Hamshiralik ishi asoslari, rivojlanish tarixi , hamshiralik jarayoni.
Hamshiralik ishi asoslari, rivojlanish tarixi , hamshiralik jarayoni.
Reja :
1.“Hamshiralik ishi asoslari” fani uning vazifalari va klinik fanlar orasida tutgan o‘rni.
2.Tibbiyotning paydo bo‘lishi, hamshiralik ishining rivojlanish tarixi.
3.Hamshiralik jarayoni to‘g‘risida tushuncha.
“Hamshiralik ishi asoslari” fani tibbiyot hamshirasiga bemorlarni davolash va parvarish qilishning nazariy va amaliy yo‘l – yo‘riqlarini , tibbiyot odob axloq qoidalarni , kasallikning oldini olish va odamlar salomatligini saqlash vazifalarni o‘rgatadi. Ushbu fanning nazariy qismi bo‘lajak xamshiralarga axloq , odob, burch , xuquq va masulyat , sanalogiya asoslarini bayon etsa , amaliy qismi bevosita bemor oldida o‘zini tutish , davolash – diagnostika muolajalarni bajarish , bemorlarni parvarish qilish va og‘ir xolatlarda bemorlarga yordam berish yo‘l yo‘riqlari xaqida malumot beradi.
“Hamshiralik ishi asoslari ” fani hamshiraning odamlarga , oilaga , guruxlarga jismoniy aqliy va ijtimoiy salomatlik , hamda ularning ijtimoiy ekalogik muxitda farovonlikka erishishga yordam berish , insonlarni o‘z sog‘ligi xaqida qayg‘urishga undash , Salomatlikni bus butun saqlash va mustaxkamlash , kasalliklarning oldini olish kasallikning bemor shaxsiga salbiy tasirini yengillashtirish yoki iloji boricha kamaytirish ishlarini qanday amalga oshirish lozimligini xam yoritib beradi .
Ana shularni xisobga olgan xolda “Hamshiralik ishi asoslari” fani boshqa klinik fanlar orasida muxim o‘rin egallab , ushbu fanlar uchun poydevor vazifasini bajaradi.
1991 yildan boshlab tibbiyot bilim yurtlarida 0408 raqamli “ Hamshiralik ishi ” mutaxasisligi joriy etildi va unga oid malaka tavsifnomalari xam ishlab chiqildi.
2001 – yilga kelib O‘zbekiston respublikasining “Talim to‘g‘risida” gi “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari xamda vazirlar maxkamasining 1998- yil 5- yanvardan b sonli “ Uzluksiz talim tizimi uchun davlat talim standartlarini ishlab chiqish va joriy qilish to‘g‘risidagi ” qarori asosida “Hamshiralik ishi” yo‘nalishi bo‘yicha kichik mutaxassislarni tayyorlash maqsadida tarmoq standarti ishlab chiqildi va joriy yetildi. Ushbu tarmoq standartida mutaxasisning kasbiy tavsifnomasi xaqida to‘liq malumotlar keltirildi . Tavsifnomada tibbiyot hamshirasi bilishi va bajara olishi shart bo‘lgan vazifalar , xamda unga qo‘yilgan talablar o‘z aksini topgan. “Hamshiralik ishi asoslari” fanini o‘rganish davomida talabalarning tavsifnomadagi barcha shartlarni to‘la –to‘kis egallashlariga erishiladi.
“Hamshiralik ishi asoslari” fani o‘qitilishi jarayonida aksari amaliy mashg‘ulotlar bevosita kasalxonalarda , bemor ishtirokida va aynan bemorning o‘zida bajarib o‘rgatilishiga xarakat qilinadi. Shunday ekan mashg‘ulotlar o‘tilayotganda talabalarning bemorlar bilan munosabatlaridagi extiyotkorlik talablariga aloxida etibor berish lozim. Chunki xar bir bemor qanday xolatda bo‘lishidan qati nazar , o‘ziga qarayotgan talaba yoki hamshiraga sinchikovlik bilan etibor beradi. Uning kiyinishi , o‘zini tutishi , xulqi so‘zlashuv odobidagi xar qanday kamchiliklardan qattiq tasirlanadi. Masalan, bemorning ajratmalaridan xazar qilish , jerkib berish , kamsitish , tashqi qiyofasiga zo‘r berib , bemorni etibordan chetda qoldirish , axloq va deontologiya qoidalarini qo‘pol ravishda buzish albatta izsiz qolmaydi . Hamshiralik kasbini egallamoqchi bo‘lganlar odamlar oldidagi masuliyat va ishonchni to‘la xis yetishlari lozim .
Polyak shifokori Beganskiy aytganidek , — “Insoniy muxtojlikka befarq qaraydigan, yumshoq muomala qilishni bilmaydigan , xamma joyda va xamisha o‘zini tuta bilish uchun iroda kuchi yetishmaydigan kishi yaxshisi boshqa kasbni tanlagani maqul , chunki u xech qachon yaxshi tibbiyot xodimi bo‘la olmaydi”.
Xamshiralik ishi falsafasi .
Xamshiralik ishi falsafasi jaxonga tibbiyot xamshirasi nuqtai nazaridan yondoshiladigan g‘oyalar tizimidir . U xamshiraning faoliyati xamda uning shaxsiy va kasbiy maxoratga bo‘lgan dunyoqarashlarini aks ettiradi . Albatta , ushbu falsafa negizida o‘zining biologik , ruxiy , sotsial va boshqa qator talablari bilan bemor shaxsiyati yotadi. Uning asosiy tamoyili bemor xayoti va xuquqlariga xurmat bilan qarashdir. Hamshira xar qanday murakkab xarakterdagi shaxs bilan o‘zaro muloqotda bo‘lishi xamda unga tibbiy xizmat ko‘rsatishga tayyor turishi lozim. Bu uning kasbiy maxorati ko‘rsatkichlaridan biri xisoblanadi. U xar bir bemorning o‘tmishi , bugungi kuni va ertangi kuniga , xayotiy qadryatlari , odatlari, dunyoqarashi va diniy etiqodiga nisbatan xurmat bilan qarash muxitini yaratadi.
Tibbiyot xamshirasining bemor bilan o‘zaro munosabatlarining asosiy tarkibiy qismlaridan biri – uning axloqiy kodeksidir . U tibbiyot xamshirasi faoliyatini baxolaydi va xulqning asosiy tamoyillarini yoritadi , yani kasbining maqsadi , majburiyatlari va qadryatlarini aks ettiradi. Xamshira mazkur chegara doirasida axloqiy meyyorlarga mos keluvchi qarorlarni qabul qilishi va jamiyat , xamkasblari xamda o‘z kasbi bo‘yicha yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi lozim.
Xar qanday kasb kabi tibbiyot xamshirasi ishi qalsafasi xam doimo nisbatan bo‘lgan fikri muntazam o‘zgarib turgani sababli , tibbiyot xamshirasi kasbi to‘g‘risidagi fikrlar xam o‘zgarib turadi. Hamshiralik ishi falsafasi nafaqat turli xududlar , milliy guruxlar, balki davolash profilaktika va tibbiy – o‘quv maskanlarida xam bir – biridan farq qilishi mumkin.
Hamshiralik ishi falsafasida 4 ta asosiy tushuncha mavjud :
1. Hamshiralik ishi – sanat va fan.
2. Bemorga shaxs sifatida qarash
3. Atrof- muxit
4. Salomatlik
Sanat insonning ruxiy dunyosiga katta tasir ko‘rsatadi . Uning inson umumiy xolati , kayfiyati va salomatligiga ijobiy tasir ko‘rsatishi qadimdan malum . O‘z vaqtida F. Naytingeyl takidlaganidek hamshiralik ishi – parvarishlashga asoslangan eng qadimgi sanatlardan biri va bir vaqtning o‘zida eng navqiron fandir.
Hamshiralik ishi fan sifatida nafaqat tibbiy , balki ruxiy , ijtimoiy , madaniy , tarixiy , xuquqiy va tarbiyaviy bilimlarga suyanadi. Kasbiy faolyati jarayonida ularda malum konseptual yo‘nalish yuzaga kelib , uning asosida xamshiralik ishining keng qamrovli xususiyatlari to‘g‘iladi . Ushbu xususiyatlar hamshiralik ishi nazariy qismini yaratishda mustaxkam asos bo‘lib xizmat qiladi.
“Shaxs” tushunchasi hamshiralik ishi falsafasida aloxida o‘rin egallaydi . Falsafada shaxs muammosi , avvalo insonning jamiyatda egallagan o‘rnini aniqlashdan iborat . Inson – yaxlit , xarakatda bo‘lgan , o‘z – o‘zini boshqaruvchi biologik tizim , yani fiziologik , ruxiy ijtimoiy va manaviy extiyojlar majmui bo‘lib , ularni qoniqtirish , o‘sish , rivojlanish , atrof – muxit bilan o‘zaro bog‘lanishga olib keladi. Biologik , ruxiy , ijtimoiy va manaviy omillar birgalikda insonni yaxlitlikka namoyon qiladi . Ular barcha insonlarga xos bo‘lsa xam , lekin aloxida olingan xar bir bemor o‘tmishi , bugungi kuni , xayot qadryatlari , urf – odatlari va qarorlariga xurmat bilan munosabatda bo‘lishi lozim.
