O’lkamizda mana Kuz (insho)

Reja:

1. Ólkamizda kuz

2.Kuz faslining kirib kelishi

3.Kuz fasli haqida rivoyat.

O’lkamizda mana Kuz … Naqadar go’zal va serjilo fasl … Har bir faslning o’z chiroyi bo’lganidek, bu faslning ham o’zgacha, hech qaysi faslnikiga o’xshamagan husn-tarovati bor. Shoir hamda yozuvchilarimiz aytganidek, bu fasl «Hazon» barglari bilan ajralib turadi … Kuz fasli kirib kelganda tabiat manzaralariga e’tibor bersangiz ona tabiatimiz oltin libosga burkanadi. Go’zal tabiat manzaralari vujudga keladi. Yerga to’kilayotgan sariq rangdagi barglar o’zgacha olamni yuzaga keltiradi. Istirohat bog’lariga kirib, kuz faslining ajabtovur husni yog’ilayotgan daraxtlar oldida bir zum o’tirsangiz, xuddi sehrli olamga tushib qolgandek bo’lasiz. Mayin shamol, barglarning shitir-shitir tovushlari qalbimizga beg’uborlik, yangilanish hislarini mavj urayotganini ifodalab beradi … Ammo negadir ko’pchilik kuz faslini yoqtirmaydi. Nima uchun ??? Ko’pchilik kuzni «To’kilish», «Hazon-rezgi» fasli deb atashadi … Yana kimlardir esa o’lik fasli ham deyishadi … Bir tomondan olib qaralganda to’g’ri. Kuz fasli kelganida daraxtlar, turli xil hayvonlar qishki uyquga hozirlik ko’rishadi. Daraxtlar barglarini to’kib,Hayvonlar o’z inlarini tayorlab, oziq-ovqat g’amlab uyquga ketishadi.

Har bir faslning o‘ziga hos go‘zalligi bor. Kuz fasli ham boshqa fasllarlar singari ajib bir manzara kasb etadi. Kuzda daraxt barglari sariq, qizg‘ish tusga kiradi. Havo ham ancha salqinlashdi. Quyosh nurlari yerga tikka emas qiya bo‘lib tushadi. Dub daraxtining mevalari pishib, yerga to‘kila boshlaydi. Chaqqon olmahonlar yong‘oqlarni, sichqonlar esa bug‘doy boshoqlarini qishga g‘amlayshga kirishadilar. Tipratikanlar sovuq kunlarda yumshoqqina yotay deb, daraxt shoxlaridan to‘kilgan barglarni o‘z uyalariga tashiydilar. Ba’zi qushlar esa issiq o‘lkalarga uchib ketadilar. Hullas, ona tabiat qishki uyquga tayyorgarlik ko‘radi.

Ibn Hajar Asqaloniy rahmatullohi alayh «Sahihul Buxoriy»ga yozgan mashhur sharhi «Fathul Boriy» kitobida yuqoridagi hadisni bunday izohlaydi: «Kuz — yilning ma’lum bir qismidir. Lekin, bu yerda u bilan «yil» nazarda tutilmoqda. Bu joyda boshqa fasllar: yoz, qish, bahor qolib, aynan kuzning zikr qilinishi unda mevalar pishib, eng yaxshi fasl bo‘lgani uchundir», deydi.