9-sinflar uchun so’nggi qo’ng’iroq tadbir senariysi 9-sinflar uchun so’nggi qo’ng’iroq tadbir senariysiSO’NGI QO’NG’IROQTadbir ssenariysi1-boshlovchi: Assalom ona yurt, ey ona vatan,Assalom ey samo charag’on osmon.Bosh egaman ta’zim qilib ey ona xalqim,Assalom ey nurga to’lgan xur O’zbekiston2-boshlovchi: Assalomu alaykum aziz mehmonlar, mehri daryoustozlar, qalbi otash ota-onalar, hamda qadrli o’quvchilar!Mana bugun biz maktabni tamomlab so’nggi qo’ng’iroqkechasini nishonlayotgan ekanmiz kechamizga xush kelibsiz.1-boshlovchi: Mana 9 yildirki, maktabimizda ona bag’ridayashayotgandek his qildik. Qo’limizga qalam ushlashni ham,o’qishni ham, yozishni ham, hatto o’z ismimizni to’g’ri talaffuzqilishni ham bilmay shu dargoh ostonasiga qadamqo’yganimizda bizlarni onamizdek o’z quchog’iga olganSobirova Saidaxon , Vahobova Irodaxon ustozlarimizgacheksiz minnaddorchiligimizni bildiramiz.2-boshlovchi: : Umr deb atalmish cheksiz ummonda bir zotyashaydi, ul zot sham kabi butun olamga ziyo taratadi,kamtarin, xokisor bu zotlar ustozlardir!1-boshlovchi: Ayrilgim kelmaydi munis maktabdan,Ko’nglimga yoqdiku abadiy chiroq.Ko’zimni ochgum yo’q o’shal ovtobdan,Chalinmay turaqol so’nggi qo’ng’iroq.2-boshlovchi: Zor yig’lar qizlar, sinfdoshlarim,Partaga bosh qo’yib ko’z yoshi munchoq.Yashirgim kelmaydi men ham yoshlarim,Chalinmay tura qol so’ngi qo’ng’iroq.1-boshlovchi: Mehribon ustozlar sizlarga tasonnolar aytgimkeladi, qalbingiz mehru-muhabbatga, ilmu-ma’rifatga to’la. 9yil bizning injiqliklarimizga, sho’xliklarimizga sabr-toqat bilanchidaganlaring bizlarni ilmu-ma’rifat nuridan bahramandetganlaring uchun sinfimiz o’quvchilari o’zminnatdorchiliklarini bildirishadi.2-boshlovchi: Marhamad qabul eting so’z navbatini__________________ bersak.1-boshlovchi: Endi esa maktab davrini eslab Masturaxonijrosidagi “MAKTAB” qo’shig’iga navbatni beramiz.2-boshlovchi: Dilda muhabbatning parvarishiga,Farhod-u Shirindan oldimku saboq.Gul topdim shu yerda ko’ngil qulfiga,Chalinmay tura qol so’nggi qo’ng’iroq.1-boshlovchi: Axir partalarda qo’sh nomimiz bor,O’yib yozdim men o’yinqaroq.Yonma-yon qo’sh jonimiz bor,Chalinmay tura qol so’nggi qo’ng’iroq.2-boshlovchi: RISOLATPARI, qani endi davraga MAHFUZAXONva HILOLAXONni taklif qilamiz. “MUSTAHZOD”2-boshlovchi: Buyukdir u lek buyukligin,O’zi sezmay yashagan inson.Qalbida nur balqir hidoyat,Ruhda yonar e’tiqod imon1-boshlovchi: Men shogirtlar nomidan so’zlab,Olqish aytay sizga ustozlar.Ta’riflashga so’z topa olmay,Boshim egib etaman ta’zim.2-boshlovchi: MASTURAXON she’riyatimizni yakunlabnavbatni yigitlarimiz ijrosidagi ko’ngilochar “QVZ” ga bersak.1-boshlovchi: Ushbu tayyorlagan nomerimizni sinfdoshlar vaustozlarga tabrik sifatida yo’llaymiz.Davraga sinfimizninggo’zal qizlarini taklif etamiz. “INJU”2-boshlovchi: Ilk bora bir shirin hislar to’lqini,Bo’ldimku ketgum yo’q ko’ngil hafaroq.Yo’qotib qo’yishdan qo’rqaman uniChalinmay tura qol so’ngi qo’ng’iroq.1-boshlovchi: Nelar kutmoqda bizlarni hali,Muhabbat, sevinchmi, baxtmi yo firoq.Nahot tark etmoqlik yetdi mahali?Chalinmay turaqol so’ngi qo’ng’iroq.2-boshlovchi: RISOLATPARI, keling endi navbatni raqsgaberamiz. “LOVEY-DOVEY”1-boshlovchi:endi navbat duetga! “BOR YOKI YO’Q”2-boshlovchi: Partalar oralab o’tadi umr,O’chirib qoralab o’tadi umr.Bag’rini poralab o’tadi umr,Ajib hayoti bor o’qituvchining1-boshlovchi: Uzatsa qo’llari osmonga yetar,Yo’llari yulduzlar oralab ketar.Ko’nglini kamolot mulkiga eltar,Ajib hayoti bor o’qituvchining.2-boshlovchi: Endigi navbatni qizlarimiz ijrosidagi raqsgaberamiz. Marhamad! “NUMBER 9”1-boshlovchi: Keling MASTURAXON, endi davragayigitlarimizni taklif qilsakda, ularning raqsini tomosha qilsak.“HINDCHA”2-boshlovchi: JAVOHIRBEK ijrosidagi qo’shiqnini ustozlar vaonalarimizga tabrik sifatida yo’llaymiz.”ONAJON”1-boshlovchi: Oyning qarshisida o’nlab yulduzlar,Dars tinglar edik biz ayriliq yiroq.Buncha tez o’tdiya kecha kunduzlar,Chalinmay tura qol so’nggi qo’ng’iroq.2-boshlovchi: Endigi navbatni qizlarimizgaberamiz.”HINDCHA”1-boshlovchi: Endigi navbat sho’x yigitlarimizga! “QVZ”2-boshlovchi: Xayr maktab, xayr ustozlar,Endi sizdan ketamiz yiroq.Orzularga etib parvozlar,Chalinmoqda so’ngi qo’ng’iroq1-boshlovchi: Hazrat Navoiyu, Muhammad Bobur,Hattoki hoqonlar qilganlar ta’zim.Bu foniy dunyoda yashovchi har bir,Inson farzandiga ustoz muallim.2-boshlovchi: Sizni gullar bilan kutgali keldim,Ulug’bek yo’lini tutgali keldim.Ulug’ ayyom bugun aziz muallim,Bayramda hushnud bo’lgin muallim.HAPPY END Darsliklar 0 1 2 3 4 5 Жалоба 38 0 17-11-2023, 11:00