1. Muammo va uning tafakkur jarayonida tutgan o‘rni.
2. Gipoteza — bilimlarning mavjud bo‘lish va taraqqiy etish shakli.
3. Nazariyaning moxiyati, strukturasi, funksiyalari va turlari.
1. Bilishning maqsadi qayd qilingan xodisalarning moxiyatini tushuntirishdan iborat. Buni xamma vaqt xam mavjud tasavvurlar, prinsiplar yordamida amalga oshirib bo‘lmaydi. Bilish jarayonida ma’lum bir ziddiyatlar, birinchi navbatda, mavjud bilimlarimizning erishgan darajasi bilan yangi bilish vazifalarini xal qilish zaruriyati o‘rtasida ziddiyat kelib chiqadi, muammoli vaziyat paydo bo‘ladi. Bunday ziddiyatlar, ayniqsa, kundalik xayotimizda murakkab vazifalarni xal qilishda, fanda esa, tub burilishlar davrida yaqqol namoyon bo‘ladi. Mana shunday vaziyat, masalan, tabiyotshunoslikda XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida radioaktivlik xodisasining qayd qilinishi, elektronning kashf etilishi, nurlanishning kvant xarakterga egaligining asoslanishi va shu kabi kashfiyotlar natijasida vujudga kelgan. Uning moxiyatini tabiyotshunoslikning, birinchi navbatda, fizikaning mavjud qonunlari va prinsiplarining yangi qayd qilingan xodisalarni tushuntirish uchun yetarli emasligida, deb bilmoq zarur.
Shuni xam aytish kerakki, ilmiy bilishda muammoli vaziyatni fan taraqqiyotining ichki extiyojlari xam keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, xozirgi paytda fanda sinergetika g‘oyalari va metodlarini tushuntirish, matematikada aksiomatikaning imkoniyatlari va qo‘llanish soxalarini aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalarni xal qilish zaruriyati yangi vaziyatni yaratadi.
Demak, muammoli vaziyat mavjud ilmiy tasavvurlar bilan qayd qilingan yangi faktlar o‘rtasidagi ziddiyatning paydo bo‘lishi yoki ana shu ilmiy tasavvurlarning o‘zining yetarli darajada sistemaga solinmaganligi, yaxlit bir ta’limot sifatida asoslanmaganligi natijasidir.
Mana shundan kelib chiqib, muammoli vaziyat bilish taraqqiyotining turli bosqichlari va bo‘g‘inlarida olam va uni bilish xaqidagi mavjud tasavvurlarni, bilish metodi va vositalarini o‘zgartirishning obyektiv zaruriyatidan iborat, deyish mumkin.
Ilmiy muammoni qo‘yish va xal qilish.
Muammoli vaziyatni taxlil qilish yangi muammoni qo‘yishga olib keladi.
Muammo — javobi bevosita mavjud bilimda bo‘lmagan va yechish usuli noma’lum bo‘lgan savoldir.
Shuning uchun xam muammoni qo‘yish va xal qilish mavjud bilimlar doirasidan chetga chiqishni, yangicha yechish usuli, metodlarini qidirishni taqozo etadi. qanday muammolarni ilgari surishni, uni muxokama qilishning xarakterini amaliy faoliyatimiz va bilishimiz extiyojlari belgilab beradi.
Muammoni muvaffaqiyatli xal qilishning zarur shartlaridan biri uni to‘g‘ri qo‘yish va aniq bayon qilishdan iborat. To‘g‘ri qo‘yilgan savol, V. Geyzenberg aytganidek, muammoni yechishning yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etadi.
Muammoni to‘g‘ri qo‘yish uchun muammoli vaziyatni aniq tasavvur qilishning o‘zi yetarli emas. Buning uchun muammoni xal qilishning turli xil usullari va vositalarini xam oldindan ko‘ra bilish kerak.
Muammolarni qo‘yishda kishilarning xayotiy tajribasi, bilimlari va talanti muxim axamiyatga ega bo‘ladi. Shuning uchun xam, odatda ko‘p xollarda yangi muammolar ilmiy bilishning u yoki bu soxasining yirik mutaxassislari, boy tajribaga ega va chuqur bilimli olimlari tomonidan ilgari suriladi xamda ular ba’zan uzoq yillar davomida tadqiq qilinadi. Buni masalan, milliy g‘oya va milliy mafkurani yaratish muammosining qo‘yilishi va tadqiq etilishi misolida ko‘rish mumkin. Jaxon tajribasiga murojaat qilsak, «millatning mafkurasi bir emas, balki bir necha avlodning umri davomida ishlab chiqilishi va takomilga erishuviga guvox bo‘lishimiz mumkin» .
Uni shakllantirish uchun kuchli ist’edod va «yorqin tafakkur»ga ega bo‘lgan Konfutsiy, Maxatma Gandi, Forobiy, Baxouddin Naqshband kabi buyuk zotlar zaxmat chekkanlar.
xozirgi paytda esa, Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlanganidek, «Milliy g‘oya, milliy mafkurani ishlab chiqish, uni shakllantirish uchun xar qaysi millatning eng ilg‘or vakillari, kerak bo‘lsa, mutafakkirlari, ziyolilari mexnat qilishi lozim» .
Muammoli vaziyatni analiz qilishga turli xil munosabatda yondashish mumkin bo‘lganligi uchun xam, xal qilinishi lozim bo‘lgan vazifa turli xil muammolar tarzida bayon qilinishi mumkin. Bunda ba’zi muammolar asosiy vazifani ifoda qilsa, ba’zilari bu vazifaning ayrim tomonlarini aks ettiradi va shuning uchun xam juz’iy xarakterga ega bo‘ladi. Ko‘p xollarda bir-biri bilan bog‘lanib ketgan mana shunday juz’iy muammolar xal qilingandan keyingina asosiy muammoni aniqroq bayon qilish va yechish imkoniyati vujudga keladi.
