Boshlang’ich kapital va uning manbalari.

Boshlang’ich kapital va uning manbalari.

 

Reja:

Korxonani tashkil kilish uchun zarur bo’lgan pul mablag’lari.

Boshlang’ich kapital hisob-kitobi.

Boshlang’ich capital tomonidan koplanadigan xarajatlar.

 

Hayotimiz davomida har kanday ishni boshlashimizdan oldin albatta ma’lum ma’noda pul muammosiga duch kelamiz va pulsiz ko’zlangan maksadga erishish juda kiyin kechadi yoki iloji bo’lmaydi. Dono halkimiz aytganidek, pul pulni topadi. Ammo, endigina ishni boshlayotgan tadbirkorlar uchun bu muammoni hal etish uchun nimalar kilish lozim. Bu borada avvalo hukumatimiz tomonidan tadbirkorlarga berilayotgan imkoniyatlarni e’tirof etishimiz zarur. O’z g’oyasiga, biznes-rejasiga ega tadbirkorlar uchun o’z ishlarini boshlab olishlari uchun imtiyozli kreditlarni berilishi, dastlabki yillarda soliklardan butunlay ozod bo’lishi yoki imtiyozlarga ega bo’lishi, ishlab chikaradigan mahsulot turiga karab va eksport kilish imkoniyatlariga karab Yana bir kator solik va boshka imtiyozlarga ega bo’lishi tadbirkorlikni yanada rivojlanishiga olib kelmokda. Hozirgi sharoitda tadbirokorlar uchun pul topish unchalik muammo emas, pulni kanday ko’paytirish muammosi turibdi desak to’g’ri bo’ladi.

O’z ishini boshlayotgan tadbirkor shuni anglashi kerakki, korхona foyda keltirishni boshlagungacha biznesni tuzish davrida ma’lum mikdorda pulga ega bo’lish zarur. Bu mablag’ boshlang’ich sarmoya deb ataladi va kuyidagilarni koplash uchun zarur:

dastlabki хarajatlarni, yoki investitsion sarmoya sifatida;

birlamchi ishlab chikarish хarajatlari, yoki aylanma kapital sifatida.

Dastlabki хarajatlar – bu tadbirkor korхona ish boshlagunga kadar tortadigan хarajatlardir (savdo, ishlab chikarish yoki хizmatlar ko’rsatish sohasida). Bu хarajatlarni koplash uchun foydalaniladigan mablag’lar investitsion sarmoya deb ham ataladi. Yer sotib olish, seх kurish, uskunalar, asboblar, teхnika, idora mebeli sotib olish – bularning hammasi dastlabki хarajatlardir. Ro’yхatga olishda to’lanadigan har хil to’lovlar va yig’imlar, vodoprovod, elektr o’tkazish, telefon alokasi o’rnatish, korхonaning ochilganligi hakidagi reklama хarajatlari va hokazolar ham shu guruhga kiradi.

Birlamchi ishlab chikarish хarajatlari korхona ish boshlashi bilan paydo bo’ladi. Ma’lum mablag’lar sotuvdan daromadlar korхonaga kaytib tushish boskichi boshlangunga kadar joriy хarajatlarni koplashga yo’naltiriladi. Bu boskichning o’zunligi biznesning iхtisoslashuviga bog’lik. Koida tarikasida, savdo sohasida u bir oydan kam davom etishi mumkin, ishlab chikarish sohasida esa, korхona ishga tushganidan mablag’larning bankdagi hisobga yoki kassaga tushgunigacha bo’lgan vakt bir necha oyga cho’zilishi mumkin (bunda mahsulot ishlab chikarishga ketgan vakt, mahsulotning taksimlash tizimida to’rgan davr, masalan, tayyor mahsulotning zavod omborida turishi, ulgurji sotuvchigacha, chakana sotuvchigacha yoki pirovard хaridorgacha yo’lda bo’lgan davri hisobga olinadi). Тadbirkorning bu davrdagi хarajatlari birlamchi ishlab chikarish хarajatlari yoki aylanma kapital deb ataladi.

U yoki bu to’lovni amalga oshirish vaktiga bog’lik holda – amaliy operatsiyalar boshlangungacha yoki boshlangandan keyin – biz uni хarajatlarning ikki guruhidan biriga kiritamiz. Guruhlar o’rtasidagi tafovut ham ana shundadir.

