Keys texnologiyasi va loyiha metodidan foydalanish mahorati
Reja:
Keys texnologiyalarini ishlab chiqish. Case-study metodining g’oyalari.
Case Study metodi. Keys bilan ishlash texnologiyasi.
Case Study metodi. Pedagogik loyihalash haqida tushuncha.
Pedagogik loyihalash obektlari. Pedagogik vaziyat va uni loyihalash.
Organayzerlar va ulardan samarali foydalanish metodlari.
1.Keys texnologiyalarini ishlab chiqish. Sase-study metodining g’oyalari.
O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida, uning amalga oshirilayotgan uchinchi bosqichida har tomonlama barkamol mutaxassislarni tayyorlashga aloxida e’tibor berilgan. Bozor iqtisodiy sharoitida kadrlarni mustaqil ijodiy fikrlash qobilyatini rivojlantirish ta’limning asosiy sifat ko’rsatkichlaridan biri bo’lib hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov takidlaganlaridek: “Agar bolalar fikrlashga o’rganmasa, ta’lim samarasi past bo’lishi muqarrar. Albatta bilim ham kerak. Ammo bilim o’z yo’liga, mustaqil fikrlash ham katta boylikdir”. Talabalarni ana shu boylikning egasi qilib tayyorlash ta’lim tizimining asosiy vazifasini tashkil qiladi. Chunki, bozor iqtisodiyoti sharoitida mustaqil — ijodiy fikrlash qobilyatiga ega bo’lgan shaxsgina o’ziga ham, jamiyatga ham foydali bo’ladi-o’z muammolarini o’zi hal qilish qobilyatiga ega bo’ladi.
Jahon pedagogikasida keng miqyosda samarali qo’llanayotgan keyslardan foydalanish, birinchidan, talabalarning fikrlash qobilyatini rivojlantiradi, ikkinchidan, o’quv jarayonini bevosita ishlab chiqish (bizning misolimizda kasb-hunar kollejlaridagi ta’lim jarayoni) bilan bog’laydi. Gerbert Spenser ta’kidlaganidek: “Ta’limning buyuk maqsadi bilim berish emas, balki hatti-harakatlarga o’rgatishdir”. Yohud, mavjud ta’lim tizimida aksariyat hollarda o’qitishdan maqsad, talabalarga bilim berish yakuniy natija sifatida qaralsa, jahon miqyosida esa, o’zlashtirilgan bilimlarni amalda qo’llash ta’limning yakuniy natijasi deb qaralishini e’tirof etish lozim. Garvard (AQSH) universiteti moliyaviy menejmenti mutaxassisligi bo’yicha tahsil olayotgan magistrantlar o’qish davrida, banklarda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan 2,5 mingta keysga javob topgandan so’nggina, diplom olish huquqiga ega bo’lishi fikrimizning dalilidir.
Keyslardan ta’lim jarayonida foydalanish talabalarda quyidagi zaruriy sifatlarni shakllantiradi:
kritik fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi;
haqqoniy (ob’ektiv) bo’lishga o’rgatadi;
nazariya va amaliyot o’rtasida uzviy bog’liqlikni shakllantiradi;
muammoli vaziyatni yangicha shakllantirishga yordam beradi;
vaziyatlarni hal etishda, unga ta’sir etuvchi omillarning mavjudligi va ularning ta’sirini e’tiborga olishga imkon beradi;
boshqalar fikrini ham qabul qila olish malakasini shakllantiradi;
savol berish madaniyatini o’rgatadi;
qabul qilingan qaror uchun ma’sullik hissini tarbiyalaydi.
Keyslardan foydalanishda quyidagi usullardan foydalanish mumkin: yakka tartibdagi taqdimot, mikroguruh taqdimoti, mikroguruhlarda va so’ngra umumiy guruhda muhokama, rolli o’yinlar. Keyslarni hal qilishda quyidagilarga e’tibor berish zarur:
asosiy muammoni aniqlash;
asosiy muammoga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash;
asosiy va ikkinchi darajali omillarni ajratish;
muammoni hal qilishning muqobil yechimini ham ko’rib chiqish;
eng maqbul (optimal) qaror qabul qilish.
