1) Mendel konunlarini urganish jarayonida bitta gen bitta belgini yuzaga chikarishini kurib chikdik. Ammo ayrim Xolatlarda chatishtirishlar natijasi Mendel konuniyatlaridagidek bulib chikmadi. Chunki ayrim Xolatlarda bitta belgi ikki va undan ortik genlarning uzaro ta’siri natijasida va aksincha bir necha belgilar bitta gen ishtirokida yuzaga chikishi aniklandi. Bu esa duragaylarda belgilarning ajralish nisbatiga albatta ta’sir kiladi. Demak Xar bir organizm genotipini bir-biriga alokasi bulmagan aloXida olingan genlarning tuplami deb bulmaydi. Genlarning uzaro ta’siri deyilganda genlarning jismoniy jiXatdan bir-biriga ta’sir kursatishi emas balki ularning birlamchi va ikkilamchi maXsulotlarining belgilarni yuzaga chikarish jarayonidagi uzaro ta’sir tushuniladi.
Genlarning uzaro ta’sirining allel va allel bulmagan genlarning uzaro ta’siriga ajratib kursatish mumkin.
Allel genlarning uzaro ta’siri tulik dominantlik, chala dominantlik, uta dominantlik va kodominantlik shakllarida yuzaga chikadi. Tulik dominantlik — geterozigotali duragaylarning barchasida fakat bitta allelning belgisi tulik namoyon bulib, ikkinchi allel belgisining paydo bulmasligi.
Chala dominantlikda dominant gen uz xususiyatini tulik yuzaga chikara olmaydi. Belgi chala dominantlik bilan yuzaga chikkanda birinchi avlodning geterozigotali duragaylarida dominant belgi tulik paydo bulmaydi.
Uta dominantlik — dominant allelning geterozigota Xolida — Aa, gomozigotaliligiga — AA karaganda uz belgisini kuchlirok nomoyon kilishi.
Kodominantlik — geterozigotali organizmda Xar ikkala allelga Xam xos belgilarning yuzaga chikishi.
Odatda Xar bir gen mustakil ravishda bitta belgini yuzaga chikaradi. Lekin ayrim Xolatlarda bitta genning belgini yuzaga mustakil chikarishda unga allel bulmagan, ikkinchi gen uz ta’sirini kursatishi mumkin. Allel bulmagan genlarning uch xil ta’siri yaxshi urganilgan: komplementarlik, epistaz va polimeriya.
2) Komplementarlik — allel bulmagan genlarning Xar biri aloXida-aloXida belgini yuzaga chikarib, birgalikda esa boshkacha belgini yuzaga chikarishi. Komplementarlikda ikkinchi avlod duragaylarida belgilarning ajralishi 9:3:3:1, yoki 9:7 yoki 9:3:4 nisbatlarda buladi.
Genlarning komplementar ta’siri turli xil bulishi mumkin. Masalan, ok gulli nuxatlar chatishtirilganda kizil gulli nuxatning paydo bulishi, kora ( AAvv ) sichkon bilan albinos (aaVV ) sichkon chatishtirilganda va niXoyat kelib chikishi Xar xil bulgan sharsimon kovoklar chatishtirilganda kuramiz.
Agar kelib chikishi Xar xil ( AAvv va aaVV ), lekin sharsimon kovoklar chatishtirilsa, F1 da fakat gardishsimon ( AaVv ) kovoklar vujudga kelib, F2 da ajralish 9:6:1 buladi, ya’ni 9 ta gardishsimon, 6 ta sharsimon, 1 ta chuzinchok kovoklar Xosil buladi. Bunda dominant komplementar genlarning Xar biri aloXida sharsimon kovokni, ikkala komplementar dominant gen uzaro ta’sir etib, gardishsimon kovokni vujudga keltiradi. Bu genlarning retsessiv allellari uzaro ta’sir etishi natijasida chuzinchok ( aavv ) kovok rivojlanadi.
