Bir qavatli sanoat binolari konstruksiyalarini montaji

Bir qavatli sanoat binolari konstruksiyalarini montaji.

 

Reja:

1.Umumiy ma’lumotlar.

2.Bir qavatli sanoat binolarining asosiy konstruktiv elementlari haqida.

3.Ko’p qo’llaniladigan asosiy konstruksiyalarining montaji to’g’risida.

Asosiy tayanch iboralar:

Kompleks usul; alohida usul; poydevor montaji; ustunlar montaji; tom to’sini va fermasi montaji; ko’tarish moslamalari; montaj o’rni; ijro sxemasi qiymatlari; teodolit va nivelir.

Bir qavati sanoat binolarini qaysi bir montaj usulini qo’llab yig’ish, uni kons-truktiv sxemasi, texnologik jihozlar montajiga, binoni joylash muddati, tabiiy sharoit kabilarga bog’liq. Bir qavatli yengil turdagi sanoat binolari konstruksiyalari alohida usulda montaj qilish maqsadga muvofiq. Bunda ustunlarni o’rnatgach, choklarga beton qo’yib to’ldirilib beriladi. Chokdagi beton 70 % mustahkamligi olgach, kran osti va ferma osti konstruksiyalarini montaj qilish mumkin.

Bir qavatli og’ir turdagi sanoat binolarini kompleks usulda montaj qilish samarali hisoblanadi. Bunga ershishi uchun, chokdagi beton tezroq o’z mustahkamligini olishi zarur.

Montaj qilishda yo’nalish, bo’yicha bo’ylama, bunda kran prolet(ravoq) bo’ylab harakatlanadi, ko’ndalang ( seksiya bo’yicha ) bunda kran proletga harakatlanadi.

Endi bir qavatli sanoat binolarining asosiy elementlarini montaj bilan tanishib chiqamiz.

Yig’ma poydevorlar montaji— bu alohida oqim(potok)da amalga oshirilib, u binoni yer osti qismini barpo qilish paytda amalga oshiriladi. Poydevorni o’rni bo’ylama va ko’ndalang o’qlarni kesishish joyini belgilab olinadi. Poydevor stakani ustki va ostki qisimlariga o’qlarni chizib olinadi. Poydevorlarni o’rnatishda shunga e’tibor berish kerakki, u asosga bir yo’la o’rnashsin, aks holda uni asosi yuzasi buziladi.

Poydevorni to’g’ri o’rnatilganligini teodolit va nivellirlar yordamida aniqla-nadi. Bundagi barcha berilganlar poydevor montajini bajarish ijro sxemasiga tushirilib, undan binoni sinchini montaj qilish paytida foydalaniladi.

Ustunlar montaji, stakan tur(tip)idagi poydevorlarni montaji tugagach, bekilib ketiladigan ishlar dalolatnomasi tuzilib, montaj ijro sxemasiga barcha montajdagi qiymatlar qo’yilgach boshlanadi. Ustun montaji boshlanguncha




stakanga o’q chiziqlari tushiriladi, xuddi shunday o’q chiziqlar ustuni stakandan chiqib turadigan qismiga ham tushirilgan bo’lishi zarur. Ustunlar montajidan oldin o’rnatish joyiga yaqin yotqizib chiqiladi. Agar ustun o’zi yurar kranlar yordamida bajarilsa, unda ustunni tayanch qismi poydevorga yaqin joylashtirib, ustunni uch qisimga esa prolet(ravoq) tomonga qaratib qo’yiladi.

Ustun montaji “og’irlik bo’yicha” ilib ko’tarish usulida amalga oshiriladi. Aniq o’rnatish uchun  ostida joylashgan ikkita teodolit va bitta nivelir yordamida amalga oshiriladi. Vaqtinchalik moslamalar poydevor chokidagi beton o’z mutahkamligini 70% ni olganda yechib olinadi.

Kran osti to’sinlari- bu ishga ustun va poydevor chokidagi beton mustahkamligini 70% olgandan so’ng kirishiladi. U alohida potok tarzida yoki yopma konstruksiyalari bilan bir vaqtda montaj qilishi mumkin. Montaj boshlangunga qadar kran osti to’sinni tayanch qismi sathilari geodezik asboblar-da tekshirib qo’yiladi. Montajchilarni ish joyi tashkil qilinadi. Kran osti to’sini va rels sathi nivelir yordamida tekshiriladi. Barcha o’lchamlar ish bajarish sxemasiga tushiriladi. Barcha o’lchamlar va o’rnatish aniqliklari loyihaga mos kelgach, ustun va kran osti to’sini birikma qismi(zakladnoy)lari elektr payvand-lanadi. Kran osti to’sini va oraliq choki B20 sinfli beton bilan to’ldirilib yuborila-di.