Muammolarni to‘g‘ri qo‘yish va bayon qilish ularni yechishdan kam axamiyatga ega emas. Muammoni to‘g‘ri qo‘yish uchun uning ilmiy bilish taraqqiyotida tutgan o‘rni va axamiyatini to‘g‘ri baxolash, uni xal qilishning metodlarini topish zarur. Bu amalda qo‘yilishi mumkin bo‘lgan turli xil muammolar ichidan eng muximi va to‘g‘risini tanlab olishni bildiradi. Muammoni tanlash ma’lum bir darajada tadqiqotning umumiy yo‘nalishini va xususiyatlarini belgilab beradi.
Oxir-oqibatda qaysi muammoni qo‘yish amaliy faoliyatimiz extiyojlariga bog‘liq. Chunki faqat amaliy faoliyatdagina kishilarning extiyojlari va maqsadlari bilan ularni xal qilish vositalari o‘rtasidagi ziddiyat yaqqol namoyon bo‘ladi, ilmiy izlanish predmeti aniqlanadi va shu asosda bilish oldiga konkret vazifalar qo‘yiladi.
Ilmiy muammo, odatda, ma’lum bir nazariya doirasida vujudga keladi (Nazariya xaqida ma’ruzaning oxirida kengroq ma’lumot beriladi).
Nazariya keyinchalik ilgari surilishi mumkin bo‘lgan muammoni umumiy xolda belgilashga va uni to‘g‘ri tanlashga yordam beradi. Shuningdek, xar bir muammo ma’lum bir nazariya yordamida xal qilinadi. Ba’zi xollarda esa, muammo mavjud nazariyani modifikatsiya qilishni, muammoni yechishga moslashtirishni talab qiladi.
Muammoni yechish uchun dastlabki tayyorgarlik ishlari qilinadi. Ular quyidagilardan iborat:
a) mavjud nazariyalar doirasida tushuntirib bo‘lmaydigan fakt va xodisalarni aniqlash;
b) muammoni xal qilish g‘oyalari va metodlarini taxlil qilish va ularga baxo berish;
v) muammoni xal qilish tipini, maqsadini, olingan natijani tekshirish yo‘llarini belgilash;
g) muammoning negizi bilan uni yechish uchun ilgari surilgan g‘oyalar o‘rtasidagi aloqaning xususiyatlarini ko‘rsatish.
Bu dastlabki ishlar amalga oshirilib bo‘lgandan keyin muammoni yechishga bevosita kirishiladi.
Shuni aloxida qayd qilib o‘tish kerakki, muammoning yechilishi nisbiy xarakterga ega. Boshqacha aytganda, muammoning mutlaq to‘la yechimini topish qiyin. Chunki o‘rganilayotgan xodisaning barcha tomonlarini qamrab olib bo‘lmaydi. Shuning uchun xam ilmiy izlanish davomida yangi muammolar vujudga kelishi mumkin bo‘lib, u mavjud muammoni boshqacha talqin qilishni taqozo etadi. Bunga misol qilib I. Nyuton tomonidan jismlarning o‘zaro tortishishi muammosining qo‘yilishini ko‘rsatish mumkin. Butun olam tortishish qonunini kashf qilib, u faqat tortishuvchi jismlar o‘rtasidagi miqdoriy aloqalarnigina topganligini, uqtirib o‘tgan edi.
A. Eynshteynning nisbiylik nazariyasi jismlarning o‘zaro tortishishi muammosini boshqacha talqin qiladi va bu muammo xaqidagi tasavvurlarimizni ma’lum bir darajada kengaytiradi.
Jismlarning o‘zaro tortishishining tabiati, amalga oshish mexanizmi xozirgacha to‘la ochib berilmagan. Boshqacha aytganda, muammo uzil-kesil xal bo‘lmagan.
Ba’zi xollarda muammolarning yechimini uzoq vaqtgacha topib bo‘lmaydi. Masalan, rak kasalining sababini o‘rganish bilan bog‘liq muammo xozirgacha to‘la xal bo‘lmagan.
Bu, albatta, ayrim muammolar butunlay yechimiga ega emas, degan fikrni bildirmaydi, balki ularni mavjud metodlar, vositalar yordamida yechib bo‘lmaslikni ko‘rsatadi, xolos va shu tariqa yechishning yangi vositalarini qidirib topishga undaydi. Demak, muammo xal qilinmaguncha ilmiy izlanish davom etadi.
3. Muammoni xal etish jarayonida ma’lum bir gipotezalar ilgari suriladi va asoslanadi.
Gipoteza-o‘rganilayotgan xodisaning sabablari va xususiyatlarini tushuntiradigan asosli taxmin tarzidagi bilim shaklidir.
Gipotezani, avvalambor, bilimlarning mavjud bo‘lim shakli sifatida olib qarash zarur. Chin, ishonchli bilimlar xosil bo‘lgunga qadar qo‘yilgan muammolar, masalalar xaqidagi fikr-muloxazalar kuzatish, eksperiment natijalarini taxlil qilish va umumlashtirishga asoslangan bo‘lib, ular turli xil taxminlar, farazlar shaklida quriladi va mavjud bo‘ladi.
