O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO`MITASI
TOSHKENT SOLIQ KOLLEJI
Mavzu: Ekologik muammolar
Toshkent 2011
Ekalogik muammolar va ularning yechimi.
Insonning mrhnat faoliyati natijasida atrof muhitga turli chiqindilar chiqariladi. Chiqin-dilar ( qattiq, gazsimon va suyuq ) ning bir qismi atmosferaga, boshqasi suvga, yerga, o’simlik va hayvonot dunyosiga ta’sir etib, vaqt mobaynida to’planib boradi. Ularning yillar davomida asta-sekin to’planib borishi turli muammolarni ba’zan inson hayoti uchun o’ta xavfli muammolarni keltirib chiqarishi endilikda to’liq tasdiqlanmoqda.
Insonning xo’jalik faoliyati natijasida dunyoda yirik ekologik muammolar kelib chiqmoqda. Ular quyidagilar: “issiqxona samarasi”, ozon “tuynugi”, cho’llanish.
“Issiqxona samarasi”. Dunyo bo’yicha XX asrning 50- yillaridan boshlab, energiya ishlab chiqarishning keskin ortishi muno-sabati bilan atmosferaga katta miqdorda chiqin-dilar chiqarila boshlandi. Atmosferaga chiqariladigan chiqindilar miqdori yiliga 5 milliard tonnani tashkil qildi. Bu miqdor yil sayin orta boshladi. Bu esa Yerdagi o’rtacha harorat 1890-yildagi 14,5 C dan 1980-yilda 15,2 C ga, ya’ni 0,7 daraja-ga oshishiga olib keldi. Mazkur ko’rsatgich yil sayin ortib borish xususiyatiga ega. Bu esa “issiqxona samarasi” ning yuzaga kelishiga sabab bo’lmoqda. Olimlar-ning fikricha, “issiqxona samarasi” ni vujudga kelkeltiruvchi gazlarning hozirgi ortish sur’ati saqlanib qolsa, har 10 yilda harorat 0,2-0,5 darajaga ko’tarilishi natijasida Yevrosiyoda tundra, o’rmon-tundra, tayga, aralash va keng bargli o’rmonlar, o’rmon-dasht va dasht tabiat zonalarining shimol-ga siljishi kutilmoqda. Bundan tashqari, Yevropa va Afrikada daryolarning suv oqimi ortadi.
Dunyo bo’yicha havo haroratining ortishi muzliklarning erishi va okean suvlarining issiqlik ta’sirida kengayi-shiga olib keladi. XX asr davomida olimlarning hisobi bo’yi-cha okean sathi 17,5 santimetrga ko’taril-gan. Amerika olimlarining bashoratiga ko’ra 2100-yilga kelib Dunyo okeani sathi 1,4-2,2 metrga ko’tarilishi mumkin. Bu okean sohillarida joylashgan ko’pchilik davlatlarning suv ostida qolib ketishiga sabab bo’ladi.
Ozon “tuynugi”. XX asrning 50-yillar-idan boshlab, havoda freon gazlarining ( xlor, ftor, uglerod ) miqdori ko’pay-ganligi kuza-tila boshlandi. Bu gazlar 25 kilometr ba-landlikda joylashgan ozon qatlamini yemi-ra boshladi. Ma’lumki, ozon qatlami Quyoshdan kelayotgan zararli ultrabinafsha nurlarini tutib qoladi. Ozon qatla-mining yemirilishi natijasida ozon “tuynugi” hosil bo’ldi. Mazkur tuynuk-dan Yer yuzasiga ultrabinafsha nurlarining kirib kelishi donli ekinlar hosilini keskin kamaytirib yuborishi, odamlarning teri raki kasaliga chalinishlariga sabab bo’lishi aniqlangan.
1989-yil 81 mamlakat olimlari, mutaha-ssislari hamda davlat arboblari qabul qilgan “Ozon qatlamini muhofaza qilish Xelsinki Deklaratsiyasi” da 2000-yilga qadar freon gazlaridan ishlab chiqariladi-gan mahsulotlarni kamaytirib boorish tad-birlari belgilab berildi. Natijada so’nggi yillarda ozon “tuynugi” ning maydoni qis-qarib bormoqda.
