Banklar va bank tizimi

Banklar va bank tizimi

Reja:

Banklarning mohiyati, kelib chiqish asoslari va ularni bozor iqtisodiyotidagi o’

Kredit tizimi va uning tarkibiy q

Bank tizimi va uning rivojlanish bosq

O’zbekiston Respublikasi bank tizimi va uning rivojlanish bosqichlari.

Maxsus moliya – kredit

Markaziy bank va uning funksiyalari. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatining asoslari


Tayanch iboralar


Banklar va ularning kelib chiqish asoslari. Kredit tizimi va uning tarkibi. Bir  va ikki pog’onali bank tizimi. Bank tizimining rivojlanish bosqichlari. O’zbekiston Respublikasining bank tizimi va uning rivojlanish bosqichlari. Markaziy bank va uning funksiyalari. Markaziy banklar vujudga kelishining yo’llari. O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki, uning bosh maqsadi va vazifalari. Maxsus moliya-kredit muassasalari. O’zbekiston Respublikasida sug’o’rta tizimi va lizing munosabatlari. Kredit uyushmalari.



Banklarning mohiyati, kelib chiqish asoslari va ularni bozor iqtisodiyotidagi o’rni.


Bank deb, pul mablaglarini yig’uvchi, saqlab beruvchi, kredit-xisob va boshqa vositachilik operasiyalarini bajaruvchi muassasalarga aytiladi.

Banklar paydo bo’lishining asosi bo’lib tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi xisoblanadi. Tovar-pul munosabatlarinig bo’lishi va ularning rivojlanib borishi barcha ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarda banklarning ham bo’lishini taqazo etadi.

Banklar o’rta asrlarda puldorlar tomonidan pulni qabul qilish va boshqa davlat, shaxar puliga almashtirib berish asosida kelib chiqqan. Keyinchalik puldorlar o’z bo’sh turgan mablag’laridan foyda olish maqsadida ularni vaqtincha foydalanishga mablag’ zarur bo’lgan subyektlarga ssudalar berishgan.  Bu hol pul almashtiruvchi puldorlarning bankirlarga aylanishiga olib kelgan.

Bank so’zi italyancha «banka» so’zidan olingan bo’lib, «stol», «pullik stol» degan ma’noni anglatadi, chunki o’rta asrlarda italiyalik puldorlar hamyonlaridagi, idishlaridagi tangalarni stol ustiga qo’yib xisob-kitob  qilganlar.

XII asrlarda Genuyada pul almashtiruvchilarni «bancheri» deb atalib, agar puldorlarning qaysi biri ishonchni oqlamasa va ishiga ma’suliyatsizlik qilsa, u o’tirgan stol sindirib tashlangan va uni «Bancorotto», ya’ni bankrot deb atashgan. Banklar paydo bo’lishining boshlang’ich nuqtasi bo’lib XVI asrda Florensiya va Venesiyada tashkil qilingan kichik jiro-banklar xisoblanadi. Keyinchalik bunday banklar Amsterdamda (1605), Gamburgda (1618), Milanda, Nyurenbergda, Genuyada vujudga kelgan. Bu banklar asosan o’z mijozlari – savdogarlarga xizmat qilgan, ular o’rtasida naqd pulsiz xisob-kitoblarni olib borgan.

Angliya bank tizimi (XVI asr) yuzaga kelgan va rivojlangan birinchi davlat hisoblanadi. Angliya bankirlari oltinni saqlab beruvchilar va savdogarlardan kelib chiqqan.

Tarixda birinchi yuzaga kelgan bank Angliya banki hisoblanadi, u 1694 yilda aksioner bank sifatida tashkil bo’lgan. Keyinchalik sanoat rivojlanishi natijasida banklar boshqa mamlakatlarda ham tashkil bo’lgan.

Natural xujalik munosabatlarining tugashi, savdo-sotik munosabatlarining rivojlanishi pullik xisob-kitoblar olib borishga, kredit tizimini rivojlanishiga yo’l ochdi.

Ssuda kapitalisti asosan o’z bo’sh mablag’ini  karzga berib ssuda foizi sifatida daromadga ega bo’lsa,  bankirlar asosan chetdan jalb qilingan mablag’larni kreditga berib foydaga ega buladi. Banklar korxona, tashkilot, davlat muassasalari, aholi bo’sh pul mablag’larini jalb qilish orqali katta hajmdagi mablag’ni jamlab uni xarakatini  boshqaradi. Banklarni yiriklashuvi va ular faoliyatini takomillashuvi ularni maxsus korxonalar – kredit muassasalariga aylanishiga olib keldi.

Bozor munosabatlari sharoitida banklar iqtisodiyotni samarali boshqarishning muhim subyekti hisoblanadi. Banklar bozor munosabatining boshqa subyektlaridan farq qilib pul bilan ishlovchi, vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’larini yig’uvchi, uni unga ehtiyoj sezgan subyektlarga vaqtincha foydalanishga berib turuvchi va pul mablag’larini samarali ishlatish  asosida o’z faoliyatini olib boruvchi muassasa hisoblanadi.

Banklar bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni xarakatga keltiruvchi subyekt hisoblanib moddiy ishlab chiqarishni tashkil qilish  va olib borishda vositachi sifatida  kapital aylanishining uzluksizligini ta’minlab jamiyatning ravnaq topishiga, iqtisodiyotning rivojlanishiga, jamiyat a’zolari farovonligiga zamin yaratadi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar-pul munosabatlarining keng miqyosda rivojlanishi banklar oldida yangidan-yangi operasiyalar bajarishga imkoniyat ochib beradi.

Shuning uchun ham respublikamizda bozor iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi  zamonaviy bank tizimi yaratish zaruriyati tug’ildi.

