Elеmеntning massa soni atom yadrosidagi protonlar soni bilan nеytronlar sonining yig’indisiga tеng bo’ladi:
bunda — protonlar soni, — nеytronlar soni.
Bitta elementning tartib nomеri bir xil ammo massasi har xil bo’lgan atomlar turiga izotoplar dеyiladi. Masalan, kaliy izotoplari
izotopida 19 ta proton, 39 — 19 =20 ta nеytron
izotopida 19 ta proton, 40 — 19 =21 ta nеytron
izotopida 19 ta proton, 41 — 19 =22 ta nеytron
1-misol. Bor va izotoplar aralashmasidan iborat. Borning o’rtacha atom massasi 10,82 ga teng. Borda har qaysi izotop atomidan necha foiz bor?
Yechish: Bor izotoplarining umumiy massasini 100% deb olamiz. Agar bunda izotopining foiz tarkibi x ga teng bo’lsa, 100-x ga teng bo’ladi. Bundan B atomining massa balansini foiz bilan ifodalaydigan algebraik tenglama tuziladi:
ya’ni
10x+1100-11x =1082 bundan
x = 18 .
Demak, q18% esa 100-18q82% ga teng.
2-misol. Tabiiy xlor 75,4% va 24,6% izotoplar arlashmasidan tarkib topgan. Xlorning o’rtacha nisbiy atom massasini hisoblab toping.
Yechish: Bu masala 1-misolning teskarisidir. Shuning uchun xlorning o’rtacha massasini x bilan belgilab quyidagicha algebraik tenglama tuzamiz:
35.75,4 + 37.24,6 q 100x ðbundan
x q 35,46 a. m.b
Demak, xlorning o’rtacha nisbiy atom massasi 35,46 a.m.b. ga tеng ekan.
Mustaqil yechish uchun masalalar
Quyidagi atom yadrolarida nechta proton va nechta neytron borligini aniqlang: 1531P; 1941K; 1225Mg; 2040Ca; 3065Zn; 3581Br; 46104Pd; 50122Sn; 56130Ba; 78188Pt.
Nisbiy atom massasi 79,916 ga teng bo’lgan bromdagi 3579Br va 3581Br izoplarining foiz miqdorini toping.
Litiy 36Li va 37Li aralashmasidan iborat va uning o’rtacha nisbiy atom massasi 6,94 ga teng. Litiy izotoplarining foiz miqdorini toping.
Kumush 47107Ag va 47109Ag aralashmasidan iborat va uning o’rtacha nisbiy atom massasi 107,88 ga teng. Kumush izotoplarining foiz miqdorini toping.
Tabiiy neon 90% 1020Ne va 10% 1022Ne izotoplar aralashmasidan tarkib topgan. Neonning o’rtacha nisbiy atom massasini hisoblab toping.
Tabiiy mis 27% 2965Cu va 73% 2963 Cu izotoplar arlashmasidan tarkib topgan. Misning o’rtacha nisbiy atom massasini hisoblab toping.
Magniy 78,6% 1224Mg va 11,29% 1225Mg izotoplar aralashmasidan tarkib topgan. Magniyning o’rtacha nisbiy atom massasini hisoblab toping.
Bor 510B va 511B aralashmasidan iborat va uning o’rtacha nisbiy atom massasi 10,81 ga teng. H3BO3 kislota tarkibida 511B qancha bor?