Cho’llanish. Hozirgi kunda cho’llanish jarayoni, ya’ni hosildor yerlarning, yay-lovlarning cho’lga aylanishi tabiiy va sun’iy omillar ta’sirida sodir bo’lmoqda. Tabiiy onillarga asosan qurg’oqchilik kiradi. Masalan, 1968-1974-yillarda Sahroi Kabirning sohil mintaqasida falokatli qurg’oqchilik oqibatida Chad ko’li may-donining 60 foizidan ortig’i, Neger, Senegal daryolari qurib qoldi, namlik yetishmasligi natijasida yaylovlarning mahsuldorligi keskin kamaydi, cho’l 100-150 kilometrga savannaga bostirib kirdi.
Insonning yerdan noto’g’ri foydalanishi natijasida katta-katta maydonlarda hosil-dor yerlar cho’lga aylanmoqda.
Hozirgi paytda inson faoliyati ta’sirida 9 million kvadrat kilometr maydonda cho’l hosil bo’lgan. Har yil taxminan 21 million gektar yer to’liq buzilib cho’lga aylanmoqda. Har yili sug’orilayotgan yerlarning 6 million gektar maydoni cho’lga aylanadi.
Hozirgi paytda cho’llanishning oldini olish bo’yicha muntazam ilmiy va amaliy ishlar olib borilmoqda. Keniya davlatining poytaxti Nayrobida cho’llashishga qarshi kurashni muvofiqlashtiruvchi tashkilot faoliyat ko’rsatib turibdi.
HUDUDIY EKOLOGIK MUAMMAOLAR VA
ULARNING YECHIMI.
Sanoat va qishloq xo’jaligi yuqori darajada rivojlangan hududlarda tabiat va jamiyat o’rtasida o’zaro ta’sirning keskinlashuvi oqibatida mintaqaviy ekologik muammolar kelib chiqmoqda. Bu ekologik muammolar tabiiy muhitni keskin o’zgartirib, aholi salomatligiga ta’sir etmoqda.
Hozirgi paytda hududiy ekologik muammolar O’rta, Qora, Azov, Boltiq, Shimoliy, Karib dengizlari havzasi, Fors qo’ltig’i, Kasbiy va Orol dengizlari, Baykal, Balhash, Ladoga, Onega, Chad, Buyuk ko’llar va boshqa hududlarda mavjud.
O’rta Osiyo va O’zbekistonda vujudga kelgan hududiy ekologik muammo – bu Orol dengizi muammosidir. 1911-1960-yillar davomida Orol dengizi har yili o’rtacha 52 kub kilometr suv quyilib kelgan va uning sathi muntazam ravishda 53 m mutlaq balandlikda, akvatoriyasi 66 ming kvadrat kilometr, suvning o’rtacha sho’rlanganlik darajasi 9,5-10 foiz (9,5-10g/l) bo’lib, o’rtacha chuqurligi 16 metrni tashkil qilgan.
O’rta Osiyo va Janubiy Qozog’iston-dagi qo’riq yerlarning o’zlashtirilishi, qator yirik suv omborlarining bunyod etilishi, kanallar, kollektor-zovurlar tizimlarini qurib, ishga tushirilishi natijasida 1961-yildan boshlab Amudaryo va Sirdaryodan Orol dengiziga tushadigan suvlar miqdori kamaya boshladi. Buning oqibatida Orol dengizining sathi pasayib, maydoni kamaya boshladi. Buning oqibatida Orol dengizining sathi pasayib, maydoni qisqara boshladi, suvning sho’rlanganlik darajasi esa orta boshladi.
Orol dengiziga Amudaryo va Sirdaryo orqali qutilgan suv miqdorining 1926-1996-yillar mobaynida o’zgarib borishi, kub km da.
Orol dengizi suv rejimining o’zgarish.
( A.Y.Asarin ma’lumotlari bo’yicha)
Orol dengizi sathi 1960-1970-yillari 21 sm, 1971-1980-yillarda 68 sm, 1981-1985- yillarda 80 sm ni tashkil qildi.
Orol dengiziga Amudaryo va Sirdaryo-dan 1941-1960-yillari 55,2 kub km; 1961-1970-yillari 41,5; 1971-1985-yillari 15,0; 1986-1996-yillari 12,6 kub km suv kelgan.
