Abdulla Oripov. She’rlar. “Jannatga yo’l” dramatik dostoni

Abdulla Oripov. She’rlar. “Jannatga yo’l” dramatik dostoni

Dars rejasi:

Shoirning hayoti va ijodi

Vatan va istiqlol haqidagi she’rlari

“Jannatga yo’l” dramatik dostonida do’stga sadoqatlilikning ifodalanishi

Tayanch so’z va iboralar: Shoirning hayot yo’li, she’riyat olamiga qadam qo’yishi, ilk asarlarining nashrdan chiqishi, O’zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasining muallifi, O’zbekiston Qahramoni, dramatik dostonining badiiy qimmati. Vatan va istiqlol haqidagi she’rlari.

Abdulla Oripov atoqli o’zbek shoiri, davlat va jamoat arbobidir. XX asrning 60-yillaridan A.Oripov asarlari bilan boshlangan sifat o’zgarishlar o’zbek adabiyotini yangi bosqichga ko’tarishda muhim rol o’ynadi.

Yassaviy, navoiy, bobur, Cho’lpon, G’afur G’ulom ijodiy an’analarini davom ettirayotgan A.Oripov she’riyati o’zbek adabiyotini uzviy bir yahlitlikda o’tmish va kelajak bilan bog’lab turadi.

Shoirning hayot va ijod yo’li. Bo’lajak shoir Navro’z kiradigan kun 1941 –yil 21-matrda Qashqadaryo viloyati Koson tumani, Nekuz qishlog’ida tug’ildi.

Kenjatoy Abdullajon tirishqoq va shoirtabiat bo’lib ulg’ayishda oddiy dehqon Orifbobo va munis aya Turdi karvon qizi ta’sirlari katta bo’lsi.

Xayolsevar, hayotsevar yigit maktabni oltin medal bilan bitirdi. Toshkent Davlat (hozirgi Milliy) universitetning filologiya fakultetida tahsil oldi.

Adabiyotning nozik bilimdonlari Ozod Sharafiddinov, Matyoqub Qo’shjonov, Umarali Normatov kabi ustozlar qo’lidagi ta’lim-tarbiya: Erkin Vohidov, O’tkir Hoshimov,  Shukur Xolmirzayev kabi talaba do’stlar muhiti; Oybk, G’avur G’ulom, Abdulla Qahhor, Mirtemir singari san’atkorlardan bevosita va bilvosita olingan saboq g’unchalab kelayotgan Abdulla Oripov iste’dodiga barakali ta’sir ko’rsatdi.

A.Oripov dastlabki “Miit yulduz” she’riy to’plami bilanoq butun O’zbekistonga mashhur bo’lib ketdi. Keyingi kitoblari bu ishonchni yanada mustahkamladi.

A.Oripov mustaqillik davrida Vatan, Erk, Ozodlikni tarannum etuvchi o’nlab yangi she’rlar yozdi. Yangi tarixiy sharoit ijodiga yangi to‘lqinlar olib kirdi. Haj safari natijasida tug’ilgan hamda hikmatomuz hadislar talqiniga bag’ishlangan falsafiy-didaktik she’rlari so’nggi bosqich o’zbek adabiyoti ufqlarini yanada kengaytirdi.

 “Jannatga yo’l” dramatik dostoni nazm va dramaturgiyaning yetakchi xusuiyatlarini o’zida istifoda etgan dramatik doston janriga mansub.

Afsonaviy-mifologik va fantastic mavzu asosida yaratilgan asardagi voqea-hodisalar “narigi dunyo”da sodir bo’ladi. Lekin bu yozuvchi qo’llagan bir usul ekanini unutmaslik kerak. Aslida mifologik libosda realistic maqsad harakat qiladi, ya’ni adib afsonaviy naql vositalari orqali biz yashab turgan shu dunyo muammolarini talqin etadi.

Komil inson, ezgulik, yomonlik, oxirat singari qadriyatlarning azaliy mezonlari jonli timsollar –jonli obrazlar orqali ko’rsatiladi. Muallif maqsadlarini ifodalovchi ramziy ma’no nomiga jo qilingan. Inson tasavurriradi oily ideal, oily xilqat jannat ekan, bu joyga eltuvcho yo’l, shoir talqini va tasvirich, siz bilan biz yashayotgan shu tiriklik dunyosiga ezgulik, mehr-muruvvat, diyonatda: ota-ona, yaqinlar, umuman, odamlar oldidagi ularning har biriga munosib qarzni uzish va burchni ado etishda. AOlloh oldidagi qarz, avvalombor, uning bandasi oldida uzilmog’I kerak. U dunyoning ochqichi shu dunyoda. Tiriklik dunyosidagi qilmishlar, nojo’ya ishlar uchun bu yorug’ olamda tegishli ajr olishga ulgurilmasa-da, oxiratda u oqizmay-tomizmay olinishi, shubhasizdir.

