Biologiya fanining mazmuni, vazifalari va o’rganish metodlari
Biologiya fanining mazmuni, vazifalari va urganish metodlari.
Reja:
1. Biologiya fanining shakllanishi.
2. Tiriklikning tub moxiyatlari. Mavjudotlarning tiriklik darajasi.
3. Biologiyaning ilmiy tadkikot metodlari.
4. Biologiyaning muammolari. Biologiyani urganishni nazariy va amaliy axamiyati.
Biologiya — bu tiriklik xakidagi fan bulib materiyaning ma’lum bir shakli sifatidagi tiriklikning yashash va rivojlanish konuniyatlarini urganadi. Biologiya atamasi 1802 yilda bir-biridan mustasno fransuz olimi J. B. Lamark va nemis olimi G. R. Treviranus tomonidan fanga kiritilgan.
Insoniyat azaldan tiriklikka kizikish bilan karagan. Xayotga, tiriklikka bulgan karash xam fakatgina ruxiy olam tushunchalari nuktai nazari bilan talkin etildi. Shuning bilan birga xar xil kuzatishlar natijasida dunyoviy ilm ma’lumotlari xam tuplanib borildi. Tirik tabiatni urganish dexkonchilik ishlarini rivojlantirishda uz aksini topdi. Insoniyatning kup asarlik tajribasi tabiatni urganish soxasida kupgina amaliy natijalar berdi. Shu amaliy natijalar noxiyasida biologiya xam fan sifatida shakllana bordi. Biologiya fanining shakllanishi va rivojlanishi sodir buldi. Biologiya fanining tarixiy rivoji ruxiy olam fanlari, diniy karashlar va moddiylikka asoslangan fikr-muloxazalar asosida ruy berdi. Dastavval kadimgi yunon faylasuflari tabiat xodisalarini va dunyoni tabiiy kelib chikishini izoxlashga moddiylik asosida yondoshdilar. Demokri barcha ulik va tirik jismlar atomalardan iboratligini xamda material tanacha xususiyati shu atomlar kattaligi, shakli ularning joylashish tartibi va mikdoriy nisbatlariga boglikligini uktirdi.
Aristotel (20. 384 — 322 y) dunyoning real mavjudligi va uni anglab olish mumkinligini takidladi. U biologiya soxasida kup ishlar kildi va xayvonlarning 510 turini izoxlab, ilk bor ular tasnifini keltiradi. U tabiatning umumiy uygunlik va rivojlanishi jarayonida murakkablashishi kabi goyalarni ilgari surdi. Tabiatda uzgarishning mavjudligi va uning kay tarzda ruy berishi azaldanok faylasuf va tabiatshunoslik uchun kizikarli soxa bulib kelgan va bir-biriga karama-karshi metafizik xamda dialektik karashlar mavjud bulgan. Metafizikaga kura tabiatdagi xar kanday xodisa uzgarmas, turgun uzgarish sodir bulsada, son jixatdan bulib, buyum va xodisaning tub ma’noda xossasi uzgarmas koladi. Organik olam xakidagi metafizik dunyokarash kreatsionizmlar. Kreatsionistik goyaga kura iloxiy kuch usimlik, odam va xayvonni yaratgan, bulib, barcha tirik mavjudot paydo bulganidan uzgarmagan va uzgarmaydi. Dialistik dunyokarashga kura borlik muntazam ravishda uzgarib turadi, karama-karshiliklar kurashi tufayli rivojlanadi va mikdor uzgarishlari yangi sifat uzgarishlariga olib keladi. Kupgina kadimgi mutafakkirlar (Gipokrat, Demokrit) tirik moddalarning tabiiy kelib chikishi va evolyutsiyasi xamda yashash uchun kurash goyalari ilgari surib, dialektik nazariya asosida fikr yuritganlar.