Hozirgi paytda Orol dengizining qurib qolgan qismi maydoni 3 mln ga ni tashkil qiladi. Dengizning qurigan qismi yalang tekislikdan iborat bo’lganligi uchun yer-osti suvlarining gorizontal harakati qiyin, shuning uchun ularning asosiy qismi bug’lanib tuproqda tuz miqdorining ortib ketishiga olib keldi.
Amudaryo va Sirdaryo quyi qismiga oqib kelayotgan suvning kamayishi oqi-batida bu yerlardagi botqoq va to’qaylar maydoni qisqarib cho’llanish jarayoni rivojlanadi.
Hozirgi vaqtda Orol dengizi muammosi yechimi ikki narsaga –dengiz sathini ma’lum darajada ushlab turishga va Orolbo’yi ekolo-gik sharoitini yaxshilashga qaratilgan.
Orol dengizi sathini ma’lum bir balandlik-da, ya’ni 33 metr mutloq balandlikda ushlab turish uchun Orolga har yili Amudaryo va Sirdaryodan 20 kub kilometr suv tushib turishi lozim.
Orolbo’yi hududida ekologik sharoitni yaxshilashning asosiy yo’li aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, qurib qolgan o’zanlar, ko’llarga muntazam ravishda suv yuborish, dengizning qurigan qismida shamol harakatini to’sish uchun qumlarni o’simliklar bilan mustahkamlash, yerlar-ning meliorativ holatini yaxshilash, yaylavlar pichanzorlar maydonini kengaytirishdan iborat.
IQLIM MUAMMOSI: BASHORATLAR, MUAMMO VA YECHIMLAR
Mutaxassislar 2005 yilning birinchi haftasi issiq kunlar bilan boshlanishini bashorat qilishgandi. Lekin bunday bo‘lib chiqmadi. Anchadan buyon qor ko‘rmayotgan dunyoning bir qator mamlakatlariga aynan shu haftada qor yog‘di. Selsiy va Farangeyt shkalalari sovuq va izg‘irinni bildiruvchi raqamlarni ko‘rsatdi. Yaqinda 200 nafar iqlimshunos Toni Bler taklifiga binoan Angliyaga tashrif buyurishdi va unda Yer sharida haroratning keskin ko‘tarilib ketishi munosabati bilan 1997 yil qabul qilingan Kioto protokolini amalga tezroq tatbiq qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Iqlimshunoslar vaqtni qo‘ldan boy bermay, protokol yuzasidan kerakli chora-tadbirlar ishlab chiqish zarurligiga alohida urg‘u berishdi.
Dastlab haroratning ko‘tarilib ketishi va atmosferaning ifloslanish darajasi xavfli nuqtaga yaqinlashib qolganligi haqida iqlim o‘zgarishi munosabati bilan tuzilgan hukumatlararo komissiya rahbari Rajendra Pachauri to‘xtalib o‘tgandi. U bu mavzuda BMTning Mavrikiyada bo‘lib o‘tgan konferentsiyasida ma’ruza qildi. Shundan so‘ng Oksford universitetning bir guruh olimlari iqlimning keskin o‘zgarishi komissiya keltirgan raqamlardan ikki marta ko‘p xavf keltirishini aniqlashdi. Xalqaro ishchi guruhining ta’kidlashicha, o‘n yildan keyingi vaziyat asl holiga qaytarib bo‘lmaydigan darajaga yetadi.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, iqlimshunoslarning navbatdagi konferentsiyasida iqlimning xavfli tomonga burilishi masalasi muhokama qilindi. Hozirdanoq Bosh vazir harorat muammosini YeI va “katta sakkizlik” davlatlari o‘rtasida tashkil etiladigan sammitda ko‘tarib chiqish mas’uliyatini olgan. Angliya ekologiya vaziri Margaret Bekett konferentsiyani ochiq deb e’lon qilarkan, kelajakda haroratning global ko‘tarilish oqibatlaridan qochib bo‘lmasligini aytib o‘tgan. Keyin barcha qit’alardan tashrif buyurgan olimlar va iqtisodchilar nutq so‘zlashdi. Ularning fikricha, e’tiborga arzimagan narsalar hozirda jiddiy muammolarni keltirib chiqarayotir.