O’zbekiston Respublikasi «Bank siri to’g’risia»gi qonunning 3-moddasiga binoan quyidagilar bank siri hisoblanadi:

— o’z mijozlarining (vakillarining) operasiyalari, hisob varaqlari, va omonatlariga doir ma’lumotlar

— bank o’z mijoziga (vakiliga) bank xizmatlari ko’rsatishi munosabati bilan mazkur mijoz (vakil)  to’g’risida olgan ma’lumotlar

— mijozning (vakilning) bank seyflari va binolarida saqlab turilgan  mol-mulki, uning xususiyati va qiymati haqidagi ma’lumotlar

— mijoz (vakil) topshirigiga binoan yoki uning foydasini ko’zlab amalga oshirilgan banklararo operasiyalar va bitimlar to’g’risidagi ma’lumotlar

— bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarning banklar o’rtasida muomilada bo’lishi natijasida ma’lum bo’lib qolgan boshqa bankning mijoziga (vakiliga) doir ma’lumotlar.

Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar mijozning (vakilning) o’ziga, u vakolat bergan vakillarga, shuningdek hisob palatasiga (uni zimmasidagi vazifaga kirsa), tergov, prokuratura va surushturuv organlariga (tergovchi va surushtiruvchining  asoslangan karoriga kura ko’zatilgan jinoyat ishi mavjud bo’lganda) taqdim  etiladi.


Kredit tizimi va uning tarkibiy qismlari

 

            Kredit tizimi deb, kredit munosabatlar majmuasi va kredit munosabatlarni tashkil qiluvchi va amalga oshiruvchi kredit tashkilotlar yigindisiga aytiladi. Kredit tizimi orqali xuquqiy va jismoniy shaxslarning vaqtincha bo’sh mablag’lari yig’iladi va korxona, tashkilotlar, aholi va davlatga vaqtincha foydalanishga beriladi. Kredit tizimi mablag’larni jalb qilish va ularni taqsimlashga qarab bir necha bo’g’inlardan iborat bo’lishi mumkin. Jahon amaliyotida kredit tizimi tashkil etilishiga ko’ra  quyidagi guruhlarga bo’linadi:

Markaziy bank

Tijorat banklari

Mahsus kredit tashkilotlari (paxtabank, sanoatqurilish banki, asaka bank, aloka bank va boshqalar).

Nobank kredit tashkilotlari (investisiya kompaniyalari, sug’o’rta kompaniyalari, nafaqa va boshqa jamg’armalar)

Kredit tizimida asosiy o’rinni  tijorat banklari egallaydi. Mulk shakliga ko’ra banklar davlat, aksioner, aralash, qo’shma, xususiy banklarga bo’linadi.

O’zbekiston Respublikasi bank tizimi tarkibi

I — pog’ona

II – pog’ona



Чет эл банклари вакиллик бўлимлари






Нобанк
кредит ташкилотлари






Кредит ташкилотлари



            Universal banklar turli xil bank operasiyalari: depozit, kredit, xisob, foiz, vositachilik va boshqa operasiyalarni bajaruvchi bank hisoblanadi.
            Chet el banklari vakillik bo’limlari – banklar o’rtasidagi an’anviy aloqalarni turi bo’lib, xalqaro banklar o’rtasidagi munosabatlar bo’yicha boshqa davlatlar bankida ochiladigan bo’limlaridir.


Bank tizimi va uning rivojlanish bosqichlari

 

            Xozirgi vaqtda jahonda umum qabul qilingan bank tizimi  ikki pog’onali bank tizimi bo’lib u markaziy bank va tijorat banklari tarmog’ini o’z ichiga oladi.

            Bank tizimini bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib qayta tashkil etish quyidagi tamoyillarga asoslangan holda olib boriladi:

            — Xorijiy va mahalliy investorlarning ishonchini qozonish  maqsadida bank-moliya tizimi barqarorligiga erishish

            — bank tizimidagi islohatlar umumiqtisodiy islohatlarning o’tkazilishi bilan mos kelishi

            — bank-moliya tizimini bosqichma-bosqich takomillashtirish yo’li bilan jahon banki  tizimiga yaqinlashtirish

            — pul-kredit siyosatini olib borishda mamlakatning ichki ehtiyojini va uning iqtisodining xususiyatini hisobga olish

            — banklar faoliyatida mijozlar manfaatini ustun quyish va boshqalar.

            Jahon amaliyotidagi xozirgi mavjud banklarning rivojlanishini quyidagi ikki davrga bo’lish mumkin:

Birinchi davr – bu O’zbekiston mustaqillikka erishgungacha bo’lgan davrdagi bank tizimi

Ikkinchi davr O’zbekiston mustakillikka erishgandan keyingi davrdagi bank tizimi.

Bank tizimi rivojlanishining birinchi davri quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:

— Birinchi bosqich XIX-asrning oxiridan 1930-32 yillargacha bo’lgan davrni o’z ichiga olib bunda oldingi mavjud bo’lgan banklar zaminida sobiq ittifoqning kredit tizimi tashkil qilindi. Bu davrda shu vaqtdagi iqtisodiyotning rivojlanishiga mos keluvchi tarmoq banklari, o’lka banklari, tijorat banklari, maxsus banklar, davlat banklari kabi banklar faoliyat ko’rsatgan.

— Ikkinchi bosqich  1932 yildan 1959 yillargacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda banklar korxonalarni veksel orqali kreditlashdan (egri kreditlash) to’g’ridan-to’g’ri kreditlashga o’tdi. Bunda banklar xalq xo’jaligi sohalari bo’yicha tashkil qilindi va ular shu sohalarga muddatli kreditlash va moliyalashtirish bilan shug’ullangan. Davlat banki asosan qisqa muddatli kreditlashni olib borgan.

— Uchinchi bosqich 1959 yildan 1988 yilgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bunda mavjud tarmok banklari qayta tashkil qilinib mamlakatdagi barcha kredit munosabatlarni olib borish maqsadida uchta yirik bank —  Davlat banki, qurilish banki, tashqi savdo banki tashkil qilindi. Davlat banki xalq xo’jaligining barcha sohalariga (qishloq xo’jaligiga o’zoq muddatli kredit ham) qisqa muddatli kredit bergan. Šurilish banki kapital quyilmalar bilan boglik operasiyalarni  bajargan. Tashki savdo banki mamlakatning eksport-import operasiyalarini bajargan.

— Turtinchi bosqich bank tizimini qayta tashkil qilish bosqichi bo’lib, u 1988 yildan 1990 yilgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda davlat banki bilan bir qatorda ko’plab maxsus  tarmoq banklari tashkil etildi.

