Biologiyadan yillik taqvim reja tuzish

Biologiyadan yillik taqvim reja tuzish

Darsning maqsadi va vazifalari:

A) ta’limiy maqsad: fan bo’yicha yillik taqvim reja, mavzuli reja tuzishni, bir soatlik dars ishlanmalari tuzishni o’rgatish.

B) tarbiyaviy maqsad: Istiqbolli reja tuzish orqali talabalarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, umumbiologik va xususiy tushunchalar xamda o’quv amaliy ko’nikmalarni izchil ravishda tarkib toptirish, mantiqiy fikr yuritishga o’rgatish.

V) rivojlantiruvchi: bilim va ko’nikmalarini mustaxkamlashga, kengaytirishga, rivojlantirishga, kasbga ongli ravishda yo’llash.

Darsning turi:  ma’ruza.

Dars uchun ajratilgan vaqt: 80 min. Dars o’tish joyi: № 536 xona.

Darsning jixozlanishi: Adabiyotlar, tablitsa.

Fanlar bilan bog’lab o’tish:  psixologiya, pedagogika, kimyo.

Xayot bilan bog’lab o’tish: insonga o’qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya nazariy fazilatlarni, ma’lum hunarni egallash uchun zarur bo’lgan xulq normalarni va amaliy malakalarini o’rgatishdir,

Darsning texnologik xaritasi.

Darsning borishi:

Tashkiliy qism: salomlashuv, davomat, yangiliklar. (2 min)

O’tilgan mavzuni so’rash va mustaxkamlash: (30 min)

1.Darslik bilan o’quv qo’llanmaning farqini aytib bering.

Darslikning asosiy komponentlari nimalardan iborat?

Botanika darsligining tuzilishini va mazmunini tushuntirib bering.

Zoologiya darsligi botanika   darsligidan   nimalari   bilan   tafovut qiladi?

Zoolopi darsligida bilimlarni yoritish kanday prinsipga asoslangan.

Asosiy tayanch iboralar: ( 5 min) Darslik va o’quv qo’llanma.Darslikning vazifasi. Darslik strukturasi. Jihozlar. Maktab botanika, zoologiya, odam va uning salomatligi, umumiy biologiya darsliklari. .

Asosiy qism. (30min)

Yangi mavzu bayoni:

Reja:

Biologiyadan yillik istiqbol  режа тузиш .

O’quv dasturidagi boblar va mavzular o’quvchilarda biologik tushunchalarni shakllantirish tizimi ekanligi.

Biologiyadan laboratoriya va     amaliy     mashg’ulotlarning     maqsadi, vazifalari, ta’lim tarbiya jarayonida  tutgan  o’rni.

O’qituvchining darsga tayyorlanishi.

       Ma’lumki, umumiy o’rta ta’lim maktablarida biologiyani o’qitishning asosiy shakli dars sanaladi. Darsda o’quv fani yuzasidan asosiy o’quv materiali o’rganiladi, lekin dars o’qitishning boshqa shakllari bo’lgan darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg’ulotlar va ekskursiyalar bilan uzviy bog’liq. Darsdan tashqari ishlar masalan, tabiatda, uyda va tirik tabiat burchagida olib borilgan kuzatishlar va o’tkazilgan tajribalar natijalari, ekskursiyada tayyorlangan gerbariylar va kolleksiyalardan darsda foydalaniladi. Sinfdan tashqari mashg’ulotlar o’quvchilarning biologiya o’quv fanlaridan o’zlashtirgan bilim va ko’nikmalarini mustahkamlashga, kengaytirishga, rivojlantirishga, kasbga ongli ravishda yo’llashga xizmat qiladi.

       Demak, biologiyani o’qitishda dars, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg’ulotlar va ekskursiyalardan o’z o’rnida rejali va samarali tashkil etilishi, ya’ni o’qitishga tizimli yondoshuvni amalga oshirilishi lozim.