Agar hukumatlar chora ko‘rishsa, ibtidoiy va arzon texnikalardan voz kechishga to‘g‘ri keladi. Aslida bunday qaror ilgari ham qabul qilingan edi. 1986 yil Venada yig‘ilgan yadro energetikasi mutaxassislari Chernobl fojeasini ko‘tarib chiqishgandi. Sobiq Ittifoq delegatsiyasi o‘shanda vertolyotda suratga tushirilgan yadro reaktorining cho‘g‘ rangiga kirish jarayonini havola etgandi. Albatta, tasvirlarning bari keskin ruhda emasdi. Lekin jonli hujjat o‘z davrida dunyo siyosatdonlariga yetarlicha tashvish tug‘dirayotgan yadro inqirozini yaqqol namoyon etdi. Hozirga kelib yadro muammosiga haroratning oshishi, muzliklarning erishi qo‘shildi. Ehtiyotkor fan barcha sirni oshkor qilishni istamaydi. Shunday bo‘lsa-da, Arktikadagi dengiz muzliklari deyarli yarim hajmidan ayrilganini keltirib o‘tmoq joiz. Qashshoqlik, qurg‘oqchilik, kuchli shamollar va suvsizlik kabi ofatlar zilzilaga nisbatan uch marta ko‘proq sodir bo‘layapti. Bularning bari iqlim o‘zgarishiga bog‘liq hodisalardir.
Olimlarning aniqlashicha, Shimoliy dengizdagi qushlar soni o‘tgan yilga qaraganda keskin kamayib ketgan. Chunki ular iste’mol qiladigan baliqlar iliq suv havzalarini tark etishgan. Achinarli tomoni shundaki, harorat xavfi haqida mutaxassislar ancha oldin, ishonish qiyin bo‘lgan paytlarda ogohlantirishgan edi. Konferentsiya ishtirokchilari yana okeanlarda asta-sekin kislota miqdorining ko‘payib borishidan tashvishda ekanliklarini bildirishgan. Bu hol dengiz jonivorlarining qirilishiga olib kelishi mumkin.
Britaniyada Antarktika loyihasi bilan shug‘ullanuvchi olimlar hozirning o‘zidayoq bir qator tadqiqotlarni amalga oshirishdi. Tekshiruvlar shuni ko‘rsatdiki, G‘arbiy Antarktikadagi muz qoplamining erishi oqibatida dengiz sathi o‘n besh fut, taxminan 4,57 metrgacha ko‘tariladi. Ekspertlar muammoni yakdil hal qilish tarafdori. Ayni paytda yangi ilmiy xulosa vujudga kelmoqda: agar biz fojeaning oldini olishni istasak, unda isish haroratini ikki gradus oraliqda ushlab turmoq lozim. Bu uglekislorodli gazlar kontsentratsiyasining maksimal miqdori 400 birlikni tashkil etishi kerakligini bildiradi. Afsuski, hozirning o‘zidayoq kontsentratsiya 370 birlikka yetgan va o‘sishda davom etmoqda.
Mutaxassislarning fikricha, masalaga yechim topish mumkin. Buning uchun davlatlar 2050 yilgacha uglekislorodli gazlar hajmini 50 foizga qisqartirishlari, rivojlangan mamlakatlar 2020 yilgacha 30 foizga kamaytirishlari darkor. Vaqt esa kam qolgan. Agar kelayotgan o‘n yil yana harakatsiz o‘tkazilsa, keyin ikki barobar kuch talab qiluvchi tadbirlarga ehtiyoj tug‘iladi. Yigirma yil bekorga sarflansa, bu uch-etti barobar qimmatga tushadi. Yaxshisi, zararsiz texnologiyalarni ishlab chiqmoq, energetik chiqindilar miqdorini kamaytirmoq, qayta ishlash sanoatini takomillashtirmoq, o‘rmon va qishloq xo‘jalik resurslaridan unumli foydalanmoq zarur. Umuman Yevropada ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning bir foizi 20 yil uchun sarflansa, maqsadga muvofiq bo‘lur edi.
Orol dengizining
ekologik ahvoli
Orol dengizi ilgari vaqtda dunyodagi eng katta ichki dengizlardan biri hisoblanib, unda balikchilik, ovchilik, transport va erkratsion maqsadlarda foydalanilar edi. Dengiz suv rejimini unga kuyiladigan Amudaryo, Sirdaryo, er osti suvlari hamda otmosfera yonilgilari tushishi va yuzadan suvning buglanishi tashkil etadi. qadimgi tarixiy davrlarda dengiz sathining 1,5 — 2,10 o`zgarishi tabiiy iqlim hususiyati bilan bo`liq bo`lib, suvning hajmi 100 — 150 kub km, suv sathi maydoni — 4000 kv, km ni tashkil etgan.