Keyslarni hal qilishda uni yozma usulda tahlil qilish, unda bayon etilgan muammoni yanada chuqurroq anglashga yordam beradi, yozma nutq ham mustaqil, ijodiy fikrlash qobilyatni rivojlantirishning eng samarali usullaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Metodik ishlanmada, kasb-hunar kollejlari pedagogik jarayonda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan va muayyan muammoni aks ettiruvchi ayrim keyslar tavsiya etiladi. Bu keyslarni tuzishda institut malaka oshirish fakulteti tinglovchilari va maxsus sirtqi bo’lim talabalari (kasb-hunar kolleji pedagogik xodimlari) ning ayrim fikrlari ham e’tiborga olindi. Ulardan pedagogik mahorat asoslari fani amaliy mashg’ulotlarida talabalarning mustaqil fikrlash va qaror qabul qilish malakalarini rivojlantirish maqsadida foydalanish mumkin.
Case-study metodining g’oyalari.
Case-study metodining g’oyalari juda soddadir:
Metod fanlar bo’yicha bilimlar olish uchun mo’ljallangan, ularda haqiqat plyuralistikdir, ya’ni qo’yilgan savolga bir ma’noli javob mavjud bo’lmay, bir necha javoblar bo’lib, ular bir-biri bilan haqiqat darajasi bo’yicha raqobatlashadi; o’qitish vazifasi bu holda ana’anaviy sxemadan chetlashadi va bir emas bir necha to’g’ri javoblarni olishdan va ularni muammo maydoniga mo’ljallashdan iborat bo’ladi.
O’qitish aktsenti tayyor bilimni egallashga emas balki uni ishlab chiqishga talaba va o’qituvchining hamkorligiga qaratilgan bo’ladi; case-study metodining ana’anaviy metodlardan printsipial farqii shundaki – bilimlar olish jarayonida demokratiya mavjud bo’lib, bunda talaba boshqa talabalar va o’qituvchi bilan muammoni muhokama qilish jarayonida teng huquqlidir.
Metodni qo’llash natijasida nafaqat bilimlar, hatto kasbiy faoliyat malakalari olinadi.
Vaziyatni tahlil qilish metodining so’zsiz afzalligi, bu nafaqat bilimlar olish va amaliy malakalarni shakllantirish bo’libgina qolmay, u yana talabalarning qadriyatlar, kasbiy pozitsiyalar, hayotiy ko’rsatmalar, o’ziga xos kasbiy hayotni his etish va hayotni o’zgartirish tizimini rivojlantirishdir.
Sase-study metodida materialni “quruq” hissiz bayon etish bilan bog’liq bo’lgan nuqson engib o’tiladi,– ushbu metodda emotsiyalar, ijodiy raqobat va kurash shunchalik ko’pki, yaxshi tashkil etilgan keysni muhokama qilish teatr spektaklini eslatadi.
Case Study metodi. Keys bilan ishlash texnologiyasi.
«Case Study metodining vatani bo’lib Amerika Qo’shma Shtatlari, aniqrog’i – Garvard universitetining biznes Maktabi hisoblanadi». Birinchi bor u 1924 yilda qo’llanilgan. Keys metodining kelishi va rivojlanishiga asos bo’lib «pretsedent» yoki «voqea» printsipi bo’lgan. Ushbu metod chet elda iqtisod va biznes fanlarida keng qo’llaniladi.
Aniq vaziyatlar metodi (case-study metodi) o’yinli bo’lmagan imitatsion faol o’qitish metodlariga kiradi.
Case-study metodining maqsadi – guruh talabalarining birgalikdagi urinishlari bilan case-vaziyatni tahlil qilish hamda amaliy yechimni ishlab chiqish. Jarayonning tugashi – taklif etilgan algoritmlarni baholash va qo’yilgan muammo kontekstida eng yaxshisini tanlash.