Malumki , atrof – muxit inson va uning faoliyatiga doimo tasir ko‘rsatib kelgan . O‘z vaqtida Gippokrat insonning jismoniy va manaviy xususiyatlari shakllanishida atrof – muxit tasiri muxim axamiyatga ega ekanini aloxida takidlab o‘tgan . U ushbu omillarni ( iqlim , ob – xavo , shamol yo‘nalishlari, suv va tuproq xolati , inson yashayotgan xudud, turmush tarzi, urf – odatlar , mamlakat qonunlari , davlat tizimi shakllari va boshqalar) inson tanasiga tasir qilishi nuqtai nazaridan turli guruxlarga ajratadi. Shuningdek , dunyoga mashxur tibbiyot xamshirasi F. Naytingeyl xam kasalliklarning oldini olish va sog‘liqni saqlashda atrof – muxit tasirini muxim omil deb xisoblagan.
Atrof muxit – bu inson xayot kechiruvchi tabiiy , ijtimoiy , ruxiy va manaviy omillar va sharoitlar majmuasidir. Quydagilar uning tarkibiy qismlari xisoblanadi:
— Tabiiy omillar o‘z ichiga geografik xolat , iqlim, xavo, suv sifati va boshqalarni qamrab oladi . Ularga qo‘shimcha ravishda texnogen muxitni xam xisobga olish zarur.
— Ijtimoiy – bemor shaxsiga kuchli tasir ko‘rsatuvchi (oila , maktab, do‘stlari, xamkasblari va boshqalar) omillar.
— Manaviy – inson xulqi va uning boshqalar bilan o‘zaro munosabatlarini qamrab oladi (til , udumlar , odatlar, diniy qarashlar muomala va boshqalar).
Tibbiyot xamshirasi bemor bilan o‘zaro munosabatlarini bemor o‘sib ulg‘aygan , istiqomat qilayotgan va faoliyat ko‘rsatayotgan atrof muxitni xisobga olgan xolda tuzadi. Yashash muxiti inson xulqi va jismoniy xolatiga demak ularning kasalliklari va salomatliklariga xam o‘z tasirini ko‘rsatadi .
Jaxon sog‘liqni saqlash tashkiloti ekspertlari 1947 yilda salomatlik tushunchasi deganda insonda nafaqat kasallik yoki nogironlikning yo‘qligi , balki to‘la – to‘kis jismoniy , ruxiy – ijtimoiy barkamollikni nazarda tutganlar. Bazan salomatlik nimadan iborat ekanligini aniqlash qiyin , lekin u doimiy xarakatdagi jarayon ekanligini xisobga olish lozim. Tibbiyot xamshirasi yer yuzidagi eng insonparvar kasblardan biri xisoblanadi . U – xamdardlik , beg‘arazlik , sabr – toqat , sezgirlik , diqqat – etibor , ko‘ngilchanlik , mexr – muruvvat kabi ijobiy xislatlarni o‘zida mujassamlashtirgan kasb. Bular albatta , chuqur bilim va yuqori kasbiy maxorat bilan mustaxkamlanishi lozim.
Davolash jarayonida tibbiyot xamshirasi muxum o‘rin egallaydi . Vrach ko‘rsatmalarini bajarish , og‘ir axvoldagi bemorlarni parvarishlash , ko‘p sonli , bazan murakkab muolajalarni amalga oshirish – bularning barchasi o‘rta tibbiyot xodimlarining bevosita vazifalari xisoblanadi. Shuningdek , ular bemorni tibbiy tekshiruvlarda , jarroxlik amaliyotlariga tayyorlashda bevosita ishtirok etadi xamda kuzatib boradi. Bularning barchasi tibbiyot hamshirasidan nafaqat kasbiy , balki manaviy va axloqiy sifatlarni , bemor va uning qarindoshlari bilan ijobiy aloqa o‘rnata olish qobilyatini talab etadi. Bemorlarga bazan turli dori – darmonlardan ko‘ra tibbiyot xamshirasining sezgirligi , manaviy qo‘llab – quvvatlashi , ko‘ngil iliqligi ko‘proq zarur bo‘ladi. Uzoq o‘tmishda tibbiyot xamshiralarini “mexr muruvvat singillari” deb nomlashgani bejiz emas . Bu nomda ular faolyatining nafaqat kasbiy , balki manaviy tomonlari xam ifodalangan. Tibbiyot xamshirasining vazifasi aniq shaxslar , oilalar va inson guruxlariga ularni o‘rab turgan atrof – muxit sharoitida jismoniy aqliy va ijtimoiy salomatlikka erishishlarida ko‘mak berishdan iborat.
Tibbiyotning paydo bo‘lishi.
Meditsina ( lot.medicina — davolayman ), tabobat , tibbiyot – insonlar sog‘lig‘ini saqlash va mustaxkamlash , umrni uzaytirish , kasalliklarning oldini olish , davolash xaqidagi bilimlar va shu soxadagi amaliy tadbirlar majmui. Zamonaviy tibbiyotning kelib chiqishi uzoq tarixiy davrlarni va turli dunyoqarashlarni o‘z ichiga oladi : turli kasalliklar , ularni davolash va oldini olish xaqidagi bilimlar asosi xalqimizning tajriba va kuzatishlari orqali malum bo‘lgan . Tabobat kurtaklari odam paydo bo‘lgan davrdan boshlab yuzaga kelgan. “ Meditsina faoliyati — dastlabki odam bilan tengdosh” – deb yozgan edi I.P. Pavlov. Insoniyat o‘z xayoti davomida tabiyatning turli salbiy tasirlarga uchragan va ana shu tasirlar natijasida turli kasalliklarga chalinganlar. Yashashuchun kurash jarayonida turli shikastlanishlarga duch kelingan . Tabiiyki inson bunday aziyatlarni bartaraf etish choralarini izlay boshlagan va ular orasidan kuzatuvchan va bilimlilari ushbu masalani xal etish yo‘llarini topganlar . Turli giyoxlar , kukunlar , malxamlardan foydalanib bemorlarni davolay boshlaganlar. Natijada asta — sekin odamlar orasidan davolash ishlari bilan shug‘ullanuvchi kishilar tanila boshlagan . Bunda davo choralari birday ko‘rsatilgan. Lekin quldorlik tuzumi boshlanishi bilan odamlar orasida tabaqalanish yuzaga keldi . Malum kasb yegalari o‘z kasblari orqasidan kun kechirishga majbur edilar . Bunday og‘ir sharoitda yashay boshlagan axoli orasida kasalliklar ko‘payib , ularni davolovchilar malakasi xam kun sayin oshirib bordi. Quldorlik tuzimi davrida asosan uqalash , suv muolajalari, badantarbiya va boshqalarga ko‘proq etibor berilar , jarroxlik usullari , masalan , kesarcha kesish ( qorin devori va bachadonni kesib xomilani olish) xamda boshqa uncha katta bo‘lmagan operatsiyalar qilinar edi. Bu davr shifokorlik kasbining shakillanishida tibbiyot allomasi Buqrot (Gipokrat )ning (miloddan avvalgi 460-377- yil) xissasi nixoyatda katta . U ko‘pgina kasalliklarning tashqi belgilari , kasallikning kelib chiqishiga bemorning turmush tarzi , atrof – muxit va iqlimning tasirini tasvirlab bergan , u o‘zining mijoz va gavda tuzilishi turlari xaqidagi talimoti bilan bemorlarni davolash va unga tashxis qo‘yishda o‘ziga xos yondashishga asos soldi. Albatta o‘sha vaqtda davo ishlari ilmiy asosda bo‘lmagan , muolaja ayrim azolar va ularning fiziologik vazifasini aniq bilishga asoslanmay , orgpnizmdagi 4 xil xilt (shilliq , qon , sariq va safro) ning o‘zgarishiga qarab belgilangan. Odam tanasining tuzilishi va funksiyasini o‘rganishga oid dastlabki tadqiqotlar miloddan avvalgi 3- asrdayoq paydo bo‘lgan . Aleksandriyalik vrach Gerofil va Erazistratlar murdani yorib ko‘rishgan , xayvonlarda turli tajribalar o‘tkazishgan. Yuqoridagi yutuqlar natijasida tibbiyotda anchagina siljish yuzaga kela boshladi , lekin axoli orasida ko‘payib borayotgan kasalliklarni davolash jarayonida yana bir shaxsning yetishmayotganligi sezila boshladi . Bu davolovchining yaqin ko‘makdoshi , buyurilgan vazifalarni vaqtida bajaruvchi va bemor bilan bevosita muloqotda bo‘luvchi hamshira edi.
