan haqida

she‟rlar so‟rash.

II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash. O„quvchilardan uyga

berilgan vazifa so’raladi, o„quvchilar bilan og„zaki savol-javob

o‟tkaziladi va “Kimning raketasi tezroq parvoz qiladi?”

ta‟limiy o‟yini o‟tkaziladi. Uyga vazifa so‟raladi.

Husnixat daqiqasi

B B B B B B B B B B B

b b b b b b b b b b b b

Bola aziz, odobi undan aziz.

III. Yangi mavzuning bayoni.

Otlar so‟roqlar yordamida aniqlanadi

1. Kim? O‟ quvchi, tikuvchi

2. Nima? Qalam, olma

3. Qayer? Maktab, Farg ‟ona

205-mashq. O„qing. Otlarni aniqlang. Avval ki m ?, keyin

n ima ? so„rog„iga javob bo‟lgan otlarni ko’chiring.

Ra‟no deydi: – Yurtni yashnatgan ko’klam,

Yoz, kuzimiz qanday chiroyli, ko’rkam.

Asom deydi: – Quyosh, oy-u yulduzlar!

Nizom deydi: – Kecha bilan kunduzlar!

Olim deydi: – Odam, jonivor, daraxtlar!

Dono deydi: – Daryo, dengiz, qir, tog„lar!

Omon deydi: – Yerdan chiqar gaz, konlar!

Zamon deydi: – Osmon, dengiz, o„rmonlar!

She‟rni ifodali o‟qitaman. Avval ki m ?, keyin n ima ?

so„rog„iga javob bo‟lgan otlarni topadilar. Guruhlardan

o‟quvchilar doskada mashqni yozadilar, qolgan o‟quvchilar

daftarlariga ko‟chiradilar.

Kim? Ra‟no, Asom, Nizom, Olim, odam, Dono, Omon,

Zamon, Shodmon, Bog‟bon, dehqon, amaki, Shavkat, ishchi,

aka.

Nima? Yoz, quyosh, oy, jonivor, daryo, dengiz, qir, qiz, osmon.

Dam olish daqiqasi o‟tkaziladi.

Bunda o‟quvchilar o‟rinlaridan turib oladilar. Multimediali

ilovadan qo‟shiq qo‟yib beriladi. O‟quvchilar ham birgalikda

aytib harakatlarini qiladilar.

Baliq bo‟lib suzamiz,

Shamol bo‟lib uchamiz.

Biz bilag‟on bolalar

Qushdek parvoz etamiz.

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.

Mashqni o‟quvchilar o‟qiydilar va tushintiriladi.

O‟quvchilarning qo‟llariga mashqdagi so‟zlar tarqatmalarda

beriladi.

1-guruh shaxslar, 2-guruh narsalar, 3-guruh tabiat xodisalari

nomlarini bildirgan otlarni aniqlab o‟zlari mustaqil daftarlariga

yozadilar.

Shaxslar kim? O‟quvchi, suvchi, dehqon

Narsalar nima? Ko‟mir, soat, rasm

Tabiat xodisalari nima? Kamalak, chaqmoq, yomg‟ir, tuman,

shamol, qirov, shabnam

Savollar:

Kitob so‟zi nimani bildiradi

Shifokor so‟zi kimni bildiradi

Toshkent so‟roq bering?

Ot deb nimaga aytiladi.

Yomg‟ir so‟zi nimani bildiradi.

Darsni faol o‟quvchilarini baholab darsni yakunlash.

Uyga vazifa berish: 207-mashq.

Kim? Sanjar, Alisher

Nima? Qorqunoq, chumchuq, chittak, musicha, xoda