O’zbekistonning ma’daniy va ma’naviy merosi, urf-odat va an’analari- milliy qadriyatlardir.
Milliy qardiyatlar o’zligimiz timsoli.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.
Qadriyatlar tushunchasi nihoyatda xilma-xil ma‘noda turli soxalarda qo’l-laniladi. Qadriyatlar to’grisidani fan bu aksio-logiyadir. Bu atama ilmiy bilimlar soxasiga o’tgan asrning ik-kinchi yarmida nemis aksiologii E.Gertman va frantsuz olimi P.Lapi tomonidan kiritilgan. Garbda bu atama grekcha «qadriyat» va «fan», «ta‘limot» tushunchalariga asoslanadi. qadriyatni aksiologik nuqtai–nazardan talqin qilish, uning kategoriya sifatidagi mazmuni, ob‘ektiv asosi va sub‘ektiv jihatlari, namoyon bo’lish shakllari va xususiyatlarini o’rganishga imkon beradi.
Qadriyat kategoriyasi buyum yoki narsalarning iqtisodiy qimmatini ifodalaydigan tushunchadan farq qiladi. qadriyatlar inson uchun biror ahamiyatga ega bo’lgan vokelikning shakllari, narsalar, voqealar, jarayonlar, holatlar, sifatlar, talab va tartiblar qadrini ifodalash uchun ishlatiladigan kategoriyadir.
Ma‘naviy madaniyat yoxud «ma‘naviyat»ning маg’зиni (ядросиni) qad-riyatlar атшкил эатди. Qadriyat alloqanday hodisa, voqea yokinarsaning o’ziga xos xususiyati yokixossasi emas, balki uning mohiyati, o’z navbatida borlikning у yokibu ob‘ektining yashashi, mavjud bo’lib turishi uchun tom ma‘nodagi zaruriy shartidir. qadriyatlar inson bisotida turli — tuman ehtiyojlarning va his — tuyg’u-larning mavjudligidan dalolat beradi, atrofida sodir bo’layotgan voqealarni, hodisa-larni turlicha baholashlari uchun zamin yaratadi. Chunonchi birovlar uchun o’at qadrli, o’at muhim ahamiyatga ega bo’lgan, у yokibu hodisa, boshqa birovlar uchun qadrsiz, sariq chaqalik ahamiyatsiz bo’lishи mumkin. Xuddi шuning uchun ham qadriyatlarni oddiy qilib ijobiy yoki salbiy (ahamiyatsiz, ahamiyat kamroq, qadr-qimmat sezilmaydigan), absalyut va nisbiy, ob‘ektiv va sub‘ektiv qadriyat-larga bo’lish mumkin. Mazmuniga qarab mantiqiy, etik, estetik va narsalar qad-riyatlariga bo’lish mumkin. Shuningdek, qadriyatlarni haqi-qatni, ezgulikni, go’-zallikni ulug’lovchi qadriyatlarga ajratiш mumkin.
Qadriyatlar jamiyat ijtimoiy — iqtisodiy, madaniy -ma‘naviy rataqqiyotining mahsulidir. Shuning uchun ham qadriyatlarda zamonning ruhi, imkoniyatlari, o’sha zamonda yashagan odamlarning orzu — umidlari, isatklari, atlab va ehtiyojlari o’z ifodasini topadi. Zamonlar o’tishi bilan qadriyatlarning mazmuni va ma‘nosi o’zgarib boradi. Xuddi shuning uchun ham qadriyatlarning atrbiyaviy ahamiyatga baho berganda konkret atrixiy shart — sharoitlarni doimo nazarda tutmoq zarur.
Qadriyatlar insonning orzulari — istаklari, niyatlari -umidlari, bir so’z bilan aytganda ideal sifatida namoyon bo’ladi. Xuddi shuning uchun ham buyuk nemis faylasuflari V.Vindelüband, G.Rikkert at‘kidlaganidek, qadriyatlar hech qachon ob‘ektga ham, sub‘ektga ham bog’liq bo’lmagan musatqil olamni vujudga kel-tiradi. Bu olam makon va zamon qonunlaridan ustun turadi. Shuningdek, inso-niyatning buyuk ma‘naviy xazinasi bo’lgan qadriyatlar hech qachon o’zgarmaydi, balki M.SHeler, N.Gartman aytganidek, insonning qadriyatlar haqidagi atsav-vurlari o’zgaradi. Butun olam qadriyatlar bilan to’lib — toshgan bo’ladi va borliqqa hamisha yangi ma‘no ato eatdi. Shuning uchun ham, butun voqelik qadriyatlarning «o’ziga xos namoyishi»dan iboratdir.
Hozirgi zamon Qadriyatshunos olimlarining fikriga ko’ra, qadriyatlarning ham o’ziga xos qonunlari bor. Bu qonunlar inson irodasiga bo’y so’nmaydi. qadriyatlar ob‘ektiv olamning sub‘ektiv in‘ikosi bo’lgani uchun, kishilarning amaliy faoliyatiga o’z at‘sirini o’tkazadi. Hatto odamlar turmush atrzini o’zgartiradi. Xuddi shuning uchun ham, kishilar o’zlarining turmush atrzlarini insoniyat yaratgan qadriyatlar atlablariga qarab o’zgartirib boradilar.