Masalan, Levkipp va Demokritning jismlarning atomlardan tashkil topganligi xaqidagi bildirgan fikrlari dastlab gipotetik shaklda bo‘lib, eng oddiy, kundalik tajribada minglab marta kuzatiladigan xodisalar: qattiq jismning suyuqlikka aylanishi, xidning tarqalishi va shu kabilarni taxlil qilishga asoslangan, ularning sababini tushuntirishga qaratilgan. «Jismlar mayda, bo‘linmas zarrachalardan tashkil topmaganda bunday xodisalar bo‘lmas edi», degan fikr o‘zining ma’lum bir mantiqiy kuchiga ega.
xodisaning sababi xaqidagi fikr dastlab, odatda, gipoteza shaklida vujudga keladi va shu ma’noda u bilimlarning mavjud bo‘lishining umumiy mantiqiy shakllaridan biri xisoblanadi.
Gipotezani qurish, o‘rganilayotgan xodisani tushuntiradigan taxminiy fikrlarni ilgari surishdan iborat bo‘ladi. U qayd etilgan faktlar, ular uchun xarakterli bo‘lgan qonuniyatlar xaqidagi xukmlar (muloxazalar) yoki xukmlar sistemasi tarzida bo‘ladi. Uni ifoda qiluvchi asosiy gap muloxazalar sistemasini xosil qiluvchi element, deb xisoblanadi. Ana shu gap (muloxaza) da, odatda, gipotezaning bosh g‘oyasi aks etadi. Muxokama jarayoni uning negizida, atrofida quriladi va ma’lum bir ishchi gipotezalar-vaqtincha quriladigan, mo‘ljalni to‘g‘ri olishga yordam beradigan taxminlarning ilgari surilishiga, ular yordamida xodisaning yanada chuqurroq tadqiq qilinishiga olib keladi.
Gipotezalarni ilgari surishning asosiy mantiqiy vositasi extimoliy xulosa chiqarish: analogiya, to‘liqsiz induksiya, turli ko‘rinishdagi extimoliy sillogizmlar-eng kamida bitta qoidasi buzilgan, asoslaridan biri extimoliy xukm bo‘lgan sillogizmlar (shartli, ayiruvchi-qat’iy, shartli ayiruvchi sillogizmlar shakllarida) xisoblanadi.
Shuningdek, gipoteza ba’zi xollarda qat’iy xulosa chiqarish shakllarida xamda turli xil xulosa chiqarish usullarining ko‘p qavatli mantiqiy qurilmasi tarzida xam shakllantirilishi mumkin.
Gipotezada ilgari suriladigan muloxaza empirik materiallarni taxlil qilish, qayta ishlash, tartibga keltirish, umumlashtirish, talqin etish natijasida paydo bo‘ladi. Ana shuning uchun xam gipoteza-bu xar qanday taxmin emas, balki ma’lum bir darajada asoslangan, o‘zining muayyan mantiqiy kuchiga ega muloxaza, farazdir.
Gipoteza qurishning murakkab mantiqiy jarayon ekanligini quyidagi misol tasdiqlaydi. Issiqlik dvigatellari nazariyasi asoschilaridan biri fransuz injeneri Sadi Karno birinchi bo‘lib, faqat issiqlikning qattiqroq qizigan jismdan sovuqroq jismga o‘tishidagina foydali ish vujudga kelishi, va, aksincha, issiqlikni sovuq jismdan qizdirilgan jismga berish uchun ish sarflanishi zarur, degan fikrni ilgari surgan. Ayni paytda Karno shu davrda keng tarqalgan, issiqlikning namoyon bo‘lish sababi uning tarkibida aloxida vaznsiz suyuqlik-teplorodning bo‘lishidir, degan fikrga tayanuvchi teplorod konsepsiyasini xam to‘g‘ri, deb xisoblagan. Teplorodni suvga, xaroratlar (temperaturalar) o‘rtasidagi farqni – suv darajasiga qiyos qilib, Karno, xuddi suv darajasining pastga tushishida ish suv og‘irligining uning darajalari o‘rtasidagi farqga bo‘linishi bilan o‘lchangani kabi, bug‘ mashinasida ish, ishchi moddaning (suv, spirt va boshqalar) tabiatidan qat’iy nazar, teplorod miqdorining xaroratlar (temperaturalar) farqiga bo‘linishi bilan o‘lchanadi, degan xulosaga keladi. Bu issiqlik mashinasining ish xajmining (miqdorining) isitgich va sovutgich xaroratlarining qiymatlariga bog‘liqligini anglatardi. «Karno prinsipi» keyinchalik termodinamikaning ikkinchi qonunining yaratilishiga asos bo‘lgan.
Keltirilgan misolda Sadi Karnoning gipotezani ilgari surishda analogiyaga asoslanganligini payqab olish qiyin emas.
Ilgari surilgan gipoteza, albatta, asoslanishi zarur. Bu bosqichda gipotezadan ma’lum bir natijalar keltirib chiqariladi va ular verifikatsiya qilinadi, ya’ni ularning mavjud faktlarga (yoki boshqa ishonchli bilimlarga) muvofiqligi aniqlanadi.
Bu yerda shuni unutmaslik lozimki, gipotezani ishonchli, chin bilimga aylantirish uchun unda ilgari surilgan fikrlarga yetarli asos bo‘la oladigan miqdordagi natijalar (gipotezaning asosiy g‘oyasidan kelib chiqadigan) yig‘indisi verifikatsiya qilinishi kerak.