            Bu davr bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib ikki pog’onali bank tizimiga o’tish bilan ham bog’liq.

            Xalqaro amaliyotda ikki pog’onali bank tizimi Vengriyada 1987 yilda, SSSRda 1988 yildan, Polshada 1989 yildan, Bolgariya, Ruminiya va Chexoslavakiyada 1990 yildan joriy etilgan.

O’zbekiston Respublikasining bank tizimi va uning rivojlanish bosqichlari.

Respublikamiz mustaqilligining e’lon qilinishi butun dunyo mamlakatlari tomonidan tan olingan bozor iqtisodiyoti dastaklarini  bizning respublikamizga ham kirib kelishiga zamin yaratdi. Shuning uchun ham respublikamizda bozor iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi zamonaviy bank tizimini yaratish zaruriyati tug’ildi.

Bank tizimini qayta qurish:

— ikki pog’onali bank tizimini vujudga keltirish. Markaziy imission bank va bevosita xo’jalik subyektlariga xizmat ko’rsatuvchi ixtisoslashgan davlat banklari;

— ixtisoslashtirilgan banklarni to’laligicha xo’jalik hisobiga va o’z-o’zini moliyalashga utkazish;

— iqtisodiy tizim doirasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan bo’ladigan kredit munosabatlari, uslublari va shakllarini takomillashtirish va boshqalarni o’z ichiga oladi.

O’zbekiston bozor iqtisodiyotiga o’tishning bosqichma-bosqich yo’lini tanlagani bois bank tizimi taraqqiyoti ham quyidagi bosqichlarga ega:

— Birinchi bosqich milliy valyutani muomilaga kiritish uchun asos yaratilgan va ikki pog’onali bank tizimining poydevori qurilgan 1991 yildan 1994 yilgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda mamlakatimizning mustaqil bank tizimini yaratish bo’yicha olib boriladigan tadbirlar 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi Qonuni asosida amalga oshirildi. Ushbu qonun asosida sobiq SSSR davlat bankining respublika muassasi  asosida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’zildi (1992 yil sentyabr) va unga respublikada pul muomilasini tartibga solish, tijorat banklari tizimini vujudga keltirish va tulov tizimini tashkil etish vazifalari yuklatildi.

Ushbu davrda tashkil etilgan maxsus ixtisoslashgan banklar jumlasiga sanoat qurilish banki, kommunal qurilish va sosial taraqqiyot banki, agrosanoat banki, tashqi iqtisodiy faoliyat banki, jamg’arma banki va boshqa banklarni kiritish mumkin.

O’zbekistonda bank tizimini tashkil qilishning ikkinchi bosqichi milliy valyuta muomilaga kiritilgan (1994 yil 1 iyul) va ikki pog’onali bank tizimining xuquqiy asoslari yaratilgan 1994-1996 yillarni o’z ichiga oladi.

1994 yil 18 martdagi Vazirlar Mahkamasining «Bank tizimini takomillashtirish va pul-kredit munosabatlarini barqarorlashtirish bo’yicha chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori, 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida»gi va 1996 yil 25 aprelda «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi bank tizimini  jahon andozalariga yaqinlashtirish sohasidagi mustahkam qonuniy poydevor yaratdi.

Ushbu bosqichning xususiyatlaridan biri 1995 yildan boshlab O’zbekistonda maxsus nobank kredit tashkilotlari (investisiya kompaniyalari, sug’o’rta kompaniyalari va boshqalar) tashkil qilina boshlandi.

O’zbekiston bank tizimini shakllantirishning uchinchi bosqichi 1997-2000 yillarni o’z ichiga olib u bosqichning asosiy xususiyati banklarni xususiylashtirish va aksiyador – tijorat banklarida boshqaruvning sifatini oshirish, banklar faoliyatida nazoratni ko’chaytirishdan iborat.

Bu bosqichda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xususiy tijorat banklari tashkil qilishni  rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi (1997 yil 24 aprel), «Aksiyadorlik-tijorat banklari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi (1998 yil 2 oktyabr), «Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlari to’g’risida»gi (2000 yil 21 mart) farmonlari muhim ahamiyatga ega.

Shu kabi 1999 yil 15 yanvarda O’zbekiston Respublikasining «Bank tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to’g’risida» gi, 2000 yil 24 martdagi «Bank tizimini isloh qilishga doir qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida» gi qarorlari qabul qilindi.

Bank tizimiga chet el sarmoyasi keng jalb qilina boshlandi va 2006 yilning boshiga 5 ta bank chet el kapitali ishtirokida faoliyat kursatmokda. Bulardan tashqari xalq xo’jaligiga  3 ta bank davlat mulki asosida. 12 ta aksiyador-tijorat va 9 ta xususiy bank xizmat ko’rsatmokda.

Shu bosqichda bank tizimini islox qilish respublika komissisiyasi  to’zildi, mijozlarga xizmat kursatish sifati oshirildi, kichik va o’rta biznesni yanada rivojlantirishga, ichki nazorat ta’sirchanligini oshirishga e’tibor qaratildi.

Bank tizimi rivojlanishining to’rtinchi bosqichi 2001 yildan boshlandi va uning asosiy xususiyatlari bo’lib kuyidagilar hisoblanadi:


Banklar faoliyatini yanada rivojlantirish asosida aholining bank tizimiga bo’lgan ishonchi mustahkamlandi. Agar 2004 yilni boshiga tijorat banklar kapitali 791 mlrd so’mdan 2005 yilni boshiga 824,1 mlrd. so’mga, ya’ni 104,2% ga oshgan bo’lsa, shu davrda axolining banklardagi pul jamgarmalari (yangi omonat turlari, yukori foizlar va boshqalar xisobiga) 244,7 mlrd. so’mdan 322,6 mlrd. so’mga yoki 131,8 foizga oshdi, 2005 yilni boshiga esa banklardagi aholi jamg’armalari 450 mlrd. so’mga yetdi.


