Fuqarolik tarbiyasi
Fuqarolik tarbiyasi
Axborot manbalari:
Barkamol avlod — O’zbekiston taraqqi¸tining poydevori. -T.: «Sharq», 1998.
Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. -T.: «O’zbekiston», 2000 .
Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. (Ma’ruza matnlari uchun materiallar) -T.: «Yangi asr avlodi», 2001.
Ma’ruzalar matni. N.G’aybullayev va boshqalar. -T.,2000.
Izohli ilmiy-ommabop lug’at .-T.: «Sharq», 1998 .
Ibroximov A., Sultonov X., Jo’rayev N. Vatan tuyg’usi. -T.: «O’zbekiston», 1996. 30-34- betlar.
REJA
Fuqarolik va vatanparvarlik tarbiyasi jarayonida milliy istiqlol g’oyalarining mazmun, mohiyati.
O’zbekiston fuqarosining o’z Vatanini sevishi.
Qur’oni Karim va hadislarda huquqiy tarbiya.
Yagona o’quv — tarbiya jarayonida fuqarolik va vatanparvarlik g’oyasini yoshlar qalbi va ongiga singdirish yo’llari.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ma’naviy-axloqiy tarbiyaga katta e’tibor berib, o’zining qator asarlarida shu masalaga alohida to’xtalib o’tadi. Yurtboshimizning «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» (1992), «O’zbekiston buyuk kelajak sari» (1998), «O’zbekiston kelajagi buyuk davlat» (1992), «Ma’naviy yuksalish yo’lida» (1998), «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q»(1998) va boshqa ko’plab asarlarida ma’naviyat va axloqiy tarbiyaga oid g’oyalar keng yoritilgan.
Kelajagi buyuk bo’lgan mustaqil, demokratik, huquqiy davlatni barpo etish ma’naviy jihatdan yetuk, axloqan pok qilib tarbiyalangan yoshlar qo’lida bo’ladi. Shunday ekan yoshlar tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish, ayniqsa, ijtimoiy va ma’naviy sohada quyidagilarga e’tibor qaratilishi lozimligi yurtboshimiz tomonidan ham ta’kidlanadi:
Insonparvarlik g’oyalariga sodiqlik;
Milliy-istiqlol g’oyasiga sodiqlik;
Ma’naviyat va axloqiylikni qayta tiklash;
Qadimgi va zamonaviy madaniy boyliklarni, adabiyot va san’atni bilish hamda ko’paytirish;
Hur fikrlilik, vijdon va din erkinligi qoidalarini qaror toptirish;
Ijtimoiy adolat qoidalarini ro’yobga chiqarish;
Xalqimizning milliy, tarixiy va madaniy an’analarini, ma’naviy tajribasini ta’lim va tarbiya tizimimizga uzviy ravishda kiritish;
Ijodning barcha turlarini rivojlantirish.
Prezidentimiz ma’naviyatni aql-axloq, ongli amaliy faoliyatda shakllanishi va rivojlanishini ta’kidlab «Ma’naviyat — taqdirning ehsoni emas. Ma’naviyat inson qalbida kamol topishi uchun u qalban va vijdonan aql va qo’l bilan mehnat qilishi kerak»[1]-deb uqtiradi.
Yurtboshimiz ma’naviyatni jamiyat taraqqiyotida hal qiluvchi kuch deb biladi. U o’zining «Barkamol avlod — O’zbekiston taraqqiyotining poydevori» asarida shunday deydi: «Sir emaski, har bir davlat, har qaysi millat nafaqat yer osti va yer usti tabiiy boyliklari bilan, harbiy qudrati va ishlab chiqarish salohiyati bilan, balki birinchi navbatda o’zining yuksak madaniyati va ma’anviyati bilan kuchlidir»[2].