Sharq muatfakkirlari Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino qadriyatlar haqida fikr — mulohaza yuritganlarida, eng avvalo, insonning ma‘naviy — ahloqiy fazilatlari, xislat-lari, xosiyatlarini, insonning ruhiy — ma‘naviy kamoloti uchun yordam beradigan buyuk xazinasini tushunganlar. Musulmon Sharqi mamlakat-larida keng atrqalgan diniy-falsafiy at‘limot — atsavvuf namoyondalari ham, qadriyatlar deganda insonning qadr — qimmati, uning ruhiy — ma‘naviy yetukligiga qarab belgilanmog’i lozimligini qayat — qayat atkrorladilar. Xususan, atsavvufning eng yirik oqimlaridan biri Kubraviyada at‘kidlanishicha, insonning ruhiy — ma‘naviy yetukligini ifodalovchiasosiy mezonlar: atvba, zuhd, atvakkul, qanoat, uzlat, atvajjuh, sabr, muroqaba, zikr, rizo hisoblansa, atsavvufning boshqa bir oqimi — Naqshbandiyada qayd etilishicha, insonning ruhiy — ma‘naviy kamolatini ifodalovchimezonlar: Xush dar dam, nazar bir qadam, safar dar vaatn, xilvat dar anjuman, yodkard, bozgasht, nigohdosht, vuqufi adadiy, vuqufi zamoniy, vuqufi qalbiy hisoblanadi. Atsavvuf falsafasining buyuk na-moyondalari Najmiddin Kubro, Ahmad ßssaviy, Abduholiq g’ij-duvoniy, Aziziddin Nasafiy, Bohouddin Naqshbandiy, Hoja Ahror Valiy kabilar inson ma‘naviy qadriyatlarining asosida poklik, hayo, sabr — bardosh, qanoat, chidam, beozorlik, hokisorlik kabi insoniy xislatlarni qo’yishgan. Yuqoridagi fikr-mulo-hazalardan ko’rinib turibdiki, qadri-yatlar ichida eng ulug’i, eng a‘losi insondir. Xuddi shuning uchun ham insonning ongi va faoliyatiga bog’liq bo’lmagan, undan atshqarida turgan bironat Qadriyat bo’lishi mumkin emas. Shunday ekan, qadriyatlar o’z mohiyati, mazmuniga qarab inson aql – zakovatini, axloq-odo-bini, mehnatga halol, vijdonan munosabatini, go’zal did va jismoniy kamolotni ulug’lovchi, turlarga bo’linmog’i darkor.
Qadriyatlarni jamiyat, millat hayotidagio’rni, ijtimoiy xarakteriga qarab milliy va umuminsoniy, sinfiy yokidiniy, shuningdek kishilarning yoshi, pro-fessional xususiyatlariga xos qadriyatlarga bo’lish mumkin.
Insonning qadr — qimmati, sha‘ni, or — nomusi, milliy g’ururi — milliy qadriyatlar bilan bevosiat bog’liq. Milliy qadriyatlar, har bir millatning o’ziga xos xususiyatlari, xossalari, belgilari, alomatlarini ifodalovchifalsafiy tushunchabo’lib, o’sha millat bosib o’tgan ijtimoiy rataqqiyot jarayonida shakl-langan milliy madaniy meros xazinasiga qo’shgan hissasini, ulushini ifodalaydi. Xuddi shu mil-liy o’ziga xoslik, o’ziga moslik, millat madaniyatida, adabiyotida, san‘atida, tilida, dinida, atrixiy xotirasida, yashash ishlash va fikrlash atrzida, urf-odatlarida, rasm — rusumlarida, bayramu — sayillarida o’z ifodasini topadi. Milliy qadriyatlar milliy ma‘naviy madaniyat ifodasi bo’lib, har bir millatning insoniylik xazinasiga qo’shgan munosib hissasining hosilasidir.
Milliy qadriyatlarning negizini urf — odatlar, rasm -rusumlar, bayramu-sayillar atshkil eatdi. o’zbek milliy qadri-yatlari mazmunida insonparvarlik g’oy-alari yoatdi. Uzoq atrix davomida o’zbeklarning o’zaro munosabatlarida, kundalik turmush atrzida o’zaro hamkorlik va hamdardlik, vafodorlik va o’zaro hurmat, biri — biriga suyanish va yaxshi qo’shnichilik, bolajonlik va oat — onaga hurmat, mehr — oqibat va sadoqat har tomonlama e‘zozlanib kelinadi. Milliy qadriyatlar o’sha mil-latga mansub har bir kishi tomonidan yaratilgan, insoniylik, odamiylikka xos fazi-latlar, xislatlar, xosiyatlarni milliy — madaniy meros xazinasiga qo’shgan hissasini ifodalovchi buyuk ko’rsatkichdir.
Milliy qadriyatlar, shubhasiz, millatning ravnaqi yokiinqirozi bilan bevosiat bog’liq bo’ladi. Boshqacha aytganimizda milliy qadriyatlar millatning o’tmishi va buguni bilan bog’liq. Shuning uchun ham, «milliy qadriyatlar millat rivojlanishi bilan rivojlanadi, inqirozga uchrashi bilan qadrsizlanadi. Shuning uchun ham, millat — o’zining qadriyatlarini vujudga keltirib, ularning yangi — yangi qirralarini va jihatlarini sayqallashtirib, rataqqiyot jarayonida atkomillashtirib turi-shi ma‘nosida o’z qadriyatlarining haqiqiy egasi, makon va zamondagi ilgarilanma harakatdan iborat o’zgarishlar jarayonida ularni o’tmishdan kelajakka atmon yetkazib boradigan eng asosiy ob‘ektdir» .