Biologiyaning shakllanishi va rivojida keskin davr buyuk ingliz olimi Ch. Darvinning sodda shaklidan murakkabrokka asta-sekin milliard yillar davomida, yer evolyutsiyasi nazariyasining yaratilishi bilan boshlandi. Bu nazariya usimlik va xayvonot olamidagi barcha murakkab jarayonlar xakidagi tushunchalarni tubdan uzgartirdi va kayta shakllantirdi. Biologiya fanining rivojlanishi jarayonida mavjudotlar shakllarining tuzilishi, faoliyati, tarakkiyoti, evolyutsiyasi va ularning atrof-muxit bilan munosabatini chukur urganuvchi tarmoklar vujudga keldi. Tirik tabiatdagi barcha jarayonlarni ilmiy nazariyalarga asoslangan xolda organizm kismlari va organizmdagi yaxlit uygunlashgan faoliyat sir-asrorlarini va umuman tiriklikning kelib chikish, evolyutsiyasini, unga xos belgi va xususiyatlarini chukur talkin etish, biologiyaning muxim vazifalaridan biridir.
Tiriklikning tub moxiyatlaridan biri xar bir organizmga xos bulgan irsiy xususiyatlarning uning avlodlariga utishi bilan shu organizmlarga xos xususiyatlarning saklanishdan iboratdir. Bu tiriklik mavjudot tarkibiy kismining uz-uzidan xosil bulishini ta’minlovchi jarayonlar tufayli nuklein kislotalar faoliyatlari asosida ruy beradi. Tirik mavjudotlarga uzgacha belgilarning paydo bulishi, ya’ni uzgaruvchanlik xosdir. Bu jarayon xam irsiyat moddasi — nuklein kislotalardagi uzgarish natijasida sodir buladi. Yukorida bayon etilgan tiriklikning barcha belgi va xususiyatlari katorida sharoitga moslashish, uz-uzini boshkarish, xosil kilish xamda ichki muxit sharoitining barcha kursatkichlarni turgun xolatda saklash ya’ni organizm gomeostazini belgilab berish kabi murakkab jarayonlar majmui xar bir tirik mavjudot uchun xos bulgan belgilarning zamonaviy tushunchasi xisoblanadi.
Kurrai zamindagi turli-tuman usimlik va xayvonot dunyosi shundaygina tarkalib kolmay, balki uning tarkalishini uzaro uzviy boglanish xosil kilgan yagona xamkor sistema bunyod etadi. Bu sistema yaratuvchilar, iste’molchilar, organik moddalarni parchalovchilar xamda muxitning kisman tirik bulmagan tarkibiy kismlarini uz ichiga oladi. Tarkibiy kismlar orasidagi munosabat va shu jarayonda insonning urni muxim axamiyatga egadir. Munosabatlararo jarayondan inson uziga naf chikarish bilan mavjudotlar va atrof-muxit urtasidagi mutanosiblik alokasining buzilmasligi ekologiyaning dolzarb masalasi tarzida urganiladi.
Biologiya fani bulgusi agronom, seleksionerlarning shakllanishida dunyokarashidagi ilmiy-tabiiy biri xisoblanadi. Zamonaviy bi-ologiya bir tomondan xayot faoliyatining fizik-ximiyaviy asoslari va sistemali mexanizmlarni anglatuvchi bilimlarining tez rivojlanayotganligi bilan ifodalansa, ikkinchi tomondan biologiyaning sotsial moxiyati ortishi, ya’ni biologiyaning jamiyat xayoti xamda uning urganish obyekti xisoblanishi bilan uzviy boglikligi ortib bormokda.
Biologiyaning rivoji bilan uning turli tarmoklari uzining tarakkiyot yunalishi bulgan aloxida fan sifatida shakllanadi. Usimlik olamini-botanika, mavjudotlari tuzilishi va faoliyatini anotomiya, gistologiya, fiziologiya, irsiyatning genetikasi, organik olamning tarixi rivojlanishini evolyutsiya, mavjudotlarning uzaro va atrof — muxit bilan uzviy alokasini biologiyaning ekologik tarmoklari urganadi.
Shuning uchun xam xozirgi biologiya tiriklik xakidagi murakkab fanlar majmuidan iboratdir.
