14 – yanvar Vatan ximoyachilari
kuniga bag‘ishlangan bayram ertaligi
Zal bayramona bezatilgan. Bolalar zalga “Marsh” musiqasi ostida kirib keladilar.Bayram “O‘zbekiston Respublikasining Madhiyasi” bilan boshlanadi.
Boshlovchi: Bir kun katta bo‘lamiz,
O‘n yettiga to‘lamiz.
Mustaqil ona yurtga,
Komil farzand bo‘lamiz.
Siz hozir cha bolasiz,
Bog‘dagi gul lolasiz
Tinchliksevar halqimning,
Mard jasur o‘g‘lonisiz.
Bir kun katta bo‘lasiz,
Xuddi oydek to‘lasiz.
Ona yurt tuprog‘ini,
Hech ham yovga bermaymiz!
Assalomu alaykum dadajonlar, aka-ukalar, mehmonlar va bolajonlar. Bugun biz hayotimiz tinchligi, osmonimiz musaffoligini qo‘riqlab turgan “Vatanimiz himoyachilari” ni muborak ayyom bilan qutlash uchun yig‘ildik. Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin. Kechamizni ochib berish uchun so‘zni bog‘cha mudirasiga beramiz.
Boshlovchi: Yanvar oyida bordir
Shunday raqam 14
Aytingchi nima bildirar
Ushbu raqam 14
Bolalar: Dadajonlar bayramin.
Bola: Olg‘a bos, olg‘a bos ey mardu maydon,
Hur ozod Vatanga biz sodiq posbon.
Bola: Gullasin, yashnasin Vatan yerlari,
Bizni der erk sevar Vatan sherlari.
Bola: Qadamla, qadamla zamin titrasin,
Azmingni ko‘rganda g‘amin titrasin.
Bolalar “Askarlar” qo‘shig‘ini kuylab beradilar.
Boshlovchi: Hurmatli mehmonlar, hozirgi kunda jamiyatimizni dadajonlarimizsiz tasavvur qila olmaymiz. Qaysi sohaga qaramaylik dadajonlarimizni fidokorona mehnatini kuzatamiz. Dadajonlarimiz ham hayotda, ham jamiyatda, ham ish o‘rinlarida o‘zlarining munosib mehnatlari bilan obro‘-e’tibor qozonmoqdalar. Bunday obro‘-etibor yoshlikdan berilgan tarbiya va o‘z harakatining mahsulidir. Bizning bog‘chada tarbiyalanayotgan yigitlarimiz ham kelajakda ana shunday faol bo‘lish uchun hozirdanoq o‘zlarining bilimdonliklari, chaqqonliklari, tirishqoqliklari bilan intilmoqdalar.
Bugun biz ularning bir qirrasini ko‘rsatish maqsadida faol yigitlarimiz ishtirokida “Vatan o‘g‘lonlari” ko‘rik tanlovini tashkil qildik. Marhamat ishtirokchilar bilan tanishing.
1- raqamli – ishtirokchi yigitimiz ______________ kutib oling. Bu yigitimiz chaqqon, epchil, sho‘x lekin juda ko‘ngilchan. Yaxshi ko‘rgan taomi lag‘mon, yaxshi ko‘rgan mashg‘uloti jismoniy tarbiya, kelajakda chegarachi bo‘lmoqchi.
2- raqamli — yigitimiz ______________ tortinchoq, uyatchang lekin bilimga chanqoq. Yaxshi ko‘rgan taomi osh yaxshi ko‘rgan mashg‘uloti musiqa kelajakda Prezident bo‘lmoqchi.
3- raqamli – ishtirokchimiz ______________ bu bolamiz epchil, ziyrak sho‘x.
4- raqamli – ishtirokchi yigitimiz _____________ u o‘z yaxshi ko‘rgan taomi osh, yaxshi ko‘rgan mashg‘uloti rasm, kelajakda u askar bo‘lmoqchi.
5- raqamli – ishtirokchi yigitimiz ___________ u indamas kam gap, lekin zehnli. Yaxshi ko‘rgan taomi palov, yaxshi ko‘rgan mashg‘uloti tabiat. Kelajakda matros bo‘lmoqchi
Mana ishtirokchi yigitlarimiz bilan ham tanishib oldik. Hozir men, sizlarni yigitlarimizni ishtirokini baholab berish uchun hakamlar hayati bilan tanishtiraman.
Hakamlar hayati raisi: 1.
A’zolari: 2.
3.
Marhamat hakamlar xay’ati va a’zolari o‘z joylaringni egallashlaringizni so‘raymiz.
Bolalar “Dadajon” raqsini ijro etib beradilar.
Boshlovchi: 1-shart “Keling tanishaylik” – deb nomlanadi. Bu shartimizda yigitlarimiz o‘zlarini tanishtiradilar.
— 2 —
Yigitlar chiqishi.
Boshlovchi: 1-shartimiz bo‘yicha yigitlarimizni baholagunga qadar bolajonlarimizning bayram dasturini tomosha qilamiz.
