Amir Temur Kurs Ishi
Mavzu: Amir Temur
Reja:
Kirish
Asosiy qism.
O`zbek davlatchiligining Amir Temur boshqargan bosqichi va uning jahon tarixida tutgan o`rni.
Amir Temur boshqargan davlatda ilm-fan rivoji markaziy osiyo miqyosida.
Amir Temur va temuriylar davrida davlat boshqaruvi, qonunchilik masalalari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.
[/u]
[u]Kirish
”SHaxsan men «Temur tuzuklari»ni har gal o’qir ekanman, xuddiki o’zimga qandaydir ruhiy kuch-quvvat topgandek bo’laman. O’z ish faoliyatimda bu kitobga takror-takror murojaat qilib, undagi hech qachon eskirmaydigan, inson ma’naviyati uchun bugun ham oziq bo’ladigan hikmatli fikrlarning qanchalik hayotiy ekaniga ko’p bor ishonch hosil qilganman. Masalan, «Tajribamda ko’rilgankim, azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir», degan so’zlar bugungi kunda ham ma’naviy jihatdan naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekani barchamizga ayon”.
A. Karimov
O`zbekiston prezidenti I. A. Karimov ma’naviyatning shaxs va jamiyat uchun ahamiyati haqida gapirib: “Ma’naviyat insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir.”[1] – deb ta’kidlagan edi. Shu ilmiy mezonga asoslansak, Sohibqiron Amir Temur bin Muhammad Tarag`iy Bahodirxon o`g`li ulug`ligining asosida, uning dunyoviy va islomiy qadriyatlardan yug`rilgan ma’naviy salohiyati turadi. U zoti komilning bu sifatlari O`zbekiston Prezidenti I. Karimovning asarlari, maqola va nutqlarida, Davlatimizning Amir Temurga bag`ishlangan rasmiy hujjatlarida, ilmiy adabiyotlarda har tomonlama asoslab berilgan. U manbalarda birinchi marta “Jahom tarixidagi buyuk siymolardan biri, Markaziy Osiyo xalqlarining iqtisodiy siyosiy va ma’naviy taraqqiyotiga ulkan hissa qo`shgan ulug` davlat arbobi va sarkarda fan va madaniyat homiysi”[2] Amir Temur sahxsi va faoliyati yuqori davlat darajasida hurmatlandi.
Biroq, totalitor sovet davlatchiligi yillarida butun madaniy ma’naviy hayotda bo`lganidek, milliy qadriyatlarimiz tarixi ham sohtalashtirildi. Jumladan, Turkiston xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ma’naviy hayotida muhim o`rin utgan vatandoshimiz, yirik davlat arbobi sarkarda, ulug` intellekt sohibi Amir Temur avlodlarga o`z javobini aytib qo`yganlar. Shunday ekan, miliy qadriyatlarimiz tarixini puxta bilish ajdodlarimiz ruhipoklarini xotirlash ularning qoldirgan madaniy, manaviy meroslari to`g`risida haqiqatni aytish biz avlodlar, millat farzandlari uchun farzdir. Tarixiy xotiraga ega inson – irodali insondir. Chunki, tarix xalq ma’naviyatining asosidir.
Ulug` ma’naiyatli insondir har doim shaxsiy ehtiyojlarini cheklab o`tib, umumxaql manfaatlarini ko`zlab yirik davlat jamiyat ahamiyatiga molik tadbirlarni amalgam oshirishga qodir bo`ladilar. Sohibqiron Amir Temur ana shunday sharqona, islomiy aql-zakovatli, ulug` manaviyatli inson bo`lgan.
Amir Temur manaviyatining ummoniyligi, tiniqligiyu dunyoviy, islomiy qadriyatlar qorishmasida mujassamlashganligidir. Amir Temurning manaviy komolotiga yoshlik va o`smirlik yillaridayoq asos qo`yilgan edi. Ul zotning ma’naviyati toboro qudratli ijtimoiy omilga aylanib borlanganligining asoslaridan biri hokimiyatga kelgunga qadar o`n yilgdan ko`proq vaqt davomida hech ikkilanmasdan Turkistonni xorijiy istilochilaridan, gayridinlardan tozalash va barcha murakkab mayday mulklarni yagona markazga birlashtirishdek ulug` maqsad sari dadil borganligidir. Amir Temur bu yillarda bir qancha murakkab harbiy, siyoiy vaziyatga duch keldi, istirob chekdi. Biroq hech qachon chekinmadi, maqsaddan qaytmadi.
Amir Temur ijtimoiy faoliyatiga, shaxsiga, xatto ruxiga, xokiga nisbatan ham hurmatsizlik qilindi. U ulug` zot savotsizlikda, johillikda, bosqinchilikda ayblandi. Hatto qalbi pok insoniyat Sohibquron tavalludining 672-yilligini nishonlayotgan hozirgi vaqtda ham o`sha eski markazning axborot vositalaridan birida Amir Temurga qarshi g`arazli fikrlar aytilmoqda. Ammo, zamonlardan-zamonlarga o`tib kelayotgan bir haqiqat bor. Bo`xton, tuxmatning umri kasot bo`ladi. Zamon har doim voqealarni, g`oyalarni tarixiy shaxslar faoliyatini ijtimoiy “elak”dan o`tkazib turadi. Shunda ularning zamon sinovlariga bardosh berganlariogina omon qoladilar. Bobolarimiz Amir Temur bin Muhammad Tarag`ay Bahodirxon o`g`ri ham foniyda, ham boqiyda katta-katta sinovlardan, hatto totalitar qizil mafkura qatag`onlaridan omon-eson o`tib, istiqlolga keldilar. O`zbeksiton mustaqilligi sharoitidan nafaqat avlodlar, balki Amir Temur singari ulug` vatandoshlarimiz ham bahramand bo`lmoqdalar. Binobarin, istiqlol manaviyati nafaqat kelajak yo`limiz yoritgan, balki o`tmishimizni ham turli xil g`arazli g`oyalar, mafkuralar asoratidan tozalagan. Agar xolis mantiq, qonuniyatiga asoslanib aytsak, sohibquron Amir Temur har qanday maqtovlarga hikoyalarga muhtoj ham emasdir. Bo`xtonu, tosh otishmalaridan hazar ham qilmaydilar. U ulug` zotni “qo`rqitib” ham “o`ldirib” ham bo`lmaydi. Chunki u kishi hayotliklaridayoq hech qachon “o`lmaslik” chorasini ko`rib barcha sodiq va g`arazli, uzoq va yaqin. Bunday hollarda uning mushohadasida manfiy qutblar emas, donoligi, tafakkuri, quvvai hofizasi, islomg bo`lgan samimiy e’tiqodi g`alaba qildi. Amir Temurga podsholik meros qolgan emas. Uni kuchlar teng bo`lmagan va uzoq davom etgan kurashda tantilik bilan, zukko tafakkuri, dono mushohodasiga tayanib g`alaba qilib oldi.
Amir Temur manaviy salohiyati mustaqil Turkistonni odora qilib, uning ichki va tashqi siyosatini belgilash Movaraunnahrning qadimiy, iqtisodiy, madaniy shuhratini qayta tiklash ishlarida yanada kamol topdi va ijtimoiy hayotda to`laligicha namoyon bo`ldi. Ana shuning uchun mamlakat ijtimoy hayotining barcha tomonlari: davlat idora tizimi, iqtisodiy, moliyaviy, dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo, madaniyat, fan memorchilik, harbiy, xalqaro aloqalar, islom dini, shariat arqonlari maqsadga muvofiq, mutonosib rivojlandi.
Amir Temur davlatni boshqarishda uning ichki va tashqi siyosatini faollashtirish xalq ommasi, mansabdor shaxslar, olimu fuzalolar, islom rahnamolariga, ologa iymonga, tafakkurga, kitobga va eng sungi choralarda qilichga asoslanib ish yuritdilar, hukm chiqardilar.
Mustaqil, qudratli Turkiston davlatining asoschisi va rahbari Amir Temur manaviy salohiyatining kuchi-uning iqtisodiy, moliyaviy, xo`jalik, siyosiy, xarbiy huquqiy davlatlararo munosabatlar faoliyatida, fanga, madaniyatga, adabiyotga, san’atga, memorchilikka munosabatida rang-barang mazmun va ko`rinishda yaqqol namayon bo`ladi.
Amir Temur ulug` ma’naviy salohiyat sohibi bo`lganligi uning nihoyatda kamtar hazil-mutoyibali bo`lganligiga ashiyochiligida kamsuxan va o`tkir so`zligida muslimalar, malikalarga nisbatan o`ta iffatli kata-kichik muxoliflariga kechirimliligida bilib bilmay yo`l qo`ygan hatolarini ko`pchilik oldida oshkora e’tirof etganligida har bir toifa, mansabdagi insonlarga alohida hurmat ehtirom bildirganligida hatto shohona qahr-g`azabi ham adolatga haqiqatga asoslanganligida harbiy mahorati kabi o`nlab xislatlarida amalda namoyon bo`lgan.
Sohibqiron o`z hayotlari davomida ko`plab shaharlar, masjidu madrasalar, maqbaralar, xonaqolar, qal’a-qasrlar, bog`-rog`lar, sug`orish inshootlari, ravon yo`llar, ko`priklar barpo ettirgan. Ularning ba’zilarini o`g`il-nabiralari, saroy malikalari, islom rahnamolari nomi bilan ham atashga da’vat etgan. Biroq, barpo etgan etgan inshoatlarning birontasining ham Amir Temur nomi berilmadi. Bunga sohibqironning o`zlari xohish bildirmadilar.
Amir Temur Xitoy chegaralaridan boshlab to sharqiy Rum va Misr erlarigacha bo`lgan hududlarni islom bayrog`i ostida yagona davlatga birlashtirdi. Ammo, bu viloyatlarning birontaisga ham o`zimniki, begona joy qabilida munosabatda bo`lmadi.
Sohibqironning da’vati bilan mamlakatning barcha uzoq-yaqin hududlarida qururishlari, obodonlashtirish tadbirlari mehnat shijoati avj oldi. Ularga tegishli mablag` ajratildi, mutasaddi kishilar tayinlandi.
