O`qituvchi o’rtada yurib, kimning oldida to’xtasa,harakat o’zgaradi. Yoki boshlovchining o’zi aytib bajaradi, harakatlarni esa chalg`itadi.
Maqsad:
Diqqatni oshirish.
Kayfiyatni ko’tarish.
O`tilgan mavzuni mustahkamlash.
Nima uchun do`stlikni yuksak ma’naviy tushuncha sifatida bilamiz?
Qanday insonlarni o`z do`stimiz o`rnida bilishimiz mumkin?
Chin do`stlar qanday bo`lishi kerak?
Soxta do`stlar qanday bo`ladi?
Eng yaqin do`stingiz bormi? Uning ismi kim?
Yangi mavzuni tushuntirish.
Bundan millionlab yillar ilgari odamzod paydo bo`libdiki, son-sanoqsiz insonlar shu Yerning bag`rida unib – o`sgan, umrguzaronlik qilgan, rizq-u ro`z topgan. Odamlarni boqadigan, kiyintiradigan, ular-ga boshpana bo`ladigan, yuvib poklaydigan yagona va shu tufayli ham nihoyatda mo`tabar ona zamin bu. Hozirgacha insoniyat o`zi uchun yashashga undan boshqa makon topgani yo`q, balki topa olmas ham. Hali – hanuzgacha odamlar osmondan yomg`ir yoqqani, qor – u do`l yoqqanini ko`rganlar, lekin biror marta quymoq yoqqanini, non tushganini ko`rgan emaslar. Ya`ni shu zamin, shu suv, shu havo — tabiat bo`lmasa, inson bolasi u bilan «til topishib», o`zi uchun rizq yaratmasa, bir burda ham non osmondan tushmaydi . Shunday ekan , siz-u bizga – jamiki insoniyatga boyliklarini beminnat berayotgan, saxiy bag`rini ochib qo`ygan tabiatni asrab — avaylash, mas`uliyati, zimmasidagi qarzidir.
Yurtboshimiz inson ma`naviyatining yuksalishida ona tabiat, unga mehrli munosabatda bo`lish, go`zalliklaridan zavqlanish hissi katta ahamiyatga egaligini alohida ta`kdlaydi: “Tabiatga yaqinlik, jonajon o`lkaning benihoya go`zalliklaridan bahramand bo`lish ma`naviyatga oziq beradi, kuchaytiradi”.
Tabiatni asrash, ekologik madaniyat oddiy ko`nikmalarni egallashdan boshlanadi. Ko`chada ketayotganda konfet qog`ozi yoki pista po`chog`ini maxsus qutiga emas, duch kelgan joyga tashlasak, yo`lakdan yurmay, maysalar ustidan bosib o`tsak, ikki-uchta dovuchcha uzaman deb daraxtlar shoxini sindirsak, qushlarning inini buzsak, ariqlarga axlat ag`darsak, bularning hammasi bizning madaniyatsizlaigimiz, shafqatsizligimiz, farosatsizligimizdan dalolat beradi.
“Ekologik madaniyat” degan tushuncha zamirida ayni shu holatlar oqibatini anglash, tabiat va jamiyat qonunlariga mos tarzd hayot kechirish talablari mujassamdir. Ekologik madaniyat ham umuminsoniy madaniyatning ajralmas qismi, uning muhim ko`rsatkichi hisoblanadi. Usiz insonni to`la ma`noda madaniyatli, ma`naviyatli deb bo`lmaydi.
Ekologiya yuoncha so`z bo`lib, “oykos” — uy va “logos” — fan so`zlari qo`shilmasidan yasalgan. Ya`ni ekologiya – “tabiat uyi” bo`lmish borliqda yashayotgan tirik jonzotlarni o`rganuvchi ilm sohasidir.
Garchi “ekologik madaniyat” iborasi keyingi davrlarda urfga kirgan bo`lsa-da, odamzod juda qadim zamonlardan boshlab tabiatni asrash, unga ehtiyotkorona munosabatda bo`lish ko`nikmasini egallab borgan. Agar qadimiy diniy qarashlar tarixiga nazar tashlasak, ularda tabiat unsurlarining , hayvon va boshqa jonivorlarning muqaddaslashtirilgani, hatto ularga sig`inilganiga guvoh bo`lamiz. Jumladan, paydo bo`lish tarixi bizning o`lkamiz bilan bog`liq bo`lgan zardushtiylik dini va uning asosiy kitobi “Avesto”da dunyonong moddiy asosi hisoblangan tuproq, suv, havo muqaddaslashtirilgan, olovga esa sajda qilingan. Havoni, suvni bug`lash, hayvonlarninggina emas, odamlarning ham jasadini yerga ko`mish, suvga oqizish, o`tda yoqish gunoh hisoblangan. Marhumlar jasadi yerni, suvni, havoni ifloslantirmasligi uchun ularni maxsus sоpol idishlarda ko`mish tashkil etilgan.