Milliy qadriyatlarni tiklash — ularga hozirgi zamon öivilizaöiyasi atlablariga mos yangi mazmun ato etish demakdir. Xuddi shuning uchun ham, O’zbekiston davlat musatqilligiga erishishi bilan mamlakatimizga hozirgi zamon öivilizaöiyasi atlablariga javob beruvchi umuminsoniy demokratik Qadriyatlar xalqimiz turmush atrziga kirib kela boshladi. Inson haq — huquqlariga rioya qilish, atdbirkorlik erkinligi, matbuot erkinligi, ana shular jumlasidan edi. «Ushbu demokratik qad-riyatlar jamiyatimiz uchun muhim ahamiyatga egaligi haqida gapirar ekanmiz, bu qadriyatlar atrixiy jihatdan ham, etnik — madaniy jihatdan ham xalqimizning o’ziga xos xususiyatlariga zid emasligini qayat-qayat at‘kidlashni isatrdik».
Umuminsoniy demokratik qadriyatlarning eng muhimi — inson haq – hu-quqlari va erkinliklarini har tomonlama himoya qilishdir. Insoniyat atrixida Buyuk franöuz revolyuöiyasi (1789) qabul qilgan «Inson va grajdanlar huquqlari dekloratöiyasi», 1948 yilning 10 dekabrida BMT Bosh Assambeliyasi atsdiqlagan «Inson huquqlarining eng umumiy dekloratöiyasi» — inson haq — huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan atrixiy hujjatlar edi. O’zbekiston davlat musatqilligiga erishishi bilan musatbid tuzum sharoitida oyoq osti qilingan inson haq — huquqlari va erkinliklarini tiklash, uni himoya qilishga kirishdi. Insonning asosiy xuquqlari va erkinliklari O’zbekiston Respublikasi Asosiy qonuni – Kons-tituöiyaning umumiy qoidalari va olti bobdan iborat ikkinchi bo’limida xuquqiy jihatdan musathkamlandi. Shuningdek, demokratiya, barqarorlik, oshkoralik, tinchlik, hamkorlik kabi Umuminsoniy qadlriyatlarning rivoj topishi uchun ham imkon yaratildi.
Milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uyg’unlashib borayotganligini, musatqillik yillarida O’zbekistonda vujudga kelgan — fuqarolarni tinch, totuv yashashga, barqarorlikka intilishida ham yaqqol ko’rish mumkin. Endilikda tinchlik, millatlararo totuvlik, barqarorlik O’zbekistonda yashovchi barcha xalq-larni, millatlarni, elatlarning buyuk ijtimoiy-siyosiy Qadriyatiga aylanmoqda. Ja-hon öivilizaöiyasining atlablariga mos tushuvchi bunday qadriyatlarni shakllani-shida va rivojlanishida, kishilar turmush atrzida musathkam o’rnashib olishida mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bir qator xayrli tad-birlar turtki bermoqda.
Yuqoridagi fikrlarimizdan quyidagi xulosalar kelib chiqadi:
Qadriyat alloqanday hodisa, voqea yoki narsaning o’ziga xos xususiyati yoki xossasi emas, balki uning mohiyati, o’z navbatida borlikning u yoki bu ob‘ektining yashashi, mavjud bo’lib turishi uchun tom ma‘nodagi zaruriy shartidir.
qadriyatlarni jamiyat, millat hayotidagi o’rni, ijtimoiy xarakteriga qarab milliy va umuminsoniy, sinfiy yoki diniy, shuningdek kishilarning yoshi, pro-fessional xususiyatlariga xos qadriyatlarga bo’lish mumkin.
Milliy qadriyatlar, har bir millatning o’ziga xos xususiyatlari, xossalari, belgilari, alomatlarini ifodalovchi falsafiy tushunchabo’lib, o’sha millat bosib o’tgan ijtimoiy rataqqiyot jarayonida shakllangan milliy madaniy meros xazinasiga qo’shgan hissasini, ulushini ifodalaydi. Umuminsoniy qadriyatlar esa barcha millat vakillariga xos bo’lgan qadriyatlarni ifodalaydi.
Халкимизнинг мозий синовларидан утиб келаётган бой маданий ва маънавий мероси, миллий кадриятлари, урф—одат ва анъаналари, кушиклари, байрам ва маросимларидаги озодлик, эркинлик учун кураш рухи, ота—боболаримизнинг мустакиллик йулида курсатган жасорати, бунёдкорлик ишлари хамда уларни амалга оширишда маънавий руй берган тафаккур тарзида намоён булади. У асрлар мобайнида йиллар синовига дош бериб, сайкалланиб, такомиллашиб келган. Бу тафаккурнинг марказида Яратганнинг энг улуг муъжизаси булмиш инсоннинг улуглиги ва муътабарлиги гояси ётади. Бинобарин, у кадрланиши, эъзозланиши лозим. Чунки, мамлакатнинг хаёти, фаровонлиги, ана шу мехнаткаш инсонларнинг мехнатига, фаолиятига боглик. Шу туфайли хам Шаркда комил инсон гояси кадимдан буюк орзу булиб, донишмандларимиз хаёлини банд этиб келган. Инсоннинг азизлиги унга уз хатти-харакатларини узи мустакил идора этишига имконият берувчи акл-заковат ато этилгани билан богликдир. Яъни, инсон уз акл-идроки ёрдамида оламни гуллатиб-яшнатади. Аммо бу акл-идрокда нафакат яшнатувчи, балки вайрон этувчи куч хам мавжуд. Хаётда эзгулик хукмрон булиши учун акл яхшиликка, адолатга хизмат килиши зарур. Бунинг учун эса у соглом маънавият измида булиши лозим. Шу туфайли ота-боболаримиз акл-идрокни ёвузлик кулига тутказмасликка харакат килганлар, уни маънавият билан, иймон-эътикод, инсоф ва диёнат билан бошкаришга алохида эътибор берганлар. Бу тамойил халкимиз рухини, дахосини акс эттирувчи улмас кадриятлар билан узвий богликдир. Хусусан, буюк аждодимиз, сохибкирон Амир Темурнинг соглом маънавият махсули булган «Куч — адолатдадир» деган шиори миллий гоянинг таркибий кисмига айланиб кетган, мамлакат бирлигини таъминлаш, марказлашган давлат барпо этишда, айникса уни одиллик билан бошкаришда маънавий-мафкуравий асос булиб хизмат килган. Шу боис Темур салтанатида илм-маърифат юксак кадрланган, инсоннинг шаъни, ор-номуси эъзозланган, инсон ва унинг мол-мулки давлат мухофазасига олинган, карокчилик, угриликка кескин бархам берилган эди. Сохибкирон бобомизнинг: «Менинг салтанатимнинг у четидан бу четига, бошида олтин тулдирилган лаганни ёш бола кутариб утса хам, унинг мулкига хеч кимса дахл эта олмайди» деган сузлари хаётий хакикат эди.