Tijorat banklarining xususiy tadbirkorlik, kichik va o’rta biznes subyektlariga ko’rsatgan yordami ortdi. Ma’lumki, kichik tadbirkorlik subyektlarining soni yil sayin oshib bormoqda va ularni soni 1.01.2004 yilga 235,4 ming tani tashkil etadi. 2005  yilda kichik biznes subyektlariga berilgan kredit 419,9 mlrd. so’mni tashkil etib shundan 287,4 mlrd. o’zoq muddatli kreditni tashkil etadi. Kichik biznes subyektlarining YaIMdagi ulushi 2005 yilda 38 foizni  tashkil etdi, 2006 yilni rejasiga ko’ra uni 45 foizga yetishi muljallangan.


Valyuta munosabatlarini erkinlashtirish bo’yicha ishlar jadallashtirildi. Bu bosqichda milliy valyutani erkin ayirboshlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirildi va 2003 yil 15 oktyabridan boshlab joriy xalqaro operasiyalar bo’yicha so’mning erkin almashtirilishi joriy etildi.

Valyuta munosabatlarini takomillashuvi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2003 yil 11 dekabridagi 557 son qarori bilan «Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi qonuniga o’zgartirishlar kiritildi.

Shu asosda respublikamizda bank tizimini taraqqiy etishi va takomillashuvi davom etmoqda.

Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 apreldagi «Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori muhim ahamiyatga ega.



Markaziy bank va uning funksiyalari. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatining

asoslari

Markaziy bank – kredit tizimining bosh banki bo’lib, mamlakatda pul-kredit siyosatini, emissiya jarayonlarini olib boradi.

Birinchi markaziy banklar bundan qariyib  uch yuz yil oldin tijorat banklarining rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Bular 1668 yilda tashkil bo’lgan Shved Riks Jiro banki, 1694 yilda tashkil qilingan Angliya banklaridir.

Yevropa mamlakatlarida Markaziy banklar ancha kechroq, asosan XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab faoliyat ko’rsata boshlagan. AŠShda Markaziy bank funksiyasini 12 federal rezerv  bankidan iborat federal rezerv tizimi bajaradi.

            O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki 1992 yilning sentyabr oyidan sobiq SSSR davlat bankining Respublika bo’limi zaminida paydo bo’lgan.

Jaxon amaliyotida Markaziy banklar vujudga kelishining ikki asosiy yuli mavjud:

Birinchi yul – o’zoq davr mobaynida tijorat banklarining rivojlanishi natijasida ularni Markaziy bankka aylanishi. Shu holat 1844 yilda Angliyada, 1848 yilda Fransiyada, 1874 yil Ispaniyada, 1875 yilda Germaniyada (Reyxsbank), 1893 yilda Italiya Markaziy banklari tashkil bo’lishi bilan bog’liq.

Ikkinchi yo’l – bir yo’la Markaziy bank – emission markaz sifatida tashkil qilingan banklar. Bunday banklarga AŠShning federal banklari, 1913 yildan tashkil etila boshlangan Lotin Amerikasi mamlakatlari banklari, Avstriya Markaziy banki va boshqalarni kiritish mumkin.

Markaziy bank iqtisodiyotni boshqarishda va bank tizimini nazorat qilishda muhim rol o’ynaydi. Shuning uchun ham uning faoliyati uning Ustaviga nisbatan yuqori kuchga ega bo’lgan qonun bilan tartibga solinadi. Markaziy bank alohida statusga ega bo’lgani holda butun bank tizimini, davlat organlarini nazorat qilib uning faoliyati, vazifalari va yuklatilgan majburiyatlar uni tijorat faoliyati chegarasidan chiqadi.

Respublikamizda Markaziy bank to’g’risidagi qonun 1995 yilni 21 dekabrda qabul qilinib 2002 yilda unga ayrim o’zgartirishlar kiritilgan.

Qonunning  3-moddasiga kura Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyutani barqarorligini ta’minlash hisoblanadi. Valyuta barqarorligi tushunchasi pul massasi barqarorligini, baho va milliy valyuta almashuv kursini barqarorligini anglatadi.

Qonunning 6-moddasi Markaziy bankning mustaqil ekanligiga bag’ishlanib u quyidagilarda ko’rinadi:

— Markaziy bank xukumatning iqtisodiy siyosati chegarasida faoliyat ko’rsatadi. Markaziy bank xukumat siyosatidan o’tib o’zining alohida siyosatini  yurgizmaydi.

— Markaziy bankning mustaqilligi unga yuklatilgan vazifalar chegarasida amalga oshadi. Bu mamlakatdagi pul-kredit siyosatini belgilashda, kreditlar bo’yicha foiz stavkalarini belgilashda, bank likvidligi nisbati, almashuv kurslarini belgilash bilan bog’liq boshqa ishlarda ko’rinadi.

Markaziy bank o’ziga yuklatilgan vazifalarni bajarilishini ta’minlash uchun tegishli tarkibni tashkil etadi. Qonunning 8-moddasiga binoan Markaziy bank Šoraqalpog’iston Respublikasining poytaxti, viloyat markazlari va Toshkent shahrida Bosh boshqarma va xizmat bo’limlariga ega.

Qonunning 15-moddasiga binoan Markaziy bankning Oliy Organi bo’lib bank Pravleniyasi hisoblanadi. Bank Pravleniyasi 11 kishidan iborat bo’lib uning tarkibiga  Markaziy bank raisi, uning muovinlari va bank asosiy bo’limlari boshliqlari kiradi. Bank Pravleniyasining raisi bo’lib Markaziy bank Raisi hisoblanadi. Pravleniya a’zolari Markaziy bank raisi tavsiyasiga binoan Oliy Majlis kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Qonunning 5-moddasiga kura Markaziy bank o’z faoliyati natijalari bo’yicha Respublika Oliy Majlisiga bo’ysunadi.

Oliy Majlis:

— Respublika Prezidentining tavsiyasiga binoan Markaziy bank raisini tayinlaydi va vazifasidan bo’shatadi.

— Yillik xisobat va auditor xulosasini ko’rib chiqadi.