Sug`oriladigan dexkonchilikning rivojlanishi natijasida su`orilishga foydalaniladigan kaytmas suvlar va kurkchilik yillari Amudaryo va Sirdaryoning deltasiga kuyiladigan suv miqdori kamaydi. Shunday qilib, hozirgi vaqtda dengizning sathi 1961 yilga nisbatan 16,8 m ga pasaydi. 1994 yil 36,6 m. Bunda dengizning hajmi 3 marta, yuzasi 2 marta, shurlanish darajasi 9-10 gG`l dan 34-37 gG`l ga ortadi; 2000 yilga borib 180- 200 gG`l kutariladi. Schozirgi kunda dengiz sathining pasayishi yiliga 80 — 110 sm tashkil etmoqda. Kirgok chizigi 60 — 80 km pasayib, ochilib qolgan erlar 23 ming km2 tashkil etadi.Amudaryo va Sirdaryoning kuyi okimlarida suvning sifati yomonlashadi, hamda ichish uchun yaroksiz bo`libqoladi. Ekologik tizmlar, o`simlik va hayvonlar chuqur inkirozga uchrayapti. Eng yomon axvol Janubiy oroldir.Ushbu mintaqa
o`z ichiga shimoliy garbiy kizil kum, Zaungao`z, Kora kum, Janubiyustyurt va Amudaryo delütasikabi landshaft komplekslarini oladi. Orol bo`yining umumiy maydoni — 473 ming km2 bo`lsa, uning Janubiy qismi 245 ming km2 tashkil etadi. Bunga KKR hududi,O`zbekistonning Xorazm viloyati, Turkmanistonning Toshavvo`z vilochtlari kiradi. Orol va orol bo`yida sodir bulayotgan jadal ravishdagi chullanish hodisasi dunyo tajribasida uchratilmagan. Shuning uchun ham mikdor va sifat jixatidan baxolash ancha qiyinchilikalrga duch kelmoqda. Dengiz tubining ochilishi va daryo delütalarining qurishi hisobiga cho`l maydonlari kengaymoqda. Ochilib qolgan 1 mln ga maydon yuzasi mayda tuz zarrachalari bilan koplanib yangi shakldagi kum qoplamlarini hosil qiladi.
Shunday qilib, markaziy Osiyo hududida kum, tuz ayrozonalarini shamol yordamida kuchirib yuruvchi kuchli yangi manba vujudga keldi. Dastlabki ma’lumotlarga karaganda yiliga atmosferaga 100-150 mln. tonnagacha chang — tuzon kutarilishi mumkin. Dengiz tubidan kutarilganchang — tuz tuzoni atmosfera ifloslanishi 5% ham ortib yubormoqda Chang — tuzonlarning atmosferaga kutarilishi 1 marta 1875 yili kosmosdan ko`zatilgan. Chang — tuzon uzunligi — 400 km, eni esa 40 km bo`lib, radiusi 300 km tashkil etadi. Tuzlarning er yuzasida yogilishi natijasida paxtaning hosildorligi 5 — 15 % sholining esa 3-6 % pasayib ketdi. Orol bo`yiga yogilayotgan chang — tuz zarrachalaridan umumiy mikdor o`rtacha 520 kgG`ga tashkil etib, tuproq holati yomonlashuvining asosiy sababchilaridan biri bo`lib koldi. KKR ning su`oriladigan maydonlari chang — tuz fraktsiyalari 250 kgG`ga dan Chimboy tumanida 500 t gacha boradi. Shurlangan kum tuzlari yili orol bo`yidagi 15 imng ga Yaylovlarni egallabbormoqda. ~o`za uchun ajratilgan maydonlar kasallik ko`zgatuvchi zarakunandalar bilan zararlangan. qishloq xo`jalik maxsulotlari hosili pasayib ketmoqda. Daryoning yuqori okimidagi hududlarda meliorativ holati yomonlashishi (Surxondaryo, Kashkadaryo, Buxoro, Samarkand) II kategoriyada erlaning ko`payishiga olib kelmoqda. Amudaryoning o`rta okimi