Sutemizuvchilarning Xujayralarida virusga karshi maxsus oksil ya’ni interferon ishlab chikariladi. Interferonning Xosil bulishi ikkita allel bulmagan genning komplementar ta’siriga boglik. Bu genlarning biri ikkinchi xromosomada ikkinchisi esa beshinchi xromosomada joylashgan.
Voyaga yetgan kishilarning gemoglobinida Xar biri aloXida gen bilan boshkariladigan turtta polipeptid zanjiri buladi. Demak gemoglobin molekulasining sintezida turtta komplementar genlar katnashadi.
3) Epistaz-bitta gen ta’sirining unga allel bulmagan ikkinchi gen ta’siridan ustun bulishi. Lekin ayrim Xolatlarda epistaz retsessiv gen ta’sirida Xam yuzaga chikishi mumkin.Shunga kura genlarning epistaz ta’sirini ikkiga, ya’ni dominant va retsessivga ajratiladi. Dominant epistazda bitta dominant gen ta’sirida ikkinchi dominant gen uz belgisini yuzaga chikara olmaydi (A >V). Retsessiv epistazda esa retsessiv gen ta’sirida dominant gen uz belgisini chikara olmaydi (a >D). Uziga allel bulmagan bironta genning ta’sirini yukotib, uzining belgisini yuzaga chikaruvchi genga epistatik, belgisini yuzaga chikara olmaydigan genga gipostatik gen deyiladi.
Genlarning epistaz ta’siri otlarda yaxshi urganilgan. Kulrang ot (SSvv) kora ot (ssVV) bilan chatishtirilsa birinchi avlod duragaylarining genotipi SsVv bulib, Xammasi kul rang buladi. Duragaylarning kul rang bulishi S genning V gen ustidan dominantlik kilishini kursatadi. Birinchi avlod duragaylari uzaro chatishtirilganda ikkinchi avlodda fenotip buyicha belgilar 12:3:1 nisbatda ajraladi. Dominant S geni bulgan Xamma duragaylarning rangi kulrang, V genlari bulgan duragaylarning rangi kora,ikkala retsessiv alleli bulgan duragaylar esa malla rangli buladi. Ayrim Xolatlarda,dominant epistazda,ikkinchi avlodda belgilarning ajralishi 13:3 nisbatda Xam bulishi mumkin. Masalan, ok tovuklarni (CCII va ccii) uzaro chatishtirilganda shunday natija olinadi. Retsessiv epistazda esa ajralish 9:3:4 nisbatda buladi.
4) Polimeriya — allel bulmagan bir necha genlar ta’sirida bitta belgining yuzaga chikishi. Shunday polimer genlar ta’sirida Xosil buladigan belgilar polimer genlar xisoblanadi. Polimer genlar odatda bitta xarf bilan ifodalanadi, ya’ni A1, A2, A3, A4 va xokazo. Bitta organizmda shunday bir xil genlarning tuplanishi natijasida ularning ta’siri kuchayadi. Agar polimer genlarning yigindisi kup bulsa, organizmning belgisi kuchli rivojlanadi, agar kam bulsa, shu belgi kuchsizrok rivojlanadi. Polimer belgilarning yuzaga chikishini asrimizning boshlarida shved genetigi G.Nilson-Ele (1908) kizil va ok donli bugdoylarni uzaro chatishtirib, ularning ikkinchi avlodida belgilarning monoduragay chatishtirishdagidek 3:1 nisbatini oldi. Lekin shunday belgilari bulgan bugdoylarning ayrim navlari chatishtirilganda ikkinchi avlodda belgilar 3:1 nisbatda bulmasdan 15:1 nisbatda, ya’ni 15 ta rangli (kizil) va 1 ta rangsiz (ok) bulib chikdi. Rangli bugdoy donlari rang jixatdan Xam tekis bir xil bulmasdan tuk kizildan tortib to kizgish ranggacha Xosil buladi. Kizil rangni allelning dominant genlari ok rangni esa ularning retsessivi yuzaga chikaradi. Dominant genlar sonining kamayishi bilan belgi Xam (kizil rang) kuchsizrok bulib yuzaga chikadi. Dominant genlar sonining oshishi bilan belgi Xam kuchlirok namoyon buladi, bunga kumulyativ polimeriya deyiladi.
