“Amir Temur ajdodlarimiz” mavzusida O’zbekiston tarixi fanidan dars ishlanma

Mavzu:  “Amir Temur ajdodlarimiz” 

Ta`limiy maqsadi: O’quvchilarga sohibqiron Amir Temur haqida ma`lumot berish;ularga Amir Temur o’gitlarining ma’nosini tushuntirish.

Tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarda buyuk ajdodlarimiz bilan faxrlanish, Vatanga muhabbat tuyg’usini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsadi:Sohibqiron Amir Temur haqidagi bilimlarini rivojlantirish.

Dars uslubi: Savol-javob, suhbat, bahs munozara.

Dars jihozlari: Amir Temurning rasmi, o’gitlari yozilgan plakatlar.

Tashkiliy qism: Sinfning darsga tayyorgarligini nazorat qilish, navbatchilar axboroti, yo`qlama qilish

O`tigan mavzu asisida:

Yangi mavzu:

O’qituvchi: Aziz bolajonlar! Bugungi “Buyuk ajdodlarimiz-faxrimiz” mavzusidagi darsimizda sohibqiron Amir Temur bobomiz haqida qo’shimcha ma’lumotlarga ega bo’lamiz. U kishining o’gitlari haqidagi bilimlarimizni oshiramiz.

Amir Temur buyuk shaxs, kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli me’mor, ruhshunos, shu bilan birga el-yurtini sevgan va uni jahonga mashhur qilgan inson.

Poytaxtimiz Toshkent shahrining markazida ulug` bobomiz nomi bilan ataluvchi go`zal xiyobonda sohibqiron Amir Temur bobomiz va uning avlodlariga bag`ishlab Temuriylar tarixi davlat muzeyi barpo etildi.

Toshkent,Samarqand,Shahrisabz shaharlarida bobomiz savlatlariga mos purviqor haykallari qad ko`tardi.Bobomiz Amir Temur butun umrini xalqimiz,Vatanimiz ozodligi uchun bag`ishladi.Yurtimizning har bir qarich yeri uning uchun muqaddas edi.Buni Sohibqironning mamlakat tuprog`ini mo`g`ul bosqinchilaridan ozod qilish yo`lida olib brogan xaloskorlik kurashlari misolida ham ko`rishimiz mumkin.Bobomizdan bizlarga “Temur tuzuklari”nomli mashhur asar meros bo`lib qoldi.

Amir Temur siymosidagi o’quvchi:

Biz kim mulki Turon

Amiru Turkistonmiz.

Biz kim-millatlarning

Eng qadimi va eng ulug’i

Turkning bosh bo’g’inimiz.

O’quvchilar navbat bilan Amir Temur hayoti, o’gitlari haqida so’z yuritadi.

1-o’quvchi: Amir Temur 1336-yilning 9-aprelida Kesh, hozirgi Shahrisabzga qarashli Xo’jailg’or qishlog’ida tug’ilgan. Otasi Amir Tarag’ay badavlat kishi bo’lib, o’g’liga yaxshi ta’lim-tarbiya bergan.

2-o’quvchi: Temur bilim olishni 7 yoshidan boshladi. U 9 yoshga to’lganda madrasadagi hamma bolalardan ustun bo’lib oladi. 12 yoshida bolalar bilan o’ynashni kamaytiradi. Ta’til vaqtlarida otasidan va boshqa kishilardan harbiy san’at sirlarini o’rganadi. Xullas, Temurbek mard, jasur, odobli bo’lib o’sadi.

3-o’quvchi: Buyuk sarkarda Amir Temur ko’plab o’gitlar, pand-nasihatlar, naql va rivoyatlar aytgan. “Bilagi zo’r birni yiqar, bilimi zo’r mingni”. Bunda bobomiz biz yoshlarni bilim olishga undaydi. Bilimli hech qachon yengilmasligini uqtiradi.

4-o’quvchi: “Bir kalima shirin so’z qilichni qiniga kiritar”. Bu o’gitda har bir kishini shirinso’z bo’lishga, muomala madaniyatini saqlashga chorlaydi.

5-o’quvchi: “Bir tayoqni sindirmoq mumkin, ko’p tayoqni bukib ham bo’lmas”. Bu o’gitda ahil bo’lishga, hamfikr bo’lishga undaydi.

6-o’quvchi: “Boshga qilich kelsada, rost so’zla”. Rostgo’ylik ajoyib fazilat, shuning uchun bobomiz rostgo’y bo’lishni ulug’lagan.

7-o’quvchi: “Yemsiz ot dovon osholmaydi”. Bu hikmatda doimo otga yoki insonlarga muhtoj bo’lgan jonivorlarga o’z vaqtida yemini, suvini berish kerakligini ta’kidlaydi.

Guruh bilan ishlash

8-o’quvchi: “Oltmishga kirgan otadan osh so’rama”. Bunda yoshlarni kasb o’rganishga undaydi. Keksa ota-onalarga e’tiborli bo’lish ko’zda tutiladi.

Bolalar Amir Temir haqida she’rlar aytishadi.

9-o’quvchi: Temur bobom

Tilla bobom,

Donolardan

Dono bobom.

Der edilar

Ona elim,

Murodidir

Erku-ilm. 10-o’quvchi: Amir Temur bobomiz,

Mardu jasur bobomiz.

Jangu jadallar kezgan,

Ulug davlat, yurt tuzgan.

Abadiy o’chmas nomi,

Dilimizda kalomi.

Unutmaymiz hech qachon,

Sizni ulug’ bobojon.

O’quvchilar tomonidan Amir Temur o’gitlarini aytish davom etadi. Bunda “Yuz ming otliq qila olmagan ishni, bir to’g’ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin”, “Bugungi ishni ertaga qoldirma”, “Har mamlakatda adolat eshigini ochdim, zulm va sitam yo’lini tosdim”, “Kuch adolatdadir”, “Birni ko’rib fikr qil, birni ko’rib shukur qil”, “Filning dumi bo’lguncha, chumolining boshi bo’l”, “Avval yo’ldosh, keyin yo’l”, “Adovat emas, adolat yengadi”, “Ishon, ammo shubha qil”, “Til qilichdan o’tkir”, “El tupursa ko’l bo’lur”, “Yaxshi odam yurt tuzar, yomon odam yurt buzar”, “Yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ming qamchi” o’gitlarining ma’nosi ochib beriladi.

O’quvchilar tomonidan aytilgan fikrlar o’qituvchi tomonidan izohlanadi, mazmuni savol-javob asosida tushuntiriladi.

Mustahkamlash

-Sohibqiron Amir Temur odob-axloq, ta’lim-tarbiyada namuna bo’lgan siymolardan biridir. Bobomiz farosati, aqlu idroki bilan kishilarni o’ziga jalb qiladigan shaxs bo’lgan. Uning o’gitlari siz yoshlarni halollikka, rostgo’ylikka, ota-onani hurmat qilishga, Vatanni sevishga, hayotda o’z o’rnini topishga undaydi. Shunday ekan siz ham ajdodlarga xos avlod bo’lishga intiling.

Uyga vazifa: Amir Temur o’gitlarini o’rganib, hayotda unga amal qilishga odatlanish.