Undan keyingi davrlarda ham xalqimizning ona tabiatga bo`lgan mehri ortsa ortganki, also kamaygan emas. Masalan, hovli-joyni, ariq-hovuzlarni, quduq va sardabalarni doimiy toza saqlash, gul va nihollarni parvarishlab o`stirish, tevarak atrofni ko`kalamzorlashtirish, bir gul uzsa o`n gul o`tqazish singari ishlar-hayotning oddiy talabi, hamma tomonidan bajariladigan qoidasi bo`lgan. Yuksak dehqonchilik madaniyatiga ega bo`lgan ajdodlarimiz qishloq xo`jaligida suvni tejab-tergab ishlatishning, yer hosildorligini saqlash va ko`paytirish maqsadida almashlab ekishning, yerni faqat o`g`itlar bilan oziqlantirishning ilg`or usullarini o`ylab topganlar. Xalqimizda suvga axlat tashlash u yoqda tursin, unga tupurishning o`zi katta gunoh sanalgan. Shu tufayli ham ko`chalardan, hovlilar orasidan oqib o`tadigan ariqlardan odamlar bemalol toza suv ichganlar, bolalar issiq kulchalarni oqizoq qilib yeganlar.
Islom dini ham tabiatni e`zozlash, uning ne`matlariga shukrona keltirish, isrofgarchilik, nopoklikdan saqlqnish masalalariga alohida e`tabor qaratiladi. Jumladan, Qur`oni karimning «A`rof» surasi 31-oyatidan shunday jumlalarni o`qiymiz (ma`nolari tarjimasi):«Ey, Odam avlodi!… Yenglar va ichinglar, (lekin) isrof qilmangizlar! Zero, U (Olloh) isrof qiluvchilarni sevmaydi».
Payg`ambarimizdan (s.a.v.) kelgan hadisi shariflarning birida esa, «Ertaga qiyomat degan kun ham daraxt ekingizlar» deyiladi. Bu hadisda mujassam etilgan ma`no naqadar ezgu! Unda ertangi kunga ishonch bilan qarashga chaqiriq ham, badbinlik, tarkidunyochilikka berilmaslikka da`vat ham, tabiatni doimiy boyitib borishga undov ham birdek yangramoqda.
Ekologik madaniyat qator omillar asosida shakllanadi. Tabiatga muhabbat, u haqidagi bilim va tasavvurlar, ekologik tarbiya, an`ana va qadriyatlar, ekologik targ`ibot shular jumlasidandir.
Yaxshi bilasizki, barcha mavjudotlar singari inson ham tabiatning farzandi, uning erka, siylangan bolasidir. Tabiat boyliklaridan, uning ne`matlaridan biror jonzot insonchalik foydalanmaydi. Bahramand bo`lmaydi. Agar e`tabor bersangiz, aksariyat jonvorlar faqat bir kunlik yegulik toppish bilan cheklanadi, ertaga yoki bir haftadan keyin iste`mol qilish uchun to`plash mutlaqo yot. Har kuni ko`radiganingiz qushlarga nazar soling: ularning birortasi, masalan, kechqurun yeyish uchun don g`amlab qo`yganini ko`rganmisiz? Ko`rmagansiz. Odamlar-chi?
Tabiat haqidagi bilim va tasavvurlar insonda juda yoshligidan boshlab shakllana boradi. Bolalar bog`chalarida kichkintoylar o`ynaydigan o`yinchoqlardan tortib, ularning kiyim javoni va yotadigan o`rnigacha, yostiq jildi-yu cho`miladigan hovuzigacha –barcha jihoz-u buyumlarda turli gul-daraxtlarning, hayvonlarning ajoyob tasvirlari bo`ladi. Ko`l va daryolar bag`ridan keltirilgan, ichida mayda chig`anoq bo`laklari to`la mayin qumlardan bolalar turfa jonivorlar haykalchalarini, tog`-u adirlar ustiga qurilgan jajji qo`rg`on-qasrlarni yasashdi.