Hamshiralik ishining rivojlanishi .
Hamshira paydo bo‘lishi bilan uning zimmasidagi vazifalar ko‘lami xam tobora kengayib bordi. U nafaqat buyirilgan vaziqalvrni bajaruchi , balki qabulga keluvchilar bilan muloqotda bo‘luvchi , bemorni parvarish qiluvchi – hamshiralik ishining amalga oshiruvchi kishiga aylanadi. Xozirgi kunda hamshiralik ishining qadimda qanday paydo bo‘lganligi va rivojlanganligi xaqida juda ko‘p tadqiqotlar olib borilmoqda . Odamlarni kasalliklarni oldini olish va salomatligini saqlash muammolari doimo qiziqtirib , o‘ylantirib kelgan . Ular o‘z kasalliklarini davolash yo‘llarini aniqlashga xarakat qilishgan . Shulardan kelib chiqqan xolda hamshiralik ishining paydo bo‘lishi va rivojlanishida tibbiy yordam ko‘rsatishning uch sistemasi katta axamiyatga ega .Birinchi sistema – yuqorida bayon etilgan qadimgi ananaviy (xalq tabobati) yordam ko‘rsatish sistemasi bo‘lib , bunda asosiy o‘rinni tabiblar va mutaqil davolovchilar egallashgan, ularning faoliyati davolashga qaratilgan . Yordam ko‘rsatishning ikkinchi sestemasi diniy qarashlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lib , bu yetim — yesir , beva –bechoralarni davolashni tashkil etishni o‘z ichiga olgan. Ana shu sistemada hamshiralik ishining ilk kurtaklari yuzaga kelgan va bunda bemorlar va kambag‘allarga birinchi navbatda yordam ko‘rsatilgan . Birinchi sestema xozirgi Yovropa meditsinasi sifatida tan olingan , ikkinchi sistema esa 1300-1450- yillargacha rivojlanib kelgan. Ikkinchi sistema faoliyati davom eta borib , uchunchi sistema — yani davolashga asoslangan va amaliy tibbiyotga etibor kuchaygan sistemaga aylangan . Qo‘lga kiritilgan yangiliklar , ixtirolar yordam ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirib hamshiraning vrachlarni yordamchisi sifatidagi axamiyatini oshirdi. Qrim urushidan so‘ng Florens Naytingel o‘zining aniq va tartibli yozuvlari va kundaliklari , biografik malumotlarini chop etish bilan birga xamshiralar tayyorlashning birinchi tashkilotchisi bo‘ldi. Lekin hamshiralarni tayyorlash va o‘qitishda umumiy tibbiyot xodimlari va vrachlar xukmronlik qilib kelishgan . Bu esa hamshiraning vrachga va umumtibbiyot talablariga tobe bo‘lib qolishga sababchi bo‘lgan . Hamshiralar faqat kasalxonalarda ishlash uchungina kerak deb xisoblanar edi. XIX asrning oxirlariga kelib hamshiralik ishiga qiziqishning ortishi 1899 – yilda Halqaro Hamshiralar (Kengashi ) Assosiatsiyasi tashkil etilishiga olib keldi. 1900 – yilda Kengashning Nizomi qabul qilindi va uning birinchi prezidenti etib angilyalik hamshira Bezfard Fenvik saylandi. Ushbu tashkilot tashabbusi bilan 1971 – yildan boshlab 12- may ( F. Naytingeyl tug‘ilgan kun ) “ Hamshiralar kuni ” sifatida bayram qilib kelinadi . Ushbu kengashning faoliyat turlari – hamshiralik talimi , hamshiranin vazifalari , ish sharoiti va xamshiralarga bo‘lgan munosabat XHA(Xalqaro Hamshiralar Assosiatsiyasi )ning etikaviy kodeksini tasdiqlash , xamda uning ko‘magida xalqaro konfirensiyalar o‘tkazishdan iborat . Konferensiyalar 4 yilda 1 marta o‘tkazib turiladi. Xozirgi kungacha ushbu kengash xamshiralik ishini takomillashtirish va xamshiralar ishida tub o‘zgarishlar yasashga xissa qo‘shib kelmoqda . Raxbarlik lavozimlarining xamshiralarga xam yuklanishi , tashkilotchilik ishlari bilan shug‘ullanish xam xamshiralik ishi mavqeini yanada oshirishga sabab bo‘lmoqda . Hamshiralik ishining nazariy va ilmiy – tadqiqot ishlari bo‘yicha yo‘nalishlari yaratilib , hamshiralar mustaqil ravishda o‘zlarining nazariy qarashlariga , o‘z faoliyatlari davomida uni rivojlantirish imkoniga ega bo‘lmoqdalar.
Hamshiralik ishining asoschilari. F. Naytingeyl va V. Xenderson ta’limoti
Ayollar tabiatan mehr ko‘rsatishga, parvarishlashga yaqin bo‘ladi, ular o‘z bolalari, yaqinlarini, kasalmandlar, behollarni mehr bilan parvarish qilib keladi. Shu tufayli ham kasalmand, xasta odamlarga yordam berish, ularni parvarishlash uchun ko‘proq ayollar jalb etiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada Pyotr II davrida birinchi bo‘lib ayollar mehnatidan foydalana boshlangan. Pyotr II farmoniga ko‘ra, 1715- yil¬da tarbiya uylari tashkil etilib, u yerda ayollar xizmat qilishi lozim bo‘lgan. Biroq keyinchalik bu vazifaga ayollar jalb etilishi to‘xtatilib, u iste’fodagi askarlar zimmasiga yuklatilgan. Keyinchalik fuqarolik kasalxonalarida yana ayollar mehnatidan foydalanila boshladi. Bu faoliyatni birinchi bo‘lib kasalxonadagi harbiylarning ayollari va bevalari boshlab berdi. Bu davrdan kasalxonalarda bemorlarni parvarish qilish uchun maxsus hamshiralar bo‘lmagan, shuning uchun hamshiralik ishi 1803- yildan boshlangan deb hisoblanadi. Shu yili Moskva va Peterburgda tarbiya uylari qoshida harbiy xizmatdagi askarlarning bevalari, keksa va uysiz ayollar uchun «bevalar uyi» tashkil etildi.
1818- yilda Moskvada «Mehr-muruvvatlik» deb atalgan beva ayollar instituti tashkil qilindi, kasalxonalarda esa kasal boquvchilarga maxsus kurs tashkil etildi. Darslarni shifokorlar X.Oppel kitobi bo‘yicha o‘qitishar edi. Tibbiyot xodimlari uchun birinchi qo‘llanma bemorlar parvarishiga bag‘ishlangan bo‘lib, u 1822- yilda rus tilida nashr etildi.
X.Oppel qo‘llanmasida bemorlarni parvarish qiladigan xodimlarni tanlab olish yo‘llari ko‘rsatilgan. Ularning jismonan va aqlan yetukligi, ma’naviy deontologiyasi hisobga olingan. Og‘ir yotgan bemorlar, sog‘ayayotgan, jarohatlangan, hayoti so‘nib borayotgan, yangi tug‘ilganlar va boshqa bemorlarning parvarishiga alohida e’tibor berilgan. X.Oppel bemorlarning sanitariya-gigiyena sharoitiga katta e’tibor bergan. Asosiy tibbiy muolajalarning barcha usullari va dori-darmon qabul qilish yo‘llari ko‘rsatilgan. 1844-yilda buyuk knyagina Aleksandra Nikolayevna va malika Tereza Oldenburgskaya tashabbusi bilan Peterburgda «Ko‘ngilli hamshiralar» tashkiloti tuzildi. U Rossiyadagi hamshiralarning birinchi mehrshafqat tashkiloti bo‘lib, «Svyato-Troitskaya» deb nomlandi. Bu tashkilotga yoshi 20 dan 40 gacha bo‘lgan ayollar va qizlar qabul qilingan. Avvaliga o‘qish gospitallarda o‘tkazilib, keyin- chalik tashkilotning o‘zida shu yerdagi shifokorlar tomonidan olib borildi.
