“Mening mahallam – Obod mahalla”

Mahalla… Shu birgina so`z zamirida butun olam ezguliklari, urf –odat va an`analari, qaynoq tafti mujassam. Mahalla biz  uchun mehri beminnat ona misoli. Onamiz har tong boshimiz silab uyg`otib, yaxshiliklarga undasa, mahalla ulug`-ulug` maqsadlar sari qo`limizdan tutib  hamdam bo`ladi. Onaizorimiz oq yuvib oq taragan bo`lsa, mahallamiz mana shu oqlikni yuragimizga ko`chirgan Ka`ba desak xato bo`lmaydi. Boisi, kindik qonimiz to`kilgan bu zamin oq niyatlarni ko`nglimizga tugishni o`rgatgan. Birovning haqqi  hech qachon birovniki bo`lmasligini, xalqimizdagi sabr-u qanoat tushunchalarining qanchalik qon-qonimizga singib ketganligini ko`nglimizga qadagan.


Bugungi kunda mahallalar mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlarning faol ishtirokchisidir.