Qishloq bolalarining aksariyat vaqti tabiat bag`rida kechadi. Ular kelayotgan bahorning hidini ariq lablarini qoplagan yalpizning ham o`tkir, ham yoqimli bo`yidan olishadi. Ariqlarni to`ldirgan suv o`tlarning xuddi qizlarning sochidek mayin chayqalishi, tog`-adirlar tomondan esadigan muzdek shabada, uzoq-uzoqlardan kelayotgan qo`y- qo`zilarning tovushi-bularning barchasi qishloq bolalar hayotining bir bo`lagi, ular tasavvurlarining ajralmas qismi bo`lib qoladi.
Maktabdagi saboqlar davomida biz endi tabiatning umumiy tuzili-shi, Yer yuzidagi iqlimlar, qit`a va materiklarlar, okean hamda dengizlar, tog`lar va vulqonlar, hayvonot o`simliklar olami haqida aniq bilimlarga ega bo`lib boramiz. Masalan, Shimoliy qutb yoxud Antarktidada abadiy muzliklar makon tutgani holda, Afrikaning ko`plab hududlarida nima uchun umuman qor yog`masligi «Geografiya» darsidan bilib olsak, mittigina arining beshta ko`zi borligi yoki chigirtkaning qulog`i oyog`da joylashishi bizga «Zoologiya» darsligi tushuntirib beradi. Bunga qo`shimcha ravishda, gazeta va jurnallar, televideniya va radio, Internet materiallari orqali bizdan o`n minglab chaqirim uzoqda joylashgan yurtlarning rang-barang tabiati, hayvonot hamda o`simliklar olami to`g`risida bir-biridan qiziq ma`lumotlarga ega bo`lishimiz mumkin. Bu bilim va tajribalar biz- ning tabiat to`g`risidagi, uning naqadar qudratliligi va shu bilan birga, qanchalar himoyaga muhtojligi haqidagi tasavvurimizni boyitadi.
Ekologik tarbiya faqat maktab ta`limi bilan cheklanib qolmay, oila, mahalla muhutuda ham davom etadi. O`zbekistonimizda hovli-joylar, ko`cha va mahallalarninh saranjom-sarishtaligiga, ular hududiga mevali va manzarali daraxtlar o`tqazishga, ariq-zovurlarni doimiy tozalab turishga alohida e`tibor beriladi. Har yili bir necha marotaba hasharlar uyushtirib, odamlar obodonchilik ishlarida sidqidildan ishtirok etadi. Mana shu jarayonda kattalarning yoniga kirib, «Men nima qilay, menga ham biror ish beringlar» deydigan bolalar ko`plab topiladi. Kattalar yerni qanday ag`daryapti, daraxt ostini qanday yumshatyapti-yu gulning tagiga belkurakni qancha botiryapti, daraxtlarning tarvaqaylab ketgan shox va novdalarini kesishga nimaga e`tibor beryapti, anjirni qanday qalamcha qilish kerak-u uzun tokining ostiga suv nega kam quyilyapti-bularning barchasi siz va tengdoshlaringiz uchun aslida juda katta saboq tajriba hisoblanadi. Bu yumushlar odamdan faqat kuchni, peshona terinigina emas, balki uquvni ham, bilimni ham, sabr-u bardoshni ham talab etadi.
Agar bu gaplar o`simliklar parvarishi bilan bog`liq bo`lsa, har bir uy hayvonini asrash, ularning kasal qilmay boqish, bu tilsiz jonivorlar bilan «tillashish» uchun ham alohida qobiliyat kerak. Xalqimizning bu borada uzoq davqlar sinovidan o`tgan ajoyib maqollar ham bor. Mana ulardan ayrimlari: «Agar bo`lsa oqlig`ing, bilinmaydi yo`qlig`ing» («oqlik»-sut-qatiq), «Molga bersang soz yemish, boqar seni yoz-u qish»,«Ot bo`lsa, maydon topilar, ot bo`lmasa, maydon chopilar», «Ot yog`idan semirar», «Sigirli uyda sil bo`lmas», «Ot sarig`idan, qo`y –bag`ridan» va hokazo.
