Mavzu: Sher va sichqon Maqsad
Mavzu: Sher va sichqon
Maqsad: O’quvchilarni mustaqil kitob o’qishga o’rgatish. Tushungan holda o’qish ko’nikmasini oshirib boorish.
Ta’limiy: To’g’ri, ongli, ravon tushungan holda o’qishga o’rgatish.
Tarbiyaviy: Ajdodlarimiz singari komil insonga xos ijobiy sifatlarni yomon holatlardan ajrata bilishga, yaxshilikni o’ziga shior qilib olishga o’rgatish.
O`quv jarayoniga oid kompetensiya: TK2 — o‘z yoshiga mos kitoblarni, gazeta va jurnallarni tanlay olish va kutubxonadan foydalana olish; TK3 — o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlari va o‘zidan kichiklarga yordam berish. TK4- o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlari va o‘zidan kichiklarga yordam berish. FK1— ertak, rivoyat, hikoya, topishmoq, latifa va maqollar hamda she’riy matnlarni tinglab tushuna oladi; FK2- o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera oladi;
Rivojlantiruvchi: O’qigan matnini hikoya qila olishga o’rgatish.
Darsning turi:
Yangi bilim berish.
Darsning metodi: Ifodali o’qish
Darsning jihozi: Mavzuga oid rasmlar.
T/R | Bo’limlar | Vaqti |
1 | Tashkiliy qism | 2 daqiqa |
2 | Uy ishini tekshirish | 4 daqiqa |
3 | Yangi mavzuni tashkil etishga o’tish | 2 daqiqa |
4 | Yangi mavzuni yoritish | 18 daqiqa |
5 | Yangi bilimlarni tekshirish va mavzuni | 14 daqiqa |
7 | Darsni yakunlash va o’quvchilarni baholash | 4 daqiqa |
8 | Uyga vazifa | 1 daqiqa |
9 | Jami | 45 daqiqa |
Darsning borishi.
I Tashkiliy qism:
Salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish.
Manaviyat daqiqasini o’tkazish
Kun yangiligi.
II O’tgan mavzuni mustahkamlash
O’quvchilar bilan savol-javob o’tkaziladi. Dars davomida o’quvchilar rag’batlantirilib baholanadi. Savol va topshiriqlar:
Kitobni qanday asrash kerak?
Kompyuter qanday vazifalarni bajara olar ekan?
Bilim olish haqidagi maqollardan ayting.
II O’tgan mavzuni mustahkamlash
k | o | m | p | y | u | t | e | r | ||||||
t | e | l | e | v | i | z | o | r | ||||||
s | o | a | t | |||||||||||
t | e | l | e | f | o | n | ||||||||
a | v | t | o | b | u | s |
2.
4.
1.
2.
4.
5.
Katakchalarni to’g’ri to’ldirsangiz, ilm manbayiga oid so’z kelib chiqadi:
III Y angi mavzu bayoni
Sher va sichqon
Oqko’ngil sher bir kuni sichqonga yaxshilik qilgan edi. Oradan bir necha kun o’tib, sher tasodifan tuzoqqa tushib qoldi. Sherning yaxshiligini sichqon esdan chiqarmagan edi. U o’tkir tishlari bilan tuzoqni qirqib, o’z najotkorini qutqardi.
Lug’at ustida ishlash: juftini top o’yini
yaxshilik
tasodifan
tuzoq
najotkor
Yaxshi xislat, xulq-atvor kabilarga egalik
Kutilmagan holda, birdan, qo’qqisdan
Qush yoki boshqa hayvonlarni tutish uchun yasaladigan moslama
Qutqaruvchi, xalos etuvchi
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Savol va topshiriqlar:
Sichqon sherni nima uchun qutqardi?
Yaxshilikning oqibati haqida so’zlab bering?
Siz ham boshqalarga yaxshilik qilgan paytlaringiz bo’lganmi?
Hikmatli so’zni o’qing va mazmunini so’zlab bering.
Yaxshining yaxshiligi tegar tor yerda,
Yomonning yomonligi tegar har yerda.
Yashilik bizga nima beradi?
Uning salbiy va ijobiy tomonlarini sanang.
Baholash.
Dars yakunida umumiy ballar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o’quvchilar rag’batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa:
Mavzuni o’qib gapirishga tayyorlanish.
http://fayllar.org