Kitob — tafakkur xazinasi

Kitob — tafakkur xazinasi


Buyuk dramaturg Viliyam Shekspir kitoblar haqida shunday degan edi : “Kitob muqovasi zarhalli bo‘libgina qolmay, ichidagi mazmuni ham oltinga teng bo‘lsa, u alohida ahamiyat kasb etadi.”


«Kitob — beminnat ustoz. Har daqiqa u bizni donishmandlarning bilim xazinasi bilan oshno eta oladi», deb yozadi buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy.

   Ma’lumki, aholining intellektual va ma’naviy-estetik ehtiyojini qondirish, xususan, yoshlarni mustaqil fikrlaydigan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar va ma’nan barkamol insonlar qilib tarbiyalashda kitobning o‘rni beqiyosdir.

   Bugungi axborot asrining ilg’or texnologiyalarisiz kunlarimizni tasavvur qilolmamasak-da, tengdoshlarimiz orasida kitobga oshno bo’lgan yoshlarning borligi quvonarli holdir. Ko’cha ko’yda, transportlarda qo’llarida kitob tutgan insonlarni ko’rib quvonamiz.Afsuski, ba’zan yoshlar orasida qimmatli vaqtini behuda ishlarga, xususan, haddan tashqari ko’p kompyuter va qo’l telefoni o’yinlarini o’ynash, mazmunsiz filmlarni ko’rishga sarflashlari to’g’ri emas. Buning o’rniga, o’qishdan tashqari o’tadigan vaqtini samarali ishlar uchun rejalashtirishi maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, kunning ma’lum qismlarini foydali kitob mutolaasi uchun ajratish muhim ahamiyatga ega. Chunki, “yoshlikda olingan ilm toshga o’yilgan naqsh” yanglig’ o’qigan kitobi yillar o’tsa-da hayotda albatta asqotadi.

   Hozirgi kunda yurtimizda kitob bilan bog’liq masalalarga ham yetarlicha e’tibor qaratilgan. Yoshlarni barkamol avlod ruhida tarbiyalash uchun kitob o’qish masalasi yoshlar orasida keng targ’ib qilinmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yilning 12-yanvar kuni “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida” farmoyishi e’lon qilindi.


Joriy yilda  O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi tashabbusi bilan «kitob o’qigan «Spark» minadi»   shiori ostida eng yaxshi kitobxonlarga  Prezident sovg’asi  «Spark» avtomashinasi taqdim etildi. Bu orqali ko’p yoshlarni kitob o’qishga qiziqishi ortdi desam mubolag’a bo’lmaydi.  Darhaqiqat, bugungi kunda yurtimizning barcha kutubxonalari kitobxonlar bilan to’lgan desam mubolag’a bo’lmaydi. Tan olaman, oldinlari men ham ba’zi yoshlar singari virtual olamda «suzganman» . Lekin xozirgi paytda menda ham kitobga bo’lgan qiziqish juda ortdi.


Yapon maktablaridan birida jahon tarixidagi eng buyuk kashfiyot nima, degan so‘rovnoma o‘tkazilgan ekan. Bu so‘rovnomada ishtirok etganlar o‘zlari mo‘jiza deb bilgan turli narsalarni tilga olishgan : olov, dvigatel , atom bombasi , elektrotexnika va boshqa bir necha narsalar . Biroq qatnashchilar ichidan 6- sinf o‘quvchisining “Eng zo‘r kashfiyot – kitob” deb bildirgan javobi hay’at a’zolariga ma’qul tushgan ekan . Nima sababdan aynan kitob, degan savoliga u “Qolganlarning fikrlari ham to‘g‘ri, lekin kitob bo‘lmasa, ularning birortasi ham ixtiro qilinmasdi-ku”, deb javob bergan.

Buni qarangki, ko‘pchilikni xayoliga ham kelmagan ushbu javob chinakam haqiqat ekanligi asta – sekin o‘z isbotini topib boryapti . Kitob haqiqatdan ham , mo‘jiza , unda keltirilib o‘tilgan jumlalar beixtiyor kitobxonga yuqish , unga ruhiy ta’sir o‘tkazish , aqliy o‘stirish kabi vazifalarni bajarishga qodir .

Kitobdan shunchaki ermak yoki bo‘lmasa zerikishda qo‘l keladigan bir vosita sifatida foydalanish xatodir. Kitob tafakkur va qalb ehtiyojini qondiruvchi omil sifatida inson ruhini tarbiyalaydi , uning shaxsi shakllanishida asosiy turtki beruvchidir . Kitob mutolaa qilish jarayonida undagi ma’lumotlarni kishi nafaqat ongi va ko’zi , shuningdek ko‘nglini ham birdek uyg‘oq holda tutishi bilan xotirasida saqlab qolishi mumkin .  Kitob o‘qishdan maqsad bu – uning mazmunini anglab yetish , unga singdirilgan ma’no-mazmunni qalban tuyish va bu orqali ma’nan ozuqaga ega bo‘lishdir . Kitob mutoalasi insonda ma’naviy bo‘shliq paydo bo‘lishiga zinhor va zinhor yo‘l qo‘ymaydi , shunday ekan kitobni mutolaa qiluvchi har qanday inson yuksak ma’naviyatli shaxs bo‘lib yetishishi mumkin .


Shunday ekan, aziz yoshlar kitob o’qing Zero, kitob insonning hayot yo‘lida yo‘ldoshi bo‘lsa, hayot so‘qmoqlaridan ravon va mamnuniyat bilan o‘tadi.


…agar Yevropa Uyg‘onish davrining natijalari sifatida adabiyot va san’at asarlari, arxitektura durdonalari, tibbiyot va insonni anglash borasida yangi kashfiyotlar yuzaga kelgan bo‘lsa, Sharq Uyg‘onish davrining o‘ziga xos xususiyati, avvalo, matematika, astronomiya, fizika, ximiya, geodeziya, farmakologiya, tibbiyot kabi aniq va tabiiy fanlarning, shuningdek, tarix, falsafa va adabiyotning rivojlanishida namoyon bo‘ldi.