Dars tahlili


Dars 

o’quv  jarayonini tashkil  etishning asosiy shaklidir

Darsni  kuzatish va  tahlil  qilish orqali:

o’quv tarbiya jarayoni ichki nazoratning asosiy shaklini amalga oshirish orqali o’qituvchining mehnatiga adolatli baho beriladi;

o’qituvchiga uslubiy yordam beriladi, ijodiy yutuqlari ommalashtiriladi;

O’quv jarayonida uslubiy jihatdan mavjud kamchiliklar bartaraf qilinadi.

Dars kuzatish va tahlil qilish 

 ketma ketligi

 

Dars kuzatuvchining  maqsadi

Dars jarayonini  kuzatish

Dars  o’tgan  o’qituvchining  o’z darsi  bo’yicha  tahlili                           

Dars samaradorligi va oq’ituvchining ish faoliyatini yanada yaxshilashga oid dars kuzatuvchi tomonidan tahlillar hamda beriladigan taklif va mulohazalar


Dars kuzatish va tahlilning  asosiy maqsadi va vazifasi

maktab direktori va uning o’rinbosarlarining maktabda o’qituvchi ishiga baho berishi;

o’qituvchilar tajribalarini o’rganish, takomillashtirish, ommalashtirish;

o’qituvchilar nazariy bilimlarining amaliyotga  munosibligini  nazorat qilish natijalarini o’rganisn va o’rgatish;

o’qituvchilar o’zaro bir – birlarining pedagogik usul va uslublarini o’rganishga da’vat qilish orqali ta’lim samaradorligini oshirish;

o’qituvchining har bir darsini ochiq dars darajasiga olib chiqish.

 

Dars   tahlilining    yo’nalishlari :

 

 Darsning  ilmiy  jihatdan  tahlili

 

 Darsning  metodik  jihatdan  tahlili

 

 Didaktik  tahlil

 

 Umumpedagogik   psixologik  tahlil

 

 

Darsning ilmiy tahlili: 

 

O’qituvchining ilmiy jihatdan (o’zi mutaxassis bo’lgan fanni ilmiy asosda

 chuqur bilishi qurollanganligi.

Shu kungi darsga ilmiy jihatdan tayyorgarlik holati.

O’z mutaxassisligiga oid eng yangi ilmiy-nazariy axborotlar bilan

qurollanib borishi.

Dars jarayonida ilmiy qoida va ta’riflarning to’g’ri bayon etilishi hamda ilmiy atamalarning oquvchilarga singdirib borilishi.

Darsda ta’limning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olinishi.

Darslik materiallarining qo’shimcha adabiyo’t materiallari bilan boyitilishi.

O’quvchi bajarayotgan labaratoriya ,amaliy hamda mustaqil ishlarning ilmiy yohalish bo’yicha maqsadga muvofiqligi.

O’quvchlar xulosasining ilmiy jihatdan tog’ri , qisqa va mukammal bayon etilishi hamda uni o’qituvchi tomonidan nazorat qilinishi.

Dars davomida , yangi mavzuni bayon etish jarayonida ta’limning tarbiya bilan bog’lanishi.

O’qituvchi va o’quvchilarning  ilmiy  nutq  madaniyati.

Darsning  metodik  jihatdan  tahlili

1.Dars jarayonidagi oqituvchi va oquvchilar faoliyatining tashkiliy shakllariga kora:

a) Hikoya usuli;

b) og’zaki bayon usuli;

d) Suhbat usuli.

O’quvchilarning o’zlashtirishiga ko’ra:

а) o’qituvchining so’zlash usuli;

б) ko’rgazmali qurollardan foydalanish usuli;

в) darslik,  konturli karta ,  diagramma yoki jadvallar bilan ishlash usuli;

г)  labaratoriya asboblari bilan ishlash usuli;

д) texnika vositalaridan  (axborot texnalogiyalari , kinofil’m, diafil’m, videomagnitafon , televizor kabilar) foydalanish usuli;

е) sinf doskasidan, geografiya , tarix yoki zoologiyaga tegishli bo’lgan turli kartalardan foydalanish usuli kabilar

 

Darsning  didaktik  tahlili:

 

 

1.O’qituvchi bayonining sinf o’quvchilari jamoasiga to’la tushunarli bo’lishi  va bu bayonning izchil ravishda o’quvchilar ongiga yetib borishi.

O’qituvchi fikrining siyosiy – g’oyaviy jihatdan tarbiya talabiga mos bo’lganligi.

Barcha o’quvchilarning o’qituvchi berayotgan materialni ongli ravishda o’zlashtirishlari.

O’qituvchi bayonida rivojlantiruvchi va muammoli ta’limning mavjudligi.

O’qituvchi fikrining izchilligi.

Dars jarayonida yoki yangi mavzuni bayon qilishda korgazmali qurollardan , tarqatma materiallar va texnika vositalaridan foydalanishning maqsadga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi.

Ekskursiya , tajriba , labaratoriya va amaliy ishlarning maqsadga yo’naltirilgan holda o’tishga erishilganligi.

Darslik bilan ishlashning tog’ri bo’lishi.

Misollarning ta’lim – tarbiya birligi mazmunida yonalishi.

Darsni ma’lum bir tizimda olib borilishi.

 

Darsning  umumpedagogik psixologik  tahlili:


1.Oquv xonasi yoki sinf xonasining dars otishga tayyorgarlik holati (dars jihozlari).

Oquv xonasi yoki sinf xonasining sanitariya – gigiyena holati.

Oqituvchining dars mazmuni va uning ta’limiy- tarbiyaviy maqsadi.

O’qituvchining mazkur darsga ilmiy – metodik va pedagogik – psixologik jihatdan tayyorlanganlik darajasi.

O’qituvchining darsni tahlil etishi va dars etaplaridan to’g’ri foydalanishi.

O’qituvchining o’quvchlarga ta’lim – tarbiya berishda pedagogik jihatdan namunali shaxs darajasiga ko’tarila olganligi.

O’quvchilar bilimiga qo’yiladigan bahoning adolatli va izohli bo’lishi.

O’quvchilarning darsdagi faolligi , intizomi, mustaqil fikr yuritishi hamda mazkur fan asoslarini o’zlashtirib olganlik darajasi.