Ёки аёлларнинг огир жисмоний ишлардан озод килинганига эътибор беринг. Айтайлик, ёрдамчиси йук бирон аёл сув оладиган челакни дарвоза ташкарисига чикариб куйса, шу жойдан утган мумин-мусулмонлар челакни олиб, унга сув тулдириб шу жойга куйиб кетишар эди. Дуконларга савдогарлар умуман кулф осишмасди. Буларнинг хаммаси уша замонда хаёт иймон ва эътикод, инсоф ва диёнат талаблари билан бошкарилганини, одамлар ана шу юксак туйгулар билан яшаганини курсатади. Мумин-мусулмонлар шундай турмуш тарзига одатланишган, урганишган эди. Улар узлари оч колишса хам узганинг мулкига кул теккизмасди. Бу халкнинг менталитетига сингиб кетган эди.
Тоталитар тузум шароитида эса инсон сунъий равишда мулк-дан бегоналаштирилди. Одамлар онгига, мулк эгаларига нафрат туйгуси мажбуран сингдирилди. Бу узгалар мулкига куз олайтириш, хатто тажовуз килиш учун йул очди. Одамлар бировнинг хакидан хазар килмайдиган, угирлик ва талончиликдан жирканмайдиган холатга келиб колди. Жамиятда маънавий кашшоклик мухити пайдо булди. Шу сабабли хам тарихий хотирани уйготиш асосида узликни англаш бугунги кундаги мухим мафкуравий вазифадир. Демак, миллий истиклол мафкурасининг маъно-мазмунини белгилайдиган энг мухим қадриятлардан бири — бу халкимизнинг кадимий ва бой тарихидир. Чунки тарих — буюк мураббий. У инсонга ибратли хулосалар берибгина колмасдан, баъзан аччик сабокларни хам тан олишга ундайди. Тарихга берилган холис бахо мафкуранинг хаётийлиги ва таъсирчанлигига асос булади.Бундан неча асрлар аввал яратилиб, хозирга кадар юртимиз куркига-курк багишлаб келаётган кадимий обидалар, осори атикалар халкимизнинг юксак салохияти, куч-кудрати, бунёдкорлик анъаналаридан далолат булибгина колмокда. Улар Ватанимизнинг шонли тарихи тугрисида яккол тасаввур ва тушунчалар беради, шу мукаддас диёрда яшайдиган хар бир инсон калбида гурур-ифтихор туйгуларини уйготади. «Бугун бизнинг олдимизда шандай тарихий имконият пайдо булдики, — деб ёзади Ислом Каримов, — биз босиб утган йулимизни танкидий бахолаб, миллий давлатчилигимиз негизларини аниклаб, буюк маданиятимиз томирларига, кадимий меросимиз илдизларига кайтиб, утмишимиздаги бой анъаналарни янги жамият курилишига тадбик этмокимиз керак». Бу вазифа эса тарихий хотирани тиклаш эвазига амалга ошади. Хакикатан хам, миллатимизнинг узига хос шархона турмуш тарзи, тафаккури ва дунёкараши, хаётга, вокеликка муносабатини ифода этувчи халк огзаки ижоди намуналари, «Алпомиш», «Шашмаком» каби дурдона асарлар, асрий идеалларни узида ифода этган миллий кахрамонларнинг ибратли хаёти хам миллий мафкурамиз озикланадиган манбалардандир. Халкимизнинг эртак ва масалларида, ривоят ва афсоналарида эзгулик, адолат, тенглик, инсоний мехр-мухаббат тараннум этилган. Уларда Ватаннинг мукаддаслиги, инсоннинг азизлиги, илмнинг кадрлилиги таргиб этилган. Хамиша ёмонлик устидан яхшилик, ёвузлик устидан эзгулик голиб чикиши ва ёвуз кучларга карши курашда халоллик, хакгуйлик, одамгарчилик, тантилик, мехр-окибат каби олижаноб фазилатлар маънавий-рухий таянч булиши асослаб берилган. «Алпомиш»да инсон шаъни, йигитлик орияти химоя килинса, «Шашмаком»да халкнинг асрий орзу-умидлари юксак бадиий дид билан куйга солинган. Спитамен, Жалолиддин Мангуберди, Амир Темур каби миллий кахрамонларимизнинг Ватан такдири учун олиб борган кахрамонона курашлари, она-Ватан озодлиги йулида курсатган жасоратлари хар биримизда чексиз фахр ва гурур хиссини уйготади.Инсон шаъни, аввало, узини химоя килиш, уз кадрини билишдан бошланади. Шу маънода, халкнинг узини кадрлай билиши гоят мухимдир. Чунки «узини кадрлайдиган халк хеч качон такдирини бировга боглаб куймайди». Уз кадрини билган одам Ватанига хиёнат килмайди. Унинг калбида эл-юртига хиёнат килувчи ориятсиз кимсаларга нисбатан чексиз нафрат яшайди. «Одамларимиз, жамиятимиз мафкурасида Ватан, юрт гояси устувор булмоги керак, — деб ёзади Ислом Каримов, — Миллий гурур, миллий ифтихор хар кандай ишимизнинг пойдевори булмоги керак. Бу мукаддас гоялар, миллати ва эътикодидан катъи назар, шу юртда, шу заминда яшаётган хар бир инсон, хар бир фукаронинг хаётига, онгига сингмоги, хар биримиз учун энг катта таянчга, энг катта ишончга, борингки, хакикий иймонга айланиши керak.