Differensial psixologiyaning metod va vazifalari.

Differensial psixologiyaning metod va vazifalari.

Reja:

. 1. Differensial psixologiyaning va yosh psixologiyasining asosiy metodlari.

2.Test va uning individual xususiyatlarini urganishdagi axamiyati.

3. Psixik funksiyalar tarakkiyotini urganishning uzunasiga va kundalangiga kesish usullari.

4.Differensial psixologiyaning nazariy va amaliy vazifalari.

Yosh va pedagogik psixalogiyaning tatkikot usullarini (asosiy,yordamchi) tariflab beringchi? Yosh psixologiyasi va differensial psixologiyaning tadkikot usullari xar bir tarbiyachi, ukituvchi va ilmiy xodim uchun axamiyatlidir. Bu usullar fakat xususiy, ilmiy tadkikot ishlari utkazish uchungina emas, balki amaliy ta’lim-tarbiya maksadlarida bolani chukurrok urganish uchun xam muximdir.

Yosh psixologiyasida asosiy va yordamchi usullar mavjud:

Asosiy usul: kuzatish va eksperiment; yordamchi usul: suxbat, kishi faoliyati maxsulini taxlil kilish, biografiya, test, genetik va boshkalardan iborat.Differensial psixologiya kaysi metodga kuprok asoslanadi?

Birinchi marta Differensial psixologiyada kuzatish metodiga asoslangan edi. Kuzatish maksad kuyib uni rejali va muntazam tekshirishdir.

Kuzatishni kuyidagi prinsiplar asosida tashkil etish kerak:

1. ukuvchilarni ta’lim- tarbiyaning tabiiy sharoitida kuzatish lozim;

2. ukuvchini inson shaxsining yaxlitligi prinsipiga asoslanib kuzatish;

3. shaxsni kat’iy obektiv materiallar , kursatkichlar asosida tashkil etish;

4. ukuvchi shaxsining xususiyatlarini tushunish, shakllanish sharoiti va muxitni xisobga olish;

5. ukuvchini uzok muddatda urganish;

6.bolani jamoa va jamoa sifatida urganish;

7. shaxs xususiyatlarini turli xilda namoyon bulishini nazarda tutish;

8. bolaning xatti – xarakat motivlarini tushunish;

9. ularning nutkini kuzatish ma’lum axamiyatga egadir.

Suxbat, faoliyat maxsulini taxlil kilish va anketa, eksperiment (uch xil) metodlari orkali shaxs tarakkiyotining turli tomonlarini urganish mumkin.

II. Keyinchalik defferensial psixologiyada kuzatish usuli bilan birga, uning rivojlanishida test metodidan foydalanildi. Bunda ingliz olimi F.Galton va ayniksa fransuz psixologi A.Bine va T.Simon ukuvchilarning individual farklarini urganish uning muxim axamiyatga ega ekanligini kursatib berdilar. Test yordamida tadkikot kilish eksperimental tadkikotning xususiy bir xili bulib, bu metod psixologiyada 1905 yildan boshlab A.Bine tomonidan kiritildi. U kishilarning akliy usish darajalarini yoshlarga karab ulchash va ularni akliy iste’dod darajalariga karab taksimlash imkoniyati borligi xakidagi goyani aytgan vaktdan boshlab keng kullanila boshladi.Test metodi orkali nimalarni urganish mumkin?

Test (ing. tekshirmok) standartlashtirilgan psixologik sinov. Buning natijasida u yoki bu xoldagi psixik jarayon baxolanadi, shaxs bir butunligicha yoki uning ayrim xususiyatlari urganiladi. Shaxsning mavkei darajasini belgilash «akliy jixatdan iste’dodli kishilarni akliy jixatdan nuksonli» kishilardan ajratish maksadida amalga oshirilishi lozim .

Test birorta psixologik xodisani aniklashda murakkab texnik moslamalarni talab kilmaydigan, kulga kiritilgan natijalarni mikdoriy jixatdan ifodalab beradigan va ularni matematik jixatdan ishlash imkonini beradigan kiska, standartlashtirilgan sinovdir. Bu esa uning afzalligini kursatadi, shuningdek, analiz va baxolash usullarining ma’lum darajada bir xilligi, ma’lum yosh normalariga moslashtirilganligi xam uning afzalligidir. Test uz-uzidan tula ilmiy va joriy kilinishi mumkin bulgan tadkikot usulidir. Masalan: avtomobil 760 km li masofani soatiga x km urtacha tezlik bilan bosib utdi. U yulni kancha vaktda bosib utadi?-degan savolga javob topishda bola mustakil fikr yuritadi. Bu metod xozirgi kunda ukuvchilarning uzlashtirishiga, kobiliyatiga xos xususiyatlarni aniklashda, individual xususiyatlarni anik baxolashda katta axamiyatga egadir.