O`zbekiston Prezidenti I.A. islom dinining ilmiy ma’rifiy ahamiyati haqida gapirib: “Biz Sharq davlati, musulmon mamlakatimiz. Ba’zilarning fikricha, musulmon mamlakati bo`lish g`oyoki qaloqlik, oqsoqlik belgisi emish. Bu fikrga also qo`shilib bo`lmaydi. Biz musulmon mamlakati ekanligimizdan sira hijoat chekmasligimiz, aksincha, doimo faxrlanishimiz lozim. Chunki sharqning ming yillik falsafayu islom qadriyatlari taraqqiyot uchun bebaho hazinadir”[3], — degan adolatlifikrni bildirgan edi. Agar ana shu haqiqat mezoniga asoslanib mushohada qilsak, Amir Temur ma’naviyatining islom qadriyatlari turadi. Amir Temur ma’naviyatining islomiy asoslari Qur’oni karim, Hadisi Sharif, shuningdek mabhid, tafsir, fiqh, tasavvuf ilmlari mazmunida Ollohga, Rasullohga, ma’joziy va hayotiy pirlariga ixlosi, etiqodi negizida shakillandi, qaror topdi. U Naqshbandiya ta’limoti talablari asosida yanada mustahkamlandi. Hayotiy mazmun oldi. Shuning uchun ham Amir Temur o`zining butun ongli hayoti davomida islom diniga sidqidildan e’tiqod qildi, ularning barcha farz, sunnat talablarini taqvodorlik bilan bajardi. Islom rahnamolariga sayyidlar, shayxlar, xo`jalarga samimiyat bilan munosabatda bo`ldi. Amir Temur butun hayoti davomida islom dinini xurofot, bid’at, mutaassiblik, johillik aqidaparastlik kabi illatlardan himoya qildi.
Amir Temur Movaraunnahr va Xurosonda yashab ijod qilgan tasavvuf ilmining yirik peshqadamlari xo`ja Abduxoliq G`ijduvioniy, Ahmad Yassaviy, Ali Hakim at-Termiziylarning o`zining majoziy pirlari hisoblab, ular ruhiga hurmat bajo keltirdi. Shahrisabz, Termiz, Yassa shaharlarida xo`ja Ali Hakim at-Termiziy, Sayyid Amir Kulol, xo`ja Ahmad Yassaviy qabrlari ustida maqbaralar qurdiri. Amir Temurning islom ma’naviyatiga etiqodini, sodiqligini va undan qudratli kuch olganligini bildiruvchi bunday misollarni yana ko`plab keltirish mumkin. Agar xo`ja Bohouddin NAqshband islom talimotini har qanday xurobiy illatlardan tozalab, isloh qilgan bo`lsa Amir Temur uni himoya va targ`ib qildi, daniy mashablarga bo`linib hududiy parchalanishlarga, o`zaro to`qnashuvlarga chek qo`ydi. Masalan, mashhur tarixchi faylasuf, fiqhshunos olim Sayyid Sharif Jurjoniyning yozib qoldirishicha, XIV asrning 80 yillarida Eron, Iroq, Shom, mayday mulklarga parchalanib, o`zaro qarama-qarshiliklar avj olgan edi. Ana shunday vaziyatda Amir Temur manaviy pirlarining o`gitlariga amal qilib, islom dinining birligi uchun kurashdi. Bu vazifaning Tangri Taolloning amri-farmoni deb qabul qildi. Amir Temurning bu tadbirlarini ma’naviy pirlari Zahiriddin Abu Bakr Taybonxiy, Sayyid Bakara, Sharif Jurjoniylar Olohning xoxish-irodasi deb bilib uni qo`llab-quvvatladilar. Shunday qilib, XIX asrning 80-90 yillarida Amir Temur Sharqqa islom dinini muhofaza qiluvchi, yozuvchi sifatida namayon bo`ldi.
Amir Temurda diniy bag`rikenglik sifatlari komillashgan edi. U G`ayridin insonlarga ham tavoze, iltifot ko`rsatdi. U kishi Fransiya, Ispaniya, Angliya, Italiya, Xitoy kabi davlatlar boshliqlari bilan yozishmalar olib borganligi, mamlakatning elchilari-katolik, budda, shaman dinlari vakillari o`z huzurida qabul qilib shohona iltifotlar ko`rsatganligi fikrimizning tasdig`idir.
Amir Temur ma’naviyati va siyosatida islomiy ilmlarni dunyoviy fanlardan chegaralash, ularning birini-ikkinchisidan baland-past quyish hollari zinhor bo`lmagan. Chunki Sohibqironning o`zlari taqvador xudojoy bo`lish bilan birga tafsir tavhid, hadis, fiqh, tarix, falsafa, falakiyot, tabobat kabi ilohiy va dunyoviy ilmlarni yaxshi bilganlar. Bu xususda XX asrning mashhur olimlari Abdurazzoq, Samarqandiy, Hofizi Abru, Ibn Arabshoh, Alisher Navoiylar aniq malumotlar yozib qoldirganlar. Shuning uchun ham Amir Temur Movaraunnahrda fan, madaniyat, adabiyot, san’at, memorchilikning rivojlanishiga alohida homiylik va rahnamolik qildi. Barcha olimu fuzalolarga unumli ijod qilishlari uchun qulay sharoitlar yaratib berdi. Ular bilan majlislar, munozaralar uyushtirib turdilar.
O`zbekiston mustaqilligining 18 yilligi, Amir Temur tavalludining 674 yilligi arafasida shuni milliy g`urur bilan takidlamoqchimizki, har zamonda yerda ma’naviyat moddiy nematlar asosida yuksaladi. Ammo keyinchalik manaviyat bir xalq, bir hudud mulki doirasidan chiqib umuminsoniy qadriyatga, jahon sivilizatsiyasiga aylanadi. Binobarin Amir Temur manaviy salohiyatli bir halqqa xizmat qilish chegarasidan chiqib umumbashariy ijtimoiy omilga aylandi. U har doim barhayot va umrboqiy manaviyatdir. “Bizning tariximizda Amir Temur Temurday ulug` siymo bor ekan uning qoldirgan merosi, pandu o`gitlari bugungi hayotimizga hamohang ekan oldimizda turgan bugungi muammolarni yechishda bizga qo`l kelayotgan ekan, bizning bu merosni o`rganmasdan, tariflamasdan, targ`ibor qilmasdan haqqimiz yo`q… Amir Temur bizning fahrimiz, iftixorimiz g`ururimiz”. Endi ikki og`iz so`z Amir Temur va temuriylar davri fan va madaniyati haqida. Yuqorida biz Sohibqironning nechog`lik istedod egasi bo`lgani haqida takidlagandik. “Zar qadrini zargar biladi” degan hikmat bor. Bir qator ilmlarda (tarix, sheriyat, tibbiiyot matematika, astronomiya, memorchilik) salohiyati katta bo`lgan shaxs buning ustiga yana podshoh, ulkan saltanatning oliy hukmdori bo`lsa tabiiy ravishda ilm va madaniyatga, olim va ijodkorga katta hurmat bilan qaraydi bu yo`lda barcha imkoniyatlar ishga soladi. Bundan tashqari har qanday jamiyat va davlat taraqqiyoti va kelajagi fan va madaniyat ravnaqisiz tasavvur qilib bo`lmasligini Amir Temur yaxshi tushungan. Shuningdek istedod egalari maxsus doimiy etiborga muxtoj va loyiq bo`lishlari, noyob qobiliyat egalarini muhofaza qilish ijodlari uchun sharoit yaratish turmushlarini ta’minlash zarurligini ham u to`gri anglagan. U olimu fozillar o`z maslaklari va dunyoqarashlari yuzasidan jamiyat va davlat taraqqiyoti zamonaviy ahvoli xususida boshqa ijtimoiy tabaqalarga nisbatan ko`proq bosh qotirmalari va bu orqali tegishli tajriba va bo`limlarga ega bo`lib borishlarini yodda tutgan. Shu sabab ham dunyoning qaysi bir mamlakati va shahariga bormasin olimu fozillarni bir yerga yig`ib, ular bilan uzoq suhbatlashish ularning fikrini tinglash, baxslashish ishini kanda qilmagan.
O`zbek davlatchiligining Amir Temur boshqargan bosqichi va uning jahon tarixida tutgan o`rni.
Mustaqillik bizga boy va betakror o`tmishimizni tarixiy va moddiy merosimizni xolisona va ilmiy o`rganishga imkoniyat yaratadi. Sobiq sho`ro mafkurasi xalqimiz, yurtimiz tarixining ko`pgina zalvorli muammolarini o`z talablari doirasida, tarixiy haqiqatdan kechikkan holda, buyuk davlatchilik shohimizni g`oyalari asosida talqin qilishga majbur qildi.
Ana shunday g`ayri ilmiy talqin etilgan masalalardan biri o`zbek davlatchiligining tarixi muommosidir. Mustaqillikdan so`ng o`z milliy davlatchiligimiz shakillantirilayotgan bir sharoitda bu masala g`oyat katta ilmiy –nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
“O`zbek davlatchilik tarixi muammosini tadqiq qilishning nazariy yo`l yurig`lari I.Karimov asarlarida, maruza va nutuqlarida o`z ifodasini topdi. Prezident o`zbek davlatchilik tarixi, bugungi holati, kelajagini yaxlit holda ilmiy o`zgarishning tashabbuskori bo`ldi”.[4] Bu umumilliy va umumdavlat ahamiyatiga molik ish edi.
Prezidentimizning ilmiy xulosalari davlatchilik tarixini yaxlit jarayon sifatida qarash lozimligini ko`rsatadi. Ana shu 2700 yillik tarixning bir bosqichi bo`lgan davlatchiligimizning Amir Temur boshqargan bosqichi alohida ajralib turadi. Bu bosqichgacha o`zbek davlatchiligi ikki ming yildan ortiq tarixga ega edi. Sohibqiron o`zicha bo`lgan davlatchilik bosqichlarining ilg`or tomonlarini o`rgandi, ulardan foydalandi va ijodiy rivojlantirdi.
Sohibqironning tarix oldidagi eng katta xizmati avvalo qudratli davlat barpo qurganligidadir. “Uning davatchilik borasidagi fikrlarini nafaqat o`z davri, balki kelgusi avlodi”, — deb qayt qilgan edi I.A. Karimov.
