“Ulug‘bek xazinasi” asarini o‘qib olgan taassurotlarim.
Mana oradan qariyb 650 yil o‘tgan bo‘lishiga qaramay nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda Mirzo Ulug‘bek siymosi ulug‘lanib kelinmoqda. Uni butun dunyo faqatgina shoh yoki sarkarda deb emas shu bilan birgalikda tarixchi, olim va buyuk munajjim sifatida ham yaxshi biladi. Ulug‘bek 1394 yilning mart oyida Eronning g‘arbidagi Sultoniya shahrida, bobosi Temurning harbiy yurishi paytida tug‘ildi. U Shohrux Mirzoning to‘ng‘ich o‘g‘li bo‘lib, unga Muhammad Tarag‘ay ismi berilgan, lekin bolaligidayoq u Ulug‘bek deb atala boshlab, bu ism keyinchalik uning asosiy ismi bo‘lib qoldi. Yoshligida Ulug‘bek fan va san’at turlariga, ayniqsa, matematik va astronomiyani katta qiziqish o‘rganagan. Uning aqliy dunyoqarashi kengayishida otasi va bobosi to‘plagan boy kutubxona zamin bo‘ldi, u yerda ko‘p vaqtini o‘tkazgan va buning zamirida butun dunyoni hayratda qoldiradigan darajada kashfiyotlar qilib samolarni eng birinchilardan bo‘lib o‘rgandi.
Ulug‘bek kuchli xotira, aql va zehnga ega bo‘lgani bois taxtni ham erta egallaydi. Shohrux to‘ng‘ich o‘g‘li Ulug‘bekni 1411 yili Movarunnahr va Turkistonning hokimi etib tayinlaydi. Ulug‘bek 17 yoshida hokim bo‘lib, bobosidan farqli o‘laroq harbiy yurishlar bilan qiziqmas, ko‘proq ilm-fanga moyil edi. U salatanatni marifatparvarlik bilan uzoq yil boshqaradi. Bu davr mobaynida madrasalar, masjidlar honaqohlar, va yana ko‘plab obidalar qo‘rilishiga bosh-qosh bo‘ladi. Eng kattasi va haligacha butun dunyo katta qiziqish bilan o‘rganadigan dargoh bu shubxasiz Ulug‘bek qo‘rgan va ko‘plab izlanishlar olib borgan rasadxonadir. U o‘zining rasadxonasida 1018 ta yulduz joylashuvini va astronomik yil uzunligini 365 kun 6 soat 10 daqiqa 8 soniya aniqlashga muvofaq bo‘lgan. Bir so‘z bilan aytganda Ulug‘bek davlat rivoji, tarix va ilm ma’rifat yuksalishi uchun ulkan hissa qo‘shdi.
Ulug‘bek mana shunday yuksak darajaga erishishi va yetuk inson bo‘lib yetishishida uning ustozlaring o‘rni beqiyos, albatta.Afsuski, Ulug‘bekning boshlang‘ich ma’lumoti va murabbiy hamda ustozlari haqida aniq ma’lumot saqlanmagan. Lekin Ulug‘bek bolalik yillarida buvisi Saroymulk xonim tarbiyasida bo‘lgan. Bundan tashqari, Ulug‘bekning ustozlaridan biri munajjim Mavlono Ahmad bo‘lganligi ham tarixdan ma’lum. Bu kishi Temurning saroyidagi eng yirik olimlardan bo‘lib, sayyoralarning kelajak ikki yuz yillik taqvimlari jadvallarini tuza olgan. Ulug‘bekning o‘zi keyinchalik asosiy asari bo‘lmish “Zij”ida Qozizoda Rumiyni ham “ustozim” deb ataydi va hurmat bajo keltiradi. Albatta Ulug‘bekning bunday ustoziga sodiqlik, hurmat va ehtirom ko‘rsatishi xozirgi yosh avlod uchun shak-shubhasis chinakkam namuna bo‘lib xizmat qiladi.
U naqadar buyuk va insonparvar shaxs bo‘lishiga qaramay, o‘z o‘g‘li qo‘lida jon beradi. Taxt uchun kurashda o‘g‘il o‘z otasini o‘ldirib padarkushga aylanadi, lekin uning bu urunishlari uzoq bormagan, uni huddi otasi Ulug‘bekni o‘ldirgani kabi taxtdan mahrum etishadi.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, Ulug‘bek men uchun o‘rta asrning atoqli olimi bo‘lgani uchungina emas, balki xalqlarimiz tarixidagi eng murakkab og‘ir fojiani boshdan kechirgan alloma bo‘lganligi uchun ham ulug‘dir. Buyuk olim, davlat arbobi Ulug‘bek hayotiga ko‘p adiblar murojaat etganlar. Ulug‘bek siymosi yaratilgan sarlar orasida Odil Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” romani alohida ajralib turadi. Ulug‘bekdan so‘z ochgan har bir qalamkash bu ajoyib asarni chetlab o‘tishi mumkin emes. Ushbu romandan men juda katta taasurotlar oldim. Jumladan, romanda Ulug‘bek hayotining so‘nggi davrini hikoya qilishdan boshlanadi. Roman aynan o‘z o‘g‘li uo‘lida o‘ldirilgani ham va ko‘pgina hodisalar ham tilga olinadi, bir qancha tarixiy shaxslar bu yerda ham ishtirok etgani manda yananda qiziqish uyg‘otdi.
Eng esda qolarli va taasurotga boy bo‘lganni, Ulug‘bekda insoniy g‘urur juda kuchli bo‘lgani ekanligini ko‘rdim ushbu romanda. O‘g‘li uni o‘ldirish chog‘ida o‘limga ketayotganini bilsa ham Ulug‘bek hammadan ham Movarounahrga qirq yil rahnamolik qilib ortirgan asosiy boyligi-madrasalariyu rasadxonasi, nodir xazinasi-to‘plagan kutubxonasiyu yaratgan asarlari yo‘q bo‘lib ketishi uni tashvishga soladi.
Xulosa o‘rnida shuni aytoqchimanki, Ulug‘bek, uning hayoti va bu unga bag‘ishlangan roman personajlar ruhiy dramasi tasviri jihatdan adabiyotimizda muhim yangilik bo‘lganini aytish mumkin. Biz yosh avlod mana shunday mahorat bilan yozilgan asarlar orqali o‘tmishda naqadar buyuk ajdodimiz yashab o‘tganini bilamiz va kelajak aqlod uchun faxr—iftixor bilan ayta olamiz.