Tavsifnoma, tavsiyanoma matnlari qismlari o’zaro bog’lanish yo’llari

Tavsifnoma, tavsiyanoma  matnlari  qismlari  o’zaro  bog’lanish  yo’llari

Tashkiliy   qism

a)Uqituvchi  talabalar   bilan   salomlashadi

     b)Dars  xonasini  kuzdan  kechiradi , davomadni  oladi

II  Uyga  vazifani  so’rash

Uyga vazifa  ogzaki  ravishda   suraladi, yani  talabalar o’zlari  izlanib  topgan  materiallarini  gapirib  berishadi.

III Fikrlashni  jamlash ( o’tilgan  mavzular bo’yicha aqliy

 hujum )

Munshiy bu….

Telegrammaning asosiy zaruriy  qismlarini  sanab  bering?

Oilaviy sharoiti va oila  a’zolari uzi  haqida yoziladigan hujjat turi qaysi

Ariza nima va u qanday  yoziladi

Shaxsiy hujjat  turlarini  sanab bering

Tavsifi matnning leksik uslubiy belgilari  nimalar


IV Yangi  mavzu  bayoni


Tavsifnima ma’lum  bir  shaxsning mehnati, ijtimoiy  faoliyati uziga  xos xislatlar  va fazilatlarini  aks  ettiruvchi  rasmiy  hujjat   sanaladi.

Ish qogozining  bu  muhim  turi bilan uquvchilarni “ Sifat” suz  turkumini urganish  jarayonida  tanishtirish maqsadga muvafiqdir.

Chunki  bunday  matnlarda  sifatlar  kup  qullaniladi. O’quvchi sinfdoshi  ( dusti) tanish – bilishining  o’qish  yoki  mehnat  faoliyatini  , uning  o’ziga   hos  hislat  va  fazilatlarini  aks  ettirar  ekan hislatlardan tugri va   urinli foydalanish  malakalarini  ham  egallab  boradi.

Sinfdoshiga  yoki  o’z   teng   qurlariga  tavsifnima  yozish uchun  o’quvchi  tavsiflanayotgan  shaxs  haqidagi ma’lumot ( ismi, otasuning  ismi  va   familyasi , tugilgan  yili, milati, sinfi, sinfda yoki  maktabda bajaradigan jamoat topshirigi), uning  uqish  va  ijtimoiy   mehnat faoliyati  , ishonchligi, ahloqiy   xislatlari tashlitchiligi kabilarni  bilishi  shart.

Tavsifnoma matnini uzaro  mantiqan boglangan  uch tarkibiy  qismga  ajratish mumkin.

Tavsiflanayotgan shaxs ( uquvchi ) ning  uqish  faoliyati ( uning maktabda  urganadigan  fanlarga munosabati uz bilimlarini  oshorish, uzlashtirish  darajasi  uqishga  ma’suliyati ) haqida  ma’lumot  beriladi

Tavsiflanayotgan shaxsning  ijtimoiy  faoliyati ( xulq atvori; jamoat  ishlarida  ishtiroki; sinfdoshlariga  murojaati; oiladagi hayoti; darsdan keying  bush  vaqtini  qanday  utkazishi  va  hokazalar) kursatiladi:

Muallif ( uquvchi ) ning bayon qilganlaridan   Tavsifnoma  qanday  maqsadda  yoki nima  uchu  birilayotganligi kursatiladi . tavsifnomani  zarur  ma’lumotlar  yigilgandan keyingina  yozishga kirishsa  buladi. Tavsiyanoma ham tavsifnoma  singari uquvchilar  nutqini  rivojlantirishda muhim  ahamiyat kasb   etadi. Tavsiyanomalar ayrim  jihatlari  bilan  tavsifnomalarga  uxshaydi. Ulafrning  har  ikkalasida ham shaxsning  xususiyatlari: qiziqishi, layoqati, fikrlay olish  darajasi, ishchanligi, uz  ustida  mustaqil ishlay  olishi  kabilar  uz   ifodasini  topadi. Ammo  tavsiyanomoda  shaxsning  xususiyatlari tugrisida  fikr  yuritish  bilan  bir    qatorda uning  ma’lum bir  vazifasini  uddalashda  ishonch  bildiriladi va  tavsiya   etiladi . Tavsiyanomada  biror  shaxsni ma’lum   lavozimda yoki  ijtimoiy , siyosiy  tashkilarga  a’zo  bulishi  uchun  tavsiya  etuvch  rasmiy   hujjat . Tavsiyanoma  bilan  tavsifnoma   orasidagi  asosiy  farq shundaki tavsifnomalarda shaxsning  barcha  ijobiy  salbiy   xusuaiyatlari qayt   qilinadi. Tavsiyanomalarda  esa  uning ijobiy  xususiyatlari kursatishi bilan birga  , keyinchalik uning  zimmasiga  yuklatiladigan vazifani   bajara  olishiga  ishonch  bildiradi  va tavsiya  etiladi. Turli  mukofotlarga  taqjdim etish ham tavsiyanoma tamoyiliga  buladi.Tavsiyanomaning  asosiy  zaruriy qismlari

Hujjatning nomi

Matn

Tavsiyanoma beruvchi shaxsning liavozimi ismi familyasi

Imzo

Sana

V    Mustaqil  ishlash . Yangi  mavzuga doir  savol beriladi . O’quv-

chilarga,  guruhlarga topshiriq  beriladi va  bajaradilar .

Tavsifnoma nima maqsadda

Tavsifnoma tuzishda qaysi  so’z turkumlaridan

Tavsifnoma matnini o’zaro mantiqan  foydalangan  nechta  tarkibiy  qismga  ajratish

Tavsiyanoma qaysi jihatlari bilan tavsiyanomaga o’xshaydi

Tavsiyanoma nima  maqsadda tuziladi.

VI Yangi mavzuni mustahkamlash

Tavsifnoma matnini tuzish

Tavsiyanoma matnini  tuzish

VII Xulosa

Darsda  faol  qatnashgan  uquvchilar rag’batlantiriladi. Passiv  qatnashgan  o’quv-chilarga  ogohlantirish  beriladi.

VIII Uyga  vazifa


Nutq o’stirish  mashg’ulotlari(  metoduik  qo’llanma )  A. Gulomov, B. Qabulova “ “O’qituvchi” nashriyoti 1995- yil 104-107 betlarni o’qib   kelish. Tavsifnoma va Tavsiyanoma  matnlarini  tuzib  yozib    kelish.