A.Oripov hayotdagi murakkablik, ziddiyatlarni “u dunyo”dagi qahramonlar orqali ham namoyon etish lozimligini unutmaydi. Bu e’tibor harakter hayotiyligi, haqqoniyligini ta’minlashda muhim rol o’ynaydi.

Muallif Yigitning yaxsi niyatlarni amalga oshira olmagani sabablari bo’lganini ko’rsatadi. U ham ne-ne ig’volarga uchragan, sadoqatli odamlarga muhtoj, gohi yolg’iz, gohida nochor edi.

Yolg’iz edi dunyoda u, lekin chinakam

Yolg’izlatib qo’ygan edi hayot beshfqat

Ona tilidan shoir o’g’li haqida aytilgan bu fikrda nainki   asardagi Yigit obrazi, balki jumla jahondagi aksar buyuk shoirlarga xos holatlar ifodasini topadi.

Dostonda Yigit va Do’st obrazlari orqali do’stlik ulug’lanadi. Murakkab vaziyatga tushib qolgan ikki do’stning bir-biriga cheksiz sadoqatini ko’rsatish orqali A.Oripov inson umri mohiyatidagi go’zallik va qaudratning asosi do’stlikdadir, degan g’oyani ilgari suradi.

Sen bahorni sog’inmadingmi?

Uyg’onguvchi bog’larni kezdim,

Topay dedim qirdan izingni.

Yonog’ingdan rang olgan dedim —

Lolazorga burdim yuzimni,

Uchratmadim ammo o’zingni,

— Sen bahorni sog’inmadingmi?


Uzoqlardan zalvorli tog’lar

Xayolimni keldilar bosib.

Kechdi qancha intizor chog’lar,

Vasling menga bo’lmadi nasib,

Sensiz men ham, bahor ham g’arib,

—Sen bahorni sog’inmadingmi?

O’ngurlarda sakraydi ohu,

Na’matakda sa’va mittijon.

                        G’orlikdardan sipqorilgan suv

Dalalarda uradi javlon.

Nigohimdan faqat sen pinhon,

— Sen bahomi sog’inmadingmi?

Mana, bugun navro’zi olam,

Do’stlarimga gullar tutarman,

Qaylardasan, sevgili erkam…

Qo’limda gul, seni kutarman,

Umrim bo’yi chorlab o’tarman:

— Sen bahorni sog’inmadingmi?


Birinchi muhabbatim

Kecha oqshom falakda oy bo’zarib botganda,

Zuxro yulduz miltirab, xira xanda otganda,

Ruhimda bir ma’yuslik sokinlik uyg’otganda,

Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim,

         Eslab xayolga toldim, birinchi muhabbatim.

O’tdi yoshlik zavq bilan, gohi to’polon bilan,

Gohida yaxshi bilan, gohida yornon bilan,

Ayri ham tushdim ba’zan qalb bilan, iymon bilan.

Lekin seni yo’qotdim, birinchi muhabbatim,

Mangu g’aflatda qotdim, birinchi muhabbatim.

         Dunyo degan shundayin anglab bo’lmas sir ekan,

Goh keng ekan, gohida tuynuksiz qasr ekan,

Lekin inson hamisha bir hisga asir ekan…

Nechun bilmovdim avval, birinchi muhabbatim,

Parvo qilniovdim avval, birinchi muhabbatim.

Holbuki orzulardan judo ham bo’lganim yo’q,

Yulduzday kulganim yo’q, oy kabi to’lganim yo’q,

Erta xazon gul kabi sarg’ayib so’lganim yo’q,

Seni eslab yig’layman, birinchi muhabbatim,

Eslab bag’rim tig’layman, birinchi muhabbatim.

Yo’lin yo’qotsa odam — muhabbatga suyangay,

G’ussaga botsa odam — muhabbatga suyangay,

Chorasiz qotsa odam — muhabbatga suyangay,

Men kimga suyangayman, birinchi muhabbatim,

Faqat eslab yig’layman, birinchi muhabbatim.

Nido bergil, qaydasan, sharpangga quloq tutdim,

Sirli tushlar ko’rib men bor dunyoni unutdim.

Tongda turib nomingga ushbu she’rimni bitdim,

Dildagi ohim mening, birinchi muhabbatim,

Yolg’iz ollohim mening, birinchi mudabbatim.