Hamshiralar bu yerda bemorlarni parvarish qilishni, bog‘lamlar qo‘yishni, farmatsevtika va retsepturani o‘rgandilar. Ular kasalxonalarda va shaxsiy xonadonlarda bemorlarga yordam berar edilar. N.I. Pirogov 1845—1856- yillarda shu hamshiralar tashkilotining kasalxonalarida vaqt- vaqti bilan operatsiya va murdalarni yorib ko‘rish ustida tajriba o‘tkazardi. 1847- yidda birinchi bor shu tashkilotda o‘qigan 10 ta ayolga «shafqat hamshiralari» nomi berildi. Bu tashkilot homiylar mablag‘i hisobiga yashar edi. Jamiyatning shafqat hamshiralariga ehtiyojini qondirish uchun Peterburg, Odessada ham shunday tashkilotlar tuzildi. 1850-yilning oxirida Moskvada oddiy xalq uchun mo‘ljallangan kasalxonada Voznessenskiy ibodatxonasining monaxlari ishlashar edi. Lekin 1853—1856- yillarda Qrim urushi vaqtida hamshiralarga talab katta bo‘ldi. 1854- yili oktabr oyida Sevastopol birinchi bor o‘qqa tutilgach, ingliz ,fransuz ,turk qo‘shinlari tomonidan deyarli bir yil qamal qilindi. Xuddi shu oyning o‘zida imperator Nikolay II ning singlisi Yelena Pavlovna o‘z mablag‘iga Peterburgda nafaqat jarohatlarni bog‘lash punktida, balki harbiy gospitallarda ham kasal va yarador jangchilarga g‘amxo‘rlik qiluvchi shafqat hamshiralarining «Krestovoz dvijenskaya jamoasi»ni tashkil qildi. Uyushmada tarbiya topganlardan 28 tasidan 3 ta otryad tuzib, Qrimga jo‘natildi, ularni N.I.Pirogov 3 guruhga bo‘ldi. 1854- yil noyabr oyi oxirlarida birinchi otryad Qrimga yetib bordi. Bu otryadning boshlig‘i A.P. Staxovich edi. 1855- yil yanvarda Merkulova boshchiligidagi shafqat hamshiralarining ikkinchi otryadi Sevastopolga yetib bordi. Uchinchi otryadning boshlig‘i E.M. Bakunina edi. N.I. Pirogov hamshiralarni quyidagi guruhlarga taqsimladi:
— operatsiya vaqtida shifokorlarga yordam beruvchi, jarohatlarni bog‘lab qo‘yuvchilar;
— dori tayyorlovchi, saqlovchi va tarqatuvchi — dorixonachi hamshiralar;
— tozalikni, ichki kiyim, choyshab va jildlar almashtirilishini, xo‘jalik ta’minoti va xizmatini nazorat qiluvchi hamshira bekalar.
Ular operatsiya vaqtida va jarohatlarni bog‘lashda, dori-darmon tayyorlashda, uni saqlash va tarqatishda, ozodalik, o‘rin-ko‘rpa, jildlar va kiyim-kechak almashtirishda, xo‘jalik ishlarida shifokorlarga yordam bera boshladi. Ko‘pchilik hamshiralar ich terlamadan vafot etardi, ayrimlari yarador bo‘lar yoki kontuziyaga uchrar edi. Shunga qaramay, barchasi xavf-xatar va qiyinchiliklarga mardonavor chidab, hech qanday t ta’nasiz kasal va yarador jangchilarga yordam berar edi.
«Krestovozdvijenskaya jamoasi»ning birinchi hamshiralari to‘ppa- to‘g‘ri Qrim kompaniyasi oloviga kirishiga to‘g‘ri keldi» — deb yozgan edi N.I. Pirogov.
«Agar ular bundan keyin ham xuddi shunday harakat qilsalar, shubhasiz, ko‘p foyda keltiradilar. Ular tunu kun, navbatma-navbat gospitallarda bo‘lib, jarohatlarni bog‘lashda yordam berdilar.
Ozoda kiyingan ayollarning hozir bo‘lishi va chin dildan yordam berishi kulfat va iztiroblarning og‘rig‘ini kamaytiradi». Shafqat hamshiralari jahon tarixida birinchi bor bevosita janggohlarda yarador va kasallarga yordam bera boshladilar.
M. Bakunina hamshiralik ishini boshlab bergan va Rossiya tibbiyotining yaratuvchisi edi. U jamoadan ketgandan so‘ng, o‘z qishlog‘ida — Tver guberniyasida o‘z mablag‘iga dehqonlar uchun kichik statsionar ochdi, juda kerak bo‘lganda u shifokorlarga o‘z hisobidan murojaat etar edi. 1877- yilda 65 yoshli E.M. Bakunina Rossiya Qizil Xoch jamiyati taklifiga binoan mehr-shafqat hamshirasi otryadi ishlariga boshchilik qilish uchun yana Kavkaz urushiga yuboriladi.
Butun dunyoda hamshiralik ishining asoschisi, angliyalik shafqat hamshirasi Florens Naytingeyl
(1820—1910)
Florens Naytingeyl (1820—1910) hisoblanadi. U yoshligidan odamlarga yordam berib, ularni kasallik va o‘limdan ogohlantirishdek va xolis yordam qilishdek muqaddas ishga o‘zini bag‘ishlashni insoniy burch deb hisobladi. U 20 yoshidayoq hamshira bo‘lishni orzu qildi.
Ammo uning orzulari o‘sha vaqtlarda amalga oshmas edi, chunki jamiyat hamshiralarni go‘yoki rad qilib bo‘lmaydigan dalillar bilan yengil tabiatli ayollar qatoriga kiritgan edi.
U diniy kitoblardagi ruhiy, jismoniy xastalarga yordam berish savob ekanligi haqidagi fikrlarga tayanib, bemorlarga qarashni, kasalxonalarga kirishni, bolalarni tarbiyalashni davom ettirdi. «Changalzorda yashovchilar» kitobini o‘qigandan keyin u orzusiga yaqinlasha boshlaydi, faqat 33 yoshida, kasalxonada tajriba orttirgandan so‘ng, unga yetishadi va «shafqat hamshirasi» katolik muassasasini boshqara boshlaydi. 1853-yilda Florens Naytingeyl Londondagi nasl-nasabi aslzoda bo‘lgan xasta ayollar davolanadigan muassasada nazoratchi bo‘lib ishlaydi.
Uning vazifasi — hamshiralar ishini kuzatish, tibbiyot asbob-uskunalari holatini va dori-darmon tayyorlashni nazorat qilishdan iborat edi. Muassasa juda namunali bo‘lsa ham, Florens Naytingeyl fikricha, hamshiralar tayyorlaydigan maxsus maktablar ochish zaruriyati borligini taklif qiladi.
Ammo 1854- yilda Turkiya bilan Rossiya urushayotgan bir vaqtda Angliya qo‘shini Turkiyaga yordam berish uchun Qrimga ko‘chib o‘tadi. Sevastopol yaqinidagi janglardan so‘ng, Angliyaning «Tayms» gazetasida yozilishicha, Angliya askarlari kasal va yaradorlarga hech qanday yordam bermasdan, ularni Skutari (Konstantinopol yaqinida) Angliya harbiy gospitaliga yuboradi. Shu vaqtda Turkiyaga (1854- yilning 21- oktabrida) Florens Naytingeyl boshchiligida 38 ta tibbiyot hamshirasidan iborat otryad keladi.
U gospitalda ishlab, agar gospital va kazarmalarda tozalik yaxshilansa, minglarcha odamlarning umrini saqlash va tuzatish mumkin, degan xulosaga keladi.
Jamoat ishlari bilan bandligiga qaramasdan, u kechasi bemorlarga yordam berar edi. Florens 1856- yil iyul oyida 36 yoshida butun olamga mashhur bo‘lib (Angliyaga) qaytadi.
1857- yilda Naytingeylning «Angliya armiyasida sog‘liqni saqlash, gospitallarni unumli boshqarish masalalari bo‘yicha mulohazalar» kitobidagi mulohazalar natijasi o‘laroq, qirol harbiy-tibbiy hay’ati tuziladi. Kazarma va harbiy gospitallarning sanitariya holatini yaxshi- lashga oid islohot o‘tkaziladi.
Bundan tashqari, harbiy-tibbiy bilim yurti ochilib, hamshira faoliyatiga yuqori darajali talablar qo‘yuvchi maxsus o‘quv dasturlari ishlab chiqiladi.
Florens Naytingeyl doim bemorlar parvarishiga qaytishni istar edi, lekin Qrimdan qaytgandan so‘ng og‘ir xastalanib qoladi.
Xastalik uzoq davom etadi, holsizlanganligiga qaramay, o‘zining mashhur «Parvarish haqida xotiralar» ini yozadi.
Unda hamshiralik ishiga kasb sifatida tushuncha beradi, uning shifokorlik kasbidan farqini izohlaydi.
Uning modeli bo‘yicha avvaliga Yevropada, so‘ngra Amerikada birinchi hamshiralar maktabi tashkil qilinadi.
Angliyada bu qahramon ayol sharafiga yig‘ilgan mablag‘ hisobiga shunday maktab ochiladi.
Hozirgi vaqtda ham Naytingeyl yozib qoldirgan kasbiy qadriyatlar o‘zgarmay kelyapti.
Xalqaro Qizil Xoch jamiyati 1912- yili Florens Naytingeyl medalini ta’sis etdi .