Amir Temurning hayoti, faoliyati u barpo qilgan saltanat haqida ko`plab asarlar yaratilgan. Ulug` ajdodimiz shaxsiga, faoliyatiga qiziqish kuchli bo`lib turli soha hodisalari, tarixchi, siyosatshunos, memor, habr ilmining mutaxassislari va boshqalar jild-jild kitoblar yozganlar.
O`tgan 600 yil mobaynida Amir Temurga bag`ishlab yaratilgan jiddiy asarlar soni Yevropa tillarida 500 dan ziyod, Sharq tillarida 900 ga yaqin ekanini yurtboshimiz zo`r qoniqish bilan ta’kidlagan edi. Bunga qo`shimcha qilib shuni ta’kidlash joizki sohibquron tavalludining 660 yillik tantanalari davrida va undan keyingi yillrda yana yuzlab ilmiy va badiiy asarlar yaratildi. Jumladan akademik Rtveladze va prof. Saidovlar Yevropa tillarida yaratilgan asarlarning qisqacha ko`rsatkichini tuzdilar. Mualliflarning ta’kidlashicha keyingi 2 yilda Amir Temur va temuriylarhaqida 300 dan ortiq yangi asarlar yaratilgan.
Amir Temur haqida yartilgan asarlar orasida arb olimlarining risolalari ko`pchilikni tashkil qiladi. Badriddin al-Ayniy (1405 yil) o`zining “IQD al-Jumon” Al-Qaldashonoliy (1418 yil) “Subh al-Ashab” al-Maqriziyning (1442 yil) “Xitob-al Sulak” Ibn Xozi shubha (1448 yil) “Adx Dxail ala tarix al-slom”, Ibn Hojar al-Asqaloniy (1372-1449) “Inbaa al-Gumr”, “shu zamon (mashur) o`glonlari haqida G`ur (kishi)larga xabar” Ibn Arabshohning “Ajoib ul-neaqdur fi Tarixi Taymur” (1450) Abul Maosoniy Tagri berdi (1411-1469)ning “Ajoyib al-Manxal as-Sofiy, An-Nujum az Zahira” (“Misr va Qohira hakimlari (tarixi)dan porloq yulduzlar”) (1465-66), Ibn Do`qmoq va boshqa muarrixlar sohibquronning serqirra faoliyatining bazi qirralarini o`z ichiga olgan ko`plab asarlar yaratgan. Afsuski, ularning ko`pchiligi arab tilida va bazilari qo`lyozma holida bo`lganligi uchun bizning kitobxonlarimizgacha yetib kelmagan.
“Arab muarrixlari orasida Ibn Arabshohning “Ajoyib al-Maqdur fi tarixi Taymur”, “Temur tarixida taqdir ajoyibotlari” yoki “Amir Temur tarixi” nomli asari alohida o`rin tutadi”.[5] Bu asar 1436-1437 yillrda yozilgan bo`lib, fransuz, lotin, ingliz, turk, o`zbek va boshqa tillarga tarjima qilingan. O`zbek tiliga uni arabshunos filolog olim U. Uvatov tarjima qilgan. Asarning g`oyat murakkab til va nafis uslubda yozilganligi uni turli tillarga tarjima qilishni qiyinlashtirgan. Tarjimon Ibn Arabshoh asarini mahalliy mualliflar yozgan asarlar bilan taqqoslab, farqli tomonlarini izohlab bergan.
Asrning ko`pgina qo`lyozmalari bo`lib muallif hayotligida ko`chirilgan ikki nusxasi, yana boshqa nusxalari bor. Asar nasriy saj usulida g`oyat nafis va murakkab tilda yozilgan. Tarjimon Uvatov asarni tarixiy manba sifatida 4 bo`limga ajratadi.
Temur haqidagi muhim manbalardan biri Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asaridir. U talandli kishi bo`lganligi uchun Shohruh Mirzoning kichik o`g`li Mirzo Ibrohis Sulton bobosi Amir Temur haqida asar yozishni unga topshirgan, o`zi unga juda ko`p malumotlar to`plab bergan. Shu tarzda 1425 yilda forsiy tilda ibratli asar “Zafarnoma” vujudga kelgan. Asar fransuz (1713), ingliz (1723), italyan va boshqa tillarga tarjima qilingan.
Amir Temur haqidagi yana muhum manbalardan biri Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” asaridir. 1402 yilda sohibqiron o`zining tarixini yozishni Nizomiddin Shomiyga buyurgan, u o`z asarini 1402-1404 yillarda yozib tugallangan. Asar Temurning hokimiyat tepasiga kelishidan (1370), to 1404 yilgacha bo`lgan voqealarni o`z ichiga oladi.
Sohibqiron haqida G`arbiy Yevropada ham ko`plab asarlar yaratilgan. Jumladan Italiyalik savdogar Emmanuel Piloti arab tilini mukammal bilgan va Amir Temur haqida uning to`plagan malumotlari Venetsiya arxivida hozir ham saqlanmoqda.
Venetsiyaning Damashqdagi konsuli Paola Zane ham Temur haqida ko`p ma’lumotlar to`plagan va sohibquron damashqni olmasdan biro y oldin u Venetsiyaga chaqirib olingan. Uning malumotlari ham elon qilimagan.
Italiyalik savdogar Beltramus de Mugna nellining “Temurlan hayoti” asari esa elon qilingan. U arab tilini yaxshi bilgan. Amir Temur Damashqni egallaganda u shu yerda bo`lgan, so`ngra sohibquronning Boyazidga qarshi Anqara jangini kuzatgan va “Temurlan hayoti yoki Damashq xarobasi” degan asar yozgan, g`arbda u “Temurlan hayoti” deb yuritiladi, asar lotin tilida 1416 yilda yozilgan. Asarni ingliz tiliga amerikalik olim Valter J.Fishel tarjima qilgan. Asarda Amir Temurning shaxsiy fazilatlariga to`xtalib: “Temur juda kelishgan va xushsurat kishi ko`rinardi. U haqiqatgo`y, muloyim, rahimdil va haddan tashqari sahiy bo`lgan. Yoshi ulg`aygani sari uni feli ayniy boshlagan va jaxldorligi yildan-yilga orta borgan” deb yozadi.
Amir Temurni ko`rgan va bilan bevosita muloqotda bo`lgan, hatto sohibqiron o`z davlati nomidan Fransiya qiroli bilan aloqa qilishni ishonib topshirgan monax Ioann Grinlo Sultoniyadir. U parijda turib “Temur va uning saroyiga oid xotiralar” degan asar yozadi. Uni Monravill degan olim kirish so`zi yozib nashr ettiradi. Asarning nomini nashr qo`ygan deb qayd qiladi X. Ismatullayev.
Sohibqiron haqidagi muhim manbalardan biri sayyoh va elchi kui Gonsales de Klovexoning “Samarqand Temur saroyiga 1403-1406 yillardagi sayohat kundaliklari” asaridir.
Amir Temur haqidagi haqiqatni tiklashda D. Lagofetning “Buxoro tog`lari va tekisliklarida” asarining ahamiyati kattadir. U Amir Temur haqidagi fikr yuritar ekan “U yarim dunyoni zab etdi. Ovropalik tarixchilar vaxshiy, johil deb tasvirlagan bu odam aslida also unday emas edi. “Biz esa Osiyo tarixiga taluqli ko`p narsalarni bilmay, bilishga ham qiziqmay uni yovvoyi deymiz. Ex qanchalar noolinmiza! Achinib ketasan odam!” deb yozadi”.[6]
Xoji Abdurashid taxalllusi bilan darvish sifatida Buxoroga kelib masjidlardan birida imomlik qilgan, yurtiga qaytgach, Pesht universiteti Shrq tillari va adabiyoti professori bo`lgan venger dini N. Vemberi “Buxoro yoxud Movaraunnahr tarixi” asarida chirotli bir haqiqatni qayd qiladi. U sohibqiron haqidagi turli yolg`onlarni fosh etib yozadi. “Birobarin Temurni Chingiz ila bir safga qo`yib, uni vaxshiy, zolim, qaroqchi deb atagan kishilarning fikrlari 2 marta xatodir”.
Amerikalik tarixchi J. Vudsning “Temuriylar tarixshunoligning yuksalishi” asarida Amir Temur va temuriylar haqida yozilgan ko`pgina asarlar jumladan Nizomiddin Shomiy, Hofiz Abro` Sharofiddin Ali Yozdiy, M. Natanziy va boshqalarning asarlari tahlil qilingan.
Amir Temur va temuriylar davri haqida sermahsul ilmiy tadqiqotlar va targ`ibotlar ishi ayniqsa Fransiyada amalga oshirilmoqda. Bu yerda “Temuriylar tarixi va madaniyatini o`rganish hamda fransuz-o`zbek madaniy aloqalari asasatsiyasi” tuzilgan bo`lib uni Fredrik Bopertui Bressan xonim tashkil etgan. Asosatsiyaning prezidenti Lyusen Kerendir. L. Keren 1961 yilda Samarqandga keladi va shu voqea uni bu yurtni sevib qolishiga sabab bo`ladi. Uning asasatsiyasi 1989 yildan beri “Temuriy” degan jurnal chiqaradi. Bu jurnalda Amir Temurning hayoti, faoliyati va temuriylar haqida juda ko`p ma’lumotlar chop qilinmoqda. Lyusen Kerenning o`zi “Amir Temur va Temur Xoqon saltanati” nomli tarixiy roman va 11 qism 6 pardadan iborat “Amir Temur” degan pyesa yozgan.
Sohibqiron tavalludining 660 yillik tantanalari butun dunyoda, jumladan AQShda ham katta bayram qilindi. 1996 yil aprel, may oylarida o`ziga xos Amir Temur oyligi o`tkazildi. Har hafta 1 marta Markaziy Osiyo xalqalri tillarini o`rganuvchi qiziquvchilari uchun Amir Temur hayoti va faoliyati haqida, uning davri to`g`risida maruzlar o`qidi. Jumladan Germaniyadan kelgan professor Qovomiddin Barlos “Amir Temur qabilasi — Barloslar” mavzuiga Vashington universiteti aspiranti Kenli Botlerning maruzasi Klavexoning “Kundaliklari” tahririga bag`ishlangan.