Gipotezaning chinligini asoslashning boshqa usullari xam mavjud: 1) gipotezani deduktiv yo‘l bilan chinligi avval isbotlangan bilimlardan mantiqan keltirib chiqarish; 2) asosi ishonchli bilim bo‘lmasa, uni tasdiqlash (bu ko‘proq asoslari extimoliy xukm bo‘lgan sillogizmlar vositasida qurilgan gipotezalarga tegishli); 3) gipotezaning asoslarini ishonchli bilim olish uchun yetarli bo‘lgan miqdorga yetkazish (bu gipoteza to‘liqsiz induksiya vositasida qurilgan xollarga tegishli).
Gipotezani tasdiqlashning qanday kechishini tasavvur qilish uchun quyidagi misolga murojaat qilamiz.
Termodinamika asoschilaridan biri nemis fizigi R. Klauzius yuqorida biz qayd etib o‘tgan «Karno prinsipi»ni unga qilingan ko‘p xujumlardan ximoya qilgan. Bu prinsipni tasdiqlash maqsadida, uni chinligi intuitiv ravishda muqarrar deb xisoblangan postulatdan deduktiv yo‘l bilan keltirib chiqaradi. Bu postulatga muvofiq, issiqlik o‘z xolicha sovuqroq jismdan issiqroq jismga o‘ta olmaydi. Bu yerda urg‘u aynan ana shu «o‘z xolicha o‘ta olmaslikka» beriladi, chunki amalda «majburan» o‘tish xam (sovutish qurilmalarida, aralashmalarda va boshqalarda) mavjud bo‘lib, u muayyan kompensatsiya qiluvchi (o‘rnini qoplovchi) xolatning yuzaga kelishi bilan birgalikda kechadi.
Gipoteza rad qilinishi xam mumkin. U gipotezadan kelib chiqadigan natijalarni falsifikatsiya qilish, ya’ni ularning borliqdagi xodisalarning mavjud xolatiga, faktlar xaqidagi ma’lumotlarga nomuvofiqligini ko‘rsatish yo‘li bilan aniqlanadi. Mazkur mantiqiy jarayon shartli-qat’iy sillogizmning inkor modusi tarzida kechadi, ya’ni natijaning xatoligini aniqlashdan asosning xatoligini ko‘rsatishga o‘tiladi. Uning simvolik ifodasi quyidagicha
((HP) P) H
Gipotezaning natijalarini topa olmaslik, garchi bu gipotezaning mavqeni ancha pasaytirsa-da, lekin uni rad eta olmaydi. Gipotezaning chinligi undan kelib chiqadigan natijalarga zid bo‘lgan xolatlar aniqlangandagina uzil-kesil rad etiladi. Masalan, Ptolomeyning Yerning xarakatlanmaydigan markaz ekanligi xaqidagi gipotezasi Kopernikning geliotsentrik nazariyasi asoslanadigan faktlarga zid kelganidan keyin rad etildi.
Shuni aloxida ta’kidlash zarurki, o‘rganilayotgan xodisa xaqida bir vaqtning o‘zida bir qancha gipotezalar ilgari surilishi mumkin. Masalan, xozirgi paytgacha qushlar uchayotganda to‘g‘ri yo‘lni qanday topa olishini mavjud gipotezalardan xech biri to‘liq tushuntira bera olmagan. Ularda turli xil fikrlar bildirilgan: qushlarni ba’zilar magnit maydoniga, boshqalar quyoshga, yulduzlarga qarab mo‘ljal olishadi, deb xisoblashgan. Ukraina olimlari esa 1980-yillarning ikkinchi yarmida qushlar o‘z xarakati marshrutlarini Yerning gravitatsiya maydoniga asoslanib, shu marshrut davomida og‘irlik kuchining o‘zgarishini «xisoblab» belgilashadi, degan fikrni bildirganlar. Lekin xozirgacha ularning birortasi uzil-kesil tasdiqlanmagan xam, rad etilmagan xam.
Gipoteza tasdiqlanmaguncha o‘zining bilishdagi axmityatini yo‘qotmaydi. Rad etilsa, o‘rniga boshqa gipotiza quriladi va bu xol to gipotezalardan birortasi tasdiqlanmaguncha davom etadi.
Ilgari surilayotgan gipotezalar turli xil darajada umumlashgan bo‘lishi mumkin. Ana shunga muvofiq xolda umumiy va juz’iy gipotezalarni ajratish mumkin.
Umumiy gipoteza deb tabiat, jamiyat, bilish xodisalarining qonuniyatlari xaqida bildirilgan asosli taxminga aytiladi. Bunga misol qilib neftning kelib chiqishining organik va noorganik tabiati xaqidagi gipotezalarni, Yerda xayotning paydo bo‘lishi, ongning kelib chiqishi, ijtimoiy progress xaqidagi farazlarni ko‘rsatish mumkin. Umumiy gipotezalar borliqning muxim qonuniyatlarini ochishga imkon bergani uchun, ilmiy nazariyani «qurish materiallari», deb xisoblanadi. Isbotlangach, bunday gipotezalar nazariyalarga aylanadilar va ilmiy tadqiqotlarning strategik yo‘nalishlarini belgilab beradilar.
Juz’iy (xususiy) gipoteza ayrim faktlar, konkret predmet va xodisalarning kelib chiqishi, xususiyatlari xaqidagi bildirilgan asosli taxminiy fikrdan iborat. Konkret jinoyatning motivi xaqidagi sud versiyasi, arxeologik qazishlarda topilgan predmetlarning tabiati, qaysi davrlarga oid ekanligi xaqidagi taxminlar juz’iy gipotezaga misol bo‘ladi.
Mantiqda, yuqorida zikr etilib o‘tilganidek, ishchi gipotezalar xam farq qilinadi.