   O’qituvchi ushbu mashg’ulotlarni bir biri bilan uzviy ravishda tashkil etish asosida biologik ta’lim samaradorligiga erishish, o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, umumbiologik va xususiy tushunchalar hamda o’quv amaliy ko’nikmalarni izchil ravishda tarkib toptirish, mantiqiy fikr yuritishga o’rgatishni nazarda tutadi.

  O’qituvchining o’quv mashgulotlariga tayyorlanishi ta’lim tarbiya ishlarini rejalashtirish bilan boshlanadi. Rejalashtirish uch boskichda olib boriladi.

Yillik taqvim reja tuzish ya’ni istiqbolli reja

Dasturning xar bir mavzusi bo’yicha mavzuli reja tuzish

Dars uchun bir soatlik dars ishlanmasi tuzish

  Yillik taqvim reja tuzish ya’ni istiqbolli reja. Umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun tayanch o’quv rejasi davlat ta’lim standartlarining tarkibiy qismi bo’lib, u ta’lim  soxalarini me’yorlashga xamda maktabning moliyaviy ta’minotini belgilashga asos bo’ladigan davlat xujjatidir. Tayanch o’quv rejasi o’quv predmeti bo’yichav beriladigan ta’lim mazmunini o’quvchiga yetkazish uchun ajratilgan o’quv soatlarining minimum xajmdagi miqdorini ifodalaydi. U xar bir sinfda muayyan o’quv predmeti bo’yicha davlat standratlariga muvofiq beriladigan ta’lim mazmunini aniqlashga asos bo’ladi. Xar bir  istiqbolli reja o’quv reja asosida tuziladi.

 Mazkur reja biologiyani o’qitishning barcha shakllarini uzviy ravishda qamrab olishi, o’quv dasturidan o’rin olgan boblar va mavzular bo’yicha darslar tizimi, o’quv yilidagi choraklar va ta’tillar hisobga olingan holda o’tkazish muddatlari, fanlararo bog’lanishlar, ekskursiyalar, darsdan va sinfdan tashqari ishlar aks etadi.

Biologiya o’qituvchi istiqbol reja tuzishi uchun:

— O’quv dasturidagi har bir bobning didaktik maqsadini, shuningdek, bobdagi mavzularning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarini aniq tasavvur qilishi;

 -Mavzularni o’qitishda yil fasllari, mavzuning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari, o’quvchilarda shakllantiriladigan biologik tushunchalar, tarkib toptiriladigan ko’nikmalarni hisobga olgan holda o’qitish metodlari, ko’rgazma vositalarini tanlashi.

  — O’quvchilar tomonidan o’tkaziladigan kuzatish va tajribalarning mazmuni va muddatlarini aniqlashi;

 -Darsda namoyish etiladigan tajribalarni avvaldan tayyorlash muddatlarini belgilashi;   — Har bir darsda ta’limtarbiyaning uzviyligi, boblar, mavzular va fanlararo bog’lanishlarni amalga oshirish yo’llarini belgilashi;

 -O’quvchilarning mustaqil ishlari uchun didaktik va tarqatma materiallarni tayyorlash, mustaqil o’qish uchun qo’shimcha adabiyotlarni tanlashi;

  -Amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari, ekskursiyalarni tashkil etish uchun zarur bo’ladigan laboratoriya jihozlari va asboblarini aniqlashi lozim.

  Xulosa qilib aytganda, o’qituvchi istiqbol rejada o’qitish jarayonining yaxlitligini nazarda tutishi, o’z pedagogik faoliyatini shu reja asosida tashkil etishi, unda o’qitishning barcha shakllarining’ uzviyligini ta’minlagan holda ularni o’tkazish muddatlari ko’rsatilgan bo’ladi.

O’quv   yili   uchun   tuzilgan   istiqbol   reja   qat’iy   emas,   unga   yil davomida  muayyan  holatlarni   hisobga  olgan  holda tegishli  o’zgartirishlar kiritish, ekskursiya va sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va o’tkazish muddatlari o’zgartirilishi mumkin.