Мухтасар килиб айтганда, миллий мафкурамизнинг тарихий илдизлари деганда аждодларимизнинг ибратли хаёт йули, тафаккур тарзи, амалий фаолияти, бунёдкорлик ишлари, энг яхши урф-одатлари, анъаналари, кадриятлари, мустахкам иймон-эътикоди фукароларимиз учун намуна булиши, хато, камчилик нуксонлардан эса тугри хулоса ва сабоклар чикариш учун асос булади.Кадимги юнон файласуфи Гераклит узининг Шаркда утган гоявий устозларини, «Авесто»дек мукаддас китобда битилган фалсафий фикрларни назарда тутиб, юртимизга «фалсафий тафаккур бешиги» деб таъриф берган эди.«Авесто»да ифодаланган фалсафий тамойиллар ва миллий гоялар, эзгулик ва ёвузлик уртасидаги кураш, олам ва одамнинг яралиши, инсон ва унинг камолоти хакидаги диний ва илмий карашлар, поклик, халоллик, мардлик каби комил инсон сифатлари бугунги дунёкараш шаклланишига самарали таъсир утказади.
Буюк донишманд аждодларимизнинг озодлик тугрисидаги гоялари, бу борада нихоятда мухим ахамиятга молик. Айникса, унлик санок системасини бутун инсоният учун энг кулай булган хисоблаш тизимига айлантирган, инсониятга «Алгебра» фанини хадя этган, алгоритмик кетма-кетлик услуби хакидаги илк гояни кашф килган хамда Мухаммад ибн Мусо ал-Хоразмийнинг дунёвий кашфиётлари табиатшуносликка оид бир катор фанларни кашф этиб, том маънода Шарк натурфалсафасининг отаси булган, Абу Райхон Берунийнинг ижтимоий-ахлокий карашлари бугунги кун учун хам мухим. Фалсафа тарихи, мантик, мусикашунослик, ахлок сингари сохалардан ташкари, социологияга оид илк фалсафий системани ишлаб чиккан Абу Наср Форобийнинг адолатли жамият хакидаги карашларининг уз урни бор. Нафакат медицина фанининг асосчиларидан, балки мантик илмида хам мутафаккирлардан бири булган рационализм ва иррационализмни синтез килиш асосида инсон рухиятини нигилистик инкироздан асраб колган, XX аср уарб файласуфлари, экзистенциалистлари томонидан уарбий Европани маънавий тушкунликдан куткарилишида асос булган ана шу гоя асосчиси — Абу Али ибн Синонинг дуализм таълимоти хам бунда уз урнига эга. Мутафаккир шоир Алишер Навоийнинг комил инсон хакидаги фалсафий мушохадалари, Бобур ва Машраб, Бедил ва Дониш хамда асримиз бошидаги маърифатпарвар зиёлиларнинг фаолияти хам миллий гоя ва истиклол мафкурасининг теран томирларидир.
Миллий истиклол мафкурасининг фалсафаси, унинг маъно-мазмуни, асосий гоя ва тамойиллари миллий давлатчилигимизни кайта тиклаб, жамиятимизнинг тараккиёт йулини назарий ва амалий жихатдан белгилаб берган Президентимиз Ислом Каримов асарларида чукур ифода этилган. Бу асарларда мамлакатнинг ривожланиш йули, унинг узига хос хусусиятлари, олдимизга куйилган улугвор вазифаларни амалга ошириш имкониятлари курсатиб берилган.
Миллий истиклол мафкурасининг фалсафий асоси умуминсониятнинг бой тарихий утмишига, шунингдек кадимги Шарк, Юнон, Рим ва бошка фалсафа мактабларининг меросига хам таянади. Хусусан Сукрот, Платон, Аристотель сингари мутафаккирларнинг асрлар давомида уз кадр-кимматини йукотмай келаётган доно фикрлари, жахон фалсафасининг урта асрлар ва хозирги замон намояндаларининг карашлари хам миллий истиклол мафкураси тамойилларини асослаш ва бойитиш, уларга хаётий рух багишлашда мухим ахамият касб этади. Конфуцийнинг фалсафий хикматлари, Платоннинг «уоялар дунёси ва соялар дунёси» тугрисидаги таълимоти, Гегель диалектикаси, гуманистик замонавий фалсафий окимларда илгари сурилаётган гоялар хам миллий истиклол мафкурасининг умуминсоний асосларидир.