Ishchi gipoteza – tadqiqotning dastlabki bosqichida ilgari suriladigan taxmin bo‘lib, o‘z oldiga o‘rganilayotgan xodisaning sababini aniqlashni maqsad qilib qo‘ymaydi; u faqat kuzatish va eksperiment natijalarini tasvirlashga, tartibga solishga yordam beradi.
Shunday qilib, gipoteza fikrlarimizning qurilishi, bilimlarimizning mavjud bo‘lish va rivojlanish shaklidir.
3. «Nazariya» termini keng ma’noda aqliy bilish, tafakkurni anglatadi, uni amaliyotdan farq qiluvchi faoliyat turi sifatida ifodalaydi. Tor ma’noda esa, nazariya ma’lum bir soxaga oid tasavvurlar, tushunchalar, g‘oyalar, gipotezalarni sistemaga soladigan, predmetni ratsional tarzda anglashga imkon beradigan bilim shaklini bildiradi.
Nazariyaning bunday talqini ilmiy bilishda empirik va nazariy bosqichlarning farq qilinishi bilan bog‘liq.
Empirik bosqichda ilmiy faktlar to‘planadi, o‘rganiladi, sistemaga solinib, turli xil jadvallar, sxemalar, garfiklar tuziladi; muayyan bir umumlashmalar, xususan, empirik tushunchalar, farazlar, empirik qonunlar shakllanadi.
Ilmiy bilishning keyingi taraqqiyoti empirik bilish bosqichida xosil qilingan, lekin bir-biri bilan bo‘lgan aloqasi xali aniqlanmagan bilimlar o‘rtasida munosabatlarni o‘rnatish, ularni umumlashtirish, shu asosda yangi fundamental tushunchalar, umumiy qonunlarni yaratish, ilmiy bashoratlar qilish bilan uzviy bog‘liq.
Bilishning bu ikki bosqichi o‘rtasida zaruriy aloqadorlik mavjud. Xususan, nazariyani yaratish empirik bilish jarayonida xosil qilingan predmetning ayrim tomonlari, xususiyatlarini aks ettiruvchi tushunchalar, qonunlar, farazlar o‘rtasida mantiqiy aloqalarni o‘rnatishga, predmet xaqida yaxlit tasavvur xosil qilishga, uning moxiyatini tushuntirishga bo‘lgan extiyoj bilan belgilanadi.
Nazariya-ma’lum bir predmet soxasiga oid tushunchalar, qonunlar, gipotezalar, g‘oyalarni sistemaga solib, u xaqida yaxlit tasavvur xosil qiladigan, yangi fundamental umumlashmalar yaratishga olib keladigan, shu soxadagi xodisalarni tushuntirish, oldindan ko‘rish imkonini beradigan ishonchli bilimdan iborat.
Ilmiy nazariya quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topadi: 1) empirik asos: nazariyaga aloqador faktlar, ularga mantiqiy ishlov berish natijalari; 2) boshlang‘ich nazariy asos: nazariyaning asosiy tushunchalari, postulatlari (aksiomalari), fundamental qonunlar (prinsiplar); 3) nazariyaning mantiqiy apparati: tushunchalarni xosil qilish va ta’riflash qoidalari, xulosa chiqarish (isbotlash) qoidalari; 4) olingan natijalar (xulosalar).
Ilmiy nazariya oxir-oqibatda real sistemani, obektni aks ettiradi, uning tabiatini tushuntiradi va shu ma’noda o‘zining empirik asosiga ega. Lekin empirik asosining mavjudligi nazariyaning barcha tushunchalari ifoda etadigan predmet va belgilarning xissiy idrok qilinishi yoki nazariyaning barcha xollarda mavjud xodisalarni, ularning real xususityalari va munosabatlarini aks ettrishini anglatmaydi.
Nazariyada borliq, asosan, modellar yordamida ideallashgan xolda in’ikos qilinadi. Ideallashtirish jarayonida mavjud obektlar xaqidagi empirik bilimga tayangan xolda, xaqiqatda mavjud bo‘lmagan va ba’zan mavjud bo‘lishi mumkin xam bo‘lmagan, lekin real mavjud predmetlarga ma’lum bir munosabatda o‘xshash obektlar xaqidagi tushunchalar xosil qilinadi. Masalan, mexanika yechimini qidiradigan ko‘p masalalarda jismning shakli va o‘lchamlari (eni, bo‘yi, xajmi va shu kabilar) unchalik muxim axamiyatga ega emas. Ayni bir paytda massa muxim axamiyatga ega va shuning uchun xam massasi bir nuqtaga jamlangan xayoliy jism-moddiy nuqta xosil qilinadi.
Barcha real mavjud jismlar shaklga va o‘lchamlarga ega, moddiy nuqta esa ideal obekt bo‘lib, ba’zi masalalarni yechishda real jismlarning o‘rnini bosadi, ularning nazariy bilishdagi ekvivalenti bo‘lib xizmat qiladi. Fizikadagi mutlaq qattiq jism, geometriyadagi nuqta, tekislik, to‘g‘ri chiziq va boshqa fanlardagi shu kabi ko‘p tushunchalar ideal obektlarni ifoda qiladilar.
Ideal obektlar yordamida predmetning xissiy idrok etilmaydigan muxim xususiyatlari, munosabatlari o‘rganiladi. Ularsiz nazariy bilish o‘z oldiga qo‘yadigan maqsadiga erisha olmydi. Nazariy bilishning zaruriy vositasi bo‘lganligi uchun ularni ba’zan nazariy obyektlar deb xam atashadi.
