Sinf rahbarlar uchun yig’ilish bayonnomasi

Sinf rahbarlar uchun

yig’ilish bayonnomasi


Farg`ona  tumani  XTBga  qarashli  10-  o`rta  ta`lim  maktabida   sinf  rahbarlari  metodbirlashmasida    bo`lib  o`tgan   navbatdagi   yig`ilishi


                                                           B A Y O N N O M A S I


2020-yil       oktabr                                                                      Mindon  qishlog`i


Yig`ilishda   maktabning  MMIBDO`   R.Otaqulova , metodbirlashma  rahbari   E.Qo`chqorova  va  metodbirlashmaning  barcha  a`zolari  ishtirok  etdilar.


   Kun  tartibida:


1.”O`quvchilarni ta`limga  moslashtirish  uslublari”  mavzusida  1-3 sinf  rahbarlari  tajribasidan  ma`ruza.


2.Maktab o`quvchilari    kundalik  reyting  daftarlari  va  o`quvchilar  davomati  masalasi.


Yig`ilishni   metodbirlashma  rahbari    E.Qo`chqorova kirish  so`zi  bilan  ochdi  va  kun  tartibidagi  masala   bilan  tanishtirdi.  So`zni    2-“D”sinf  rahbari  D.Egamberdiyevaga  berdi:


Birinchi  Prezidentimiz   I.A.Karimovning  “Yuksak  ma`naviyat-yengilmas  kuch” asarida  shunday  jumla  bor:”Inson  qalbiga  yo`l,  avvalo  ta`lim-tarbiyadan  boshlanadi…” Agar  shu  fikr  zamiridagi  har  bir  so`z  izohiga  e`tabor  qaratsak,  unda  shaxs  va  uningichki  dunyosini,  dunyoqarashini  o`rganib  ish  tutish  kerakligi,  bu  esa  ta`lim –tarbiya  bilan  uzviy  bog`liq  ekanini  teran  anglash  mumkin.


Bola  maktabga  kelgan  ilk  kundanoq  jamoat  tartib- qoidalari,  dars  sharoiti,  o`qish  ma`suliyatini  qabul  qilishga  qiynaladi. Ularni  oilada,  maktabgacha  ta`lim  muasasasalarida  qanchalik  maktabga  tayyorlamaylik,  baribir,  haqiqiy  sinf  muhitiga  tushgan  bolaga  moslashuvi  uchun  muhlat  kerak  bo`ladi. D.Egamberdiyeva  ma`ruzasini  yakunida  Boshlang`ich  sinf  o`qituvchilarining  bu  borada  olib  boradigan  faoliyatlari  muhim  ekanini  ta`kidlab  o`tdi.


   Ko`rilgan  masala  yuzasidan  yig`ilish  qaror  qiladi:


1.Kun  tartibidagi  1-masala  yuzasidan  boshlang`ich  sinf  o`qituvchisi  D.Egamberdiyevaning  ma`ruzasi  asos  uchun  qabul  qilinsin.


2.O`quvchilarni  ta`limga  moslashtirishda  barcha  boshlang`ich  sinf  o`qituvchilarining  roli  katta  ahamiyatga  ega  ekanligi uqtirib  o`tilsin. .



Kun  tartibidagi  2-  masala  yuzasidan  metodbirlashma  rahbari   so`zga  chiqdi  va  quyidagilarni  bayon  qildi:


Mustaqilligimizni  asrab-avaylab,  uni  qadriga  yetadigan,  o`z  bilimi  va  mehnati  bilan  uni  mustahkamlab,  mangulik  poydevorini  yaratadiganbarkamol  avlodni  tarbiyasi  haqida  qayg`urar  ekanmiz, diqqat  markazimizda  hamisha   ana  shunday  sog`lom  dunyoqarashga  ega  yoshlarimiz  kamol  topadigan  ma`naviy  muhitni  qaror  toptirish  muhim  vazifa  bo`lib  qoladi.