Keys mazmuni
Keyslardan ta’lim jarayonida foydalanish talabalarda quyidagi zaruriy sifatlarni shakllantiradi:
nazariya va amaliyot o’rtasida uzviy bog’liqlikni shakllantiradi
kritik fikrlash qobilyatini rivojlantiradi
savol berish madaniyatini o’rgatadi
vaziyatlarni hal etishda, unga ta’sir etuvchi omillarning mavjudligi va ularning ta’sirini e’tiborga olishga imkon beradi
qabul qilingan qaror uchun ma’sullik hissini tarbiyalaydi
boshqalar fikrini ham qabul qila olish malakasini shakllantiradi
haqqoniy (ob’ektiv) bo’lishga o’rgatadi
muammoli vaziyatni yangicha shakllantirishga yordam beradi.
Keys bilan ishlash texnologiyasi.
O’quv jarayonida keys bilan ishlash texnologiyasi:
Keys materiallari bilan talabalarning individual mustaqil ishi (muammoni identifikatsiyalash; muhim muqobil, taklif yoki tavsiya etiladigan amallarni ta’riflash).
Kichik guruhlarda muhim muammoni va uni hal qilishni moslashtirish bo’yicha ishlash.
Umumiy munozarada kichik guruhlar natijalarini taqdimot va ekspertiza qilish (o’quv guruhi doirasida).
Yaxshi keys quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Aniq qo’yilgan yaratish maqsadiga mos kelishi.
Mos ravishda murakkablik darajasiga ega bo’lishi.
U bilan ishlash vaqtiga dolzarb bo’lishi.
Juda tez eskirishi kerak emas.
Analitik fikrlashni rivojlantirish.
Tipik vaziyatlarni tasvirlash.
Munozarani keltirib chiqarish.
Bir necha qarorlarga ega bo’lish.
Pedagogik loyihalash haqida tushuncha.
Muxandis pedagog har kuni o’z oldiga yoshlarni tarbiyalash, o’qitish yoki ta’lim berish maqsadlarini qo’yadi. Shuningdek, ta’lim printsiplariga amal qilgan holda, o’z faoliyati mazmunini, talaba talabalar faoliyatini shakllantiradi, buni amalga oshirish metod va vositalarini tanlaydi, uni talabalarga berish shakllarini takomillashtirishga intiladi. Pedagogik jarayonni yaratishga qaratilgan pedagogik faoliyatning eng umumiy va eng soddalashtirilgan algoritmi mana shundan iborat.
Bu ta’lim — tarbiya murakkab texnologiyasini yaratishga qarab qo’yilgan dastlabki bosqich hisoblanadi. Navbatdagi, nisbatan mas’uliyatli bosqich — boshqa bir komponentlarni yagona, bir butun va o’zaro mutanosib tizimga keltirishdan iboratdir. Buning uchun esa, o’qituvchi pedagogik loyihalash nazariyasini egallashi lozim bo’ladi.
Pedagogik loyihalash — talabalar va pedagogning bo’lajak faoliyatining asosiy qismlarini dastlabki fikran, mantiqiy ishlab chiqilishidir. Pedagogikaga loyihalash atamasi texnik bilimlardan kirib keldi. Texnikadagi loyihalash keyinchalik haqiqatda ro’yobga chiqarish uchun qilinadigan ishlarning ilgarilab ketilgan chamalashni anglatar edi. Pedagogik bilimlarning ortishi, tarbiya metodlari, vositalari va shakllarining ko’payishi, tarbiyaviy munosabatlarga ta’sir etadigan omillarning kengayib borishi pedagogik faoliyatni tobora murakkab kasbga aylanib borishiga olib keldi. Pedagogning bu bilimlarni egallab olishi, ayniqsa undan foydalanishi toboraqiyinilashib bormoqda. Shuning uchun ham pedagogika fani texnokratik tavsiyanomalargina ishlab chiqishdan qochishga majbur bo’lmoqda.
Ta’lim texnologiyasini loyihalash algoritmi
| |||||||||
| |||||||||
| |||||||||
|