Nazariya ideal xarakterga ega bo‘lgan tushunchalar, muloxazalar sistemasidan-konseptual sistemadan iborat bo‘lib, u real obektning nazariy modelini ifoda qiladi. Masalan, mexanikadagi boshqa sistemalar ta’siridan ajratib qo‘yilib, yopiq sistema tarzida fikr qilinadigan mexanik sistema tushunchasi real obektning nazariy modeli xisoblanadi. Uning yordamida real mavjud bo‘lgan mexanik sistemaning xarakat qonunlari o‘rganiladi.
Nazariy modelning ideal xarakterga ega bo‘lgan obektlari, ularni aks ettiruvchi tushunchalar o‘rtasidagi aloqadorlik nazariyaning fundamental qonunlari, prinsiplarida o‘z ifodasini topadi.
Mazkur qonunlar, prinsiplar boshlang‘ich tushunchalar va muloxalar bilan birgalikda nazariyaning konseptual o‘zagini tashkil etadi. Masalan, klassik mexanikaning negizini xarakatning uchta qonuni xamda ular bilan bog‘liq bo‘lgan fazo, massa, vaqt, kuch, tezlik, tezlanish tushunchalari tashkil eatdi. Klassik temodinamikaning asosini esa uning uchta muxim qonuni xosil qiladi. Matematik nazariyalarning konseptual o‘zagi ularning asosiy tushunchalari va aksiomalarida o‘z ifodasini topgan.
xar bir nazariya o‘zining tushunchalarini xosil qilish, ta’riflash qoidalariga ega. Bunga misol qilib formallashgan tilni yaratish qoidalari (3-mavzuga qarang), muloxazalr mantig‘ini natural xulosa chiqarishi sistemasi sifatida qurish qoidalarini (7-mavzuga qarang) ko‘rsatish mumkin. Xuddi shuningdek, xar qanday nazariya xulosalar tarzidagi o‘z natijalariga ega.
Demak, ilmiy nazariyaning strukurasida uning xar bir elementi o‘z o‘rniga ega.
Ilmiy nazariya bilishda bir qancha muxim vazifalarni bajaradi.
Birinchidan, nazariyada birorta soxaga oid barcha bilimlar yaxlit bir sistemaga birlashtiriladi. Bunday sistemada, odatda, bilimlarning katta qismini nazariyaning nisbatan kamroq bo‘lgan boshlang‘ich tushunchalaridan keltirib chiqarishga xarakat qilishadi. Ular matematikada aksiomalar, tabiyotshunoslikda-gipotezlar, deb yuritiladi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad-qayd etilgan faktlarni ayrim boshlang‘ich prinsiplar, ginotezalarning natijasi sifatida talqin etish. Nazariy sistemada xar bir fakt, xar bir tushuncha, xar bir qonun yoki faraz boshqalariga nisbatan o‘z o‘rniga ega bo‘lishi, ana shundan kelib chiqib interpretatsiya qilinishi, ya’ni talqin qilinishi (yoki qayta talqin qilinishi) zarur. Talqin etish jarayonida mavjud nazariyalar, yangidan qurilayotgan nazariyaning elementlariga murojaat qilinadi. Bu esa, bir tomondan, mavjud faktlarning tabiatini to‘g‘ri tushunishga yordam bersa, ikkinchi tomondan, bevosita empirik usul yordamida qayd etib bo‘lmaydigan yangi faktlarni topishga imkon beradi.
Ikkinchidan, nazariyani qurish berilgan soxaga oid bilimlarni aniqlashtirish, kengaytirish va chuqurlashtirishga yordam beradi. Buning sababi shundaki, nazariyaning boshlang‘ich asoslari-aksiomalar, postulatlar, qonunlar, prinsiplar, gipotezlar nazariyadagi boshqa ilmiy bilimlarga nisbatan mantiqan kuchliroq xisoblanadi. Ana shuning uchun xam nazariyani qurish mavjud biliimlarni tartibga solishdan, ya’ni koordinatsiya qilishdangina iborat bo‘lib qolmaydi. Bunda mantiqan kuchli bilimlardan mantiqan kuchsiz bilimlar keltirib chiqariladi, ya’ni subordinatsiya qilinadi. U esa, mazmunan chuqurroq bo‘lgan tushunchalar, qonunlar, prinsiplarga murojaat qilishga, ular yordamida mavjud tushunchalarni talqin etishga, yangi fundamental umumlashmalar xosil qilishga olib keladi. Masalan, Nyutonning xarakatning uchta qonuni xamda butun olam tortishish qonuniga tayanadigan klassik mexanikasi Galileyning jismlarning erkin tushushi qonuni va Keplarning planetalar xarakati qonunini tushuntirish va aniqlashtirish imkonini berdi. Xususan, Galiley qonunining jismning gravitatsiya kuchi ta’sirida xarakat qilishining juz’iy xolini ifoda etishi ma’lum bo‘ldi. Gravitatsiya ta’siridan tashqarida, ya’ni Yer radiusi uzunligidan ortiq bo‘lgan masofada Galiley kashf etgan qonun amal qilmaydi. Xuddi shuningdek, Keplerning quyosh atrofida xarakat qiluvchi planetaning elliptik orbita bo‘yicha xarakat qilishi qonunining boshqa planetalarning ta’sirini xisobga olmasligi va ana shuning uchun xam unchalik aniq emasligi ma’lum bo‘ldi.
