Zoologiya fani va uning vazifalari

Mavzu: Zoologiya fani va uning vazifalari

Reja:

Zoologiya – hayvonlarni o‘rganadigan fan.

Zoologiya – eng qadimiy fan

Hayvonlarning xilma-xilligi va yashash muhiti.

Hayvonlarning ahamiyati.

Hayvonlarni muhofaza qilish.

Zoologiya – hayvonlarni o‘rganadigan fan. Zoologiya (zoon– hay von,  logos– fan) – hayvonlarning tuzilishi, hayot kechirishi, ko‘payishi va rivojlanishini o‘rganadigan fan. Hayvonlarning  xilma-xilligi va tarqalishi, tabiatda va inson hayotidagi ahamiyati,  kelib chiqishini o‘rganish zoologiyaning vazifasiga kiradi. Zoologiya bir qancha fanlardan tarkib topgan. Ulardan bir guruhi hayvonlarning tuzilishi, ko‘payishi, rivojlanishi, yer yuzida  tarqalishini, boshqalari alohida guruhlarini o‘rga nadi.

 Zoologiya – eng qadimiy fan.Zoologiyaga oid eng qadimgi  asarlarni eramizdan 4 asr oldin buyuk yunon olimi Arastu yozgan.  Uning asarlarida 500 ga yaqin hayvon turiga tavsif be rilgan. 16–17-asrlarda yashagan golland olimi Anton Levenguk mikroskopda ko‘rinadigan hayvonlarni kashf etgan. Shved olimi Karl Linney  18-asrda hayvonlarni tur, urug‘, turkum va sinflarga ajratib o‘rganishni taklif etgan. Ingliz olimi Ch. Darvin 19-asr o‘rtalarida hayvonlarni o‘rganish orqali o‘zining olamshumul evolyutsion ta’limotini yaratdi. Zoologiya tibbiyot, chorvachilik va xalq xo‘jaligining  boshqa sohalari bilan bog‘liq. Zoologiya fanining rivojlanishiga o‘zbekistonlik olimlar ham kata hissa qo‘shishgan. D. N. Kashkarov birinchilar qatorida hayvonlar  ekologiyasini o‘rganishni boshlab berdi. L. M. Isayev va P. F. Borovskiy olib borgan tadqiqotlar O‘rta Osiyoda rishta, bezgak paraziti va leyshmaniya kabi xavfli parazit hayvonlarning tugati lishi uchun  asos bo‘ldi. T. Z. Zohidov, O. P. Bogdanov va boshqa olimlar

Hayvonlarning xilma-xilligi va yashash muhiti. Yer yuzida hayvonlarning 2 mln ga yaqin turi tarqalgan. Quruqlik, havo, tuproq, suv havzalari hayvonlar uchun asosiy yashash muhitihisoblanadi. Parazit hayvonlar uchun esa odam, hayvon va o‘simlik organizmi  yashash muhiti bo‘ladi. Hayvonlarning tuzi  lishi va hayot kechirishi  xususiyatlari muayyan muhitga moslashgan. Masalan, suv hayvonlarining gavdasi suyri shaklda, oyoq lari eshkakka aylangan. Quruqlikda yashovchi hayvonlarning tanasi yapaloq, oyoqlari yaxshi rivojlangan  bo‘ladi. Yashash muhiti tarkibiy qismlarini tashkil etuvchi namlik,  harorat, yorug‘lik va boshqalar ekologik omillardeyiladi. Hayvonlarning gavda o‘lchami har xil bo‘ladi (1-rasm). Ular  qatorida og‘irligi 150 tonnaga yetadigan gigant kitlardan tortib faqat  mikroskopda ko‘rinadigan, uzunligi millimetrning o‘ndan bir, hatto  yuzdan bir ulushiga teng keladigan turlari ham bor. Hayvonlarning ahamiyati.Hayvonlar tabiatda va inson faoliyatida  katta ahamiyatga ega. Ko‘pchilik hayvonlar yashil o‘simliklar bilan oziqlanadi. Ular o‘txo‘r hayvonlardeyiladi. Boshqa hayvonlarni yeydigan hayvonlar yirtqich;odam, boshqa hayvon va o‘simlik to‘qimalarida yashaydigan hayvonlar esa parazithisoblanadi.O‘txo‘r hayvonlar o‘simliklar va ularning qoldiqlarini maydalab, chirishini tezlashtiradi. Ular faoliyati tufayli o‘simlik uchun zarur bo‘lgan mineral moddalar to‘planadi; tuproq unum dorligi oshadi. Hayvonlar orasida hayvonlar murdasi, organik qoldiqlar va mikro-

organizmlarni suvdan filtrlab oziqlanadigan turlari ko‘p uchraydi.Bunday hayvonlar tabiiy sanitarlar deyiladi. Ular yer yuzini va suv  havzalarini ifloslanishdan saqlaydi.  Uy hayvonlari faqat go‘sht va sut beribgina qolmasdan, sanoat  uchun mo‘yna, iðak va boshqa mahsulotlar ham beradi. Arilar,  kapalaklar o‘simliklarni changlatib, ular hosildorligini oshirishga yordam beradi. Hasharotxo‘r va yirtqich hayvonlar, qushlar, ko‘rshapalaklar, baqalar o‘rmon va qishloq xo‘jalik zararkunandalarini qirib,  foyda keltiradi. Hayvonlar orasida odamlar, chorva mollari va o‘simliklarga ziyon keltiradigan turlari ham ko‘p uchraydi. Qon so‘ruvchi hasharotlar  va kanalar parazitlik qilish bilan birga, o‘lat, terlama, bezgak kasalliklarini tarqatadi. Atoqli vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino o‘zining «Tib qonunlari» asarida kasallik paydo qiladigan hayvonlardan  saqlanish haqida yozib qoldirgan.

Hayvonlarni muhofaza qilish. Odamlar qadimdan yovvoyi hayvonlarni ovlashgan; ularning go‘shti, terisi va boshqa mahsulotlaridan foydalanishgan; hayvonlarni qo‘lga o‘rgatishgan; ulardan  uy qo‘riqchisi va ishchi kuchi sifatida foydalanishgan. Keyin chalik  aholi sonining ortib borishi, ov qurollarining tobora takomillashuvi, hayvonlar uchun zarur bo‘lgan tabiiy sharoitning buzilishi ta’sirida  Yevropa turi (qoramollar nasl boshi), tarpan (otlar nasl boshi),  Stellerov sigiri (dengiz hayvoni) yo‘q bo‘lib ketdi; Prjevalskiy oti,  zubr, bizon, jayron, xongul kabi hayvonlar uchun qirilib ketish xavfi tug‘ildi. Bu hol hayvonlar va ular yashaydigan muhitni muhofaza  qilishni talab etadi. Respublikamiz hududida noyob va soni kamayib borayotgan hayvonlarni asrab qolish va ko‘paytirish maqsadida Badayto‘qay,  Qizilqum, Zarafshon, Surxon va Hisor davlat qo‘riqxonalari,  Chotqol biosfera qo‘riqxonasi, bir qancha milliy bog‘lar va buyurtma qo‘riqxonalar tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi «Qizil  kitobi»ning so‘nggi 2016-yilgi nashriga noyob va soni kamayib borayotgan hayvonlarning 205 turi kiritilgan.

Nazorat savollari

Zoologiyaning rivojlanishida K. Linney xizmatlari nimadan iborat?

Yashash muhiti va uning omillari nimadan iborat?

Oziqlanishiga binoan hayvonlar qanday guruhlarga ajratiladi?