Bola: Chegaramiz saqlagan, oq sutini oqlagan,
Kechalar uxlamagan, bizning askar akalar.
Bola: Sizga qildik havaslar, omon bo‘ling askarlar,
Tinch bo‘lsin yurtim deya, bo‘ldingiz bizga soya.
Bola: Qo‘lingizda avtomat, sizdadur to‘la qomat.
Yasha deysiz istiqlol, yovlar bo‘lib qolar lol.
Bola: Parashutlar uchasiz, bulutlarni quchasiz,
Tinch oqqan daryolarda, mazza qilib suzasiz.
Bola: Yugurasiz tinmayin sahar kanda qilmayin
Sizda bordir zo‘r bardosh, men o‘zim sizga qondosh.
Bolalar “Armiya”qo‘shig‘ini aytib beradilar .
Boshlovchi: 1chi shartimiz bo‘yicha yigitlarimiz olgan baholari………………
2 chi shartimiz “Zukkolar va donolar” deb nomlanadi. Bu shartimizda yigitlarimiz “Vatan nima ? ” degan savolga javob topishlari zarur.
Hakamlar 2chi shart bo‘yicha yigitlarimizni bilimdonliklarini baholagunga qadar bolajonlarimiz o‘z dasturlarini davom ettiradilar.
Bola: Sizga bo‘lsin sharaflar,
Bizning jasur askarlar.
Yoshlar qilar havaslar,
Bo‘lar deb sizday mardlar.
Bola: Sizning jasoratingiz,
Yoqar har xislatingiz.
Yovga bermaysiz bir so‘z,
Hech tegmasin sizga ko‘z.
Bola: Tinchlik istar qari-yosh,
Yeganimiz bo‘lsin osh.
Omon bo‘lsin omon bosh,
To‘kilmasin ko‘zda yosh.
Bolalar “Yablochka” raqsini ijro etib beradilar.
— 3 —
Boshlovchi: 2chi shart bo‘yicha yigitlarimizning olgan baholari…………….
Hozir men sizlarni 3chi shart bilan tanishtiraman. U“Kim chaqqon” deb nomlanadi. Bu shartimizda bolalar kiyimlarini tez va chaqqonlik bilan kiyishlari kerak.
Marhamat ishga kirishishingiz mumkin.
“Kim chaqqon” harakatli o‘yinini yigitlpr ko‘rsatib beradilar.
Boshlovchi: Endi 3chi shartimizni hakamlar ha’yaati baholagunga qadar, bayram dasturimizni davom ettiramiz. Bolajonlar harbiy ilm mahorat askarlar haqida qanday hikmatlar bilasiz? Qani kim aytadi.
Bola: Askari baquvvat mamlakat boy bo‘ladi.
Bola: Askarning intizomi armiyaning tayanchi.
Bola: Mashqda qiyin bo‘lsa jangda oson bo‘ladi.
Bola: Har bir askar, tinchlik posboni.
Boshlovchi: Barakalla bolajonlar! 3chi shart bo‘yicha yigitlarimizning olgan baholarini hakamlar ha’yatidan so‘raymiz.
Boshlovchi: Hurmatli mehmonlar, aziz dadajonlar, endi men sizlarga mamnuniyat bilan 4 chi shartimizni e’lon qilaman.
4 chi shart “Dadajonimga sovg‘a” deb nomlanadi. Bu shartimizda ishtirokchilar aplikatsiya qiladilar va rangli qog‘oz, qaychi, kleylardan foydalanadilar. 4 chi shartimiz bo‘lgunga qadar mehmonimiz, zahiradagi oddiy askar Fozilov Nodirni davramizga taklif qilganmiz. U hozir o‘zining armiyada hizmat qilgan ta’ssurotlaridan hikoya qilib beradi.
Bolalar “Salyut” qo‘shig‘ini aytib beradilar.
Boshlovchi: Ha’yat a’zolaridan 4 chi shart bo‘yicha olgan baholarini so‘raymiz.
Mana bugungi dasturimiz qizigandan qizib ko‘ngildagidek o‘tib bormoqda. Men oxirgi 5 chi shartimizni e’lon qilaman. Bu shartimiz “Erkin mavzu” deb nomlanadi. Bu shartimizda yigitlar o‘z qiziqishiga oid mavzuni aytib, ko‘rsatib yoki ijro etib berishlari kerak bo‘ladi.
Bolalar” erkin mavzuni ko‘rsatib “beradilar.
Boshlovchi: 5 chi shartimizni baholari tayyor bo‘lgunga qadar yana navbatni bayram dasturiga beramiz.
— 4 —
Bola: Yer yuzidagi amakijonlar,
Shunday iltimos bordir sizlarga.
Chiqarmang qurol ,
Oqmasin qonlar .
Kitob o‘yinchoq,
Bering bizlarga.
Bola: Tinchlik kerak yer yuziga,
Tinchlik kerak olamga.
Tinchlik so‘zi qanot qoqsin,
Nur taratib olamga.