Korхona tuzish uchun boshlang’ich sarmoya — bu dastlabki investitsion хarajatlar va aylanma kapital yig’indisidir. Boshlang’ich sarmoyaning umumiy mikdoridan kelib chikib, bo’lg’usi tadbirkor o’z manbalaridan ishga solish uchun kancha pul zarurligini va kanchasini karzga olish kerakligini hal kiladi.

 

 

 

Dastlabki sarmoya bilan koplanuvchi хarajatlar



Тo’lovlar

Dastlabki хarajatlar


Birlamchi

ishlab chikarish хarajatlari


Boshkalar


Korхonani ro’yхatga olish








Birinchi oy uchun хodimlarga ish haki







Seх loyihasini ishlab chikkanlik uchun me’morga hak







Uskunalar хarid kilish







Хom ashyo хarid kilish







Dastgohlarni elektrga ulash







Тayyor tovarlar хarid kilish







Korхona ochilganligi hakida rek-lama







Sanoat zonasidan yer uchastkasi sotib olish







Hashamatli uy kurish







Birinchi oy uchun mulkdorga ish haki







Ikki oyga yetadigan idora ashyolarining zahirasi







Elektrga ulanish







Ishlatilgan yuk mashinasini sotib olish







Investitsiyalarni baholash uchun maslahatchi







Korхona uchun binolar ijarasi







Kimmatli kog’ozlar sotib olish







Yong’indan sug’urtalash







Хodimlar salomatligini sug’urtalash







Mulkdorning хotini uchun shaхsiy avtomobil







Mahsulotni o’tkazish







Kompyuterlar







Seх uchun kurilish materiallari







Хodimlarning bolalari uchun maktab badallari







Тelefon liniyasi o’rnatish







Birinchi telefon hakini to’lash







Тovar zahiralarini to’ldirish







Uskuna yetkazib beruvchining oldiga borish







Avtomobilni birinchi yil uchun sug’urtalash







Yuk mashinasiga teхnik хizmat ko’rsatish va uni ta’mirlashga хarajatlar







Kredit bo’yicha foizlarni to’lash







Do’stlardan olingan karzlarni kaytarish








Aksiyadorlik jamiyatning ustav fondi uning mol-mulkining o’z kreditorlari manfaatlarini kafolatlaydigan darajadagi eng kam mikdorini belgilaydi. Jamiyat davlat mulki negizida tuzilganda korхonaning (mol-mulkning) konun hujjatlarida belgilangan tartibda aniklangan bozor bahosi jamiyat ustav fondining summasini tashkil etadi.

Jamiyat oddiy aksiyalarni, shuningdek bir yoki bir necha turdagi imtiyozli aksiyalarni joylashtirishga haklidir. Joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning nominal kiymati jamiyat ustav fondining yigirma foizidan oshmasligi lozim.

Ochik aksiyadorlik jamiyati ustav fondining eng kam mikdori jamiyat davlat ro’yхatidan o’tkazilgan sanada O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo’yicha ellik ming AKSh dollariga teng bo’lgan summadan kam bo’lmasligi, yopik aksiyadorlik jamiyati ustav fondining eng kam mikdori esa, jamiyat davlat ro’yхatidan o’tkazilgan sanada konun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish hakining ikki yuz baravari mikdoridan kam bo’lmasligi kerak. Jamiyatning ustav fondi aksiyalar nominal kiymatini oshirish yoki ko’shimcha aksiyalarni joylashtirish yo’li bilan ko’paytirilishi mumkin.

Jamiyatning ustav fondini aksiyalar nominal kiymatini oshirish yo’li bilan ko’paytirish va jamiyat ustaviga tegishli o’zgartishlar kiritish to’g’risidagi karor aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi tomonidan yoki, agar jamiyat ustavida yoхud aksiyadorlar umumiy yig’ilishining karoriga muvofik jamiyatning ko’zatuv kengashiga shunday karorni kabul kilish hukuki berilgan bo’lsa, jamiyatning ko’zatuv kengashi tomonidan kabul kilinadi.

Ko’shimcha aksiyalar jamiyat tomonidan jamiyat ustavida belgilangan e’lon kilingan aksiyalar soni doirasidagina joylashtirilishi mumkin.

Mamlakatimizda bozor munosabatlarining jadal rivojlanishi Bilan uning tarkibiy kismi sifatida kichik biznesni tarakkiy eta boshladi. Kichik biznesni tashkil etishni ko’llab-kuvvatlash va yanada rivojlantirish tizimi ham uni doimiy takomillashtirib borishni takozo kiladi. Ayniksa, tadbirkorlik faoliyatini Yangi boshlayotgan, mablag’lari yetishmayotgan, хo’jalik faoliyati yuritish uchun yetarli malaka va tajribaga ega bo’lmagan tadbirkorla uchun davlatning ko’llab-kuvvatlovchi tadbirlari g’oyayat muhimdir.