Agar dono xalqimizning o`simlik va hayvonotdunyosining parvarishiga oid shu singari tajribalarni qunt bilan o`zlashtirsak, tabiatni asrash, uni parvarish qilish ko`nikmalarini o`rganib borsak, bizni o`rab turgan atrof olam ham go`zallashadi, ko`nglimiz ham ravshanlashadi.
Bugunga kelib, Yer yuzida shunday murakkab ekologik muammolar paydo bo`lmoqdaki, ular nafaqat ayrim davlatlar, balki butun insoniyatning kelgusihayotini, odamzod tirikligini jiddiy xavf ostida qoldirishi mumkin. Bunday muammolar sirasiga atmosfera ozon qatlamining yemirilishi, chuchuk suv zaxiralarining kamayishi, abadiy muliklarning eriyotgani, jahon okeanining va kosmik fazoning ifloslaningi, dunyoning «Qizil kitobi»ga kiritilgannoyob o`simlik va hayvonlarning keskin kamayib borayotgani va boshqa ko`plab dolzarb muammolarni kiritish mumkin. Ommaviy axborot vositalari dunyoning hali u, hali bu hududida juda katta suv toshqinlari, o`rmon yong`inlari, yer ko`chishlari, qurg`oqchilik yohud o`ta sovuq ob-havo kuzatilayotgani to`g`risida ketma-ket xabarlar tarqatilayotgani bejiz emas. Bunga qo`shimcha ravishda, har yili o`n minglab odamlar hayotiga zomin bo`layotgan kchli zilzilalar, dengiz va okean toshqinlari, dahshatli bo`ron va dovullar kuzatilyapti. Bularning barchasi bir kunda yoki to`satdan paydo bo`lib qolgan muammolar emas, albatta. Tabiatda yuz berayotgan aksariyat falokatlar tabiatga shavqatsizlarcha munosabatda bo`lishning og`ir asratlari yotibdi.
Ekologik muammolar tabiat ilmini bilmasdan, uning qonunuyatlariga zo`ravonlik bilan aralashish oqibatida kelib chiqadi.
Faqat foyda ketidan quvishga o`rganib qolgan yirik sanoat korxonalari, ularning ishlashi uchun xomashyo tayyorlaydigan katta-kichik zavod-fabrikalar, tayyor mahsulotlarni dunyoning turli chekkasiga yetkazishga shoshayotgan barcha turdagi transport vositalari atmosferaga chiqayotgan zaharli gazlar, bug`lar, turli-tuman chiqindilar atrof-muhitning katta ko`lamlarda ifloslanishiga, havoning, suvning, yerning tabiiy tarkibi keskin o`zgarishiga sabab bo`lmoqda. Suvdek noyob tabiiy boylikdan tejamli foydalanish o`rniga uni isrof qilish, kuchli zilzilalar bo`ladigan seysmik hududlarda ulkan to`g`onlar, elektrostansiyalar qurishga zo`r berish, daryo va soylarning o`zanini boshqa tomonlarga burish singari puxta o`ylanmay amalga oshiriladigan ishlar, albatta, tabiat muvozanatini buzib yuboradi. Eng xatarlisi, yo`l qo`yilgan bu xatolarni tuzatish, izdan chiqqan muvozanatni qayta tiklash keyinchalik nihoyatda qiyin bo`ladi.
Shuni bilishimiz kerakki, tabiat- mukammal tizim. Uni ekotizim dey miz. Ekotizimga yuksak aql-idrok asosida yondashish, uning muvozanatini hech qachon buzmaslik lozim.
Afsuski, bizga sobiq sho`rolar davlatidan og`ir ekologik muammolar ham meros bo`lib qolgan. Ulardan eng kattasi, bilasizki, Orol dengizining qurishi bilan bog`liq. O`zbekiston bu masalaning ijobiy yechimini topish, muammoni yanada chuqurlashishining oldini olish, Orolbo`yi hududida yashovchi aholini har jihatdan muhofaza qilish borasida ko`plab chora-tadbirlarni ko`rmoqda. Respublikamiz rahbariyati bu murakkab masala-ga dunyo hamjamiyati e`tiborini jalb etayotgani ham, Orol muammosi bir-ikki davlatning emas, butun Yer yuzining muammosiga aylanganini ko`rsatadi. Shunga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2010-yil 20-sentabrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Sammiti Mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag`ishlangan yalpi majlisida so`zlagan nutqidagi quyidagi o`rinlar muhim ahamiyat kasb etadi:
«Orol fojiasi ekologiya muammolariga mas`uliyatsiz munosabatda bo`lishning yaqqol misolidir. Bir paytlar noyob va go`zal dengizlardan biri bo`lgan Orol bir avlod hayoti davomida deyarli qurib va yo`qolib borayotgan suv havzasiga aylandi.