Ayrim xolatlarda polimer genlar belgilarning fakat soninigina aniklab bermasdan sifatini Xam belgilashi mumkin. Bunda belgilarning paydo bulishi dominant genlarning soniga boglik bulmasdan ularning bor yoki yukligiga boglik buladi va bu xolni kumulyativ bulmagan polimeriya deb yuritiladi. Kupgina belgilar polimer genlar ta’sirida yuzaga chikadi. Masalan: usish tezligi, tiriklik vazni, tovuklarning serpushtligi, sut va undagi yog mikdori, vitaminlarning tuplanishi, biokimyoviy reaksiyalar tezligi, Xayvonlarda nerv sistemasining xususiyatlari va xokazolar.
Genlar polimer ta’sirining biologik aXamiyati shundaki, polimer genlar ishtirokida yuzaga chikkan belgilar bitta gen bilan yuzaga chikkan belgilarga karaganda juda mustaXkam va turgun buladi. Polimer genlar bulmaganda organizm Xar xil ta’sirlarga, ayniksa mutagen omillar ta’siriga oson beriluvchan bular edi.
5) Asosiy genlarning ta’sirini kuchaytiruvchi yoki susaytiriluvchi genlarga modifiktor genlar deyiladi. Ular belgini keskin uzgartirmasdan balki uning rivojlanishini kuchaytirishga va kuchsizlantirishga sabab buladi. Modifikator genlar dominant yoki retsessiv bulishlari mumkin. Masalan, ola-bula sichkonlarda bu tus fakat ularga shunday tus beradigan asosiy genga emas,balki modifikator genlarning kuprok (4 dan 10 gacha) bulishiga Xam boglik ekanligi aniklangan. Modifikator genlarning ta’siri koramol, chuchka, kuy, otlar rangining va usimliklar gulining olachipor bulishiga olib keladi. Ma’lum bulishicha, moddalar ishlab chikarish uch tipdagi genlarning: strukturali genlar, operator genlar va regulyator genlarning uzaro ta’siri natijasida tartibga solinar ekan.
Polipeptidlarda aminokislotalarning ketma-ket joylashishini belgilovchi genlar strukturali genlar deb ataladi. Bunday genlar ma’lum bir ferment Xosil kilish kobiliyatiga ega bulib,ular bunday fermentni sintez kilishni tuxtatishi yoki eXtiyoj bulsa,davom ettirishi mumkin ekan. Bunday tartibga solishni operator genlar va regulyator genlar amalga oshiradi. Operator gen regulyator gennning buyrugiga binoan strukturali genning aktivligini kuchaytiradi yoki susaytiradi.
ADABIYOTLAR
1. Gershenzon M.N. Osnovu sovremennoy genetiki. Kiyev, «Urojay», 1979.
2. Gulyayev G.V. Genetika. M., «Kolos», 1984.
3. Dubinin N.P.Glembotskiy Ya.L.Genetika populyatsiy i seleksiya. M.«Nauka», 1967.
4. Dubinin N.P. ObXaya genetika. M., «Nauka», 1970.
5. Lobashev M.Ye. Genetika. M., «Kolos», 1967.
6. Li U. Vvedeniye v populyatsionnuyu genetiku. M., «Mir», 1967.
7. Maksudov Z.Yu. Umumiy genetika. T., «Ukituvchi», 1980.
8. Morozov Ye.M.,Tarasevich Ye.I.Anoxina V.S.Genetika v voprosax i otvetax. Minsk, 1989.