Mamlakatimizda mafkuraviy mo’ljallarning tubdan yangilanishi , milliy istiqlol g’oyasini kichik maktab yoshidagi o’quvchilardan boshlash zarurligini ko’rsatmoqda. Bu esa talim-tarbiya tizimida yangicha metodologik yendashuvlarni yuzaga keltirayotir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh kilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to’g’risida»gi Farmoniga muvofiq uzluksiz ta’lim tizimini zamonaviy talablarga javob beradigan uslubiyotlar majmui bilan ta’minlashni takomillashtirish ishlari Respublikamizda kizg’in olib borilmokda»1. Bu ishlarni amalga oshirishda umumiy o’rta ta’lim maktablari o’qituvchilarining salmoqli mehnatlari xam sezilib turadi.
Istiqlol mafkurasi ko’p millatli O’zbekiston xalqining ezgu g’oya — ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yo’lidagi asriy orzu — intilishlari hayotiy ideallarini o’zida aks ettiradi.
Milliy g’oya va istiqlol mafkurasi haqida gap borar ekan, biz nihoyatda keng qamrovli, murakkab, serqirra, insoniyat tarixida aniq va mukammal ifodani, tugal namunasi hali hanuz yaratilmagan tushunchalarni o’zimizga tasavvur qilishimiz kerak. Bu tushunchalar Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi yuksak g’oyalarning ma’no — mazmunini teran anglab yetishga xizmat qiladi.
Xalqni buyuk kelajak va ulug’vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan millati, tili va dinidan qat’i nazar har bir fuqaroning yagona Vatan baxt — saodati uchun doimo mas’uliyat sezib yashashga chorlash, ajdodlarimizga munosib bo’lishga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchanlik ishlariga da’vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoyilikni hayot mezoniga aylantirish milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir.
O’zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo’lidagi bosh g’oyasi — ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir. Bu g’oya xalqimizning azaliy ezgu intilishlari, bunyodkorlik faoliyatining ma’no — mazmunini belgilaydi.
Shunday ekan milliy istiqlol mafkurasida fuqarolik va vatanparvarlik tarbiyasi qay tarzda talqin etiladi?
Endi Vatan, fuqaro, huquq, axloq, burch, majburiyat tushunchalariga sinkveyn tuzing.
(Sinkveyn tuzish qoidalari oldingi mavzularda keltirilgan )
Yosh avlodga yagona pedagogik jarayonda axloqiy tarbiya malakasini singdirishda avvalo fuqaroviylik yo’nalishini berish muhim masala sifatida qaralmog’i lozim. Zero ta’lim tizimida yoshlar ongida fuqaroviylik tushunchasini hosil qilish vatanparvarlik g’oyalari asosida shakllanadi. Shuning uchun ham fuqaroviylik tarbiyasi vatanparvarlik tarbiyasi bilan uzviy bog’liq holda amalga oshirilaadi.
O’zbekiston qahramoni Abdulla Oripovning «Men nechun sevaman O’zbekistonni» she’rini o’qing (yod ayting) va mushohada qiling.
Vatan — insonning kindik qoni to’kilgan tuproq, uni kamol toptiradigan, hayotiga ma’no — mazmun baxsh etadigan tabarruk maskandir. U ajdodlardan avlodlarga qoladigan buyuk meros, eng aziz xotira. Vatan — ota — bobolarimizning xoki poylari jo bo’lgan, vaqti — soati yetib har birimiz bosh qo’yadigan muqaddas zamindir.
Barcha fuqarolarning qonun oldidagi huquqiy tengligi va qonun ustuvorligini, jamiyat munfaatlari va aholi xavfsizligining muhofazasini kafolatlovchi huquqiy davlatni barpo etish yo’lidan borayotgan ekanmiz, biz barpo etayotgan yangi jamiyat yuksak ma’naviy va axloqiy qadriyatlarga tayanadi va ularni rivojlantirishga katta e’tibor qaratadi. Bu jarayon milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasiga, o’sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga asoslanadi.
Vatanparvarlik haqida gapirganda ona zaminga bo’lgan muhabbat, uni sevish, ardoqlash va uning ravnaqi yo’lida g’amxurlik qilish tushuniladi.
Millatimizning vatanparvarligi- bu xalqimizning qoniga singib ketgan iymon va isnof, mehr-muhabbat, vijdon va andisha, or-nomus, ona yurtga, elatiga sadoqat kabi azaliy axloqiy-ma’naviy qadriyatlar haqidagi g’oya va qarashlari yig’indisidir.