Qirq yil mobaynida Orol dengizi akvatoriyasi 7 baravar qisqardi, suv hajmi 13 marta kamaydi, uning minerallashuvi esa o`nlab baravar oshib, dengizni tirik organizmlar yashashi uchun yaroqsiz ahvolga kel-tirdi. Natijada qariyb barcha hayvonot va nabotot olami tanazzulga uchradi va yo`qoldi…
Orol dengizining qurishi davom etayotgani va uning atrofida gumani-tar falokat sodir bo`layotgani sababli Orolbo`yining tabiiy biologik fondini asrab-avaylash, Orol inqirozining atrof-muhitga, eng muhimi,
bu yerda istiqomat qilayotgan yuz minglab va millionlab odamlar hayotiga halokatli ta`sirini kamaytirish bugungi kundagi eng muhim vazifa hisoblanadi».
Shukurki, bizning mamlakatimizda mustaqillik yillari yurtimiz tabiatini asrash, uni yanada boyitish borasida ulkan ishlar amalga oshirilyapti. Avvalo, tabiatni muhofaza qilishning qonuniy asoslarini mustahkam-lashga jiddiy e`tibor qaratilmoqda. Hozirgi kunda davlatmizda «Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida» (1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan), «Chi-qindilarlar to`g`risida»(2002-yil 5-aprel), «Suv va suvdan foydalanish to`g`risida», «Yer osti boyliklari to`g`risida»(barchasi 1993-yil 7-mayda qabul qilingan) va boshqa qonunlar, ko`plab kodekslar qat`iy amal qiladi. Mazkur qonun va qonunosti hujjatlari zamon talabiga mos ravishda takomillashtirib borilmoqda. Bu muhim vazifalarni bajarishda nafaqat davlat tashkilotlari, balki ko`plab jamoatchilik tashkilotlari ham jalb etil-yapti. Jumladan, O`zbekiston Ekologik harakatiga Oliy Majlisning Qonunchilik palatasidan 15 ta deputatlik o`rnining ajratilishi mazkur jamoatchilik harakati olib borayotgan faoliyatni har tomonlama qo`llab-quvvatlashning amaldagi ko`rinishi bo`ldi.
Diyoromizda aholining diqqat-e`tibori tabiatni asrash sohasiga qaratilib, fuqarolarning ekologik madaniyatini, bilim va saviyasini yuksaltishga ustuvor ahamiyat berilyapti. Natijada, respublikamizning barcha viloyat va tumanlarida ko`plab bog`-rog`lar, o`rmonlar, yangi suv havzalari, qo`riqxonalar tashkil etilyapti. Aholini suv bilan ta`minlaydigan tabiiy chuchuk suv manbalari xavfsizligi va tozaligi muntazam nazorat qilin-moqda.
Bularning barchasi, albatta, nafaqat bugungi kunda hayot kechirayot-gan odamlar manfaatlarini ko`zlab, balki yaqin va uzoq kelajakda shu ona zaminda yashashi lozim bo`lgan avlodlar baxt-u iqbolini ham o`ylab amalga oshirilayotgan savobli ishlardir.
Insonni nima uchun tabiat farzandi deb ataymiz?
Odamlarning tabiat bag`riga talpinishi ularda qanday xususiyatlar borligini ko`rsatadi?
Ekologik madaniyat qanday bilim va ko`nikmalar evaziga hosil bo`ladi?
Keyingi paytlarda ekologik muammlarning keskin ko`payishiga nimalar sabab bo`lyapti?
Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng dolzarb ekologik muammolar sifatida nimalarni ko`rsatish mumkin?
Tabiatga shavqatsizlarcha munosabatda bo`lish holatlari aks ettirilgan badiiy asarlardan misollar keltira olasizmi?
Orol dengizining qurishiga nimalar sabab bo`lgan, deb o`ylaysiz?
Uyga vazifa.
Mavzuni konspeklashtirish (87-97 betlar).
Bugungi kunda mamlakatimizda ekologik muammolarni bartaraf etish uchun qanday islohotlar amalga oshirilmoqda?