Утмиш фалсафаси гоялари ва тарих сабоклари мафкурамизнинг маъно-мазмунини белгилашда мухим омил булиб хизмат килади. Бу мафкура халкимизнинг узига хос турмуш тарзи, тафаккури ва дунёкараши акс этган эртак ва афсоналардан, миллий кахрамонларининг хаёти ва фаолиятидаги ибратли мисоллардан озикланади. Миллий истиклол мафкураси шаклланишида «Авесто», «Куръон» ва «Хадис»ларда зикр этилган хикматлар, дунёвий ва диний карашлар, халкимизнинг озодлик, комил инсон тугрисидаги гоялари мухим ахамият касб этади.
Миллий истиклол гоясининг асослари, тамойил ва йуналишларини яхши билиб олиш учун юкорида номлари зикр этилган алломаларнинг асарлари, миллий ва умуминсоний маданий мерос намуналарини чукур урганиш бу борадаги асосий вазифа булиб колмокда.
Bugun biz tarixiy bir davrda—xalqimiz o’z oldiga ezgu va ulug’ maqsadlar qo’yib, tinch-osoyishta hayot kechirayotgan, avvalambor o’z kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo’lida ulkan natijalarni qo’lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz. Jamiyatda demokratik tamoyillarni qaror toptirish, “Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” kontseptsiyasini hayotga tatbiq qilish jarayonlarini ma’naviy qadriyatlarsiz amalga oshirib bo’lmaydi.
Ajdodlarimiz tomonidan asrlar mobaynida yaratib kelingan g’oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Ma’naviy qadriyatlarni tiklash, milliy o’zlikni anglashning o’sishi, xalqning madaniy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayondagi o’zgarishlar taraqqiyotning yangi bosqichini boshlab berdi.
Qadriyatlar—borliq va jamiyat, narsalar, voqealar, hodisalar, inson hayoti, moddiy va ma’naviy boyliklarining ahamiyatini ko’rsatish uchun qo’llaniladigan tushuncha. Prezidentimiz Islom Karimov ta’biri bilan aytganda, “Qadriyat deganda, biz ming yillar davomida shakllangan, odamlar hayoti, ichki dunyosidan mustahkam o’rin olgan, hech qaysi rasmiy hujjatda aks etmagan bo’lsa-da, unga barcha amal qiladigan, insonlarning qon-qoniga singib ketgan an’ana va udumlarni tushunamiz”.
Qadriyatlar tarixiy va zamonaviy bo’lishi mumkin. Qadriyatlarning xilma-xil shakllari bor: moddiy va ma’naviy, umumbashariy, mintaqaviy, umuminsoniy; jamiyat hayotining sohalari bo’yicha iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy qadriyatlar; ijtimoiy ong shakllariga mos keladigan axloqiy, diniy, huquqiy, ilmiy; hayotning ijtimoiy tuzilishiga ko’ra milliy, sinfiy, partiyaviy va boshqalar.
Qadriyatlar insoniyat tarixi davomida asta-sekin shakllanadi. Ularning miqdori va sifatining ortishi insoniyat taraqqiyoti qanchalik ilgarilaganligining ko’rsatkichidir. Jamiyat taraqqiy etgani sari jahonning barcha xalqlariga tegishli, ya’ni umuminsoniy qadriyatlar ko’payib boraveradi va bu o’zgarishlarning insoniyat o’z rivojida qanday yangi cho’qqilarni egallayotganining belgisi bo’ladi (masalan, erkinlik, tinchlik, ijtimoiy tenglik, ijtimoiy haqiqat, ma’rifat, ma’naviyat, go’zallik, yaxshilik, insonparvarlik, insoniylik, demokratiya, huquqiy jamiyat, qonunning ustuvorligi, xotin-qizlarning erkaklar bilan tengligi va boshqalar).
Milliy qadriyatlar—millat uchun muhim va jiddiy ahamiyatga ega bo’lgan jihat va xususiyatlardir.
O’z milliy qadriyati bo’lmagan millat yoki elat yo’q. Millat—milliy qadriyatlarning sohibi; millatning tanazzuli—milliy qadriyatlarning tanazzulidir. Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, kelajagi, uni tashkil etgan avlodlar, ijtimoiy qatlamlar, milliy ong, til, ma’naviyat hamda madaniyat bilan uzviy bog’liq holda namoyon bo’ladi.
Qadriyatlarni tushunish va ularga munosabat, millatiga, yurtiga, eliga, ularning aholisiga tegishli qadriyatlarni jamlash, avaylash, ularning ahamiyatini asoslash, yurtining milliy qadriyatlarini ongining tarkibiy qismiga aylantirish kishilarda o’ziga ishonch va hurmatni mustahkamlaydi, ularni o’z Vatanining istiqboliga katta umid bilan qarashga undaydi. Har bir millat o’z milliy qadriyatini qanchalik e’zozlasa, uni ko’z qorachig’idek asrasa, shu millatning jahon hamjamiyatidagi o’rni, obro’si, unga ajratiladigan e’tibor, hurmat shu darajada baland bo’ladi.