Sobiq podsho Rossiyaning generali Ivanini ham “Mug`ul-totar va O`rta Osiyo xalqlarining Chingizxon va Amir Temur davrlaridagi harbiy sanatlari va istilolari haqida” nomli kitobini 1836-1845 yillarda yozadi. 1870 yillarga kelib u kitobni qayta ishlab nashrga tayyorlaydi. Ammo sog`ligi yomonlashib 1874 yil 27 sentyabrda vafot etadi, kitob esa 1875 yilda Sank-Peterburgda nashr qilinadi va asarning uzun nomi qisqartirilib “Ikki buyuk sarkarda: Chingizxon va Amir Temur” nomi bilan chiqariladi.
Ulug` bobomiz Amir Temur haqida sho`ro zulmi natijasida hajga ketib qolgan, ammo vatani uni tarixi, taqdiri bilan hamisha qiziqqan yurtdoshlarimiz tomonidan ham ko`plab kitob, maqolalar yozilgan. Afsuski, ularning hammasini taklif qilishning iloji yo`q. Birgina yurtdishimiz Ahmad Zokiy Validiy faoliyati misolida bu masala qay darajada ekanligini ko`rish mumkin. Amir Temurning hayoti, u tuzgan saltanat faoliyati haqida dunyo tan olgan sharqshunos, turkshunos Ahmad Zakiy Validiy Tug`on ham barakali ish qilgan. Uning bevosita Amir Temur hayoti, faoliyati, jahon tarixida tutgan o`rni masalalariga bog`langan. Muallifning “Tarixi usul” nomli asarida temuriylar davriga oid 18 manbaga tarixshunoslik nuqtai nazari bilan tafsif berilgan.
Sho`ro hokimiyati davrida Amir Temur shaxsiga tana toshlari otildi. Ming shukurki mustaqillik davri Amir Temur nomini poklash va boshqargan saltanat tarixini o`rganish va xolisona ilmiy xulosalar chiqarishda muhim bosqich bo`ldi. Aynan mustaqillik sharofati bilan biz ulug` ajdodimiz hayotining ko`pgina qirralari o`rganish baxtiga erishdik. Ushbu jarayonning boshida I. Karimov turganligi tahsinga loyiqdir.
Xo`sh, mamlakatimizda Amir Temur omiliga katta etibor qilinishining sababi nimada?
Yurtboshimiz takidlaganiudek bu birinchidan podsho Rossiyasi vas sho`ro mustamlakachiligi yillarida bizning ongimizdan o`chirishga harakat qilingan o`zlikni anglash tiklanishi uchun zarur edi. Parokanda mamlakatni birlashtirgan sohibqironning: “Biz – kim mulki Turon, amiri Turkistonmiz. Bizkim millatning eng qadimi va ulug`i – Turkning bosh bug`inimiz” degan so`zlari o`zligimizni anglashda yordam beradi.
Ikkinchidan milliy g`uru va milliy ongni yuksaltirish uchun intilgan tarixni qayta tiklash lozim. “Amir Temur esa ana shu ko`hna tarixning buyuk cho`qqisidir”.
Aynan mustaqillik davriga kelib, o`zbek davlatchiligi uning muhim bosqichi bo`lgan Amir Temur boshqargan davlat tarixiga bag`ishlangan asarlar noshr etildi. Muarrix Azamat Ziyoning “O`zbek davlatchiligi tarixi” asari ana shu ezgu yo`ldagi muhim qadamdir. Kitobning 5-bobi “O`zbek davlatchiligi Amir Temur va temuriylar davrida” deb nomlangan bo`lib unda sohibqironning hokimiyatga kelganga qadar davrida Movaraunnahrda ahvol, Amir Temurning hokimiyatga kelishi va va o`z davlati chegaralari havfsizligini mustahkamlash uchun kurashi tahlid etilgan.
Amir Temur boshqargan davlat haqida ancha batafsil ma’lumotlar O`zbekiston F.A. tarix institute tayyorlagan “Temur va ulug`bek davri tarixi” nomli fundamental asarda berilgan. Uch qismdan iborat bu tadqiqotning I qismida Amir Temur va uning davri tarixini o`rganishga oid asosiy manbalar tahlil etilgan.
Amir Temur shaxsi va u boshqargan davlat haqida sohibqiron tavalludining 660 yillik tantanalari haqidagi materiallar ruhini o`zida aks ettirgan “Amir Temur Jahon tarixi” asari alohida ajralib turadi. Kitobga o`sha davrda YUNESKO bosh derektori bo`lgan Federiko Mayor muqaddima, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov so`zboshi yozishgan. “Insoniyat – deb yozadi I. Karimov – jahon taraqqiyotida hal qiluvchi ahamiyatga molik shaxslarni munosib baholaydi”. Asarni yozishda o`zbek tarixchi olimlari bilan birga xorijlik mualliflar: Liu Bazin, F. Bressan, Lyusen Keren va boshqalar ishtirok etgan.
Kitob kirish, II qism va ilovadan iborat. Kirish qismida YUNESKO bosh derektori Mayorning muqaddimasi, I. Karimovning kirish so`zi va YUNESKO qarorgohida Parijdagi ko`rgazmaning ochilishida hamda Toshkentda Amir Temur haykalini ochilish marosimida so`zlagan nutuqlari, “Amir Temur” ordining tasis etilishi haqidagi qonun va O`zbekiston hukumatining Temuriylar tarixi davlat muzeyini tashkil etish haqidagi qarori kabi hujjatlar berilgan.
Sohibqiron va u barpo qilgan davlat haqidagi masala hozirgi kunda ham ilmiy jamoatchilikning diqqat etiborida chunki I. Karimov takidlaganidek: “Bizning tariximizda Amir Temurdek ulug` siymo bor ekan uning qildirgan merosi, pandu o`gitlari bugungi kunimizga hamohang ekan, bizning bu merosni o`rganmasdan, tariflamasdan, targ`ibot qilmasdan haqqimiz yo`q”.
Sohibqiron va u boshqargan davlat haqidagi asarlar bizning XIV-XV asrdagi tariximizni chuqur va atroflicha o`rganishga imkon beradi. Hozirgi va kelajak avlodni ulug` bobomizning hayoti, faoliyati bilan tanishtiradi, uning g`oyalaridan bahramand bo`lishga imkon yaratadi. Amir Temur Vatanimiz tarixida, o’zbek davlatchiligi taraqqiyotida beqiyos xizmat ko’rsatgan shaxs. Amir Temur jahon xalqlari tarixida buyuk davlat arbobi, mashhursarkarda sifatida e’tirof topgan yorqin siymodir.Afsuski, Amir Temur nomi sobiq mustamlakachilik va mustabid tuzum davrida qoralanib, avlodlar nazaridan chetga surilib kelindi. Biroq o’zbek davlatchiligini qayta tiklagan, buyuk davlat darajasiga ko’targan, jahonga shuhrat taratgan Amir Temurning tarixiy xizmatini jahon afkor ommasi nazaridan yashirish, uni qatag’onlik zanjirida ushlab turish vaqti o’tdi. Milliy istiqlol tufayli o’z ona tariximizni xolisona yoritish, tarixiy haqiqatni qaror toptirish barobarida Amir Temur bobomizning nomini, nuroniy qiyofasini tiklash baxtiga muyassar bo’ldik. Yurtboshimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 1996 yilning Amir Temur yili deb e’lon qilinishi va shu yili buyuk bobokalonimiz tavalludining 660 yilligini mamlakatimizda hamda YuNESKO tashabbusi bilan butun dunyo miqyosida keng nishonlanishi — bu hozirgi minnatdor avlodlarning, qolaversa, jahon ahlining bu buyuk zotga, uning ulug’vor ishlariga bildirgan cheksiz hurmati va e’zozi ramzidir. Amir Temurning shaxsiy fazilatlari Ma’rifatparvarlik, lmparvarlik, Donishmandlik, Raiyatparvarlik, Adolatparvarlik, echirimlilik, rahimdillik, Olijanoblik, Mardlik, bahodirlik, Qattiqqo’llik, Irodalilik, Jasoratlilik, Sobitlik, vazminlik, chidamlilik, Sabr-bardoshlik, insoflilik, Mehribonlik, muruvvatpeshalik[7].