«Vatanparvarlik bu-…» mavzusida esse yozing.
(Esse kichik guruhlarda muhokama qilinadi va umumlashtirilgan holda guruh nomidan taqdim etiladi.)
Jamiyatni ma’naviy yangilashdan ko’zlangan bosh maqsad — yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq erkinligi va farovonligiga erishish, komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy hamkorlik va millatlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik kabi ko’p muhim masalalardan iborat. Misol uchun Vatan tuyg’usini olaylik. Vatanga muhabbat hissi odamning qalbida tabiiy ravishda tug’iladi, ya’ni inson o’zligini anglagani, nasl — nasabini bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg’usi ildiz otib, yuksala boradi. Bu ildiz qancha chuqur bo’lsa, tug’ilib o’sgan yurtga muhabbat ham shu qadar cheksiz bo’ladi.
Musulmon olamida Qur’oni Karim va Hadisi Sharif xuquqiy munosabtalarni tashkil etish manbai bo’lib kelganligini siz qanday tushunasiz?
Markaziy Osiyo xalqlari, shu jumladan o’zbek xalqi ko’p ming yillik boy huquq va huquqiy madaniyat tarixiga ega. Payg’ambar alayhissalom vafotlaridan so’ng islom olamida yangi qonun va qoidalarning paydo bo’lish jarayoni to’xtadi. Ana shu davrdan boshlab barcha huquqiy muammolar Qur’oni Karimda va Payg’ambar Alayhssalom sunnatlarida ko’rsatib bergan qonun va qoidalar asosida hal etilib huquqiy tarbiya beriladigan bo’ldi. Islom huquqshunosligi asosan Qur’oni Karim va sunnati Naboviya asosida shakllanadi va sunnatning negizini tashkil etuvchi hodisalarni jamlab kelajak avlodning huquqiy ehtiyoji vujudga keladi. Buyuk islom olimi faqih Burhonuddin-al Marg’iloniy Qur’oni Karim va hadis ilmini mukammal egallab fiqh- islom huquqshunosligi borasida benihoya chuqur ilmga ega bo’lgan va huquqiy tarbiya sohasida beqiyos durdona hisoblangan «Al-Hidoya» asarini 573 yil (milodiy 1170yil)da yozgan. «Al-Hidoya» bir necha asrlar davomida ko’p musulmon mamlakatlarida, jumladan Markaziy Osiyoda huquqiy tarbiyaga oid eng yirik asosiy manbalardan biri bo’ldi.
O’zbekistonda mustaqil demokratik huquqiy davlat qurish yo’lidan borilayotganligini qanday asoslab berish mumkin?
Buni avvalo Istiqlol mafkurasi quyidagi umumbashariy qadriyatlarni e’tirof etishi va ulardan oziqlanishida ham ko’rish mumkin:
qonun ustuvorligi;
inson haq — huquqlari va hurfikrlilik;
turli millat vakillariga hurmat va ular bilan bahamjihat yashash;
diniy bag’rikenglik;
dunyoviy bilimlarga intilish, ma’rifatparvarlik;
o’zga xalqlarning ilg’or tajribalari va madaniyatini o’rganish va hakozo.
O’zbekiston insonparvarlik qoidalariga asoslangan millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodlaridan qat’iy nazar fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlab beradigan davlat. 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi huquqiy tarbiyada asosiy dastur bo’lib xizmat qiladi. O’zbekiston Respublikasining mustaqil bo’lishi munosabati bilan maktablardagi ta’lim — tarbiya ishlari rivojlanib takomillashib borayotir. Mamlakatimizda juda katta o’zgarishlar ro’y berganligi yangi jamiyat barpo etilganligi natijasida qonunchilik va huquq tartibotini yana da mustahkamlash, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish tobora katta ahamiyat kasb etmoqda.
Huquqiy tarbiyani berish, amalga oshirish yo’llari nimalardan iborat?