Florens Naytingeyl medali
Harbiy harakatlar sohasida qahramonlik ko‘rsatgan hamshiralar ana shunday medal bilan taqdirlandi. Ikkinchi jahon urushi davrida sobiq ittifoqdan 46 hamshira bu medalga sazovor bo‘lgan. Toshkent shahar 4- bolalar poliklinikasining hamshirasi Matluba Eshonxo‘jayeva ham o‘z fidoiy mehnati uchun O‘zbekistonda birinchi bo‘lib bu medal bilan mukofotlangan.
Bemor va yaradorlarga najot bag‘ishlovchi, insonlar qalbida tug‘ilgan bag‘rikenglik, mehrshafqatni e’tirof qilish kerak. Qrim urushidagi hamshiralarning shijoat bilan ishlashidan ta’sirlangan shveysar Anri Dyunan yaradorlarga xalqaro xususiy va ko‘ngilli yordam ko‘rsatish tashkiloti tuzish haqida o‘ylar edi. Uni bir tomondan, Florens Naytingeyl, ikkinchi tomondan «Krestovozdvijenskaya jamoasi» faoliyati hayratda qoldirgan edi. 1859- yili Fransiya, Italiya, Avstriya urushida u tasodifan Italiyaning Solferino manziliga borib qolgan vaqtidagi manzara ko‘z oldida muhrlanib qoldi: jarohatlanganlar, o‘z vaqtida yordam bera olinmaslik, yordamsiz hayoti zavol topayotganlar Anri Dyunanni dahshatga soldi. 1862- yilda u «Solferino haqida esdaliklar»ni chop etdi va urushda zarar ko‘rganlarga yordam berish Xalqaro tashkilotini tuzishga qat’iy qaror qildi. 1863- yili Shvetsariyada yaradorlarga doimiy Xalqaro yordam komiteti tuzildi va u 1876- yildan boshlab Xalqaro Qizil Yarim Oy qo‘mitasi deb nomlana boshladi. Shu zaylda birinchi milliy jamiyatlar tuzildi. 1864-yili diplomatik konferensiyada jang maydonidagi yaradorlarning ahvolini yaxshilash bo‘yicha birinchi Jeneva konvensiyasi qabul qilindi. Bugungi kunda to‘rtta konvensiya qabul qilingan. Konvensiya quyidagilarni:
— jang maydonidagi yarador va kasallarni;
— dengizdagi kema halokatidan zarar ko‘rgan yarador va kasallarni;
— harbiy asirlarni;
— harbiy to‘qnashuvlar vaqtida jabr ko‘rgan mahalliy fuqarolarni himoya qiladi.
Buni to‘ldiruvchi ikkita qo‘shimcha bayonnoma qabul qilingan. Qizil Xoch Xalqaro qo‘mitasi tez orada kuchli, rivojlangan tashkilotga aylandi. Lekin u avvalgidek harbiy to‘qnashuvlar vaqtida zarar ko‘rganlarga yordam ko‘rsatish muammolari bilan shug‘ullanmaydi. Hozirgi vaqtda 150 ta Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy milliy jamiyatlari mavjud. Asosiy vazifasi — harbiy to‘qnashuvlar vaqtida yordam ko‘rsatish bo‘lishiga qaramay, ular endi tinchlik vaqtida ham faoliyatini amalga oshiradi: donorlik, kasallikning oldini olish, qochoqlar, muhtojlarga yordam berish, birinchi yordam ko‘rsatish, tabiiy ofatlardan zarar ko‘rganlarga yordam ko‘rsatish kabi yo‘nalishlar bilan boyidi.
Virjiniya Xenderson Amerikada 1897— 1997- yillarida yashab, tibbiyot sohasining rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shgan. XX asr boshlarida yuqumli kasalliklar keng tarqalgan bo‘lib, insonning eng muhim ahamiyatga ega bo‘lgan muammolaridan hisoblangan. Jumladan, terlama, chechak, ichterlama, bolalar dizenteriyasi kabi kasalliklar avj olgan bo‘lib, buning oqibatida ko‘plab insonlar nobud bo‘lgan. V. Xenderson o‘sha davrdagi hamshiralik parvarishi muammolarini aniqlab, hamshirani shifokor assistenti yoki doimo takrorlanadigan ishni bajaruvchi shaxs emas ekanligini isbotlagan va shu bilan birgalikda o‘zining hamshiralik parvarishi ta’limotini ishlab chiqqan.
V. Xenderson: «Hamshira mustaqil va erkin fikrlay oladigan mutaxassis bo‘lishi kerak» deb hisoblagan. U har bir bemorga parvarish jarayonida samimiy, iliq munosabatda bo‘lish juda muhimligini ta’kidlagan. Ko‘pgina insonlar noto‘g‘ri turmush tarzi kechirayotganligi tufayli kasalxonaga tushib qolishini aniqlab, shu asosda inson hayoti uchun muhim bo‘lgan 14 ta asosiy ehtiyojni ko‘rsatib o‘tgan. 1966- yilda hamshiralik parvarishi orqali qondirilishi mumkin bo‘lgan biologik va psixologik, ijtimoiy ehtiyojlariga qaratilgan «Xenderson modeli»ni yaratdi. V. Xenderson uy sharoitida bemorni parvarish qilishni qarindosh-urug‘lariga yoki bemorning o‘ziga o‘rgatish zarurligini ham asoslab bergan.
V. Xenderson hamshiralik parvarishiga quyidagicha ta’rif bergan «Agar insonda yetarlicha jismoniy kuch, xohish va bilim bo‘lsa, ehtimol u boshqalarning yordamisiz sog‘lom hayot kechirishi, sog‘ayib ketishi yoki xotirjam vafot etishi mumkin. Mana shunga yordam berishning o‘zi hamshiralik parvarishining mustaqil ishi hisoblanadi, bunda insonning tezroq mustaqil bo‘lishiga yordam beradigan parvarishni olib borish lozim».
Hamshiralik parvarishida — bemor salomatligining yaxshilanishi va boshqa insonlarning ko‘magiga muhtoj bo‘lmasligiga erishishda yordamlashish alohida o‘rin tutadi.
Xalqaro Qizil Xoch xamda Qizil Yarim Oy jamiyati va ularning xamshiralik ishining rivojlanishida tutgan o‘rni.
Jaxon tibbiyoti tarixida hamshiralik ishi va xamshiralarni tayyorlashda asosiy o‘rinni Xalqaro Qizil Xoch ( krest) va Qizil Yarim Oy jamiyati jamoat arbobi N. I . Pirogov , Fransiyalik Anri Dyunan va angilyalik Florens Naytingeyl tomonidan tashkil etilgan . Qizil Xoch jamiyati xodimlari o‘sha davrda ro‘y berayotgan urushlarda yaradorlarga yordam berish uchun shavqat xamshiralarini tayyorlagan . Yaradorlarga jang maydonida va kasalxonalarda yordam berish ishining yaxshi emasligini anglab yetgan N.I .Progov 1844- yili Peterburgda Krestovozdvijensk hamshiralar uyushmasini tuzdi. Shafqat hamshiralari XIX asrning qonli urushlari bo‘lmish Qrim urushida (1854 — 1856) qaxramonlik ko‘rsatdilar . Bu uyushmada taxsil olgan birinchi shavqat hamshirasi Dasha Sevastopolskayadir . Shunday qilib , Qizil Xoch jamiyati xodimlari raxbarligada hamshiralar tayyorlash ishi yo‘lga qo‘yildi .
O‘zbekistonda Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy jamiyati 1925 yilda tashkil etilgan , bo‘lsa-da u 1992 — yilda mustaqil Milliy jamiyat maqomiga erishdi . 1995 – yilda Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi tomonidan etirof etilib Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy jamiyatlari federatsiyasiga azo bo‘ldi . Xozirgi kunda Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy jamiyati axolining sanitariya madaniyatini oshirish , uni vatan sanitariya mudofaasiga tayyorlash , mexnatkashlarning mexnat va turmush sharoitini sog‘lomlashtirishga xizmat qiladi . Bepul donorlikni targ‘ib qilish va bu ishga axolini jalb etish shular jumlasidandir .
Xalqaro Qizil Xoch jamiyati xamshiralik faoliyatida jonbozlik ko‘rsatgan fidoyi xamshiralik uchun o‘zining yuksak unvoni – Florens Naytingeyl medalini tasis etgan . 2- jaxon urishi yillarida O‘zbekiston xalqi shu jumladan Qizil Yarim Oy jamiyatining 17ming azosi front orqasida yaradorlarga 4 mingta xamshira esa bevosita jangoxlardagi jangchilarga – qaxramonlarga yordam ko‘rsatadilar . Ularning aksariyati mardlik va jasoratlari uchun turli orden xamda medallar bilan Salima Qublanova , Matluba Eshonxo‘jayevalar Xalqaro Qizil Xoch jamiyatining oliy mukofoti — «Florens Naytingeyl » medali bilan taqdirlandilar . Urushdan keyin ushbu mukofot shuningdek mexr – shavqat xamshirasi Antoniya Pixteyevaga xam berildi .