Adolat va insof bilan tangrining yaratgan bandalarini o’zimdan rozi qildim gunohkorga ham, begunohga ham rahm qilib, haqqoniyat yuzasidan hukm chiqardim. Xayr-ehson ishlarim bilan odamlar ko’nglidan joy oldim. Amir Temur «Hamisha xalq g’amini, yurt g’amini o’ylab yashagan Sohibqiron yovlar oyog`i ostida toptalgan o’lkani dunyoning eng qudratli saltanatiga aylantirgan edi. Kelinglar, aziz do’stlar, barchamiz yakdil bo’lib, halol mehnatimiz, aqlu zakovatimiz, Vatanga muhabbatimiz bilan O’zbekistonni jahon havas qiladigan buyuk davlatga aylantiraylik. Bu yo’lda bobokalonimizning: «Adolat va ozodlik — dasturingiz, rahbaringiz bo’lsin» degan dono o’gitlari doimiy shiorimiz bo’lsin» deb takidlaydi I.Karimov
Amir Temur turkiy barlos urug’ining biy(urug’ oqsoqoli)laridan bo’lmish Muhammad Tarag’ay va Buxoro shariat qonunlarini sharhlovchisining qizi Takina Mohbegimlarning farzandi bo’lib, 1336 yilda Shahrisabzga yaqin Xo’ja Ilg’or qishlog’ida tavallud topgan. Uning to’liq ismi sharifi Sohibqiron Amir Temur ibn Amir Tarag’ay ibn Amir Burkuldir. Temur siyosiy kurash maydoniga kirib kelgan XIV asrning 60-yillarida mo’g’ullarning Chig’atoy ulusidagi hukmronligi davom etayotgan edi. 1346 yili Chig’atoy ulusi xoni Qazonxon amir Qazog’on tomonidan o’ldiriladi. 1358 yilda amir Qozog’on ham o’ldiriladi, ulusda parokandalik jarayoni kuchayadi. O’lkaning turli hududlarida mustaqillik da’vosi bilan ish ko’rayotgan 10 ga yaqin mahalliy bekliklar, chunonchi, Xorazmda so’fiylar, Qashqadaryoda barloslar, Ohangaron vodiysida jaloirlar, Buxoroda sadrlar, Termiz atrofida sayidlar amirlarining va hokazo kuchlarning ajratuvchilik harakatlari yurt butunligiga jiddiy havf tug’dirayotgandi. Ulus o’ntacha mustaqil bekliklarga bo’lingan bo’lib, ularning beklari o’rtasida doimo nizo, janjal bo’lardi. Buning ustiga o’z hukmronligini mustahkamlash maqsadida 1360 yilda Movarounnahrga katta qo’shin tortib kelgan Mo’g’uliston xoni Tug’luq Temur1 xuruji ham dard ustiga chipqon bo’lgan edi. Bunday qaltis vaziyatda siyosiy kurash maydonida hozir bo’lgan yosh Temurbek oldida nihoyatda ehtiyotkorlik, aql-zakovat bilan ish ko’rish, o’z atrofiga yurtparvar, vatanparvar kuchlarni to’plash, so’ngra qulay imkoniyat tug’ilishi bilan yurt dushmanlariga qaqshatqich zarba berish vazifasi turardi. Temurbek uddaburonlik bilan o’ziga xos taktika qo’llab, o’zining bosh orzumaqsadlaridan voz kechmagan holda, vaziyat taqozasi bilan vaqtdan yutish, ishonchli kuch topish uchun vaqtincha 1361 yilda Tug’luq Temur xizmatiga kiradi. Biroq bir yil muddat o’tar-o’tmay, Balx hokimi, kelib chiqishi Chingiziylar nasabidan bo’lgan Amir Husayn bilan do’stlashib, u bilan birgalikda yurt birligi va ozodligini tiklashga kirishadi. U 1362-1364 yillarda mo’g’ul qo’shinlariga bir necha marta zarba beradi. Tug’luq Temurning o’g’li Ilyosxo’ja 1365 yil bahorida Movarounnahrga yurish qiladi. Chinoz atrofida, Sirdaryo bo’yidagi «Loy jangi»da Amir Temur va amir Husayn 1 Bu erda gap Chig’atoy ulusining bo’linishi natijasida tashkil topgan. Mo’g’iliston nomi bilan atalgan xonlik hukmdori to’g’risida borayapdi.[8] qo’shininig Ilyosxo’ja boshliq mo’g’ul qo’shinidan kutilmaganda engilishi Amir Temur uchun juda katta saboq bo’ldi. Ilyosxo’ja qo’shinlari Samarqandga tomon yurdi Hokimiyatsiz qolgan mahalliy aholi (Samarqand hokimi qochib ketgan edi) mudofaaga ko’tarildi, bu harakat sarbadorlar harakati nomi bilan mashhurdir. Samarqand uning markaziga aylandi. Harakatga tolibi ilm vakili Mavlonozoda, jun tituvchilar oqsoqoli Abu Bakr Kalaviy va mohir mergan Xo’rdaki Buxoriylar boshchilik qiladilar. Jome masjidida to’plangan 10 mingga yaqin aholi Mavlonozoda da’vati bilan mo’g’ullarga qarshi kurashda faol qatnashadilar. Ilyosxo’ja Samaraqandda katta zarbaga uchrab Movaraunnahrdan chiqib ketishga majbur bo’ldi. Samaraqandda hokimiyat sarbadorlar qo’liga o’tadi. Ular xalq turmushini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar ko’radi, mo’g’ullarga tarafdorlik qilganlarning er va mulklari musodara etiladi. Samarqand sarbadorlari g’alabasidan xabar topgan amir Husayn va Amir Temur 1366 yil bahorida Samarqandga keladilar. Amir Husayn hiylasi bilan sarbadorlar boshliqlari qo’lga olinib, o’ldiriladi. Amir Temurning sa’y-harakatlari tufayligina Mavlonozoda tirik qoladi. Movaraunnahrda hukmronlik amir Xusayn qo’liga o’tadi. Amir Husayn Movarounnahrda Amir Temurni qoldirib o’zi Xurosonga ketadi. Amir Temurning keyingi jo’shqin faoliyati davomida uning amir Husayn bilan ittifoqi mustahkam bo’lolmadi. Tabiatan shuhratparast, hokimiyatparast shaxs bo’lgan amir Husayn qanday qilib bo’lmasin Amir Temurga pand berish, unga xiyonat qilishdan qaytmaydi. Sharofiddin Yazdiy aytganidek, «ularning o’rtalarida sadoqat va do’stlik munosabati yaqinlik va qarindoshlik aloqasi bilan qat’iy qilingan edi. Ammo Amir Husaynning ko’ngli makr va g’addorlik o’y-hayolidan bo’shamasdi»[9]
Xalqimizda «birovga choh qazisang, o’zing yiqilasan» deyilganidek, amir Husayn ham o’zi qazigan chohga o’zi yiqildi. Vaziyat taqozasi bilan Amir Temur amir Husayn o’rnashib olgan Balxga 1370 yilning bahorida qo’shin tortib boradi va uni mahv etadi. Shundan so’ng Amir Temur Movarounnahrning yagona hukmdori bo’lib qoldi. Samarqand mamlakat poytaxtiga aylandi. Endilikda yurtni boshqarish jilovini qo’lga kiritgan Amir Temur oldida hali g’oyatda katta, murakkab vazifalar ko’ndalang bo’lib turardi. Eng asosiysi, mamlakat hududlarini birlashtirish, yagona markazlashgan davlattuzishdan iborat bosh vazifani hal etish kerak edi. Buningsiz mamlakat taraqqiyotini olg’a bostirish, uning dovrug’ini jahon miqyosiga ko’tarish mumkin emasdi. Shu boisdan dastlab Sirdaryo va Amudaryo oralig’idagi hududlar diplomatik yo’l bilan birlashtirildi.Amir Temur sharqiy hududlarni mo’g’ullar ta’siridan ozod etish uchun 1370 yil oxiri va 1371 yil boshida Sharqiy Turkiston tomon yurish qiladi. Mo’g’ul xoni Kepak Temurga qaqshatqich zarba berilishi orqasida Farg’ona mulki va boshqa bir qator hududlar egallanadi. Ko’p o’tmay Afg’oniston shimolidagi Shibirg’on viloyati ham uning tasarrufiga olindi. Tarixiy manbalarda Amir Temurning Mo’g’uliston tomon 7 marta harbiy yurishlar qilgani tilga olinadi. Uning qudratli mo’g’ul hukmdorlaridan sanalgan amir Qamariddin bilan olib borgan ko’p yillik urushlari mamlakatining sharqiy hududlarini mo’g’ullar asoratidan xalos qilish, yurt tinchligi, osoyishtaligini qaror toptirishga qaratilgan edi. O’z tasarrufida Qoshg’ar, Issiqko’l va Ettisuv vohasini birlashtirgan hamda 1369 yili Ilyosxo’jani taxtdan ag’darib, Mo’g’uliston xoni bo’lib ko’tarilgan Qamariddin bilan 1370-1389 yillar davomida Amir Temur hayot-mamot janglari olib bordi. Bu jangu jadallar oqibatida Movarounnahrga qarashli asosiy sharqiy hududlar uning tarkibiga qo’shib olindiki, bu hol yurtimiz hududida markazlashgan davlatning vujudga kelishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi.
Amir Temur tomonidan markazlashgan qudratli davlatga asos solinishi 1361-1365 yillar Mo’g’iliston xoni Tug’luq Temur va uningo’g’li Ilyosxo’jaga qarshi urush. 1370 yili Amir Husaynga qarshi Balxga yurish va uni bartaraf etish. 1370-1371 yillarda Farg’ona, O’tror, Yassi, Toshkent, Hisor, Badaxshon, Qunduz bo’ysundirildi. 1381 yili Hirot, Seiston, Mozandaron, Saraxs, Sabzavor bo’ysundiriladi. 1371-1389 yillarda jami 7 marta Mo’g’uliston hukmdori Amir Qamariddinga qarshi jangu jadallar olib borish va sharqiy, shimoliy hududlarning yurtga birlashtirilishi 1371, 1373, 1375, 1379, 1388 yillarda Xorazmdagi so’fiylar sulolasi hukmdorlari: Husayn, Yusuf va Sulaymon So’fiylarga qarshi olib borilgan urushlar va Xorazmning yurt tarkibiga qo’shib olinishi Yuqoridagi jadvaldan ko’rinib turganidek, Amir Temur o’z saltanati tarkibiga Xorazm mulkini ham qo’shib olish uchun ko’p sa’y-harakatlarda bo’ldi. Chingizxon tomonidan Jo’ji ulusiga berilgan Xorazm erlari Oltin O’rdadan mustaqil bo’lib ajralgan bo’lib, hokimiyat tepasida Qo’ng’irot so’filari turardi. Keyinroq ikkiga bo’linib, janubiy qismi Chig’atoy ulusiga bo’ysundirilgan edi, ammo Qo’ng’irot so’filari janubiy qismni ham fatx etadi. Amir Temur esa butun Xorazmni o’z ulusining tarkibiy qismi deb hisoblar edi. Shu boisdan Xorazmni o’z tasarrufiga kiritish uchun bir necha marta yurish qiladi 1388 yilgi so’nggi Xorazm yurishi natijasida Sulaymon So’fiy hukmronligi ag’darilib, bu o’lka Temur saltanati tarkibiga uzil-kesil qo’shib olindi. Shunday qilib, Amir Temur bir necha yillar davom etgan qonli va qonsiz kurashlar, muhim tadbirlar, kezi kelganda diplomatik aloqalarni muvaffaqiyatli qo’llanish natijasida mamlakatni mo’g’ullar zulmidan ozod etdi, siyosiy tarqoqlik, o’zaro nizolarni bartaraf qildi. Movarounnahr va Xuroson hududlari birlashtirilib, yagona markazlashgan davlat barpo etishga muvaffaq bo’lindi. Amir Temur kuchli, markazlashgan davlat barpo etish barobarida o’z qudratini jahonga mashhur qilish, hududlarini kengaytirish maqsadida XIV asrning 80 yillaridan e’tiboran xorijiy yurtlar tomon ko’plab harbiy yurishlar uyushtiradi. Uning 1386-1388 yillardagi «uch yillik», 1392-1396 yillardagi «besh yillik» va nihoyat 1398-1404 yillardagi «etti yillik» yurishlari xuddi shu maqsadlarga qaratilgandi. Bu harbiy yurishlar davomida Eron, Kavkaz orti hududlari, shimoliy Hindiston, Suriya, Iroq erlari, Kichik siyoning talay qismi egallanadi. Shu tariqa, qudratli saltanat vujudga kelib, uning dovrug’i butun olamni tutdi. Biroq kezi kelganda shuni ta’kidlash joizki, Sohibqironning ko’plab jahongirlik yurishlariga faqat bir yoqlama nuqtai nazardan baho berib bo’lmaydi.Negaki, bu yurishlar goho mamlakat hududlariga tajovuz qilgan ajnabiy kuchlarga zarba berish, goho muqaddas islom ta’limoti g’oyalarini, ularning tahqirlovchilaridan himoya qilish yohud Sohibqiron yurtiga muttasil dushmanlik qilib kelgan xorijiy davlatlarga nisbatan so’nggi chora sifatida amalga oshirilgan. Jumladan, Amir Temurning Oltin O’rda xoni To’xtamishga qarshi bir necha marta (1389, 1391, 1394-1395 yy.) olib borgan jangu jadallari, eng avvalo, yurt osoyishtaligi, uning hududiy yaxlitligini ta’minlash maqsadiga yo’naltirilgan edi. Ayniqsa To’xtamishning Xorazm erlariga da’vosi bunda muhim sabablardan biri bo’lgan. Amir Temur tomonidan Oltin O’rdaning mavh etilishi esa, tabiiyki, uning tarkibiga kirgan hududlarning, chunonchi, rus knyazliklarining mustaqillikka erushuvida ayricha ahamiyatga ega bo’lganligi ham tarixiy faktdir.