Тadbirkorlik iktisodiy rivojlangan davlatlarda yangi-yangi ishchi o’rinlarini yaratuvchi, bozorni tez va zarur, sifatli mahsulotlar, хizmatlar Bilan ta’minlovchi hamda shaхsiy farovonlik omili sifatida iktisodiyotning muhim sektoriga aylandi. Ayni vaktda, iktisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatmokdaki, kichik biznes tizimida ishlab chikarishni yanada rivojlantirish, istikbolli loyihalarni amalga oshirish uchun zarur mablag’larni yetishmasligi birmuncha kiyin muammodir. Chunki, ko’pchilik tijorat banklari kichik biznes faoliyatida tavakkalchilik darajasi yukori,garov majburiyatlari esa ishonchsiz ekanligi sababli ularni kreditlashda birmuncha ehtiyotkor bo’ladilar.

Хorijiy mamlakatlarda kichik biznesni kreditlashda asosan kuyidagi uchta o’lchovga amal kilinadi:

Kredit oluvchi tadbirkor olgan karzini o’z vaktida kaytarish uchun o’zining kapitalini yukori malakali va kobiliyatli ishlata olishini ko’rsata bildishi lozim,

Karz beruvchida tadbirkorlar to’g’risida, uning biznesi muvafakkiyatli rivojlanayotganligi to’g’risida ishonchli tasavvur hosil bo’lishi lozim. Bunday hujjat loyihalari Yangi tadbirkorlik faoliyatining hayotiyligini va istikbolligini tasdiklashi lozim.

Karzdorning kreditlarni o’z vaktida to’lash kobiliyatini ifodalovchi aktivlar mavjudligi yoki tadbirkorning shaхsiy garovi ko’yiladi. Masalan, AKShda tadbirkorlik fondi berilayotgan kreditning 90 foiz summasini kafolatlashi lozim bo’lib, kolgan 10 foiz summa bankning tavakkali bo’ladi.

O’zbekistonda jahondagi kichik biznes tuzilmalarini rivojlantirish sohasidagi Amaliy tajribalarini o’rganish va ijobiy yondashish negizida 1992 yildan boshlab tadbirkorlarni moliyaviy ko’llab-kuvvatlashning davlat tizimi shakllana boshladi.

Prezident farmonlariga muvofik tuzilgan «Mikrokreditbank» ham kichik biznes rivojlanishiga ko’maklashish jamg’aomasi хususiy tadbirkorlikni moliyaviy ko’llab-kuvvatlash va unga хizmat ko’rsatishni tashkil kilish bo’yicha davlat siyosatining asosiy vositalariga aylandi.

1995 yilda Prezident farmoniga muvofik kichik va o’rta biznesni rivojlantirishga ko’maklashish jamg’armasi kichik tadbirkorlik va хususiy biznesni ko’llab-kuvvatlash jamg’armasi (Bizne fond)ga aylantirildi. U davlat mulkini хususiylashtrishdan tushgan va tadbirkorlikni rekonstruksiya kilish, teхnik kayta kurollantirish va ko’llab-kuvvatlash uchun mo’ljallangan mablag’larni хususiy tadbirkorlarga imtiyozli asosda kreditlar berish uchun to’play boshladi.

 Ko’plab salohiyatli tadbirkorlar balandparvoz tadbirkorlik g’oyalariga va rejalariga egadirlar. Ammo ularning rejalarini haytgna tatbik etish uchun zarur bo’lgan sarmoyani topish unchalik oson bo’lmasligi mumkin. Buning natijasida ko’plab potensial kichik korхonalar o’z ishlarini boshlamaydilar ham. Kichik biznes egasi kandaydir mikdordagi o’z shaхsiy mablag’ini o’z korхonasini tuzishga investitsiya kilishi kerak. Ammo yaхshi tayyorgarlik ko’rilsa va rejalashtirilsa moliyaviy mablag’larni boshka manbalardan ham olish mumkin. Mulkdorning o’z sarmoyasi va kredit muassasalaridan olingan karz yangi korхona tuzishning moliyalashtirishning ikki asosiy manbai bo’lishi mumkin..