Uchinchidan, nazariya o‘rganilayotgan xodisani ilmiy asosda tushuntira oladi. To‘g‘ri, birorta xodisani tushuntirish uchun, odatda, uni xarakterlaydigan qonunga murojaat qilishadi. Lekin shuni yoddan chiqarmaslik zarurki, fanda qonunlar o‘z xolicha emas, balki ma’lum bir nazariya tarkibida mavjud bo‘ladi. Bunda empirik qonunlar ma’lum bir nazariy qonunlardan keltirib chiqariladi. xatto aloxida olingan nazariy qonun xam xodisani tushuntirish uchun yetarli bo‘lmasligi mumkin. Ilmiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, xodisaning moxiyatini tushuntirish uchun nazariyaning barcha g‘oyalari yig‘indisi, shu jumladan, qonunlar xam jalb etiladi.
Nazariyaning ilmiy bilishdagi aloxida axamiyati yana uning yangi, ilgari kuzatilmagan xodisalarning mavjudligini oldindan ko‘rish imkonini berishidadir. Masalan, Maksvellning elektromagnit nazariyasi radio to‘lqinlarining mavjudligini oldindan aytib bergan. Bu to‘lqinlarni ancha vaqt o‘tgandan keyin G. Gers eksperimental yo‘l bilan qayd etgan. Xuddi shuningdek, Eynshteynning umumiy nisbiylik nazariyasi gravitatsiya maydonida yorug‘lik nurining og‘ishini bashorat qilgan.
To‘rtinchidan, ilmiy nazariya o‘zida o‘rganilayotgan predmet soxasiga oid barcha bilimlar o‘rtasida mantiqiy aloqalarni o‘rnatgani, yaxlit bir sistemada mujassamlantirgani va umumlashtirgani uchun uning obyektiv xaqiqatlik darajasi va, demak, ishonchlilik darajasi, ortadi.
Beshinchidan, nazariya muammoni qo‘yish, gipotezalarni yaratish, qonunlarni shakllantirish, g‘oyalarni ilgari surish va asoslashdan iborat bilishning uzoq va mashaqqatli yo‘lini bosib o‘tishning natijasi bo‘lganligi uchun, u bilishga xos qonunlarni aniqlash, ularni o‘rganish imkonini beradi.
Nazariyani qurish murakkab jarayon bo‘lib, ko‘p xollarda bir qancha olimlarning xamkorlik qilishini taqozo etadi.
Dastlabki bosqichda nazariyaning predmet soxasi va tadqiqot yo‘nalishi aniqlanadi. Amaliy xayotimiz extiyojlari, u bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan tadqiqot maqsadi va vazifalari bunda muxim axamiyat kasb etadi. Shuningdek, predmet soxasi va tadqiqot aspektini aniqlashda berilgan soxaga oid bilimlarning ko‘lami, chuqurligi katta rol o‘ynaydi.
Nazariyani qurishning keyingi zaruriy bosqichi boshlang‘ich asosni aniqlashdir. U o‘rganilayotgan soxaga oid eng asosiy tushunchalar, aksiomalar, gipotezalar yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Nazariyaning boshqa barcha tushunchalari, gipotezalari va qonunlari ana shu boshlang‘ich asosdan deduktiv yo‘l bilan keltirib chiqariladi. Bunda, albatta, nazariyaning barcha tushunchalari-asosiylari va keltirib chiqariladiganlari, yangidan xosil qilinadiganlari muxim g‘oya (yoki g‘oyalar sistemasi) negizida birlashtirilishi kerak.
Tabiiyki, nazariya ma’lum bir metod yordamida, ya’ni metodologik prinsiplar, usullarni qo‘llash asosida quriladi.
qurilgan nazariya bilishning keyingi bosqichlarida aniqlashtiriladi, yangi faktik materiallar asosida mazmunan boyitiladi, qayta talqin qilinadi.
Ilmiy nazariyaning juda ko‘p turlari mavjud. Ularni turli xil asoslarga ko‘ra klassifikatsiya qilish (turkumlash) mumkin. Xususan, qurilish metodiga ko‘ra nazariyalarni to‘rtta turga ajratish mumkin: 1) tajriba bilan ish ko‘radigan fanlarning mazmundor nazariyalari; 2) gipotetik-deduktiv (yoki yarim aksiomatik) nazariyalar; 3) aksiomatik nazariyalar; 4) formallashgan nazariyalar.
«Mazmundor» nazariyalarda ma’lum bir soxaga oid faktlar sistemaga solinadi, umumlashtiriladi va tushuntiriladi. Ular asosan tajriba natijalari, empirik materiallarga tayanadi, ularni taxlil qiladi, tartibga soladi va umumlashtiradi. Ana shuning uchun xam ularni «tajribaga tayanuvchi nazariyalar», deb atashadi. «Mazmundor» deb atalishiga sabab, ularni matematika va mantiqdagi formallashgan nazariyalardan farq qilishdir. Mazmundor nazariyalarni sof empirik nazariyalar deb bo‘lmaydi. Ular faqat empirik materiallargagina emas, balki nazariy qonunlarga xam tayanadi. Masalan, mazmundor deb xisoblanadigan Ch. Darvinning evolyutsiya nazariyasi, I.P. Pavlovning oliy asab faoliyatining shartli reflektorlik nazariyasi va shu kabilar chuqur nazariy g‘oyalarga suyanadi, ular yordamida to‘plangan materiallarni ratsional usul bilan anglaydi, qayta ishlaydi va tushuntiradi.
Gipotetik-deduktiv nazariyalar tabiyotshunoslikda uchraydi. U turli xil mantiqiy kuchga ega gipotezalar sistemasidan iborat bo‘lib, unda mantiqan kuchlilaridan mantiqan kuchsizroqlari deduksiya qilinadi. Gipotetik-deduktiv sistemani gipotezalar zanjiri (iyerarxiyasi) tarzida olib qarash mumkin. Bunda empirik asosdan uzoqlashgan sari gipotezaning kuchi ortib boradi.