Qadimgi Sharq va Uyg‘onish davrida O‘rta Osiyo tabobati .
O‘rta asrlarda tabobat ilmi Sharqda jumladan O‘rta Osiyoda xam rivojlana boshladii. Yunon Sanskrit va boshqa qadimiy Sharq tillarida yozilgan tibbiyotga oid asarlarning ko‘pchiligi jumladan , Arastu , Dioskorid va Galenlarning dorishunoslikka oid asarlari ana shu davrda arab tiliga tarjima qilindi.
O‘rta Osiyoda tibbiyotning rivojlanishi xaqida malumot beruvchi yagona manba zardushtiylik dinining qadimiy kitobi «Avesto» bo‘lib uning ilk saxifalari bundan uch ming yil ilgari Xorazmda yozila boshlagan . Yettinchi asrga kelib esa Amudaryo soxilidagi tuya boquvchilar qabilasidan bo‘lgan zardo‘shtiylik dini asoschisi Zardusht tomonidan shakllantirilgan .
Qadimgi Yunon donishmandi Rliniy tabiri bilan aytganda » bir million qo‘shiqdan iborat» bo‘lgan bu kitobda juda qimmatli malumotlar keltirilgan. Ushbu kitobda serfarzandlik ularni ximoya qilishga katta etibor benrilgan egizak tug‘ilgan oilalar tuya bilan mukofotlanib ularga doimiy nafaqa belgilangan .
Xovuz , quduq , ariq suvlarini iflos qilmaslikka katta etibor berilgan anxor va ariq bo‘ylarida mol boqishga otlarni sug‘orishga ruxsat etilmagan , quduq va xovuz suvini iflos qilganlar 400 qamchi kaltaklanish bilan jazolangan . «Xar bir inson o‘zi tug‘ilib o‘sgan mamlakatni muqaddas bilmog‘i shart » deb xisoblangan . «Avesto» da oila pokligi , shaxsiy poklik, bog‘ – rog‘lar xamda qabristonlar barpo etishga xam katta etibor qaratilgan. Shular bilan birga «Avesto» da bola tarbiyasi , inson kamoloti , odob – axloq qoidalariga xam katta etibor berilgan . Unda odam anatomiyasi va fiziologiyasiga oid bazi malumotlar xam keltirilgan .
«Avesto» da mingdan ziyod dorivor o‘simliklar nomi berilgan bo‘lib, unda bemorlarni davolash va dori tayyorlash usullari xam bayon etilgan . Tibbiyot qasamyodi , tabobat ramzi bo‘lib kelayotgan zaxar sochayotgan ilon surati ilk bor ,, «Avesto» da o‘z ifodasini topgan . O‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda fan va madaniyat yuksak darajada rivojlangan bo‘lib bunda tibbiyot ilmiga xam aloxida axamiyat berilgan. Axoli zich yashaydigan joylarda kasalxona , ambulatoriya va dorixonalar ochilgan. Ayrim kasalxonalar tarkibida maxsus oliy tibbiyot dargoxlari barpo etilib , talabalarga tibbiyot sirlari o‘rgatilgan .
Ana shu bilim maskanlarida faoliyat yurituvchi tajribali va chuqur bilimga ega bo‘dgan xakimlar talabalar uchun tibbiy darsliklar va qo‘llanmalar yozganlar.
X-XII asrlarda xorazimlik olimlar shox saroyida tashkil etilgan «Olimlar jamiyati» ga birlashganlar va u jamiyat tarixida «Mamun akademiyasi » nomini olgan . Unga buyuk o‘zbek ensiklopedist olimi Abu Rayxon Beruniy raxbarlik qilgan. Ushbu jamiyatda faoliyat ko‘rsatgan Abu Xanifa ald – Dinavoriy , Abu Mansur Samoniy , Muxammad ibn Samarqandiy kabi mashxur tabib va xakimlar turli kasalliklarning kelib chiqish sabablari , ularning oldini olish , davolash xaqida dorishunoslikka oid ilmiy asarlari va amaliy ishlari bilan Sharqda tibbiyotning rivojlanishiga katta xissa qo‘shganlar .
Sharqning mashxur tabibi , qomuschi olim Abu Bakr ar –Roziy (865-925) ning tabobat soxasidagi asarlari jaxon tibbiyotining shakllanishida ulkan axamiyat kasb etadi.
Ar – Roziyning tabobatga oid eng yirik asari “kitob al – hoviy ” (“Qamrab oluvchi kitob”) deb nomlanadi . Bu kitob Roziygacha tib ilmi soxasida malum barcha malumotlarni o‘z ichiga oladi va xajm jixatidan Ibn Sinoning “Tib qonunlari” dan ham katta hisoblanadi . Abu Bakr ar-Roziyning shogirdi Robi ibn Axmad al –Ahavayniy al- Buxoriy “Hidoyat al-mutallimin fit-tibb” (Tabobatni o‘rganuvchilar uchun qo‘llanma ) nomli kitobini yaratib , Roziygacha bo‘lgan va Roziy bayon etgan fkirlarni umumlashtiradi, mukammal qo‘llanma asar yaratadi.
Jaxon fani taraqqiyotiga ulkan xissa qo‘shgan o‘rta osiyolik buyuk qomusiy olim , g‘arbda Avitsenna nomi bilan mashxur Abu Ali ibn Sino Buxoro shaxri yaqinidagi Afshona qishlog‘ida tug‘ilganDastlabki ilmni Buxoroda olgan va yoshlik chog‘laridanoq ko‘p qanlarni mukammal egallagan . U Xorazm va Eronda saroy tabibi bo‘lib xizmat qilgan , tibbiyotdagi beqiyos xizmatlari , kashfiyotlari orqali butun dunyoga mashxur bo‘lgan .
Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asar yozilganligi qayt etilgan , lekin bizgacha uning 242 tasi yetib kelgan Shulardan 43 tasi tibbiyotga oiddir . Ibn Sinoning tibbiyotga oid yirik va asosiy asari , hatto uning ijodidagi shoh asari “Tib qonunlari” dir. “Tib qonunlari” besh kitobdan iborat .
Birinchi kitob, tabobatning nazariy asoslari hamda amaliy tabobatning umumiy masalalari haqida bo‘lib, unda tabobat ilmining tarifi , uning vazifalari, xilt va mijoz xaqidagi talimot bayon qilinadi, odam tanasining “oddiy” azolari — suyak , tog‘ay, arteriya, vena, pay, boylam va mushaklar xaqida malumot beriladi.
Ikkinchi kitobda, o‘sha davr tabobatida qo‘llanilgan dori– darmonlar xaqida zaruriy malumotlar bayon qilinadi.
Uchinchi kitob inson tanasining boshdan tovongacha bo‘lgan azolarida yuz beradigan “xususiy” yoki “maxalliy” kasalliklar , yani xususiy patalogiya va terapiyaga bag‘ishlanadi .
To‘rtinchi kitobda kishi azolaridan birortasiga xos bo‘lmagan “umumiy” kasalliklar tarif lanadi.
Beshinchi kitob , farmakologiya bo‘lib, unda murakkab tarkibli dori – darmonlar tayyorlash va ulardan foydalanish usullari bayon qilingan .
Xitoy xalq tibbiyoti uzoq tarixga ega . Bundan 33 ming yil avval xoqonlik qilgan Shen – Nung xitoytibbiyotining asoschisi xisoblanadi. Shen Nungning “Ajoyibotlar kitobi” da o‘simliklarning sinonim nomlari , botanik tarifi ulardan maxsulot tayyorlash mavsumi va usullari , o‘simliklarning geografik joylashuvi , mazkur dori – darmonlarning tasir doirasi, qo‘llanilishi , dori retseptlari xamda shu dori – darmonlar bilan davolash mumkin bo‘lgan kasalliklarning umumiy ro‘yxati keltirilgan. Tibbiyot namoyandalarining buyuk asarlari xozir xam o‘z axamiyati va qimmatini yo‘qotmagan , u ko‘pgina Yevropa mamlakatlarining tibbiyoti taraqqiyotiga asos bo‘lib ularning boy merosini o‘rganish esa xali xam davom etib kelmoqda.
Hamshiralik jarayoni
O‘zbekiston Respublikasi SSVning 2004 y. 30 mart 270 sonli farmoyishiga asosan Respublikada Hamshiralik ishini takomillashtirish, bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash borasida xalqaro mutaxassislarning tavsiyalarini amalga tadbiq etish maqsadida «Hamshiralik jarayoni va yozuvlari»ni tibbiyot muassasalarida joriy etish ko‘zda tutilgan
«Jarayon» so‘zi ma’lum maqsadga erishish yo‘lidagi harakatlar ketma-ketligini anglatadi. Hamshiralik jarayonining mohiyati hamshiraning professional maqsadga erishish yo‘lidagi vazifalarini aniq tizimini belgilab berish bo‘lib, hamshiraning o‘z kasbiy maqsadiga erishish yo‘lidagi hatti-harakatlarining ketma-ketligidir. Demak hamshiralik jarayoni — bemor ehtiyojlariga qaratilgan professional hamshiralik yordamining ilmiy asoslangan metodidir.