Qonunning 44-moddasiga binoan Markaziy bank quyidagi funksiyalarni bajaradi:

Banknotalar (naqd pullar) emissiyasi Markaziy bankning qadimgi va muhim funksiyasidir. Qonunning 38-moddasiga ko’ra muomilaga naqd pullarni chiqarish va undan olish faqat Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 6 apreldagi «Pul massasi oshishini chegaralash va moliyaviy intizomni ta’minlash javobgarligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi farmoni naqd pullarni bankka o’z vaqtida qaytishini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.  Respublikamizda muomilada naqd pul muomilasini chegaralash maqsadida plastik kartochkalardan keng foydalanish va boshqa choralari ko’rilmoqda.

Tijorat banklari kassa rezervlarini to’plash va saqlash. Qonunning 28-moddasida bu holat o’z aksini topgan bo’lib minimal zaxiralar bu tijorat banklari resurslarining Markaziy bankda saqlanishi zarur bo’lgan qismidir. Majburiy rezerv miqdori tijorat bankining yig’ilgan resurslariga nisbatan foizda belgilanadi. Minimal zahira jamg’arma turiga, uning hajmiga, bankning joylashgan o’rniga bog’liq bo’lgan holda turli mamlakatlarda turlicha. Jumladan, Yaponiyada minimal rezervlar stavkasi 2,5%, AŠSh da 12%, Germaniyada 12,1%, Portugaliyada 17%, O’zbekistonda 2005 yildan 15%. Markaziy bank bundan pul muomilasini muvofiqlashtirishda foydalanadi.

Oltin-valyuta zahiralarini saqlash. Bu mamlakat to’lov balansi defisitini qoplash va milliy valyuta kursini barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

Respublikamizda 2005 yilda oltin-valyuta zahiralari 35%ga oshib, tashqi savdo ijobiy qoldig’i 1,317 mlrd. AKSh dollariga yetdi va oltin-valyuta zaxiralarimiz respublikamizning 8 oylik importini qoplashga yetadi.

Tijorat banklarini kreditlash. Kredit muassasalari depozitlarini markazlashuvi kredit operasiyalarini kengaytirish uchun baza hisoblanadi. 2005 yilda banklar tomonidan iqtisodiyotning real sektoriga milliy valyutada berilgan kreditlar 3876 mlrd. so’mni tashkil etdi, uning 81% i uzoq muddatli kreditni tashkil etadi.

Davlat banki sifatida xukumat uchun kredit berish va hisob-kitob operasiyalarini bajarish. Bu markaziy bankda xukumat tashkilotlari va muassasalarining schetlarini yuritilishida, shu schyotlar orqali qimmatli qog’ozlar, uzoq va qisqa muddatli kreditlar, davlat obligasiyalarini sotib olish, chet el valyutasi bo’yicha va boshqa operasiyalarni amalga oshirilishi bilan bog’liq. Markaziy bank xukumatining fiskal (xazina) vakili vazifasiga muvofiq xukumat organlari hisob-varaqlarini yuritar ekan (47 modda), xukumatning moliya operasiyalarini amalga oshirishda kumaklashadi, byudjet kirimlari va chiqimlari yuzasidan maslaxatlar beradi.

Xisob-kitob va almashuv operasiyalarini amalga oshirish. Qonunning 40,43 moddalariga binoan Markaziy bank milliy valyutani chet el valyutasiga nisbatan kursini belgilaydi, uni almashish limitini belgilaydi, respublika xududi va undan tashqarida valyuta operasiyalarini amalga oshiradi.

Pul-kredit siyosati. Pul-kredit siyosatining asosiy maqsadi milliy valyuta barqarorligini ta’minlash, valyuta kursi va foiz stavkalarini oqilona o’rnatish asosida inflyasiya sur’atlarini kamaytirish, kreditdan foydalanishning samaradorligini oshirish va iqtisodiyotning barqaror o’sishini ta’minlashdan iborat.

Pul-kredit siyosati davlatning iqtisodni boshqarish siyosatining bir qismi bo’lib muomiladagi pul massasi, kredit hajmi, foiz stavkalari darajasi va boshqa pul muomilasi kursatkichlarini o’zgartirishi bilan ishlab chiqarish hajmini o’sishi va pasayishiga moslab pul ta’minotini yo’lga kuyadi.

Jumladan, Markaziy bankning pul-kredit siyosati 2006 yilga quyidagicha belgilangan:

Iste’mol narxlar indeksining yillik darajasi 6,8% dan oshmasligi.

YaIM ni real o’sishi 7,2%, uning deflyatori 12%ni tashkil etishi.

Byudjet taqchilligi YaIMning 1,5% dan oshmasligi.

Sof tashqi savdo aylanmasini ijobiy saldosi 1445 mln. AŠSh dollari hajmida bo’lishi.

Banklardagi aholi jamg’armalarining qoldig’i 449,5 mlrd.so’mga yetishi va boshqalar.

Nazorat funksiyasi. Bu funksiyaga qonunning VIII-bobi 50-54 moddalari bag’ishlangan bo’lib, ularda tijorat banklari faoliyatining nazorati va ularni Markaziy bank bilan o’zaro munosabatlari aks etgan.

            Umuman tijorat banklar faoliyati nazorati quyidagi yo’nalishlarda olib boriladi:

Davlat nazorati – bank tizimidagi qonunchilik asosida, chunki hamma banklar, shu jumladan Markaziy bank ham qonun asosida faoliyat ko’

Yuqori tashkilot nazorati, ya’ni Markaziy bank tomonidan.

Mustaqil tashkilot tomonidan – auditorlik tashkiloti va boshqalar.


Maxsus moliya-kredit muassasalari

 

Maxsus moliya-kredit muassasalariga sug’urta kompaniyalari, lizing va faktoring bo’yicha maxsus moliya muassasalari, kredit uyushmalari, jamg’arma banklari va boshqa turdagi moliya-kredit muassasalari kiradi.

            O’zbekiston Respublikasining «Sug’o’rta faoliyati to’g’risida»gi (2002 yil, 5 aprel) qonunning 3 moddasiga binoan «Sug’urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar tulaydigan Sug’urta mukofatlaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqyea (Sug’urta xodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga Sug’urta shartnomasiga muvofiq Sug’urta tovonini (Sug’urta pulini) to’lash yo’li bilan ularning manfaatlarini ximoya qilish tushuniladi.