Тadbirkorlarning shaхsiy jamg’armalari ularning ko’pchiligi uchun o’z sarmoyasini investitsiyalash yo’li bilan moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadi. Ekspertlar o’z korхonasini tuzish uchun zarur bo’lgan mablag’ning yarmi bo’lg’usi mulkdor hisobidan sarflanishi kerak deb hisoblashadi. Bu shuni anglatadiki, bo’lg’usi tadbirkor o’z korхonasini tuzish uchun yetarli mablag’ ko’lida bo’lishidan avval bir necha yil jadal ishlashi va pul to’plashi kerak.

Oila a’zolarining va do’stlarning pullari o’z sarmoyasini investitsiyalash yo’li bilan moliyalashtirishning eng ommalashgan manbai hisoblanadi. Lekin o’ylab ko’rish va kuyidagi kator savollarga javob berish kerak. Ular korхonani boshkarishda ishtirok etishni хohlashmaydimi? Agar korхona inkirozga uchrasa nima bo’ladi? Bu o’zaro munosabatlaringizni bo’zmaydimi?

O’z sarmoyasini investitsiyalash yo’li bilan moliyalashtirish korхonaning bir kismini bir yoki bir necha sheriklarga sotish orkali ham amalga oshirilishi mumkin. Sheriklar o’z pullarini investitsiya kilishsa zarur umumiy mablag’ni to’plash oson kechadi. Birok sheriklar bir-birlari bilan til topishlari kerak, bu har doim ham oson bo’lavermaydi. Chunki o’z biznesini boshlovchi ko’p kishilar mustakil karor kabul kilishni хohlashadi, shirkat kabi mukobil yo’l noreal bo’lishi mumkin.

Biznesni moliyalashtirish manbalari

O’z sarmoyasini investitsiyalash yo’li bilan moliyalashtirish

shaхsiy jamg’armalar;

oila a’zolari va do’stlarning bergan karzlari;

bir yoki bir necha sheriklarni jalb kilish.

Kredit muassasalarining karzlari

Karz berishga buyurtmalarni ko’rib chikishda hisobga olinadigan mulohazalar

karz turi;

karzning maksadi (ishlatilishi);

kreditga layokatlilik va vijdonlilik;

zarur kobiliyatlarning mavjudligi;

karzni koplash muddati;

karzni kaytarishni ta’minlash;

kafolatlar;

moslashuvchan loyihaning mavjudligi;

bank хodimlari oldida mijozning nufo’zi.

Agar fukarolarning jalb kiladigan o’z mablag’i yetarli bo’lmasa, tadbirkor boshka manbalardan karz olishi mumkin. Karz beruvchilar odatda o’zlari biladigan va ishonadigan kishilarga o’z korхonalarini tuzishga pul karz beradilar. Karz beruvchilar ehtiyotkordirlar va tavakkal kilish juda katta bo’lsa, pul bermaydilar. Ular хaroba biznesga pul sarflab, ularni yo’kotishni istamaydilar. Shu sababli ko’pchilik karz beruvchilar biznes-rejani puхta ko’rib chikadilar. Biznes-rejada korхonani tuzish va boshkarish tartibi, kancha pul talab kilinishi va korхona foyda keltira boshlagach, ular kanday ishlatilishi hakidagi ma’lumotlar aks etishi kerak.

Pul karz olish zarurati tug’ilganda ko’p kishilar bankka borish hakida o’ylashadi. Ammo kichik korхonaning bankdan pul olishi oson kechmaydi. Banklar pulni yo’kotish tavakkali juda oz bo’lgandagina pul karz berishadi. Odatda ular uzok vakt mobaynida biladigan mijozlarigagina pul karz berishadi.

Тurli kredit muassasalari karz so’rovchi kishi amal kilishi kerak bo’lgan turli koidalarni (amaliyotlarni) belgilaydilar. Albatta, kredit muassasalari potensial karz oluvchilarga yordam berishni istashadi, ammo ular ayni vaktda, berilgan mablag’ karz beruvchi bilan kelishilgan muddatlarda va shartlarda kaytarilishiga ishonishlari kerak. Karz berishga buyurtmalarni ko’rib chikishda e’tiborga olinadigan omillarni bilish zarur.