joylashgan. Turkmanistonning suv xo`jalik tumanlaridamurakkab meliorativ holat kelib chikmoqda. Amudaryo va Sirdaryoning kuyi okimlarida ko`pchilik maydonlar konikarsiz meliorativ ahvoli bilan 3 va 4 katigoriyaga mansub erlar hisoblanadi, shurlangan, kuchli shurlangan maydonlar 35- 70 % tashkil etadi. Tuproq-larning shurlanishi hisobiga kishlk xo`jalik maxsulotlari hosili O`zbekistonda — 30%, Turkistonda 40 %, Kozoxistonda — 33%, Tojikistonda — 1990 Kirgizistonda — 20 % pasayib ketdi. Kuchli shurlangan er osti suvlarning joylashishi, chullanishi jarayonini kuchaytirmoqda. Amudaryo av Sirdaryo kirgoklarini pasayish natijasida daryolarning kuyi qismida suv toshkinlarini akmaytirib yuboradi. Bu o`z navbatida tukay o`simliklari maydonlarini qisqarishiga, ilgari gumusga boy bo`lgan utloki — botqoqli tuproqlar unumsiz utlok takir cho`l, kumli tuproqlarga aylanishga olib keladi. Sutemizuvchi hayvonlar qushlar kamayib ketdi. Kurigan maydonlar aholi uchun xavfli kasalliklarni tarkatuvchi kemiruvchilar bilan tulib bormoqda. Orol bo`yining sanitar — epidemiologik ahvoli nixoyatda ogir aholi markaz-lashtirilgan suv bilan ta’minlash 29- 67 % ni tashkil etadi. Aholini yarmi ifloslangan ochiqsuv havzalaridan foydalaniladi. Orol dengizini saqlab qolish mumkinmi? Orol muammosini asosi uni dengiz sifatida saqlab qolish tashkil etadi.Shuni ta’kidlash lozimki Orol o`z tarixi davomida ilmiy ma’lumotlarga karaganda ko`p marta o`z shaklini o`zgartirganini va ko`rib qolgani ma’lum. Orol dengizining dastlabki absolyut balandligini tiklash uchun ming kub km dan ortiq suv kerak bo`ladi.
О ДЕН Orol dengizi muammosi xam dikkatga sazovordir.Orol dengizi 80-yillarda ayniksa kuriy boshladi. Xozirgi vaktda Urta Osiyoni umumiy muammosiga aylanib kolgan. Dengiz xozirda «ulik dengiz» deb xisoblanmokda. Tirik organizm dengizda deyarli yuk. Dengizning kurigan soxillaridagi tuplanib kolgan erdagi tuzlar shamol esganda changlar bilan aralashib, inson salomatligiga jiddiy xavf tugdiradi.Usha erdagi axolida suv muammosiga duch kelinmokda.Bundan tashkari deyarli Orol dengizining yarmi kurib kolayotganidan, xech kim kaygurmayapti. Orol dengizini tiklashga chet el mablaglari ajratilgani bilan usha mablag dengizga xarajat kilinishini xech kim uz nazoratiga olmayapti. BUndan kelib chikadiki mablaglar usha erga «etmayapti». Buni kiska kilib shunday ta’riflash mumkinki, Urta Osiyo mamlakatlarida kurgokchilik vujudga keladi. Buni jaxon xamjamiyati va Urta Osiyo mamlakatlari «pichok suyakka kadalganida» anglab etishadi. Afsuski Orol dengizi kurib kolgandan sung bu muammoni echish yullari kidiriladi. Orol dengizining kurishining asosiy sababi bu xujalik extiyojlariga ishlatilishi ya’ni paxta, bugdoy sugorilishiga Amudaryo va Sirdaryodan foydalnganliklari uchun Orol dengiziga suv kam etib kela boshlagan. Shu tufayli Orol dengizi sekin-asta kuriy boshlagan
Xozirgi kunda Orol dengizining kurinishi
Orolni saqlab qolish haqida hozirgi vaqtda bir necha fikrlar mavjud.
Orolni qanday bulmasin kutkarish va uni avvalgi holatiga qaytarish zarur.
Orol dengizini sathini barqaror bir sathida saqlab bulmaydi, shuning uchun uni to`liq qurishi mukarrar.
