Maqola – taxliliy jurnalistikaning yetakchi janri sifatida. Uning tarixiy ildizlari. Magola janrining asosiy xususiyatlari, yziga xosligi va bashga janrlardan fargli tomonlari. Unga gyyiladigan talablar va bajarishi lozim bylgan vazifasi. Magola janrining turlari:tashvigiy, muammoli, ilmiy-ma’ifiry, diniy-ma’rifiy, kyngilochar magolalar. Tashvigiy magola. Janr xususiyatlari. ¤zbek jurnalistikasida tashvigiy magolalarning eng yaxshi namunalari. Tashvigiy magola metodikasi
Publitsistikaning eng murakkab janrlaridan biri bu-maqola janridir. Bu janrning asosiy xususiyati shundaki, voqelik keng qamrovli, chuqur mantiqiy xulosalar va umumlashtirish, oldindan ko‘ra bilish, tahlil va tekshirishga asoslangan va o‘ziga xos (original) mulohazalarga ega bo‘lishi kerak.
Publitsistikada maqolaning tarixiy ildizlari chuqur sanaladi. Va ularning turlari farqlanadi. Shu nuqtai nazardan maqola voqelikning boshqa voqelikdan ustunligi, o‘ziga xosligi, o‘z davrining muhim vaziyatini yoritish va dolzarbligi bilan ko‘p yillar saqlanishi kerak.
Maqola – juda jiddiy janr. Jurnalistdan katta bilim va mahoratni talab etadi.
Maqolaning kompozitsion tuzilishi aniqlik va oddiylikka asoslanishi va publitsistikaning asosiy qonuniyati bo‘lgan voqelikni keng yoritish bilan belgilanadi.
Maqola — publitsistikaning murakkab janrlaridan biri hisoblanadi. Maqola janrida qalamga olingan bitta muammo aynan aniqlikni, mavzudan chiqib ketmaslikni ta’minlagani bois fikrni aniq va ravshan faktlarga asoslangan holda ifodalash imkonini beradi.
Maqola janrida voqelikni sharhlash aniq faktni ifodalashdan boshlanib, mazkur hodisa muallif qarashiga to‘g‘ri kelishi yoki zid bo‘lishi mumkin. Aynan shu hol obyektga nisbatan muallifning o‘z nuqtai nazarini bildirishi orqali mazkur voqelikning jamiyatga nisbatan foydali yoki zararli ekanligi holatlarini ifodalaydi.
Faktlarni tahlil etishda muallifning nuqtai nazari asosiy rol o‘ynashi hisobga olinadi. Shu sababdan jurnalist masalani har tarafdan chuqur o‘rganishi hamda muammo va voqelikni keltirib chiqargan faktlar, dalil va isbotlar bilan qurollangan bo‘lishi mazkur bilimlar asosida o‘zining tahlilini aniq ifodalay olishi kerak.
Maqolada ifodalangan faktlar qiymati muallifning qarashi va mulohazalari to‘g‘riligini isbotlaydigan argumentlarga, ya’ni dalillarga asoslangan bo‘lishi shart. O‘z navbatida dalillar – muallif tomonidan ifodalanayotgan fikrning isbot asosi sifatida xizmat qiluvchi mantiqiy ashyo vazifasini o‘tashi lozim.
Maqoladagi faktlar tipik va ishonchli bo‘lishi bilan birga mazkur jarayon sharhida muallifning qo‘llagan yondashuvi asosiy rol o‘ynaydi.
Maqolada aniq faktlarni keltirish orqali yakuniy, umumlashma xulosa berilishi bilan birga, aniq natijalarga erishishining muallif nuqtai nazaridan kelib chiqqan tavsifiy-tahliliy taklifi asosida muammoni bartaraf etish yo‘llari ko‘rsatib o‘tiladi. O‘z navbatida maqola bir necha ko‘rinishda bo‘ladi. Bu haqda gapirishdan oldin maqolaning asosiy belgilariga e’tiborni qaratishi muhim hisoblanadi.