Hamshiralik jarayoni quyidagi beshta bosqichni o‘z ichiga oladi:
1. 1-bosqich. Bemorni tekshirish.
2. 2-bosqich. Bemor ahvolini tashhislash (bemorning ehtiyojlari va muammolarini aniqlash)
Bosqichning maqsadi: bemor ahvolini baholash uchun axborot olish, yoki boshqacha qilib aytganda bemor salomatligi haqida obyektiv va subyektiv ma’lumotlarni to‘plash (anamnez yig‘ish) hamda ularni tahlil qilish.
Bu bosqichning asosida «xolizm» prinsipi, ya’ni shaxsga nisbatan uning nafaqat jismoniy, balki ruhiy, hissiy, ijtimoiy va ma’naviy ehtiyojlarini hisobga olgan holda yondoshish yotadi.
Subyektiv ma’lumotlarni hamshira suhbatlashish jarayonida oladi. O‘zining salomatligi va unga bog‘liq bo‘lgan muammolar to‘g‘risida fikr bildirayotgan bemor asosiy axborot manbai hisoblanadi. Ayrim holatlarda, ya’ni bemor behush bo‘lsa, yoki aqliy zaif bo‘lsa, yoki yosh bola bo‘lsa, u haqda bemorning qarindosh-urug‘lari, do‘stlari, hamkasblari, tanishlari, ota-onasi yoki tibbiyot xodimlari axborot berishlari mumkin.
Bemorni tekshiruv davomida olingan barcha ma’lumotlar hamshira tomonidan yozib borilayotgan «kasallik tarixi» (hamshiralik jarayoni)da aks ettiriladi.
Obyektiv ma’lumotlarni hamshira bemorni bevosita ko‘rikdan o‘tkazish va kuzatish orqali qo‘lga kiritadi. Palpatsiya, perkussiya va auskultatsiya natijalari, arterial qon bosimi, puls, nafas olish, tana harorati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, barcha laboratoriyaviy tekshiruvlar natijalari obyektiv ma’lumotlar hisoblanadi. Bu ma’lumotlar ham hamshira tomonidan bemorning«kasallik tarixi» (hamshiralik jarayoni)ga qayd etib qo‘yiladi.
2-bosqich. Bemor ahvolini tashhislash (bemorning ehtiyojlari va muammolarini aniqlash)
Bu bosqich hamshiraning diagnoz (hamshira tashxisi) qo‘yish bosqichidir.
Hamshiralik tashxisi (hamshiralik muammolari) tushunchasi ilk bor AQSH da 1973 yilda tan olingan va xuquqiy kuchga kirgan.Amerikaning hamshiralar uyushmasi tomonidan tasdiqlangan xamshiralik muammolari ro‘yxati ayni vaqtda 114 ta asosiy xolatlarni o‘z ichiga oladi . Jumladan, tananing yuqori xarorati (gipertermiya), og‘riq , ruxiy zo‘riqish, ijtimoiy yakkalanish, shaxsiy tozalikka yetarlicha etiborsizlik , bezovtalanish, jismoniy faollikning sustlashishi va boshqalar. Bu bosqichda hamshira bemorda kasallik kelib chiqishiga sabab bo‘lgan mavjud va eng potensial (kutilajak) muammolarni aniqlaydi, mazkur muammolarni yuzaga keltiruvchi va rivojlantirib yuboruvchi sabablarni o‘rganib chiqadi, bemorning aniqlangan muammolariga barham berishda qo‘l keladigan kuchli fazilatlarini aniqlab oladi.
Bemorda ayni paytda bor bo‘lgan muammolar mavjud muammolar deb ataladi. Hozircha mavjud bo‘lmagan, lekin vaqt o‘tishi bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar potensial mummolar deyiladi. Masalan, harakatlanishning buzilishi natijasida yotoq yaralarining paydo bo‘lishi ehtimoli potensial muammo hisoblanadi.
Tekshirish vaqtida bemorda bir vaqtning o‘zida ikkita, uchta va undan ham ortiq muammolar aniqlanishi mumkin. Bunday vaziyatlarda hamshira ularning bemor hayoti va salomatligiga ko‘rsatajak ta’siri, tahdidi darajalarini hisobga olgan birlamchi, oraliq va ikkilamchi muammolarni belgilab olishi lozim bo‘ladi. Yuqori darajada xavfli va shoshilinch yordam ko‘rsatishni talab qiladigan muammolar birlamchi muammolar hisoblanadi. Jiddiy xavf tug‘dirmaydigan va hamshira yordamini biroz kechiktirsa ham bo‘laveradigan muammolar oraliq muammolar hisoblanadi. Kasallikka va uning kelajak rivojiga bevosita aloqador bo‘lmagan muammolar ikkilamchi muammolar hisoblanadi.
Xamshiralik tekshiruvining asosiy usullari kuzatuv va suxbatdir. Hamshira kasallikni emas , bemorning patalogik jarayonga bo‘lgan tashqi reaksiyasini ko‘zdan kechiradi. Hamshira va vrach tashxislari o‘rtasida farq mavjud.vrach tashxisi patologik xolatlarni aniqlashga qaratilgan , xamshira tashxisi esa salomatlik bilan bog‘liq muammolarga bemor reaksiyalarni izoxlashga asoslangan.
Xamshiralik muammolarni jismoniy ruxiy , manaviy va ijtimoiy sinflarga bo‘lish mumkin. Undan tashqari , hamshiralik muammolarning quydagi turlari farqlanadi :
• Mavjud – Bemorni ayni vaqda bezovta qilayotgan muammolar (masalan: og‘riq, xansirash, shishlar ).
• Extimolli – bu ayni vaqtda mavjud emas , lekin malum vaqt o‘tgach yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar ( masalan: xarakatsiz bemorda yotoq yaralar paydo bo‘lishi , tez-tez ich ketish va qayt qilishda suvsizlanishning rivojlanish xavfi).
Muammolarning ikki turini aniqlagach , hamshira ularning rivojlanishiga sharoit yaratuvchi yoki paydo bo‘lishiga olib keluvchi omillarni , shuningdek , bemordagi muammolarga qarshi olib keluvchi omillarni , shuningdek , bemordagi muammolarga qarshi qo‘ya olish mumkin bo‘lgan kuchli tomonlarni aniqlaydi.
Bemorda aksariyat xollarda bir nechta muammo bo‘lishi sababli xamshira ulardan ustuvorlarini farqlay bilishi kerak.
Bunda birlamchi , ikkilamchi va oraliq muammolar farqlanadi. Ustuvorlari bemorda mavjud eng muxim muammolarning ketma- ketligini bo‘lib , ular hamshira aralashuvida navbatma – navbat amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muolajalarni aniqlash uchun zarur xamda 2-3 tadan oshmasligi kerak. Bemor davolanmaganda, uning xayotiga taxlid soluvchi muammolar asosiy , yani ustuvor xisoblanadi.
Oraliq – bemor xayoti uchun xavsiz bo‘lgan muammolar. Bemor kasalligi yoki uning oqibatiga bevosita aloqasi bo‘lmagan muammolar ikkilamchi ustuvorlikka ega ( masalan: umurtqa pog‘onasi jaroxati mavjudbo‘lgan bemorda birlamchi muammo og‘riq , oraliq – xarakat cheklanishi , ikkilamchi muammo bezovtalanish xissi )
Ustuvor muammolarni tanlash mezonlari:
• Barcha shoshilinch xolatlar , (masalan: yurakda o‘tkir og‘riq , o‘pkadan kon ketish rivojlanish xavfi boshqalar.)
• Ayni vaqtda u bemor uchun eng og‘ir uni bezovta qilayotgan muammodir .masalan : yurak xastaligi mavjud bo‘lganda , to‘sh ortidagi og‘riqlar, bosh og‘rig‘i shish, xansirashxurujlari bezovta qilayotgan bemor , xansirashning o‘zini asosiy muammosi sifatida ko‘rsatishi mumkin. Bu xolatda “xansirash ” xamshira uchun bemorlarning ustuvor muammosi xisoblanadi.
• Bemor axvolining og‘irlashishiga va turli asoratlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan muammolar. Masalan: xarakatsiz bemorda yotoq yaralar rivojlanish xavfi.
• O‘zi bartaraf etilganda boshqa bir qator muammolarning xal etilishiga olib keluvchi muammolar . Masalan: Bemorda muvaffaqiyatli o‘tkazilgan jarroxlik amaliyoti ko‘rkuvning susayishi , uyqu , ishtaxa va kayfiyatning yaxshilanishiga olib keladi.
Hamshira aniqlagan muammolari asosida tashhis (diagnoz) qo‘yadi.