Shuningdek, Sohibqiron qo’shinining Turkiya sultoni Boyazid kuchlari bilan 1402 yilda Anqara yaqinida bo’lib o’tgan hayot-mamot urushi ham, avvalo, turk sultonining qaysarligi, manmanligi, murosasizligi, adolat talabiga qo’l siltaganligi orqasida yuz bergan. Bu beomon jangni o’z foydasiga hal etgan Amir Temur esa ayni paytda o’z qudratini nafaqat Sharqda, balki G’arbda ham namoyish etishga musharraf bo’ldi. Shu buyuk g’alabadan so’ng G’arbiy Evropaning Angliya, Frantsiya, Ispaniya singari nufuzli davlatlari va ularning hukmdorlari Amir Temur bilan yaqindan aloqa bog’lash, hamkorlik qilish, ayniqsa savdo-sotiq munosabatlarini o’rnatishga faol yo’l tutganliklari shundan yaqqol dalolatdir. Darhaqiqat, Amir Temurning naqadar uzoqni ko’ra bilish salohiyatini uning Evropa hukmdorlari – Frantsiya qiroli Karl VI (1380-1422), Angliya qiroli Genrix
IV (1399-1413), Kastiliya va Leon qiroli Genrix III (1390-1407) bilan diplomatik
aloqalari va yozishmalaridan ham bilsa bo’ladi. U jumladan, Frantsiya qiroli Karl VI ga yo’llagan maktubida savdo aloqalarini yo’lga qo’yishni taklif qilib «Dunyo savdo ahli bilan obod bo’lajak», degan fikrni bildirgan edi. Frantsiya qiroli 1403 yil 15 iyunda yozgan javob xatida taklifni mamnuniyat bilan qabul qilganini qildiradi. Bu davrga kelib Buyuk ipak yo’li shuhratining yanada ortishi davomida Movarounnahr va Xuroson dunyoning turli mamlakatlari bilan har jihatdan yaqindan bog’lanib, xalqaro karvon savdosining eng muhim markaziga aylandiki, bu esa Vatanimizning iqtisodiy, madaniy va ma’naviy yuksalishiga katta ijobiy ta’sir ko’rsatdi.
Amir Temur qudratli saltanatni vujudga keltirar ekan uni omilkorlik bilan idora qilish, boshqaruv tizimini yanada takomillashtirib borishga ham alohida ahamiyat berdi.
U o’zbek davlatchiligining Somoniylar, Qoraxoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar davrida tarkib topib, rivojlanib borgan tizimi, tartib-qoidalari, huquqiy asoslarini yangi tarixiy davrning talab, ehtiyojlariga moslab yanada takomillashtirdi, ularga yangicha ruh, mazmun va sayqal berdi.
Amir Temur o’zigacha shakllangan o’zbek davlatchiligining asoslariga izchil amal qilish bilan birga ularni mazmunan boyitishga jiddiy ulush qo’shdi. Amir Temur milliy davlatchilik asoslarini rivojlantirishda, jamiyat rivojida barcha
ijtimoiy tabaqalar faoliyatini nazarda tutish va ularning manfaatlarini ta’minlashga alohida e’tibor berdi. Shundan kelib chiqib Amir Temur dunyo tarixida birinchi o’lib jamiyat 138 ijtimoiy tarkibini 12 tabaqaga ajratib, ularning har birining alohida mavqei, manfaatlarini, shunga muvofiq keladigan davlat va jamiyatning o’zaro munosabatlarini belgilab bergan.
Uning davrida boshqaruv ikki idoradan, ya’ni dargoh va vazirliklardan iborat
bo’lgan. Dargoh tepasida oliy hukmdorning o’zi turgan. Mamlakat va davlat ahamiyatiga molik masalalar uning ko’rsatmasi bilan hal etilgan Garchand Amir Temur qudratli saltanat barpo etib, uning hududlarini sharqu g’arbga, shimolu janubga kengaytirib, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy jihatlardan yuksaltirib dovrug’ini olamga mashhur qilgan bo’lsa-da, biroq uning vafotidan keyin mamlakat tanazzullikka uchrab bordi. Buning asosiy boisi avvalo shundaki, Amir Temur tasarrufiga kirgan ellar va yurtlar shu qadar xilma-xil, uzoq masofalarga cho’zilgan bo’lib, ularni yagona bir markazdan turib uzoq vaqt boshqarish murakkab edi. Buning ustiga ulardagi mavjud turli-tuman muholifatchi kuchlar ertami-kech o’z hududiy mustaqilligi uchun harakat etishlari tabiiy edi.
Sohibqiron saltanatini zaiflashtirish va parchalanishga olib kelgan muhim sabablardan yana biri — ko’p sonli temuriy shahzodalar o’rtasida toj-taxt talashib boshlanib ketgan va bir necha yillarga cho’zilgan o’zaro besamar urushu nizolardir. Chunki, Amir Temur vafotidan so’ng uning ko’p sonli vorislari uning dono vasiyatlari, o’gitlariga quloq osmay, markaziy hokimiyatni egallash yo’lida jangu-jadalga kirishadilar.
Amir Temur Xitoy yurishiga otlangan bir paytda O’trorda 1405 yil 18 fevralda kasallanib vafot etgan paytda uning 4 o’g’lidan 2 tasi (Mironshoh va Shohruh Mirzolar) va 19 ta nevara, 15 chevara, shuningdek, qizlari — Og’a begim, Sulton Baxt begim va Og’a begimning o’g’li Sulton Husayn Mirzolar qolgan edi. Amir Temur vasiyatiga ko’ra uning o’rnini Qobul, Qandahar va Shimoliy Hind erlarini boshqarib turgan nabirasi Pirmuhammad (Jahongir Mirzo o’g’li) egallashi kerak edi. Biroq shahzoda Halil Sulton (Mironshoh o’g’li)ning o’zboshimchalik bilan Samarqandni egallab, o’zini hukmdor deb e’lon qilishi, tabiiyki, boshqa shahzodalarning ham qo’zg’alishiga, saltanatning darz ketishiga olib keldi. Buning oqibatida tez orada g’arbiy hududlarning ancha qismi mustaqil bo’lib ajralib ketdi. Ozarbayjon tomonda turkmanlarning Oq quyunli va Qora quyunli sulolalarining Temur saltanatiga bo’ysunmaslik va unga qarshi qarshilik harakati kuchaydi. Amir Xudaydod va Shayx Nuriddinlar esa Movarounnahrning turli hududlarida bosh ko’tardilar. Faqat qat’iyatli, shijoatli Shohruh Mirzo bu qonli nizolar, urushlarga barham berib, Xuroson va Movarounnahrda hokimiyat jilovini qo’lga kiritadi. U 1409 yilda Movarounnahrdagi vaziyatni o’z foydasiga hal etib, uni katta o’g’li Ulug’bekka topshiradi. O’zi esa Xuroson hukmdori bo’lib qoladi (1407-1447).
