Arxeologlar-qadimshunoslar ham musiqa asboblari qadimiy davrlarda paydo bo‘lganligiga guvohlik beradilar. Yer kurrasining barcha hududlarida ular amalga oshirgan deyarli hamma qazish ishlarida ro‘zg‘or buyumlari, kiyim-kechaklar qoldiqlari, zebu ziynatlar va hokazolar qavatida qadimiy musiqa asboblari ham topilgan. Darvoqe, bunday topilmalar sayyoramizning ibtidoiy odamlar manzillarining barcha hududlaridan ham topilgan.
QAYSI MUSIQA ASBOBI BIRINCHI YARATILGAN?
Bu xususda afsona mavjud, lekin u fantaziyadan o‘zga bir narsa emas. Yunon asotiriyasi-mifologiyasiga ko‘ra, birinchi musiqa asbobi -cho‘pon nayini — iloh Pan yasagan. Kunlardan bir kuni u qirg‘oqda qamish g‘ishshasiga puflaydi va poya bo‘ylab o‘tgan nafasi hazin bir nola chiqarganini eshitadi. U poyalarni kalta-uzun qilib qirqadi, qo‘shib bog‘laydi, shunday qilib, ilohning izmida birinchi musiqa asbobi paydo bo‘ladi!
Gapning nafsilambrini aytganda, biz ilk musiqa asbobini kim yasagani uyoqda tursin, uning nomi qandayligini-da zikr etolmaymiz, chunki barcha ibtidoiy olamlar, zotan, butun dunyoda u yoki bu musiqani yaratganlar. Bu odatda qanday-dir diniy ahamiyatga molik musiqa bo‘lgan va tomoshabinlar uning ishtirokchilariga aylanganlar. Odamlar raqsga tushishar, chapak chalishar va unga jo‘r bo‘lgancha qo‘shiqlar kuylashar edilar. Bu amallar shunchaki huzur-halovat uchungina bajarilmagan. Ibtidoiy musiqa odamlar turmushining salmoqli qismini tashkil etardi.
Iloh Pan va qamish haqidagi afsona odamzot qay yo‘sinda shu qadar rangbarang musiqa asboblarini yasashga qodirlik darajasiga yetishganini taxmin qilishimizga imkon beradi. U o‘z musiqasini yaratish uchun tabiatdagi tovushlarga taqlid qilgan yoxud uning o‘zini qurshagan tabiat ne’matlaridan foydalangan bo‘lishi mumkin.
Dastlabki musiqa asboblari urma musiqa asboblari bo‘lgan (baraban xilida). Keyinchalik odamzot hayvonlarning mo‘guzidan yasaladigan puflama musiqa asboblarini ixtiro qildi. Ushbu ibtidoiy puflama musiqa asboblaridan hozirgi mis puflama musiqa asboblari o‘sib chiqqan. Odamzot o‘zining musiqani his va idrok etishini rivojlantirib borishga qarab qamishdan foydalana boshlaydi va shu tarzda birmuncha tabiiy va nozik sadolar hosil qiladi.
Nihoyat, inson lira va arfani ixtiro qiladi-da, kamonchali asboblarning dunyoga kelishiga yo‘l ochib beradi, O‘rta asrlarda salbbardorlar-salb yurishlari ishtirokchilari yurishlaridan Mashriqzaminning bir talay g’aroyib musiqa asboblarini olib qaytadilar. O‘sha zamonlardayoq Yevropada mavjud bo’lgan xalq musiqa asboblariga sing-dirilganidan so‘ng ular hozirgi kunda musiqa hosil qilish uchun foydalanilayotgan ko‘plab musiqa asboblari darajasiga takomillashdilar.
ENG QADIMIY MUSIQL ASBOBLARI QAYSILARI?
