Barg morfologiyasi. Bargning anatomik tuzilishi
1.Barg vazifasi
2.Barg qismlari
3.Barg plastinkasining tuzilishi
4.Bargning poyaga joylanishi
5.Murakkab barglar
6.Barg metamorfozasi
7.Barg ichki tuzilishining xillari
8.Barg ichki tuzilishining o‘simlikning yashash sharoitiga bog‘liqligi
9.Dorzoventral barg anatomiyasi
10.Izoloterial barg anatomiyasi
11.Radial barg anatomiyasi
BARG MORFOLOGIYASI-Folium .
Barg o‘simligining asosiy vegetativ organi bo‘lib hisoblanadi. Barg birinchi marotaba urug‘ embrionidan yoki kurtakdan o‘sib chiqadi. Barg pastki tomoni bilan o‘sadi. Ba’zi o‘simliklarda ma-salan: qirqquloqsimonlarda barg uchi bilan o‘sadi. Ko‘pchilik o‘simliklar bargi baxorda chiqib kuzda to‘kiladi. Ba’zi o‘simliklarning bargi esa bir necha yil to‘kilmasdan turadi. Masalan: qarag‘ayning bargi 3 yil,archaning bargi 10 yil, velvichiya deb atalgan o‘simlikning bargi 100 yil to‘kilmasdan tura oladi. Barg asosan 2 qismdan iborat:
1.BARGNING BANDI (Chereshok)
2.BARGNING PLASTINKASI
Go’za bargi: 1-barg tomirlari, 2-barg yaprog’i, 3-barg bandi.
Ba’zi o‘simliklarning bargi bandsiz bo‘ladi, (sidyachiy list) Masalan, ko‘knorining bargi. Ba’zi o‘simliklarning bargi qinli (Vlagalishniy list). Masalan: G’alladoshlarning bargi, soyabongullilarning oilasiga kirgan o‘simliklar.
Lolaning bandsiz bargi | Terakning to’rsimon tomirli bargi | Bug’doyning parallel tomirli bargi |
Barg bandli ham bo‘ladi. Bunga chereshkovыy list deyiladi. Ba’zi o‘simliklarning bargining tagida qo‘shimcha bargi ham bo‘ladi. (prilistnik) Masalan:no‘xat, g‘o‘za barglari tagida.
Agar barg plastinkasi 1 ta bo‘lsa oddiy barg deyiladi.
Barg plastinkasi butun yoki qirqilgan bo‘lishi mumkin. Agar barg plastinkasi o‘rta tomiriga nisbatan 3/1 qismi qirqilgan bo‘lsa, bo‘lakli barg (lopastnoy list) deyiladi: chinor, anjir, g‘o‘za, terak, dub barglari. Agar barg plastinkasi bundan ham chuqurroq qirqilgan bo‘lsa, ammo o‘rta tomirigacha yetmagan bo‘lsa, kesik barg (razdelnыy list) deyiladi. Mas:qoqio‘t,jag‘-jag‘.
Agar barg plastinkasi o‘rta tomirigacha qirqilgan bo‘lsa, ajralganbarg (rassechyonnыy list) deyiladi. Mas: pomidor, kartoshka.
Barg plastinkasining cheti tekis qirrali (selnokraynыy)yoki tishsimon (zubchatыy) arrasimon (pыlchatыy) yoki o‘yiqsimon (gorodchatыy) bo‘lishi mumkin.
Barg plastinkasi har xil shaklda:ninasimon, chiziqsimon, lansetsimon, yuraksimon, buyraksimon, tuxumsimon, nayzasimon, strelkasimon va boshqa bo‘lishi mumkin.
Turli shakldagi barglar:1-qalami, 2-ellipssimon, 3-yuraksimon, 4-buyraksimon, 5-o’qsimon. | |
O’rikning bargi(oddiy barg). |
Barg plastinkasi har xil kattalikda bo‘ladi. Mas: Gruziyada o‘suvchi Pterium barg nixoyat darajada katta bo‘ladi. Odam bemalol ko‘rpa qilib ustiga yopsa bo‘ladi. Barg poyaga xar xil ravishda o‘rnashadi. Ba’zi o‘simliklarning bargi poyada ketma-ket (ocherdnoy, spiralnыy) Mas: tol, terak barglari. Barg poyada qarama-qarshi(suprotinnыy) o‘rnashgan Mas: labsimongullilar oilasiga kiradigan o‘simliklar, yalpiz, shalfey. Ba’zi o‘simliklarning bargi poyada xalqasimon ravishda (mutovchatыy)joylashgan. Sambitgul o‘simligining bargi 3 tasi 1 ta joydan. Bargning asosiy bandi bo‘lib, shu asosiy bandga bir nechta bargchalar o‘zlarining bandchalari bilan joylashgan bo‘lsa, murakkab barg (slojnыy list) deyiladi. Murakkab barglar bir necha xil bo‘ladi:
3 plastinkali murakkab barg (troychatoslojnыy list) Mas: qulupnay, bedananing bargi.