Mirzo Ulug’bekning asl ismi Muhammad Tarag’ay bo’lib, u 1394 yilda Sultoniyada tavallud topgan. Bobosi Amir Temur unga katta mehr bilan qarab yoshligidan o’z tarbiyasiga olgan. Ulkan tug’ma iste’dod, aql-zakovat sohibi bo’lgan Ulug’bek (Sohibqiron xonadonida uni shunday nom bilan erkalashgan) davlat boshqaruvini puxta egallashdan tashqari diniy va dunyoviy bilimlarni ham etuk darajada o’zlashtirgan. U Movarounnahr taxtini egallaganida endi 15 yoshga to’lgan edi. Mirzo Ulug’bek hukmronligi (1409-1449) temuriylar saltanatining an’anaviy rivoji va muhim ijtimoiy o’zgarishlar yo’lidan ilgarilab berishida alohida davrni tashkil etadi. Negaki, bunda donishmand hukmdorning katta sa’y-harakatlari, to’g’ri yo’naltirilgan siyosati tufayli mamlakat daxlsizligi, tinchligi va osoyishtaligi nisbatan ta’minlandi. Bu esa uning iqtisodiy, madaniy va ma’naviy ravnaqiga sezilarli ijobiy ta’sir ko’rsatdi. O’sha davr tarixchilarining yakdil fikricha, Ulug’bek bobosi davridagi boshqaruv tizimini, barcha tartib-qoidalarni to’la saqlashga harakat qilgan. Soliq va moliya siyosatida ham bunga amal qilgan. To’g’ri, Ulug’bek Amir Temur singari jangu jadallarga qiziqmadi. Bu sohaga uning ortiqcha rag’bati ham bo’lmagan. Faqat zaruriyat taqoza qilgandagina u harbiy yurishlarga otlangan. Masalan, 1414 yilda Farg’ona hukmdori shahzoda Ahmad itoatdan bosh tortishga uringan paytda u katta qo’shin tortgan va bu yurishi bilan nafaqat Ahmadni itoatga keltirib qolmay, ayni chog’da sharqiy Turkiston erlarini ham o’z davlati tarkibiga qo’shib olishga muvaffaq bo’lgan. 1425 yilga kelib Ulug’bek Mirzo Issiqko’l tarafga yurish qilib, u erdagi isyon ko’targan mahalliy muxolifatchi kuchlarni bartaraf etib, mamlakatning sharqiy chegaralarini ancha mustahkamlashga erishadi. Biroq hukmdorning 1427 yilda Sirdaryoning quyi oqimidagi Sig’noq va uning atrofida hududiy da’volar bilan bosh ko’targan Dashti Qipchoq aslzodalaridan sanalgan Baroqxonga qarshi yurishi uning uchun kutilmaganda muvaffaqiyatsiz yakun topdi. Bu mag’lubiyat Ulug’bekni hokimiyatdan mahrum bo’lishiga ham olib kelayozgandi. Otasi Shohruxning katta qo’shin bilan etib kelishigina uni yana o’z hukmronligini qayta tiklashiga imkon berdi. Shundan so’ng Ulug’bek Mirzo urush harakatlaridan ko’ra ko’proq o’z faoliyatini mamlakat ishlari, uning ichki siyosati masalalari bilan shug’ullanishga qaratadi. Shu boisdan ham endilikda uning faoliyatida mamlakat obodonchiligi, yurt tinchligi, farovonligi, ilm-fan ravnaqiga oid masalalar asosiy o’rin egallaydi. Mamlakatda savdosotiq, hunarmandchilik va ziroatchilik avvalgidek rivojlanishda davom etadi. Ko’plab sun’iy sug’orish inshootlari barpo etiladi. Mamlakat Buyuk ipak yo’li orqali halqaro karvon savdosida faol ishtirok etadi. Samarqand, Buxoro, Shaxrisabz, Shosh va boshqa shaharlarda ko’plab hashamatli madrasalar, masjidu maqbaralar, karvonsaroylar qad rostlaydi. Uning bevosita rahnamoligida qurilgan tenggi yo’q me’moriy inshoot — rasadxona o’sha davr ilm-fani va texnikasining eng so’nggi yutuqlarini o’zida mujassam etgan edi.
Ulug’bekning 1428 yilda o’tkazgan pul islohoti ham mamlakatda savdo-sotiq va pul muomalasini, moliya siyosatini yo’lga qo’yishda muhim voqea bo’lgan. Ulug’bek muomalaga chiqargan yangi vazndagi tanga pullar o’z qadri, qimmati bilan iqtisodiy hayotni jonlantirish, savdo-sotiqni rivojlantirishda alohida rol o’ynadi. Uning davrida ham yuqori tabaqa vakillariga, harbiy sarkardalar, oliy ruhoniylarga avvalgidek alohida imtiyozlar berish tartibi hukm surdi. Bundan tashqari davlatning katta ma’naviy tayanchi hisoblangan diniy muassasalar ixtiyorida ham ulkan miqyosdagi vaqf erlari to’plangan edi.
Temuriylar davrida aholi to’laydigan turli-tuman soliqlar orasida xiroj (er solig’i) alohida ajralib turardi. Dehqonlar etishtirgan hosilning kamida uchdan bir qismi xiroj solig’iga to’langan. Bundan tashqari ushr (daromadning o’ndan bir qismi), tamg’a (savdosotiq, hunarmand ahlidan olinadigan soliq), zakot, tutun solig’i, bog’ solig’i, uloq (davlat xizmatidagilar uchun), dorug’ona (harbiy qo’riqchilar uchun), mirobona (suv etkazib beruvchilar uchun), yasoq (chorva mollari uchun), begor (davlat hisobiga ishlab berish: saroy qurilishi, ariq, kanallar qazish uchun) va boshqa soliq va majburiyatlar joriy etilgandi.
Ulug’bek o’z davlat siyosatida qanchalik oqil va izchil siyosat yuritishga, ilm-fan ahliga, din peshvolariga homiylik qilish, savdo-tijorat va hunarmand ahliga rag’bat ko’rsatishga harakat qilmasin, unga qarshi muxolifatchi kuchlar ham anchagina bor edi.
Ulug’bek katta er egalarining oddiy fuqarolarga nisbatan suiiste’molchiliklarini cheklash tadbirlarini ko’rganda, ular «taxtdagi olim»ga qarshi chiqdilar. Ruhoniylar orasidagi jaholatparast unsurlar Ulug’bekni islom diniga zarar keltiruvchi «betavfiq hukmdor» deb tashviqot yuritdilar. Shu tariqa, jaholatparastlar ilmga, o’z manfaatini xalq manfaatidan ustun qo’yyuchilar taraqqiyotga qarshi chiqdilar. Ulug’bek mamlakatdagi turli ijtimoiysiyosiy guruhlar o’rtasidagi ichki ziddiyatlarni, mutaassib, reaktsion kuchlar muxolifatchiligini oxirigacha bartaraf eta olmadi. Bu esa XV asrning 40-yillari oxirlariga kelib Movarounnahr davlatini beqarorlik va chuqur ijtimoiy larzalarga duchor etdi. Mamlakat qo’shinining jangovor holatda bo’lmaganligi va turli joylarga sochilganligi esa Dashti Qipchoq ko’chmanchilarining bu erlarga tez-tez bostirib kelib, yurtni talashi uchun keng yo’l ochib bergandi. Xususan, 1447 yilda Shohruh Mirzo vafoti munosabati bilan Ulug’bekning ota taxtiga da’vogarlik qilib Xurosonga yurishi, jiyani Aloudovla va boshqa merosxo’rlar bilan hokimiyat talashishi, uning yo’qligida Abulxayrxon boshliq Dashti Qipchoqliklarning Movorounnahr erlarini g’orat qilishi va nihoyat, qora kuchlar ig’vosi tufayli o’z o’g’li Abdullatif bilan boshlangan nizoning katta jangga aylanib, unda Ulug’bekning mag’lub bo’lishi — bular nafaqat uning fojiali o’limi bilan yakun topib qolmay, ayni paytda Temuriylar sulolasi inqirozini yanada chuqurlashtirishga olib keldi. Ulug’bek akademiyasi tarqalib ketdi, kutubxonadagi kitoblar yondirildi, olimlar boshi oqqan tomonga ketishga majbur bo’ldi.
Ulug’bek o’limidan so’ng tez orada oqpadar Abdullatifning o’ldirilishi, undan keyin Samarqand hokimiyati tepasiga kelgan Abusaid Mirzo (1451-1468)ning davlatni boshqarish o’rniga asosiy vaqtini Eron va Xuroson hududlarida harbiy yurishlar bilan o’tkazishi, vafotidan so’ng Movarounnahrda hukmronlik qilgan avlodlari – Sulton Ahmad (1468-1493), Sulton Mahmud (1493-1494) va Sulton Ali Mirzo (1494-1501) davrida yurtning yanada ichki ziddiyatlaru tanazzullikka yuz tutishi pirovard oqibatda Temuriylar hukmronligining barham topishiga olib keldi. XV asrning 90-yillari boshlarida Farg’ona mulkida Umarshayx Mirzo vafotidan so’ng hokimiyat jilovini qo’lgan olgan uning o’g’li navqiron va shijoatli Bobur Mirzo1 (1482-1530)ning Temuriylar saltanatini tiklash va saqlab qolish yo’lida Muhammad Shayboniyxonga qarshi olib borgan bir necha yillik jangu jadal harakatlari ham natijasiz tugadi. Buyuk orzulari sarobga aylangan, vujudini umidsizlik qoplagan Bobur Mirzoning shundan so’ng Afg’on va Hind erlari sari bosh olib ketishga majbur bo’lganligi boisi ham mana shundandir. Xurosonda XV asrning ikkinchi yarmida Abusaid Mirzo o’limidan so’ng (1469) hokimiyatga kelgan Husayn Boyqaro (1438-1506) davrida bu o’lkaning ijtimoiyiqtisodiy va madaniy hayotida ko’plab muhim o’zgarishlaru siljishlar yuz berdi. Buning boisi shundaki, Temuriy shahzodalar ichida ja’sur va tadbirkor, salohiyatli va ma’rifatli hukmdor bo’lgan Husayn Boyqaro o’zining salkam 40 yillik hukmronligi davrida Xurosonda katta xayrli ishlarni amalga oshirish, saltanat qudratini ko’tarishga muvaffaq bo’ldi. Bu ulug’vor ishlar va sa’y-harakatlarda uning maktabdosh do’sti, buyuk donishmand siymo, o’zbek mumtoz adabiyotining asoschisi Alisher Navoiy hazratlari (1441-1501)ning roli beqiyosdir.