Yurtboshimizning “Yuksak ma’naviyat—engilmas kuch” kitobida qayd etilganidek, “Ko’p asrlar mobaynida xalqimiz qalbidan chuqur joy olib, hayot ma’nosini anglash, milliy madaniyatimiz va turmush tarzimizni, qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni bezavol saqlashda muqaddas dinimiz qudratli omil bo’lib kelayotganini alohida ta’kidlash joiz. Nega deganda, insoniylik, mehr-oqibat, halollik, oxiratni o’ylab yashash, yaxshilik, mehr-shafqat singari xalqimizga mansub bo’lgan fazilatlar aynan ana shu zaminda ildiz otadi va rivojlanadi”.Tarixiy xotira—milliy g’urur va iftixor hissining zaminlaridan biri. Millatning tarixiy xotirasi qanchalik boy, mazmunli va uzviy bog’langan bo’lsa, bu millat shunchalik uyushgan, tadbirkor, harakatchan, hamjihat bo’ladi, o’z ajdodlari va avlodlarining sha’niga yarashadigan xizmatlarni, ishlarni bajarishga intiladi. Yurtboshimiz Islom Karimov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 48-sessiyasida so’zga chiqqanida, “Biz uch ming yillik tarixga egamiz”, degan edi. Ulug’ yurtdoshimiz Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiy 943-944 yillarda arab tilida yozgan “Buxoro tarixi” kitobi, shuningdek, Sharqning boshqa muarrixlari asarlarida, viloyatimizning Varaxsha, Poykent singari shahristonlarida qazish ishlarini olib borgan mamlakatimiz va xorijiy arxeologlar topgan moziy ashyolari Vatanimiz o’tmishi naqadar qadimiy ekanidan guvohlik berib turibdi. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi va g’oyasi asosida bunyod etilgan Madaniy markazda salobat bilan ko’kka bo’y cho’zib turgan “Ko’hna va boqiy Buxoro” monumenti bugungi avlod, xususan yoshlarning shu zamin tarixi, uning alloma farzandlari xizmatlari haqidagi bilimlarini boyitishga, ularni Vatanni sevishga, istiqlolni qadrlashga da’vat etuvchi muhtasham yodgorlikdir.
Garchi islom dini Arabiston zaminida paydo bo’lgan bo’lsa ham, u aynan bizning yurtimizda yuksak ravnaq topdi. Bunda buxorolik allomalarning beqiyos hissasi borligini butun dunyo e’tirof etadi.
1993 yilda Prezidentimiz tashabbusi bilan Hazrat Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi xalqaro miqyosda nishonlangani, 2003 yilda esa Hazrat Abdulxoliq G’ijduvoniyning 900 yillik yubileyi bayram qilingani, bu allomalar qadamjolari islom olamining go’zal ziyoratgohlariga aylantirilgani “Diling Allohda, qo’ling mehnatda bo’lsin”, degan hayotbaxsh g’oyani ilgari surgan ana shu pirlarga ehtiromning sharofatidir.Chunki, hanafiy mazhabining O’rta Osiyoda yoyilishi yo’lida chinakam fidoyilik ko’rsatgan, benazir faqih Abu Hafs Kabir, zohid, olim va muhaddis Muhammad ibn Salom Paykandiy, Qur’oni karimdan keyingi ikkinchi muqaddas manba—”Al-Jome’ as-sahih” hadislar kitobi to’plovchisi, muhaddislar sultoni Imom Buxoriy, olamga tariqat ilmi nurini taratgan etti pir—Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy, Xoja Muhammad Orif Revgariy, Xoja Mahmud Anjirfag’naviy, Xoja Ali Romitaniy, Xoja Muhammad Boboyi Samosiy, Sayyid Amir Kulol, Xoja Bahouddin Naqshband, ulug’ valiyulloh, shoir va faylasuf Xoja Ismatulloh Buxoriy singari yuzlab avliyolar va allomalar ma’naviy merosisiz islom dini taraqqiyotini tasavvur qilib bo’lmaydi.
Qariyb 30 asrlik tarixga ega Buxoro vohasida 997 ta me’moriy va arxeologik yodgorlik mavjud bo’lib, ular qadimiy zamin o’tmishi, xalqimizning yuksak ma’naviyati, bebaho san’ati, umrboqiy an’analari, qo’li gul ustalarimizning takrorlanmas mahoratidan guvohlik berib turibdi. Ammo afsuski, Buxoro so’nggi hukmdorlarining beparvoligi va ojizligi, 1920 yilda qizil armiya qismlarining bosqini chog’ida shaharning aeroplanlar bilan bombardimon etilgani, sho’rolar tuzumining milliy qadriyatlarni oyoqosti qilish, xalqni o’zligidan judo etishga qaratilgan siyosati oqibatida ko’plab obidalar yer bilan yakson qilindi, qarovsiz qoldirilib, vayrona holga keltirildi, ziyoratgohlar, masjid-madrasalar omborxonalarga aylantirildi.
Garchi sovetlar davrida asosiy tarixiy yodgorliklar rasman davlat muhofazasiga olingan bo’lsa ham ularni ta’mirlash, konservatsiyalash uchun juda oz miqdorda byudjet mablag’lari ajratilardi. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, mamlakatimiz parlamenti dastlabki hujjatlar qatori “Tarixiy yodgorliklarni muhofaza etish to’g’risida”gi Qonunni qabul qildi. Buxoro shahrining 2500 yilligiga tayyorgarlik jarayonida Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi va rahnamoligida Kalon masjidi, Ark qal’asi, Mir Arab, Ulug’bek madrasalari, Somoniylar maqbarasi, Bolohovuz masjidi va boshqa ko’plab obidalar ta’mirlandi, ular hududi obodonlashtirildi. Yurtboshimizning ko’rsatmalari va bevosita rahbarligida Bahouddin Naqshband, Abdulxoliq G’ijduvoniy me’moriy majmualari qayta qurilib, Markaziy Osiyodagi eng go’zal ziyoratgohlarga aylantirildi. Buxoro shahri tarixiy markazidagi me’moriy obidalarning YuNESKO tomonidan jahon madaniy merosi ro’yxatiga kiritilgani yodgorliklarni muhofaza qilish masalalariga xalqaro jamoatchilik diqqat e’tiborini qaratdi.