   Yillik taqvim  reja chorak rejalardan tashkil topadi. Har bir chorakda nechta dars o’tilishini belgilash uchun kalendarga қarab shu chorak necha xaftadan iboratligi aniklanadi. Masalan. 1 chorak 2.09.10 dan: 3.11. gacha davom etadi. Bu muddat taxminan 9.5 xaftani tashkil etadi. Binobarin. 1 chorakda biologiyadan. 9 dars o’tilishi mumkin. Odatda kalendarь reja қuyidagi formada tuziladi:

« Гулли  о’simliklar» bo’limi bo’yicha  V sinf uchun 1chorak kalendarь rejasi


Boblar




Dars   mavzusi



O’tish muddati

Kirish

(1 soat)


1



Kirish


3.09.


1 BOB
Gulli o’simliklar bilan  umumiy tanishish

( 3 soat, shundan

1 soat ekskursiya)


1


2


3



Gulli o’simliklar bilan umumiy  tanishish
O’simliklarning  xayotiy  shakllari


Tabiatga ekskursiya


10.09.

17.09


24.09



Mavzuli  reja. Yillik taqvim  reja asosida mavzuli  reja tuziladi. Mavzuli  reja  xar bir dars mavzusi bilan birga uning asosiy masalalari, qo’llaniladigan metodlar, ishlatiladigan o’quv jixozlari, uyga beriladigan vazifalar ko’rsatiladi. Bundan tashkari. mavzuli rejada darsdan tashqari ishlar va sinfdan tashkari o’qishlar uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar  xam ko’rsatilishi   mumkin.
Quyida  mavzuli  reja namunasi;


Boblar



mavzu


soat

o’tish

muddati



metod



jixoz



Qo’shimcha
adabiyotlar


Sinfdan tashqari mash.


ekskursiya


Uyga

 vazifa



Mazkur rejani tuzishda:
—   Har   bir   o’quv   fani   dasturi   mazmun   va   mohiyatiga   ko’ra   izchillikda joylashgan boblardan iborat ekanligi;

 —  Dasturdan o’rin olgan har bir bob mantiqiy jihatdan bir biriga uzviy bog’liq bo’lgan o’quv materiallarini birlashtirishi;

  — Har   bir   bob   mantiqiy  jihatdan  uzviy   bog’langan  darslar  tizimidan iborat ekanligi;

   -Har    bir    mavzu    mazmuniga    ko’ra,     o’quvchilarda    muayyan     biologik tushunchalarni shakllantirish va ko’nikmalarni tarkib toptirishga zamin tayyorlashini nazarda tutishi lozim.

    Ma’lumki, biologiyani o’qitishda mavzu matnida ustunlik qiluvchi tushunchalarga ko’ra, morfologik, anatomik, fiziologik, sistematik, gigiyenik, ekologik, embriologik, sitologik va h.k. mazmundagi darslarga ajratiladi. Darslarning bunday guruhlarga ajratilishi o’quvchilarda tushunchalarni shakllantirish va ko’nikmalarni tarkib toptirish jarayonini uyg’unlashtirish va ularni uzviy ravishda rivojlantirish imkonini beradi.

     O’quv yili boshlanishida butun kursga aloxida kirish darslari o’tkaziladi. Bu darslarda biologiya fanining tegishli bo’limlari (predmeti, vazifalari va axamiyati) to’g’risida, o’rganiladigan kursning mazmuni va uni o’qitish metodlari to’g’risida tasavvur beriladi.

  Ajratilgan soatlar soni jixatidan katta mavzularda: 1) ki­rish darslari, 2) mavzu mazmunini ochib beruvchi darslar, 3) xotima yoki umumlashtiruvchi darslar fark kilinadi. Uncha katta bo’lmagan mavzularda birinchi darsning boshlanishida kirish, oxirgi darsniig yakunida umumlashtirish darsi o’tkaziladi.

   Dars mazmuni tarkibidagi tushuncha va ko’nikmalarni o’quvchilar tomonidan mustahkam o’zlashtirishlari uchun o’qituvchi ko’rgazma vositalari va o’qitish metodlarini tanlaydi.