Qadim-qadim zamonlardayoq odamlar musiqa sadolari bilan ko‘ngillarini xushnud etishgan. Oltin kafaraning maftunkor sadolari oltinsoya Apollonning tashrifidan darak berar edi. Ushbu hayratangiz musiqa asbobini chalish bobida birov u bilan bellasha olmas, frigiyalik satir Mars uning bilan musiqa jabhasida tor-tishishga botinib, tayinlangan musobaqaga qo‘lida qamish nayi bilan kirib kelganida u o‘zining bunday jur’ati uchun qattiq jazolanadi.
Qadimgi Yunoniston asotirlarida ilohlar va avom musiqani nechog’li sevganlari va turfa musiqa asboblarini durust chala bilganlari haqida talay naqllar bor. Naylar, kavslar va nag‘oralarning quvnoq sadosi xushro‘y Dionis va ayonlarining serg’alva odimlariga jo‘r bo‘lar edi.
Arxeologlar-qadimshunoslar ham musiqa asboblari qadimiy davrlarda paydo bo‘lganligiga guvohlik beradilar. Yer kurrasining barcha hududlarida ular amalga oshirgan deyarli hamma qazish ishlarida ro‘zg‘or buyumlari, kiyim-kechaklar qoldiqlari, zebu ziynatlar va hokazolar qavatida qadimiy musiqa asboblari ham topilgan. Darvoqe, bunday topilmalar sayyoramizning ibtidoiy odamlar manzillarining barcha hududlaridan ham topilgan.
Yuqori paleolit (bu esa miloddan avvalgi 25-22 mingyilliklar) davrigayoq mansub bo‘lgan eng qadimiy musiqa asboblari — nay va hushtak — Vengriya va Moldova hududlaridan topilgan.
Qadim-qadim zamonlarda nafaqat musiqa asboblari yasay va kuy to‘qiy olar edilar, qolaversa hatto uni nota belgilari bilan sopol jadvalchalarga — mixxatlarga yozib ham qo‘yar edilar.
ILK SKRIPKANI KIM YASAGAN?
Siz, simfonik orkestrdagi yuzdan ziyod mug‘anniylarning o‘ttizdan ortigi — skripkachilar ekanligini bilasizmi? Skripkadan taraladigan xush sado va tovushlarni ifodalash keng diapozoni boshqa musiqa asboblarinikidan a’loroq va katta hisoblanadi. Skripka o‘z kamolotida bir talay asrlarni boshdan kechirgan. Uning tarixi Hindistonda yuz ochgan. Aynan shu diyorda ilk marotaba torli musiqa asboblarini chalish uchun kamonchadan istifoda etishgan. O‘rta asrlarda esa Yevropada turli musiqa asboblarini kamoncha bilan chalishgan. Shulardan biri viola — to‘rttorli g‘ijjak ediki, u, ehtimol, X asrda Yevropaga olib kelingan. Xuddi skripka singari viola ham ijrochining yelkasiga qadalar edi. Keyinchalik viola qo‘hna uchtorli skripka (rebeki) ta’siri ostida o‘zgardi. Asl nomi robab bo‘lmish bu musiqa asbobi arablarga taalluqli bo‘lib, u Ispaniya orqali Yevropaning qolgan qismlariga ham tarqala boshladi.
Violaning nafis qurilmali xarraklar-kiftlarga ega nozik korpusidan (xarrak — musiqa asboblaridagi torlarni taranglash va sozlash uchun maxsus unsur) uchtorli skripkaga o‘tish tufayli musiqa asboblarining yangi turkumi dunyoga keldi.
Skripka o‘zining hozirgi ko‘rinishiga 1550 va 1600 yillar oralig‘ida ega bo‘ladiki, biz hozir biladiganimiz singari ilk musiqa asbobini kim yasaganligini aytib berishning imkoniyati yo‘q. Eng a’lo skripkalar XVII-XVIII asrlarda yasalgan edi.
