Rollarda sinfning barcha o`quvchilari qatnashadi.
Boshlovchi: _______________
Jodugar: _________________
Qorbobo: ________________
Qorqiz: __________________
20__ yil: ___________________
20__ yil: _____________________
va boshqa o`quvchilar she`r, qo`shiqlari bilan qatnashdilar.
Sahnaga jarangdor ovozi bilan boshlovchilar kirib kelishdi.
Boshlovchi: Assalomu alaykum mahribon ustozlar, azizi bolajonlar…
Maftuna: she`r aytadi. “Salom odobning boshi”. Sahnaga alanglagancha jodugar kirib keladi. U yoq, bu yoqqa supurgisiga minib yugurib, bolalar yoniga borib, ularni kuldiradi.
Jodugar: Voy, voy, Nimalar deb javrashyapti, yangi yil bayramiga, yangi yil bazmiga dedimi…
Boshlovchi: – Hoy, jodugar! Seni bu yerga kim chaqirdi? Rostini ayt, Qorbobo bilan Qorqizni ko`rdingmi? Ular qayerda?
Jodugar: – Bolmasamchi, Ko`rganda qandoq. Lekin ular boshqa yoqqa kelishdi. Chunki men ularga noto`g`ri yo`l ko`rsatdim, kutib ovora bo`lmang.
Boshlovchi: – Bekorlarni aytibsan. Ular kelishlari shart. Ularsiz bayram bayrammi? Hozir birgalashib chaqiramiz.
Hamma: – Qor-bo-bo, Qorbobo, Davramizga marhabo. (Uzoqdan ovozi eshitiladi).
Jodugar: – Obbo, endi nima qilaman? Ular bu yoqqa kelishyapti. Ha topdim. Archa orqasiga berkina qolay.
Qorbobo: – Salom meni jajji bolajonlarim. Mana, nihoyat huzuringizga yetib keldik… (ko`zi jodugarga t-di). Hap sanimi Jodugar, shoshmay tur. Bu yergayam kepsanda-a. Hech yomonladingmi qo`ymading-da….
Jodugar: (yelkasini qisib): – Kechiring, Qorbobo, kechiraqoling, bayram kechangizda men ham qatnashay.
Qorbobo: – Ha, mayli. Bu oxirgisi….
Jodugar: (chekkaga chiqib o`ziga-o`zi gapiradi).
– Voy, laqma Qorbobo-yey gaplarimga ishonib, meni kechirdiya. Shoshmay tursin, Yana bi-ir boplay……
Qorbobo oldiga stul ko`targan bola Q.Temur keladi.
Qorbobo: siz uzoq o`rmonlardan, tog`lardan oshib huzurimizga yetib keldingiz? Endi o`tirib dam oling. Bizni chiqishlarimizni tomosha qiling.
Qorbobo: Mayli bolalarim. Unday bo`lsa men sizlarni she`r, qoshiqlaringizni tomosha qilaman. Bolalarga murojaat qiladi. Tomosha qilamizmi. – Ha.
Boshlovchi: Bobojon endi sinfimizning a`lochi, tartibli o`quvchi sizga she`r aytib berishadi. Shahnoza, Azamat, Sarvinoz, Lobar, Nasiba, Mahliyo she`r aytishdi.
Qorbobo: Barakalla bolalarim, meni xursand qildingizlar.