III. Psixik funksiyalar tarakkiyotini xozirgi kunda uzunasiga va kundalangiga kesish usuli bilan urganishga katta e’tibor berilmokda.

Bolaning psixik funksiyalarini rivojlantirishni urganish uch prinsipga asoslanadi.

1. Bola psixikasiga obektiv yondashish.

2. Rivojlantirishning sabablarini aniklash.

3. Bola psixikasini maksadga muvofikligini, muvofik tarkib toptirishni urganish.

Bu prinsiplarga muvofik bola rivojlanishini urganish ikki shaklda;

A) «Uzunasiga tekshirish».

B) «Kundalang kesish» usuli bilan amalga oshiriladi.

«Uzunasiga kesish»,»Kundalangiga kesish» metod? (mazmunan bayon kilingchi-?) «Uzunasiga tekshirish»da bola psixik xayotining bir kismini bir bolaning uzida sistemali kuzatiladi. Bundan asosiy maksad bola psixikasining rivojlanishida bir boskichdan ikkinchi boskichga utishdagi uzgarishlarni aniklanadi.

“Kundalang kesish” da bolaning xamma psixik xususiyatlari emas, balki uning aloxida xususiyatini tekshirish predmet kilib olinadi. Bunda aloxida yoshdagi yoki turli yoshdagi bolalar bir yula tekshiriladi va kup vakt mexnat sarflaydi .

Vakt va mexnatni tejash imkoniyatiga ega bulgan ilmiy tekshirish ba’zi kamchiliklardan xoli emas. Bu kamchilikning asosiysi bolaning psixik rivojlanishidagi burilish jarayoni bulib, uning bilib olishini kiyinligidir. Shu sababli ishni ratsional olib borish uchun bola psixik rivojlanishining umumiy tendensiyasi oldin tekshirishning “kundalang kesish”usuli bilan aniklanadi, undan keyin ba’zi muxim xususiyatlarini bilish “uzunasiga tekshirish” usuli bilan olib boriladi.

Bu usullar yordamida psixik funksiyalar tarakkiyotini mukammal urganiladi.

Aytingchi? Xozirgi zamon Differensial psixologiyasi oldida kanday nazari va amali vazifalar bulishi mumkin? IV.Xozirgi zamon differensial psixologiyaning muxim vazifasi (nazariy) avvalo;

1.Turli yoshdagi bolalarning psixik tarakkiyotiga xos bulgan konuniyat va xususiyatlarni urganish.

2.Bolalarning individual xususiyatlarini va ular orasidagi farklarni aniklash;

3.Iktidorli bolalarning individual psixologik va tipologik xususiyatlarini belgilashdan iborat.

Differensial psixologiyaning muxim vazifasi fakat individual-psixologik xususiyatlarini xarakterlab berish emas, balki ularni psixik faoliyatini tashkil etishning eng muxim xususiyatlarini ajratish va uni subektining individual tipologik xususiyatlarini paydo bulishi sabablarini bilish uning neyrofiziologik faktorlarini, nerv sistemasi xususiyatlarini bilishni takozo etadi. Shuning uchun xam bu differensial psixologiyaning xozirgi zamon sharoitidagi muxim vazifasidir.

Differensial psixologiyaning amaliy vazifasi bevosita uning nazariy masalalarini xayotda kullash va uni jamoatchilik orasiga keng tarkatishdan iboratdir.

Bu televizor va radiolar orkali chikish, ruznoma va oynomalar saxifalarida makolalar chop etish, maktab, bolalar bogchalarida ota–onalar kengashlarida ilmiy uslubiy ma’ruzalar orkali amalga oshiriladi.

Nazorat savollari:

1.Differensial psixologiyaning asosiy metodlariga nimalar kiradi?

2.Differensial psixologiyada kuzatishning uziga xosligi ?

3.Test metodini ta’riflang?

4.Testni eksperimental psixologiyadan farki nimada?

5.Psixik funksiyalar tarakkiyotini “uzunasiga ” va “kundalang kesish”metodini kanday tushunasiz?

6.Differensial psixologiyaning muxim vazifasi nimadan iborat?

Adabiyotlar:

1. A.V. Petrovskiy taxriri. Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya Moskva, 1979y.

2.E.Goziyev, Psixologiya. Toshkent ,1994y.

3.M.V. Voxidov. Maktabgacha tarbiya psixologiya. Toshkent,!985y.