Bosh maqola jamiyatning ijtimoiy taraqqiyotidagi asosiy yo‘nalishlarni ifoda etuvchi o‘ziga xos direktiva vazifasini o‘tashi kerak. Bosh maqola direktiv xujjatning mantiqiy strukturasiga mos kelishi lozim.
Direktivlikning asosiy belgilari esa aniq voqelikni tahlil qilish asosida jamiyat rivojidagi obyektiv qonunlarga suyanish, maqola mavzusi keng ommaga, jamoa, ijtimoiy guruh sinflarning manfaatidan kelib chiqishi, muammoni hal etishning amaliy harakat dasturi yo‘nalishlarini belgilash orqali nafaqat maqsadni, balki shu maqsadga erishish omillarini ifodalay olishdan iboratdir.
Bosh maqolada ramziy maktubot tasviriy va ocherk – elementlari chegaralangan bo‘lishi bilan birga mazkur janrdagi publitsistik bo‘yoq faktlarni xissiy argumentatsiya, ishonchli siyosiy targ‘ibot, lo‘nda tahlillar orqali kuchaytiriladi.
Targ‘ibiy maqola — ilmiy asos nazariy bilim elementlarini o‘zida mujassam etgan – shu orqali muallifning mantiqiy-hissiy qarashlari to‘g‘riligiga jamoani ishontirishi kerak.
Targ‘ibiy maqola jamiyat faoliyati va taraqqiyotining turli sferalaridagi nazariya va amaliyoti muammolarini tahlil etish orqali mazkur masalani targ‘ibot va tashviqot etadi.
Maqolaning belgilari
1. Aniq fikrni izchil rivojlantirish.
Bunda bitta aniq mavzu tanlanib, o‘rganilishi va yoritilishi kerak. Agar jurnalist bitta maqolaning o‘ziga bir necha savolni qo‘yib unga javob berishga xarakat qilsa, yo‘lini yo‘qotishi tayin. Maqola janr sifatida o‘z kuchini yo‘qotadi. Gazetadagi maqola faqat bitta savolga yoki bitta masalaga bag‘ishlanishi kerak. Maqolada bitta savolga yoki masalaga javob topishning o‘zi fikrini ma’lum yo‘nalishga qratilganligi uni ko‘p mavzulikdan xalos etadi. Buning uchun maqolaga qo‘yilgan talab aniq maqsadga yo‘naltirilgan va izchil o‘rganiladigan bo‘lishi kerak. Qo‘yilgan savolni mayda detallarga bo‘linishi, voqelikni turli tomonlarda va o‘lchamlarda tahlil qilish lozim bo‘ladi.
2. Maqolaning boshqa janrlar bilan tengligi. U ham fakt bilan boshlanadi. Fikr va uning ortidan muallifning asosli mulohazalari o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmasligi kerak. Fikrlashning boshlanishi aniq dalilli xabarga tashaladi. Bu xabar (signal) muallifning qarashlariga mos tushishi yoki aksincha qarama-qarshi bo‘lishi mumkin. Bunga javoban obyektga baho berish orqali fikr ishlashni boshlaydi. Mana shu bir mavzu atrofidagi fakrlar shu mavzuga tegishli bo‘lgan bir necha savollarni paydo qiladi. Jurnalist ana shu savollarga javob izlash orqali yoritmoqchi bo‘lgan mavzusi tekshirish bilan ochib boradi.
Fakt haqiqiymi yo haqiqiy emasmi, yoki tasodifiymi, u vaziyatga bog‘liqmi yoki alohidami, ana shu sodir bo‘lgan, voqelikning jamiyatga yoki ma’lum guruh uchun qanday foydali yoki zararli tomonlari bor, uning boshqa sodir bo‘lgan hodisalar bilan qanday uzviy tomonlari bor.