Orol sathini ma’lum bir sathda saqlab qolish mumkin va uni amalga oshirish mumkin.
Birinchi fikr 1986G`87 yillarda Uzbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari tomiridan va boshqa kardosh respublika yozuvchilar tomonidan kullab kuvatlangan.
Ikkinchi fikirda, ular suvni yangi erlarini o`zlashtirish va su`orishga sariflash kerak, dengizni kutkarib bulmaydi, uning qurishi muqarrar demoqda.
Uchinchi fikr, Orol muammosi bilan maxsus shugullangan olimlar va mutaxassislar tomonidan kutarilgan. Ular o`z fikirlarini ushbu muammo ustidan olib borgan. Ko`p yillik ilmiy izlanishlari aosida tushuntirib, dengizni barcha ekologik va ijtimoiy- iqtisodiy ahamiyatini to«ri taxmin kilgan holda uning sathini ma’lum mutloq balandlikda saqlab qolish mumkinligini isbotlab berdilar. Orol dengizini dastlabki mutlok balandlikka (53 ) m kutarishning iloji yo`q. Orol sathini bir mutlok balandlikda saqlab qolish uchun hozirgi kunda bir necha fikirlar o`rtaga tashlanmoqda.
» Ba’zilar Kasbiy dengiz suvini kanal orqali Orolga o`tkazishni:
» Ko`pchilik Orolni Sibir daryolari suvi hisobiga tuldirishni
» Ba’zilari Amudaryo va Sirdaryo boshlanishi mo`zliklarini 17 ming km2 eritib yuborishni ko`pchilik maslaxat berdilar. Markaziy Osiyodagi suv omborlari (92 ta, 72- O`zbekistonda) suvni daryolarga ochib yuborishni o`rtaga tashlagan. Bulardan tashqari ba’zi mutaxassislar Orol dengizi ostida taxminan 1-1,5 ming m chuqurlikda Orolning 1961 yilga kadar bo`lgan suv hajmiga nisbatan 4 barobar va undan ham ko`prok mikdrdagi er osti suvlari mavjud ushbu suvlarni buglanish yo`llari bilan bir necha skvojinalar (burgular) orqali dengizga kutarib chiqish mumkinligini ko`rsatadilar. Dengizni saqlab qolish uchun 70 kmG`kub suv kerak
» — 100 kmG`kub suvni er ostidan chiqarish uchun 600 ming ta skvijina kerak. Unga 100 mlrd sum mabla` kerak.
» 600 ming skvajinani 7 x q 4,2 mln. skvajina kerak bo`ladi.
» 700 kmG`kub suvni er ostidan skvajina orqali suv chiqarish uchun 700 mlrd sum pul kerak.
» 600 ta skvajinani kazish uchun 1 ml tonna quvur truba kerak.
» 600 ming ta skvajina kazish uchun 1 mlrd, tonna truba yoki quvur kerak.
» 42 mln skvajina kazish uchun — 76 mlrd tonna truba yoki quvur kerak.
Lekin O`zbekiston respublikasi 2005 yildan boshlab dengiz atrofida 18-20000 ta skvijina kazish kerak, bunga 30 mln.tonna truba kerak bo`ladi. Shunday qilib Orol sathini ma’lum bir mutlok balandlikda saqlab qolishning birdan-bir yo`li ushbu xafzaning o`zida mavjud bo`lgan suv rezerflarini saqlab qolishdir. Orolga xar yili kamida 20 kmG`kub suv kuyilib turish kerak. Xush ana shu 20 km suvni kayerdan topish kerak. Ma’lumki su`orish uchun 90 % suv sarf bo`ladi. Uning foydali ish koiffitsenti 0,63 ga teng. Agarda ushbu ko`rsatkichga 0,80 ga etkazilsa ancha suv jamgariladi. Demak, asosiy e’tiborni suv yo`qotishni iloji boricha kamaytirishga karatish kerak.
Orol dengizining qurib borish xavfi g’oyat keskin muammo, aytish mumkinki, milliy kulfat bo’lib qoldi. Orol dengizi muammosi uzoq o’tmishga borib taqaladi.
Orol tangligi insoniyat tarixidagi eng yirik ekologik va gumanitar fojialardan biridir. Dengiz havzasida yashaydigan qariyb 35 million kishi uning ta’siriga qoldi.