Har bir pedagog ta’lim bilan tarbiya berishga jiddiy e’tibor berishi lozim. O’quvchi yoshlarga tarbiya berishda ularga yuksak fuqarolik his — tuyg’ularni sifat va xislatini tarkib toptirishda ta’lim va tarbiya birligi muhim ahamiyat kasb etgan. Maktabda o’qitiladigan har bir fanning o’ziga xos tarbiyaviy ahamiyati va imkoniyatlari bor. Ana shu imkoniyatlardan o’z o’rnida to’g’ri foydalanish o’qituvchining bilim, tajriba va mahoratiga, izlanishiga bog’liq. Ta’limiy-tarbiyaviy omil va vositalar ko’p. Shulardan biri davlat ramzlaridan darslarda va sinfdan tashqari mashg’ulotlarda o’rinli foydalanishdir. Davlat ramzlaridan pedagogik maqsadlarda foydalanish, ta’lim va tarbiya jarayonida ularning ahamiyatini o’quvchilarga tushuntirish, ularning xulq atvoriga chuqur ta’sir etadi. Hozirgi vaqtda Davlat ramzlaridan foydalangan holda o’quv tarbiya ishlarini tashkil etish muhim masalalardan biri. Hayotga qadam qo’yuvchi har bir o’smir o’z respublikasining qomusini bilishi, unga amal qilishi kerak. O’quvchilarda O’zbekiston respublikasi Madhiyasi, Gerbi va Bayrog’iga nisbatan hurmat tuyg’ulari tarbiyalanishi zarur.
Hazirgi davrda bolalar va o’smirlar o’rtasida olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarning yangi shakllari qo’llanilmoqda. Yoshlar o’rtasida huquqiy tarbiya ishlarini tashkil etish va sodir etiladigan huquqbuzarliklarni oldini olish borasida pedagogik faoliyatni yanada kuchaytirish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:
1.Umumiy ta’lim maktablarida huquqiy bilimlarni targ’ib qiladigan xonalar tashkil etishga alohida ahamiyat berish.
2.Barcha maktablarning sud, prokuratura, advokatura, birinchi navbatda esa voyaga yetmaganlar inspeksiyasi va voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug’ullanuvchi komissiyalar bilan aloqalarini mustahkamlash.
3.Doimiy ravishda yangi tajribalarni o’rganish, umumlashtirish va ularni hayotga keng tatbiq etish. To’plangan ilmiy bilimlardan pedagogik tajribalarda oqilona foydalanish, o’smirlarga davlatimiz qonunlariga muntazam rioya qilish ko’nikmalarini singdirish huquqiy tarbiyaning samarali amalga oshirish garovidir.
Asrlar davomida insoniyat bosqichma — bosqich dunyoviylik sari intilib keldi. Umum e’tirof etilgan tamoyillar va qonun ustuvorligi, siyosiy plyuralizm, millatlararo totuvlik, dinlararo bag’rikenglik kabi xususiyatlar dunyoviy jamiyatning asosini tashkil etadi.
Insonning haq — huquqlari va erkinliklari, jumladan, vijdon erkinligi ham qonun yo’li bilan kafolatlanadi. «Taraqqiyotning o’zbek modeli»- yurtboshimiz tomonidan jamiyatni isloh qilishning chuqur ilmiy asoslangan tamoyillaridan birida shunday deyiladi: «Jamiyat hayotining burcha sohalarida qonunning ustuvorligi, demokratik yo’l bilan qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarni hech istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga og’ishmay rioya etishi lozim»[3].
[1] Каримов И.А. Ўзбекистоннинг ўз истиqлол ва тараqqиёт йўли. Тошкент: «Ўзбекистон», 1992, 7- бет.
[2] Каримов И.А. Баркамол авлод-Ўзбекистон тараqqиётининг пойдевори. Т.: «Шарq», 1998, 5-бет.
1 Олий таълим меъёрий hужжатлар тўплами. — Тошкент, 2001. 6-бет.
[3] . Миллий истиqлол g’ояси: асосий тушунча ва тамойиллар. Т.: «Ўзбекистон», 2000., 37- бет.