            Sug’urta faoliyati deganda Sug’urta bozori professional ishtirokchilarining Sug’urtani amalga oshirish bilan bog’liq faoliyati tushuniladi.

            Jahon amaliyoti shuni ko’rsatadiki Sug’urta korxona va aholi mablag’larini markazlashtirish va ularni xo’jalik oborotiga jalb etishning samarali instrumenti hisoblanadi.

            O’zbekistonda Sug’urta ishini shakllanishi ikki yo’nalishda, ya’ni Gosstrax tizimini takomillashuvi va bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib yangi Sug’urta kompaniyalarini tashkil etish yo’lidan bordi. Respublikada 1993 yilda «Sug’urta to’g’risida»gi qonun qabul qilindi. 1994 yildan «O’zbekinvest» milliy kompaniyasi tashkil etildi, xususiylashtirish va xususiy tadbirkorlikni qullab-quvvatlash bo’yicha «Madad» Sug’urta agentligi  to’zildi. Chet el investisiyalarini siyosiy va tijorat xatarlaridan ximoyalash bo’yicha o’zbek-amerika «UZ-AIG» kompaniyasi to’zildi.

            1997 yildan mamlakatda davlat Sug’urta tizimida islohatlarga kirishildi. Bunda O’zbekiston respublikasi moliya vazirligi qoshidagi Sug’urta davlat bosh boshqarmasi zaminida «O’zagroSug’urta» davlat aksioner Sug’urta kompaniyasi to’zildi. Shu yilning o’zida «Kafolat» va  O’zagroSug’urtaga Gosstrax ning shaharlardagi barcha majburiyatlari berildi.

            1997 yilning fevralida «O’zbekinvest» eksport-import milliy kompaniyasiga aylantirildi (eksport shartnomalari va tijorat banklari kreditlarini Sug’urtalash bo’yicha).

            Keyinroq «O’zagroSug’urta» qishloq xo’jaligini Sug’urtalash bilan, «Kafolat» — shaxar joyidagilarni Sug’urtalash bilan shug’ullangan.

            Xozir respublikada 21 Sug’urta tashkiloti mavjud bo’lib, ularning 9 tasi aksioner jamiyatlari hisoblanadi. 4 tasida davlat mulki mavjud. Umuman O’zbekistonda to’zilayotgan Sug’urta kompaniyalarining  muassislari bo’lib banklar va boshqa Sug’urta kompaniyalari hisoblanadi. Banklar 75% Sug’urta tashkilotlari muassislari tarkibiga, 25% Sug’urta kompaniyalari muassislari tarkibida chet el investorlari hisoblanadi.

            «Sug’urta faoliyati to’g’risida»gi qonunning 4-moddasiga binoan Sug’urta quyidagi sohalarga bo’linadi:

            — Xayotni Sug’urta qilish (jismoniy shaxslarning xayoti, sog’ligi, mehnat qobiliyati va pul ta’minoti bilan bog’liq manfaatlarni Sug’urta qilish. Bunda shartnoma bo’yicha Sug’urtaning eng kam muddati bir yilni tashkil etadi).

            — Umumiy Sug’urta (shaxsiy, mulkiy Sug’urta, javobgarlikni Sug’urta qilish, hamda hayotni Sug’urta qilish sohasiga taalluqli bo’lmagan boshqa Sug’urta turlari).

            O’zbekiston Respublikasi Sug’urta tashkilotlarini jami ustav kapitali 2004 yilning boshiga 10,3 mlrd. so’mni tashkil etadi yoki 1997 yildagidan 2,3 barobar ko’p.

            Xozirgi qonunchilikka ko’ra respublikada Sug’urta faoliyati davlat nazoratini O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi qoshidagi Sug’urta nazorati davlat inspeksiyasi olib boradi. Uning faoliyati 1999 yil fevralidan boshlangan.

            Respublikamizda Sugurta bozorining rivojlanishiga kuyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi:

            — aholining past Sug’urta madaniyati (ishonchning kamligi, axborotning kamligi)

            — ko’pchilik aholining Sug’urta mahsulotlarini sotib olish uchun pulining yo’qligi.

            Shaxsiy Sug’urtaning rivojlanishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi:

            — sog’liqni saqlash tizimini taraqqiy etmaganligi, xizmatlar bahosini  yuqoriligi;

            — shaxsiy Sug’urtaga pul qo’yishni rag’batlantirilmasligi.

            O’zimizda hali ayrim  Sug’urta mahsulotlariga o’tilgan emas. Jumladan, Yaponiyada ayollar uyda, ko’chada yoki transportda ta’qib qilinganida Sug’urta asosida yetkazilgan ma’naviy zararni qoplash mumkin.

            Buyuk Britaniyada boy erkaklar Sug’urta kompaniyalariga bo’lajak xotinlaridan Sug’urta qilishni so’rab murojaat qilishmoqda, qaysilar nikohdan keyin sevimli xotindan uni schyotidagi pul bilan, mulki bilan qiziqadigan yomon ayolga aylanishi mumkin.

            Buyuk Britaniya fuqarosi 26 yoshli Nikol Djouns chiroyli bo’lmay qolishdan o’zini Sug’urta qildirgan. Bu shartnomani u o’zining Eri Simonni tug’ilgan kuniga taqdim etgan. Buni uchun ayol Sug’urta kompaniyasiga yiliga 200 funt to’laydi. Ayoldagi o’zgarishlarni 10 kuruvchidan iborat komissiya aniqlaydi, chunki uning eri ham kuruvchi.

             Amerikalik rokon-rol qo’shiqchisi Tina Terker ma’lum so’mmaga barcha tana qismlarini – ovozini 3,2 mln. $ ga, oyog’ini 3 mln. $ ga, kukragini 790 mln. $ ga va barcha a’zolarini 8 mln. $ ga Sug’urta qildirgan.

            Umuman O’zbekistonda ham talabdan kelib chiqib Sug’urta mahsulotlari turini yanada rivojlantirish lozim.

            Kredit kooperativlari o’zaro yordamning tashkiliy-xuqiqiy shakli sifatida dastlab Germaniyada XIX asrning ikkinchi yarmida qishloq xo’jalik va kredit kooperativlari shaklida tashkil topgan.