So’nggi yillarda Chorbakr me’moriy majmui, Sayyid Amir Kulol, Xoja Mahmud Anjirfag’naviy, Xoja Ismatulloh Buxoriy, Abu Hafs Kabir ziyoratgohlari, Behishtiyon maqbarasi, shaharning qator qadimiy darvozalari qayta qurildi, ta’mirlandi va obodonlashtirildi. Istiqlol davrida Buxoro viloyatining me’morchiligida an’analar va badiiy merosni asrash amaliyoti bo’yicha ishlar turkumi uchun bir guruh me’morlar va ustalarga O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti berildi. Respublika Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 23 martdagi qarori bilan tasdiqlangan “2020 yilgacha Buxoro shahri hududidagi madaniy meros ob’ektlarini ilmiy o’rganish, konservatsiyalash, ta’mirlash va ularni zamonaviy foydalanishga moslashtirish bo’yicha Davlat dasturi” bebaho milliy qadriyatimiz hisoblanmish me’moriy obidalarni asl holiga keltirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ulkan ishlarning yangi istiqbollarini belgiladi.
Yurtboshimiz qayd etganidek, “O’zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o’rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog’liqlik til orqali namoyon bo’ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili—millatning ruhidir”.
1989 yilning 21 oktyabrida qariyb bir yarim asrlik qaramlikdan so’ng mamlakatimizda o’zbek tili davlat tili deb e’lon qilindi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo’lmish ona tilimiz o’zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo’ldi. Bu Vatanimiz tarixida tom ma’nodagi buyuk voqea edi.
Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat—yengilmas kuch” kitobida qayd etilganidek, “Xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishda milliy urf-odatlarimiz va ularning zamirida mujassam bo’lgan mehr-oqibat, insonni ulug’lash, tinch va osoyishta hayot, do’stlik va totuvlikni qadrlash, turli muammolarni birgalashib hal qilish kabi ibratli qadriyatlar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada ma’naviy hayotimizning uzviy qismiga aylanib ketgan hashar odati istiqlol davrida yangicha ma’no-mazmunga ega bo’lib, umummilliy an’ana tusini olgani barchamizni mamnun etadi”.
Har yili Navro’z va Mustaqillik bayramlari arafasida o’tkaziladigan umumxalq hasharlari buning tasdig’idir. Ana shunday hasharlar paytida mahallalar, turar joy mavzelari, yo’llar va maydonlar, bog’u rog’lar tartibga keltiriladi, ehtiyojmand oilalarga yordam ko’rsatiladi.
Shu kunlarda respublikamiz talaba yoshlarining Buxoroda o’tkaziladigan “Universiada-2013″ sport musobaqalariga tayyorgarlik ko’rish
ayni avjida. Yangi sport inshootlarini qurish, mavjudlarini ta’mirlash, shaharning markaziy ko’chalari, maydon va xiyobonlarini obodonlashtirish, gulzorlar barpo etishdek xayrli ishlarda minglab buxoroliklar qalb amri bilan ishtirok etib, umumxalq hasharining qudratini namoyish qilmoqdalar.
Ma’naviyat, qadriyatlar va milliy o’zlikni anglash haqidagi fikr-mulohazalarimizga yakun yasar ekanmiz, avvalambor, shuni chuqur anglab olishimiz kerakki, ma’naviy yuksalishga erishish bir yillik yoki besh-o’n yillik ish emas. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, “Xalq, millat o’z milliy ma’naviyatini yillar, asrlar davomida yuksaltirib, boyitib boradi. Chunki ma’naviyat qotib qolgan aqidalar yig’indisi emas, aksincha, doimiy harakatdagi uzluksiz jarayon bo’lib, taraqqiyot davom etar ekan, uning shiddatli yurishi tufayli ma’naviy hayot oldiga qo’yiladigan talablar ham muttasil paydo bo’laveradi”.
Istiqlol tufayli ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot, demokratik jamiyat barpo etayotgan xalqimizda o’zining aqlu-idrokiga, intellektual salohiyatiga, yaratuvchilik kuchiga, ma’naviyatiga ishonch yanada mustahkamlandi. To’g’ri, bu borada hali yechimini kutayotgan muammolar ham bor. Ammo xalqimizda, fuqarolarimizda milliy o’zligini anglash va namoyon etish istagi barqaror qadriyatga aylanib borayotganini ham sezmaslik mumkin emas. Aynan shu istak O’zbekistonda kechayotgan demokratik jarayonlarga ma’no va yo’naltiruvchilik ruhini baxsh etmoqda.
Adabiyotlar:
1.Falsafa. q. Nazarov tahriri ostida. Toshkent, 2000, 257-266-betlar.
2.Filosofiya. Pod red. V. P. Koxanovskogo. Rostov-na-Donu, 1999, s. 515-540.
3.Barulin V.S. Sotsialnaya filosofiya. Moskva, 1999, s. 399-427.
4.Falsafa. E. Yusupov tahriri ostida. Toshkent, 1999, 301-321-betlar.
5.Osnovo’ filosofii. Pod red. M. Axmedovoy i V. Xana. Toshkent, 1998, s. 349-356.
6.Spirkin A. G. Filosofiya. Moskva, 1998, s. 762-769.
7.Filosofiya. Pod red. V. D. Gubina, T. Yu. Sidorinoy, V. P. Filatova. Moskva, 1998, s. 284-306.
8.To’lenov J. T., g’afurov Z. g’. Falsafa. Toshkent, 1997, 268-294- betlar.
Radugin A. A. Filosofiya. Kurs lektsiy. Moskva, 1996, s. 289-312.