To’sin va ferma yopmalari montaji— bu ularni oldindan kran ish zonasiga taxlab olingan ombordan yoki bevosita transport vositasidan amalga oshirish mumkin. Bunda to’sin(ferma) proletga bo’ylamasiga taxlangan (qo’yilgan) bo’lishi kerak. Ularni ustivorligini ta’minlash uchun maxsus kassetlarga o’rnatiladi. Ferma, osti fermalari, odatda, kran osti to’sini bilan bir potok(oqim) da o’rnatiladi. Ferma yoki to’sinni ilib ko’tarishdan avval osma lyulka, vaqtinchalik qotirish uchun moslama, ferma oraliq tirgaklari mahkamlangan bo’lishi zarur. To’sin(ferma) ilib o’rnash tayanchidan 0,5-0,7li balandlikka ko’tarilgach  burab olinadi va tortgichlar yordamida o’rnatish joyiga to’g’irlab ohista tushiriladi. O’rnash holatining to’g’riligi shunday ferma(to’sin) ni yon tomonidaga belgi(risk) chiziqlari ustundagi belgi(risk) chiziqlariga to’g’ri kelishi lozim.

To’sin(ferma)ni ustunga o’rnatilgandan so’ng vaqtincha ushlab turish va loyiha holatiga keltirish uchun maxsus konduktor ko’llaniladi.

Birinchi to’sin (ferma)ni o’rnatilib vaqtincha konduktor yordamida qotiril-gach, ikkinchi to’sin (ferma) birinchi o’rnatilgan to’sin (ferma)ga maxsus strub-sinali tirgak yordamida mahkamlanib, loyiha holatiga keltiriladi.




So’ngra ustun va to’sin (ferma) choklari elektr payvandlanadi to’sin (ferma) va ustun chokini qo’shimcha beton bilan to’ldirish talab qilinmaydi.

Yopma plitalar montaji. Yopma plitalar montaji odatda to’sin(ferma) montaji bilan bir potok (oqim)da olib boriladi. Ikkinchi to’sin(ferma) o’rnatib, doimiy qotirilgach; ushbu seksiya (yacheyka) yopmalari montajiga kirishiladi. Yopmalar ham prolet yo’nalishda taxlanadi, tagliklar qo’yiladi. Plitalar montaji binoda yorug’lik fonari bor bo’lsa prolet ikki chetidan o’rtaga qarab har ikki tomondan navbatma-navbat bittadan (yukni teng taqsimlanishi maqsadida) agar fonar bo’lmasa prolet o’rtasidan ikki tomonga qarab navbatba-navbat o’rnatib ketiladi. Bunda plitalarni to’sin (ferma)ga tayanish simmetriyaligiga erishishi ta’minlanishi zarur. Yopma plitalarning kamida uchta burchagi fermaga elektr payvandlash orqali biriktirilgach yopma kran ilgagidan ajratib olinadi.

Devor panellari montaji— bu ishga yuk ko’taruvchi sinch montaji yakunlan-gandan so’ng kirishiladi. Bu jarayon alohida potok bilan bajariladi va o’ziga xos jihozlar talab etiladi. Devor panellari va deraza perepletlari yiriklashtirishga muxtoj bo’lmasa ular bevosita transport vostasidan montaj qilinishi ham mumkin. Ularni traversa yoki tarmoqli stroplar yordamida montaj joyiga uzatiladi. Devor panellarini ilib ko’tarishi ilgak yoki karabil orqali amalga oshirilish bilan birga maxsus masofadan yechish imkoni bo’lgan traversalar ham qo’llaniladi.

Panel joyiga o’rnatilgach darhol loyiha holatiga keltirilib, doimiy qotiriladi va kran ilgagidan bo’shatiladi.

Devor panelini montaji kranning bitta to’xtash joyidan ikki qo’shni yacheykada pastdan tepaga qarab olib borilishi maqsadga muvofiqdir. Kran baza-siga o’rnatilgan harakatlanuvchi so’rilardan foydalanish ham tavsiya etiladi. Bun-da choklarni to’ldirilish ishlari ham ketma-ket olib borilishi mumkin.

Devor panellari montajida montajchilar bino balandligiga qarab maxsus harakatlanuvchi so’ri yoki osma so’rilarda ish olib borishadi. Ularni bino ichkarisiga  yoki tashqarisiga o’rnatiladi.












 

Nazorat uchun savollar.


Bir qavatli sanoat binolarining asosiy konstruktiv elementlariga nimalar kiradi?

Bir qavatli sanoat binolarini montajida asosan qanday montaj kranlari qo’llaniladi?

Montaj qilishda kranlarning harakat sxemalari qanday bo’lishi mumkin?

Yig’ma poydevorlar montajini tushuntirib bering?

Bir qavatli sanoat binolari ustunlari montajini tushuntirib bering?

Kran osti to’sinlari montajini izohlab bering?

To’sin (ferma) va tom yopmalar qanday montaj qilinadi?

Devor panellari montajini izohlab bering?

Bir qavatli sanoat binolari konstruksiyalarini montajida qo’llaniladigan geodezik asboblarning turlarini va nima maqsadda qo’llanilishini izohlab bering?

Konstruksiyalar montajida choklarni bekitish qanday amalga oshiriladi?