5. Mavjudotlar guruxi orasida uzaro uxshashlik va farklar bulishidan kat’iy nazar ular, ya’ni barcha tirik mavjudotlar uz tirik-lik darajasiga egadir. Xar bir organizmning tarkibi kimyoviy modda birikmalaridan iborat. Shu moddalar organizmning eng sodda tashkiliy darajasi xujayraning asosini tashkil etadi. Xujayralar uz navbatida organizm uchun xos bulgan a’zo va tukimalarni, ularning uzaro murakkab munosabati bir butun yaxlit organizmni xosil kila-di. Tirik mavjudot tuzilmalarining bir tartibda ekanligi xakidagi tushuncha tiriklikning tashkiliy darajasida uz aksini topadi. Tiri-klikning molekular, sub xujayraviy tukima va a’zo, organizm, popu-lyatsiya-tur, biogeotsenotik va biosfera darajalari tafavvut etiladi.
6. Biologiyaning turli soxalarida kuyidagi ilmiy-tadkikot metodlaridan keng foydalaniladi. Kuzatish metodi, takkoslash metodi, tarixiy metod, eksperimental metod, modellashtirish metodi. Kuzatish metodi organizmlar va ularning atrofidagi muxitda ruy beradigan xodisalarni tasvirlash va taxlil kilish imkonini beradi.
Turli sistematik guruxlar, tirik organizm jamoalari organizmlar, ularning tarkibiy kismlaridagi uxshashlik va farklar takkoslash usuli yordamida aniklanadi. Turli sistematik guruxlar organizm, uning organlarini tarixiy jarayonda paydo bulish konuniyatlari tarixiy metod yordamida aniklanadi. Mazkur metod yordamida organik dunyoning evolyutsion ta’limoti yaratildi. Eksperimental metod orkali tirik tabiatdagi, organizmlardagi vokea — xodisalar boshka metodlarga nisbatan chukur urganiladi. Keyingi paytlarda elektron xisoblash texnikasining rivojlanishi bilan biologik tadkikotlarda modellashtirish metodidan xam foydalanilmokda.
Biologiyada boshka fanlardagi kabi kup muammolar, uz yechimini kutayotgan masalalar, tirik tabiat sirlari mavjud. Bu muammolar birinchidan molekulalarning tuzilishi va funksiyasini aniklash: ikkinchidan, bir va kup xujayrali organizmlarning rivojlanishi tartibga solish mexanizmlarini bilish; uchinchidan, organizmlar shaxsiy rivojlanishdagi irsiyat mexanizmlari, ya’ni oksil biosintezidan xujayra xosil bulguniga kadar tabakalanishni oydinlashtirish; turtinchidan, organizmlar tarixiy rivojlanishini aniklash; beshinchidan, yerda xayotning paydo bulishi muammosini yechish va tajribada isbotlash; oltinchidan, insonlarning tabiatdagi kursatadigan ijobiy va salbiy ta’sirini bilish; yettinchidan odamning paydo bulishi bilan ochik bulgan ba’zi muammolarni xal etishdan iborat, yukorida kayd etilgan muammolarni yechish biologiya fani oldida turgan asosiy vazifadir. Lekin biologiya fani nazariy muammolarni yechish bilan cheklanib kolmasdan u juda muxim amaliy axamiyatga ega bulgan muammolar yechishda xam faol ishtirok etadi.
ADABIYOTLAR
1. A. T. Gafurov. “Darvinizm” T. : «Ukituvchi», 1992.
2. M. Tuxtayev, A. Xamidov. “Ekologiya asoslari va tabiatni muxofaza kilish” T. : 1994.
3. Biologiya. Bibliograficheskiy spravochnik, K. : “Naukova dumka” 1994
4. I. P. Sokolova. “Biologiya”. M. : “Vusshaya shkola” 1987.
5. K. Villi. “Biologiya”. Perevod s angliyskogo izdaniya «Mir», M. : 1968.
6. T. X. Xolikov, N. Sh. Sharofiddinxojayev va boshk. “Biologiya”. T. : “Abu Ali ibn Sino” 1996.
7. T. B. Gofman-Kadashnikov, D. F. Petrov. “Biologiya bilan umumiy genetika”. «Meditsina» T. : 1970
8. E. V. Semenov, S. G. Mamantov, V. P. Kogan. “Biologiya”. M. : «Prosvesheniye» 1984