Toq patli murakkab barg.(neparnoperistoslojnыy list) Mas: na’matak, yong‘oq, akatsiya bargi kiradi.
Juftpatli murakkab barg(parnoperistoslojnыy list) Mas: no‘xatning bargi, sariq akatsiyaning bargi.
Panjasimon murakkab barg (palchatoslojnыy list) Mas: nasha, kashtanning bargi
Hashorotho’ro’simliklar: 1-drosera, 2-nepentes(kuvacha),3-kaliforniya darlingtoni, 4-qapqonli hashorotho’r, 5-suv qaroqchisi,6-aldrovanda. |
Barg plastinkasining tomirlanishi har xil bo‘ladi. Bir pallali o‘simliklarning bargi parallel yoki yoysimon tomirlangan bo‘ladi. (parallelonervnыy, dugonervыy) Moy landыshining bargi yoysimon: bug‘doy,jo‘xori arpaning bargi parallel tomirlangan bo‘ladi. Ikki pallali o‘simliklarning bargi to‘rsimon tomirlangan bo‘ladi (setchatonervnыy).
To‘rsimon tomirlanish 3 xil bo‘ladi:
1.PATSIMON TOMIRLANISH (Peristonervnыy)
2.BARMOQSIMON (Panjasimon), (palchatonervnыy) tomirlanish
3.YULDUZSIMON ( zvyozdchatonervnыy)tomirlanish
TURINI O‘ZGARTIRGAN BARGLAR
Ba’zi o‘simliklarning bargi asosay vazifadan tashqari, qo‘shimcha vazifalarni ham bajaradi. Mas: kurtaklarning tashqi tomonidagi qobiqsimon barglar meristemani tashqi sharoitdan saqlab turadi. Piyozning tashqi tomonidagi quruq barglar ichki tomonidagi qismlarini qurib qolishidan saqlaydi.Ba’zi bir o‘simliklarning barglari qismlarini qurib qolishidan saq-laydi. Makkajo‘xorining so‘tasini o‘rab olgan barglar ham jo‘-xori donini quyosh ta’sirida qurib qolish, chirish va qurtlarning yeb ketishidan saqlaydi.
Ba’zi o‘simliklarning barglari qisman yoki butunlay tikonga aylangan bo‘ladi. Mas: qushqo‘nmas, qo‘ytikan deb atalgan o‘simliklarning barglari qisman tikanga aylangan bo‘ladi. Kak-tus va Barbaris o‘simliklarining barglari esa butunlay tikanga aylangan. Demak, tikanlar o‘simliklarni himoya qiladi. Agava va Aloe degan o‘simliklarning barglarida suv zapaslari to‘planadi. Ba’zi bir o‘simliklarning barglari gajakka aylangan. Bu gajakka aylangan barglar yordamida o‘simlik biror narsaga osilib yoki chirmashib o‘sadi: Mosh, loviya, no‘xat. Avstraliyada o‘suvchi Avstraliya akatsiyasining bargining bandi yaxshi taraqqiy etib,barg plastinkasiga aylangan bo‘ladi. Bunday barglarni 2 Fillodiya deb ataladi. Plastinkaga aylangan barg bandida fotosintez protsessi bo‘ladi. Demak, barg bandining plastinkasiga aylanishi fotosintez protsessiga bo‘lgan talabdan deyiladi. Ba’zi bir o‘simliklarda oqsil modda yetishmaganligi sababli barg xashorat tutadigan qopqonga aylanadi.Bunday o‘simliklarga: Rosyanka, Muxolovka, Puzirchatka, Kuvshinkalar kiradi. Gul kosachasi, otalik va onaliklari qiyofasini o‘zgartirgan barg ekanligini nemis shoiri va tabiatshunosi Gyote aniqlagan. Ba’zi bir o‘simliklarning barglari yordamida vegetativ uchraydi. Mas:Begoniya va fikus. Ba’zi bir o‘simliklarning barglari ildiz vazifasini ham bajaradi. Mas: suv qirqqulog‘i-Salviniya Salvinia natans. Bu o‘simliklarda 2 xil barg:suvning yuzasidagi va suvning ichkarisidagi barg deyiladi. Suvning ichkarisidagi barg ildiz vazifasini bajaradi.Barg juda ham o‘zgaruvchan organ. Bargning o‘zgarishi o‘simlikning yashash sharoitiga bog‘liq. Ba’zan bir tup o‘simlikning o‘zida ham xar xil barglar uchraydi. O‘simlikning pastki, o‘rtasidagi, yuqoridagi barglar. Odatda o‘rta barglar o‘simliklar uchun tipik barg bo‘lib xisoblanadi.