            XX asr boshida Yevropa kredit kooperativlari AŠSh, Kanadada taraqqiy etib, Janubiy Amerika davlatlarida taraqqiy eta boshladi.

            O’zbekistonda bunga birinchi qadamlardan biri bo’lib 2002 yil 4 aprelda «Kredit uyushmalari to’g’risida»gi qonunning qabul qilinishi hisoblanadi.

            Qonun 30 moddadan  iborat bo’lib uning  3-moddasiga ko’ra – «Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kreditlar berish maqsadida ixtiyoriy teng xuquqli  a’zolik asosida to’ziladigan kredit tashkiloti kredit uyushmasi deb e’tirof etiladi».

            Kredit uyushmalarini davlat ruyxatidan o’tkazish ularga lisenziya berish O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalga oshiriladi.

            Qonunning 7-moddasiga binoan kredit uyushmasi a’zolarining soni 50 tadan kam bo’lishi mumkin emas. Kredit uyushmasining ustavi uning ta’sis xujjatidir. Kredit uyushmasi a’zolari pay badallarining umumiy so’mmasi ustav fondi hisoblanadi. Ustav fondi faqat pul mablag’laridan shakllantiriladi va uning eng kam miqdori O’zbekiston Respublikasi Markaziy  banki tomonidan belgilanadi.

            Kredit uyushmasining yuqori boshqaruv organi bo’lib uyushma a’zolarining umumiy yig’ilishi hisoblanadi.

            Kredit uyushmasi  kredit uyushmasi  a’zolarining umumiy yig’ilishi qaroriga ko’ra, ixtiyoriy ravishda, lisenziya bekor qilinganda va uyushma bankrot deb e’lon qilinganda (28-modda) tugatiladi.

            Kredit uyushmalarining tijorat banklaridan asosiy farki katta foyda olish emas, balki o’z a’zolarining biznesini rivojlantirishga past foizda kredit-moliya yordami ko’rsatish. Uning kreditlaridan foydalanishni rasmiylashtirish oddiy tushunarli hisoblanadi.

            O’zbekistonda 2005 yilning oxirida 23 ta kredit uyushmalari mavjud bo’lib ular jumlasiga Xazina va Sherdor (Samarqand), Ishonch (Jizzax), Lastochka (Navoiy), Marvel va Tayanch (Namangan), Buxoro tadbirkori va Umid (Buxoro), Madadkor (Andijon), Baraka va Taraqqiyot (Toshkent viloyati) va boshqalarni kiritish mumkin.

            Samarqandning «Sherdor» kredit uyushmasi  O’zbekistondagi birinchi kredit uyushmasi hisoblanadi. Ushbu kredit uyushmasi 2002 yilda to’zilgan bo’lib uni 4300 a’zosi mavjud.

            Kredit uyushmalarining asosiy maqsadi odamlar o’z faoliyatini rivojlantirib o’z farovonligini oshirishni o’zlashtirsin. Bu borada xalkda «Agar och qolganga baliq sovg’a kilsang yaxshi ish qilgan bo’lasan, agar sen uni baliq tutishga o’rgatsang ikki barobar ko’p ish qilgan bo’lasan» degan ibora mavjud.

            Shu jihatdan kredit uyushmalari kichik tadbirkorlikni taraqqiy ettirishda muhim ahamiyatga ega.

            Shuning uchun ham kredit uyushmalari butun dunyo bo’ylab rivojlanishga ega. Bu kredit uyushmalarining jahon tashkiloti   (Wossi) ni mavjudligi bo’lishi ham ahamiyatli. Bu tashkilot 30 yillar oldin to’zilgan bo’lib unga 90 mamlakatdagi 32 ming dan (112 mln. a’zosi bilan) ortiq kredit uyushmalari kiradi. Uni kredit uyushmalarinin rivojlantirish bo’yicha bir loyihasi O’zbekistonda ham amalga oshirilmoqda.

            2003 yilni sentyabrida Beshkek shahrida ushbu xalqaro kredit uyushmasi boshchiligida «Markaziy Osiyoda barqaror  kredit uyushmalarini to’zish to’g’risida» birinchi xalqaro konferensiya o’tkazildi.

            Ќar yilni 20 oktyabrida xalqaro kredit uyushmalari kuni utkaziladi. Bu kun 1948 yildan beri nishonlanadi. Ќozir ushbu xalqaro tashkilotga (Wossi) 96 mamlakat a’zo.

            O’zbekistonda 2005 yilning sentyabriga kredit uyushmalarining jismoniy va yuridik shaxslardan a’zolar 27 000 ni tashkil etadi.

            O’zbekiston kredit uyushmalarining aktivlari 6,5 mlrd. so’mni, kredit portfeli  5,8 mlrd. so’mni, depozit va pay badallari 5,8 mlrd. so’mni tashkil etadi.

            2005 yilning iyunida O’zbekistonda kredit uyushmalari assosiasiyasi to’zildi.

            Respublikamizda kredit uyushmalari to’g’risidagi qonunga Oliy Majlis tomonidan 2006 yilning 24 yanvarida ayrim o’zgartirishlar kiritildi.

            Lizing inglizcha ijara ma’nosini bildiradi. Eramizdan oldingi to’rtinchi asrda yashagan grek faylasufi Aristotel – «Boylik  mulkka egalik qilishda emas, balki undan samarali foydalanishdadir», — degan shu fikr bilan olim lizing g’oyasiga asos solgan.

            Mulk tushunchasida mulkka egalik qilish va undan foydalanish xuquqi tushunchalari mavjud. Keyingi vaqtlarda mulkdan foydalanishning yangi shakli ijara munosabatlari, keyinchalik esa uni takomillashgan maxsus turi moliyaviy ijara – lizing vujudga keldi.

            Tarix ma’lumotlariga ko’ra lizing eramizdan oldingi 2000 yillarda Shumer davlatida mavjud bo’lgan, Venesiyada rivojlangan.