Kundalik  reyting  daftari   o`quvchi,  ota-ona  va  sinf  rahbarini  bir-biri  bilan  har  haftada  bog`laydigan  vositadir.  Chunki  kundalik  reyting  daftari  har  bir  o`quvchi  uchun  alohida  yuritilib,  hafta  davomida  fanlardan  olgan  baholari  fan  o`qituvchilari  tomonidan  belgilab  boriladi.  Shuningdek  sinf  rahbari  bu  o`quvchining  hafta  davomidagi  xulqini  nazorat  qilib,  kundalik  reyting  daftariga  yozib  boradi.  Sinf  rahbari    har  hafta  kundalik  reyting  daftarlarini  nazorat  qilib ,   uni   ota-onalar  tomonidan  ham  nazoratga  olinishini  kuzatib  boradi.  Bu  jarayonda  ota-ona  ham  o`z  farzandining  ta`lim-tarbiyasi,  xulqi  haqida  xabardor  bo`lib  turadi.


Biz  maktabimiz  o`quvchilarining  kundalik  reyting  daftarlarini  yuritilishi  va  sinf  rahbarlar  tomonidan  nazorat  qilib  borilishini  tahlil  qildi.  Ushbu  tahlil  natijalariga  ko`ra  maktabimizning  1-10  sinf  o`quvchilarining  barchasida  kundalik  reyting  daftarlari  mavjud.  Biroq  bu  kundalik  reyting  daftarlarining  yuritilishida  bir   qancha  kamchiliklarni  guvohi  bo`ldik.  Quyida  biz  mana  shu  kamchiliklarni  bayon  qilamiz:


1.8-9-10-sinf  o`quvchilari  orasida  ba`zi   o`gil  bolalar  kundalik  reyting  daftarlarini  to`ldirmagan.


2.Kundalik  reyting  daftarlarini   yuritishda  7-A,  6-D,  5-ABDE sinf  o`quvchilarida  kamchiliklar  bor.


3.Ba`zi  sinflarda  sinf  rahbarlari  tomonidan  nazorat  qilinmagan  kundalik  reyting  daftarlari  uchradi  va  biz  bu  sinf  rahbarlariga  ogohlantirish  berdik.


4.Boshlang`ich  sinf  o`quvchilari  kundalik  reyting  daftarlarini  toza  yuritishmagan .


5.9-10 sinf  o`quvchilari  o`rtasida  kundalik  reyting  daftarini  maktabga  olib  kelmaydigan  o`quvchilar  borligi  aniqlandi.


Yuqoridagi  kamchiliklarni   zudlik  bilan   bartaraf  qilish  choralari  ko`rilishi  kerak.


10-o`rta  ta`lim  maktabida  sinflar  kesimida  o`quvchilar  davomati  ham   nazorat  qilib  borilmoqda. Ushbu  davomat  natijalari  har  kuni  va  har  oyda  tuman  xalq  ta`limi  bo`limiga  topshirilmoqda. Bunga  ko`ra  maktabimiz  o`quvchilarining  davomatlari,  darsga  kelib –ketishlari  qoniqarli.  Maktabimizda  darslarga  surunkali  qatnashmaydigan  o`quvchilar  yo`q.


   Kun  tartibidagi  2-masala  yuzasidan  yig`ilish  qaror  qiladi:


O`quvchilarning kundalik  reyting  daftarlarini  yuritilishiahvoli  va  davomat  masalasida  metodbirlashma  rahbari  ma`ruzasi  asos  uchun  qabul
Kundalik reyting  daftarlarida  aniqlangan  kamchiliklarni  bartaraf  qilishlari  sinf  rahbarlariga
Yuqorida nomlari  ko`rsatilgan  sinflar  rahbarlari  kundalik  reyting  daftarlaridagi  kamchiliklarni  bartaraf  qilib,  metodbirlashma  rahbari  nazoratidan  o`tkazishlari  eslatib  o`tilsin.
Maktab o`quvchilarining  davomatini  doimo  kuzatib  boorish  vazifasi  sinf  rahbarlari  zimmasiga
Yuqoridagi qarorlar  ijrosini  nazorat  qilish  metodbirlashma  rahbari  zimmasiga


Yig`ilish  raisi:                              R.Otaqulova


Kotibi:                                           E.Qo`chqorova