«Hamshira tashhisi» — bu hamshiraning klinik mulohazalari bo‘lib, unda bemorning salomatligiga bog‘liq bo‘lgan mavjud va potensial muammolar ehtimol tutilgan sabablar va belgilar bilan batafsil bayon etiladi. Hamshira tashhisi uchta tarkibiy qismdan iborat bo‘lib PES formulasiga jamlanadi (Gordon, 1987 yil), ya’ni «P»-muammo, «E»-muammoni keltirib chiqargan sabab, «S»-kasallikning belgi va simptomlari yig‘indisidir. Hamshira tashhisi vrach tashhisidan quyidagilari bilan farq qiladi:
• vrach tashhisi kasallikni aniqlaydi, hamshira tashhisi esa bemor organizmining kasallikka nisbatan ro‘y bergan javob reaksiyasini aniqlaydi;
• vrach tashhisi butun kasallikni davolash jarayonida o‘zgarmasligi mumkin, hamshira tashhisi esa har kuni, hatto bir kunda bir necha marta bemor organizmining kasallikka nisbatan ko‘rsatayotgan reaksiyasiga qarab o‘zgarishi mumkin;
• vrach tashhisi kasallikni vrachlik amaliyoti darajasida davolashni nazarda tutadi, hamshira tashhisi esa hamshira ishtiroki doirasidagi parvarishni nazarda tutadi;
• vrach tashhisi organizmdagi patofiziologik o‘zgarishlarga bog‘liq ravishda qo‘yiladi, hamshira tashhisi esa bemorning o‘z salomatligi to‘g‘risidagi mulohazalariga asoslanadi.
Bosqichning maqsadi — bemorga qilinadigan muolajalardan kutilajak natijalarini belgilab olish. Hamshira shu natijalarga erishish uchun qiladigan ishlarini belgilab oladi.
Bemor tekshirilib , tashxis qo‘yilib , ustuvor muammolar aniqlangach , xamshira parvarish maqsadi, kutilayotgan natijalar va ularning muddati , shuningdek , qo‘yilgan maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan xamshiralik xarakati va uslubi ishlab chiqiladi.
Kasallik tabiiy kechishi uchun to‘g‘ri parvarish yo‘lini tanlash orqali asoratlarga olib keluvchi barcha omillarni bartaraf etish.
Ustuvor muammoni xal qilishni rejalashtirishda bemorni parvarishlashning maqsadi va rejasi yaratildi .
Qo‘yilgan maqsadning ikki turi farqlanadi:
• qisqa muddatli (1-2 haftaga mo‘ljallangan)
• uzoq muddatli (2 haftadan ortiq vaqtga mo‘ljallangan). Ularga uzoq vaqt mobaynida erishilib kasalliklarning qaytalanishi , asoratlarning oldini olish , profilaktika , reabilitatsiya va ijtimoiy ko‘nikmalar paydo qilish va tibbiy bilimlarni egallashga yo‘naltirilgan . Xar bir maqsad 3 tarkibiy qismdan iborat:
• Xarakatlar
• Mezonlar – sana , vaqt, masofa.
• Sharoit – birorta shaxs (yoki narsa) ko‘magida.
Maqsadlar belgilangach , xamshira bemorni parvarishlash rejasini tuzadi va unda erishish uchun zarur bo‘lgan barcha xarakatlar to‘liq sanab o‘tiladi. Maqsadlarga talablar:
Maqsadlar aniq bo‘lishi
Unga erishishning aniq muddatlari belgilanishi
Hamshira parvarishining maqsadi , vrach darajasi emas , balki xamshiraga tegishli vazifalarni bajarishi lozim.
Hamshira maqsadni belgilagach va parvarish rejasini tuzgach , o‘z xarakatlarini bemorga tushuntirishi , uning roziligi va xayrixoxligini olishi , qo‘llab – qo‘vatlashishiga erishishi zarur. Ushbu xarakatlari orqali u maqsadga erishish mumkinligini isbotlab xamda ularga erishish yo‘llarini birgalikda aniqlab , bemorni ijobiy natijalarga yo‘naltiradi.
4-bosqich. Rejalashtirilgan hamshiralik parvarishini amalga oshirish.
Bosqichning maqsadi: tuzilgan reja asosida hamshiralik parvarishini amalga oshirish va bajarilgan ishlarni hujjatlashtirish.
Hamshiralik parvarishining quyidagi turlari farq qilinadi:
1. Mustaqil parvarish — hamshira tomonidan uning faqat o‘z professional mulohazalari asosida, bevosita buyruq va ko‘rsatmalarsiz bajariladi.
2. Tobe parvarish — vrachning yozma yoki og‘zaki ko‘rsatmalari va bevosita nazorati ostida amalga oshiriladi.
3. Hamkorlikdagi parvarish -vrach, hamshira, boshqa tibbiyot xodimlari va bemorning qarindoshlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Parvarishning har qaysi turida ham hamshiraning mas’uliyati birdek yuqori. Parvarish tuzilgan reja asosida amalga oshiriladi va ma’lumotlar hamshiralik parvarishi kartasiga qayd etib boriladi.
Bemorning tibbiy yordamga extiyoji
*vaqtincha
*doimiy
*tiklash ( reabilitatsiya)
Xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin.
Vaqticha – o‘zini parvarishlash imkoniyati cheklangan , oyoqva qo‘llari shikastlangan , mayda jarroxlik amaliyotlari o‘tkazgan kishilarga .
Doimiy – bemorga butun xayoti davomida yordam talab etiladi. Ushbu xolatlarga oyoqlar amputatsiyasi , umurtqa pog‘onai va tos suyaklarining asoratli jaroxatlari va boshqalar kiradi.
Tibbiy tiklash — yani reabilitatsiya yordami – uzoq muddat davom etuvchi jarayon . Masalan , davolovchi jismoniy tarbiya , uqalash , nafas gimnastikasi , bemor bilan suxbat va boshqalar.
Hamshiralik jarayonining to‘rtinchi bosqichini o‘tkaza turib , xamshira quydagi ikkita muxim muammoni xal etadi:
— Vrach ko‘rsatmalariga nibatan bemor reaksiyasini kuzatish va nazarat qilish , olingan natijalarni xamshiralik kasallik tarixiga qayt etish.
— Hamshiralik tashxisi bilan bog‘liq xarakatlarga nisbatan bemorning reaksiyasini kuzatish nazorat qilish , olingan natijalarni xamshiralik kasallik tarixiga ( kartaga) qayt etish.
Bosqichning maqsadi: hamshira bajargan muolajasi va parvarishiga javoban bemor reaksiyasini baholash, ko‘rsatilgan yordam sifatini hamda qo‘lga kiritilgan natijalarni tahlil qilish.
Hamshiralik parvarishini baxolashda quydagi omillar manba va mezon bo‘lib xizmat qiladi :
• Hamshira parvarishini , maqsadga erishish darajasini baxolash .
• Bemorning hamshira muolajalariga tibbiyot xodimlari davolashga nisbatan reaksiyasini , kasalxonadan qoniqish xissi va istaklarini baxolash.
• Hamshira ko‘rsatgan yordamning bemor axvoliga tasir samaradorligini baxolash .
• Bemorning boshqa mavjud muammolarini faol izlab topish va baxolash.
Zarurat tug‘ilgan xollarda xamshiralik tadbirlari rejasi qayta ko‘riladi, bazan u to‘xtatiladi. Yoki o‘zgarishlar kiritiladi . Aniq maqsadga erishilmagan xollarda , baxolash ularga erishish uchun to‘sqinlik qilayotgan ayrim omillarni qayta ko‘rish imkonini yaratadi . Hamshiralik jarayonining yakuni samarasiz tugagan xollarda , kamchiliklarni aniqlash va hamshiralik tadbirlari rejasini o‘zgartirish uchun jarayon takroran bosqichma – bosqich qayta amalga oshiriladi.
Erishilgan va kutilgan natijalarni bir – biri bilan taqqoslash xamshiradan chuqur fikirlash qobilyatini talab etadi . Maqsadlarga erishilgan , yani muammo xal qilingan xollarda , hamshira maxsus kartada monand yozuvlarni qayt etadi , imzo chekadi va sanani yozib qo‘yadi.
Barcha bajarilgan muolajalar xamshiraning xujjatlarida aks etishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Qodirxon Inomov “Hamshiralik ishi asoslari” Toshkent – 2007 yil.
2. A. Gadayev , M.X.Alimova , X.S. Salixodjayeva , L.X.Musajonova “Umumiy Amaliyot hamshiralari uchun amaliy qo‘nikmalar to‘plami” Toshkent -2011.
3. T.Yu. Umarova , I.A. Qayumova , M.Q. Ibragimova “Hamshiralik ishi ” Toshkent- 2003 yil .
4. K.U. Zakirova , D.U. Toxtamatova “Hamshiralik ishi asoslari” Toshkent – 2010 yil.