Italiyada skripkasoz qo‘li gul ustalarning dong-dor sulolalari yashar edi. Ulardan har biri o‘zining shaxsiy sirasroriga ega bo‘lib, otalar ularni o‘g‘illariga meros qoldirishardi. Kremona shahridan bo‘lmish Amatilar xonadoni noyob ohangdorlikka va mayin jarangga ega skripkalar yasar edilar. Uzoq vaqt hech kim skripkani ulardan o‘tkazib yasashi mumkin emas deb hisoblashgan.
Ammo Nikolo Amatining Antonio Stradivari degan ajoyib shogirdi bor edi. Uni ustalarning ustasi deb atashardi, usta yuksak saviyadagi konsert fazilatlari bilan ajralib turuvchi skripkalar yasadi, Antonio musiqa asbobi ovozini odamzot ovozining tembrlariga yaqinlashtirishga muyassar bo‘ldi.
Naql qilishlaricha, Stradivari 1116 dona musiqa asbobi tayyorlagan va ulardan 540 donasi hali ham mavjud. Har birisi haddan tashqari yirik summada baholanadi va mashhur san’at asari hisoblanadi.
1784-1840 yillarda yashab o‘tgan Nikolo Paganini barcha zamonlarning tengi topilmas skripkachisi bo‘lgan. Uning nomi afsonalar izdihomida. Mug‘anniyni hattoki jodugarlikda ayblashadi, oddiy odam sehrli kuchlar yordamisiz skripkani bu qadar zo‘r chalishiga ishonmas edilarda.
FORTEPYANO QACHON PAYDO BO‘LGAN?
Pianino, organni istisno qilganda, Lg murakkab musiqa asbobi. Umuman uning asl nomi — pianoforte bo‘lib, «sokin-baland» degan ma’noni anglatadi. Bu nomlanish, pianino har xil balandlikda va kuch bilan tovush hosil qila olishidan kelib chiqqandi.
Pianino monoxord degan juda oddiy musiqa asbobidan o‘sib chiqqan. Monoxord, uziga tushirilgan shkalada intervallarga ega bo‘lgan yakka-torli quti bo‘lgan.
Milodning taxminan 1000 yiliga yaqin Gvido d’Aretsso monoxord uchun siljitma band ixtiro qildi, tugmachalar va torlar qo‘shdi. U yaratgan musiqa asbobi XVI asrga qadar iste’molda bo‘lgan. Keyinchalik u boshqa shakl — klavikordga ega bo‘ldi. Klavikordning tovushi torlarning mis ignalar ta’sir ostida tebranishidan hosil bo‘lar edi. Spinet degan cholg’u asbobi yuqorida zikr etib o‘tilganlar bilan chambarchas boglangan. U 4 oktavada diapozonga ega cho‘zinchoq musiqa asbobi bo‘lgan. Uning torlari mizroblar yoki tugmachalar bilan harakatga keltirilar edi. XVIII asrning durustgina tanilgan musiqa asbobi klavesin deb atalar edi. U o‘lchamlariga ko‘ra klavikord va spinetdan katta va ikkita klaviaturaga ega bo‘lgan. Shakli jihatidan kattakon pianinoni eslatadi. Torlari jajji patlar yordamida harakatga keltirilgan.
Ushbu musiqa asboblarini pianinodan alohidalashtiruvchi ko‘zga tashlanadigan-real farq,- bu, bolg’achalarning harakati. Uni Bartolomeo Kristoferi 1709 yilda ixtiro qilgan. Bolg’achalar birmuncha oddiy musiqa asboblarida muqarrar bo‘lgan qitirlovchi tovushdan xalos bo‘lishga yordam bergan.
Motsart va Betxoven zamoniga kelib fortepyano ommaviy musiqa asbobiga aylanadi. Betxoven pianinodan eng ko‘p samara undirgan dastlabki bastakor edi: uning musiqasi fortepyanoning yanada past, yanada teran, yanada kuchli sadosini talab qiladi.