            Uni rivojlangan bosqichi XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning dastlabki yillariga to’g’ri keladi. Avstriyalik olim V.Xayor 1877 yilda o’zining «Yevropada qanday qilib biznes qilish kerak» nomli kitobida «Bell» telefon kompaniyasida o’zi ishlab chiqargan telefon  apparatlarini ijaraga berganligi va shu orqali katta foyda ko’rganligi to’g’risida gap yuritadi. Bunda iste’molchilar  nafaqat telefon apparatidan foydalanish xuqiqini, balki kelishilgan tulovlarni bajarganlaridan so’ng uning egasi bo’lish xuquqini ham qulga kiritishgan.

            Buyuk Britaniyada XX asr boshlarida konchilar temir yo’l vagonlarini avval ijaraga olib keyin sotib olishgan.

            Bugungi zamonaviy lizing (moliyaviy ijara) XX asrni  50 yillarida AŠSh da shakllanib takomillashdi. Vositachi sifatidagi birinchi lizing kompaniyasi 1952 yilda San-Fransisko shahrida ishbilarmon Genri Shonfeld tomonidan asoslangan «United States leazing corporation» dunyoga keldi.

            AŠShdagi lizing bo’yicha shov-shuvlar Germaniya, Italiya va Fransiyada davom etdi. Jaxon banki tarkibida xalqaro lizing munosabatlarini tartibga solish bo’yicha Xalqaro Moliya korporasiyasi (XMK)  ish boshladi.

            Bugungi kunda XMK 50  mamlakatning 96 lizing kompaniyalari faoliyatini moliyalashtirgan. 40 mamlakatning 120 dan ortiq lizing sohasidagi investisiya  loyihalarini amalga oshirishda texnik yordam  ko’rsatgan hamda 25 mamlakatdagi lizing kompaniyalarining muassisi hisoblanadi.

            1995 yilda O’zbekistonda tashkil etilgan dastlabki «O’zbeklizing interneyshnl AJ» ning ta’sischilaridan biri ham XMK hisoblanadi.

            O’zbekistonda birinchi xalqaro lizing operasiyasi 1993 yilda tashqi iqtisodiy faoliyat banki tomonidan «O’zbekiston havo yo’llari»ga chet el kompaniyalaridan samolyotlar xarid qilingan.

            Respublikamizda lizing operasiyalarining rivojlanishi 1999 yilni 14 aprelida qabul qilingan va 2002 yil 13 dekabrida tegishli o’zgartirishlar  kiritilgan «Lizing to’g’risida»gi qonunni qabul qilishi bilan bog’liq.

            Yuqoridagilarga asosan lizing – bu mulkiy munosabatlar majmui bo’lib bunda bir taraf (lizing beruvchi) boshqa bir tarafning (lizing oluvchining topshirig’iga binoan uchinchi taraf (mol yetkazib beruvchi) dan lizing shartnomasiga muvofiq lizing obyekti bo’lgan mulkni o’z mulki qilib sotib olib uni to’lash asosida lizing shartnomasida belgilangan shartlar bilan vaqtinchalik foydalanish va egalik qilish uchun lizing oluvchiga beradi.

            Lizing munosabatlarining asosiy xujjati bo’lib shartnoma hisoblanib u quyidagi qismlardan iborat:

Shartnomaning mohiyati va maqsadi

Texnikani olib ketish tartibi

Texnikaning qiymati

U bo’yicha to’lovlar

To’lovlar tartibi

Texnikani yetkazib berish

Bo’nak to’lovlarini to’lash

Lizing to’lovlarini to’lash

Tomonlar xuquq va majburiyatlari

Foydalanish shartlari

Tomonlarning javobgarliklari

Nizolarni hal qilish

Amal qilish muddati

Boshqa shartlar

Tomonlarning rekvizitlari

Lizing obyekti bo’lib iste’mol qilinmaydigan va qonunchilik bilan taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyatida qullaniladigan har qanday buyumlar, barcha mulk majmualari, shu jumladan yer uchastkalari va boshqa tabiat obyektlari, binolar, inshoatlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa kuchar va kuchmas mulklar hisoblanadi.

Moliyaviy lizingning mohiyati mulk qiymatini bo’lib-bo’lib to’lash asosida sotib olishni ifodalaydi va tovar krediti shakliga ega bo’ladi. Bunga lizing muddati davomida lizing beruvchining barcha xarajatlarini to’liq koplashga yetarli bo’lgan va unga foyda keltirishni ta’minlaydigan lizing to’lovlari yig’indisini ko’zda tutadi.

Lizing to’lovi lizing obyekti qiymatini, mulkni Sug’urtalash xarajatlariini va kredit uchun lizing (foiz) stavkasini o’z ichiga olgan so’mmani tashkil etadi.

Respublikamiz qishloq xo’jaligida lizing munosabatlarining rivojlanishida 1999 yil 30 oktyabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Qishloq xo’jalikmashlizing aksiyadorlik lizing kompaniyasini tashkil etish to’g’risida»gi hamda Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 2 noyabrdagi  «Qishloqni lizing shartlarida qishloq xo’jalik texnikasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida» gi qarorlari va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 28 avgustdagi «Lizing tizimi taraqqiyotini yanada rivojlantirish choralari to’g’risida»gi farmoni muhim ahamiyatga ega.

Yuqoridagi Prezident farmoniga ko’ra iqtisodiyot tarmoqlari, ayniqsa kichik va o’rta biznes subyektlarini zamonaviy texnologik uskunalar bilan ta’minlash maqsadida 2002 yilning 1 sentyabridan boshlab:

Lizing to’lovlari qo’shilgan qiymat solig’idan ozod etiladi. Chetdan lizinga berish uchun respublika xududiga keltiriladigan texnologik uskunalar bojxona to’lovi va qo’shilgan qiymat solig’idan ozod etiladi.

Lizing oluvchi – xo’jalik subyektlari lizinga berilgan mulk bo’yicha lizing shartnomasi davrida mulk solig’idan ozod etiladi. Lizinga beruvchining yalpi daromadidan lizinga berish uchun olingan mulk bo’yicha kredit to’lovi bo’yicha foizlar va boshqa to’lovlar chiq

Umuman yuqoridagi farmon va qarorlar lizingdan foydalanuvchilarni tegishli mulkka ega bo’lish bo’yicha katta imkoniyat va imtiyozlarni beradi.