Gipotetik-deduktiv nazariyalarning o‘ziga xos jixatlaridan biri undagi gipotezalarning darajalari bo‘yicha qat’iy izchil joylashishidir. Gipotezaning darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, xulosalarni mantiqiy yo‘l bilan keltirib chiqarishda uning ishtiroki shunchalik ko‘p bo‘ladi.
Nazariyaning gipotetik-deduktiv modeli empirik materiallarni ishlashda ko‘p qulayliklarga ega bo‘lishi bilan bir qatorda ayrim kamchiliklardan xam xoli emas. Xususan, boshlang‘ich gipotezalar qanday tanlab olinishi kerak, degan savolga xaligacha aniq, qat’iy xoldagi javob yo‘q.
Aksiomatik sistemalarda nazariya elementlarining katta qismi kichkina boshlang‘ich asosdan – asosiy aksiomalardan deduktiv yo‘l bilan keltirilib chiqariladi. Aksiomatik nazariyalar matematikada quriladi.
Aksiomatik metod birinchi marta Yevklid tomonidan elementar geometriyani qurishda muvaffaqiyatli ishlatilgan. Mazkur geometriyaning asosiy aksiomatik tushunchalari «nuqta», «to‘g‘ri chiziq», «tekislik» bo‘lib, ular ideal fazoviy obyektlar sifatida olib qaralgan; geometriyaning o‘zi esa fizikaviy fazoning xususiyatlarini o‘rganuvchi ta’limot sifatida talqin qilingan. Yevklid geometriyasining qolgan barcha tushunchalari ular yordamida xosil qilingan. quyidagi misolga murojaat qilaylik: «Tekislikdagi bitta nuqtadan baravar uzoqlikda yotadigan nuqtalar to‘plamiga aylana deyiladi», unda «aylana» tushunchasi «nuqta va tekislik» tushunchalari yordamida xosil qilingan, ya’ni ulardan deduksiya qilingan.
Matematikaning taraqqiyoti davomida aksiomatik metod takomillashib borgan, uni qo‘llash mumkin bo‘lgan soxalar doirasi kengaygan. Xususan, asta-sekin Yevklid aksiomalarining faqat geometrik obyektlarnigina emas, balki boshqa matematik va, xatto, fizik obyektlarni xam tasvirlash uchun yaroqli ekanligi ma’lum bo‘ldi. Masalan, nuqtani xaqiqiy sonlarning uchtasining to‘plami, to‘g‘ri chiziq va tekislikni chiziqli tenglamalarni bildiradi, deb qabul qilinganda, mazkur nogeometrik obyektlar xossalarining Yevklid geometriyasi aksiomalari talablariga javob berishi aniqlangan.
Shuni aytish kerakki, aksiomatikaga bunday abstrakt tarzda yondashishga ma’lum bir darajada N.I. Lobachevskiy, B. Riman va boshqalar noyevklid geometriyalarining yaratilishi yaxshi imkoniyat yaratdi.
xozirgi zamon matematikasida abstrakt aksiomatik sistemalar keng qo‘llaniladi. Bunday sistemalarning muxim xususiyatlari ularning yopiq sistemadan iborat bo‘lishi, ya’ni miqdor jixatidan cheklangan aksiomalar, tushunchalar, prinsiplardan tashkil topishi, ular qatoriga ixtiyoriy ravishda, asossiz yangi aksiomalar, tushunchalarni qo‘shib bo‘lmaslik; sistemalarning mantiqan ziddiyatsiz va ma’lum bir darajada to‘la bo‘lishi va shu kabilardan iborat. Ana shuning uchun xam ular uzoq vaqt davomida o‘zining barqarorligini saqlaydi, yangi bilim olishning ishonchli vositasi bo‘lib qoladi.
Aksiomatika tabiyotshunoslikda xam qo‘llaniladi. Tajriba bilan bog‘liq bo‘lganligi va shuning uchun xam zaruriy ravishda empirik talqinga muxtoj ekanligi sababli tabiyotshunoslikning faqat o‘zagini tashkil etadigan tushunchalarnigina aksiomalashtirish mumkin.
Abstrakt matematik strukturalar faqat aksiomatik sistemalardagina emas, balki formallashgan nazariy sistemalarda xam tasvirlanishi va tushuntirilishi mumkin.
Formallashgan nazariyalar mantiqda keng qo‘llaniladi. Bunga misol qilib muloxazalar mantig‘i, predikatlar mantig‘ini ko‘rsatish mumkin. Shuningdek, u matematikada xam uchraydi.
Nazariyaning yuqorida biz ko‘rib chiqqan tiplari va boshqalari nazariy bilishning muxim vositalari sifatida fanda nixoyatda qadrlanadi. Ular tafakkurning strukturasi va qonuniyatlarini yaxshi bilib olishga imkon beradi.
Adabiyotlar
1. Islom Karimov. o‘zbekiston buyuk kelajak sari. — T.: «o‘zbekiston», 1998.
2. Islom Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. «Muloqot», 1998, №5.
3. Islom Karimov. Barkamol avlod-o‘zbekiston taraqqiyotining poydevori./Islom Karimov. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida: T.6-T.: «o‘zbekiston», 1998.
4. Islom Karimov. o‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. — T.: «o‘zbekiston», 1999.
5. I.A. Karimov. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir: «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga javoblar. T., o‘zbekiston 2000.
6. M. Xayrullayev, M. xaqberdiyev. Mantiq, 12-bob.
7. Yu.V. Ivlev. Logika, 9-bob.
8. I. Raximov. Logikadan amaliy mashg‘ulotlar va metodik tavsiyalar, 7-bob.