    Har bir bob yakunida o’tkaziladigan umumlashtiruvchi darslarda, darsning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlariga mos holda muayyan ko’rgazma vositalari va metodlardan foydalaniladi.

   O’qituvchi har bir bobda tushuncha va o’quv amaliy ko’nikmalarni rivojlantirish izchilligini, shuningdek, ta’lim tarbiyaning uzviyligini amalga oshirish yo’llarini belgilaydi, zarur hollarda mavzuli taqvim rejaga tegishli o’zgartirishlar kiritadi.          Biologiya o’quv dasturida o’quvchilarning o’zlashtirgan bilimlarini mustahkamlash, ularni amaliyotga qo’llash orqali biologik, amaliy va o’quv mehnati ko’nikmalarini tarkib toptirish maqsadida laboratoriya mashg’ulotlari kiritilgan.

   Biologiya    o’quv   dasturidan    o’quvchilarning    o’quv    va    amaliy    mehnat ko’nikmalarini  rivojlantirish  maqsadida  amaliy   mashg’ulotlar  ham  o’rin olgan. O’qituvchi mazkur amaliy mashg’ulotlarning samaradorligini oshirish maqsadida quyidagilarga e’tiborini qaratishi lozim:

  -O’quv dasturidan o’rin olgan amaliy mashg’ulotlarni istiqbol va taqvim mavzuli rejadagi va ta’lim tarbiya jarayonida tutgan o’rnini aniqlashi;

   -Amaliy  mashg’ulotlarining didaktik maqsadini aniqlashi;

   -Amaliy    mashg’ulotini    o’tkazish    uchun    zarur     bo’ladigan    jihozlarni tayyorlashi;

   -Amaliy   mashg’ulotda   o’quvchilarning   bilish   faoliyatini   tashkil   etish yo’llarini belgilashi va shu asosda mashg’ulotning borishini loyihalashi;

   -O’quvchilarning tajriba va kuzatish o’tkazish jarayonida zarur bo’ladigan topshiriqlar uchun ko’rsatmalar tayyorlashi;

Yangi mavzuni mustaxkamlash: (30 min)

Biologiyadan yillik istiqbol reja tuzishning ahamiyatini aniqlang.

Mazkur rejani tuzishda o’qituvchi nimalarni nazarda tutishi lozim?

Biologiyadan mavzuli taqvim reja tuzishning mohiyatini aniqlang.

Mavzuli taqvim reja tuzishda o’qituvchi nimalarga e’tiborini qaratishi zarur deb hisoblaysiz?

O’quv dasturidagi dasturidagi boblar va mavzular o’quvchilarda biologik tushunchalarni shakllantirish tizimi ekanligini aniqlang.

Biologiyadan laboratoriya va     amaliy     mashg’ulotlarning     maqsadi, vazifalari, ta’limtarbiya jarayonida tutgan o’rnini belgalang.

Biologiya o’quv fanlarining dasturlarini  tahlil qiling va  istiqbol, mavzulitaqvim reja tuzing.

Adabiyotlar.

Davlat ta’lim standartlari.1999 yil.

J.Tolipova, A.T.G’ofurov «Biologiyadan yangi pedagogik texnologiyalar» 2002 y .

 3.Yu.N.M.Verzilin, M.Korsunskaya «Biologiya o’qigishning umumiy  metodikasi»,«O’qituvchi» 1983 y.

Qo’shimcha adabiyotlar.

Sh.A.Amonashavili, S.NLisenkova va boshqalar «Pedagogik izlanish», «O’qituvchi» 1990Y.

A.Zunnunov va boshqalar «O’rta Osiyoda pedagogik fikr tarakkiyotidan lavxalar», «Fan» 1996 y.

J.Tolipova, A.T.G’ofurov «Biologiya o’qitish metodikasi» metodik qo’llanma. Akadem litsey va kasb hunar kollejlari uchun. O’qit. 2004 y.

Mustaqil ish mavzusi.