3.Ko‘tarilgan va rivojlantirilgan tugallik. Muallif fikri oxir oqibatda maqolaning mavzusini belgilaydi. Uni isbotlash uchun esa maqolani bir tizimga solish va dalillash kerak bo‘ladi. Dalillash, ya’ni argumentlash muammosi jurnalistni ayniqsa, tahlilchi jurnalist uchun eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
4. Mavzuda savolning qo‘yilishi.
Mavzuni ishlashda juda ko‘p savollar tug‘iladi. Ularni tekshirish orqali ochib berish jurnalist avval o‘ziga, keyin o‘quvchiga voqelikni ochib beradi.
5.Maqolada faktlar va dalillarni yig‘ish.
Maqola yozishda jurnalist juda katta bilim doirasiga, zahirasiga ega bo‘lishi lozim. Har gal uning nazariy bilimlar zahirasi, biror voqelikni ochish, izlanish orqali yangi bilimlarga boyib boraveradi. Ammo ba’zan nazariy bilimlar jurnalistning hayotini turli sohalaridagi, jarayonlaridagi, vaziyatlaridagi, hodisalaridagi holatlarni ochib berishga, faktlar bilan isbotlashga kamlik qiladi. Shunday xollarda jurnalist maxsus adabiyotlardan, ma’lumotnoma, lug‘atlardan foydalanishi kerak.
Bundan tashqari faktlarni aniq isbotlash uchun, faqat bilimlardan, tashqari jurnalist shaxsiy kuzatuviga ham tayyorlanishi kerak Dalillar bilan bir paytda maqolada aniq faktlar muhim rol o‘ynaydi.
Uning aniq belgilanishi – guvohi bo‘lmoq, shohidi bo‘lmoq juda muhimdir. Mana nima uchun, maqolaning tayyor xolatga keltirishga jurnalist bitta mavzuni har tomonlama o‘rganadi, iloji boricha ko‘p dalillar topadi. Bu faktlarning hammasi ham maqolada aks etishi shart emas.
6. Maqolada muallif fikrining ifodalanishi.
Faktlarning umumiy yig‘indisiga asoslanib, muallif fikri o‘z tasdiqini topishi kerak. Ya’ni muallif aytmoqchi bo‘lgan fikr faktlar asosida ifodalanmog‘i kerak.
Ular esa muallifning to‘g‘ri mulohazalari va qarashlarini beradi.
Muallifning qarashlaridagi tizim voqelikni kuzatishlari orqali isbotlanadi. Fakt maqolada haqiqiy va ishonarli bo‘lishi kerak, aks xolda u maqolaning xulosalariga mos kelmasligi yoki jurnalist chiqargan xulosalar bilan qarama-qarshi bo‘lib qolishi mumkin.
Faktlar bilan ishlashda ularning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini aniqlashda muallifning o‘z pozitsiyasi, tutgan yo‘li bo‘lishi kerak.
Fikrning asta-sekin rivojlana borishi, uning fakt va dalillar hisobiga to‘liqlashgani sari maqolaning muallifi o‘quvchini xulosa qilishga undaydi.
Xulosa- muallif fikrining izchil rivojlanishi orqali paydo bo‘ladigan mantiqiy nutqdir.
U o‘quvchiga hayotdagi ma’lum bir voqelik haqida tasavvur beradi. Maqolada ko‘tarilgan savolning yechimini ko‘rsatish orqali. Shulardan kelib chiqib maqolaga ta’rif beramiz.
Maqola-publitsistikaning eng asosiy janrlardan biri bo‘lib, aniq faktga va isbotga asoslangan jamiyatdagi ma’lum voqea, hodisalariga nisbatan jiddiy fikrlarning rivojlantirish tufayli muallifning erishgan aniq natijalariga asoslangan xulosalaridir.
Mazmun mohiyatiga ko‘ra maqolalar bir necha turga bo‘linadi.