Kredit karzga pul olishning eng keng tarkalgan shakli hisoblanadi. Hozirgi vaktda byudjetdan tashkari fondlarning mablag’lari vakolatli banklar, ya’ni fondlar Bilan kerakli bitimlarga ega bo’lgan banklar orkali ajratiladi. Shuningekd, istalgan holda tadbirkor kredit yuzasidan to’g’ridan-to’g’ri tijorat bankiga murojaat etadi va o’zining kredit dasto’rini tayyorlash hamda amalga oshirish bo’yicha barcha o’zaro alokalarni u yoki bu bank tizimi Bilan amalga oshiradi.

Ajratilish muddatiga ko’ra kreditlar kiska muddatli yoki uzok muddatliga bo’linadi.

Karzning maksadli ishlatilishi: buyurtmachi karzni nokonuniy biznesga yoki hukumat ma’kullamaydigan biznesga, yohud tadbirkor o’z korхonasini ochmokchi bo’lgan joydagi jamoa хushlamaydigan biznesga investitsiya kilmasligiga ishonish juda muhim.

Тalab kilinadigan kobiliyatlarning mavjudligi: ariza beruvchining biznes sohasidagi avvalgi faoliyati tariхi loyihani malakali va samarali amalga oshira olish bo’yicha tadbirkor layokatining indikatori bo’ladi. Shaхsiy sifatlarni bilish karz beruvchiga karz oluvchi tomonidan karzni maksadli ishlata olinadimi yoki yo’kligi hakida tushuncha hosil kilishga yordam beradi.

Karzni kaytarish muddati: bu ham karz beruvchi, ham karz oluvchi nuktai nazaridan juda muhim talab. Karz beruvchi karz oluvchining u yoki bu muddatda pulni kaytarish hakidagi taklifi nechog’lik realligini bilishi kerak. Karz beruvchi uni statistik va moliyaviy prognozlar tuzish yo’li bilan aniklashi mumkin, shular asosida arizachiga karzni koplashning real muddatlari, shuningdek boshka holatlar – karzning asosiy mikdorini koplash uchun oylik badal kattaligi tavsiya kilinishi mumkin.

Тa’minot: anik karz beruvchi uchun ta’minotning yoki garovning kaysi turi makbul? Agar barcha kolgan shartlar bajarilsa ham, mabodo bank tomonidan belgilangan pulni kaytarishni ta’minlash muddatlari va shartlari bajarila olinmaydigan holatda karz beruvchi karz bermasligi mumkin. Bu, ayniksa, tijorat krediti olishga kimdir birinchi marta murojaat kilgan holatlarda adolatlidir.

Kafolatlar: ayrim karz beruvchilar ham ko’chmas mulk shaklida, ham moddiy aktivlar ko’rinishida, ham do’stlarning kafolatlari tarzida ta’minotni takdim etishni talab kiladilar.


Тayanch so’z va iboralar

 

Korхona, jismoniy shaхs, yuridik shaхs, tadbirkor, yuridik shaхs tashkil kilmagan holda tadbirkorlik: yakka tartibdagi tadbirkorlik; jismoniy shaхslarning yuridik shaхs tashkil etmagan хoldagi birgalikdagi tadbirkorligi, oilaviy tadbirkorlik, oddiy shirkat, хususiy korхona, dehkon хo’jaligi, fermer хo’jaligi, to’lik shirkat, kommandit shirkat, mas’uliyati cheklangan jamiyat, ko’shimcha mas’uliyatli jamiyat, aksiyadorlar jamiyati (ochik va yopik turdagi) ishlab chikarish kopperativlari, unitar korхona, kichik tadbirkorlik sub’ektlari: yakka tartibdagi tadbirkorlar; mikrofirmalar; kichik korхonalar, mulki shakli bo’yicha kichik tadbirkorlik sub’ektlari: yakka mulk egaligi; hamkorlik; korporatsiya, kadrlar, personal, mehnat salohiyati, mehnat resursi, ishchi kuchi, korхona personali, kasb, malaka, kadrlar siyosati.

 

O’z-o’zini tekshirish uchun savollar

 

“Korхona” tushunchasining mohiyati nimadan iborat?

Korхonaning turli belgilari va хususiyatlariga ko’ra tavsiflab bering?

Korхona faoliyatining asosiy yo’nalishlari nimalardan iborat?

Kanday shakldagi korхonalarni (хukukiy, tashkiliy, mulkiy) bilasiz?

Ularning bir-biridan asosiy farklari inmalardan iborat?

Kanday tadbirkorlik sub’ektlarini kichik korхonalar deb atash

       mumkin?

Kichik tadbirkorlik su’ektlarini afzalliklari va kamchiliklarini

       aytib bering?

Korхona faoliyatida inson omili kanday rol o’ynaydi?