Ulug’ Navoiyning Boyqaro saroyida birinchi vazir sifatida katta mavqe va nufuzga
ega bo’lishi, albatta, ko’plab muhim davlat masalalarini oqilona, raiyat foydasiga hal etishda qo’l kelgan. Ayniqsa poytaxt Hirot va uning tevarak-atroflarida qanchalab obodonchilik ishlarini ro’yobga chiqarishda, ko’plab salobatli me’morchilik obidalari, xalq xo’jalik inshootlarini barpo etishda bu ikki ulug’ zotning bahamjihat sa’y-harakatlari hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan. Tarixchi Xondamirning ma’lumoticha, Husayn Boyqaro davrida bunyod etilgan yirik inshootlarning soni 40 dan ortadi. Hirotda bunyod etilgan o’nlab ko’rkam masjidu madrasalar (shu jumladan 403 gumbazi, 130 ta ravoqi va 44 ta ustuni bo’lgan ulkan jome’ masjidi), shifoxonayu hammomlar, ilm maskanlari, suv inshootlari — bular Xuroson davlatida kechgan katta bunyodkorlik ishlaridan yaqqol nishonadir. Choshmag’ul mavzesida A.Navoiy tashabbusi bilan Turuqband suv omborining qurilishi Mashhad va uning atroflarini ob-hayot bilan ta’minlashda benazir ahamiyatga ega bo’lgan. Biroq neajib holki, Husayn Boyqaro davrida Xurosonda ham ichki ziddiyatlarning kuchayib borishi, bek-amaldorlarning fitna-fasodi, sotqinligining avj olishi, yosh shahzodalar o’rtasida nizolarning kelib chiqishi, gazak olib borishi davomida XV asr oxirlariga kelib inqiroz sari yuz tutib bordi. Ayniqsa Husayn Boyqaroning sevimli nabirasi shahzoda Mo’min Mirzoning fojiali o’limidan keyin podsho bilan uning o’g’illari o’rtasidagi nizolar to’xtovsiz kuchayib bordiki, uni bartaraf etishning sira iloji ko’rinmay bordi. Hatto bu ishga qo’l urib, ota-bolalar o’rtasidagi dushmanlikka nuqta qo’yish, ularni murosaga keltirib, saltanat birligi, tinchligi va osoyishtaligini qaror toptirishga uringan Alisher Navoiydek buyuk zotning sa’y-harakatlari ham behuda ketdi. Bu esa Movarounnahr hududlarini egallab, Xuroson sarhadlariga ko’z tikib turgan Muhammad Shayboniyxon beklari va amirlari uchun qo’l keldi. XVI asr boshlariga kelib, ya’ni Husayn Boyqaro vafotidan so’ng (1506) Xuroson erlari tomon yurish boshlagan 1 U Temuriylar avlodiga mansub Sulton Abu Said Mirzoning nabirasi, Umarshayx Mirzoning o’g’li. Bobur ona tomondan Mo’g’uliston xonlaridan bo’lgan Yunusxonning nabirasi, Qutlug’ Nigorxonimning farzandi. Shayboniyxon qo’shini Badiuzamon va Muzaffar Mirzo qo’shinlarini birin-ketin engib, tez orada butun Xuroson o’lkasini o’z qo’l ostiga kiritib oladi. Xuddi shu o’rinda tarixiy asosga qurilgan bir ibratli jonli lavhani muhtaram talabalarimiz e’tiboriga havola etmoqchimiz: Bu 1497 yilda sodir bo’lgan edi. Mo’min Mirzo zanjirband holda Xirotning Ixtiyoriddin qal’asida maxbuslikda edi. U Qur’oni Karimning «Yosin» surasini qiroat qilardi. Bobosi Husayn Boyqaroning o’z nabirasi Mqmin Mirzoni bo’g’ib o’ldirish to’g’risida muhri bosilgan farmonni (uni shohning sarmastligidan foydalanib Hadichabegim boshliq fitnachilar qo’lga kiritgan edilar) ko’tarib xonaga 4 jallod yarim tunda kirib keladi. Mo’min Mirzo bobosi farmonini o’zi o’qib ko’rishini, muhrini o’zi aniqlashini amirona talab qiladi. Jallodlar rozilik berishadi. Shahzoda «Bobom muhri chekilgan bul farmon men uchun tabarrukdir» deya farmonni avval ko’ziga surtadi, o’padi va keyin esa o’qiydi. Farmonda, jumladan, shunday mudhish satrlar bor edi: «Nishon etishi ila paysalga solmay Muhammad Mo’min Mirzoni kamon ipiga tortib, yo’qlik chillaxonasiga jo’natilsin». Mo’min Mirzo o’zini dadil, mardona tutib, jallodlarga bunday deydi: «ishingiz bitgach, bobomning bul farmonini o’sha kamon ipining bir qarichi ila bog’lab o’zlariga qaytarib bering. Bul mening so’nggi vasiyatimdir.
Ularga aytingki, o’z avlodi ila murosaga kelolmay, jallod xizmatiga muhtoj podshoh saltanati uzoq cho’zilmaydi. Bobo, ehtiyot bo’ling! Al-qasosu minal haq!». Shu so’zlarni aytish asnosida u erdan kishan zanjirini olib boshi uzra aylantiradi, ikki jallodni yaralaydi, biroq kuchlar nisbati teng emasdi. Qolgan ikki jallod uni yiqitib, farmonda aytilgan kamon ipi bilan bo’g’ib o’ldiradilar. Zotan, 1506 yilda Husayn Bayqaroning xushidan ketishi, o’ldi deb ko’milishi, qabrda xushiga kelishi, chiqishga urinishi, ammo chiqa olmaganligi – bular aslida «Alqasosu minal-haq» in’ikosidir.
Shu tariqa, qariyb bir yarim asr davom etgan, o’z davrida Vatanimiz nomini shonu shuhratga burkagan, uni ijtimoiy taraqqiyotning yuksak marralariga olib chiqqan, ulug’ ajdodlarimiz tarixida o’chmas iz qoldirgan Temuriylar saltanati hukmronligi tarix taqozasi bilan halokatga mahkum bo’ldi. Biroq bu murakkab, ziddiyatli tarixiy jarayon keyinchalik yangi-yangi avlodlar uchun juda ko’plab hayotiy masalalarning mag’zini chaqish, istiqlolni tiklash yo’lida bitmas — tuganmas saboq va o’rganish manbai bo’lib xizmat qildi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
O’zbekiston Respublikasining Kanistitutsiyasi -T.: “O’zbekiston” 2003 yil
Karimov I. A. Amir Temur-faxrimiz g’ururimiz -T.: “O’zbekiston” 1998 yil
Karimov I. A. O’zbekiston milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura 1-jild -T.: “O’zbekiston” 1996 yil
Karimov I. A. bizdan ozod va obod vatan qolsin 2-jild –T.: “O’zbekiston” 1996-yil
Karimov I.A.Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir 3-jild –T.: “O’zbekiston” 1996-yil
Karimov I.A. Bunyodkorlik yo’lida 4-jild –T.: “O’zbekiston” 1996 yil
Karimov I.A. yangicha fikirlash va ishlash-davr talabi 5-jild –T.: “O’zbekiston” 1997 yil
Karimov I.A. Xavsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida 6-jild –T.: “O’zbekiston” 1998 yil
Karimov I.A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz 7-jild –T.: “O’zbekiston” 1998 yil
Karimov I.A. Ozod va obod vatan erkin va farovon hayot -provat maqsqdimiz 8-jild –T.: “O’zbekiston” 2000 yil
Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz ma’sulmiz 9-jild “O’zbekiston” 2001 yil
Karimov I.A. Biz tanlagan yo’l- demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan hamkorlik yo’li 11-jild –T.: “O’zbekiston” 2003 yil
Karimov I.A. Xavsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak 10-jild –T.: “O’zbekiston” 2002 yil
Karimov I.A. Tinchlik va havsizlik o’z kuch qudratimiz hamjihatligimiz va qat’iy irodamizga bo’g’liq 12-jild –T.: “O’zbekiston” 2004-yil
Karimov I.A. Imperiya davrida bizni ikkinchi darajali odamlar deb hisoblashar edi -.:“O’zbekiston” N.M.Z.U 2005 yil 64 bet
Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz jamiyatni demokratiyalashtirish va yangilash mamlakatni moderenizatsiya va isloh etishdir –T.: “O’zbekiston” 2005 yil 96 bet.
Karimov I.A. “O`zbek xalqi xech qachon hech kimga qaram bo`lmaydi”. –T.: “O’zbekiston” 2005 yil 160 bet.
Payon Ravshanov “Temurnoma”, — T.: “Cho`lpon” nashriyoti 1990 yil
“Temur tuzuklari”, — T.: “Sharq” nashriyoti 2001 yil
Ziyodulla Muqimov “O`zbekiston davlati va huquqi tarix”, — T.: “Adolat” nashriyoti 2001 yil
Sharif Boltayev “O`z bek davlatchiligining Amir Temur boshqargan bosqichi va uning jahon tarixida tutgan o`rni”, Buxoro 2006 yil
Saidkulov T.S. O’rta Osiyo xalklari tarixining tarixshunosligidan lavxalar. (1-kism). T. «Ukituvchi» 1993 y.
Axmedov B. Uzbekiston tarixi manbalari. (Kadimgi zamon va urta asrlar) T. «Ukituvchi» 2001 y.
Nizomiddin SHomiy. «Zafarnoma» T. 1996 y.
Turt ulus tarixi T. 1994 y.
[1] Karimov I.A. O`zbekiston: miliy istiqlol, iqtisod siyosat, mafkura. 1-jild, Tohkent: O`zbekiston. 1996. 81-bet.
[2] Qarang. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash to`g`risidagi qaror. “O`zbekiston ovozi” 1995 yil. 1 yanvar: Istiqloldan nur olib. Mas’ul muharir. Prof. M. Oltinov Toshkent “Fan” 2005.
[3] Karimov I.A. Bunyodkorlik yo`lida. 4-jild T. “O`zbekiston” 1996. 90-bet.
[4] Sharif Boltayev: O`zbek davlatchiligining Amir Temur boshqargon bosqichi va uning jahon tarixida tutgan o`rni. Buxoro-2006 3 bet.
[5] Sharif Boltayev: O`zbek davlatchiligining Amir Temur boshqargon bosqichi va uning jahon tarixida tutgan o`rni. Buxoro-2006 7 bet.
[6] Sharif Boltayev: O`zbek davlatchiligining Amir Temur boshqargon bosqichi va uning jahon tarixida tutgan o`rni. Buxoro-2006 12 bet.
[7] Q.Usmonov, M.Sodiqov, S.Burxonova O’zbekiston tarixi. Darslik.–T.2005, 134 bet
[8] Q.Usmonov, M.Sodiqov, S.Burxonova O’zbekiston tarixi. Darslik.
–T 2005 135 bet
[9] Sh.Yazdiy. «Zafarnoma», 207-bet