BARG ANATOMIYASI
Bargning ichki tuzilishi 3 xil bo‘ladi:
1.DORZOVENTRAL
2.IZOLOTERIAL
3.RADIAL
Dorzoventral bargning yuqori tomoni pastki tomonga o‘xshash bo‘lmaydi.Chunki yuqori tomonda qoziqsimon to‘qimalar, pastki tomonda esa, bulutsimon to‘qimalar joylashgan. Izoloterial bargning yuqori tomoni pastki tomoniga o‘xshash bo‘ladi. Bargning yuqorida ham,pastki tomonida ham qoziqsimon to‘qimalar joylashgan.
Radial bargning tuzilishi novdaga o‘xshash bo‘ladi.Bargning ichki tuzilishi o‘simlikning yashash sharoitiga ham bog‘liqdir. Issiq sharoitda yashaydigan o‘simliklarni Kserofito‘simliklar deyiladi.
O‘rta iqlimda yashaydigan o‘simliklarni Mezofit deyiladi.
Suv va nam sharoitda yashaydigan o‘simliklarni Gidrofit deyiladi. O‘simliklarning bargi epidermis bilan qoplangan. Ba’zi o‘simliklarning bargi ko‘p yillik bo‘lsa ham, (archa, qarag‘ay) epidermis bilan qoplangan.Epidermisning ustida Kutikula qa-vati yoki mum izlari bo‘ladi. Kserofit sharoitda yashaydigan o‘simliklarning bargining epidermisida kutikula qavat qalin, epidermis bir necha qavat.Bu o‘simliklarda qoziqsimon to‘qima yaxshi taraqqiy etgan.
Mezofit sharoitda yashaydigan o‘simliklarda epidermis 1 qavat, qoziqsimon to‘qima ham bargning yuqori tomonidan odatda bir qavat joylashgan bo‘ladi. Ba’zan 2 qavat ham bo‘lishi mumkin.
Gidrofit sharoitda yashaydigan o‘simliklarda qoziqsimon to‘qima bo‘lmaydi.
Kserofit sharoitda yashaydigan o‘simliklarda ustitsalar fa-qat bargning pastki tomoniga joylashgan bo‘ladi.
Mezofit sharoitda yashaydigan o‘simliklarda ustitsalar barg-ning asosan pastki tomonida, qisman yuqori tomonga joylashgan bo‘ladi.
Gidrofit sharoitda yashaydigan o‘simliklarda esa, ustitsalar bargning yuqori va pastki tomoniga joylashgan bo‘ladi.
Bargning plastinkasi 2 qismdan iborat:
1.Bargning yumshoq qismi- Mezofil
2.Bargning tomir o‘tgan qismi
Bargning yumshoq qismi mezofillda qoziqsimon va bulutsimon to‘qimalar joylashgan.
Barg kesmasining mikroskopda ko’rinishi:1-ustki po’sti, 2-barg eti, 3-tomirlari, 4-orqa tomonidagi po’sti, 5-og’izchalari, 6-og’izchadagi oxirgi hujayralar(kattalashtirib ko’rsatilgan). | |
Shuvoqbargining ko’ndalang kesimi.B-tuk, жв-bezli tuk, эв-ustki epidermis, эн-ostki epidermis, пт-ustunsimon to’qima, ксс-o’rtangi qavat, нн-o’tkazuvchi bog’lam, к-kutikula. |