Abu Rayhon Beruniy-953-1050 yilda o’zining qator falsafiy asarlarida psixologik va pedagogik qarashlarini bayon qiladi. Bular inson shaxsining shakllanishi, ahloqiy kamoloti, aql-idroki, tafakkuri haqida fikrlaridir.Beruniyning «qadimgi avlodlar obidalari» asarida ba’zi odamlar shaxsining shakllanishida ularning xulq — atvorida mavjud bo’lgan ziqnalik, yolg’onchilik, munofiqlik, xushomadgo’ylik, ikkiyuzlamachilik kabi illatlarning shaxs taraqqiyotiga salbiy ta’siri haqida to’xtalib o’tadi.Bu illatlarga qarama-qarshi oqil odamlar haqida o’z fikrini bayon qiladi. Beruniyning fikricha oqil odamlarning taraqqiyoti va uning ruhiyatining rivojlanishi hech bir to’siqlarsiz ijobiy rivojlanishga ega bo’ladi deb tushuniladi. Beruniy psixologiya sohasida aniq bir asar yozmagan bo’lsa ham, Farobiy ta’limoti ta’sirida inson shaxsining kamoloti, uning aql-idroki, ruhiy taraqqiyoti haqidagi o’zining psixologik va pedagogik qarashlarini hamma asarlarda to’liq bayon qiladi.
Masalan: «Mineralogiya», «Hindiston», hislar bilan seziladigan va aql bilan bilinadigan bir qator kitobning tarjimasi-degan kitob va risolalarida o’zining ruh haqidagi qarashlari, ruhiyatning ba’zi muhim masalalarini bilish va tafakkur jarayonlari haqida juda ko’p, g’oyat qimmatli fikr-mulohazalar mavjud.
Beruniy olamni ob’ektiv reallik, inson irodasidan tashqarida mustaqil ravishda mavjud bo’lgan borliq sifatida qaraydi.Beruniy kishi ongi. Tafakkuri va ruhiyatini moddiy jismdan keltirib chiqargan holda tasavvur etadi.
Beruniy Abu Ali ibn Sino bilan bo’lgan munozaralarida barcha narsalarning asosida 5 ta element, ya’ni suv, olov, havo er, bo’shliq yotishini hamda dunyoni bilish jarayonida bilimlarimizning manbaini sezgi a’zolarimiz va ular orqali qabul qilgan hissiy bilmimiz tashkil etadi deb ta’kidlangan. U «agar sezgi a’zolarimiz bo’lmaganda olam tasavvurga ega bo’lmasdik. Umuman inson narsa va jismlarning rangini bilmagan bo’lardik» deydi. Bunda Beruniy sezgi organlar fasliyatiga baho berib materialistik pozitsiyada turganligini ko’ramiz.